MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA SENSOR TARBIYA BERISH
Mundarija:
I BOB.Kirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish o’rganishning nazariy
asoslari
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini sensor tarbiya orqali
rivojlantirishning nazariy asoslari
1.2 Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik psixologik
imkoniyatlari
II.BOB.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensorli tarbiyalash usullari
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish orqali bilim, ko’nikma va
malakalarni rivojlantirishda erishilgan natijalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini sensor tarbiya orqali
rivojlantirishning nazariy asoslari.
Sensor tarbiya lotincha so‘z bo‘lib, hissiyotlarni tarbiyalash, bolalarning
hissiy jarayonlarini muayyan maqsadga yo‘naltirilgan holda to‘laqonli
rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu jarayonda bolalarning hissiyotlari,
tasavvurlari, idroklari tarbiyalanadi. Sensor jarayonlar o‘zida bilishning
dastlabki bosqichini mujassamlashtiradi. Bolalarning hissiy bilish sohasini
shakllantiradi.Shuning uchun ham sensor tarbiya aqliy tarbiya jarayoni
sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra sensor tarbiya bolalarning aqliy
rivojlanishlari va estetik tarbiyalari uchun asos yaratadi. Bu jarayonda
hissiyotlardan unumli bilishga o‘tiladi. Idrok qilishdan tafakkurga tomon
rivojlanish vujudga keladi. Bolalarda izchil intellektual faoliyat tarkib topa
boshlaydi. Shuning uchun ham sensor tarbiya jarayoni bolaning amaliy
faoliyati rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi.
Sensor tarbiya jarayoni o‘zida buyumlarning shakllari, hajmi, ular orasidagi
munosabatlar ko‘lamini idrok etish, musiqa tinglash qobiliyati, nutqni tovush
jihatdan tahlil qilish ko‘nikmasining takomillashishini ta’minlaydi. Shuning
uchun ham sensor tarbiya maktabgacha ta’lim jarayonida alohida ahamiyatga
ega. Chunki aynan shu davrda boladagi hissiy jarayonlar jadal rivojlanadi. Bu
davrda hissiy a’zolarning mashq asosida rivojlanishiga alohida e’tibor
qaratish talab etiladi. Chuqur o‘ylangan pedagogik-psixologik asoslarga
tayangan holda tashkil etilgan faoliyat jarayoni bolada turli-tuman hissiy
layoqatlarning shakllanishiga imkon beradi.
O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bolalarning sensor tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratila boshlandi, uning ilmiy asoslarini chuqurlashtirishga
kirishildi. Chunki maktabgacha ta’lim jarayoni bolaning kelajakdagi
taraqqiyotini ta’minlovchi muhim bosqich hisoblanadi. Pedagoglarning
diqqat-e’tibori
xuddi
mana
shu
bosqichni
ilmiy-metodik
jihatdan
ta’minlashga qaratildi. Mazkur bosqichda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya
2
jarayonini takomillashtirish bolaning imkoniyatlarini maksimum darajada
ro‘yobga chiqarish uchun qulay pedagogik sharoit yaratadi. Chunki bolaning
har bir yosh davri o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ega.
Masalan, kichik maktabgacha ta’lim davri boladagi idrok qilish jarayonining
jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun ham sensor tarbiya va bola idrokining vujudga kelishi
masalasi ko‘pgina mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda. Chunki
sensor tarbiya bolaning atrof-muhitni to‘liq idrok etishini ta’minlashga
yo‘naltirilgandir. Atrof- muhitdagi narsa-buyumlarni to‘liq idrok etgan
taqdirdagina bola uni o‘z nutqida ifodalay oladi. Olamni idrok etish, bilish
asosi sifatida bolaning hissiy tajribasi muhim ahamiyatga ega. Aqliy, estetik,
axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyati bolaning hissiy rivojlanishiga bevosita
bog‘liqdir. Bola atrofdagilarni qanchalik aniq ko‘ra olsa, tovushlarni tinglasa,
ularni farqlasa, o‘ziga xos jihatlarini sezsa, nutqi rivojlanishi uchun muhim
asos vujudga keladi.
Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga
pedagoglar e’tiborini qaratish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
3
bilan muloqoti unga hodisalar va narsalarning mohiyatini aniqlash imkonini beradi.
Bularning barchasi bolaning hissiy layoqatini rivojlantiradi va so‘z boyligini
oshiradi.
Ayni vaqtda ta’lim amaliyotida qat’iy talablar va davlat buyurtmasi asosida
tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda.
Chunki O‘zbekiston davlati va jamiyati shaxsning erkin rivojlanishi uchun
qulay pedagogik imkoniyatlarni yaratishga alohida g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Maktabgacha ta’lim bosqichida har bir bola davlat talablarida nazarda
tutilgan so‘z boyligi, mazkur so‘zlardan nutqda foydalanish ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayonining mazmuni tubdan
yangilanmoqda. Mazkur jarayonda M.Montessori usulidagi yangi pedagogik
texnologiyalar tadbiq etilmoqda. Shu tariqa maktabgacha ta’lim jarayoniga
qimmatli g‘oyalar, tajribalar tadbiq etilmoqda. Bolaning har tomonlama
rivojlanishi va muhim nutqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishida sensor tarbiya
alohida o‘rin egallaydi. Buning uchun maktabgacha ta’lim jarayoniga sensor
tarbiyani keng tadbiq etish taqozo qilinmoqda.
Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim
muassasalarida pedagogik jarayonni sensor tarbiya asosida bolalarning
nutqini o‘stirish maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
G.L. Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunish (idrok qilish) jarayonini
tahlil qilib, ko‘ruv idroki va buyumlarga ko‘z yugurtirib, ularning nomlarini
tushunish rivojlanishiga yordam beradi, - degan xulosaga keladi. Z.I.
Barabanova esa, bolaning nutqni idrok qilish jarayonini tekshirib, undagi turli
analizatorlarning
ahamiyatiga baho beradi. Uning ta’kidlashicha,
qo‘zg‘atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘rish analizatorlarining
yo‘nalishi bolada 86 % gacha saqlanadi, eshitish analizatorlarining 60% esa
yo‘qola boshlagan.
4
D.B. Elkonin ning ta’kidlashicha esa, nutqni tushunish vujudga kelishining
asosoy shartlari quyidagilardan iborat:
1.Umumiy holatdan asosiy fikrni ajrata
olish; 2.Narsalarga diqqatini qaratish;
3.Favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar.
Ilk va maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, hajmi va rangi
bilan tanishtirish, ularning nomlarini o‘rgatish hamda xususiyatlari haqida aniq
tasavvur hosil qilishda sensor tarbiya jarayonidan unumli foydalanish zarurligini
kuzatishlarimiz yaqqol ko‘rsatmoqda. Sensor tarbiya maqsadga muvofiq tarzda
yo‘lga qo‘yilsa, bolalarning nafaqat nutqi, balki axloqiy-estetik tasavvurlari
boyitiladi, jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi.
Sensor harakatlar bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida muhim
ahamiyatga ega. Bolalarda buyumlarning shakli va rangini farqlash
ko‘nikmasi shakllangan bo‘lsa, ular atrofdagi narsalarning xususiyatlari
haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning tasvirlash, rasm
chizish, loy, plastilin, qog‘oz va matodan turli xil narsalar yasash hamda
qurish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
5
shartidir. Sensor tarbiya jarayonida bolalar turli buyumlar, tabiat hodisalari,
hayvonot va o‘simliklar olami bilan tanishtirilishlari natijasida ularning o‘ziga xos
jihatlarini bilib oladilar. Bu o‘z navbatida ular nutqining rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Buyumlarning turli-tuman ranglari, shakllari, hajmi va fazoviy
holatlarini bolalar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgandagina ular haqida aniq tasavvurga ega
bo‘ladilar va har birining nomlarini yodda saqlaydilar. Ba’zi buyumlar, qushlarning
tovushlarini musiqaga qiyoslagan holda idrok etadilar. Buyumlarning qattiq-
yumshoq, yengil-og‘ir, sovuq yoki issiqligini qo‘llari bilan ushlab sezadilar va
nutqlarida ifodalaydilar.
Sensor tarbiya bolaning sezgilari va idrokini muayyan maqsadga yo‘naltirgan,
ayniqsa ularning nutqini rivojlantirishga qaratilgan holda tashkil etish kerak. Har
qanday nutqni rivojlantirish jarayoni bolaning borliqni sezishi va idrok etishi bilan
bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunki bolaning nutqi uning fikr ifodalash
jarayonida amal qiladigan hodisadir. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaning
og‘zaki nutqi, ya’ni so‘zlash faoliyati rivojlantiriladi. Bolaning so‘z boyligi ortib,
nutqi rivojlangan sari uning fikrlash jarayoni tezlashadi. Bu jarayonda ularning
sezgilari, idroklari, hissiyotlari, xotiralari, o‘y-xayollari tarkib topib, namoyon bo‘la
boshlaydi.
Bolalar ko‘rish, sezish, ularning nomlarini o‘rganish yordamida tevarak-atrofdagi
narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. Agar bolaning sezgilari va
idroki sensor tarbiya jarayonida takomillashtirilsa, uning tevarak-atrof, olam
haqidagi tasavvurlari shunchalik kengayadi. Bolalarning sensor tarbiyasi, ularda
sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining kengayishi uchun
muhimdir.
Pedagogikada sensor tarbiya deganda bolalarda ta’sirchanlik qobiliyati, sezish
hamda idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir turlari tushuniladi.
Pedagogikada sensor tarbiyaning mazmuni va usullarini aniq belgilash,
psixologiyada idrok va sezish muammolarining qanday tushunilishiga bog‘liq.
Bunda:
6
1.Idrok qilish jarayonida bola o‘z hayotiy tajribasi davomida nimani egallangan?
2.Bolaning
nutq
faoliyatini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? degan
savollarga javob izlash alohida ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim nazariyasida sensor tarbiyaga nisbatan turlicha yondashuvlar
mavjud. Bunday yondashuvlar F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, YE.I.Tixeyeva
va
boshqalar
tomonidan
ishlab
chiqilgan.
O‘zbek
pedagoglaridan
Sh.A.Abdullayeva, M.Rasulova, Oxunova[, L.Nazirovalar mazkur muammo bilan
shug‘ullanganlar. Ushbu tizimning vujudga kelishi va shakllanishi psixologiyadagi
idrok etish nazariyasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyotining har bir bosqichi ularning ruhiy
rivojlanishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Bolalar bilan metodik mashqlarni bajarishda
ularning yoshi, individual xususiyatlariga tayangan holda mashg‘ulotlarni tashkil
etish, ular nutqining muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlash imkonini beradi.
7
Bolalarning maktabda bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun ta’lim-
tarbiyaviy ishlarni maktabgacha ta’lim muassasalarida kuchaytirish va ularni o‘rab
turgan narsa-buyumlarga nisbatan sinchkov, qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatish zarur.
Buning natijasida bolalarning dunyoqarashlari va nutqlari rivojlanadi.
Bolalarning sezgilarini rivojlantirish orqali ularning nutqini o‘stirish nazariyasi va
amaliyotini O.Roziqov, R.Safarova, Sh.Abdullayeva, E.G’oziyev. A.Usova,
N.Sakulina, L.Venger, V.Muxin singari pedagog va psixologlar ilmiy jihatdan
asoslab berganlar. Sezgi orqali bolalarning nutqini o‘stirish ularning mustaqil
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Sensor jarayonlar sezgi
a’zolari faoliyati bilan bog‘liqligini N.Podd’yakov va V.Avanesovlar ko‘p bora
ta’kidlaganlar.
Maktabgacha yosh davrda bolalarda narsalarning nomlari, shakllari, ranglarini idrok
etish va eslab qolish jarayoni jadal kechadi. Bunda narsa-buyumlar haqidagi barcha
tasavvurlar bevosita ko‘rib, nomini eshitish va ular yordamida turli harakatlarni
bajarish jarayonida shakllanib boradi. Bolalardagi his qilish va idrok etish jarayoni
ularning so‘zlarni o‘zlashtirish va ular yordamida fikrlash ko‘nikmalarini jadal
rivojlantiradi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan so‘zlarni
o‘rgatayotganda aniqlik tamoyiliga tayanish lozim. Bu asrlar davomida sinalgan
didaktik tamoyillardan biridir. Uning zamirida bir qator didaktik qonuniyatlar o‘z
ifodasini topgan. Bolalarning hissiy a’zolari tashqi ta’sirlarni turlicha qabul qilishi,
aksariyat bolalarda voqea-hodisalardan ta’sirlanishning kuchli bo‘lishi kabilar.
Sensor tarbiya orqali bolalar nutqini o‘stirishda nafaqat ko‘rganlarini idrok etish,
balki tinglash layoqatining mavjud darajasini ham hisobga olish lozim. Sensor
tarbiya orqali bolalar nutqini o‘stirishda turli buyumlarning nomlari, ularning
xususiyatlarini bolalarga aniq, to‘liq yetkazish, narsalarning ranglari, shakllari,
hajmi haqida muayyan tasavvur hosil qilish zarur.
Pedagogik-psixologik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarning nutqini o‘stirishda sensor tarbiya jarayonidan foydalanish ularning
umumiy, aqliy rivojlanishlarini ta’minlash imkonini beradi.
8
Sensor tarbiyaning birinchi bosqichi hissiy tajribaga asoslangan tushunchalar: bizni
o‘rab turgan borliq, hayotni anglash, erkin fikrlash kabilarni maktabgacha yoshdagi
bolalarda shakllantirishda poydevor sifatida xizmat qilishga qaratilgan.
Aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyadagi muvaffaqiyatlar maktabgacha ta’lim
muassasalarida sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini o‘stirishga qay darajada
e’tibor berilayotganligi, ya’ni, ularning so‘zlarni ko‘rgan, eshitganlari bilan
bog‘lagan holda idrok etishlari, atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni anglab, ular
haqida fikr bayon qila olishlari, o‘zlari qo‘llagan so‘zlarning ma’nolarini tasavvur
qila olishlari lozim.
Bola ulg‘aygan sari uning atrofdagi narsalarga ko‘rsatadigan ta’siri, buyumlar
haqidagi tushunchalari, tasavvurlari, boshqalarning fikrlarini qabul qilish
ko‘nikmalari takomillashib boradi. Shu munosabat bilan ulg‘ayish bosqichi
keyingi psixologik rivojlanish va umumiy anglashda samarali natija beradi. Bola
qancha kichik yoshda bo‘lsa, his qilish darajasi ham uning hayotida shu qadar katta
ahamiyat egallaydi.
Narsalarning xususiyatlarini o‘zlashtirish jarayonida ular haqida to‘liqroq
tasavvurga
ega
bo‘lish
uchun
bola
buyumlarning
o‘zaro
farqlanuvchi
xususiyatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanishni o‘rganishi lozim.
Sensor tarbiya jarayonida bolalarga turli buyumlarni o‘zaro bir-biridan farqlashda
ularning nomi, shakllari, hajmi, rangi haqida tushuncha berish kerak. Ko‘pgina
pedagoglar va psixologlar, jumladan L.Venger, V.Muxinalarning fikrlariga ko‘ra,
sensor tarbiya bola uchun o‘zini o‘rab turgan olamni hissiyotlar yordamida anglash
hamda uning nutqi va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonidir. Bularning
barchasi maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar davomida sensor
tarbiyaning muhim shartlaridan bo‘lib hisoblanadi.
1.2 Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik
psixologik imkoniyatlari .
Sensor tarbiyaning bola nutqini rivojlantirishdagi ahamiyatini baholash
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu davrda
9
bolalarning fazoviy jismlar, tevarak-atrofdagi buyumlar, ularning nomlari haqidagi
tushunchalari va so‘z zaxiralari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Rivojlanishning
mazkur bosqichida bolalarning xotiralari, sezgilari va idroklari jadal rivojlana
boshlaydi. Ularning tevarak-atrofdagi buyumlarning nomlari va xususiyatlarni
bilishga bo‘lgan qiziqishlari muntazam ortib boradi.
Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar buyumlarning nomlari, ular orasidagi tafovutlar,
narsalarning rangi, shakli, hajmi, yumshoq-qattiqligi, hidi va mazasini ajrata
biladilar.
Sensor tarbiya asoschilaridan biri Mariya Montessori maktabgacha tarbiya
pedagogikasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biridir. M.Montessori tizimi
narsalarning nomi, hajmi, rangi, shaklini farqlashga oid mashqlar (ko‘rish, sezish
mashqlari), narsa va buyumlarning sathlari, xususiyatlarini farqlashga doir
mashqlar, harorat, og‘irlik hamda tovushlarning baland-pastligi, hid va ta’mni
farqlashga xos mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Bolani sensor tarbiyalashda Mariya Montessori harakatlarning ta’sirlarini
farqlaydigan mashqlarga taqqoslash va ajratishga alohida ahamiyat bergan.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolaning erkin va mustaqil bo‘lishi talab qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini sensor tarbiya vositasida rivojlantirish
masalasi ko‘plab mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lgan. Jumladan,
N.M.Shchelavanov, N.M.Aksarina, A.V.Zaporojets, L.A.Venger, YE.I.Radina,
G.M.Lyamina, N.F.Ladiginalar ilk yoshdagi bolalarning sensor rivojlanishiga doir
xususiyatlarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor berish zarur, degan fikrni ilgari
surganlar.
Taniqli
mutaxassislar
F.Frebel,
M.Montessori,
O.Dekroli,
YE.I.Tixeyeva,
A.V.Zaporojets, A.P.Usova, N.P.Sakulinalar to‘laqonli sensor rivojlanishni
ta’minlashga yo‘naltirilgan sensor tarbiyani haqli ravishda maktabgacha tarbiyaning
asosiy tomonlaridan biri, deb hisoblaydilar. Ular maktab yoshidagi bolalar ongini
rivojlantirishning asosi hissiyot orqali tarbiyalashdan iborat ekanligini alohida
ta’kidlaganlar.
