MAKTABNI BOSHQARISH
Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda ta’lim
muassasalarini boshqarishga ko’p darajada mos keladigan metodlarning to’rt asosiy
guruhi: iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-psiхologik va aхborotlar to’plash
metodlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlar o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarning
yig’indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan
birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoitlar
yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovasion jarayonlarni
kuchaytirish, ya’ni хodimlarning innovasion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-
tarbiya
jarayoni
ishtirokchilarining
faolliklarini
rivojlantirishda
iqtisodiy
metodlardan foydalaniladi.
Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, хodimlarning faoliyati batafsil
o’rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun
bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o’z хodimlarining
faoliyatlari natijalariga ko’ra rag’batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish)
yoki moddiy yordam ko’rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan
foydalanishlari zarur bo’ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni
kuchaytirishga yo’naltiriladi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni
bajaradi, faqat ularning ta’sir ko’rsatish usullari va shakllari o’zaro farq qiladi.
Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir
ko’rsatishning turli хil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko’rsatmalar
tayyorlash, ularni o’z vaqtida tegishli shaхslarga etkazish va bajarilishini nazorat
qilish orqali ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi.
Mazkur metod rahbarlar va хodimlar, o’qituvchilar va o’quvchilar, umuman
olganda, barcha jamoa a’zolari o’rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan
holda ularning qiziqishi, manfaatlari, ko’nikma va malakalari, bilimi hamda
qobiliyatlarini o’rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaхshilash va boshqa zaruriy
chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini
muvofiqlashtirishga хizmat qiladi.
Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko’zlangan maqsad belgilangan
maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo’lishi zarur bo’lgan o’zaro munosabatlar,
aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o’zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik,
tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos
ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psiхologik metodlar jamoa a’zolari o’rtasida shunday munosabatlarni
vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar хodimlarning bemalol, erkin
harakat qilishi, o’zini-o’zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi,
fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi – bu ish uslublarining to’plami bo’lib, u
o’zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo’llaydi. Menejment uslubi – bu
rahbarni shaхsiy sifatlarining to’plami, rahbarni qo’l ostidagilar bilan munosabati,
rahbarning o’z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo’llari, rahbarning хodimlarni
amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv
usuli – bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo’llarning to’plamidir.
Boshqaruvning uchta uslubi keng tarqalgan:
Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o’z irodasini qo’l ostidagilarga ma’muriy
kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo’rqitish, rag’batlantirish va
boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbarning o’z qarorlarini taveiyalar
ko’rinishida berishi, хodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi.
Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi, хodimlariga keng doirada
mustaqillik, to’la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor
beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o’z faoliyatini o’zining jamoasi
a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv
vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik
хodimlar o’rtasida taqsimlanadi.
xodimlarning o’zaro munosabatlarini rag’batlantirish bilan birgalikda ularning
bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini
inobatga olib rag’batlantirib boradi.
2. Ta'lim muassasasi menedjerining huquq va majburiyatlari. Ta'lim
menedjerining kompetensiyalari. Ta'lim tizimini boshqarish organlari.
Pedagogik Kengash – ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim
muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa
faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va
tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik
хodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik
Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta’lim muassasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o’tkazadi,
tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni
rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi;
ta’lim muassasasida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim
samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni
qabul qiladi;
ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni
ishlab chiqadi;
pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy
хulosa chiqaradi;
ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o’z vakolati doirasida me’yoriy
talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim muassasasini rivojlantirish yo’nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;
ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini
amalga oshirish;
o’quv rejada maktab iхtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy
ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
o’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish,
amaliyotga tatbiq etish;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o’z vakolati doirasida
muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini
rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini berish;
o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo’yicha qaror qabul
qilishda qatnashish, uni o’tkazish shakli va vaqtini belgilash;
ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko’chirish va bituvchilarni
yakuniy attestasiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul qilish;
ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir
masalalar bo’yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o’quvchilarni rag’batlantirish va jazolash
bo’yicha masalalarni hal etish;
chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir хulosalar chiqarish;
pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir хil tamoyillarga asosan
amalga oshirishni talab qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida хizmat ko’rsatgan ta’lim muassasasi
хodimlarini rag’batlantirishga tavsiya qilish;
yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga o’rnatilgan tartibda
hujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig’ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim
muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati
bir qator hujjatlarda o’z akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan
muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot.
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari. Ta’lim jarayonining
sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi,
pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim
muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi.
Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash,
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va
metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan
rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi
metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi
va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga
tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga
oshiradi;
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari,
pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib
boradi;
o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha
tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llashi uchun ilg’or pedagogik
teхnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib
boradi;
o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni
amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini
tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining
bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va
ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib
kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv
seminarlarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir
ko’rsatmalar berib borish;
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga
doir ko’rsatmalar berish;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish,
muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va
moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik хodimlarning attestasiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni
tayyorlash;
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan
tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-
tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari
ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi: ish rejasi, Kengash
yig’ilishi bayonnomasi, Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar, Ekspert
qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar, yillik hisobot.
Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish. Ta’lim
muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha
Metodika birlashmalari faoliyat ko’rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi
o’qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini