MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH MAZMUNI VA MOHIYATI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
187,6 KB
“Maktabgacha ta'lim tarbiyani tashkil etish.” FANIDAN
KURS ISHI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH
MAZMUNI VA MOHIYATI
Mundarija. KIRISh
. 1-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va
oilada jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada
jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari
1.2. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi
II-BOB. JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA TA’LIM-TARBIYA ASOSLARI
2.1. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning birligi
2.2. Jismoniy tarbiya tizimida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va o‘qitish
prinsiplari
2.3. Jismoniy tarbiya berish jarayonida ta’lim metodlari
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish.
Kirish Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi
sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida
yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi
o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-
axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Shu
munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali
muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi
qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha
muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni
saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini,
g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan
muhabbatini singdirib borishlari darkor. O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish maro simida
so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash
boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik.
Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat
farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni
tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni
hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan. Hozirgi
kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida
mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini
takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash 3va
tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli
ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy
tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar
belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori
maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.
Kurs ishining maqsadi : maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash
mazmuni va mohiyati
Vazifalar: Maktabgacha pedagogikaning ilmiy bilimlarning maxsus tarmog'i
sifatida shakllanishiga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlang.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida
va oilada jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari.
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va
oilada jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari. Maktabgacha
yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi
shakllanishining umumiy qonuni yatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy
nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u
yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq
bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy
qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir
yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib
borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy
tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini,
maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat,
chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara
oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil
harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga
nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har
tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi
muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning
ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali
harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat
turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola
psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish
bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya
nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda
amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari
qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-
tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va
malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni
o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik
darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama
tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy,
estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy
tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar,
mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh
imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat
bilan
egallaydigan,
atrof-muhitda
mo‘ljal
ola
biladigan,
uchraydigan
qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani
tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz
rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar
natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar
muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar,
o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga
joriy qilinmoqda. Bu butun ta’lim tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi
butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy
tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular
organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy
tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning
sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish
va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining
rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha
aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa
umurtqa dagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi
rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi. Tana
qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla nishiga, suyaklar o‘sishi va
vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish
(tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki
organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif
rivojlangan bukuvchi muskullar gu ruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish
lozim. Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga
yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini
yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini
rivojlantirish;
ko‘krak
qafasi
hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka
sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki
organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga
yordamlashish;
termoregulatsiya
funksiyasining
to‘g‘ri
rivojlanishiga
ko‘maklashish. Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish
va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga,
shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam
berish.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash
jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik,
egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish,
to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi
bilimlarni o‘zlashtirish. Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat
ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash,
yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda
harakat vositasi sifatida foydalaniladi. Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan
aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini
qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila
oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar
suvning xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish
muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni
bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan
vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada
takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori
natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat ko‘nikmalarining
shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z
ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.
Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi das turda berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy
harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan
tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari
elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur.
Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning
mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-
onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni,
o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga
o‘rgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich
ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar,
jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) ko‘nikmalarini singdirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning
foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish
metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga
oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarning nomini, harakat
yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga, to‘la aylanish va
boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni saqlash, kiyim, poyabzallardan
to‘g‘ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar
bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to‘laqonli shug‘ullanish,
maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil
foydalanish imkonini beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida
tabiat ho disalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqida gi bilimlarni
mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bo lalarda rejimga rioya qilish,
jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu
mashqlar bi lan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil
shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdosh lari va kichik yoshdagi
bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning
natijalariga, sportchilar ning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy
tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning
katta imkoniyatlari mavjud. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning
ijo biy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngil chanlik va hokazo)
va axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam,
jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni
mas’uliyat bilan — botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen-
gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay
sharoit yaratiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si
shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ ham da tizimlarning
normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratila di, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab
qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xoti ra,
xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (ku zatish, taqqoslash, analiz,
sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi. Bolalarda harakat faoliyati
sohasida olingan bilim va ko‘- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik
va top qirlik ko‘rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbi yalash zarur.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash,
shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o‘tish malakasini rivojlantirish juda
muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va
organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko‘nikmalarining tez va
barqaror shakllanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga
oshirish uchun qulaylik yaratadi. Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his
qilish va idrok etish, go‘zallikni, harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini,
kiyim-bosh, sport inventarlari, tevarak atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri
baholay olish qobi liyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni,
faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy tarbiya jarayonida amal ga oshiriladi. Bolalar
sog‘lig‘i mustahkamlanadi, harakat ko‘ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun
zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash
(sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyum lari), jismoniy tarbiya inventarini
yasash va ta’mirlash (uloq tirish uchun qopchalar tikish, ni t honlarni bo‘yash va
hoka zo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani
mashg‘ulotga tayyorlash (uchastkani qordan to zalash, to‘kilgan barglarni yig‘ib
olish, maydonchaga suv qu yish va hokazo) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida
jismoniy in ventarlar, atributlar, o‘yinchoqlarni yig‘ib olish va joy-joyiga qo‘yish
bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar. Bundan tashqari bolalar jismoniy
inventarlarni saqlashga oid mehnat ko‘nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori,
skameykasi, doska, to‘p, tayoqlar, chambarak va boshqalarda gi changni artadilar;
foydalangan velosipedni changdan tozalab, o‘z o‘rniga qo‘yadilar. Bolalarda o‘z-
o‘ziga xizmat qilish (kiyim- boshni, poyabzalni o‘zi kiyish va yechish), shuningdek,
chiniqish va hokazo mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tarbiyachiga yordam lashishga
intilish ko‘nikmalari shakllanadi. Mashg‘ulotlar vaqtida bolalarda kattalar va
tengdoshlari mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash zarur. Bolalarda maktabgacha
yoshdanoq ularning mehnatga tayyorlanishlarida jismoniy tarbiyaning rolini
tushunishini shakllantirish muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash jara yoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari kom pleks
ravishda hal etish tarzida qurilishi zarur. 1.2. O‘zbekiston Respublikasida
jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi.
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat bilan
birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyat da uning hamma a’zolari qaysi yoshda
bo‘lishidan qat’iy nazar mehnat qilishlari kerak bo‘lgan. Bolalar va o‘smirlar
kattalar ning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o‘z tajriba larini oshirib
borganlar. Jismoniy tarbiya gohida o‘yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida
amalga oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya
masalalarini katta yoshdagilar o‘z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy
tarbiyaning rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o‘yinlar, raqslarning tarbiyaga ta’siri
katta bo‘lgan. Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o‘rniga
sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning
rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. Jamiyatda o‘zaro urush, yerlarni bosib olish va u
yerda yashovchi aholini qul larga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki
armiyaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga keli shi
harbiy-jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talabning oshithiga, armiyada jismoniy
madaniyatning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak,
Solen, Biant, Xilen, ikki daryo oralig‘ida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim,
Muqanna, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi
va uning bahodir safdoshlari 13aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol
insonlar
edilar.
Ular
mohir
jangchi,
kurashchi,
chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini mukammal egallagan davlat arboblari
bo‘lib yetishganlar. Jismoniy tarbiya feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham
rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish,
sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport o‘yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi.
