Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

53,7 KB


 
 
 
 
 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi 
 
 
Reja: 
1.Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari. 
2.Bolalarga mehnat tarbiyasi merish mazmuni 
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish. 
 
1. Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari. 
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha 
asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot 
kechirishning eng asosiy sharti bo’lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir. 
Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy 
kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. 
Barcha tirik mavjudod nimanidir iste’mol qilish hisobiga yashaydi, umrini 
davom ettiradi. Erda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parrandalargacha, 
suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan xayvonlargacha ovqatsiz yashay 
olmaydilar. Xudi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. 
Boshqa tirik mavjudodlardan farqli odamlar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-
sotiq qilishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni  amalga oshirish uchun tirikchilik manbai 
bo’lgan pul kerak. Pul topish uchun, o’zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun 
odamlar mehnat qilishlari zarur. Mehnat jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va 
boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odamlar 
mehnat qilish jarayonida sog’liqlarini mustahkamlaydilar, obro’ orttiradilar va o’z 
kelajaklarini yaratadilar. 
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelganlar. Bizga ulardan 
meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy, badiiy kitoblar, san’at asarlari, 
me’morchilik obidalari mehnat mahsulidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi Reja: 1.Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari. 2.Bolalarga mehnat tarbiyasi merish mazmuni 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish. 1. Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo’lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Barcha tirik mavjudod nimanidir iste’mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Erda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan xayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydilar. Xudi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudodlardan farqli odamlar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo- sotiq qilishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbai bo’lgan pul kerak. Pul topish uchun, o’zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. Mehnat jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog’liqlarini mustahkamlaydilar, obro’ orttiradilar va o’z kelajaklarini yaratadilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelganlar. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy, badiiy kitoblar, san’at asarlari, me’morchilik obidalari mehnat mahsulidir.
 
 
Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al 
Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz 
mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat 
qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo’lgani 
kabi o’zbek maqollarida ham mehnat tarbiyasi markaziy o’rinlarni egallagan. 
Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o’zining mehnati bilan bog’larni 
gulistonga, cho’lni bo’stonga aylantirib kelmoqda. Qadimda ota-bobolarimizning 
mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z kadrini yo’qotgani yo’q. 
Masalan: 
Mehnat qilsang, ko’ksing tog’, 
Hurmat qilsang, diling bog’. 
 
                         Mehnatli non-shakar, 
                         Mehnatsiz non-zahar. 
  
Mehnat baxt keltirar. 
Mehnat qilib topganing, 
Qandu asal totganing. 
Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida 
fikr yuritadi. 
O’zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini 
yoritib berganlar. Bunga K.Muhammadiyning “Etik”, “Bir xovuch yong’oq”, 
K.Hikmatning “Suv” kabi she’rlari misol bo’ladi.  
Yuqorida aytganlarimizdan ko’rinib turibdiki, mehnat har qanday moddiy va 
ma’naviy boyliklarning asosiy manbai, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol 
toptirishning muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol 
namoyon bo’lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma’naviy 
qoniqish hosil qiladi.  
Har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi 
zarur. MTTda, oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq 
uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.  
Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo’lgani kabi o’zbek maqollarida ham mehnat tarbiyasi markaziy o’rinlarni egallagan. Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o’zining mehnati bilan bog’larni gulistonga, cho’lni bo’stonga aylantirib kelmoqda. Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z kadrini yo’qotgani yo’q. Masalan: Mehnat qilsang, ko’ksing tog’, Hurmat qilsang, diling bog’. Mehnatli non-shakar, Mehnatsiz non-zahar. Mehnat baxt keltirar. Mehnat qilib topganing, Qandu asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O’zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga K.Muhammadiyning “Etik”, “Bir xovuch yong’oq”, K.Hikmatning “Suv” kabi she’rlari misol bo’ladi. Yuqorida aytganlarimizdan ko’rinib turibdiki, mehnat har qanday moddiy va ma’naviy boyliklarning asosiy manbai, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo’lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi. Har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. MTTda, oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.
 
