MA'MURIY - BUYRUQBOZLIK IQTISODIYOTI OQIBATLARI VA TUB ISLOHOTLAR ZARURIYATI. O'ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
10
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
107,2 KB
MA'MURIY - BUYRUQBOZLIK IQTISODIYOTI OQIBATLARI VA TUB
ISLOHOTLAR ZARURIYATI. O'ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR
IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI
Reja:
1. Ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyotioqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
2. O'tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi
4.Bozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oidqarashlar tahlili
Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining
mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga
astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi uchun
sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o'z
aksini topishi Respublika Birinchi Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida
umumlashtirilgan:
1.Bir yoqlama rivojlangan, mo'rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga
qaram yarim mustamlaka mamlakat.
2.Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga
hamda puxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim.
3.Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy darajadaligi,
ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi qismlar, shuningdek
yoqilg'i ta'minotida markazga qaramlik.
4.Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go'sht-sut mahsulotlari)va
boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.
5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi, oltin,
qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida
o'ta xaridorgir bo'lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va
sotishdan keladigan foydadan O'zbekiston xazinasiga tushmaslik.
6.Iqtisodiy
o'sish
sur'atlari
samaradorligi
ko'rsatkichlarining
salbiy
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.
7.Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning
cheklanganligi.
8.Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush
darajalaridagi farqning ortib borishi.
9.O'zbekiston aholisi turmush darajasi ko'rsatkichlarining sobiq SSSRdagi
eng oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi.
10.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, er-suv resurslaridan ayovsiz
foydalanish, erlar sho'rlanishining ortishi, cho'l zonalarining kengayishi. Yuqorida
keltirilgan qisqacha xulosalarlarni isbotlovchi dallillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. 1991 yilda etishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo'g'i 3,5% i pirovard
iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan.
2. 1990 yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq ittifoq, 54%
sobiq ittifoq-respublika, bor-yo'g'i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarrufida
bo'lgan.
3. 1988 yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni
(2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
4. «1990 yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi
tirikchilik o'tkazish uchun zarur bo'lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni
mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun
kechirgandi».
5. Ma'lum sabablarga ko'ra, respublika hozirgi xalq xo'jaligi va aholi juda
qattik ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo'lgan qismini tashqaridan
keltirishi majbur edi. qilg'i, stanoklar, asbob uskunalar, yog'och-taxta va yog'och
materiallari to'g'risida gapirmasak ham bo'ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga o'tish zaruriyati
to'g'risida I.Karimov shunday degan: ...Bozorga o'tish muqarrar. Bu - davr amri,
ob'ektiv reallikdir. Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni
shakllantirish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish
uslubi va vositasidir (Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol va tarqqiyot yo'li.
T.,O'zbekiston, 1992, 44-bet).
Bozorga o'tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi. Tashqi
omillar:
1. Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyoqarashda chuqur sifat
o'zgarishlarni amalga oshirish.
2. Davlatlararo hamkorlikda integrasion jarayonlarning kuchayishi.
3. Yagona xalqaro me'yorlar, qoidalar va andozalarga o'tilishi bilan yagona siyosiy-
iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi.
4. Sotsialistik deb atalgan lagerning parchalanishi va ma'muriy- buyruqbozlik
tizimining barham topishi.
5. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o'sish sur'atlari bo'yicha Farbdan ortda
qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli. Ichki omillar:
1. Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlari.
2. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va shaxsning ajratilishi
va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3. Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo'qligi, piravardida esa, resurslarni
samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.
4. Mehnat unumdorligini oshirishdan rag'batlantirishning pasayishi va mehnatga
ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg'unlik.
6. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik munosabati
sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samaradorligining
pastligi.
8. Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va xo'jaliklar talablarini
qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Natijada, quyi
bo'g'inlarda - xaridor va sotuvchi, iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi
bevosita bog'liqlikni ta'minlashga ma'muriy rejalashtirishning salbiy ta'siri.
9. Korxonalararo raqobatning yo'qligi tufayli samaradorlikka moyillikning pastligi.
10. Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investision talabning kuchayishi.
11. Sosialistik xo'jalik yuritishda fondlarning markazlashgan taqsimotiga
asoslanganligi tufayli ko'proq resurslar taqchilligi namoyon bo'ladi. Bozor
iqtisodiyotida esa, sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiyinchiligidan muhimroq
hisoblanadi.
12. Korxonalarning pul mablag'lari bilan ta'minlashda yagona davlat bank tizimining
faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablag'lari oborotidan
manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy
imkoniyati bilan bevosita bog'lanmaganligi.
13. Davlat byudjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo'g'indagi xo'jaliklar
daromadiga
bog'liq
bo'lib,
uning
to'planishi
va
taqsimlanishi
to'liq
markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi zahiralardan
samarali foydalanishni rag'batlantirmagan.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlaridan biri - mut'e
shaxs «sovet kishisi» ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur shaxs tafakkuri
mafkuraviy qarashlar, g'oyaviy kurashlar, chalg'ituvchi dalillar tuzog'iga asir qilindi.
Taraqqiyotparvar insoniyat erishgan yutuqlardan bebaxra qoldi.
Sobiq tizim o'z iqtisodiy g'oyalarida ish kuchining qaerlardadir tovar sifatida
sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o'zidagi inson resurslariga e'tibor faqat kundalik
moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor etadi.
Keyinroq, 1999 yilga kelib, Birinchi Prezident I.Karimov bu haqda ta'kidlaganidek:
«Shunday ulkan salohiyatga ega bo'lgan mamlakatni kamsitadigan og'ir ahvolga
solib qo'yib, u qonuniy haqli ravishda o'ziga qarashli bo'lgan mablag'ni markazdan
dotasiya sifatida so'rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga,
noinsoniy g'oya hukmron bo'lgan mustabid tizim o'zining bor mafkuraviy kuchini,
ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng
miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg'ularini qo'pol ravishda kamsitar
edi. O'z ona tilini, milliy an'ana va madaniyatini, o'z tarixini bilmaslik, ko'plab
odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o'zlikni anglashga bo'lgan
tabiiy intilish johilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o'z o'rnini osonlikcha bo'shatib bermasligini, uning zaharli
mafkurasi odamlar ongini tez va engil o'z ta'siri iskanjasidan chiqarmasligini etarli
darajada o'zimizga tassavvur qilishimiz va hisobga olishimiz zarur edi».
Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan holda, O'zbekiston mustaqillik
davrida ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o'tishni zarur
deb topdi.
2. O'tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
Ma'muriy
markazlashgan
iqtisodiyotning
tarixiy
oqibatlari,
bozor
munosabatlariga o'tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi.
Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi
shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni
o'tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va
sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhimi mamlakatimiz
salohiyatiga ko'proq tayanishni taqozo etdi. Aslini olganda, gap bozor
munosabatlariga o'tishda o'xshashi bo'lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish,
o'z yo'limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo'l - uch tarkibiy qismdan iborat:
• ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining
tavsifi;
• qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo'jalik yuritishning
bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsiplari;
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning
barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq
yo'nalishlari.
Keltirilgan tarkibiy qismlar to'g'risida respublikamiz ziyolilari, xususan
iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator asarlarini chop
etishdi. O'tish davri iqtisodiyotining ko'pchilik mamlakatlarga xos bo'lgan umumiy
qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
• mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o'tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va
muvozanatsizliklar;
• jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo'llarining turli-tuman xarakterdaligi;
• mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlarning
zarurligi;
• umumiy o'tish qonuniyatlari mavjudligidan qat'iy nazar, har bir mamlakat shart-
sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
• eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning nomuvofiqligi,
ba'zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo'lishi;
• jamiyat a'zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning qiyinchilik
bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga
qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora
ortib borishi kabilar.
Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o'tish
davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo'li, andozasi tanlanishi
kabi boshqa shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan
iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi qarashlarda erkin
itisodiy tartibga solish g'oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi
ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki Jahon sivilizasiyasi ijtimoiy
taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti mana shu yo'lga asos qilib olingan.
O'tish davri ko'xna Evropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan
bo'lsa, mustamlakachilikdan ozod bo'lgan Osiyo va boshqa qit'a mamlakatlarida bir
necha o'n yildan iborat bo'ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil,
Germaniya va AQSh-50-100 yil.
Boshlang'ich shart-sharoitlarga ko'ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga
asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta
yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi atroflicha tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi
aralash iqtisodiyot;
2. An'naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot
asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari;
3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayotgan bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo'shib olib
borishga urinayotgan sosialistik iqtisodiyotning Xitoycha yo'li.
Yuqoridagi
yondoshuvlar
asosidagi
tahlillar
ko'rsatishicha,
bozor
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis
kechmagan.
Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo'ladi.
Shuning uchun ham O'zbekiston tanlab olgan yo'l respublika va uning xalqining
manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy
adolat bilan bog'lash maqsadini ko'zlaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini batamom
shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog'lik tez hal etilishi o'tish davri
davomiyligini belgilaydi:
Birinchi galdagi asosiy vazifa-mulkdor singari masalasining tubdan hal
etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik etakchiligidagi ko'p ukladli
iqtisodiyotning barpo etilishi.
2.Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3.Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasalari, tadbirkorlarga
xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni) rivojlantirish.
4.Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma'muriy cheklashlar orqali boshqarishdan iqtisodiy
tariflar yo'li bilan boshqarishga, ya'ni jahonda qabul qilingan ma'rifiy shakllarga
o'tish.
5.Milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish masalasini hal etish
orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6.Xorijiy samaradorlarning O'zbekiston bozorida faoliyat ko'rsatishi uchun kafolat
va imtiyozlar va rag'batlantirishni kuchaytirish.
7.Korxonalarning xo'jalik favoliyatiga noo'rin aralashuvning cheklab qo'yilishi.
8.Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy
ma'suliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar S.S.G`ulomov,
M.Sharifxo'jaev,
professorlar
A.O'lmasov,
N.To'xliev,
Yo.Abdullaev,
Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan.
Biroq
bozor
iqtisodiyotiga
oid
tushunchalarni
bayon
etishdagi
yondoshuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A. bozor
munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular:
1.yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda);
2. Ma'muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sosialistik deb atalgan
mamlakatlarda);
3.
Boshqariladigan
bozor
(hozirgi
deyarli
barcha
rivojlangan
etakchi
mamlakatlarda).
Ayni paytda prof. A.O'lmasov ta'kidlashicha, «Tarixan bozor iqtisodiyotining
2 turi bo'lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor iqtisodiyoti».
3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi
Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to'liq javob beradigan O'zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining III bo'limi (Jamiyat va shaxs), XII bobida
(Jamiyatning iqtisodiy negizlari) gi 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan
O'zbekiston
iqtisodiyotining
negizini
xilma-xil
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarining huquqi ustunligini
hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha
mulk shakllarining teng huquqliligini va haqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin» - deb belgilangan. Ushbu modda iqtisodiy
munosabatlarning huquqiy kafolatlarini bayon etadi va barcha iqtisodiy islohotlar
tizimiga asos bo'lib xizmat qiladi.
Albatta, konstitusiyamizning hamda halqimizning o'ziga xos xususiyatlari va
ilg'or jahon tajribalarini uyg'unlikda mujassamlashtirilgan - dunyoda «o'zbek
modeli» deb e'tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining asosiy mezoni hisoblandi.
Islohotlarning «o'zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga
quyidagicha javob berish mumkin:
• bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo
etish;
• SSSR parchalangandan keyingi O'zbekistonning haqiqiy holati;
• xalqning mentaliteti va tarixiy an'analarga islohotlarni amalga oshirishning u yoki
bu sur'atlariga aholining tayyorlik darajasi;
• «Shok terapiyasi» dan voz kechish.
Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi,
xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin
egallashdan iborat.
XXI asr boshida O'zbekiston taraqqiyotining ishlab chiqilgan strategiyasida
quyidagi muhim ustuvor yo'nalishlar mavjud. Bular:
1. Iqtisodiyotning izchil o'sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor
islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va uzluksiz
yaxshilanib borishini ta'minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida
e'tibor qaratish ko'zda tutilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam
miqdorini 3,5 barovar oshirish va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha
daromadini 1,8-2,0 barovar ko'paytirish kerak bo'ladi.
2. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish,
aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatdor va qarama-qarshi
kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish
zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv
rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei
va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o'rta biznes rivojlanishiga har tomonlama
ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim.
3. Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan
erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini
yuksaltirish lozim.
4. Har qanday muammolarni amaliy echishga qodir bo'lgan kadrlar salohiyatini
tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi kadrlar
o’rniga zamonaviy fikr yuritadigan, o'z xalqi va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli
avlod kelishiga bog'liq.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda
ifodalanadi:
• iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek qo'yish;
• iste'molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o'tish;
• importga qaramlikni cheklash;
• eksport salohiyatini oshirish;
• istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o'sish;
• mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta'minlash;
• milliy bozorni ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi talablarini to'laroq
qondirish.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimizning dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yahlitligini ta'minlashdan
iborat.
Ushbu yo'nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salohiyatining qisqa
muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta'minlashga imkon berdi. Shuning
uchun ham 2005-2010 yillarda iqtisodiy salohiyatda erishilishi ko'zda tutilgan
tarkibiy o'zgarishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
• qishloq xo'jaligini yangi texnika bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi va unga bog'liq
bo'lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish;
•
iqtisodiyotning
yuqori
samarali,
eksportga
yo'naltirilgan
tuzilmasini
shaklllantirish;
• iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash va yanada
rivojlantirish;
• engil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va
zamonaviylashtirish;
• yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish;
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi islohotlarning yaqin muddatdagi
yo'nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko'zda tutadi:
• byudjetli tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda, byudjet
mablag'lari ishlatilishi samaradorligini oshirish. Bunda YaIM ning byudjet orqali
kayta taqsimlanishini 40-42%dan 25-28%ga tushirish, bu bilan tovar ishlab
chiqaruvchilarga soliq to'lovlari kamayishiga erishadi, ijtimoiy talab ortadi.
• iste'molga ketadigan daromad emas, ko'chmas mulk, zebi-ziynat va qimmatbaho
tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foydalanadigan resurslar (er, suv,
ko'chmas mulk) ga soliq oshirishgani holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang'ich
texnologik sikldagi soliqlarni kamaytirish;
• iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog'lamlashtirish uchun
davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish faoliyatini oshirish, to'lovlar
bo'yicha inqirozlarni yumshatish, baho disparitetiga barxam berish;
• raqobatda afzallikka ega bo'lgan qayta ishlash sanoati korxonalarining iqtisodiy
o'sish ustunvorliklarini aniqlash orqali mamlakat eksport samaradorligini oshirish;
• milliy valyuta almashuv kursi barqarorligiga erishish.
Mamlakatning O'rta muddatli istiqbolida (2000-2005 yillar) sanoatning qo'shimcha
o'sish sur'atlari yiliga 8-9 % ni qishloq xo'jalik mahsulotlari ishi o'sish sur'ati 7-8 %
ni, xizmat ko'rsatish sohasida 7-9 % ni tashkil chilishi kutilmoqda. Binobarin, yengil
sanoat oziq-ovqat, kimyo sanoati, tekstil va qishloq xo'jalik texnikasi ishlab
chiqarishning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi muhim o'rin tutadi. Yangi asr
stategiyasida YaIMning 4-5% o'sishning ta'minlovchi import o'rnini ta'minlovchi
rivojlanish
o'ringa
iqtisodiyotning
eksportga
yo'naltirilgan
tuzilmasini
shakillantirishga e'tiborni kuchaytirish kerak bo'ladi.