10
Sensor rivojlanish bola umumiy aqliy rivojlanishining poydevorini tashkil qiladi,
zero, to‘laqonli idrok etish bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida
muvaffaqiyatli tarbiyalanishlarida muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq о‘stirishda ayrim muammo va kamchiliklar
chiroyli qilib yoritilgan. Oilada ota onaning farzand tarbiyasi bilan birga bola bilan
qanday gaplashish, unga ertaklar aytib berishi hamda tarbiyachilarni mohirona
faoliyatiga oydinlik kiritib berilgan. Oilada va bog‘chada nutqida nuqsoni bо‘lgan
bolalarga tavsiya va takliflar berilgan. Bolalarning har bir toifasi o'ziga xos
psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni psixologik-pedagogik o'rganish
strategiyalarini aniqlash kerak. Shunday qilib, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar
natijasida anomal rivojlanishning shakllanishi murakkab bo'lib, u bir tomondan har
bir bola uchun individual nuqsonlar, ikkinchidan esa shunga o'xshash nuqsonlar
bilan tavsiflanadi. Bu o'ziga xoslik rivojlanish nogironligining har bir turiga
taalluqlidir va bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus
ta'lim sharoitlarini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, rivojlanishida
nuqsonlari bo'lgan odamlarning zamonaviy psixodiagnostikasi nazariy va uslubiy
tizimlarga asoslanadi, ular quyidagilardan iborat. Rivojlanish buzilishining har bir
turi o'ziga xos psixologik tuzilishga ega. Ushbu tuzilma birlamchi va ikkilamchi
nuqsonlar o'rtasidagi munosabatlar bilan belgilanadi. Rivojlanish buzilishining har
bir turi o'ziga xos kamchiliklarga ega. Rivojlanishda nuqsonlari bo'lgan odamlarni
tashxislash natijalari psixologik-pedagogik diagnostika yo'li bilan belgilanadi,
rivojlanish buzilishining turi bilan cheklanmaydi. U bolaning rivojlanishining
individual psixofizik xususiyatlarini ishlab chiqishni, shuningdek, individual
tuzatish ishlari dasturlari bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga oladi. Psixologikpedagogik
diagnostika nuqsonni ifodalash darajasini murakkablashtiradigan etakchi
nuqsonlarning rivojlanishini aniqlaydi va ular bo'yicha zarur tuzatish-pedagogik
ishlarni amalga oshirishga qaratilgan. Agar test bola maktabga borishdan oldin
o'tkazilsa, bolaning qaysi maktabga maxsus tuzatish yoki umumiy ta'lim maktabiga
tayyorligi aniqlanadi. Psixodiagnostika rivojlanishdagi nuqsonlarni va ularning
11
o'ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi bu
xususiyatlarni bilish maktabgacha va maktab ta'lim dasturini, ta'lim muassasasining
turini, bolaning qobiliyatiga mos keladigan individual tibbiy psixologik-pedagogik
dasturni ishlab chiqishga yordam beradi. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni
samarali ta’lim, tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi ularning rivojlanish
imkoniyatlari va xususiyatlarini to‘g‘ri baholashga bog‘liq. Rivojlanishdagi
nuqsonlarni har tomonlama psixologik-pedagogik diagnostika qilish orqali bu
vazifaga erishish mumkin. Psixologik-pedagogik diagnostikada rivojlanish
nuqsonlari bo'lgan bolalardagi kamchiliklarni aniqlash bolaning psixo-fizik
xususiyatlarini hisobga olgan holda unga individual psixologik-pedagogik
yondashuvni ta'minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus
maktabgacha ta’lim va maktab muassasalari mavjud. Ushbu bolalarning aqliy va
jismoniy rivojlanishi uchun ta'lim sharoitlari yaratilgan.
Professor N.Shchelovanov his qilish orqali tarbiyalashda go‘daklikni “oltin davr”
deb hisoblaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida mazkur muammo markaziy
o‘rin egallaydi.Maktabgacha ta’lim pedagogikasining taniqli vakillari
(Y.Kamenskiy, F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, YE.Tixeyeva va boshqalar)
tomonidan bolalarni buyumlarning belgi va xususiyatlari bilan tanishtiradigan turli
didaktik o‘yinlar hamda mashqlar ishlab chiqilgan. Ularning sensor tarbiya
prinsiplari va nuqtai nazarlariga asoslangan tahlillari bolalar nutqini rivojlantirishda
sensor tarbiyadan foydalanishning yangi shakllari va metodlarini ishlab chiqishni
taqozo qilmoqda.A.Zaporojets, A.Usova, N.Sakulina, A.Venger, Podd’yakovlar
tomonidan zamonaviy didaktik prinsiplar asosida ishlab chiqilgan sensor tarbiyani
tashkil etishga oid yondashuvlar negizida mazkur jarayonni rivojlantirish zaruriyati
mavjud.
Sensor tarbiya nazariyasida 4 ta qat’iy tan olingan tamoyil mavjud. Ular
quyidagilar:
1) bolalarga atrof-muhit, unda mavjud bo‘lgan narsalar haqida yetarlicha
12
ma’lumotlar berish, tushuncha va tasavvurlar hosil qilish;
2) narsa va buyumlarning turli-tuman xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va
ulardan mazkur xususiyatlarning barchasini o‘zlashtirishni talab qilish imkonsiz
ekanligini anglab yetish;
3)
bolaning atrof-muhitni bilish asosida to‘g‘ri mo‘ljal olishi, narsa va
buyumlarning nomi, rangi, shaklini bilish darajasini aniqlash maqsadida o‘ziga xos
tekshirishlar o‘tkazish;
4) bolada muayyan narsalar haqida tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishni
nazarda tutish, bunda bola o‘zida mavjud bo‘lgan tushuncha va tasavvurlarni
yangilari bilan taqqoslay olishi lozim.
Bola o‘zi egallagan tushunchalar, bilimlar va axborotlar zaminida yangi narsalar va
hodisalarni taniydi va idrok eta boshlaydi.
Insoniyat o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida narsalarning ranglari, shakllari va
hajmlarining muayyan andozasini yarata olgan. Bunday tasavvurga ega bo‘lgan
bolalar o‘zlashtirgan bilimlarini o‘rgangan yangi ma’lumotlari bilan taqqoslash va
ulardan tegishli xulosa chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Atrof-muhitdagi
rang-baranglikni o‘zlashtirish bolaga mavjud voqelikni imkon qadar aniq idrok
etish uchun qulaylik yaratadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillarni go‘daklik va maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqini o‘stirish jarayoniga tadbiq etish lozim. Buning uchun:
1.Bolalar narsa va buyumlarning nomi va xususiyatlarini qanday izchillikda
farqlay boshlashi;
2.Narsa va buyumlarning nomi, xususiyati, hajmi, rangini ifodalovchi so‘zlarning
qanday talaffuz qilinishi, bolalarning mazkur narsalar bilan qay tarzda aloqaga
kirishishiga bog‘liq.
Bu masalani sensor tarbiya nuqtai-nazaridan yondashgan holda tahlil etishga
harakat qilamiz.
13
Amalga oshirilgan tadqiqotlar bolalarda ular hayotining dastlabki davridan boshlab
turli shakl, hajm va rangdagi narsalarga alohida qiziqish paydo bo‘lishini ilmiy
jihatdan asoslab bergan.
Bolani buyumlarning shaklini tanishga ilk yoshdan boshlab o‘rgatish lozim. Kichik
yoshdagi bolalarni his qilish orqali buyumlarning xususiyatlarini anglashga
o‘rgatishda rus olimlarining nazariy qarashlari va tajribalariga tayanish maqsadga
muvofiqdir. Atrof-muhit bilan bolalarni tanishtirish jarayonida narsalarning nomi,
xususiyatlari, rang-tusi, hajmi va shaklini qanday tartibda o‘rgatish lozimligi rus
pedagoglari tomonidan asoslab berilgan.
Jumladan, N.Sakulina bolalarni rang bilan tanishtirish masalasini o‘rganish asosida
shuni alohida ta’kidlaydiki, ularni atrof-muhitni kuzatishga o‘rgatish jarayonida
muayyan tasavvur hosil qilgandan keyingina ranglarni farqlashga o‘rgatish lozim.
Olimaning fikricha, bolalarda bunday tajribani hosil qilish uchun ular bilan 3-4
yoshdan boshlab izchil tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazish lozim. Bu yoshdagi
bolalarda 5-6 ta rangni farqlash, tanishga nisbatan ehtiyoj, qiziqish paydo bo‘ladi.
Shu tariqa bolalarni narsa va buyumlarning rangi, shakli, hajmi bilan tanishtirish
ularning nutqini boyitishda samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim jarayonidagi muhim vazifalardan biri, bolalarning nutqini
o‘stirish va uni izchil takomillashtirishdan iborat.
“Ilk qadam” tayanch dasturida bolalarning “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik
darajasi”ga oid asosiy bo‘limlar ko‘rsatib berilgan. Bunda bolalarning nutqiy
tafakkurini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish, ularning mantiqiy tafakkuri va
hisoblash malakasini o‘stirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish
kabi jihatlariga keng e’tibor qaratilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, tabiat, har xil
kasbdagi kishilar mehnati, ba’zi bir ijtimoiy voqealar, narsa va hodisalar, ularning
sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik
imkoniyatlari
14
Mustaqil respublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib
tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning
ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy va axloqiy
salohiyati hamda ularning ma’naviyatlilik darajaga bog‘liq.
Ma’lumki, fikrni bayon etish va tafakkur qilish nutq orqali amalga oshadi. Bolada
tafakkur qanchalik rivojlantirilsa, uning fikr bayon qilish ko‘nikmasi shuncha
mukammal bo‘ladi. Har bir shaxs oldida fikrlash va fikr mahsulini to‘g‘ri ifodalash
mas’uliyati mavjud ekan, yoshlarda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish
maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq boshlanishi lozim. Bunda sensor tarbiya
imkoniyatlaridan foydalanish pedagogik jihatdan qulaylik tug‘diradi.
Ko‘plab ruxshunoslar tomonidan ruhiy jarayonlarni tahlil etish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, bola nutqining rivojlanishi o‘ziga xos jarayon hisoblanadi. L.S.
