Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
85,0 KB
1
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish
Mavzu rejasi:
1.Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish mazmuni.
2.Markaziy osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari.
3. MTTda iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish
Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat
iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va
rivojlantirish yoiida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan-
vardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-
tadbirlari to'g'risida” 1994-yil 15-mart- dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish-
ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni
rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda
qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni anglash, ularni tushunib
yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat
tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha taiim tizimi pedagog-tarbiya- chilar
oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi
bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.
Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim belgilari qanday,
degan savolning ma’nosini tushunib yetish lozim.
Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi- rishga qaratilgan
faoliyatdir.
2
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining
rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat
hisoblanadi.
Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur boigan moddiy ashyolarni
yaratish va iste’molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi.
Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyojini qondiruvchi vosita.
Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish zarur.
Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda
ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur bo'lgan turli-tuman noz-ne’matlar, ya’ni
barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir.
Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziq- ovqat, kiyim-kechak,
turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.
Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya’ni, ta’lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya
va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab
olgan ijtimoiy ehtiyojdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari
asosida namoyon bo'ladi.
Bola ehtiyoji:
to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj
ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan sarflash
dam olish, sayohatga chiqish
shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
shaxsiy o'rin-joy
Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o'rgatiladi. Bolalarga
har qanday talab - bu huquqiy mas'uliyat deb qaralishini tushuntirish zarur.
Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to'xtovsiz o'sib borishi
haqida ma’lumot beriladi.
Masalan, ta’lim xizmatlariga bo'lgan ehtiyoj turli yo'nalishdagi o'quv
markazlari, chet tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha
yoshdagi bolalar ehtiyojlariningo'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning
paydo bo'Iishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi.
3
Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy
resurslar, kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy resurslar:
Moddiy resurslar
Mehnat resurslari
Informatsion axborot resurslar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan tanishtirganda tabiiy
resurslar - yer, suv, yer osti va usti boyliklaribularningbarchasi tabiat ne'matlari
ekanligi, ulardan oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari,
ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha boyliklarni asrab-avaylash
kerakligi, tevarak-olam, tabiat, matematika, nutq o'stirish va boshqa pedagogik
jarayonlarda o'rgatib boriladi.
Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va mexanizmlar va
barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi
bolalarni mehnat resurslari ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning
mehnat qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo'jaligidagi kattalarning
ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi. Endilikda har
bir ishni tashkil etishda, albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig'ilar, shularga tayanib,
kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot- informatsion resurs
jarayoniga kiradi.
Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar haqida fikr yuritib,
maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi
va mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol
qatnashishi zarurligini ta’kidlagan holda maktabgacha ta’lim pedagogikasi o'z oldiga
quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning maqsadi
bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma’lumotlar berish orqali iqtisodiy hodisalar
mohiyatini tushunib yetish va ularni iqtisodiy faoliyatga yo'naltirishdir.
Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o'sishida kelajak avlodni
tarbiyalshni maqsad qilib qo'yadi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustu- vor hisoblanadi:
4
Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlantirish tamoyillari va
qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish;
Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o'z kundalik faoliyatlarida ongli
ravishda qo'llay olish malakalarini shakllantirish:
Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira borib iqtisodiy
muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish va umumlashtirish ko'nikmalarini
tarkib toptirish;
O'qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan foydalanish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi "Jamiyatning iqtisodiy
negizlari”ga bag'ishlangan boiib, unda: bozor munosabatlarini rivojlantirishga
qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil
etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqligini
va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda
nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Yer,
yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy
boylikdir,
ulardan
oqilona
foydalanish
zarur
va
davlat
muhofazasidadir” deyiladi.
Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o'z ilmiy asarlari orqali
mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz
tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko'p afsonalar, rivoyatlar ay tilgan bo'lib,
ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto"da kiritilgan.
‘'Avesto’'da insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi
birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan
ta’minlashda asosan:
Shahar va qishloqlarni obod qilish;
Bog'larni ko'paytirish;
Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin egallaydi.
5
Shuningdek:
yer, suv, zamin;
kiyim-kechak;
oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi.
Zardushtiylik ta'limotida inson shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z
ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi. Zero, unda
insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo'lgan
muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining
emas, balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi. Bu davrda G'arb
bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk
savdo yo'li - "Buyuk Ipak yo'li" rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy
taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo- sotiqning
rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq davlatlari bilan savdo ishlari
olib borildi. Buning natijasida ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish
inshootlari yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan,
Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda to'qimachilik mahsulotlari
ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul
muammosi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o'zgarishlar
mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta’sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr
Forobiy Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti
ta’lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash
kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning
muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr
yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi. Og'ir mehnat
sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy
"Minerologiya”
asarida
qimmatbaho
metallar,
toshlar
haqida
emas,
hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini
ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda bo'laklarga bo'linmaydigan shakli
6
to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, hayvonot olamiga
ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-
ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda savdoning
ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli- tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq
hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat
obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar qurishga, yangi yerlarni
o'zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim
ahamiyatga egadir. Ma’naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va
mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar, madrasa qurdirib, ularni
kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa,
kiyim-bosh bilan ta’minladi.
Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yoiga qo'yish, mamlakat iqtisodiyotiga
o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy
risolalar bitirishga bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni
boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri
ekanligini ta’kidlanadi.
Talabalar uchun "Ixlosiya'' madrasasi, darveshlar uchun "Xalosiya" xonaqoni,
bemorlar uchun "Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-
hufroz) qurilib, ular uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan
doimiy ravishda ta’minlab borilgan.
Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham farovonligini,
turmush darajasini o'stirish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishga olib
keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab o'tgan har bir olim-u
fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq boimay, o'z asarlari va hayot faoliyatlari bilan
mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shganlar.
O'zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Davlatimiz rahbari
tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan
qad rostlagan ta’lim muassasalari, maskanlari (maktab, litsey-kollej, maktabgacha
taiim muassasalari, oliy taiim);
Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari;
7
Madaniy va ma’rifiy inshootlar;
Turli xildagi banklar;
Mashinasozlikka mo'ljallangan korxona va zavodlar;
Yoi, ko'priklar, mamlakat temir yo'li, yangi Qamchiq do von i;
Respublika havo yoilari kompaniyasi;
O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik ishlarining eng sermahsul zamonaviy
tizimini joriy etishning o'zi ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga
e'tibori nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish
Kelajagimiz bo'lgan barkamol avlod jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida qatnasha olish uchun mamlakatimizda
tinchlik, osoyishtalik, farovonlik bo'Iishi zarur.
Ijtimoiy farovonlik - bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy shart-sharoiti va
turmush tarzini bildiradi. Farovonlik iste'mol bilan cheklanmay, hayot kechirishning
naqadar qulayligini ham talab qiladi. Hamma narsa yetarli bo'la turib turmush
tahlikasi bo'lsa farovonlik ta’minlanmaydi.
Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodxon- lik darajasidir. Bu
o'qish yoshidagilarning qancha qismi amalda o'kishi, har bir kishining o'rtacha necha
yil ta’lim olishi, ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo'lishini bildiradi.
Farovonlik ko'rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta’lim - tarbiya xarajatlari,
kommunal xizmatlar, toza ichimlik suvi, gaz, elektroenergiya, kanalizatsiya va
boshqa xizmatlardan foydalanish kiradi.
Davlatimizning maqsadi - milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishi va shu asosda
xalq farovonligini ta’minlashdir.
Demak, farovonlik bo'lgan joyda iqtisodiyot tez sur'atlar bilan rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ilk iqtisodiy bilimlar berish
asosan o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, ularning mantiqiy
fikrlash doiralarini o'stirish, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga
qaratilgan jarayon hisoblanadi.
O'rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bilimlar:
Inson va uning ehtiyojlari;
8
Inson va iqtisod;
Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida tashkil etiladi.
bo'limda Inson va uning ehtiyojlari haqida tushuncha berishda, Inson uchun
zarur bo'lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim- kechak, oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik
haqida (suvni, vaqtni tejash), maktabgacha ta’lim muassasalaridagi va uydagi
jihozlardan (o'yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish vaqt
haqida ilk tushuncha berish orqali vaqt tejash haqida tushunchalar beriladi.
Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum va xomashyolar,
ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro‘zg‘or buyumlari (ko'rpa-to'shak, ko'rpacha,
yostiq, choyshab, idish- tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish,
ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi.Jonli va
jonsiz tabiat, yer kurrasi, suv, havo, yer to'g'risida tasavvurlari shakllantiriladi.
Vaqtni chamalash va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so'zlarni nutqda
to'g'ri qo'Ilashga o'rgatish asosida vaqt haqida tasavvurlari mustahkamlanadi.