O‘zbekistonda ham sport va jismoniy tarbiyaning rivojla nishi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlari ning konseptual-metodologik merosidan,
xalq pedagogikasi an’analaridan diniy tarbiya jarayonida xalqimiz Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning jismoniy
tarbiyaga oid hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va ilmiy asarlardan samarali
foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali ibn Sino o‘zining
“Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda
shug‘ullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo‘lmaydi”, – deb aytgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da shunday deydi: “Qo‘shin tarkibiga yosh
navkarlar olishda 3 qoidaga amal qi lindi: Bitinchisi – sog‘lom va baquvvat bo‘lishi,
ikkinchisi – qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi – aql-zakovatiga va
barkamolligiga”. Ulug‘ munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning peda gogik
qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz sog‘lom va baquvvat bo‘lib
o‘sishini istasangiz, uni kichik yosh dan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiring va
chiniqtiring”, degan so‘zlarining ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi davrda
O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakat larda jismoniy tarbiya va sport yuqori
rivojlanish darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish
maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va
oliy o‘quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga fan
sifatida kiritilib, o‘qitiladi. 14O’zbekistonda sportni rivojlantirish borasida, ayniqsa,
yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarni jismonan
sog‘lom va baquvvat, ma’nan barkamol avlod bo‘lib yetishtirish, aholining turmush
darajasi va sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport maydonchalari va shaharchalari, sport
inshootlari qurish, xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida xayrli ishlar amalga
oshirilmoqda. Sportni rivojlantirish va targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylantirildi. Jumladan, Respublikamizda 1993-yil 4-mart
kuni “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi, 1995-yil 13-aprelda “Sog‘lom
avlod uchun” oynomasi, 1998-yilda “O‘zbekiston iftixorlari” unvoni ta’sis etildi,
2000-yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil “Ona va bola yili”, 2002-yilning 24-
oktabrida “O‘zbe kistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish”
to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 2005-yil – “Sihat-salomatlik yili”, 2008-yil –
“Yoshlar yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod yili”, 2012-yil – “Mustahkam oila yili”,
2013-yil – “Obod turmush yili”, 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2016 – yil
“Sog’lom ona va sog’lom bola” yili deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasida
sportga berilayotgan yuqori e’tibor natijasida jahon miqyosida yuqori natijalarga
erishgan Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, Lazizbek Zokirov, Timur
Tulyakov, Shuhrat Xojayev, Lina Chiryazova, Olmos Yusupov, Abbos Atoyev,
Rishod Sobirov, Ruslan Nuritdinov singari elga manzur va mashhur sportchilar
yetishib chiqdilar. Xususan sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o’tgan Olimpiya
o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga sazavvor bo’lib, yurtimiz
sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
II-BOB. JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA TA’LIM-TARBIYA
ASOSLARI.
2.1. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning birligi.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o‘rgatish tarbiyachining bevosita
rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida amalga
oshiriladi. Harakat faoliyatiga o‘rgatishda bolaning anglash, irodaviy va emotsional
kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko‘nikmalari shakllanadi.
Harakatlarga o‘rgatish bola ichki dunyosi his- tuyg‘usi, tafakkuri, asta-sekin
shakllanadigan
dunyoqarashi,
axloqiy
fazilatlariga;
bolalar
tomonidan
bajariladigan, salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo‘lgan
harakat faoliyatiga maqsadga yo‘nalgan tarzda ta’sir etadi. Ta’lim mazmunini
muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat
talablari asosida tanlan gan jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida kattalar bolalarga maqsadga yo‘naltirilgan faoli yatning
tajribasini beradi. Uning mazmuniga rivojlanish va takomillashishiga xizmat
qiluvchi harakatlarni egallash tajriba si ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning
ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga
o‘rgatuvchi faoliyat metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va
ko‘nikmalari haqidagi bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda
tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi.
Bolalikdan mustaqil fikrlashga o‘rgatilmagan va hamma narsani tayyor berilgandan
so‘ng o‘zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyon qila
olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga o‘rganishiga
tamoman befarq qarab turolmaydi. Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida
kattalar (ota onalar, tarbiyachilar) bolalar rivojlanishining psixofiziologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular oldiga yangi harakat vazifalarini
qo‘yadilar. Bolaning mashqlar jarayonida yangi harakat vazifalari ni tobora hal eta
borishi va shu bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan katta imkoniyatlar
harakatlar xarakteri va sifatini o‘zgartiradi. Bu yosh davri uchun juda xarakterli
bo‘lgan narsa yangi mashqlarga o‘rgatish jarayonida go‘yo bir aylanib yangicha
sifat kasb etadi. Chunonchi, bolaning yurishi dast labki paytda va ikkinchi yilning
oxirida butunlay farq qiladi. Bu hodisani yangilikning eski narsani diakktik inkori,
barcha rivojlanishning va ziddiyatlarni hal etishning obyektiv shar ti,
harakatlanuvchi omil sifatida ko‘rsatish mumkin. Har bir sohada rivojlantirish
o‘zidan oldingi yashash shakllarini inkor etmasdan kechishi mumkin emas. Bunday
murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va ichki sharoitning o‘zaro aloqadorligida
to‘xtovsiz kechadi. Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bola da
ijobiy emotsional kayfiyat hosil qiladi. Bu erishilgan maqsad, tarbiyachi bahosiga
muvofiq yangi muskul sezgilari tufayli yuzaga keladi. Paydo bo‘lgan o‘zgarishlarni
mustahkamlash yanada yuksakroq yutuqlarga intilish uyg‘onishiga xizmat qiladi.
Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati ostida bo‘lishi kerak. Bir tomondan
bolaning yangi harakat vazifasini tushunib olishini ta’minlash lozim, ikkinchi
tomondan bolada mustaqillik va uni mavjud real harakat imkoniyatlari hamda
yuzaga keluvchi qiziqish, emotsiyalari asosida amalga oshirish, g‘ayratini uyg‘otish
zarur. Ta’lim boladan diqqatni bir joyga to‘plashni, faol tasavvur, faol fikrlashni,
xotirani rivojlantirishni talab qiladi: masalan, agar ta’lim jarayoni qiziqarlilik kasb
etib, emotsional ruhda bo‘lsa – emotsional; harakat namunasi tarbiyachi tomonidan
obrazli tarzda ko‘rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa – obrazli; harakatli o‘yin
va ularni mustaqil bajarishda barcha mashq elementlarini bajarish izchilligi
vazifalari tushunib va eslab qolinsa, og‘zaki mantiqiy mashqlar bolalarning o‘zlari
tomonidan amalda bajarish bilan bog‘liq bo‘lsa – motor harakat. Buning uchun
ta’lim erkin bo‘lishi kerak, shundagina mashqlarni ongli, mustaqil bajarish mumkin.
Bolalarga ta’lim berishda axloqiy tarbiya, bolaning ma’naviy tuyg‘usi va ongini
shakllantirish, uning oliyjanoblik va o‘zaro yordam, maqsadga intilish, halollik,
adolatlilik kabi axloqiy-iro daviy sifatlarini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqdir.