Vigotskiy, A.N. Leontyev, S.L. Rubinshteyn, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va
boshqalarning
asoslashlariga
ko‘ra,
ruhiy
jarayonlar,
ayniqsa
idrokning
shakllanishi va rivojlanishi ularning ijtimoiy tajribasidir.
15
tarzdagi etalonlar tarkibiga musiqa va nutq tovushlari, geometrik shakllar, spektr
nurlari kabilarni kiritish mumkin. Har bir bola mazkur etolonlarni ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘zlashtiradi, so‘ngra ulardan tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni
o‘zlashtirish, tahlil qilish, ularning mohiyatini anglash hamda sensor tajribalarini
takomillashtirish uchun sezgi meyorlari sifatida foydalanadi.
Psixologiyada perseptiv harakatlar (hissiy idrok etishga oid harakatlar),
obrazlarning tuzilishi, voqelikdagi narsa va hodisalarning obyektiv xususiyatlarini
aks ettirish mexanizmi sifatida talqin etiladi. Bu xususiyatlarga “o‘xshatish”,
ulardan nusxa ko‘chirish tufayli obyektning obrazi tasavvur etiladi (A.N.Leontyev)
Shaxs idrokini tadqiq qilishga bag‘ishlangan bir qator asarlar (A.N. Leontyev, A.V.
Zaporojets, B.G. Ananyev, V.P. Zinchenko, L.A. Venger) shundan guvohlik
beradiki, sensor jarayonlar o‘ziga xos yo‘naltiruvchi harakatlardan iborat bo‘lib,
ular bolaning amaliy bilish faoliyatiga xizmat qiladi.
O‘z vaqtida I.M.Sechenov maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonini
ta’riflab, miyaning reflektorlik faoliyati g‘oyasini ilgari surgan edi. Bunda u
psixikaning obyektiv olamni aks ettirish imkoniyatiga tayanadi. Olim buyumlar
haqidagi tasavvurlar tashqi signallar ta’siri ostida vujudga kelishini asoslab beradi.
Bunda muayyan buyumning tasviri ko‘zning to‘r pardasida ko‘p marotaba aks etib,
muskullarni taranglashtiradi va harakatlantiradi. Ko‘rish omili bilan muskullar
sezgisining uyg‘unlashuvi ta’sirida turli shakllarga baho berishga asoslangan
harakatlarning tajribasi mujassamlashadi. Turli buyumlarning shakllarini o‘zaro
mos tarzda aniqlash ko‘nikmasi xuddi mana shu baholash imkoniyatiga bog‘liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarda bunday tajriba kam bo‘ladi. Buyumlarning shakllari faqat
ko‘rish orqaligina emas, balki ushlab sezish vositasida ham bilib olinadi.
I.M.Sechenov qo‘lning sezish organi sifatidagi ahamiyatini batafsil tavsiflagan edi.
Uni yaqin masofadan turib buyumlarni tahlil qilishda ko‘zning
birinchi
yordamchisi sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratgan. Bola o‘zining ko‘z
harakatlarini qanchalik boshqara olsa, qo‘l harakatlarini ham shunchalik boshqara
oladi. Bola har bir narsani ushlab ko‘radi, aylantiradi va to‘nkaradi. Buning
16
natijasida u buyumlarni bir qadar aniq va to‘liq idrok qila boshlaydi. “Shuning
uchun ham, - ta’kidlaydi I.M.Sechenov, - buyumlarni idrok qilishda qo‘l bilan
sezishni mashq qilish muhim ahamiyatga ega”.
B.G. Ananyev, R.Y. Abromovich-Lextman, A.A. Pressman, YE.F. Ribalkolar o‘z
tadqiqotlarida bolaning idrok qilish qobiliyatida amaliy faoliyatning yetakchi
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berganlar. N.L. Figurin, M.P. Denisova kabi
fiziologlar va psixologlar bolalar juda kichik yoshlaridan narsalarning shakliga
qarab farqlashning eng oddiy turlarini bilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
keltiradilar. Ular 5-6 oylik vaqtidan boshlab hajmli va yassi jismlarni (kublar,
sharlar, koptoklar, ovalsimon, kvadrat, to‘rtburchak, uchburchak shaklidagi
narsalar) o‘zaro bir-biridan farqlay boshlashlarini ta’kidlaganlar. L.A. Venger esa,
o‘z tajribalari asosida hatto 3-4 oylik go‘daklar ham narsalarning shakliga ko‘ra
ularni farqlay oladilar, degan ilmiy xulosani ilgari surgan edi. Lekin, u bolaning bu
harakati diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish natijasidagina sodir bo‘lishini
17
ilgari o‘zlari ko‘rgan turli shakllardagi jismlarni boshqacha shakl yoki holatda
namoyish qilinganda, ularni yangicha qiziqish bilan kuzatishlarini asoslab beradi.
Lekin bola ulg‘aygan sari mazkur narsalarga o‘zgacha qiziqish bilan yondasha
boshlaydi.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalar
atrofdagi
narsalarni
juda
tez
o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham ularning turli shakllari, hajmi, ular orasidagi
masofani tez va aniq ilg‘aydilar. Bularning barchasi boladagi ko‘rish, nazorat qilish,
ilg‘ash ko‘nikmalari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘rish barmoqlarning harakatini
moslashtirish imkonini beradi. Bu o‘rinda turli obyektlarning xususiyatlarini
harakat yordamida chamalash jarayoni vujudga keladi. Bu esa bolada idrokning
sensor imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda qo’llaniladigan
metodlarning ahamiyati. Idrokning bundan keyingi taraqqiyoti uning ikkinchi
ko‘rinishi bo‘lgan taqqoslash imkoniyatini vujudga keltiradi. Maktabgacha
yoshdagi barcha bolalar narsa yoki buyumlarning qattiq yoki yumshoqlik holati,
hajmi, vaznini o‘zaro farqlagan holda o‘zlashtirib oladilar. Bolaning taqqoslay olish
imkoniyati buyumlarning harakatini ilg‘aganda, narsalarni bir-birining ustiga
taxlaganda, qutichalarni yopib-ochganda, piramidalar yoki halqachalarni o‘zaro
mos tarzda joylashtirganda, qo‘g‘irchoqlar yoki qog‘ozlarni yig‘ib muayyan
tartibda
joylashtirganda,
taxtachalarning
teshiklarini yassi jismlar bilan
berkitganlarida sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda bola ko‘rgan va tasavvur qilgan
narsalarini o‘zaro qiyoslab ularni chamalash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Ilk va kichik
maktab yoshidagi bolalar kublar yoki qo‘g‘irchoqlarni taxlash jarayonida ba’zan
xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Bu tabiiy hol, albatta. Lekin, maktabgacha o‘rta, katta va
tayyorlov guruhlaridagi bolalar esa bunday ishlarni osongina bajaradilar. Chunki
bunday harakatlarni ilk yoshlaridan boshlab bajargan bolalarda muayyan
ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
L.A.Venger ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokning rivojlanishini
muayyan didaktik vositalar yordamida amalga oshirgan edi. Buning uchun bola
18
jismlarni izlash, topish, farqlash, tenglashtirish, buyumlarning o‘ziga xos tabiatini
ilg‘ash, ya’ni narsalarga tashqi tavsif berish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Bolaning moddiy borliqni anglash jarayoni, his etish orqali qabul qilish yo‘li bilan
amalga oshadi. Hissiyotlar va ular bilan bog‘liq reflekslar yig‘indisi psixologik
nuqtai nazardan birinchi signal tizimini tashkil qiladi. Moddiy borliqdagi narsa-
hodisalarni kuzata olish ko‘nikmasi bolada chaqaloqlik davridayoq vujudga keladi.
Bola buyumlarni qo‘li bilan ushlaydi, silkitadi va birinchi navbatda og‘ziga soladi.
Bularning barchasi bolalar buyumlarning xususiyatlarini bilishga intilishlaridan
dalolat beradi. Bunday harakatlar stixiyali tarzda amalga oshadi. Mazkur harakatlar
bola tomonidan tasodifiy tarzda bajariladi. Shuning uchun ham kattalar bolalar
oldiga cheklovlar qo‘yadilar. Bunday cheklovlar birinchi navbatda gigiyenik
xavfsizlikni ta’minlashni nazarda tutadi.
Shu bilan bir qatorda, ajdodlarimiz bolalarga imkon qadar kamroq cheklov qo‘yish
zarurligini uqtirganlar. Agar bolada muayyan buyumning barcha xususiyatlarini
o‘rganish uchun yetarlicha sharoit mavjud bo‘lmasa, unda mazkur buyumlar haqida
dastlabki tasavvurlarni hosil qilish lozim. Buning uchun sensor tarbiya vazifalarini
19
aniq begilash kerak.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensorli tarbiyalash usullari.
Buni quyidagi yo‘nalishda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- bolalarda sensor etalonlarni tarkib toptirish;
-muayyan ko‘nikma va etalonlarni bolaning kundalik faoliyatiga singdirishga
erishish.
Ayon bo‘ladiki, yuqorida ko‘rsatilgan har uchala yo‘nalish o‘zaro chambarchas
bog‘liqdir. Idrok etish ko‘nikmalari, qo‘shimcha tushuncha va etalonlarlarning
umum qabul qilingan ko‘rinishida xotirada muhrlanadi.
Moddiy
olamdagi
obyektlarni
sensor
tavsiflash
jarayonida
bolalarning
ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya omili ta’sirida o‘zgaradi. Buyumlarning sensor tavsifi
har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Buyumlar va ularning sensor tavsiflari
bolaning umumlashtira olish imkoniyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Buyumlar va
ularning sensor tavsifi haqidagi tasavvurlar bolaning bevosita qabul qilish va
umumlashtira olish tajribasiga tayangan holda shakllantiriladi.