 
Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushinib etishi uchun pedagog 
kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini ko’zatish 
yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. 
Bolalar 
quruvchilarning 
mehnatini 
kuzatishyapti, 
deylik. 
Qurilish 
maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko’tarma kran bilan tushiriladi. 
Keyin bolalar g’isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, 
buyoqchilar mehnatini kuzatadilar.  
Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olgan barcha tasavvur va 
tushunchalari, ularning ko’zi oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining 
go’zalligi namoyon bo’ladi.  
Mana tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar 
mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning mohirona chizgan 
rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib, 
“Ularning qo’llari gul ekan”, deydilar. 
Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muxabbat uyg’otadi. Pedagog 
bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi tomonini ham, estetik tomonini ham 
ko’ra bilishga o’rgatadi. Bahor kunlarining birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar 
gullab turgan boqqa olib kiradi. Gulsapsar va piyongul bilan o’ralgan yo’lkalarga 
qum sepilgan, daraxtlarning tanasi bog’bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. 
Tepada esa gullab turgan o’rik, gilos, olma, olcha, shaftoli. Gullarning atrofida 
asalarilar guvillashib uchib yuribdi. Bularning hammasi bolalarda ajoyib zavqli 
kechinmalar uyg’otadi.  
Mehnat bolalarning jismoniy, rivojlanishida zarur shartlardan biri hisoblanadi. 
Mehnatda bola o’zining ishlash, harakat qilish extiyojini qondiradi, harakatlarning 
aniq, uyg’un bo’lishini ta’minlaydi. Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy 
hayotiy faoliyati, uning chidamliligi ortadi. 
Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar mehnati 
bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida, kishilarning o’zaro 
munosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov 
berish usullari haqida, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan tasavvurlarga ega 
bo’lishlariga yordam beradi. 
Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushinib etishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini ko’zatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti, deylik. Qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko’tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g’isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, buyoqchilar mehnatini kuzatadilar. Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olgan barcha tasavvur va tushunchalari, ularning ko’zi oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining go’zalligi namoyon bo’ladi. Mana tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning mohirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib, “Ularning qo’llari gul ekan”, deydilar. Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muxabbat uyg’otadi. Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi tomonini ham, estetik tomonini ham ko’ra bilishga o’rgatadi. Bahor kunlarining birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar gullab turgan boqqa olib kiradi. Gulsapsar va piyongul bilan o’ralgan yo’lkalarga qum sepilgan, daraxtlarning tanasi bog’bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. Tepada esa gullab turgan o’rik, gilos, olma, olcha, shaftoli. Gullarning atrofida asalarilar guvillashib uchib yuribdi. Bularning hammasi bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg’otadi. Mehnat bolalarning jismoniy, rivojlanishida zarur shartlardan biri hisoblanadi. Mehnatda bola o’zining ishlash, harakat qilish extiyojini qondiradi, harakatlarning aniq, uyg’un bo’lishini ta’minlaydi. Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi ortadi. Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida, kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari haqida, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan tasavvurlarga ega bo’lishlariga yordam beradi.
 
 
Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan malaka va 
ko’nikmalarini amaliyotda qo’llay bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab 
etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, 
kerakli o’zunlikni o’lchash, andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) 
anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi 
izchillikni so’zlab berishga to’g’ri keladi. Bular bola nutqini yangi so’zlar bilan 
boyitadi, uning mantiqiy bog’liq ravishda grammatik jihatdan to’g’ri shakllanishiga 
imkon beradi.  
Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan 
tanishtirish kerak. MTTdagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta’limga 
tayyorlaydi.  
Mehnatning ahloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik ahamiyatga ega 
ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir bolani o’z mehnatining ijtimoiy 
ahamiyatini tushinib etishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o’zini shu 
jamiyatning a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi. 
Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o’z ulishi borligini xis eta bilishi lozim. 
Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni, burch 
xissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, 
mehnat jarayonida ular borlikni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok 
etish imkoniyati yaratiladi. 
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik 
va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.  
 
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat  
tarbiyasining mazmuni 
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb 
mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat 
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog’cha yoshidagi bolalarni jismoniy, 
aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim 
ahamiyatga egadir.  
Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan malaka va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llay bilish, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, kerakli o’zunlikni o’lchash, andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so’zlab berishga to’g’ri keladi. Bular bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog’liq ravishda grammatik jihatdan to’g’ri shakllanishiga imkon beradi. Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak. MTTdagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta’limga tayyorlaydi. Mehnatning ahloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir bolani o’z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushinib etishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o’zini shu jamiyatning a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi. Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o’z ulishi borligini xis eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni, burch xissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borlikni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat tarbiyasining mazmuni Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog’cha yoshidagi bolalarni jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir.
 
