MA’MURIY HUQUQBUZARLIK.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

26,9 KB


MA’MURIY HUQUQBUZARLIK.
REJA:
1.Ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy tavsifi
2. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi.
3. Ma’muriy hquqbuzarlikning umumiy xususiyatlari.
4. Ma’muriy huquqbuzarlikning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi.
6. Ma’muriy huquqbuzarlikning obekti.
7. Ma’muriy huquqbuzarliknig obektiv tomoni.
8. Ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ekti.
9.  Ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ektiv tomoni. 
Aksariyat yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llashning ikki
asosi ko‘rsatib o‘tilgan: birinchidan, qonun – huquqiy (normativ) asosi sifatida;
ikkinchidan, ma’muriy nojo‘ya xatti-harakat (huquqbuzarlik) - faktik asosi sifatida.
Ma’muriy javobgarlikning bu ikkala asosi ham O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida  o‘z  ifodasini  topgan.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi
ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining  1-moddasida  ma’muriy
javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
10-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) - qonun
hujjatlariga  binoan  ma’muriy  javobgarlikka  tortish  nazarda  tutilgan,  shaxsga,
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga,
Logotip
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK. REJA: 1.Ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy tavsifi 2. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi. 3. Ma’muriy hquqbuzarlikning umumiy xususiyatlari. 4. Ma’muriy huquqbuzarlikning o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi. 6. Ma’muriy huquqbuzarlikning obekti. 7. Ma’muriy huquqbuzarliknig obektiv tomoni. 8. Ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ekti. 9. Ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ektiv tomoni. Aksariyat yuridik adabiyotlarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llashning ikki asosi ko‘rsatib o‘tilgan: birinchidan, qonun – huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchidan, ma’muriy nojo‘ya xatti-harakat (huquqbuzarlik) - faktik asosi sifatida. Ma’muriy javobgarlikning bu ikkala asosi ham O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1-moddasida ma’muriy javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 10-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik deganda (faktik asosi) - qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga,
tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik
orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. 
Davlat  boshqaruvi  sohasida  sodir  etiladigan  va  ko‘p  uchraydigan
huquqbuzarlik ko‘rinishlaridan biri – bu ma’muriy huquqbuzarlikdir.
Ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni – amaldagi qonunchiligimizda aniq
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagi umumiy xususiyatlarga egadir:
birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – ijtimoiy zararli hisoblanadi, ya’ni
ularning  sodir  etilishi  bilan  jamiyat  va  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy
manfaatlariga ma’lum bir moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi; 
ikkinchidan,  ma’muriy  huquqbuzarlik  –  ma’muriy   huquqqa  xilof
hisoblanadi,  ya’ni  bunday  xatti-harakatlarni  sodir  etish  qonun  hujjatlari  bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan.
Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy -huquqiy normalarni
buzish ma’nosida talqin qilinadi. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki,
ma’muriy -huquqiy normalar turli ko‘rinishga ega, masalan, namunali xulq-atvor
qoidalarini o‘rnatuvchi – tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy normalar va bu
qoidalarning  buzilishi  uchun  javobgarlikni  o‘rnatuvchi  –  muhofaza  etuvchi
ma’muriy -huquqiy normalar; 
uchinchidan, ma’muriy  huquqbuzarlik – bu qilmishdir.
Ma’muriy huquqbuzarlik - bir yoki bir necha insonlarning ongli va irodali
harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi;
to‘rtinchidan, ma’muriy  huquqbuzarlik – jismoniy shaxs tomonidan sodir
etiladigan  qilmishdir.  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javobgarlik
to‘g‘risidagi  kodeksiga  binoan  ma’muriy  huquqbuzarlikning  sub’ekti  sifatida
faqatgina jismoniy shaxslar namoyon bo‘lishi mumkin;
beshinchidan,  ma’muriy  huquqbuzarlikda  –  aybning  mavjudligi,  ya’ni
ma’muriy huquqbuzarlik – qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan
ongli, irodali qilmish hisoblanadi;
oltinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – jazoga sazovor qilmishdir.