4.Bozor munosabatlariga o'tish bosqichlariga oidqarashlar tahlili
Darhaqiqat mamlakat taqdirida keskin va muhim o'zgarishlar ro'y berdi.
O'zlikni anglash boshlandi. Milliy istiqlol g'oyasi fuqarolar imonining mezonini
tashkil eta boshladi.
Iqtisodiy taraqqiyotda jiddiy o'zgarishlarga erishildi. 1997 yildan boshlab,
YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi ta'minlandi va
mamlakatda aholi turmush darajasining yaxshilanishi uchun zamin yaratildi.
Xalqaro ekspertlar ma'lumotiga ko'ra, yangi asr boshiga kelib O'zbekiston ishlab
chiqarish hajmiga ko'ra, inqirozga qadar bo'lgan darajasini, shuningdek BMT inson
taraqqiyoti indeksi (uning tarkibiy qismlari: aholining savodxonlik darajasi; umr
uzunligi; aholi jon boshiga YaIM) bo'yicha reytingidagi o'z maqomini deyarli tiklab
oldi. MDHdagi hech bir boshqa davlat bunga erisha olgani yo'q. Inson potensial
taraqqiyoti indeksi ko'rsatkichlari 1995 yildagi 0,679dan 1999 yilga kelib 0,706 ga
ko'tarildi.
Dastlabki yillarda aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning xarid
quvvatiga ko'ra qiymati 1995 yilda 2440 AQSh dollariga teng bo'lsa, 1999 yilgi
ko'rsatkich 2494 AQSh dollarini tashkil etdi.
Jahon banki yillik hisobotidagi 1999 yil ma'lumotlariga ko'ra esa, O'zbekiston
Respublikasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot qiymati
870 $ ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 1310, Xitoyda 750 $,
Qirg'izistonda 350 $ni, Rossiyada 2300 $ni tashkil etgan.
Xalqaro ekspertlar fikriga ko'ra, inson taraqqiyoti zamirida O'zbekiston
iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
-YaIM o'sish sur'atlarining aholi o'sish sur'atlaridan ustun kelishi, pirovardida
esa, turmush daraja yaxshilanishi uchun zamin yaratildi.
-Uzoq muddatli istiqbolda o'sish omili bo'lgan asosiy kapitalga sarmoya
kiritishning yuqori sur'atlari ta'minlandi.
-Iqtisodiy o'sishning ijobiy sur'atlari sharoitida inflyasiya sur'atlaridan
barqarorlashishi natijasida, aholining real daromadlari va turmush darajasi
yaxshilandi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishdagi zaif
jihatlar turkumiga quyidagilar kiritilgan:
1. O'zbekiston iqtisodiyoti tuzilmasi ilgarigiday o'zining agrar- industrial tabiatini
saqlab kelmoqda.
2. YaIM tarkibida sanoat mahsuloti 20%dan ozroq qismini hamda jismoniy va
ma'naviy eskirgan uskuna va texnologiyalar katta hissani tashkil qiladi.
3. Ishsizlik darajasi tez sur'atlar bilan o'smayotgan bo'lsada, ancha yuqori bo'lib,
iqtisodiyotda qo'llanilmayotgan man'balardagi katta potensialni aks ettiradi.
4. Ta'lim va sog'liqni saqlash tizimida, ayniqsa aralash shaklda moliyalash tizimini
boshqarish qismidagi institutsional o'zgarishlar tugallanmagan.
Shuningdek, islohotlar tajribasini umumlashtirishda turlicha yondoshuvlar
shakllanmoqda.