To‘g‘ri harakatlarga o‘rgatishning butun jarayoni bolalarda estetik hislarni
tarbiyalaydi. Bolalar asta-sekin egallab bora digan chiroyli harakatlar, aniq saflanish,
ularning yoshiga xos o‘yin obrazlarining ijodiy ifodaliligi, o‘yinlarda she’riy matn
lar, o‘yin boshlanmalari, sanashmachoqlar – bularning ham masi bolalarda estetik
didni tarbiyalash vazifasiga xizmat qila di. Bolalar va tarbiyachilarning kostyumlari,
jismoniy tarbiya qo‘llanmalari va hokazolarning tashqi bezatilishi katta aha miyat
kasb etadi. Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan mehnat
harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi. Tarbiyachi bolalardan jismoniy
tarbiya jihozlarini o‘zlari tartibli va toza saqlashlarini (ixcham o‘ralgan
bayroqchalar, dazmollangan lenta, ro‘molchalar va h.k.) muntazam talab qilib
turadi. Bu haqida birinchi navbatda navbatchilar qayg‘uradilar va zarur buyumlarni
avaylab joylashtiradilar. Shu bilan birga ular barcha bolalar foydalanishlari qulay
bo‘lishi uchun pred met va inventarlarning joylashish tartibini ham e’tiborda tuta
dilar. Bolalar sharlar, to‘plar va hokazolarni vaqti-vaqti bilan yuvib, yirik jihozlarni
artib turadilar. Bunday tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida
ishtirok etadilar. Shunday qilib, harakatlarga o‘rgatish jarayonida bolalarda aqliy
qobiliyat, axloqiy va estetik tuyg‘ular rivojlanadi, o‘z fao liyatiga ongli munosabat
va shu bilan bog‘liq ravishda maqsadga intilish, uyushqoqlik shakllanadi. Bularning
hammasi o‘zaro aloqadorlikda ta’lim jarayoniga umumiy yondashishni amalga
oshirilishi hisoblanadi. Mazkur jarayon har tomonlama rivoj langan shaxsning
shakllanishiga xizmat qiladi.
2.2. Jismoniy tarbiya tizimida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va
o‘qitish prinsiplari Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish hamda asoslab
berish jarayonida quyidagi didaktik prinsiplar qo‘llaniladi: tizimlilik va izchillik;
onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik; ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy
metodlarini optimal tarzda birga qo‘shib olib borish; tushunarlilik va individual
ishlash asosi; ta’limning frontal, guruhiy va individual formalarining birligi,
talablarni tobora oshirib borish prinsipi. Ular pedagogikaning juda muhim shartlari
hisoblanadi hamda o‘zida ta’lim va tarbiya yagona pedagogik jarayonining metodik
qonuniyatlarini ifodalaydi.
Tizimlilik va izchillik prinsipi jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan
tadbirlarning (rejim, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) barcha
kompleksi majburiydir. Tizimlilik butun maktabgacha ta’lim davri davomidagi
jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamliligi, rejaliligi, yuklama va
dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning izchilligi, ketma-ketligi,
mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Tizimlilik bilimlar, malaka va
ko‘nikmalarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligidan namoyon bo‘ladi:
Masalan, bolalarning material (berilgan vazifa)ni o‘zlashtirishi unga tayanib, yangi
materialni o‘zlashtirishga o‘tishlariga imkon beradi, yangi material esa o‘z
navbatida bolalarni keyingisini bilishga tayyorlaydi. Har kuni muayyan bir vaqtda
tarbiyalanuvchi bolalarning o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni
(ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi harakat
faoliyati va h.k.) tizimli bajarish shuningdek, chiniqtirish tadbirlari bolalarni
belgilangan sog‘lomlashtirish tarbiyalash rejimiga o‘rgatadi. Tizimli mashg‘ulotlar
to‘xtatib qo‘yilganda, ular o‘rtasidagi tanaffuslar paytida erishilgan funksional
imkoniyat darajasining pasayishi, ba’zan esa morfologik ko‘rsatkichlar regressi
kuzatiladi. Bu faol muskul to‘qimasi solishtirma og‘irligining kamayishida, uning
strukturali komponentlaridagi o‘zgarishlarda va boshqa salbiy ko‘rinishlarda
namoyon bo‘ladi.Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining
takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatning
dinamik stereotiplari shakllanadi. Samarali takrorlash uchun shunday tizim zarurki,
unda o‘zlashtirilgan harakat yangisi bilan bog‘lanib ketsin, boshqacha aytganda
takrorlash jarayoni variativlik xarakteriga (mashqlarning o‘zgarishi, bajarish sharti,
metodlarning xilma-xilligi, umuman mashg‘ulotlarning shakl va mazmunan farqi)
ega bo‘ladi. Bundan tashqari tak rorlash morfologik va funksional sohada uzoq
muddatga qayta moslashishni ta’minlaydi. Ular asosida jismoniy sifatlar rivojla nadi
(A.N. Krestovnikov). Hosil qilingan dinamik stereotiplarga yangi qo‘zg‘atuvchilar
ning
kiritilishi
asta-sekinlikka
rioya
qilingan
sharoitda
keskin
o‘zgarishlarsiz kechadi. I.P. Pavlov pedagogikada asta-sekinlik va mashq qildirishni
asosiy fiziologik qoida, deb hisoblashni ta’kidlab o‘tgan edi.
Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi bolaning o‘z faoliyatiga ongli va faol
munosabatda bo‘lishiga tayanishni ko‘zda tutadi: u yoki bu maqsadni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish, ^ga boshqacha emas,
shunday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilishi lozim. Onglilik asosini ilk bor P.F.
Lesgaft ishlab chiqqan edi. U harakatlarni mexanik o‘rganishga mutlaqo qarshi edi.
Lesgaft “O‘quvchilarni har qanday ishga imitatsiyaga berilmasdan umumiy
metodlar asosida bir so‘zdan tushunib, ya’ni harakatlarda iloji boricha mustaqil
bo‘lishga va irodalilik namoyon qilishga o‘rgatish zarur”, – deb hisoblardi.
Bolaning mustaqil faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan qiziqishiga, uni ongli idrok
etishiga, bu vazifa maqsadini va amalga oshirish yo‘llarini tushunishiga, muammoli
ta’lim metodlarini qo‘llash, bolalarning berilgan vazifani bajarish metodlarini
izlashga harakat qilishlariga bog‘liq bo‘ladi. Harakatlarning bundan keyingi
rivojlanishi bolaning ijodiy faollik namoyon qilish imkoniyati, uning tomonidan
ijodiy vazifalarni (mashqlarni mustaqil o‘zlashtirish, o‘z variantini yaratish, yangi
narsa o‘ylab topish) bajarishi bilan bog‘liqdir. Ijodiy faoliyatning istiqbolli
imkoniyatlarini ochish, bolalar ning ilk tashabbuslariga samimiy va e’tiborli
munosabatda bo‘- lish, yangilik izlashni tizimli ravishda rag‘batlantirib turishni ta
lab qiladi.
Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlarini optimal tarzda birga
qo‘shib olib borish prinsipi. Bilish faoliyati - hissiy bilish jarayonlari umumiy
yondashuvining amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida
bilishning bu ajralmas qismlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan
vazifalar ga qarab ularning izchilligi har xil bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish
ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og‘zaki tushuntirishi va uning bolalar
tomonidan harakatda bajarili shi bilan boshlanishi mumkin. U holda ham, bu holda
ham ko‘rgazmali namuna fikrlashni, tushuntirish esa harakat haqi dagi tasavvurni
istisno qilmaydi. Shunday qilib, ko‘rgazmalilik so‘z va harakat faoliyati o‘zaro
ajralmas, chambarchas bog‘liq komponentlardir. Jismoniy tarbiyada ko‘rgazmalilik
deganda kishini (bolani) tashqi muhit bilan bog‘lovchi tashqi va ichki analizatorlar
barcha ko‘rsatkichlarining keng ko‘lamdagi o‘zaro aloqadorligi tu shuniladi. Har
qanday bilish hissiy bosqichdan boshlanadi. Ha rakatlarning shakllanishi retseptorlar,
birinchi navbatda, ko‘rish, eshitish va propriotsetiv retseptorlarning o‘zaro
aloqadorligida amalga oshiriladi. Turli retseptorlar ko‘rsatkichlarining o‘zaro
aloqadorligi harakat obrazini boyitadi, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qilgan holda uni chuqur idrok qilishni ta’minlaydi. Yangi harakatlarni
o‘rganishda ko‘rgazmalilik asosi harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib
ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi (bevosita ko‘rish namunasi). Bu estetik idrok,
harakatni aniq tasavvur qilish, to‘g‘ri harakat sezgisi va harakatni qayta bajarish
istagi hosil qilishga qaratilgandir. Sezgi organlarini har tomonlama rivojlantirish
jismoniy tarbiyaning vazifalaridan biri sanalar ekan, idrok tizimlarini faollashtirish,
ularni tanlab ta’sir etish metodlari bilan biror maqsadda mashq qildirish (masalan,
yorug‘lik va ovoz ko‘rgazmalari oriyentirlari) mumkin bo‘ladi. Bevosita
ko‘rgazmalilik – tashqi muhitni idrok etishdan tashqari bevosita idrokda yashirin
ayrim detal va mexanizmlarni tushuntirishda zarur bo‘ladigan (masalan, harakatlar
haqidagi
tasavvurni
kengaytiruvchi
kinosyomkalardan,
kinogrammalar,
kinofilmlardan foydalanish) vositalashtirilgan ko‘rgazmalilik katta rol o‘ynaydi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog‘liqdir: og‘zaki berilgan topshiriq
kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarish bilan amalda sinaladi.
Bunda sezgilar, ayniqsa, harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari
ko‘rgazmalilik bilan obrazli so‘zning o‘zaro aloqadorligi katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Bu aloqadorlik bolaning hayotiy tajribasiga, uning harakat tasavvuriga
tayanadi va aniq harakat obrazini vujudga keltiradi. Bevosita ko‘rgazmalilik uchun
ahamiyatli bo‘lgan so‘zning roli bola egallagan tajribaga muvofiq tobora oshib
boradi. Ko‘rgazmalilikning ko‘rsatilgan formalarining bunday aloqadorligi
bilishning hissiy va mantiqiy bosqichlari: ya’ni bir inchi va ikkinchi signal
tizimlarining o‘zaro aloqadorligi bilan belgilanadi.
Tushunarlilik va individuallilik prinsipi bolaning yosh xususiyatlar
imkoniyatlarini hisobga olishni hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning kuchiga
yarasha topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash
tizimida bu prinsipga rioya qilish, ayniqsa, zarur, chunki turli mashqlarni bajarish
bolaning hali mustahkam bo‘lmagan organizmining hayotiy muhim funksiyalariga
bevosita ta’sir qiladi va jismoniy yuklamalarning haddan oshirilishi salomatligiga
yomon ta’sir etishi mumkin. Tushunarlilikning optimal darajasi bolalarning yosh
im koniyatlariga va topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga muvofiq belgilanadi.
Tushunarlilik qiyinchiliklar yo‘q degan ma’noni bildirmaydi, balki, aksincha ularni
bolaning jismoniy va ruhiy zo‘r berish orqali muvaffaqiyatli yengishni ko‘zda tutadi.
Chin ma’nodagi tushunarlilik pulsometriya, xronometriya va hokazolarni
qo‘llanishi bilan amalga oshiriladigan shifokor pedagog nazorati bilan tasdiqlanadi
yoki inkor etiladi. Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy
mashqlarni tobora murakkablashtirib borish hisoblanadi. Izchil lik harakatining turli
shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning o‘zaro harakati hamda struktura jihatdan
umumiylikda ifodala nadi. Amalda bunga materialni mashg‘ulotlararo to‘g‘ri taqsim
lash orqali erishil adi. Birmuncha qiyinroq vazifalarni bajarish ga o‘tishda asta-
sekinlikka rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda ko‘plab harakat
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish maqsadida tayyorlov va ko‘makchi mashqlardan
maqsadga muvofiq foydalanish zarurligini ta’kidlash lozim.
Individuallashtirish kishi (bola)ning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini
hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tu tadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha
kechadi, organizm jis moniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi
ham turlicha va hokazo). Biroq individuallashtirish – bu faqat u yoki bu bolaning
tipologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat emas (ularni ta’lim va tarbiyaning
optimal maqsadlarida hisobga olish mumkin emas, biroq ularni belgilovchi
xususiyatlarni bila olmaydi). Individual ishlashning maqsadi tug‘ma fazilatlarini
rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda
asab tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zlashtirishdan
iboratdir.
Ta’limning frontal, guruhiy va individual metodlari birligi va ularni optimal tarzda
birga qo‘shib olib borish prinsipi. Bu prinsip xatti-harakatlarni sifatli bajarishga
erishishda bolalarning emotsional – ongli, maqsad ko‘zlangan faoliyatidagi yagona
yo‘nalganlikni, ta’limning turli metodlari qo‘llanilganda uyushqoq- likni ko‘zda
tutadi. Chunonchi: frontal metod qo‘yilgan vazifani bir vaqtda, ongli va ahil
ravishda bajarishni talab etadi; guruhiy metod mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni
rag‘batlantirishni talab etadi; individual metod tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur
yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni
oshirishda ifodalanadigan differensial rahbarligini talab qiladi. Ta’lim
metodlarining yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foydalanish, bolalar bilan olib
boriladigan tarbiyaviy sog‘lomlashtirish vazifalarini samarali bajarishga xizmat
qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish prinsipi. Bu prinsipning asosiy sharti bola
oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini
va faolligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir. Hayot uchun muhim bo‘lgan
rang-barang malaka va ko‘- nikmalarga bajariladigan mashqlarni yangilab va
o‘zgartirib turish bilangina erishish mumkin. Mashqlarni yangilash jarayonida
harakat, malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyiydi. Bu bolaga yangi
harakat faoliyatini o‘zlashtirishga, o‘zlashtirgan harakatlarni takomillashtirishga
yordam beradi. Harakat faoliyati formalarini murakkablashtirish bilan birga
bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta- sekin oshib boradi.
Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qo- nuniyatlari nisbatan bolaning kuchi,
chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi. Izchillik, muntazamlilik va yuklamani
dam olish bilan almashtirib turish ham majburiy shart hisoblanadi. Yangi
birmuncha murakkab mashqlarni bajarishga o‘tish, yuklamaga nisbatan
shakllanayotgan ko‘nikma va moslashishlarning mustahkamlanishiga ko‘ra sekin-
asta kechishi lozim: yangi, yuqori darajada shug‘ullanganlikka erishish
imkoniyatini yaratadigan moslashishga oid o‘zgarish uchun muayyan vaqt talab
etiladi. Ko‘rib o‘tilgan barcha prinsiplar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro kirishuvchan
va mushtarakdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida
holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks
ettiradi. Shuning uchun ko‘rsatib o‘tilgan barcha prinsiplar faqat o‘zaro
aloqadorlikdagina amalga oshirilishi mumkin.
2.3. Jismoniy tarbiya berish jarayonida ta’lim metodlari.
Ta’lim metodlari bir qancha usullar tizimini o‘quv masala lariga qarab bir-biriga
qo‘shib olib borishni, bunda aniq didaktik masalalari, o‘qitishni real vosita va
shartlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya berish jarayonida bunday
metodlar ichida eng asosiysi “Jismoniy zo‘riqishni muvofiqlashtirish usuli hamda
bu zo‘riqishlarni dam olish bilan qo‘shib olib borish tartibi” hisoblanadi. Bolaning
asab tizimi butun organizmi favqulodda egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lib,
tashqi ta’sirlarga juda beriluvchandir. Shuning uchun ham harakatlarni dam olish
bilan almashtirib turilishi bilan organizm dinamikasining optimalligini belgilaydi,
tiklanish jarayonini o‘z vaqtida kechishini ta’minlaydi va ish qobiliyatini oshiradi.
Zo‘riqish bir tomondan mashqlarning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirida va bu
mashqlar faolligida ifoda etilsa, ikkinchi tomondan bola aqliy faoliyatining psixik
funksiyasi dinamikasiga ko‘rsatadigan ta’sirida o‘z ifodasini topadi. Bunda
bolaning tushuntirilayotgan fanning qunt bilan idrok etishi, ko‘rsatib berilgan
mashqlarni o‘rganib olishi, topshiriqni ilg‘ab olishi, undagi javob reaksiyasining
aniqligida va boshqa shu kabilarda ifoda etadi. 2526 Didaktikaning asosiy
muammosi muvaffaqiyatli o‘qitish qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir.
Didaktika bilish nazariyasiga tayanadi. Sezib idrok etish, abstrakt tafakkur va
amaliy didaktikaning tayanchi bo‘lgan bilish nazariyasining komponentlari
hisoblanadi. Shu munosabat bilan kichik yoshdagi bolalarni ularni yosh
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonida
o‘qitishning ko‘rgazmali, so‘zlab berish va amaliy uslublari bir-biri bilan o‘zaro
aloqadorlikda kelihishi kerak. Bola shaxs sifatida asta-sekinlik bilan shakllanadi
hamda insoniyat tomonidan to‘plangan ijtimoiy tajriba (bilish, faoliyat usuli, ijodiy
ishlar va hayotga emotsional munosabat) o‘zlashtirib borilishiga doir qonuniyatlar
bilan belgilanadi. Bolaning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida
ta’limning axborot-retseptiv va reproduktiv metodlaridan, umumiy didaktik
usullaridan
foydalaniladi
.
Axborot-retseptiv metod shundan iboratki, tarbiyachi bolalarda harakat
ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga ayrim zarur bilimlarni ma’lum qiladi va ular
idrokini shu bilimlarga qaratadi hamda bilimlarni amaliyot bilan bog‘lagan holda
harakat faoliyatining namunalarini ko‘rsatadi. Shunday ekan, bu metod turli
metodlar og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan umumiy tarzda foydalanish
imkonini beradi. Bu metodning bosh didaktik mohiyati axborotning tarbiyachi
tomonidan aniq berilishi, bolalarning esa uni ongli ravishda idrok etib, eslab
qolishdan iboratdir. Bunday o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liqlik birgalikdagi faoliyat
bolalarda iroda, diqqat, faol fikrlash kabi sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalar harakat faoliyatini to‘laqonli o‘zlashtirishlari uchun tarbiyachi ikkinchi –
reproduktiv metod (yoki faoliyat usullari ni qaytadan bajarishni tashkil qilish
metodi)ni qo‘llaydi. Uning didaktik mohiyati shundaki, tarbiyachi qayta
bajariladigan harakat vazifalari (mashqlar) tizimini o‘ylab topadi. Bu mashqlar
avvaldan tanish va bolalar tomonidan tarbiyachi qo‘llagan axborot-retseptiv metod
jarayonida o‘zlashtirilgandir. Bolalar bu mashqlarni ko‘p marta bajarib borib, ularni
namuna bo‘yicha aniqlashtirib, qayta bajarib o‘zlashtiradilar. Biroq, aynan bir
mashqdan haddan tashqari ko‘p foydalanish bolalarning bu mashqqa bo‘lgan
qiziqishini kamaytiradi va hatto ma’lum darajada ularni o‘zlashtirishini susaytiradi.
Shuning uchun mashq o‘zlashtirilgach, uni turli boshqa mashqlar yordamida
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Demak, reproduktiv metod bilimlar va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni ularni bolalar tomonidan namuna bo‘yicha va variantli
vaziyatlarda qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Ko‘rsatib o‘tilgan ikkala axborot
retseptiv va reproduktiv metod bolalar tomonidan bilimlar, harakat, malaka va
ko‘nik malarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Muammoli ta’lim va bolalarning ijodiy
potensialini shakl lantirish prinsipi. Avvalgi ikki metod bolalarning o‘quv ishi
jarayonidagi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning zarur fondini ta’minlaydi. Biroq
ular faqat ijodiy faoliyat tajribasini 2728 o‘zlashtirishga tayyorlaydi hamda
bolalarni ijodiy faoliyatga muvaffaqiyatli o‘rgatish uchun zamin hisoblanadi.
