MA’LUMOT AXBOROT HUJJATLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI (Hujjat turlari va xususiyatlari: ariza va zaruriy qismlari, Tarjimayi hol hujjatining zaruriy qismlari, Bildirishnoma hujjatining zaruriy qismlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
25,0 KB
Ilmiybaza.uz
MA’LUMOT AXBOROT HUJJATLARI VA ULARNING
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Hujjat turlari va xususiyatlari: ariza va zaruriy qismlari
2. Tarjimayi hol hujjatining zaruriy qismlari
3. Bildirishnoma hujjatining zaruriy qismlari
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘z va iboralar: hujjatlat turlari, uslub, nutq uslublari, hujjat
turlari,ichki va tashqi hujjatlar, hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ariza,
tarjimayi hol, bildirishnoma, tilning lug‘at tarkibi, so‘z boyligi.
Hujjatlar avvalo tuzilish o‘rniga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: ichki va tashqi hujjatlar.
Tashkilotning
o‘zida
foydalaniladigan
hujjatlar
ichki
hujjatlar
dеyilsa,
tashkilotlararo qo‘llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi.
Mazmuniga ko‘ra hujjatlar sodda va murakkab bo‘lsa, mazmun bayonining
shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi.
Tеgishlilik jihatiga ko‘ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi.
Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko‘ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi
nusxa (dublikat), ko‘chirma hujjatlar farqlanadi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko‘ra hujjatlar
quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-
axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.
Ma'lumot-axborot hujjatlari
ARIZA
Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish
idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat
mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan
tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish,
yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir
shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu
hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab,
litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona,
muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika
miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning
mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan
umumiy zaruriy qismlar muvjud.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ilmiybaza.uz
- ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
- ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi,
otasining ismi;
- hujjat nomi – ariza;
- matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan
fikr-mulohazalarning qisqagina bayoni);
- ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
- ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli
uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha
mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki
shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
NAMUNA
Samarqand davlat universiteti tabiiy
fanlar
fakulteti
talabalar
kasaba
uyushmasi byurosi rasi S.Anorovga
shu fakultet biologiya bo‘limi I kurs rus
guruhi talabasi Rahmonova Dildoradan
ARIZA
Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2006-yil 28-29-
dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi
shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat
byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus
olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan
to‘laymiz.
2019.19.12. imzo RAHMONOVA D.
TARJIMAYI HOL
Ilmiybaza.uz
Shaxsning butun hayoti va mehnat faoliyati bilan bog‘liq muhim sanalar,
ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli bayon etiladigan rasmiy hujjat. Tarjimayi
holning rasmiy va badiiy turlari mavjud. Rasmiy tarjimayi hol o‘qish yoki ishga
kirayotganda har qanday shaxs tomonidan yozilishi mumkin. Badiiy tarjimayi hol
esa mashhur so‘z san’atkorlari – shoir va yozuvchilar, olmlar tomonidan yozilishi
mumkin. Bunday tarjimayi hollar sirasiga Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma”, Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar", Muso Toshmuhammad o‘g‘li
Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar", Nazir
Safarovning "Ko‘rgan-kechirganlarim" kabi biografik-memuar asarlarini misol qilib
keltirish mumkin. Shuningdek, umumta’lim maktablarning o‘quv qo‘llanmalari,
darsliklari, majmualari uchun taniqli shoirlar, yozuvchilar tomonidan taqdim etilgan
tarjimayi hollarni ham bu hujjatning badiiy turiga kiritish mumkin. Tarjimayi
holning qat’iy bir andozasi belgilanmagan. Tarjimayi hol talabga ko‘ra to‘liq yoki
qisqacha tarzda yozilishi mumkin. Shunga qaramasdan tarjimayi holda qayd etilishi
lozim bo‘lgan shunday ma’lumotlar borki, o‘z tarjimayi holini yozayotgan har bir
kishi ulardan xabardor bo‘lishi kerak. Quyidagilarni tarjimayi holning zaruriy
qismlariga kiritish mumkin:
·
Hujjat nomi - tarjimayi hol.
·
Shaxs hayoti va ish faoliyatini qamrab oluvchi matn:
-
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
-
uning tug‘ilgan yili, kuni, oyi va manzili;
-
ijtimoiy kelib chiqishi, milliati;
-
ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi (ularning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili,
ma’lumoti, ish joyi, lavozimi);
-
o‘zining ma’lumoti ( o‘qigan maktabi, o‘quv yurti, tahsil olgan yillari,
mutaxassisligi);
-
ish faoliyatining turlari, oxirgi ish joyi, lavozimi;
-
rag‘batlantirilganligi va olgan mukofotlari haqida ma’lumot;
-
ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoatchilik ishlari;
Ilmiybaza.uz
-
oilaviy ahvoli ( xotini yoki eri, bolalari, familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili,
mashg‘uloti);
-
yashash joyi ( viloyat, shahar, tuman, ko‘cha, hovli yoki xonadoni, telefoni).
-
Yozilgan sana, muallifning imzosi va familiyasi.
Tarjimayi hol ko‘pincha oddiy qog‘ozga qo‘lda yoziladi. Ba’zan o‘qishga
yoki ishga kirayotganda maxsus ish qog‘oziga to‘ldiriladi. Matn birinchi shaxs
nomidan bayon etiladi. Unda yil, oy, kunlarga doir ma’lumotlar qat’iy davriylik
asosida yoritiladi. Tarjimayi holda keltirilgan ma’lumotlar aniq, bayon etilayotgan
fikrlar esa barchaga tushunarli va ravon uslubda bo‘lishi lozim.
NAMUNA
TARJIMAYI HOL
Men, Ortiqov San’at Qudratovich, 1960-yil 20-fevralda O‘zbekiston
Respublikasining Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Jo‘yimulk qishlogida
ziyoli oilasida tug‘ilganman.