 
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 
olib tashkil etiladi, unga to’g’ri rahbarlik qilingandagina etarli natijaga erishish 
mumkin.  
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatining o’ziga xos tomonlari 
ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o’rganib chiqilgan. 
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. 
Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo’lib, u 
faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. 
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan – stolga, stoldan – 
mashinaga ko’chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni 
ko’rsatib, uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni 
mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo’ya boshlaydi. 
«Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig’ishtirib qo’yiladi. 
Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo’ladi. Keyingi galda bolaning o’zi o’ynayotgan 
o’rtoqlariga o’ynab bo’lgandan keyin o’yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib 
qo’yishni aytadi.  
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobiliyati moddiy samara 
beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, 
o’yinchoqlar yasash va boshqalar.  
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bolalarni ko’zatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini 
ko’rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko’p 
vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o’z ishlaridan o’zlari qoniqmaydilar. 
Tarbiyachi bolalarni o’z faoliyatlarini tahminiy rejalashtirib olishlariga 
o’rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. 
Shunday qilib, butun bog’cha yoshi davrida mehnat va o’yin o’zaro bog’liq 
xolda kechadi, biroq har qanday xolda ham bolalar mehnatini o’yinga aylantirish, 
ularning farqini ishlab chiqarish noto’g’ri bo’lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar 
ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati o’z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi 
bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.  
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga 
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etiladi, unga to’g’ri rahbarlik qilingandagina etarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatining o’ziga xos tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o’rganib chiqilgan. Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo’lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan – stolga, stoldan – mashinaga ko’chiradi va hokazo. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ko’rsatib, uni mashinada ortib olib borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va joyiga tartibli qilib joylab qo’ya boshlaydi. «Qatnov» bir necha marta takrorlanib, barcha kubiklar joyiga yig’ishtirib qo’yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo bo’ladi. Keyingi galda bolaning o’zi o’ynayotgan o’rtoqlariga o’ynab bo’lgandan keyin o’yinchoqlarni mashinada joyiga olib borib qo’yishni aytadi. Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qo’yish qobiliyati moddiy samara beradigan mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, o’yinchoqlar yasash va boshqalar. Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bolalarni ko’zatish ular faoliyatining tartibsiz, rejasiz ekanligini ko’rsatadi. Bolalar bunday harakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda o’z ishlaridan o’zlari qoniqmaydilar. Tarbiyachi bolalarni o’z faoliyatlarini tahminiy rejalashtirib olishlariga o’rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. Shunday qilib, butun bog’cha yoshi davrida mehnat va o’yin o’zaro bog’liq xolda kechadi, biroq har qanday xolda ham bolalar mehnatini o’yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto’g’ri bo’lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati o’z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga
 
 
bolalarda mehnatga xavas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik 
omil deb qarash kerak. 
Mehnatda 
natijaga 
erishishda, 
mehnat 
malakalarini 
shakllantirishda 
pedagogning va bolalar o’rtoqlarining baxosi va o’ziga-o’zi baho berish katta 
ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlari o’yin va mashg’ulotlarda qo’llanilsa, 
ular o’zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar. 
Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat 
sabablari ham o’zgarib boradi. Mutaxasislarning  olib borgan ilmiy izlanishlari 
natijasi shuni ko’rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular 
kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar. 
Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o’z mehnatlari boshqalar 
uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar 
uchun 8-martga sovg’a tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini 
yig’ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konstert va teatr 
qo’yib berish va boshqalar bolalardi mehnatning muayyan natijasiga intilish 
uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga xavasini, ishni 
bajarishda bolalarning o’z oldilariga qo’yadigan talablarini oshiradi. 
V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlanishicha 
bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari 
to’g’risidagi bilimlar sistemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan:  
1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi: 
maqsad – mehnat tasviri. 
2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab 
(ajratib) olish. 
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish. 
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.  
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad, mehnatni tanlash, 
materialni tanlash, mehnat faoliyati – mehnat quroli, mehnat natijasi. 
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. 
Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muhim tomonlari 
shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi bilimlar 
o’zlashtirilib olinadi. 
bolalarda mehnatga xavas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak. Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o’rtoqlarining baxosi va o’ziga-o’zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan buyumlari o’yin va mashg’ulotlarda qo’llanilsa, ular o’zlari yasayotgan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar. Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat sabablari ham o’zgarib boradi. Mutaxasislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar. Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o’z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-martga sovg’a tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini yig’ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konstert va teatr qo’yib berish va boshqalar bolalardi mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib, mehnatga xavasini, ishni bajarishda bolalarning o’z oldilariga qo’yadigan talablarini oshiradi. V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlanishicha bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar sistemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan: 1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi: maqsad – mehnat tasviri. 2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab (ajratib) olish. 3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib) olish. 4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish. Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad, mehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati – mehnat quroli, mehnat natijasi. Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy sabablarini hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattalar mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilib olinadi.
 
