Maktablarda qat’iy yozuv tartibini joriy qilish
Reja:
1.
Chiroyli yozuv qoidalarining sinfdagi darslarda olib borilishi.
2.
Maktabda qat'iy yozuv tartibini joriy qilish uchun olib boriladigan ishlar.
3.Maktabda qat'iy yozuv tartibini joriy qilish uchun umummaktab jamoasi
tomonidan bajariladigan ishlar.
Tayanch so'zlar:
Boshlang'ich sinflarda olib boriladigan yozuv mashg'ulotlarining rejasi.
Chiroyli yozuvga o'rgatishda ona tili darslarining roli. Chiroyli yozgan
o'quvchilarning daftarlarini konkurs asosida rag'batlantirish.
Chiroyli yozuv qoidalarini eslatib turish bilan bir qatorda, uni bir
rejimga tushirib olish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Agar maktabda yozuv rejimi to'g'ri tashkil etilsa, o'quvchilarning
chiroyli yozuv malakalari bir umirga saqlanib qoladi.Buning uchun
boshlang'ich sinf o'qtuvchisi o'quvchilardan hosil qilgan chiroyli yozuv
malakasini yuqori sinflarda har bir fan o'qtuvchisi eslatib turishi lozim. Aks
holda, ular boshlang'ich sinfda olgan chiroyli yozuv malakasini unitib
yuboradilar.
V sinfdan boshlab o'quvchilar yozuvining o'zgarishiga asosiy sabab,
boshqa predmet o'qtuvchilarining bunga yetarli etibor bermasliklaridir. Undan
tashqari, ularga yozuv mashqlarini normadan ortiq beradilarmatijada,
o'quvchilarning barmoq
muskullari charchaydi va yozuvning sifati buziladi, bu esa o'quvchilar
yozuvining buzilishiga sabab bo'ladi.
Yuqori sinflarda ham har bir harfni aniq yozishni talab qilish lozim, aks
holda, harflar o'z shakli ni yo'qotib boradi. Masalan: ko'pchilik yuqori sinf
o'quvchilari t harfi ustiga, sh harfi tagiga chiziq chizib qo'yadilar. Bunday
xatoga yo'l qo'ymasliklari kerak, chunki bu harflarning har ikkisi ham o'z
shakliga ega, ularni farqini ajratish uchun ortiqcha chiziqlar talab etilmaydi.
O'quvchilarga uchraydigan kamchililarni yo'qotish uchun o'qituvchi
harflarni to'g'ri yozilishiga alohida e'tibor berishi, daftarni baholash vaqtida
noto'g'ri yozilgan harflarni ham hisobga olish lozim. Qaysi harfni buzib
yozganligini aniq ko'rsatib o'tishi kerak.
O'quvchilarning yozuvini yaxshilash uchun umummaktab ishglarida
quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
1.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini amalga oshirish:
2.
Bir yilda ikki marta yoki har chorakning oxirida "Chiroyli yozuv uchun"
degan mavzuda daftarlar konkursini o'tkazish;
3.
Maktabda chiqariladigan har bir devoriy gazetaga matnlarni chiroyli
yozuv qoidalariga rioya qilib yozish.
Ammo chiroyli yozuv rejimini amalga oshirishda birinchi navbatda,
o'qituvchining o'zi namuna bo'lishi kerak, chunki o'quvchilar ko'proq
taqlidchan bo'lib o'qituvchining yozuviga o'xshatib yozishga harakat qiladilar.
Agar o'qituvchi bir harfni no'g'ri yozsa, o'quvchi ham noto'g'ri yozadi.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini taxminan quyidagicha amalga oshirish
mumkin:
1.
Maktabda har bir yozuv ishlarini o'quvchilar daftarga bajarishi
kerak.(faqat shahar va rayon ishlariga xalq ta'limi tomonidan yuborilgan
ayrim tekshiruv ishlariga ikki varaqdan yoziladi).
2.
Hamma predmet uchun daftar bir hilda to'ldiriladi: daftarning
varaqlari 12 tadan kam bo'lmasligi, chetida (30 mm masofada) hoshiya
bo'lishi lozim. Har bir daftar qaysi fan uchun tutilgani, kimga tegishli ekanligi,
nechanchi sinfda o'qishi, maktab nomeri va nomi ko'rsatilishi lozim.
3.
Sinf ishi va uy vazifalarini bir hil rangdagi (gunafsha yoki to'q
havo rang) siyohga bajartirish.
4.
O'quvchilarni faqat tafsiya etilgan avtoruchkada yozdirirsh.
5.
Har bir darsda partada to'g'ri o'tirish qoidalariga amal qilish, bosh
chapga chapga yoki o'nga osiltirib o'tirmaslik. Ko'z bilan daftar orasidagi
masofani to'g'ri saqlash.
6.
yozuvning qiyaligini 65 gradusdan oshirmaslik.
7.
Har bir harfning shakli "Husnixat " kitobida ko'rsatilganidan farq
qilmasligi.
8.
To'g'ri yozilgan harf va so'zlarni o'chirg'ich bilan o'chirishga ruxsat
etilmaydi. Noto'g'ri yozilgan joyni ustidan bir chiziq tortib ustiga to'g'risini
yozib ko'rsatib yozish mumkin.
9.
Har kungi bajarilgan ishni kuni, mavzu, mashq nomeri daftarning
o'rtasga chiroyli qilib yozib ko'rsatish kerak.
10.So'zlarni qisqartirib yozishga ruxsat etilmaydi. Masalan: va hakozo
o'rniga "va h. k.", ular o'rniga "u/" uning o'rniga "u+".
11 .Bosh va kichik harflar bir hil balandlikda yozilmasligi kerak.