Otam – Ulug‘ov Qudrat, 1936-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on
tumanida tug‘ilgan, Samarqand davlat chet tillar instituti professori.
Onam – Ulug‘ova Shohsanam Muhammadaliyevna, 1938-yil Narpay
tumanining Mirbozor qishlog‘da tug‘ilgan, uy bekasi.
Oilamizda ikki akam, bir opam, bir singlim va bir ukam bor. Ularning barchasi
oilali.
1968-yidan 1975-yilgacha Samarqand shahridagi 9-o‘rta umumta’lim
maktabida, 1975-yidan 1978-yilgacha Jizzax shahridagi 5-o‘rta umumta’lim
maktabida o‘qidim. 1978-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik
fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983-yili imtiyozli diplom bilan tamomladim.
1983-1984-yillarda Jizzax viloyat ijroiya qo‘mitasining adliya boshqarmasida
devonxona mudiri, 1984-1987 yillarda Jizzax shahar sudining sud ijrochisi, stajor-
sudyasi, sudyasi, 1987-1990-yillarda G‘allaorol tuman ichki ishlar bo‘limi operativ
xodimi, 1990-1991-yillarda Samarqand viloyat agrasanoat kapital qurilishi
Ilmiybaza.uz
birlashmasida bosh huquqshunos-maslahatchi, 1991-1992-yillarda Jizzax viloyat
hokimligi adliya boshqarmasining katta maslahatchisi, 1992-1999-yillarda
Samarqand viloyat hokimligi adliya boshqarmasining katta va bosh maslahatchisi,
1999-2001-yillarda Samarqand viloyat Tayloq tuman sudining sudyasi, 2001-yildan
hozirgacha Samarqand viloyat Bulung‘ur tuman jinoiy ishlar bo‘yicha sudi raisi
lavozimida ishlab kelyapman.
O‘z soham va Bulung‘r tumani miqyosidagi jamoat ishlarida qatnashib
boraman.
Partiya a’zosi emasman.
Oilaliman. Uch nafar farzandim bor.
Xotinim – Shomurodova Shoira, 1961-yilda Samarqand viloyati Past
Darg‘om tumanida tug‘ilgan, oily ma’lumotli, Samarqand shahridagi 9-o‘rta
umumta’lim maktabida tarix fanidan dars beradi.
O‘g‘lim – Qudratov Abdusaidbek, 1983-yil tugilgan, Toshkent davlat axborot
texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabasi.
Qizim – Qudratova Durdona, 1987-yilda tug‘ilgan, Samarqand davlat
universiteti fakulteti talabasi.
Qizim – Qudratova Mastona, 1990-yilda tugilgan, Samarqand shahridagi 37-
o‘rta umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi.
Mening hozirgi turar joym: Samarqand shahri, Firdavsiy ko‘casi, 129-uy.
Telefon: 25656562.
2017.10.01. imzo ORTIQOV S.Q.
BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma xodimning ma’muriyatga, korxona, tashkilot, muassasa
rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda yuz bergan uzilishlar,
yo‘l qo‘yilgan biror bir kamchilik, nuqson, shuningdek mehnat ta’tilidan,
homiladorlik ta’tilidan, betoblikdan so‘ng vazifasini bajarish uchun ishga
chiqqanligini ma’lum qilish to‘g‘risida taqdim etadigan yozma axboroti.
Shuningdek, bildirishnomalar quyi bo‘g‘in mutasaddilari tomonidan o‘qish, ish,
Ilmiybaza.uz
ilmiy, ijodiy va jamoat ishlaridagi faolligi uchun talaba, ishchi, xizmatchi xodimlarni
moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirish haqida korxona rahbari nomiga yozilishi ham
mumkin.
Bildirishnomalar yuqori idora, rahbarlik qiluvchi tashkilotlar, mansabdor
shaxslarga ham yo‘llanishi mumkin.
Shunga ko‘ra bildirishnomalar tashqi va ichki bildirishnomalar kabi turlarga
bo‘linadi.
Korxonadan
tashqariga
yo‘llanadigan
bildirishnomalar
tashqi
bildirishnomalar sanalsa, korxona doirasida qo‘llanadigan bildirishnomalar uning
ichki turiga mansub bo‘ladi. Ish qog‘ozlari yuritish jarayonida ko‘proq ichki
bildirishnomalardan foydalaniladi. Ichki bildirishnomalar odatda qo‘lda yoziladi.
Ehtiyoj va imkoniyat bo‘lganda yoki fakultet, bo‘lim rahbariyati nomidan boshqaruv
rahbariyatiga yuborilayotganda kompyuterda yozilishi ham mumkin. Bunday
bildirishnomalarda yaxshi xizmatlari uchun xodimlarning nomzodi moddiy,
ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiya etilsa, yol qo‘yilgan nuqsonlar uchun uni
yozishga sabab bo‘lgan voqea, holat, xatti-harakat bayon etilib, unga munosabat
hamda takliflar aks ettiriladi.
Ichki bildirishnomalarining zaruriy qismlari:
- hujjat taqdim etilayotgan tashkilot, korxona, muassasa nomi, rahbarining
lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
- hujjat yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining
ismi;
- hujjat nomi – bildirishnoma;
- matn (unda ma’lum qilinayotgan voqea-hodisa, yo‘l qo‘yilgan kamchilik,
nuqson, erishilgan yutuqlar, unga munosabat hamda takliflar aks etadi);
- ilovalar ro‘yxati (kasallik varaqasi, ma’lumotnoma, tushuntirish xati va
boshqalar);
- bildirishnoma yozayotgan shaxsning, familiyasi, ismi, imzosi va yozilgan
sana.
NAMUNA