Shuningdek, sutka qismlari [kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha,
ertaga) tushunchalarini farqlash va to'g'ri qo'llay olishga, harakat tarzini ifodalashga
(tez, sekin) o'rgatiladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Non va suv biz uchun aziz",
"Uy-ro'zg'or buyumlari", "Oshxona buyumlari” kabi mavzularda suhbatlar
o'tkaziladi.
bo'limda inson va iqtisod haqida tushuncha berishda mehnat inson hayotidagi
asosiy faoliyat ekanligi, kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash,
o'zbek xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, deh- qon mehnati
haqida qisqacha ma'lumot beradi. Bolalar o'z tarbiyachisi, enaga, oshpaz, haydovchi,
bog'bon mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga
hurmat hissi shakllantiriladi. Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot bo'lib, tejamkorona
munosabatda bo'lishga tarbiyalanadi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida
quyidagi: “Duradgor mehnatini kuzatish”, "Dehqonlar mehnati haqida”, "Haydovchi
mehnati haqida", "Bog'bon”, "Oshpaz", "Quruvchi” mehnati haqida suhbatlar
o'tkaziladi. Bolalar xo'jalik mehnat qurollari bilan yaqindan tanishtiriladi.
III. Pul-mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash bo'limida bolalarga bozor,
uning turlari, sotuvchi, xaridor, bozorda oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruvchi vosita
9
- pul to'g'risida tushuncha beriladi. Milliy pul, uning turlari, vazifalari haqida
bolalarga iqtisodiy bilim beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida:
"Do'kon” ta'limiy o'yini, oziq-ovqat do'koniga sayr o'tkaziladi.
Katta guruhda quyidagi:
Inson va uning hayotiy ehtiyojlari;
Inson va iqtisodiyot;
Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash;
Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limlar asosida iqtisodiy bilim beriladi,
bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish, mustaqil fikr yurita olish, puldan to'g'ri
foydalana olish, pul qiymati, milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati
haqida tushuncha beriladi.
bo'limda insonlarning tabiiy ehtiyojlari (ichimlik suvi, yerga o'simlik va
hayvonotlar dunyosi) va imkoniyatlari, moddiy ma’naviyat ehtiyoji va uni qondirish
usullari, vaqtni tejash, undan unumli foydalana olish, suvning inson hayoti uchun
zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik, uni asrash bizning burchimiz ekanligi,
quyosh, oy harakatlari haqida tushuncha beriladi.
Insonlarning transport va aloqa vositalariga bo'lgan ehtiyoji haqida tushuncha
beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Aloqa vositalari", "Havo”
transporti haqida suhbatlar o'tkazib, yengil transport turlari harakati kuzatiladi va
kompyuter bilan yaqindan tanishtiriladi.
bo'limida Inson va iqtisodiyot-Inson shaxsi, unga zarur bo'lgan sog'lom muhit,
sog'liqni saqlash, kattalar mehnati, ularning dam olishlari uchun davlatimiz
tomonidan qilinayot- gan g'amxo'rliklar haqida tushuncha beriladi. Maktabgacha
ta’lim muassasasi shifokori va hamshirasi mehnati bilan ta- nishtirilib, bolalar
sogiig'i uchun barcha sharoitlar mavjudligi, fitobarlar tashkil etilganligi, basseyn va
sogiomlashtiruvchi jihozlarning bolalar uchun, ularning sog'lom o'sishlari uchun
yaratilganligi tushuntiriladi. Buning uchun quyidagi “Shaxsiy gigiyena”,
"Vitaminlar”, “Salomatlik - tuman boylik", "Sog' tan- da - sog'lom aql” mavzularida
suhbatlar o'tkaziladi.