Dastlabki kuzatishlar, idrok etish voqelikni tushunishga yordam beradi. Sensor
tasavvurlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlar bu yo‘nalishdagi
topshiriqlarni bolalarga bajartirishda alohida imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Ilk yoshdagi bola bilan maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning idroki o‘rtasidagi
farqlar narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy harakatlardan ular idrokiga yanada
yuqoriroq talablar qo‘yadigan va uning yaxshi rivojlanishi uchun ham qulayroq
shart-sharoitlar yaratadigan samarali faoliyatning ancha murakkab turlariga o‘tish
bilan bog‘liqdir. Masalan, rasm chizish, biror bir narsa qurish-yasash, buyumlarni
ustma-ust taxlash, o‘yinchoqning teshigini topish yoki berkitish kabilar shular
jumlasidandir.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sensor tarbiya
masalasi pedagoglar tomonidan bir qadar chuqur o‘rganilganligini yuqorida
ta’kidlab o‘tgan edik. Bunday tadqiqotlar natijasida bola idroki va ko‘rish
qobiliyatining rivojlanish qonuniyatlari, maktabgacha ta’lim jarayonida uni
20
takomillashtirish yo‘llari belgilab berilgan. Shuningdek, didaktik o‘yinlar, rasm
chizish va qurish-yasash kabi samarali faoliyat turlarida sensor tarbiyadan
foydalanish metodlari ishlab chiqilgan. Lekin, maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalar nutqini rivojlantirishda sensor tarbiyadan foydalanish yo‘llari yetarlicha
o‘rganilmagan. 2-6 yoshli bolalarning idrok qilish usullari pedagogik-psixologik
jihatdan yetarlicha tadqiq qilinmagan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar intellektual taraqqiyotining 9/10 qismini
sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Bolaning sezgilari va idroki
qanchalik boy bo‘lsa, ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shunchalik
shakllangan bo‘ladi.
Bolalarning sensor ko‘nikmalari, ularda sezgi va idrokning samarali rivojlanishi
uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalarga aqliy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyasi berishda sensor tarbiya muhim o‘rin egallaydi.Ayniqsa, maktabgacha
yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Sensor tarbiya
bolalarda
hissiy
bilish
qobiliyatlarini
shakllantirish,
sezgi
idrokni
takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiyaning mazmuni va metodlari psixologiyada idrok va sezgisini
rivojlantirish muammosi qanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida ham aqliy va jismoniy nuqsonlari
bor bolalar bor. Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi har xil bo'lishi mumkin. Katta
guruhning harakati, hissiy yoki intellektual sohalaridagi nuqsonlar aniq
ifodalanmagan: eshitish, ko'rish, fazoviy-kognitiv hislar, tayanch -harakat tizimi,
fonemik bilish, hissiy-irodaviy buzilishlar, nutq rivojlanishidagi nuqsonlar ,
xattiharakatlari buzilgan bolalar , aqliy zaiflik, somatik. kechikish. Maktabgacha
yoshda aniq aqliy yoki jismoniy rivojlanish kamchiliklari aniqlanganda, engil
kamchiliklar uzoq vaqt davomida sezilmaydi. Rivojlanishdagi nuqsonlarni
tashxislash uch bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqich skrining deb ataladi. Bu
bosqichda bolaning rivojlanishidagi kechikishlar, aqliy va jismoniy nuqsonlar
aniqlanadi, ammo ularning tabiati va chuqurligini aniqlash qiyin. Ikkinchi bosqich -
21
rivojlanish nuqsonlarining differentsial diagnostikasi. Ushbu bosqichning maqsadi
rivojlanish nuqsonining turini (turini, toifasini) aniqlashdir. Uning natijalariga ko'ra,
bolaning imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim muassasasining
turi va dasturi, ularni tarbiyalashning optimal pedagogik yo'nalishi belgilanadi.
Differensial diagnostikada psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati
yetakchi rol o'ynaydi. Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning
individual xususiyatlarini, ya'ni fikrlash faoliyatining xususiyatlarini, hissiy va
irodaviy ko'lamini, mehnat qobiliyatini, shaxsiy o'rganish va rivojlantirish uchun
individual sharoitlarni tashkil qilish. Rivojlanishdagi nuqsonlarning psixologik-
pedagogik diagnostikasini samarali amalga oshirish uchun “rivojlanishdagi
nuqsonlar” tushunchasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Rossiyalik olimlar
tomonidan qo'yilgan bir qator tamoyillarga amal qilish muhim (LS Vygotskiy , VI
Lubovskiy , S.D. Zabramnaya ) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan odamlarni
tashxislashda. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxislashning asosiy tamoyillaridan
biri bu har tomonlama yondashuv bo'lib, unda bolaning rivojlanish xususiyatlari
barcha zarur mutaxassislar (shifokor, defektolog, psixolog ) tomonidan nafaqat
uning bilim faoliyati, balki xatti-harakati, hissiy irodasi, shuningdek, baholanadi.
ko'rish sifatida. eshitish, harakat doirasi, nevrologik holat, somatik holatni har
tomonlama tekshirish va baholashdir . Bolani tibbiy va psixologik-pedagogik
ko'rikdan o'tkazish tizimli asosda amalga oshiriladi. Tibbiy tekshiruvlar shifokorlar
(pediatr yoki terapevt, nevrolog, bolalar psixiatr, oftalmolog, otorinolaringolog,
kerak bo'lganda audiolog) tomonidan amalga oshiriladi. Bolani psixologik-
pedagogik o'rganish pedagog- defektolog va psixolog tomonidan amalga oshiriladi .
TPPK (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya) maxsus (tuzatish) muassasalarini
kadrlar bilan ta'minlash muammosini hal qiladi, shuningdek, maslahat, diagnostika
va tuzatish yordamini ko'rsatadi. Yakka tartibdagi ta’lim va tibbiyot muassasalari,
shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va o‘smirlar o‘z tashabbusi bilan TPPKga
murojaat qilish huquqiga ega.
22
muammoga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Pedagoglar tomonidan esa,
sensor tarbiyaning turli imkoniyatlari ochib berilgan.
Taniqli pedagoglar Fribel, M. Montessori, O. Dekrolilar tomonidan yaratilgan
yondashuvlar, bolalarning qo‘l muskullarini rivojlantirish, bolalarni turli ranglar,
shakllar, hajmlarni ifodalovchi so‘zlarni idrok etishga o‘rgatish kabilar shular
jumlasidandir.
Montessorining didaktik qarashlari o‘z-o‘zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq
yaratilgan bo‘lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug‘ullanish
imkonini beradi. Biroq, u ularda sezgi a’zolari va nutqning rivojlanishi, samarali
amaliy faoliyat bilan bog‘lanmaganligini alohida ta’kidlagan edi. Ular tomonidan
ilgari surilgan qarashlar, ayniqsa, bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayoniga
keng tadbiq etilmoqda. Bu esa bolalarning aqliy hamda jismoniy rivojlanishi,
tuyg‘ularini shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bugungi
kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu metodlarni keng qo‘llashga
ahamiyat berilmoqda. Barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng foydalanish
maqsadida har bir guruhda alohida-alohida burchaklar tashkil etganlar.
Shuning uchun ham pedagoglar va psixologlar faoliyatning turli turlarini amalga
oshirish jarayonida sensor tarbiya imkoniyatlaridan keng foydalanish yo‘llarini
tadqiq qilmoqdalar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga sensor tarbiya vositasida ularning
nutqini rivojlantirishda tarbiyachilar muhim o‘rin egallaydilar. Chunki ular
bolalarning his-tuyg‘ularini muayyan pedagogik tizim vositasida aniq maqsadga
yo‘naltiradilar. Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishdan
ko‘zlanadigan
asosiy
maqsad,
ularning
idroklarini
jadal
shakllantirish,
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Sensor tarbiya bolalar narsalar,
voqea-hodisalarni chuqurroq idrok etishlari, ularni his etishlari uchun muhimdir.
Tarbiyachi bolalar oldiga muayyan topshiriqlar qo‘yganda, masalan, buyumlarni
bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularning vaznini his qila olishlari, ularni
ushlab shakli, harorati, sifatini sezishlariga alohida e’tibor qaratishi kerak.
23
Bolalarda ijtimoiy hamda hissiy tajribaning ortishi barobarida, idrok jarayoniga
qo‘yiladigan talablar murakkablashadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar
sensor vazifalarni qanchalik ko‘p bajarsalar, ularning ongi, ko‘zi, qo‘li, xotirasi,
tafakkuri shunchalik tez taraqqiy etadi.
Sensor tarbiya mazmuni o‘z ichiga tevarak-atrofdagi barcha hissiy holatlarni
qamrab oladi. Bular bolalarning kundalik faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
Mazkur yoshdagi bolalarga ranglarni farqlash, ularning nomini aytish o‘rgatiladi,
ranglar, bo‘yoqlar haqidagi dastlabki tasavvurlar shakllantiriladi. Sezgi va idrok
muayyan maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli
rivojlanadi.
Samarali sensor faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar
yasash), sezgi hamda idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishi bilan bir
qatorda, narsalarning shakli, rangi, joyini bolalar bilib olishlari uchun ham muhim
ahamiyatga ega.