Bog‘chadagi katta guruh bolalarining bunday faoliyatini tashkil etar ekan,
tarbiyachi muammoli ta’lim metodiga murojaat qiladi. U bolalarni asta-sekin
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida va harakatli o‘yinlarda muammoli vazifalarni hal
etishga tay- yorlaydi. Tarbiyachi o‘z oldiga vazifa qo‘yar ekan, uni hal etishga cha
bo‘lgan butun jarayonni va natijani oldindan o‘ylab oladi. Pedagog bolalarni oldin
o‘zlashtirilgan malaka va ko‘nikmalardan foydalangan holda vazifani hal etishga
undaydi. Tarbiyachi bunda muammoli vaziyatdan foydalanadi va uni aniq
sharoitdagi harakatlar bilan hosil qiladi. Bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish
jarayonida (ularni o‘zlashtirish darajasida) ijodiy izlanishga tayyorlash ishini tar
biyachi ular bilan birgalikda harakat qilishdan boshlaydi. U ha rakatlarni
o‘zlashtirish, ularni birini ikkinchisi bilan almashti rish, yangi variantni o‘ylab
topish imkoniyatlarini ko‘rsatadi va bolalarga ularni to‘ldirish hamda o‘zgartirishni
taklif etadi bun da: (ishning 1-bosqichi) masalan, katta guruh bolalari muntazam bu
usullarni (doimiy rahbarlik qilish sharoitida) ijodiy vazifalarni hal etishda turli
yakka tartibdagi imkoniyatlarini, qobiliyatlarini namoyon qilgan holda
muvaffaqiyatli o‘zlashtiradilar. Keyinroq ular mashq variantlarini o‘ylab topgan
holda o‘zlari o‘zlashtirgan harakat ko‘nikmalaridan foydalanadilar. Shundan so‘ng
tarbiyachi ularning izlanishlarini murakkablashtiradi va ijodiy topshiriq beradi –
yangi mashq o‘ylab topishni taklif etadi. Bolalar bu vazifalarni ham asta-sekin
individual va jamoa bilan birgalikda bajaradilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk ijodiy
faollik maktabgacha kichik yoshda namoyon bo‘ladi. U o‘yinda, bola imkoniyatiga
yarasha o‘yin obrazi – qushchalar, quyonchalar, avtomobil va hokazo lar jarayonida
ko‘rinadi. Bolaning o‘yin rolini bajarishi hali jo‘n, biroq ijodiy xarakterga ega
bo‘ladi. Boladagi ijodiy faollik ko‘pincha tarbiyachining butun o‘yin jarayoniga
emotsional rahbarligi sharoitida namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Bu o‘yin qisqa
hikoya shaklida ifodali, orbazli qilib tushuntirishidan boshlanadi (1-2 minut). O‘yin
jarayonida bolalarda asta-sekin xayol rivojlanadi, o‘zlarini quyoncha va qushchalar
deb his qiladigan bolalarning o‘yin harakatlari bilan mustahkamlanadigan tasavvuri
aniqla sha- di va bu quvonchli emotsiyalar bilan kechadi. Bularning barcha- si
keyingi kichik guruhlarida ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola emotsiyalarining rivojlanishi uning
ehtiyojlariga muvofiq faoli yatni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bola uchun muhim
hisoblan- gan faoliyat faqat uni o‘zlashtirishnigina emas, balki unga nis- batan
emotsional kechinmalarda namo yon bo‘ladigan munosa- batni shakllantirishni ham
shart qilib qo‘yadi. Metodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o‘quv tar
biyaviy ishlarning mazmuni, shuningdek, bolalarning yosh va individual
xususiyatlariga bog‘liqdir. Shunday qilib, tarbiyachi hissiy idrok va harakat
sezgilarining yorqinligini ta’minlovchi ko‘rgazmali metodlardan foydalanadi. Ular
bolada sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda to‘liq
va aniq tasavvurlarning hosil bo‘lishi uchun zarurdir; bolalar ongiga yo‘naltirilgan
og‘zaki metodlar ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar
mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib olishda katta rol o‘ynaydigan harakatli
mashqlarni ongli ravishda bajarishga, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil
qo‘llashga yordam beradi; amaliy metodlar bolalarning amaliy harakat faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul-mator sezgilarida to‘g‘ri idrok
etilishini amalda tekshirishni ta’minlaydi. Amaliy metodlar to‘la yoki juz’iy
reglamentatsiya, mashqlarni o‘yin (obrazli) shaklida o‘tkazish, musobaqa
elementlaridan foydalanish bilan xaraktcrlanadi. Amaliy metodning xilma-xil
turlaridan biri o‘yin metodidir. Bu mctod maktabgacha yoshdagi bolalarning
yetakchi faolyati ga yaqin, ular bilan ishlashda juda o‘ziga xos va samarali bo‘lib,
ko‘rgazmali obraz va ko‘rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi. U
turli harakat ko‘nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga
nisbatan tczkor javob rcaksiyalarini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik
ko‘rsatishga imkon yaratadi. O‘yin harakatlari jarayonida bolalarda axloqiy-
irodaviy sifatlar shakllanadi, bilishga intilish o‘sadi, xatti-harakat va jamoada o‘zini
tutish tajribasi hosil bo‘ladi. Kichik guruhlarda bolalarni harakatlarga o‘rgatishda
harakatlar xarakteri haqida emotsional obrazli tasavvur (masalan, “Sichqonlardek
ycngil va sokin yugurasiz”, “quyonchalarga o‘xshab sakrash kerak”)ni
oydinlashtirishga yordam bcruvchi o‘yin usullari qo‘llaniladi. Musobaqa metodi
ham amaliy mctodga kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda u
faqat pedagogik rahbarlik sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metod ko‘proq
bolalar bog‘chalarining katta guruhlarida avval egallangan harakat ko‘nikmalarini
(biroq birinchilik uchun musobaqani emas) ta- komillashtirish maqsadida
qo‘llaniladi. O‘tkaziladigan musobaqa bolalar kuchiga mos bo‘lishi, axloqiy-
irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek, o‘z yutuqlarini va boshqa bolalarning
muvaffaqiyatlarini talablarga ongli munosabatda bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash
musobaqaning
majburiy
shartidir.
Ayniqsa,
jamoa
hissini,
boshqalar
muvaffaqiyatidan hasad va g‘arazgo‘yliksiz shodlanish kabi fazilatlarni tarbiyalash
muhimdir. Sifat yoki tezkorlik bo‘yicha musobaqa jarayonida topshiriqni o‘yin yoki
mashq tarzida bajarayotgandagi muvaffaqiyatsizlik bolani xafa qilib qo‘yishi
mumkin. Bunday paytda tarbiyachining roli, salbiy emotsiyani ijobiy emotsiyaga
aylantira olish mahoratining ahamiyati nihoyatda muhimdir. Bunga bolalarni
musobaqa jarayonini idrok etishga tayyorlash, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda esa,
ular ongiga ishonchli dalillar bilan ta’sir etish va salbiy emotsiyalarni topshiriqni
muvaffaqiyatli hal etish omiliga aylantirish orqali erishiladi. Pedagogik jarayonda
ta’lim metodlaridan umumiy holda foydalaniladi. Tarbiyachi mashqlar mazmuni,
bolalarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
birinchi holatda ta’limning ko‘rgazmali metodini qo‘llaydi – bolaning harakat
namunasini tushuntirish orqali idrok qilishiga erishadi, ikkinchi bir holatda mashq
mazmuni va tuzilishini og‘zaki tushuntirish metodini qo‘llaydi. Biroq ikkinchi
holatda pedagog bu yoshdagi bolalarda mavjud hayotiy tajriba va harakatlar
haqidagi aniq tasavvurga tayanadi. Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan so‘ng
darhol bolalar amaliy harakatlarga – harakatlarni mustaqil bajarishga o‘tishlari
lozim. Bolalarni harakatlarga o‘rgatishning metodik usullari. Har bir alohida metod
vazifasi va uni hal etishga bir hil yondashish jihatdan birlashadigan xilma-xil
usullarning butun bir kompleksidan iboratdir. Usul – metodning bir qismi, uni
to‘ldiruvchi va aniqlashti ruvchi detal. Tarbiyachi xilma-xil usullarni qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq umumiy, ijodiy qo‘llanishining ta’lim jarayonini boyitadi, uni
individullashtiradi, bir xillikka barham beradi. Bolalarni harakat faoliyatiga
o‘rgatish jarayonida metodik usullar har biri alohida holatda harakat materialining
vazifalari va mazmuni, uni bolalar tomonidan o‘zlashtirish darajasi, ular ning
umumiy rivojlanishi, jismoniy holati, har bir bolaning yosh va tipologik
xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. Shu ma’noda ta’lim usullari bir tomondan bolalar
vazifalarni idrok qilayotganda barcha analizatorlarga har tomonlama ta’sir etishni,
ikkinchi tomondan bolalarning harakat vazifalarni ong li va mustaqil bajarishini
ta’minlovchi turli birikmalarda kom binatsiyalanadi. Bolalarni harakatlarga
o‘rgatishda usullarning birikuvi ular ning o‘zaro harakati bilan belgilanadi.