 
Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar 
mehnatining o’yin bilan bog’liqligidir. 
O’yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga 
yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin 
shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda 
yurishadi. 
Shu bilan birga o’zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko’ra 
mehnat va o’yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo’yiladi, uni amalga 
oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. 
O’yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O’yinda mehnat 
singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch 
bag’ishlaydi, ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o’z o’ylaganini 
rivojlantirishi etakchi rolni o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo’lidagi 
mehnat harakatlari, o’yin o’zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to’xtatilishi 
mumkin, mehnatda esa albatta ko’zlangan natijaga erishiladi. 
Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik 
bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o’ziga xizmatdir. Bu kichik 
bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni 
mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi 
(«Ko’g’irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo’g’irchoqni uxlatamiz» va shularga 
o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. Shu orqali 
bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar. 
Sekin-asta o’z-o’ziga xizmat qilish malaka va ko’nikmalari shakllana boradi. 
 
3. Mehnat tarbiyasining vazifalari  
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, 
axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tayyorlash, 
mehnat qilish xohishini singdirib borishdir. 
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar 
bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova): 
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik 
ta’sir ko’rsatish bilan belgilanadi: 
Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o’yin bilan bog’liqligidir. O’yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi. Shu bilan birga o’zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko’ra mehnat va o’yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo’yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O’yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O’yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag’ishlaydi, ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o’z o’ylaganini rivojlantirishi etakchi rolni o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo’lidagi mehnat harakatlari, o’yin o’zining rivojlanishidagi har qanday bosqichda to’xtatilishi mumkin, mehnatda esa albatta ko’zlangan natijaga erishiladi. Bolalarning mehnat faoliyati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o’ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi («Ko’g’irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo’g’irchoqni uxlatamiz» va shularga o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar. Sekin-asta o’z-o’ziga xizmat qilish malaka va ko’nikmalari shakllana boradi. 3. Mehnat tarbiyasining vazifalari Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir. Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova): Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik ta’sir ko’rsatish bilan belgilanadi:
 
 
1. Bolalarni maqsad qo’yishga, mehnat malakalari, ko’nikmalari, mehnat 
madaniyati bo’yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga 
o’rgatish. 
2. Bolalarda bo’lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jaryonlarini 
mehnatda qatnashuvchilar o’rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish 
malakalarini shakllantirish. 
3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar 
va harakatlarga qiziqish uyg’otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta 
guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib etish. 
 Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga 
qaratilgan: 
1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini 
tushuntirish. 
2) Bolalarda mehnat axliga hurmatni, ularga qo’lidan kelganicha yordam berish 
xohishlarini tarbiyalash.  
3) Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o’rgatish. 
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga 
qaratilgan:  
- Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda katnashish, boshlagan 
ishini oxiriga etkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o’z shaxsiy mehnatiga nisbatan 
to’g’ri munosabatni tarbiyalash. 
- Javobgarlik, 
mustaqillik, 
maqsadga 
qaratilganlilik, 
qat’iylik, 
tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining 
axloqiy sifatlarini tarbiyalash. 
- Madaniy xulq va o’z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni 
tarbiyalash, o’zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga 
erishguncha o’z mehnati bilan qatnashish, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona 
baholash, yordam berish. 
1. Bolalarni maqsad qo’yishga, mehnat malakalari, ko’nikmalari, mehnat madaniyati bo’yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o’rgatish. 2. Bolalarda bo’lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o’rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish. 3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg’otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib etish. Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan: 1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish. 2) Bolalarda mehnat axliga hurmatni, ularga qo’lidan kelganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash. 3) Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o’rgatish. Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan: - Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda katnashish, boshlagan ishini oxiriga etkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o’z shaxsiy mehnatiga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalash. - Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlilik, qat’iylik, tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash. - Madaniy xulq va o’z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash, o’zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o’z mehnati bilan qatnashish, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam berish.