Ulardan
biri
bozor
munosabatlariga
o'tishning
ijtimoiy
muammolarini hal etilishi 3 bosqichga taqsimlanadi:
1-bosqich (1991-1994);
2-bosqich (1994-1997);
3-bosqich (1997 dan hozirgi paytgacha).
Birinchi bosqichning maqsadi aholi turmush darajasining keskin pasayishi va
ishsizlikning keskin oshishiga yo'l qo'ymaslik bo'ldi. Bu bosqichda davlat oziq-ovqat
xavfsizligini ta'minlash, iste'mol bozorini himoya qilish uchun iste'mol mollarini
me'yoriy tarqatish tizimi, talon va kuponlar joriy etildi. Ijtimoiy kam ta'minlanganlar
uchun imtiyozlar saqlandi.
Ikkinchi bisqichning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab
chiqarish hajmi va iqtisodiy o'sishni barqarorlashtirish, inflyasiyani jilovlash bo'ldi.
Natijada mulkdorlar sinfi shakllandi. Xorijiy omillarga bog'liq bo'lgan o'zak
tarmoqlarini mustahkamlash choralari ko'rildi. Milliy valyuta inflyasiyasini maqbul
darajada jilovlash imkoni yaratildi.
Uchinchi bosqich maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlarni sifat jihatidan
yangi pog'onaga ko'tarishga qaratildi. Iqtisodiyotda miqdor va sifat siljishlari, kichik
biznes va tadbirkorlik uchun huquqli sharoitlar yaratildi, ishsizlikning yashirin va
turg'un holatlarini bartaraf etishga oid choralar ko'rildi. Aholi daromadlarining yangi
turlari - mulkdan va tadbirkorlikdan ham shakllana boshladi. Aholi kam
ta'minlangan qatlamlar qashshoqlashuvi kamaytirildi. Boqimandalik chekindi.
Mehnat va tadbirkorlik faolligi ortdi.
Iqtisodiyotning negizini turli xildagi mulk: tashkil etishi, mulkchilik
munosabatlaridagi islohotlar chuqurlashuvi ham to'rt bosqichda Guruhlantirishga
imkon yaratdi. Bunda 1990-91 yillar tayyorlov bosqichi deb belgilandi.
1-bosqich - 1992-1993 yillar;
2-bosqich - 1994-1995 yillar;
3-bosqich - 1996-1998 yillar;
4-bosqich - 1998 yil oxiridan to hozirgi paytgacha davom etmoqda.
Birinchi bosqichda faol xususiylashtirish boshlangan. Bunda asosan uy-joy
fondi va kichik korxonalar xususiylashtirilgan va jamoa mulkiga aylantirilgan.
Qishloq joylarda har bir oilaga tomorqa er uchastkasi berilgan.
Ikkinchi bosqichda o'rta va yirik engil sanoat mashinasozlik, qurilish
materiallari ishlab chiqarish sohasidagi 50 mingdan ortiq korxonalar ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyatlariga (mehnat jamoasi - 25%, davlat - 26%, erkin sotuvda -
30%, aralash korxonalarga - 10%, xarijiy investorlarga - 10%) aylantirildi. Bozor
infrastrukturasi rivojlandi (birja, bank, xususiy sug'urta kompaniyalari).
Uchinchi bosqichda esa eng yirik aksiya nazorat paketi davlat ihtiyorida
bo'lgan
korxonalar
(jami
3/46
ta)
islohoti
boshlandi.
Xususiylashtirilmaydiganlarning tarkibiy ro'yxati Oliy majlis va Vazirlar
maxkamasi tomonidan belgilab berildi: suvdan foydalanish ob'ektlari, meliorativ
tarmoqlar, muzeylar, sanepidemiya stansiyalar, strategik va xarbiy ahamiyatga ega
bo'lgan byudjetdan tashqari fondlar shular jumlasidandir.
