Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyasi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

54,2 KB


Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyasi
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni. 
2.MTTda aqliy tarbiyaning tashkil etilishi. 
3.Aqliy tarbiya vazifalari.
Tayanch tushunchalar:
Sezish – atrofdagi narsa hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi
natijasida ularning ayrim belgi xususiyatlarining miyamizga ta’sir etishi.
Perseptiv qobiliyat – bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali
yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.
1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Aql – keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni ӯz
ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisidir.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va
maqsadga  muvofiq  pedagogik  ta’sir  ko’rsatish.  U  yosh  avlodning  insoniyat
to’plagan  bilimlar,  malaka  va  ko’nikmalarda,  qoidalarda  o’z  ifodasini  topgan
ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro’y beradi.
Bu  ta’sir  kattalar  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  bolalarning  aqliy
rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o’z
ichiga oladi.
Logotip
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyasi Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni. 2.MTTda aqliy tarbiyaning tashkil etilishi. 3.Aqliy tarbiya vazifalari. Tayanch tushunchalar: Sezish – atrofdagi narsa hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi xususiyatlarining miyamizga ta’sir etishi. Perseptiv qobiliyat – bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat. 1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha Aql – keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni ӯz ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisidir. Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatish. U yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, malaka va ko’nikmalarda, qoidalarda o’z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro’y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o’z ichiga oladi.
Odamning  aqli,  uning  aqliy  rivojlanishi,  bilimlar  hajmi,  xususiyati  va
mazmunida  namoyon  bo’ladi.  Ular  aqliy  faoliyatning  jo’shqinligida,  mustaqil
ijodiy bilishga intilishda o’z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doir ma’lum maqsadga  qaratilgan bo’lishini
talab  etadi.  Kishining  aqli  uning  asosiy  faoliyatida  erishgan  muvaffaqiyati
xususiyati bilan belgilanadi.
Aqliy tarbiyasi etuk,  o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz
donishmand  kishilar  deb  ataydilar.  Donishmandlik  –  bu  donolik.  Donolik
insonning  eng  buyuk  va  olijanob  fazilatidir.  Donolik  shunday  bir  noyob
ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, xalq
donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas», - deyiladi. 
Insoniyat paydo bo’lgandan beri odamlar orasida etishib chiqqan barcha olimu
fozillar,  shoiru-yozuvchilarning  barchasi  mukammal  ilm  egallash  orqali  o’z
davrining e’tiborli kishilari darajasiga ko’tarilganlar.
Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Ibn  Ali  Ibn  Sino,  Mahmud
Qoshg’ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g’arb olimlaridan Yan
Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash
orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan  ta’lim-tarbiya  maxsus  inson  faoliyati  sifatida  shakllanib  borish
barobarida,  ta’lim-tarbiya  yakunida  tarbiyalanuvchining  sifatlari,  yani  ta’limiy
maqsadlar ham aniqlanib bordi.
Xitoyning  Samarqanddagi  elchisi  Vey  Szining  hisobotlarida:  «Samarqand
aholisi mohir savdogarlardir. O’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod
o’rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtlik  dinining  muqaddas  kitobi  «Avesto»da  ham  ta’lim-tarbiya
masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi,
tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u
avvalo yaxshi o’qishni keyin esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga
ko’tarilsin» deyilgan.
Logotip
Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi, bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo’ladi. Ular aqliy faoliyatning jo’shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o’z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning har doir ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi etuk, o’tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas», - deyiladi. Insoniyat paydo bo’lgandan beri odamlar orasida etishib chiqqan barcha olimu fozillar, shoiru-yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o’z davrining e’tiborli kishilari darajasiga ko’tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Ali Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g’arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar. Tarixan ta’lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib borish barobarida, ta’lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining sifatlari, yani ta’limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Szining hisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtlik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o’qishni keyin esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin» deyilgan.