24
xususiyatlari, quyoshning haroratini bolalar sezgi orqali anglashlari uchun qulaylik
yaratadi. “Oldinga-orqaga”, “tepada-pastda”, “uzoqda-yaqinda”, “chapga-o‘ngga”
kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.
Bolalar ko‘proq tabiat bilan muloqotga kirishishlari tufayli ularning tasavvurlari
kengayib,
tinglash
imkoniyatlari
ortadi.
Bolalarga
qushlarning
sayrashi,
barglarning
shitirlashi,
shamolning
guvillashi,
yomg‘irning
shatur-shuturi,
momaqaldiroqning gumbirlashi, do‘lning shovqin bilan, qorning esa ovoz
chiqarmasdan yog‘ishi, chaqmoqning ba’zan ovoz chiqarishi-ba’zan ovoz
chiqarmasligini sezish, his qilishga o‘rgatish zarur.
Psixologlarning guvohlik berishlaricha, bolalardagi analizatorlar ular tug‘ilgan
paytdan boshlab harakatlanadi. Sensor jarayonlar muayyan vaqt o‘tgach aniq
tasavvurlarga aylanadi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, go‘dak dunyoga kelgandan so‘ng
dastlabki oylarda sensor tizimlarning shakllanishi jadal kechadi. Chunki sensor
tizim muayyan yoshda ma’lum darajaga yetishi lozim.
B.G.Ananyevning fikricha, inson tug‘ilganidan keyin dunyoni ilb bor anglashi,
narsalarni qismlarga ajratgan holda tasavvur qilish shaklidir. Bu esa fazoviy vazn va
uning harakatini ifodalovchi chegara sifatida namoyon bo‘ladi. Bolaga ta’sir etuvchi
narsalar va hodisalar atrof-muhitning muayyan shakli sifatida aks etadi. Bir
yoshgacha bo‘lgan davrda boladagi idrok ikki shaklda: 1) narsalarning vazni; 2)
buyumlarni moddiy borliqdagi birliklar sifatida idrok qilish jarayoni amalga
oshadi. Bunday tabaqalashgan idrokning shakllanishida turli o‘yinlar, ishoraviy
harakatlar va kattalar bilan muloqot muhim o‘rin egallaydi. Buning natijasida bola
atrof-muhitdagi narsalarning xususiyatlari, voqea-hodisalarni ko‘proq anglay
boshlaydi. Bola 2-3 yoshga yetganda narsalar bilan aloqaga kirishish ko‘nikmalarini
egallaydi. Ularning nomlari, turlari, o‘ziga xususiyatlarini idrok qiladi.
N.A.Figurin, M.P.Denisovalarning e’tirof etishlaricha, bola tug‘ilishi bilan
yorug‘lik va o‘z atrofidagi narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq,
uning ko‘rganlari bilan idroki orasida bog‘liqlik mavjud emas. Chaqaloqlarda ko‘z
25
harakatining rivojlanishi dastlabki 3 oyda jadal kechadi. B.G.Ananyevning
ta’kidlashicha, bolaning ilg‘ash imkoniyatlari ancha kengayib barqarorlik kasb eta
boshlaydi. K.N.Kornilov esa bolada 10-17 haftalik chog‘idanoq tovushdan ham
faol ta’sirlanish vujudga kelishini asoslab bergan edi. Tovush va uni eshitish atrof-
muhitni idrok etishning dastlabki hissiy ifodasi hisoblanadi. Demak, tovush
narsalarni tasavvur etishga yordam beradigan, bolaning aqliy qobiliyatini
o‘stiruvchi
vositadir.
Bunday
yondashuv
R.Y.Lextman-Abramovichning
tadqiqotlarida ham asoslab berilgan.
Bola tug‘ilishi bilan uning e’tibori avvalo harakatdagi buyumlarga qaratiladi.
Chunki, buyumlarning harakati, mazkur harakatning o‘zgarib turishi bolada atrof-
muhitni idrok qilish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bolaning buyumlar harakatini
kuzatishi unda sensor rivojlanish va sensor vazifalarni amalga oshirish ko‘nikmasini
tarkib toptirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Bola tomonidan ranglarni idrok etish, his qilish, rang ko‘rishning anatomik asoslari
borasida olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar mavjud. Preyyer, R.Marsden, A.Mex,
26
U.Uayzlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, bola dastlabki yosh davridan
boshlab
ranglarni
farqlaydi.
N.A.Figurin,
N.I.Kosatkin,
M.P.Denisova,
N.I.Karasnogorskiy, R.Steples, F.Malrie, S.Valentaylar esa, bolada ranglarni
ajratish jarayoni 3-5 oylikda namoyon bo‘la boshlaydi, deb hisoblaydilar.
G.V.Rozengrad-Pupko, N.X.Shvechkina, A.I.Sulina, A.Barbin, A.Dekarlarning
fikricha, bolalarda bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida ranglarni
farqlash ko‘nikmasi tarkib topadi. YE.A.Arkin, A.Bine, YE.I.Ignatyev, N.Pronin,
D.Sinold, B.I.Xachapuridzelar bolaning ranglarni farqlashi va
so‘z
orqali
ifodalashi ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, deb
hisoblaydilar. Bu borada olimlar orasida fikrlarning xilma-xilligi mavjud. Masalan,
L.A.Vengerning ta’kidlashicha, bolalarda ranglarni idrok etish yoki idrok eta
olmaslik mezonlari sifatida ularga berilgan topshiriqlarning turlichaligini, ya’ni nur
yoki rangdan ta’sirlanishini idrok etishning ko‘rinishi va rang ajratish darajasi
sifatida baholash mumkin.
N.A.Figurin hamda M.P.Denisovalarning ta’kidlashlaricha, turli ko‘rinish va
kattalikdagi narsalarni tabaqalashtirgan holda farqlashni bolalar o‘z hayotlarining
dastlabki oylardayoq muvaffaqiyatli tarzda amalga oshiradilar. Tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, shar, kub, koptok, to‘rtburchak, uchburchak kabilarni bolalar 5-6
oylik davrlaridanoq farqlay boshlaydilar.
Bolalarda buyumlarning rangi va shakliga ko‘ra farqlashga imkon beradigan sensor
jarayonlar ularning 6 oylik davridan boshlab namoyon bo‘ladi. Buyumlarni sensor
idrok qilish jarayoni sensomotor meyorlar asosida amalga oshadi. R.Y.Lextman-
Abramovich va F.I.Fradkinalar quyidagi bosqichlarni alohida ajratib ko‘rsatadilar:
1.Bolalarda
muayyan
obyektga
tegishli
bo‘lmagan
eshitish
va
ko‘rish
qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi;
2.Bolalarda tashqi ta’sirlarga nisbatan ijobiy hissiyotlarning paydo bo‘lishini
belgilaydigan sensor harakatchanlikning vujudga kelishi (1 oylikdan - 2,5
oylikgacha bo‘lgan davrda);
3.Bolada harakatlarning o‘zgarishi, ularning maqsadli ahamiyat kasb etishi,
27
idrokdagi sensor va motor jihatlarining uyg‘unlashuvi (2,5 oylikdan – 4,5
oylikgacha bo‘lgan davrda);
4.Dastlab muayyan obyekt, keyinchalik esa natijaga yo‘naltirilgan harakatlarning
paydo bo‘lishi (4,5 oylikdan – 7 oylikgacha bo‘lgan davrda);
5.Bolalarda bosqichma-bosqich aynan bir vaqtning o‘zida ikki obyekt bilan
munosabatning vujudga kelishi, narsalarning joyini o‘zgartirish, ularda maqsadga
yo‘naltirilgan harakatlarning hosil bo‘lishi (7 oylikdan – 10 oylikgacha bo‘lgan
davrda);
Bolalarda buyumlarning oddiy xususiyatlarini anglash ko‘nikmasi shakllanishi (10
oylikdan boshlab).
28
•
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan
unumli foydalana olish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi yuksak
darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik, kasbiy layoqatlilik
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, pedagogik texnika, nutq, yuz-qo‘l va oyoq, gavda
harakatlarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata
oladigan, ularning xulqi, hatti-harakatlari sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir
etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim,
ko‘nikma, malakalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega
bo‘lishi va uning nutqida quyidagi xususiyatlar aks etishi lozim:
•
nutqning aniqligi va sofligi;
•
nutqning irodaviyligi va ravonligi;
•
nutqning boyligi va ta’sirchanligi.
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish orqali bilim,
ko’nikma va malakalarni rivojlantirishda erishilgan natijalar .