12.0'quvchilarning ishlarini tekshirish uchun o'qituvchi faqat qizil rangdagi
siyohdan foydalanishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan har bir xatosi
aniq ko'rsatilishi kerak. 13.Doskada bo'r bilan yozilgan yozuvlar yozuv
qoidalariga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi doskaga o'tayotgan materiali
joylashtira bilishi ham katta ahamiyatga egadir. 14.Maktabda chiqarilgan har
e'lonlar, maktab devoriy gazetasidagi maqola matnlari ham chiroyli qilib,
yozuv qoidalariga amal qilgan holda yozishi kerak. Hulosa qilib aytganda,
yuqorida ko'rsatib o'tilgan shartlar amalga oshirilsa maktabda qat'iy yozuv
rejimini amalga oshirishi mumkin.
O'quvchilarda uchraydigan kamchiliklarni yo'qotish uchun o'qituvchi
harflarning to'g'ri yozilishiga alohida e'tibor berishi, daftarni baholash vaqtida
noto'g'ri yozilgan harflarni ham hisobga olishi lozim. Qaysi harfni bo'zib
yozganligini aniq ko'rsatib o'tishi kerak.
O'quvchilarning yozuvini yaxshilash uchun umum maktab ishlaridan
quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini amalga oshirish;
2.
Bir yilda ikki marta yoki har chorakning oxirida «Chiroyli yozuv
uchun» degan mavzuda daftarlar konkursini o'tkazish.
Maktabda chiqariladigan har bir devorni gazetadagi matnlarni chiroyli
yozuv qoidalarisha ioya qilib yozish.
Ammo chiroyli yozuv rejimini amalga oshirishda, birinchi navbatda,
o'qituvchining o'zi namuna bo'lishi kerak. Chunki o'quvchilar ko'proq
taqlidchan bo'lib, o'qituvchining yozuviga o'xshash yozishga harakat qiladilar.
Agar o'qituvchi bir harfni doskada noto'g'ri yozsa o'quvchi ham noto'g'ri
yozadi.
Maktabda chiroyli yozuv tartibini taxminan quyidagicha amalga oshirish
mumkin:
1.
Maktabda har bir yozuv ishlarini o'quvchilar daftarda bajarishlari
kerak (faqat shahar va rayon xalq ta'limi tomonidan yuborilgan ayrim
tekshiruv ishlarigina ikki varaqda yozdiriladi).
2.
Hamma fan uchun daftar bir xilda to'ldiriladi: daftarning varaqlari 12
tadan kam bo'lmasligi, chetida (30 mm masofada) xoshiya bo'lishi lozim. Har
bir daftar qaysi fan uchun tutilgani, kimga tegishli ekanligi, nechanchi sinfda
o'qishi, maktab nomeri ko'rsatilishi lozim.
3.
Sinf ishi va uy vazifalarini bir xil rangdagi (binafsha yoki to'q g'ava
rang) siyohda bajartirish.
4.
O'quvchilarni faqat tavsiya etilgan avtoruskada yozdirish.
5.
Har bir darsda partada to'g'ri o'tirish qoidalariga amal qilish, boshni
chapga yoki o'nga osiltirib o'tirmaslik ko'z bilan daftar oraisdagi masofani
to'g'ri saqlash.
6.
Yozuvning qiyaligini 65 gradusdan oshirmaslik.
7.
Har bir harfning akli husnixat kitobida ko'rsatilmagan farq qilmasligi.
8.
Noto'g'ri yozilgan harf va so'zlarni uchirg'ich bilan o'chirishga ruxsat
etilmaydi. Noto'g'ri yozilgan joyni ustidan bir chiziq tortib ustiga to'g'risini
yozib ko'rsatish mumkin.
9.
Har kungi bajarilgan ishni kuni, mavzui, mashq nomeri
daftarning o'rtasiga chiroyli qilib yozib ko'rsatishi kerak.
10.
So'zlarni qisqartirib yozishga ruxsat etilmaydi. Masalan: va
hokazo o'rniga esa ular o'niga «UG'» uning o'rniga u.
11.
Bosh va kichik harflar bir xil balandlikda yozilmasligi kerak.
12.
O'quvchilarning mashqlarini tekshirish uchun o'qituvchi faqat qizil
rangdagi siyohdan foydalanishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan
har bir xatosi aniq ko'rsatilishi lozim. O'quvchining yo'l qo'ygan har bir xatosi
aniq ko'rsatilishi kerak.
13.
Doskada bo'r bilan yozilgan yozuvlar ham yozuv qoidalariga
mos kelishi kerak. O'qituvchi doskaga o'tayotgan materiallarni
joylashtira bilishi ham katta ahamiyatga egadir.
14.
Maktabda chiqarilgan har xil e'lonlar, maktab devoriy
gazetasidagi maqola matnlari ham chiroyli qilib, yozuv qoidalariga amal
qilgan holda yozilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko'rsatib o'tilgan shartlar amalga
oshirilsa maktabda qat'iy yozuv rejimini amalga oshirish mumkin.
Xatolarni tuzatish
Dastur talablariga muvofiq, 4-sinfning oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez
va chiroyli yozilishi lozim.
Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la
egallab ololmaydilar, harflarning shaklini pala-partish, katta-kichik qilib har
xil yozadilar. O'qituvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har
bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu
masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim.
Kamchilikarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada
ekanligini aniqlash zarur.
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim
harflaning noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim
o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda
yozadilar:
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka
olib keladi.
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l
harakatini uzib yozadilar:
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik, haddan tashqari mayda,
yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv
tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z
vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish
lozim.
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni
ko'rsatib o'tamiz:
1.Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq
chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadidar;
2.Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni
quyidagicha buzib yozadilar;
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar faqat
kichik harflarga taalluqli bo'lganini ko'rsatib o'tdik bunday