To'rtinchi bosqichga kelib xususiylashtirilgan ob'ektlardan byujdetga mablag'
tushurish, xususiylashtirilgan ob'ektlarga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi
mulkchilik munosabatlarining to'liq faoliyati uchun sharoit yaratish hamda
boshqaruv samaradorligini oshirish choralariga e'tibor kuchaytirildi.
Bu bosqichda xususiylashtirishni guruhlashtirish sohasidagi vazifalar aniqlashtirildi:
•
xususiylashtirishning
miqdoriy
ko'rsatkichlaridan
tarmoqlarni
chuqur
restrukturizasiyalash hamda korxonalarni xususiylashtirishdan so'ng quvvatlash;
• tarmoq va hududlardagi xususiyatlarni to'liq hisobga olish uchun xususiylashtirish
usullarini kengaytirish;
• xususiylashtiriladigan mulkni baholashning tender asosida sotish uchun
takomillashtirish;
• tadbirkorlikni faol quvvatlash, sanasiya va restrukturizasiyalash proseduralarini
amalga oshirish, zararga ishlayotgan korxonalarga barham berish.
Mulkdorlar sinfining shakilanishi tadbirkorlik rivojlantirilish bilan bog'liq
institusional islohotlar ham 4 bosqichda tasniflanadi.
Bunda ham tayyorlov bosqichga alohida e'tibor beriladi, ya'ni 1990-1991 yillarda
mulkchilik va tadbirkorlik to'g'risidagi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi qayd
etiladi.
1-bosqich (1992-1994 yillar) da O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining
qabul qilinishi, «Hususiy mulkchilik himoyasini ta'minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish» to'g'risidagi (yanvar 1994 yil), «Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi
Prezident farmonlari muhim xujjat bo'ldi.
2- bosqich (1995-1996 yy.) respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni
rag'batlantirish to'g'risidagi farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet respublikalari
ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mablag'ning 50%i kichik va o'rta
biznesni rag'batlantirishga qaratildi. Bu bosqichda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlintirish to'g'risida»gi (dekabr 1995y.), «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlik xuquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi (aprel, 1996y.) qonunlar qabul
qilindi. Eng muhimi real ko'p ukladli iqtisodiyot shakillanishiga erishildi, nodavlat
sektori mustahkamlandi. Nodavlat sektorning ulushi milliy daromadda 69%ga etdi.
Salkam 6 mln aholida mulkdorlik hissasi vujudga keldi.
3- bosqich (1997-1999) chet el sarmoyalarini jalb etish asosida
xususiylashtirishning chuqurlashtirilishi bilan tavsiflanadi. E'tibor ko'proq
xususiylashtirishning samaradorligiga qaratildi. Qishloq xo'jaligida paychilik
asosidagi shirkatlarga o'tish boshlandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning ko'p bosqichli tizimi
shakllandi. Bular:
1. Davlat mulkini boqarish qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari.
2. Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (savdo-sanoat palatasi, dehqon va fermer
xo'jaliklari assosiasiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).
3. Moliya-kredit institutlari (biznes fond, dehqon va fermer xo'jaliklarini quvvatlash
fondi, tadbirkorbank).
4. Sug'urta ta'minoti («Madad») va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va axborot -
maslahat bilan quvvatlash institutlari (biznes - inkubator va biznes - maktablar).
5. Xomashyo va materiallar ta'minoti, shuningdek tayyor mahsulot sotish
infrastrukturalari (O'zulgurji birja savdo, Agrosanoat birja, O'z savdo markaz,
mintaqaviy va ixtisoslashgan bozorlar). Natijada jami huquqiy shaxslarning 89%i
Kichik va o'rta korxonalar (160 ming) egasiga aylandi. Kichik va o'rta
korxonalar solig'i qishloq xo'jaligida - 27%, sanoatda -12% ga etdi.
IV
bosqich
(2000
yildan)
iqtisodiyotni
erkinlashtiruv
islohotlarini
chuqurlashtirishdan keyin boshlandi. Tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi joriy
etildi. 270 mingdan ortiq kichik va o'rta biznes sub'ektlari 2005 yil oxiriga kelib
ro'yxatdan o'tdi. Shundan 200 mingdan ortig’i - mikrofirmalardan iborat.
Umuman, iqtisodiyot fanini rivojlantirishda qator o'quv va ilmiy dargohlar
katta hissa qo'shmoqda, shular jumlasiga, O'zRFA Iqtisodiyot instituti, Davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasi, Agrosanoat majmuida bozor islohotlari instituti,
Makroiqtisodiy barqarorlikni o'rganish markazi hamda vazirliklar va oliy o'quv
yurtlaridagi 50 ga yaqin muassasalar kiradi.
Mamlakatimizda, jumladan ToshDIU da olib borilayotgan tadqiqotlarda
milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tish sharoitidagi xususiyatlari izchil
o'rganilmoqda. Masalan, akademik M.Sh. Sharifxo'jaev,
S.S.Fulomov, prof. E.A.Akromov, A.O'lmasov, Sh.Shodmonov va boshqalar o'z
asarlarida milliy iqtisodiyot nazariyasini ishlab chiqish va rivojlantirishga muhim
hissa qo'shmoqdalar.
Jumladan, iqtisodiy tarix, iqtisodiy ta'limotlar tarixi sohasida professorlar
H.S.Sobirov (1922-2003), A.A.Razzoqov, Q.Muftaydinov, N.Q.Yo'ldoshev,
Yu.B.Yusupov kabilar jahon va milliy merosimizning noyob durdonalarini
o'rganish, tartibga solish va tahlil qilishga katta hissa qo'shmoqdalar.
Moliya, investisiya, pul muomalasi, bank ishi sohalarida S.A.
Birjanov (1937-2002), O’.Yu. Rashidov prof. T.S.Malikov, Sh.Z.
Abdullaeva,
O.Olimjonov,
A.Qodirov
va
boshqalarning
tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademik
V.V.Kim,
prof.
A.Abdug'aniev,
A.N.Mahmudov,
D.Axmedovlar
agrar-sanoat
kompleksi
taraqqiyoti muammolarini tadqiq etmoqdalar.
Prof. Q.Abduraxmonov, A.Nazarov. N.Xo'jaev,
Sh.Xolmo'minov va boshqalar mehnat iqtisodiyoti M.Sh.
Sharifxo'jaev va sosiologiyasiga oid darslik va qator o'quv qo'llanmalarni
yaratishgan.
Makro
va
mikro
hamda
mintaqaviy
iqtisodiyot
sohasida
prof.
A.Ishmuhamedov, B.Salimov, N.Ibragimov, E. Mahmudov tadqiqotlari muhimdir.
Statistika bo'yicha prof N.Soatov, X.Nabiev, Z.Toshmatov, E.Akromovlar
sermahsul o'quv, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida prof. S.Qodirxonov, M.Umarova,
M.To'laxo'jaeva, N.Jo'raev, O.Jumanov, S.Vohidov, O.Bobojonov, K.Jumaniyozov
va boshqalar barakali faoliyat ko'rsatishmoqda.
Marketing fani bo'yicha prof. M. Qosimova, D.Muhiddinov, A.Fattoxov va
boshqalar milliy bozor shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlarini tadqiq
etmoqdalar.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida prof.
J.Jalalov, R.Shodiev, G.Nazarova va boshqalarning tadqiqotlarini
alohida eslab o'tish darkor.
Informatika va axborotlar texnologiyasi bo'yicha akademik
S.S.Fulomov, R.Alimov, B.Xodiev, T.Shodiev, Q.Alimov.
A.Shermuxamedov, B.Begalov va boshqalarning faoliyati
diqqatga sazovordir.
Yuqorida eslab o'tilgan olimlarning tadqiqotlari jahon va milliy iqtisodiy tafakkurini
boyitishga ma'lum hissa qo'shib S.S. G’ulomov kelmoqdalar. Ayni