Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnati turlari
Mavzu rejasi:
1.Mehnat turlari.
2.Mehnat jarayonini rejalashtirish
1. Mehnat turlarining vujudga kelishi
Mehnat qilish muntazam tarzda bo’lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa va
kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi.
O’z-o’ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo’lib, unda bolalar
ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va echinishga,
o’yinchoqlarni yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi. O’z-o’ziga xizmat qilish jarayonida
bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi,
bolalar qo’llaridan kelgan ishni o’zlari bajarishga o’rganadilar. O’z-o’ziga xizmat
ўз-ўзига хизмат
қилиш
қўл меҳнати
табиат қучоғидаги
меҳнат
хўжалик-маиший
меҳнат
Мактабгача таълим
ёшидаги болалар
жалб қилинадиган
меҳанат турлари
bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi, batartiblikka, intizomli
bo’lishga, xulq-odobga o’rgatadi.
Bolalar xo’jalik-maishiy mehnatga MTMda va oilada jalb etiladi. Uning
mazmuni har xil bo’ladi: xona va MTM maydonchasini yig’ishtirish, stolni bezatish
va stoldagi idish tovoqlarni yig’ishtirish,choy idishlarini, kug’irchoq kiyimlarini,
mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo’yish,
mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib olish va hokazo.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muxim ahamiyatga
ega bo’lib, o’simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar
manbai, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga extiyotkorlik munosabatini tarbiyalash
vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga
tayyorlash va o’g’itlash, ko’chatni o’tkazish, o’simlik va hayvonlarni parvarish
qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning
asosan ochiq xavoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniktiradi, ularning
sog’ligini mustaxkamlaydi.
Qo’l mehnati - mashg’ulot, o’yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan
o’yinchoq va kurilmalarni tayyorlash bo’yicha bolalar mehnatidir (qog’oz
qiyqimlarini tashlash uchun, o’simliklar urug’i uchun qutichalar, qo’g’irchoq
kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o’xshash narsalar tayyorlash).
Qo’l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga
keladi. Bolalar yopishtirish, bo’yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va
shunga o’xshash oddiy mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Ularda
ijodkorlik, topog’onlik, zexnlilik xislatlari o’sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati har xil mehnat
jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng
tushunchadir. Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o’ziga xos bir bo’lagi bo’lib,
uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy kismlari, mehnatning
maqsadi, material va mehnat kurol-aslaxalari, biron natijani yuzaga keltirish
maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari
va mehnat maxsuli yaqqol ko’zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash – bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning
tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat
tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular qo’yidagilardan iboratdir:
1. Bolalarni bo’lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo’yishga o’rgatish.
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o’rgatish.
3. O’z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o’rgatish.
4. Mehnat malakasi va ko’nikmalarini o’rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda
bajarilganligiga qarab o’zining va boshqalarning ishini to’g’ri baholashga o’rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa
mehnat faoliyati vaqtida
bolalarda
ijobiy munosabatlarni
shakllantirish.
Maqsad qo’yish. Maqsad qo’yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul qilishdan
boshlab to o’zi mustaqil maqsad qo’yadigan bo’lguncha rivojlanib boradi
(o’simlikka suv quyishdan to uni o’stirguncha). Bolalarning o’z oldilariga maqsad
qo’yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Bolalar mehnat qilishdan ko’zlangan maqsadni tushinib etishlari kerak
(nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko’zlangan natija nima?);
2. Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o’xshashlar tarzida ko’rsatmali
tasavvur eta bilish;
3. Ishning mo’ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi etadigan ishlarni qilishi (masalan, ko’chat o’tkazish,
o’simlikni sug’orish, ularni parvarish qilish va shunga o’xshashlar) kerak.
Bola o’z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo’lishni anglab etgan
taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan
mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olish – maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola
mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erish olmaydi.
Bolalar mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat
jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o’lchab kesib olish, ninaga
o’tkazish, uchini tugish, tikish; o’yinchoq yasash uchun egish, bukish, tahlash,
burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak
bo’ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o’z
mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak.
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi o’rgatadi:
mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va
uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayonini
qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O’rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga
o’rgatadi. Bunining uchun bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi:
1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar-qanday materiallar, qanday ish kurollari kerak?
4. Bu material va ish kurollaridan foydalanish ungay bo’lishi uchun ularni ish
ӯrnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol mehnat
oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab bir necha marta takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o’rgatish mehnatni sifatli bajarishga va
mehnat madaniyatiga o’rgatadi.
Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uni bolalar ongli
ravishda anglab etishlari kerak.
Меҳнат жараёнини
режалаштириш
меҳнат фаолияти
учун керакли иш
қуролларини
тайёрлаб олиш
қайси ҳаракатларни
қайси изчилликда
бажариш кераклигини
ва ундан кутилган
натижани аниқлаб олиш
мақсад
қўйиш
иш жойини
йиғишти-
риб қўйиш
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni
tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarishga o’rgatadi.
Mehnatning sababi, ya’ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu
quyidagi shart-sharoit ta’sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy moxiyatini bilishlari
kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTT da, oilada foydalanishi kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foydasini
baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan egallab
olinishi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi
hisoblanadi.
MTTda mehnatni tashkil etish shakllari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar
mehnatining asosiy shakllari quyidagilardan iborat: o’z-o’ziga xizmat qilish,
topshiriqni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo’l mehnati
bo’yicha mashg’ulotlar, jamoa mehnati. O’z-o’ziga xizmat, topshiriqni bajarish,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlang’ich shakli
hisoblanadi.
O’z-o’ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifatida yosh guruhlarida
tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi jarayonlar:
ovqatlanish, kiyinish va echinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog’liqdir.
(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi: u yakka tartibda va guruhiy
bo’lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bolalarga uncha murakkab bo’lmagan va
qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: «O’yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o’rniga
olib borib qo’y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo’yib chiq». Bunday
topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylarda ham bajarishlari mumkin.
O’rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriqlar ancha murakkab
bo’lib, ular endi xonadan tashqarida bajarishga mo’ljallangan va ikkinchi bir kishiga
murojaat qilish bilan bog’langan bo’ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachisiga,
enagaga, shifokorga, hamshiraga murojat qilish va hokazo.
Bu guruhlarda topshiriqlar 2-3 boladan tashkil topgan kichik guruhlar
tomonidan bajarilishi mumkin (o’yinchoqlarni yig’ishtirish, gullarga suv qo’yish,
to’kilgan barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi).
Maktabga
tayyorlov
guruhida
beriladigan
topshiriqlar
yana
ham
murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va boshqa kishilarga
mehribonlarcha munosabatda bo’lish xissini shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi
mumkin: kichkina guruh bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin
kiyinishiga yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab berish, enagaga
toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib kelishga yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma’lum bir gul yoki bir
qancha gullar bir hafta davomida parvarish qilinishi yoki bu ish yanada uzoqrok
cho’zilishi mumkin (biror o’simlikni ekish va o’stirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbarlik qilish bilan ham
axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda
qatnashish istagini, o’rtoqlariga g’amho’rlik va e’tibor bilan qarash ruhini singdiradi,
bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro xushmuomala bo’lishga odatlantiradi,
topshirilgan ishda burch va javobgarlikni sezish xissini, natijaga erishishda
sabotlilikni tarbiyalaydi.
Navbatchilik – bu jamoa uchun mo’ljallangan mehnat faoliyatining shakli
bo’lib, u majburiy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi kichik
guruhda yil oxiridan (oshxonada) boshlanadi.
Ошхонада
II-кичик гуруҳ
Навбатчилик
Табиат
бурчагида катта
гуруҳ
Машғулотга
тайёрланиш
бўйича ўрта гуруҳ
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini ta’minlash uchun
navbatchilikning xilma-xil turlari uyushtiriladi: oshxonada (hamma yosh
guruhlarida), mashg’ulotga tayyorlanishda (o’rta guruhdan boshlab), o’simlik va
hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga tayyorlov guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik qiladi. Birdaniga 4-5
bola navbatchilik qilishi mumkin, har bir bola 1-2 stolni bezatadi. Katta va tayyorlov
guruhlarida bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, kech
tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib bo’lingandan keyin idish-
tovoqni ovqat tarkatiladigan stolga yig’ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga
choy idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu yoshdagi bolalar
ikkitadan navbatchilik qilishadi, ammo har bir bolaning ish xajmlari ko’payadi.
Mashg’ulotlarga tayyorgarlik bo’yicha navbatchilik qilish o’rta guruhda-bolalar
oshxonada navbatchilik qilishni bilib olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar
stol va stullarni, mashg’ulotga kerakli materiallarni, qo’llanmalarni mashg’ulotga
tayyorlaydilar va xonani tartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida navbatchilik qila
boshlaydilar. Navbatchilikning bu turi ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan tayinlanadi: biri o’simliklarni
parvarish qilsa, ikkinchisi jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo’sh qolsa
ikkinchisiga yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda foydali bo’ladi.
Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz navbatchilik qilamiz» degan mavzuda
mashg’ulot o’tkazish mumkin. Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni
boshlashdan oldin tarbiyachi mashg’ulot o’tkazib, bolalarni tabiat burchagida
nimalar borligi, o’simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilish xaqida suhbat
o’tkazadi. Tarbiyachi tabiat burchagida yashovchilarni har kuni va to’g’ri boqish,
o’simliklarni sug’orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini qirqish kabilarga
diqqatni jalb etadi, ish usullarni tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o’simlik va hayvonlarni kuzatishga, o’zgarishlarni aniqlab
borishga, burchakdagi o’simlik va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan munosabatda
bo’lishga, ularda yuz beradigan o’zgarishlarni ko’ra bilish va ular to’g’risida so’zlab
berishga o’rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni sug’orish, guldasta
tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat berish vaqtini,
miqdorini, ovqatni mustaqil tayyorlashni, kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchilarning vazifasi va bajargan ishining sifati nazorat qilib boriladi.
Bunday nazoratda bolalarning o’zlari qatnashsalar yana ham yaxshi bo’ladi.
Ba’zan navbatchilarning ish natijalari bolalarning uyga ketar oldidan
muhokama qilinadi. Tarbiyachi bolalarga: bugun navbatchilar o’z vaqtida keldimi?
Ular hamma ishni qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to’g’ri tuzatildimi?
Navbatchilar hamma narsani vaqtida bajarib, o’ynashga ham ulgurdilarmi? Kim
yaxshiroq va chiroyli bajardi? -kabi savollar beradi va ular ishini baholaydi.
Navbatchilar har kuni almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning har
xil turlarida qatnashishiga va turli mehnat malakalarini egallab olishiga imkon
yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog’lig’iga zarar etkazmaydigan (suyuq
ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og’ir narsalarni bolalar ko’tarmaydilar va
hokazo) qilib tashkil etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar
bo’lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan foydalanishga, ishdan keyin
joyiga yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi.
Ayniqsa, navbatchilarni guruhlashga e’tibor berish juda muhimdir: passiv
bolalarni faolroqlari bilan, navbatchilikni endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar
bilan birga tayinlash kerak. Lekin bunda faol bolalarning passiv bolalar ishni
bajarishlariga yo’l qo’ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash va tayinlash har xil
bo’lishi mumkin: bolalarning xohishiga qarab stollar bo’yicha, ro’yxat bo’yicha,
sekin-asta navbatchilik galini bolar o’zlari eslab qoladilar va shu tartib bilan
borishini nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod bo’lishini
bildirmaydi, ovqatni eb bo’lgan har bir bola o’zining idishini stolni ustiga tahlab
qo’yadi, salfetkani ham ma’lum joyga qo’yishadi, stol ustidagi urvoqlarni maxsus
cho’tka bilan idishga yig’ib olishadi. Mashg’ulotdan keyin ham shu xol takrorlanadi;
har bir bola o’zining qalamini qalamdonga solib qo’yadi, o’z mo’yqalamlarini yuvib,
qiyqimlarni yig’ishtirib qo’yishadi va h.k. Eng muhimi – bolalarda o’zaro mexr-
muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo’lidan kelgan yordamini ayamaslikka
o’rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo’l mehnati
bo’yicha mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan bo’lsa va
tushuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko’rgazmali qilib ko’rsatishni talab
etgan xollarda ana shunday mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o’zaro yordam,
shu bilan birga mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo’ladi. Bunda mehnat
yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga qarab har xil shaklda
bo’ladi. «Yonma-yon mehnat»da hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har
bittasi o’sha umumiy ishning bir qismini bajaradi (bittasi mo’yqalamlarni
yig’ishtirdi, boshqasi bo’yoqlarni va h.k.). Ishning bunday tashkil etilishi bolalarni
mehnat malakalariga o’rgatishda ham, ularning ishini nazorat qilib turishda ham
o’ng’aylik tug’diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o’z ishini bajaradi, ammo oxirida hamma
qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har bir bola hamirdan uzib olib pechene
yasaydi va u bitta idishga solib pishirishga qo’yiladi, pishgandan keyin bitta idishga
solib bolalar mehmon qilinadi). Yoki hamma bolalar guruh xonasini yig’ishtirishadi
– har bir bola biron ishni bajaradi, yig’ishtirib bo’lingach, natija bitta qilib
yakunlanadi (hamma yaxshi ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-
sarishta, chiroyli bo’lib koldi).