Farobiy  ta’lim-tarbiyaga  bag’ishlangan  asarlarida  inson  takomilida  ta’lim-
tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul
va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv
to’g’risida», «Aql ma’nolari to’g’risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy
asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va
shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni etishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo’llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun
ham  dolzarbdir.  O’quvchilarga  bilim  berishda  ularni  zeriktirmaslik;  uzviylik,
izchillik,  yangi  mavzularni  qiziqarli,  asosan  ko’rgazmali  bayon  etish  va
hokazolarga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni
yomon o’zi sezishi  mumkin bo’lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-
shuhratdan  saqlanish  zarurligini  aytdi.  Beruniy  inson  kamolotida  uch  narsa
muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim
egallashga  da’vat  etadi.  Bilimsiz  kishilar  johil  bo’ladi,  ular  haqiqatni  bila
olmaydilar, ular etuk bo’lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni
maktabda o’qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish
zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik,
ta’limda engildan og’iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar
bolaning yoshiga mos bo’lishi, o’qitishda jamoa bo’lib o’qitishga e’tibor berish,
ta’lim berishda bolani qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o’qitishni jismoniy
mashqlar bilan birga olib borish.
Abu Ali Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushoxada  bilan  idrok  etishning  birinchi  bosqichi  aqliy  kategoriyalarini
tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich.
O’zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql
deyiladi.
Olim aqlni 3 boskichga bo’lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin
xali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan.
Logotip
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim- tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Aql ma’nolari to’g’risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni etishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallash yo’llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko’rgazmali bayon etish va hokazolarga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o’zi sezishi mumkin bo’lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon- shuhratdan saqlanish zarurligini aytdi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular etuk bo’lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta’limda engildan og’iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo’lishi, o’qitishda jamoa bo’lib o’qitishga e’tibor berish, ta’lim berishda bolani qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o’qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushoxada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O’zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 boskichga bo’lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin xali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan,  qalamdan foydalanishni
o’rganayotgan bolalarning aqli tasavvur kilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni
egallagan bo’ladi.
Ibn  Sino  aql  deganda  insoning  tug’ma  iste’dodini,  bilish  jarayonida
shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni ikki xil kategoriyalarga bo’ladi.
1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.
2. Amaliy  aql  –  buyumlarni  tanlashda  turtki  sifatida  ko’rinadigan
qobiliyatlardan.
O’z  davrining  yirik  ma’rifatchilaridan  hisoblangan  Abdulla  Avloniy  ham
yoshlarni  ilmli  bo’lishga  chakiradi.  U  aql  va  ilmni  ulug’laydi  hamda  «Aql
insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb
yozadi.
Muallif o’z fikrini aniqrok va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi.
«Hayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidan qiladurg’on zulm va jabrlarni shox, tish,
tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o’ziga keladurg’on zarar
va zulmlardan saqlanur. Er yuzidagi hayvonlarni asir kilib, bo’ynidan bog’lab iplari
uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidir».
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta’lim berish g’oyasi birinchi bo’lib
chet  el  pedagogikasida  chex pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670)
tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’lim-
tarbiya berish mumkinligini ko’rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshini e’tiborga
olgan holda kishi o’rganishi lozim bulgan hamma narsaga o’rganish lozim deydi.
Demak,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ya’ni  biz  ta’lim-tarbiya  beradigan
bolalarga har tomonlama bilim, ko’nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin.
U  19  bo’limdan  iborat  maktabgacha  ta’lim  dasturini  tuzdi.  Ya.A.Komenskiy
«Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o’qish metodikasiga
katta e’tibor bergan.
Logotip
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o’rganayotgan bolalarning aqli tasavvur kilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo’ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug’ma iste’dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni ikki xil kategoriyalarga bo’ladi. 1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir. 2. Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko’rinadigan qobiliyatlardan. O’z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo’lishga chakiradi. U aql va ilmni ulug’laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi. Muallif o’z fikrini aniqrok va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidan qiladurg’on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o’ziga keladurg’on zarar va zulmlardan saqlanur. Er yuzidagi hayvonlarni asir kilib, bo’ynidan bog’lab iplari uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidir». Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta’lim berish g’oyasi birinchi bo’lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’lim- tarbiya berish mumkinligini ko’rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshini e’tiborga olgan holda kishi o’rganishi lozim bulgan hamma narsaga o’rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ya’ni biz ta’lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko’nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19 bo’limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Ya.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o’qish metodikasiga katta e’tibor bergan.
