Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyasi
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik tarbiya berish mazmuni.
2.Estetik tarbiya berish vazifalari, mazmuni, metodlari.
3.Bolalarni musiqa asboblaridan foydalanishga o’rgatish
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik tarbiya berish mazmuni
Insoniyat go’zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi.
Go’zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.
Uning ob’ektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh
avlodga maqsadga muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik
rivojlantirishni ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo’naltiradi. Bunda
estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta’limdir.
Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo’lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot,
turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) – bu bolalarga voqelikdagi, san’atdagi,
tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi
go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini
o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotga go’zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo’lish, go’zallikni faxmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni
tushunish, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida qura olish – komil insonning eng
zarur fazilatidir.
Estetik tarbiya – eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini, badiiy
didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, xis-tuyg’ular va
ko’nikmalarning o’sib borishi jarayonida insonning o’zi ham ma’naviy boyib, hayoti
yanada sermazmun bo’ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati ortib
boradi. Bularning hammasi har bir insonda go’zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq
qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.
Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-farosatlilik
mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda – har bir inson uchun
hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.
Donolardan biri go’zallik axloq-odobning tug’ishgan singlisidir, degan edi.
Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o’zaro chambarchas bog’liq holda amalga
oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat,
go’zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda
ko’rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham xusn» deydi. Mana shu birgina iborada chuqur
ma’no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat
kishilarning eng go’zal belgisidir.
Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish tuyg’usini ham estetik tarbiyani
paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli muhimdir. Masalan: «Zumrad va
Qimmat» ertagida Qimmatning xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg’otadi.
Zumradning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi qalblarda
quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim yoshlar go’zallikni tor ma’noda
tushunadilar. Ya’ni chiroyni ko’pincha xusn jamolda deb bilishadi. Bu bir
tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn-jamol, qalb
go’zalligida, ma’noli so’zdadir. Xalqimiz bejizga «Chiroy xusnu jamolda emas,
fazlu kamolda» deb aytmagan!
San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini
tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning hayol va tassavvurni ham
rivojlantiradi.
Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish,
olijanob xis-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda
go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshka kishilarning
kechinmalarini xis eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo’lish,
qayg’usini birga baham ko’rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining
shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning
estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirishi natijasida
yuzaga keladi. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning
estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya xal
etuvchi rol o’ynaydi.
Estetik ehtiyoj – kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko’rinishlarida
estetik idrok etishga undovchi sub’ektiv omildir. Estetik ehtiyoj go’zallik
to’g’risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishga
undaydi.
Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik
idrok etishga va estetik faoliyatga undaydi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga
keltiradi.
«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi
ham mavjuddir.
Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at
asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni
shakllantirish va san’atning ma’lum turlari bo’yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo bo’lishida,
uni amaliy faoliyatda qo’llashda, o’z bilim va ta’surotlarini qo’ra bilishda, his-
tuyg’ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo’ladi.
Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida
aks etgan, shuningdeq estetik ongning paydo bo’lishi, rivojlanishi va vazifasi
to’g’risidagi qonuniyatlarni, ob’ektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan
biri bo’lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Pedagogika estetikaning «go’zallik hayot demakdir» degan qoidasidan kelib
chiqib, o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go’zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish
qobiliyatini shakllantirishni o’zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.
Go’zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, poq yaxshi inson
bo’lishiga xizmat qiladi. Go’zallik bilan uchrashish kishida estetik xis, ruhiy
hayajon, 6eg’apaz quvonch uyg’otadi. Estetik xisda idrok etilayotgan voqelikka
nisbatan xudbinlik oxangi, shaxsiy manfaat nuqtai nazaridan g’arazli qarashlar
bo’lmaydi. Ajdodlarimiz bu to’g’rida shunday yozadi: «Kishidagi go’zallik hosil
qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo bo’ladigan porloq
quvonchga o’xshaydi. Biz go’zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni
uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz».
Go’zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va
madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, ob’ektivligi
yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning
estetik tomondan taraqqiy etishini ta’miilaydigan estetik tarbiya nazariyasinnig faol
usullarini ishlab chiqishga yo’naltiradi. Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik
madaniyatini o’zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Estetika borliqning birlamchi va ongning ikkilamchi ekanligiga asoslanib,
san’at borliqni badiiy obrazlarda anglash, estetik aks ettirishning oliy shakli deb
tushunadi.
San’at o’zining xissiy ta’sir kuchi bilan kishiining faqat hissini emas, fikr va
irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo’ladi,
shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas
bog’liqdir.
Estetik va axloqiy tarbiyaning o’zaro bog’liqligi shundaki, kishining go’zallikni
idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand
bo’lishiga o’xshab ketadi. Aksincha, go’zallikni ko’ra bilmaslik undan
zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi
shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok
etishga majbur etadi.
Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat faoliyati
bolalarni quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani
yasayotib o’zlarining kuch va imkoniyatlari o’sib borayotganini sezadilar.
«Go’zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo’lmaydi, - deb yozgan edi
V.A.Suxomlinskiy, - ammo bularda go’zallik bola ega bo’layotgan narsa emas, balki
birinchi navbatda u yaratayotgan narsadir. Mehnat quvonchi – bu turmush
quvonchidir»1.
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo’lsa, u har qanday qiyin ishda ham
go’zallikni ko’ra oladi va uni yaxshi, zo’r shavq-zavq bilan bajaradi.
Estetik va jismoniy tarbiya o’rtasida mustahkam bog’lanish bor. Kishining
mustahkam cog’ligi, jismoniy kamolotisiz uning go’zalligini tasavvur etib
bo’lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa
ostida chiroyli harakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Ko’pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy
faoliyatlari, xissiyotlari, estetik tasavvurlarining o’ziga xos xususiyatini va ulardagi
estetik tasavvur va xissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.
Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va xissiyotlarni rivojlantirishni
ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo’shib olib borish keraq
degan xulosaga olib keldi.
Estetik tasavvurning o’ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga
qaraganda narsalarni his qilish shakli – «ko’rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar
butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko’rinishi,
ohangdorligi unchalik muhim bo’lmay, balki uning ahamiyati muhimdir. Estetik
idrok qilishda esa eng muhimi – idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali
tomonlarini, nozik ranglarini ko’ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun estetik
1 Сухомлинский В.А. Болаларга жоним фидо. Танланган асарлар. Т. 1. 231-бет.
tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan
bo’lishini talab etadi.
Kishi narsa va hodisalarga go’zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr-
qimmat bilan yondoshgandagina estetik kechinmalar paydo bo’ladi. Estetik hislar
fikrlash bilan bevosita bog’liqdir.
Estetik kechinmalarda har doim hayol ishtirok etadi, busiz go’zallikni idrok
etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Hayol faoliyat
jarayonida shakllanadi. O’yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish hayolning ishlashini
talab etadi. Dastlabki vaqtlarda hayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish
natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi
shakllaridan sekin-asta fikrlashga o’tadi. Bola rasm chizganda yoki o’ynaganda
obrazni tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni idealida yaratadi. Badiiy
asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o’xshash voqea yuz beradiki, bolalar
asardagi qahramonlarga hayolan qo’shilib, ularning xatti-harakatlarida o’z hayollari
bilan qatnasha boshlaydilar.
Demak estetik kechinmalar murakkab hodisa bo’lib, hissiyotlar, hayol va
fikrning faol ishlashini, o’z fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj
tug’ilishi kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didini
rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar
Shaxsning estetik xususiyatlari tug’ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol
pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, xis-tuyg’ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jushqin hayoti bilan
chambarchas bog’liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, xali ularning estetik tarbiyasi
to’g’risida emas, balki ularning xissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash
kerak. Bola yaltiroq buyoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va
harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy
qabul
qiluvchanligi
takomillashib
boradi.
Bu
yoshdagi
bolada
hissiy
kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Kattalarning ochiq yuz
bnlan jo’shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga
ijobiy munosabatda bo’lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning
ogoxlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki ho’mrayib qarashlari,
jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga
salbiy munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi.
Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi
ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda
musiqaning quvnoq va g’amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista
va tezligiga javob ta’siri paydo bo’ladi va hokazo.
O’rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim
o’zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo’lib
qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo’lib, bolaning shaxsiy tajribasi va
qiziqishiga bog’liq bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba’zi bir
estetik vositalarni to’g’ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo’lib
qoladilar.
Bolalarda go’zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda
bo’ladi. Bu ayniqsa ular qo’g’irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha
qilganlarida aniq namoyon bo’ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol
qo’shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o’zini qanday tutishni aytib
turadilar, o’zlarini ular bilan birga o’ynayotgandek xis etadilar. Bu yoshdagi bolalar
tanish bo’lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir
xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini,
tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan,
allani o’yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda quyilgan
vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish namoyon bo’la boshlaydi.
Bolalar o’yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o’ynnlarida
obrazlarning ifodali bo’lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan
tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy
qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada
musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa
janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo
bo’ladi.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda
topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to’qiydilar, applikatsiya va rasmlar
ishlaydilar. Endi ular o’zlarining va o’rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo’lib
qoladilar.
Kuzatayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o’qilayotgan
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko’ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy
asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o’z nutqlarida ishlatadilar.
Tevarak-atrofdagi go’zallikka, san’atga, badiiy va o’yin faoliyatining har xil
turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan
munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni
ular xali anglab eta olmaydilar, bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom
etadi, ammo ularning fikrlari xali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni
estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda
tutgan o’rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.
3. Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni
va metodlari
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib,
bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini xal
etish bolalarda tashabbuskorlik, ma’lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish,
orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog’langandir.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har
bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab
chiqiladi.
Estetik tarbiyaning muzmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga
oshiriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik
ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o’z ichiga oladi.
Bular quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- o’yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari
bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni
tarbiyalash;
- san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Эстетик тарбиянинг
вазифалари
Болаларни
ҳаётдаги,
воқеликдаги гўзаллик-
ни тушунишга, севиш-
га, табиатда ва тур-
мушда,
яратувчилик,
меҳнатида, ижтимоий
ҳаётда, кишилар ҳатти-
ҳаракатида болаларга
тушунарли бўлган гў-
залликларни кўра би-
лишга ўргатиш. Улар-
да эстетик ҳис, эстетик
дид, эстетик муноса-
батни тарбиялаш, куч-
лари етганича ҳаётда
гўзаллик
яратишда
фаол иштирок этиш
истагини тарбиялаш.
Болаларни
бадиий
ижоднинг турли жанр-
ларида (бадиий асар,
мусиқа, қўшиқ, расм ва
бошқалар) яратил-ган
санъат
асарларини
кўриш,
тушуниш
ва
севишга ўргатиш ор-
қали уларда эстетик
онг
қирраларини
шакллантириш;
чи-
ройлини
хунукдан,
ғамгинликни хурсанд-
чиликдан
фарқлай
олиш; рангларн, шакл,
товушларни
бир-би-
ридан ажрата олиш
каби сенсор эталонлар
Болани санъатнинг турли
соҳалари: ашула, ўйин,
шеър, ўқиш, қайта ҳикоя
қилиш, ижодий фаолият
(ижодий ўйин, ҳикоя қи-
лиш, расм чизиш, бирор
нарса ясаш ёки қуриш)
кабиларда янада
фаолроқ ҳаракат қилиш
ва ўзини кўрсата
билишга ўрга-тиш. Булар
орқали бола-ларда
бадиий ижодий
қобилиятни, ҳаёлни ўс-
тириш, фазовий ва ранг
муносабатларини, мўл-
жалга олиш, кўриш хоти-
раси, қўлларни чаққон
ҳаракат қилдира олиш
малакаси, жўшқин кай-
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga,
ashula aytishga va shunga o’xshashlarga o’rgatish metodikasi mukammal ishlab
chiqilgan.
Bola
ijodining
mazmuniga
ta’sir
etadigan
asosiy
vosita,
bolani
hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi
yorqin, jonli taassurotlardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
estetik idrok va xislarni rivojlantirish bilan bog’liq holda olib boriladi. Agar bola
qishki tabiatning go’zalligini his eta olsa, u albatta shu go’zallikni rasmda,
hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa,
undagi qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo’lsa, bunday kitoblar bolalar o’yini
uchun rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo’lib
xizmat qiladi. Agar bolalar tilning go’zalligini, she’rning ritmini, ohangdorligini his
eta olsalar, o’zlari ham kichkina she’rlar to’qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo’yishga o’rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko’ngil ochish
kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o’yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar
o’zlarining badiiy, ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish
qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning
bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda
yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o’ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini
o’rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta
uyg’onadi. Ammo bu xali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo’lishini aniqlash
huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga
diqqat-e’tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda
musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste’dodning ilk kurtaklarini
ko’rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu
kurtaklarni avaylab o’stirishlariga, ularga to’g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.
4. Estetik tarbiya vositalari
Bolalarda go’zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-
xilligida, shuningdek go’zallik eng ko’p jamlangan holda aks etadigan san’atni
estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi, san’at turlari
va janrlarning xilma-xilligiga sabab bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har
biri o’z janriga ega bo’lgan grafika, rangtasvir, xaykaltaroshlik, manzarali amaliy
san’at, adabiyot va musiqa bilan tanishadi.
Bolalar shuningdek bizni o’rab turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari
va xususiyatlarini ham egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal
va cholg’u, undagi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, musiqali
ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi. Bolalar xalq qo’shiqlari
va raqslari, doira bo’lib qo’shiq aytish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan
tanishadilar.
MTTni o’rab turgan go’zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol
topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Pedagogika sistemasiga xos bo’lgan estetika va etikaning birligini oilada
MTTlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo’llash mumkin. Lekin haqiqiy
Эстетик тар-
биянинг ассосий
воситалари
болаларни ўраб турган муҳит,
турмуш эстетикаси;
теварак-атрофдан олинган таас-
суротлар;
табиат, санъат асарлари;
болаларнинг тасвирий фаолият-
лари;
байрамлар, кўнгил очар тад-
бирлар;
маълум мақсадга қаратилган ва
режали равишда амалга ошири-
ладиган таълим.