bo'limda Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul, uning turlari, insonlar
uchun pulning zaruriyati, mahsulotlarni sotish va sotib olish, savdo turlari - chakana,
10
ulgurji savdo, mahsulotlarning narxi va uning nimaga bog'liqligi, arzon va
qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular, dastavval, ishlab
chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmen kabi tovar egalari haqida,
“pul” - nima, milliy valyutamiz haqida toiiq maiumot beriladi. Bozor haqidagi
tushunchalarni kengaytirib borish, bozordagi oldi-sotdi, tovar ayirboshlash naqd pul,
narx, “tannarx", "foyda", "zarar", ishlab chiqarish shakllari to'g'risida toiiq maiumot
beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida: "Pul nima?", “Pulni saqlash”,
"Oziq-ovqat do'koniga sayr” tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati boiimida mehnat insonlarning asosiy faoliyati
ekanligi, mehnat turlari, ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, bog'bon, pillakor,
chorvachilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish, mebel, avtomobil, televizor,
chinni, nonvoyxona korxonalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, mehnat
quroli va asboblari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, ular ishlab chiqara- yotgan
mahsulotlari mamlakat aholisi uchun ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Korxona, tashkilotlar va ularning turlari haqida korxona moliyaviy ta'minoti,
ishlab chiqarish uchun zarur boigan, ashyolar firma haqida tushuncha
shakllantiriladi. Mehnat turlaridan aqliy va jismoniy mehnat soha vakillarining
tomo- nidan yaratilayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar tushun- tiriladi. Atrof-
olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida tikuvchi mehnatlari va xo'jalik mehnat
qurollari (ketmon, Shifokor belkurak, chelak, tesha) bilan yaqindan tanishtiriladi.
Duradgor
Chorvador
Bog'bon
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish mazmun
jihatdan bir muncha kengaytirilib, bunda "mulk”, oila byudjeti, "bank”, "import”,
"eksport” kabi tushunchalar berildi.
bo'limda Inson va uning tabiiy ehtiyojlari bo'limiga "mulk" va uning turlari,
insonlarning hayot kechirishlari uchun yaratilgan moddiy ehtiyojlardan oqilona
tejamkorlik bilan foydalanish ko'nikma, malakalari takomillashtiriladi, turli
vaziyatlarda
o'zlarini
boshqara
olish
va
ulardan
chiqa
olish,
mulkiy
munosabatlarning uyg'unlashuvi, egalik qilish, sotish, ijaraga qo'yish, to'lov evaziga
11
mulkdan vaqtinchalik foydalanish va mulkni boshqarish iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirishda ekspert va importning roll haqida ma'lumot beradi.
bo'limda Iqtisodiy resurslar ya’ni moddiy, mehnat va informatsion axborot
resurslari va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, inson mehnati bilan yaratilgan
barcha moddiy, ma'naviy resurslari ishbilarmonlik bilan boshqara olish va uni
reklama qila olishning ahamiyati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi.
bo'limda Pul, narx, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlashda: bozor va uning
turlari (kiyim-kechak, oziq- ovqat, mashina, mol, dehqon, yoyma bozorlar va
ularning faoliyati) haqida, narxning paydo bo'lishi, biror narsani sotib olish ustida
fikr yuritish, kerakli tovar haqida ma'lumot - axborotlar olish, oila va uning
daromadi, oilada turmush tarzini o'zgartirish, oila va aholining xarid qilish qobiliyati
baho-narx-navo daromadidan kelib chiqishi, iqtisodiy sharoit, tabiiy omillar, ilmiy-
texnika taraqqiyoti, madaniy omillarning insonlarning dunyoqarashiga ta'siri,
korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalari, ularning olib boradigan tashqi iqtisodiy
operatsiyalari bu eksport bo'lib hisoblanishi, korxonalar tomonidan xorijiy
mamlakatlarga xomashyo, tayyor tovarni yetkazib berishi ekanligi haqida.
Import - har bir korxona tomonidan ichki iste'mol bozorida bo'lmagan
tovarlarni chetda xarid qilishga asoslanadi. Bank, plastik kartochka va uning turlari,
qimmatbaho qog'ozlar faoliyatida haqida tushuncha beriladi.
bo'limda Ishlab chiqarish va uning turlari, ishlab chiqarish va mehnat jarayoni:
yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarish texnologiyasi moddiy xomashyo omillari,
tadbirkorlik manbalari, mahsulot va buyumlar, turli mahsulotlarni ishlab chiqarish
texnologiyasi (inson hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan mahsulot va tovarlar);
qurilish mollari va jihozlari, imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish
yo'llari, ishlab chiqarish va ta'limot, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni uy-
ro'zg'orga kerakli mahsulotlar, texnika asboblari, mashinalar, matolar, ip, ipak
tolalari, o'quv qurollari va kitoblar, dehqonlar, chorvadorlar, bog'bonlar, paxtakorlar,
xalq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblangan qurilish ashyolari, o'yinchoqlarni
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishtirish.Buning uchun atrof-olam bilan
mashg'ulotlarida quyidagi mavzularda: “Ishlash uchun kimga nima kerak?1',
"Bog'bon-bog'bon", "Nimaning o'rni o'zgardi” o'yinlar, “Tejamkorlik yaxshi odat",
"Pul nima?", "Bozor turlari”, "O'yinchoqlar va ularning yaratilishi", "Bank nima",
12
"Do'kon turlari", "Nima qayerda ishlab chiqiladi?” "Ishlab chiqarish va uning turlari”
mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.