Logotip
tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Davlat boshqaruvi sohasida sodir etiladigan va ko‘p uchraydigan huquqbuzarlik ko‘rinishlaridan biri – bu ma’muriy huquqbuzarlikdir. Ma’muriy huquqbuzarlikning mazmuni – amaldagi qonunchiligimizda aniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagi umumiy xususiyatlarga egadir: birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – ijtimoiy zararli hisoblanadi, ya’ni ularning sodir etilishi bilan jamiyat va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ma’lum bir moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi; ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – ma’muriy huquqqa xilof hisoblanadi, ya’ni bunday xatti-harakatlarni sodir etish qonun hujjatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan. Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy -huquqiy normalarni buzish ma’nosida talqin qilinadi. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, ma’muriy -huquqiy normalar turli ko‘rinishga ega, masalan, namunali xulq-atvor qoidalarini o‘rnatuvchi – tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy normalar va bu qoidalarning buzilishi uchun javobgarlikni o‘rnatuvchi – muhofaza etuvchi ma’muriy -huquqiy normalar; uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – bu qilmishdir. Ma’muriy huquqbuzarlik - bir yoki bir necha insonlarning ongli va irodali harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi; to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – jismoniy shaxs tomonidan sodir etiladigan qilmishdir. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ekti sifatida faqatgina jismoniy shaxslar namoyon bo‘lishi mumkin; beshinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikda – aybning mavjudligi, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik – qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan ongli, irodali qilmish hisoblanadi; oltinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik – jazoga sazovor qilmishdir.
Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi
kodeksi 10-moddasining 1-qismiga binoan ma’muriy  huquqbuzarlik deganda –
qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qilmish
tushuniladi. 
Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda
tutilgan taqdirdagina, bunday xatti-harakatlar huquqbuzarlik sifatida e’tirof etilishi
mumkin. Javobgarlikka tortish - huquqbuzarlikning asosiy xususiyatlaridan biridir.
Huquqqa xilof, aybli va jazoga sazovor qilmishning xususiyatini o‘zida
ifoda etgan barcha huquqbuzarlik ham, ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanmaydi.
Gap  shundaki,  aniq  bir  qilmishda  ma’muriy  huquqbuzarlik  tarkibi  mavjud
bo‘lmasligi mumkin va bu holat qilmishni sodir etgan shaxsning javobgarlikka
tortilishiga olib kelmaydi.
Huquqbuzarlik  tarkibini  ifodalovchi  xususiyatlar  esa,  bu  –  qonun
hujjatlarida mustahkamlangan va sodir etilgan qilmishni huquqbuzarlik sifatida
ifodalash mumkin bo‘lgan xususiyatlardir.
Huquqbuzarlik  tarkibini  ifodalovchi  o‘zaro  yaqin  xususiyatlar  birlashib,
huquqbuzarlik tarkibi elementlarini tashkil etadi. 
Huquqshunos olim Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy huquqbuzarlikni
tavsiflashda  uning  yuridik  tarkibi  katta  ahamiyatga  egadir.  Ma’muriy
huquqbuzarlikning yuridik tarkibi – bu uning ichki tuzilishini anglatuvchi yuridik
xususiyatdagi elementlar yig‘indisidir. 
Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi tushunchasini anglash va uni aniqlash -
ma’muriy  javobgarlikka  tortishning  qonuniyligini  ta’minlaydi,  ma’muriy
huquqbuzarlikning boshqa huquqbuzarliklardan farqini belgilab beradi. 
Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – bu ma’muriy  huquq normalari bilan
o‘rnatilgan xususiyatlarning yig‘indisi bo‘lib, ularning mavjud bo‘lishi bilan aniq
bir qilmishlar – ma’muriy  huquqbuzarlik sifatida tan olinadi.
Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy  huquqbuzarlik ham:
huquqbuzarlikning obekti va obektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni kabi
xususiyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Logotip
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 10-moddasining 1-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik deganda – qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qilmish tushuniladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan taqdirdagina, bunday xatti-harakatlar huquqbuzarlik sifatida e’tirof etilishi mumkin. Javobgarlikka tortish - huquqbuzarlikning asosiy xususiyatlaridan biridir. Huquqqa xilof, aybli va jazoga sazovor qilmishning xususiyatini o‘zida ifoda etgan barcha huquqbuzarlik ham, ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanmaydi. Gap shundaki, aniq bir qilmishda ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo‘lmasligi mumkin va bu holat qilmishni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilishiga olib kelmaydi. Huquqbuzarlik tarkibini ifodalovchi xususiyatlar esa, bu – qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sodir etilgan qilmishni huquqbuzarlik sifatida ifodalash mumkin bo‘lgan xususiyatlardir. Huquqbuzarlik tarkibini ifodalovchi o‘zaro yaqin xususiyatlar birlashib, huquqbuzarlik tarkibi elementlarini tashkil etadi. Huquqshunos olim Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy huquqbuzarlikni tavsiflashda uning yuridik tarkibi katta ahamiyatga egadir. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi – bu uning ichki tuzilishini anglatuvchi yuridik xususiyatdagi elementlar yig‘indisidir. Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi tushunchasini anglash va uni aniqlash - ma’muriy javobgarlikka tortishning qonuniyligini ta’minlaydi, ma’muriy huquqbuzarlikning boshqa huquqbuzarliklardan farqini belgilab beradi. Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – bu ma’muriy huquq normalari bilan o‘rnatilgan xususiyatlarning yig‘indisi bo‘lib, ularning mavjud bo‘lishi bilan aniq bir qilmishlar – ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tan olinadi. Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy huquqbuzarlik ham: huquqbuzarlikning obekti va obektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni kabi xususiyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning obekti – bu ma’muriy huquq normalari bilan
o‘rnatilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi
navbatda davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir.
Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’muriy
huquq  normalari  bilan,  balki  ma’muriy  -huquqiy  vositalar  bilan  muhofaza
etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (Konstitutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va
h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga
keladi. Shu sababli, ma’muriy  huquqbuzarlik obektiga - ma’muriy javobgarlik
normalari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin.
Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obekti, odatda. uch guruhga
bo‘linadi:
birinchidan,  ma’muriy   huquqbuzarlikning  umumiy  obekti  –  davlat
boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Masalan, O‘zR
MJtKning 10-moddasi 1-qismida ma’muriy  huquqbuzarlik obekti umumiy holda -
“shaxs,  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklari,  mulkchilik,  davlat  va  jamoat
tartibi, tabiiy muhit” ko‘rsatib o‘tilgan;
ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obekti – mazmuni va
o‘zaro yaqin xususiyatlariga qarab yagona tizimga keltirilgan obektlardir. Masalan,
O‘zR MJtKning maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga
birlashtirilgan:
fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar; 
aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar;
mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;
tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanish  sohasidagi
huquqbuzarliklar;
sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish
sohasidagi huquqbuzarliklar; 
qishloq  xo‘jaligidagi  huquqbuzarlik,  veterinariya-sanitariya  qoidalarini
buzish; 
transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar; 
Logotip
Ma’muriy huquqbuzarlikning obekti – bu ma’muriy huquq normalari bilan o‘rnatilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy -huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (Konstitutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obektiga - ma’muriy javobgarlik normalari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin. Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obekti, odatda. uch guruhga bo‘linadi: birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy obekti – davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Masalan, O‘zR MJtKning 10-moddasi 1-qismida ma’muriy huquqbuzarlik obekti umumiy holda - “shaxs, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit” ko‘rsatib o‘tilgan; ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obekti – mazmuni va o‘zaro yaqin xususiyatlariga qarab yagona tizimga keltirilgan obektlardir. Masalan, O‘zR MJtKning maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar; aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar; mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish; transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar;
fuqarolarning  turar  joy  huquqlariga  taaluqli,  kommunal  xizmat  va
obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar; 
savdo tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar;
odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 
jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 
boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar;
uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obekti – huquqbuzarlik
oqibatida  bevosita  zarar  yetkazilgan,  aniq  obekt  hisoblanadi.  Masalan,  O‘zR
MJtKning 40-moddasida mustahkamlangan tuhmat huquqbuzarligining bevosita
obekti – fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi; yoki, 237-moddasiga
binoan  harbiy  xizmatga  yoki  muqobil  xizmatga  chaqirilishdan  bosh  tortishda
ifodalangan  huquqbuzarlikning  bevosita  obekti  bo‘lib  –  boshqaruv  jarayonida
o‘rnatilgan  tartib,  ya’ni  fuqarolarning  harbiy  yoki  muqobil  xizmatni  o‘tash
majburiyati hisoblanadi.
M’amuriy huquqbuzarlikning obektiv tomoni – bu huquqqa xilof qilmishdir,
ya’ni  ma’muriy  huquqbuzarlik  obektiga  qaratilgan  harakat  yoki  harakatsizlik,
uning xususiyatlari, shuningdek, uni sodir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari
hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik obektiv tomondan ikki ko‘rinishga ega:
birinchidan,  ma’muriy  huquqbuzarlikni  harakat  natijasida  sodir  etish.
Harakat  –  insonning  faol  xulq-atvori  hisoblanadi.  Aksariyat  ma’muriy
huquqbuzarliklar,  obektiv  tomondan  shaxslarning  harakati  orqali  sodir  etiladi.