Tarbiyachi tomonidan ko‘proq ko‘rgazmali metodga oid usullar qo‘llanilsa,
masalan, harakat namunasini ta’limning barcha bosqichlarida hamda turli yosh
guruht arida ko‘rsatish mashqlarni bola tomonidan mexanik tarzda, tushunmasdan
taqlidan bajarishga olib kelishi mumkin. Bunday holda ko‘proq bolaning idrok
orgonlariga ta’sir etish uning idrokini boyitadi, ayni paytda zarur aqliy jarayonini
su saytiradi, muayyan mashqning barcha elementlarini mantiqiy izchillikda ongli
tarzda eslab qolishga yordam bermaydi, ba’zan bolani keyinchalik mashqni
ixtiyoriy bajarish imkoniyatidan mahrum qiladi. Biroq bunda bolaning yosh
imkoniyatlarini (ayniqsa, kichik va o‘rta yoshdagilar) hisobga olmagan holda
ko‘proq va faqat og‘zaki usuldan foydalanish ham uni harakatlarni obrazli idrok
etishdan, sezgilarining ishonchliligidan, aniq obrazli tafakkur jarayonidan mahrum
etadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni to‘g‘ri harakatlarga o‘rgatishda ta’limning
yuqori darajasiga er ishishiga intilib ta’limning turli usullari: ko‘rgazmali, og‘zaki
va amaliy usullaridan o‘zaro aloqadorlikda foydalanadi. Shunday qilib, u
bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, mashqlarning ular tomonidan ongli
o‘zlashtirilishiga, muayyan sharoitlarda ularni mustaqil va ijodiy qo‘llashga yordam
beradi. Ko‘rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga o‘rgatishda
ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi, yaqqol ko‘rish usullari harakat
yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish
etilishidan: tevarak-atrofdagi hayot ko‘rinishlariga taqlid qilishdan; maso fani bosib
o‘tishda mo‘ljal olishdan foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar – kinofilmlar,
teleeshittirishlar,
fotolavhalar,
su ratlar va hokazolardan foydalanishdan iboratdir. Taktil-muskul ko‘rgazmaliligi
bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya qo‘llanmalarini kiritish bilan
ta’minlanadi. Masalan, ketma-ket qo‘yilgan yoy shaklidagi darvo zachalar tizzani
baland ko‘tarib, yugurish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Yugurish paytida oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish bolaning tizzani baland
ko‘tarish ko‘nikmasini egallashga yordam bcradi. Bundan tashqari predmetlar
bolalarga yo‘l qo‘ygan xatosini his qilish va tu shunish (mazkur holatda agar
oyoqning uchi darvozachalar ga tcgib ketganda) imkonini bcradi. Bola ongida
tarbiyachi ning “darvozachaga tcgib kctmaslik” haqidagi topshirig‘ining saqlanib
qolishi xato qilayotgan paytida teri muskul sczgisi bilan bog‘lanadi va bola o‘z
harakatining noto‘g‘riligini o‘zi aniqlay oladi. Taktil-muskul ko‘rgazmaliligi bola
gavdasining alohida qismlarini boshqaruvchi tarbiyachining bcvosita yordamida
ham ifodalanadi (masalan, qad-qomatni to‘g‘ri muskul tonusi sczgisini
uyg‘otadigan qo‘l tckkazish orqali rostlash). Biroq tarbiyachining bunday yordami
qisqa muddatli bo‘lishi lozim. Aks holda muayyan dinamik (streotipni hosil qilishga
xizmat qiluvchi doimiy qo‘zg‘atuvchilar tizimidagi signal) ahamiyatiga ega bo‘lib
qolishi mumkin. Keyinchalik ko‘nikma og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida
mustahkamlanadi. Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga
asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi.
Ular bolalarda estetik his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xaraktcrini
bdgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pincha bolalar bog‘chalarida
musiqa asbobini chalishni bilmaydigan tarbiyachi harakat sur’ati va ritmini
boshqarishda chirmanda (buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni
o‘zgartirishda o‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazil
mazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari, sherlari va boshqa
matnlarini boshqarishga xizmat qilishi mumkin. Shunday qilib, ko‘rgazmalilik
usullari bolaning harakat larini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongini
kengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilish ning vujudga
kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor
qobiliyatining rivojlanishiga xiz mat qiladi. Og‘zaki metodga oid usullar.
Harakatlarga o‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga
ularda gi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni
aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirish da; harakatlarni aniq ko‘rsatish
yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan
ko‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil
bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniy mashqlar va
harakatli o‘yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni o‘rgatishda ularni tushuntirish,
harakatli o‘yin syujeti va hoka zolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan
o‘tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin
harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli
o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvur ning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin
harakatlari va boshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan
savollarida. Bundan tashqari ko‘rsatib o‘tilgan usullar turli komanda lar, farmoyish
va signallarni aniq, emotsional va ta’sirchan tarzda berishda ham ifodalanadi.
Masalan, tarbiyachi shun day deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib
turing!” yoki “To‘xtang! Bir, ikki, uch – yuguringlar!” va hokazo. Bu komandalar
bolalarning javob harakat reaksiyasining tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan
turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona
qilib sanash va o‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin.
Xalq og‘zaki ijodi bunday narsalarga juda boydir. Qofiyali matnlarning musiqiyligi
va ritmliligi bolalarda emotsional ruh uyg‘otadi, natijada bu qofiyalar ular
tomonidan oson o‘zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o‘yinlarda foydalaniladi.
Obrazli syujetli hikoya og‘zaki usullarga mansub. U harakatlardagi ifodalilikni
rivojlantirish va o‘yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo‘llaniladi. Syujetli
hikoya amalda ertakni qisqa hikoya (1,5–2 minut) qilishga o‘xshashdir. U bolalarda
o‘yin holati va harakatlarning barchasini xuddi ko‘rib turgandek qayta tasavvur
qilishga imkon beradi, emotsional holatni tiklaydi. Tarbiyachi o‘yinni odatdagicha
bir xilda tushuntirish, rollarni taqsimlash va harakat o‘rnini ko‘rsatish (syujetsiz
o‘yinda bo‘lganidek) o‘rniga o‘yin syujeti va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada
ochib beradi. Masalan, “Echki, echkichalar va bo‘ri” ertagini shunday boshlaydi:
“Bor ekanda yo‘q ekan, chiroyli qayrilma shoxli va beozor kulrang oq ona echki
bor ekan. Uning kichik bolalari bor ekan...” va hokazo. Bu usul bolalarda his-
hayajon uyg‘otadi, xayolga chorlaydi. Tasavvurni oydinlashtiradi. Butun vaziyatni
ijodiy tarzda bajarishga undaydi, harakatlarning obrazliligini ta’minlaydi. Syujetli
hikoyadan bayon etish xarakterini o‘zgartirgan holda turli yosh guruhlarida
foydalanish mumkin. Harakatli o‘yinlarda o‘yin mazmunini shakllanishiga yordam
beruvchi matnlar, sherlardan foydalanish mumkin. Ular orqali bolalar tegishli
harakatlarni bajaradilar. Og‘zaki ko‘rsatma. Ruhshunos va pedagoglarning tadqiqot
lari 4,5 va ayniqsa 6 yoshli bolalar o‘ziga mos turli harakat faoliyatining vazifa va
shartlarini tushunib olishda yetarli tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko‘rsatmoqda.