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  aqliy  tarbiyalash  bolani  faol  fikrlash
faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U
bolalarga  tevarak-atrofdagi  olam  haqida  bilimlar  berishni,  ularni
sistemalashtirishni,  bolalarda  bilishga  qiziqish  uyg’otishni,  aqliy  malaka
ko’nikmalarini tarkib toptirishni, bilish  qobiliyatlarini rivojlantirishni  o’z ichiga
oladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda  o’qishga  o’tishi munosabati bilan
ularni,  maktab  ta’limiga  tayyorlash  uchun  aqliy  rivojlanish  etarli  darajada
bo’lishini ta’minlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot – bu yoshning o’sib tajribaning boyib borishi munosabati bilan
tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro’y beradigan miqdor va sifat
o’zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar
bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola
eng  oddiy  aqliy  faoliyat  usullarini  egallab  boradi.  Maktabgacha  yoshdagi
bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularni kelajakdagi butun faoliyati uchun
katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib
boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala kilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib
topgan  tushunchalar  sistemasini  o’zlashtiradi.  Natijada  maktabgacha  ta’lim
yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida
erkin foydalanadigan bo’lib qoladi.
Aqliy  rivojlanish  fikrning  tengligida  vokealarni  har  xil  bog’lanishlarida,
munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo’lish,
narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa  o’quv mehnat, samarali
faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon
pedagogika fani bilimlar sistemasini uzlashtirib olish, ularni jamg’arish, ijodiy
tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil kilish uchun zarur bo’lgan
Logotip
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni, aqliy malaka ko’nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o’qishga o’tishi munosabati bilan ularni, maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish etarli darajada bo’lishini ta’minlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi. Aqliy kamolot – bu yoshning o’sib tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularni kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala kilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o’zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo’lib qoladi. Aqliy rivojlanish fikrning tengligida vokealarni har xil bog’lanishlarida, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o’quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini uzlashtirib olish, ularni jamg’arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil kilish uchun zarur bo’lgan
bilish faoliyati usullarini egallab olish avliy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari
deb hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab
belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya  fani  aqliy  tarbiya  berish  vazifalarini  samarali  xal
etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish, ikkinchidan bola
organizmining  umumiy  charchashiga  sabab  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  ortiqcha
zo’riqish  bo’lmasligi  yo’llarini  topish  uchun  maktabgacha  tarbiya  yoshdagi
bolalarning  aqliy  rivojlanishi  qonunlari  va  imkoniyatlarini  o’rganish  bilan
shug’ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari
maktabgacha  tarbiya  yoshi  davrida  bolalarning  aqliy  rivojlanishida  juda  katta
imkoniyatlar  mavjudligini  ko’rsatadi.  Bularning  hammasi  maktabgacha  tarbiya
yoshidagi  bolalarga  beriladigan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalarini  yanada
chuqurlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to’g’risida
kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’lib qoladilar, asosiy
fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va
muhim  bo’lmagan  tomonlarini  ajrata  oladigan  ba’zi  bir  sabab  natijali
bog’lanishlarni bilib oladigan bo’lib qoladilar. Ular o’quv faoliyatining dastlabki
ko’rsatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog’cha yoshidan boshlab rivojlantirib
borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha  tarbiya  yoshining  dastlabki  bosqichlarida  bolalarda  tasavvur
ta’limi bo’ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan
ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
ko’rgazmali-harakatli, ko’rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so’z,
mantiqiy  tafakkur,  tushunchali  tafakkur  rivojlantiriladi.  Tarbiyachi  bolalarda
analitik-sintetik  tafakkur  faoliyati  tarkib  toptiriladi  bu  hodisalarni,  vokealarni,
chuqur anglab olish, ularni  muhim  bo’lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini
ajratishga o’rgatish lozim.
Logotip
bilish faoliyati usullarini egallab olish avliy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari deb hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha zo’riqish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to’g’risida kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo’lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog’lanishlarni bilib oladigan bo’lib qoladilar. Ular o’quv faoliyatining dastlabki ko’rsatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog’cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo’ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko’rgazmali-harakatli, ko’rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so’z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, vokealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo’lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini ajratishga o’rgatish lozim.