O‘quv bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi, hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha ta’lim
oluvchiga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifaning belgilanishi;
2.Mashg‘ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va
yozib olishlarini aytadi;
3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
4. O‘quvmashg’ulot o‘quv ishlarini baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtiradi. Ta’lim oluvchi bilimini faollashtirish;
5 Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish
mavzusi yuzasidan tezkor- so‘rov savol-javob, aqliy hujum , o‘ylang va juftlikda fikr
almashing va boshqalar orqali bilimlarni faollashtiradi. Yangi o‘quv materialining
bayoni;
6.Nazariymashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil
etish bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
29
7.Slaydarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha
asosiy nazariy ma’lumot bayon qiladi.Yangi o‘quv materialini mustahkamlash;
8.Mustahkamlash uchun savollar beradi.Jarayon kichik guruhlarda davom etishini
ma’lum qiladi;
9.Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. Har
bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni Uy vazifasini taqdim
etadilar.Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat
qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga
javob beradilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo‘linadilar.Kichik
guruhda ishlash bilan tanishtiradi, Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi
10.Guruhlarda ishlarni boshlashga ruhsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi
vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa
o‘tkazadi .Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi;
11.Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil
etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savol berishlarini,shu bilan
birga o‘zaro bir-birlari bilan bahslashishlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va
qisqacha xulosalar qiladi;
12.Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi. 13.Mavzuni har bir qismi bo‘yicha
xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni
daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy mashg’ulotlaridagi ahamiyati
bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi;
O ‘quv so`z va iboralar: Induktiv-keltirib chiqarish , hulosa chiqarishga asoslangan
mantiqiy bilish metodi,tafakkur formasi. Deduktiv-umumiydan yakkaga qarab borish
yo‘ki bir qancha ma’lum umumiy hukmlardan yangi yakka bir hukm keltirib
chiqarishdan iborat xulosa chiqarish turi mantigiy tafakkur formasi. Abstraksiyalash-
narsa va xodisalarning ayrim belgi va sifati yo‘ki hususiyatini fikran ulardan ajratib
olib ,uni mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat aqliy operatsiya. Maktabgacha
ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha davlat va nodavlat ta’lim muasasalarida xamda
oilalarda amalga oshiriladi. Aqliy kamolot bu yoshning o‘sib, tajribaning boyib
30
borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliymashg’ulotndai
ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Bolalarning 6-7
yoshdan boshlab maktabga o‘qishga o‘tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limini
tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bolishini ta’minlash
tarbiyachining javobgarligini yanada oshiradi. Matematik tushunchalarni
rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o`z ichiga
oladi: Tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo`lishi; Tushunchalarni
shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliymashg’ulot yo`llarini, usullarini
rivojlantirish. Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko`rib chiqib shunday xulosa
qilish mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi
rahbarligida , maqsadli tashkil qilinganmashg’ulot jarayonida samarali rivojlanadi.
Tarbiyachi rahbarligida ta`lim jarayonida umumlashtirish, fikrlash, mantiqiy
bog`lash,bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o`z aksini topadi. Fan-
texnikani va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta`lim oldiga
o`sib kelayotgan yosh avlodlarga ta`lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz
takomillashtirish vazifasini qo`yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali
tarbiyachilar bilan mashg`ulotlarni tashkil etish yo`llari, shakllari hamda uslublarini ,
bilim va ko`nikmalar sifatini ko`tarish ishlari amalga oshirishmoqda. Ta`lim-tarbiya
sifatini ko`tarish talablarini qo`yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish
muhimdir, maktabgacha ta`lim faqatgina anuq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay,
balki o`zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarga matematik
tushunchalarni rivojlantirilishi lozimdir. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari “Talim to‘g‘risida”gi Qonun ,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son
”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2017-yil 21-
noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti ustavini
31
tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.Ushbu hujjat birinchi
navbatda oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida ta’lim –tarbiyasida, uni maktabda
ta’lim olishiga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi
maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar,
maktabgacha ta’lim muassalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda
barcha bolalarning teng huquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini
tadbiq etishga yo‘naltirilgan. Bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan.Davlat talablari
ularning rivojlanishiga:
1 Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
2 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3 Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari;
4 Bilish jarayonining rivojlanishi;
5. Ijodiy rivojlanish yonalishlari orqali belgilab berilgan. Bu beshta yirk soha kichik
sohalarga bo`linib ,birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.Xar bir
bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan talab, talabni egallash uchun bolalar qilishlari
kerakligini ko‘rsatuvchi komponentlar,indicator (talabni indicator belgilaydi),
ta’limga yondashuv va talabni egallashga yo‘naltirish maqsadida uy yoki MTT
amaliy mashg’ulot turlari va bola havfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar bilan
berilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini
tarbiyachilar tomonidan tog‘ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat
qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining
oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida” Ilk
qadam”o‘quvdasturi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv
dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va
vazifalari, o‘quvtarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek,
bolaning ta’limning keying bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari
32
belgilangan. Davlat o‘quv dasturi 7 bobdan iborat. Dastur uchta asosiy bo‘limni
qamrab oladi: -maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining
rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; mazmunli - bu dasturning
umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini
ta’minlovchi bo‘lim; tashkiliy – bu dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini,
ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun
tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga
oluvchi bo‘lim. ”Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi” fani mazmun jihatdan dasturning ” Bilish jarayonining rivojlanishi”
tarkibiga kiradi. Maktabgacha ta’limi yoshida bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi,
nutq shakllanadi, bilim jarayonlari takominlashadi, bola eng oddiy aqliymashg’ulot
usullarini egallab oladi. Maktabgacha talim yosh bolalarning aqliy rivojlanishini
ta’minlash ularning kelajakdagi butunmashg’uloti uchun katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Kelgusida bolalarning maktabda o‘zlashtirishilari lozim bo‘lgan natural son,
geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalari abstract (mavxum)dir ammo ular
real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradi.
Bolalarning real predmetlarning miqdoriy va fazoviy hususiyatlari va munosabatlari
xaqidagi tasavvurlari qanchalik boy bo‘lsa, keyinchalik ularning bu tasavvurlardan
umumlashtirish va abstraklashtirish yo‘li bilan matematik tushunchalarga o‘tishi
shunchalik oson bo‘ladi. “Matematika” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib
«matema» ya’ni ilm-fan degan ma’noni bildiradi. Ta’lim oluvchilarga
rivojlanishning ilk pog‘onalarida matematik tushunchalarning kelib chiqish tarixini
“Qanday?” diagrammasini to‘ldirish orqali tushuntirish. Nima uchun qadimgi
odamlarga matematik bilimlar kerak bo‘lgan, ular sanash malakalarini qanday
o‘rganganlar? Uzoq o‘tmishda odamlar juda kam bo‘lishgan, cho‘lu biyobonlar, o‘t-
o‘lanlar ko‘po‘sgan joylarda kam miqdordagi podachilar qabilalari yashar edilar. Har
safar mollar o‘t-o‘lanlarni eb, maysazorlarni toptab tashlaganlaridan so‘ng
podachilar qabilasi boshqa, o‘t-o‘lanlar o‘sib yotgan erga ko‘chib borardilar.
Odamlar uyni asosan mol terisidan qurib uni Palatka yoki yurta deb atardilar.
33
Bunday usulda qurilgan uyni bemalol bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yurish
mumkin edi. Yurta va palatkalarni daryoga yaqin, unumli erlarga qurib, u erda
bemalol dexqonchilik ishlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin edi. Shundan
so‘ng odamlar orasida yer egalari paydo bo‘la boshladi. Yer egalari o‘z oilasi va
ularga tegishli bo‘lgan xalq bilan ma’lum bir joyda yashash jarayonida qabilalar
hosil bo‘lgan. Keyinchalik qabilalardan qishloqlar, qishloqlardan shaharlar paydo
bo‘lgan. Yahshi hosil olish albatta oson bo‘lmagan ,uning uchun yerga keraklicha
ishlov berilgan, o‘z vaqtida donni ekish, keraksiz o‘tlardan tozalash, suv quyish,
sug‘orish kerak bo‘lgan. Yer egalari oldida polizlarga daryodan suv olib kelish
uchun kanallar qazdirish, agar poliz balandlikda joylashgan bo‘lsa unda suvni
yuqoriga olib chiqish masalalari turgan. Yani bunda er egalari bu muammolarni hal
qilish uchun boshlarini ancha qotirishga to‘g‘ri kelgan. Podachi esa xar kuni
qo‘ylarini yaylovga olib chiqaradi, qaytayotganda ham hammasini toliq qaytarib olib
kelishi kerak, lekin u sanashni bilmaydi. Qo‘y, mollar soni esa kamayib borar edi.