Biz yuqorida "oila daromadi”, "Oila farovonligi", "oila ehtiyojlari" kabi
iboralarni qo'Iladik. Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy bilimlarini
shakllantirishda oila ham muhim rol o'ynaydi.
Xonadonning maqsadi - o'z iste'molini yuqori darajaga ko'targan holda
kelajakni ta’minlash uchun jamg'arma hosil etishdir. Buning uchun oila a’zolarining
moddiy-ma’naviy ehtiyojlari jamlangan mablag'ni maqsadli sarflash asosida" oila
jamg'armasi”ni yaratish lozimdir.
Oilada tadbirkorlik faoliyati "Milliy hunarmandchilik do'konlari”, "Badiiy
dekorativ ashyolar” qurilish detallari, uy va qishloq xo'jalik asboblari, bolalar
o'yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari (qandolatchilik, konditer
mahsulotlari, turli xildagi yormalar, pishiriqlar va hokazo] ishlab chiqarish sohalari
keng tarqalgan. Oila a'zolarining iqtisodiy ongi, iqtisoiy ko'nikma, malakalarining
o'sib borishi maktabgacha yoshdagi bolalarning dunyoqarashi, tasavvurlarini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oiladagi
bola
tarbiyasi
tashqi
sharoitlar:
uy-ro'zg'or
madaniyati,
umummadaniy, gigiyenik va estetik talablarga rioya qilinishi ham ta'sir ko'rsatadi.
Har qaysi oilada bolaning to'g'ri rivojlanishi uchun o'yin va mashg'ulotlar uchun joy
ajratilishi, o'zining karovoti, sochig'i, idish-tovog'i, ustki va oyoq kiyimlarini toza va
ozoda, tartibli saqlashlari, o'yinchoq, kitoblar va boshqa jihozlar tejamkorona
munosabatda bo'lishi kerak. Oilada iqtisodiy mulk, oila mulkiga nisabatan to'g'ri
munosabat asoslari shu tariqa tarkib toptiriladi. Oilada pul mablag'larini
shakllantirish, sarflarni har bir oila a’zolarining ehtiyojlari va umumiy ehtiyoji (gaz,
elektr, isitish, suv, soliq va boshqalar)larning hisobiga oqillik bilan rivojlantirish
uyushganlik va tartibga o'rgatadi, turmush madaniyatini oshiradi. Oila byudjetida
hisobga olishning yo'qligi, oldindan ko'ra bilmaslik, uy xo'jaligini uyushtira
bilmaslikka olib keladi. Oilada bolalarni amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish, ularga
vaqti-vaqtida va doimo topshiriqlar berish, o'yinchoq va kitoblarni yig'ishtirish, o'z
o'rnini solish va yig'ishtirish, o'simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish, suv, gaz
elektr energiyasi, pul, kiyim-kechak boshqa jihozlardan to'g'ri foydalanish, ortiqcha
o'ylab ko'rishlikka o'rgatib boriladi.
13
Xulosa o'rnida, bolalarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ularning
kelajagini ta'minlashdagi vosita hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 19.09.2013-yil
302-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat
talablari” da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan
tanishtirish vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha boigan
bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul qiymatlari, plastik kartochka,
terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko'rsatib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlami berishda dastavval
tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid maium bilimi va maiumotlar bilan qurollangan
boimog'i zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlami bilishlari zarur:
Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va uning rivojlanish tamoyillari va
nazariy asoslarini;
zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qoilay olish;
bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni
tarbiyalash zarur.
Iqtisodiy tushunchalardan boigan bozor tushunchasi bilan tanishtirishda
tarbiyachi bolalarga "bozor” haqida maiumot beradi.
Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri
bilan bogiaydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa
sotib olish uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, fermer
xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste’molchilar- dir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari
paydo bo'ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi.
Ya'ni, bog'bon o'z yetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga o'ziga kerakli
mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.