Birgalikdagi mehnat qo’yidagicha tashkil etilishi mumkin: masalan, xonani
yig’ishtirishda bolalarning bittasi o’yinchoqlarni yuvadi, ikkinchisi artadi,
uchinchisi o’yinchoq tokchasini tozalaydi va unga o’yinchoqlarni teradi. Yoki
tabiatdagi mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi, ikkinchisi urug’
yoki ko’chatni o’tkazadi, uchinchisi joyiga olib borib qo’yadi. Bu erda bolalarning
ish harakatida o’zaro mutanosiblik bo’lishi, ya’ni har bir bola bir xilda chaqqonlik
bilan harakat qilishi kerak, buning natijasida ma’lum mehnat munosabatlari yuzaga
keladi. Bunday vaziyatda tarbiyachining bolalar o’rtasida to’g’ri munosabat
o’rnatishga qaratilgan bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma’lum izchillikda amalga oshiriladi.
Tarbiyachi
bolalarga
bir
necha
kishilar
birgalikda
biron
ishni
bajarayotganligini, ularning ishi bir-biriga bevosita bog’liqligini, ulardan har biri
umumiy ishning biron qismini bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga
oshirilayotganini tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, xikoya qilib berish,
bolalar badiiy adbiyotidan foydalanadi).
Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi mehnatini tashkil etish.
Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi uni mehnat
jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy vazifalariga kura belgilaydi.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. Bolalar bog’chasida
mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
kerakli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun joy va vaqt, gigienik
shart-sharoit yaratilmog’i lozim, ozodalik, toza havo, kerakli darajadagi yorug’lik,
mehnatning bolalar imkoniyatiga muvofiq bo’lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga
qarab to’g’ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalari
uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib turishni ham e’tiborga olish
kerak.
Mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U
ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga etarli mikdorda kerakli qurollar,
asboblar bo’lishi, ular bolalarning yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o’zlari
mustaqil foydalanadigan qilib joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar,
qalpoqcha, qo’lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. Ovqat
tayyorlash uchun kichiqroq pichoqlar, tarelkalar, o’qlovchalar, hamir qorish uchun
tog’arachalar, shaklchalar kerak bo’ladi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq
tog’aracha, stoldan urvoqlarni yig’ib olish, polni supirish uchun cho’tkalar, axlatni
yig’ib olish uchun xokandozlar kerak. Kir yuvish uchun tog’ara, chelalakchalar,
kichkina dazmol taxtasi, kiyim tozalash uchun cho’tka, supurgi, tikish uchun
tugmachalar solingan quticha, ip, nina, mato parchalari, o’yinchoqlarni yasash va
singanlarini, buzilganlarini tuzatish uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg’achalar,
mixlar, qisqich, yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq
materiallar, gugurt qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan bo’shagan g’altaklar va
hokazolar zarur. Guruh xonasidagi tabiat burchagida, MTM xovlisidagi polizda,
gulzorda ishlash uchun belkurak, xaskash, supirgi, kichkina zambilchalar,
chelakchalar, leyka, savatchalar kerak bo’ladi. Barcha buyum ishlatib bo’lingandan
keyin tozalab joyiga qo’yiladi.
Bolalarga to’g’ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning bir-biri bilan o’zaro
dustona munosabat bilan hamkorlikda ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTTning yillik rejasida aks ettiriladi va
tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to’g’ri rejalashtirish va amalga oshirilishida
yordam beradi.
MTTda mehnat tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va unga rahbarlik qilish yosh
avlodni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Tayanch tushunchalar:
Mehnat tarbiyasi – tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur
shartlaridan biri bo’lgan pedagogik jarayon.
Mehnatsevarlik – mehnat turidan qat’iy nazar uni sevib, unga sadoqatli bo’lgan, uni
malakali bajaruvchi kishining fazilati.
Nazorat uchun savollar:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni qanday mehnat turlariga jalb qilamiz?
2.Mehnat tarbiyasining vazifalarini guruhlab, turkumlarga ajrating.
3.MTTlarda mehnat tarbiyasi nechta yo’nalishda amalga oshiriladi?
4.Bolalarni kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish shakllari qaysilar?
5.Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o’z ichiga oladi?
6.MTTda mehnatni tashkil etish shakllari qaysilar?