Bu harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda og‘zaki ta’sir etish usullaridan keng
foydalanish imkonini beradi. Ular faqat ko‘nikmalarni egallash sur’atini emas, balki
sifatini ham oshiradi. “Bola rivojlanishining keyingi bosqichlarida og‘zaki ta’sir
etish tizimi yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi birik ma va
kombinatsiyalarda jonlanishi yuz beradi. Bundan asosan birinchi bor sof og‘zaki
ko‘rsatma va tushuntirishlar yordamida yangi muvaqqat aloqa o‘rnatish, yangi bilim
va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni tug‘iladi”1 . Maktabgacha katta yoshda harakat
ko‘nikmalarini shakllan tirish ko‘p jihatdan bolaning mashq mazmuni va tuzilishi,
ya’ni uning barcha elementlarini qaysi izchillikda va qanday bajarish kerakligini
anglash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarni o‘rgatishda og‘zaki va ko‘rgazmali
usullarning maqsadga muvofiq qo‘shib olib borilishi ularning o‘zaro bog‘liqligi bir
tomondan harakatlarni idrok etish va qayta bajarishning aniqligi va obrazliligini,
ikkinchi tomondan bolalar bajaradigan harakatli topshiriqlar – ular mazmuni va har
bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli tushunilishini
ta’minlaydi. Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib, butun ta’lim
jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. U
bolalarga tanish harakatlarni takomil- lashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga
bo‘ladi, mustaqil harakat qilishni taklif etadi; bolalarga mashqlarni o‘rgatayotib,
uni birnecha marta takrorlaydi va butun mashq jarayonini reja lagan holda
o‘zgartiradi; bolalarning ijodiy izlanishini mukofot lab, mashqlarni, harakatli
o‘yinni o‘zgartirish, ularning variantlarini tuzish, yangisini o‘ylab topish kabi
topshiriqlarni beradi. Bola ta’lim jarayonida har bir yosh bosqichida katta bilim va
amaliy ko‘nikmalarni egallab boradi. Shuning natijasida harakatlarning
mustaqilliligi, egallagan ko‘nikmalarini o‘yin va hayotda qo‘llanishdagi topqirlik
kuchaya boradi.
Xulosa:
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu siyatlariga individual
tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati,
bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda muhimdir.
Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional
holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy maylini
namoyon qilish yo‘llarini belgilashga yordam beradi. Jismoniy tarbiya bola
shaxsining har tomonlama rivojlani shiga ta’sir etishning amaliy vositalari va
metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-irodaviy sifatlarni
namoyon etishni mashq qiladi: o‘yinda qo‘lga tushish xavfiga qaramasdan botirlik
bilan harakat qiladi, o‘rtog‘ini qo‘llashga, umumiy ishni hamma bilan birgalikda
bajarishga intiladi, (masalan, o‘z vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga
tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat
sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining rag‘batlantiruvchi bahosi bolada
ma’naviy qoniqish tuyg‘usi, emotsional ko‘tarinkilik, bundan keyin ham
37shunday harakat qilish istagini uyg‘otadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro
etishi va tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra biror mashqni qanday bajarishni barcha
bolalarga ko‘rsatish va tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira
sini charxlaydi, mashg‘ulotlarga qiziqishni uyg‘otadi. Bola an cha xushmuomala,
tashabbuskor, xushchaqchaq bo‘la boradi. Yengiltak, biroq o‘ziga bino qo‘ygan
bolalar mashg‘ulotlar va o‘yinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga
bo‘ysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, o‘zgalarga yon beradigan, qiziqarli
topshiriqlar (o‘yinda boshlovchi bo‘lish, sevimli rolni o‘ynash, mashqlarni
tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan bo‘la
boradilar. Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning
faoliyatini yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli o‘yinlar faol harakat
faoliyati uchun sharoit yaratadi va emotsional ko‘tarinkilik, g‘ayrat uyg‘otadi, qon
aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi,
organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Bolada ijodiy
tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi deb
hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon bo‘lishiga harakatli o‘yinlar va
jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat shakllarida
(bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning rivojlanishini,
assosiatsiya va biror narsa o‘ylab topish istagining tug‘ilishini, so‘ng o‘z niyatini
amalda qo‘llashga intilishni kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. «Bolalar bog`chasida ta'lim-tarbiya dasturi» - Toshkеnt 1993 y.Tuzuvchi
mualliflar:L.Mo’minova, M.Ayupova, S.Karimova.
2. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi » Toshkent, Ilm-ziyo, 2006y
3. «Oila pedagogikasi» O.Hasanboyeva, Aloqachi nashryoti, 2007y
4. Aidasheva G.A. Maktabgacha pedagogika / G.A. Aydasheva, N.O. Pichugina,
S.V. Assaulova. - Rostov n / a: Feniks, 2004 .-- 384 p.
5. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch-sinov dasturi.
Toshkеnt - 1998 y.
6. Chmeleva E.V. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiyada maktabgacha
yoshdagi bolalik pedagogikasi: tarixiy-pedagogik insho: monografiya / E.V.
Chmeleva. - Smolensk: SmolSU nashriyoti, 2008. - 220 s
7. I.A.Karimov ‖Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori
‖.Toshkent, Sharq, 1997y
8. I.A.Karimov ―O’zbekiston XXI asrga intilmoqda‖. Toshkent, O’zbekiston,
1999y
9. I.A.Karimov «Barkamol avlod orzusi» - Toshkеnt 1999 y.
10. I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir»- Toshkеnt 1995 y.
11. I.Karimov«Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch».Toshkent 2008y
12. Kadrlar tayyorlash bo`yicha «Milliy dastur» - Toshkеnt 1997 y.
13. Lobanova E.A. Maktabgacha pedagogika: o'quv qo'llanma / E.A. Lobanova -
Balashov: Nikolaev, 2005 .-- 76 b
14. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari.T, O’zPFITI, 2000. Tuzuvchi mualliflar:M.Rasulova,
H.Abdurahmonova va boshqalar.
15. Maktabgacha pedagogika. Darslik / Ed. IN va. Loginova, P.G. Samorukova. -
M .: "Ta'lim" nashriyot uyi, 1983. - 280 b.
16. Maktabgacha ta'lim jurnali. №1 -2000 y. .
17. Maktabgacha tarbiya muassasasi to`g`risidagi nizom. - Toshkеnt 1995 y.
18. Miklyaeva N. Maktabgacha pedagogika. Korrektsiya pedagogikasining nazariy
va uslubiy asoslari: o'quv qo'llanma / N. Miklyaeva, Yu.Miklyaeva. - M .:
Vlados, 2008 .-- 263 p.
19. Uchinchi ming yillikning bolasi tayanch dasturi.2002y