Shundan so‘ng podachi xar kuni qo‘ylarni qo‘yhonadan chiqara turib, xar birini
chiqarganda arqonga bitta tugun tuggan. Qo‘ylarni soni qancha bo‘lsa tugunlar
shuncha bo‘lgan, qaytgach esa har bir qo‘yni qo‘yhonaga kirgizganda arqondagi 152
bitta tugunni yechgan. Shunday qilib teng kuchga ega bo‘lgan kam yoki ko‘plikni
xosil qilingan. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni bilishmagan. Bir
qancha predmetlarni ular “ko‘p” tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu ham sanoq emas
edi. Bir qancha o‘xhshash pretmedlarni ajratish, taqqoslash natijasida “to‘rt”, “besh”,
“olti”, “etti”, tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z “yetti” ko‘p tushunchasi ko‘p
vaqt saqlanib turgan. Odamlar sanashni asta-sekinlik bilan o‘rgana boshlashgan,
ularni o‘qituvchisi esa hayotning o‘zi bo‘lgan. Qadimgi odamlar ovqatni ‘o‘zlariga
asosan ovchilik yo‘li bilan topishgan. Bizon, bug‘ularga butun qabila bo‘lib ov
qilishardi, agar ular ozchilik bo‘lishsa o‘ljani tutisha olmasdilar. Ular orasida yoshi
ulug‘ , tajribaliroq ovchi qolganlarga rahbarlik qilgan. O‘lja qochib ketmasligi uchun
uni qurshovga olish kerak edi. Taxminan besh kishi o‘ljani o‘ng tomonidan, etti kishi
orqasidan, to‘rt kishi chap tomonidan o‘rab olib tutishi, bunda esa sanoqsiz hech iloji
34
yo‘q edi. Ovchilar boshlig‘i kim qaerda, necha kishilashib turishini taqsimlab berar
edi. Ular besh yoki etti sonini bilmasa ham lekin kerakli miqdorni barmoqlari bilan
ko‘rsatib bera olardilar. Xuddi qo‘limdagi besh barmog‘imdek bilaman degan gap
ana shu davrdan bizgacha yetib kelgan bo‘lsa ajab emas. Masalan 5 soni o‘rniga ular
“qo‘l”, 10 soni o‘rniga ikkita qo‘l deyishardi. Agar 20 soni aytilsa ularning qo‘l
barmoqlari yoniga yana oyoq barmoqlari ham qo‘shiladi. 1935 yillarda Chukotkada
yashovchi xalq ham qo‘l barmoqlari yordamida sanashgan ekan. Bir kuni yozuvchi
Semushkin Chukotkaga boribdi. U kerakli manzilga etib borguncha qadar yo‘lda
bug‘ular to‘dasini ko‘ribdi. Ularni sanab ko‘rsa ular 128 ta ekan. Semushkin
bug‘ular egasi bilan uchrashib bug‘ularni sonini so‘raganida u: - “Men ularni
sanamaganman. Agar bitta bug‘u to‘dadan yo‘qolib qolsa ko‘zlarim bilan chamalab
bilaman” – debdi. So‘ng mehmonga yarangaga borib, uni poylab o‘tirishini ungacha
bug‘ular egasi bug‘ular sonini bilib borishini aytibti. - “Biz yarangada ozgina
tammadi qilib bo‘lib, do‘stlarim bilan suxbatlashib o‘tirgan edik, ikki soatlardan
so‘ng bug‘ular egasi kirib to‘dadagi bug‘ular soni 128 ta ekanligini aytdi”. Men unga
– “balki sen yanglishgandirsan” dedim. So‘ng yana bir bor bug‘ularni sanash uchun
xisobchi chaqirtirildi. Xisobchi sanash uchun o‘zining oila a’zolarini va qo‘shni
yarangadan yana ikki kishini chaqirib o‘zini, oila a’zolarini va ikkita qo‘shnini qo‘l
va oyoqlaridan foydalanib bug‘ular miqdorini aniqladi. Shunday qilib qadimgi
odamlar ularga tabiat in’om etgan qo‘l va oyoq barmoqlaridan foydalanib sanashni
o‘rganishgan. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni bilishmagan. Bir
qancha predmetlarni ular "ko‘p" tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu ham sanoq emas
edi. Bir qancha o‘xshash predmetlarni ajratish, taqqoslash natijasida "to‘rt", "besh",
"olti", "etti" tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z "yetti" ko‘p tushunchasi ko‘p vaqt
saqlanib turgan. Ana shu davrda bizgacha "Yetti o‘lchab bir kes" maqoli saqlanib
kelgan. Xo‘jalik ishlarida ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘ilishi natijasida sanoq me’yori
ancha kengaydi. Buning uchun odam qurshab turgan predmetlardan foydalana
boshladi, u 153 yog‘ochlarga bolta bilan urib belgi qilar, arqonda tuguncha bog‘lar,
tosharni to‘plam qilib jamlab sanar e'dilar. Bunda odam barmoqlari alohida o‘rin
35
tutar e'di. Bunday qurol sanoq hisobini uzoq vaqtgacha saqlar, har doim yonda va
harakatda e'di. Qadimgi odamlar nutqi uncha boy e'mas, so‘z bilan tushuntirolmagan
narsasini qo‘l harakati bilan tushuntirar (huddi biz buni tilimizni tushunmagan odam
bilan qo‘l harakatlari bilan gaplashgandek) edi. Tabiiyki barmoqlar 10 ta ekan
keyinchalik 10 soni "ko‘p" mazmunini anglatar, boshqa halqlarda 5 raqami chunki 1
ta qo‘lda 5 ta barmoq bor, keyin 20 raqami ya’ni qo‘l va oyoq barmoqlaridan
foydalangan holda sanashni boshlaganlar. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida sanoq
sekin rivojlangan, avval odamlar bir necha o‘nliklarni keyinroq yuzliklar bilan
sanashgan. Juda qadimdan odamlar, hayvonlar, o‘simliklar (sabzavot va mevalarni)
uy-ruzgor buymlarni sanash natijasida e'sa son kelib chiqqan. XXI asr - ilk tehnikani
taraqqiy e'tgan asridir. Biror 1 fanni taraqqiy e'tganini oliy matematikasiz ko‘z
oldimizga keltirib bo‘lmaydi. Odamlar ilgari barmoq tayoqchalarda sanagan
bo‘lsalar, e'ndi e'lektron hisoblash mashinasidan - komp'yuterlarda hisoblashmoqda.
Ilk fanni bunday tez taraqqiy e'tishi har 1 insonni ongi yuksakligini bildiradi. O‘sib
kelayotgan yosh avlodni barkamol har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda
butun O‘zbekiston jamoatchiligini oldiga ulkan vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifalarni
amalga oshirish butun O‘zbekiston pedagoglar, tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi.
Inson xamisha dunyoning sir-sinoatlarini anglab yetishga intiladi. O‘zicha
nimalarnidir yaratadi: quradi, buzadi. Ularning mukammallik darajasi esa yaratuvchi
inson ilmiga suyanadi. Ilmning kuchi olamshumul kashfiyotlar zamirida bo‘y
ko‘rsatib turibdi. Buni ko‘rish uchun kundalikmashg’ulotimizga aylanib ulgurgan
televizoru, kompyuterlar, mashinalaru samolyotlardan tortib, oddiy texnika
ixtirolarigacha kuzatish kifoya. Bu kabi mo‘jizalarning zamirida esa, shak-shubhasiz,
ilmlarning shoxi bo‘lmish matematikaning hissasi bor. Ayni paytda xayotimizni
matematikadan ayri holda tasavvur etishimiz mushkul. U aqlni tarbiyalab, hayotdagi
mavjud xodisa va jarayonlarni mantiqiy mushohadalar asosida tahlil qilishni
o‘rgatadi. Xayotda duch keladigan ayrim muammoli masalalarni to‘g‘ri va aniq
yechishni talab qiladi. Mana shu xulosalar haqiqat qonunlarini yaratadi,
xodisalarning matematik modellarini ifodalaydi. Haqiqatga esa osonlik bilan erishib
36
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, matematika fanini zinapoyaga qiyos qilish mumkin.
Pillapoyaning oldingi qismini bosmay turib keyingisiga o‘tish oson bo‘lmaganidek,
matematikaning dastlabki mavzularini anglamay turib, keyingisini o‘rganib
bo‘lmaydi. Matematika bir butun, yaxlit fan. Unda xamma tushuncha, teoremalar
uzluksiz va ketma-ketdir. Aslida, inson tug‘ilgandan to bu dunyoni tark etgunicha
matematik qonuniyatlar ichida hayot kechiradi. Buning eng sodda isboti mehnatiga
yarasha xaq olishidadir. Ya'ni, siz bajargan ishda sarf qilgan kuchingiz, vaqtingiz,
ilmingiz qiymatini beradigan miqdor bor. Siz qaysi kasb vakili bo‘lishingizdan qat'i
nazar, matematikaga yuzlanmasdan ilojingiz yoq. Iqtisodchi foydaning ulushini
aniqlash uchun matematik formulalarga tayanadi. Tabib bemorining kasalini
aniqlash mobaynida uning qaytalanish davrini, oldingi holatlar 154 bo‘yicha
davolanish muddatini o‘rganadi. Dorilarni qancha miqdorda iste'mol qilish kerakligi
ham aynan matematik qonuniyatdir. Dehqon bozorga olib kelgan mahsulotini yil
mobaynida yetishtirgan bo‘ladi. Unga qancha mehnatiyu sarf-xarajat ketgani
maxsulotining narxini belgilashda yordam beradi. Matematikada mantiqiy fikrlashni
o‘rgangan inson, uni hayotning xohlagan soxasida qo‘llay oladi.
lk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
“Talim to‘g‘risida”gi Qonun , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son ”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar
mahkamasining 2017-yil 21- noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim
muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini
oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab
chiqilgan.Ushbu hujjat birinchi navbatda oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida
ta’lim –tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishiga samarali tayyorlashda yordam
berishni nazarda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga
qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini
belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassalarini
37
bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning teng huquqligini
va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishgayo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni bilim darajasini ko‘tarish uchun avvalo
pedagoglar kasb salohiyatini oshirish, ta'lim jarayoni mazmuni va sifatini
takomillashtirish, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirish zarur.
Maktabgacha yoshdanoq bolalarda tegishli hajmda bilim, ko‘nikma, malakalari hosil
qilinadi. - quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya; -interfaol o‘yin
shaklidagi ingliz tilimashg’uloti; -mental arfimetika va matematik hisob asoslari; -
yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaxarlar haqidagi
ko‘rsatuvlar. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining
2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan “Ilk qadam” O‘quv dasturi
tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. Maskur o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasidagi ilk va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ta'lim olishida
qo‘llanilsin deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
quyidagi ta’lim muassasalarida:
-davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
-maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
-maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
-maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida
-ushbu davlat o ‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablariga muvofiq 1. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari”va ”Ilk qadam” davlat dasturining mazmun-mohiyati,
asosiy soha va kichik sohalari. 2 ”Ilk qadam” davlato‘quv dasturi tarkibi haqida
tushuncha 3. „Ilm yo‘li“ variativ dasturi haqida tushuncha. 159 ishlab chiqilgan
me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotsining maqsad va
vazifalari, o‘quv-tarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan,
shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy
38