Masalan, tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘rnatilgan turli
umummajburiy  qoidalarni  buzishda  ifodalangan  huquqbuzarliklar  -  harakatlar
natijasida sodir etiladi;
ikkinchidan,  ma’muriy  huquqbuzarlikning  harakatsizlik  natijasida  kelib
chiqishi. Harakatsizlik – insonning passiv xulq-atvori bo‘lib, odatda, belgilangan
vazifani,  majburiyatni  bajarmaganlik  yoki  lozim  darajada  bajarmaganlikda
ifodalanadi. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini
o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganlik, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga
Logotip
fuqarolarning turar joy huquqlariga taaluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar; savdo tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar; odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obekti – huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan, aniq obekt hisoblanadi. Masalan, O‘zR MJtKning 40-moddasida mustahkamlangan tuhmat huquqbuzarligining bevosita obekti – fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi; yoki, 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tortishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obekti bo‘lib – boshqaruv jarayonida o‘rnatilgan tartib, ya’ni fuqarolarning harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash majburiyati hisoblanadi. M’amuriy huquqbuzarlikning obektiv tomoni – bu huquqqa xilof qilmishdir, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik obektiga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik, uning xususiyatlari, shuningdek, uni sodir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik obektiv tomondan ikki ko‘rinishga ega: birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni harakat natijasida sodir etish. Harakat – insonning faol xulq-atvori hisoblanadi. Aksariyat ma’muriy huquqbuzarliklar, obektiv tomondan shaxslarning harakati orqali sodir etiladi. Masalan, tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘rnatilgan turli umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalangan huquqbuzarliklar - harakatlar natijasida sodir etiladi; ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning harakatsizlik natijasida kelib chiqishi. Harakatsizlik – insonning passiv xulq-atvori bo‘lib, odatda, belgilangan vazifani, majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadi. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganlik, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga
ta’lim  berish  bo‘yicha  majburiyatlarni  bajarmaganlik,  hokimiyat  vakilining
qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalangan huquqbuzarliklar – harakatsizlik
natijasida kelib chiqadi.
D.N.Baxraxning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy huquqbuzarlikning obektiv
tomoni – huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi
ko‘rinishini ifodalaydigan xususiyatlar yig‘indisidir. Obektiv tomon – qilmishni
huquqbuzar tashqi xulq-atvorining ko‘rinishi sifatida ifodalaydi. Obektiv tomon
xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ularning sodir etilishi
bilan  vujudga  kelgan  zararli  oqibat  kiradi.  Masalan,  transport  vositalari
haydovchilari  tomonidan  yo‘l  harakati  qoidalarini  buzish  –  harakat  tezligini
oshirish (harakat), yo‘l belgilariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi
turli  xatti-harakatlarda  namoyon  bo‘ladi.  Bunday  qilmishlar  natijasida:  yo‘l
harakati  xavfsizligiga  xavf  solinishi,  boshqa  yo‘l  harakati  ishtirokchilarining
harakatlanishiga  halaqit  berish,  avariya  holatini  vujudga  keltirish  yoki  yo‘l-
transport hodisalarini sodir etilishiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi
kodeksining 13-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n
olti yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
O‘zR  MJtKning  20-moddasiga  binoan  esa,  g‘ayrihuquqiy  harakat  yoki
harakatsizlik  sodir  etgan  vaqtida  aqli  norasolik  holatida  bo‘lgan  shaxs,  ya’ni
surunkali ruhiy kasallik, ruhiy faoliyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud
boshqa xil  kasallik  oqibatida o‘z harakatining  (harakatsizligining)  ahamiyatini
idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs ma’muriy  javobgarlikka tortilishi
mumkin emas.
Demak, umumiy qoidagi ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ekti - bu
16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir.
 Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida  ma’muriy
javobgarlikning sub’ektlari uch guruhga bo‘lingan:
Logotip
ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik, hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalangan huquqbuzarliklar – harakatsizlik natijasida kelib chiqadi. D.N.Baxraxning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy huquqbuzarlikning obektiv tomoni – huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan xususiyatlar yig‘indisidir. Obektiv tomon – qilmishni huquqbuzar tashqi xulq-atvorining ko‘rinishi sifatida ifodalaydi. Obektiv tomon xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ularning sodir etilishi bilan vujudga kelgan zararli oqibat kiradi. Masalan, transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish – harakat tezligini oshirish (harakat), yo‘l belgilariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi turli xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Bunday qilmishlar natijasida: yo‘l harakati xavfsizligiga xavf solinishi, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga halaqit berish, avariya holatini vujudga keltirish yoki yo‘l- transport hodisalarini sodir etilishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. O‘zR MJtKning 20-moddasiga binoan esa, g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik holatida bo‘lgan shaxs, ya’ni surunkali ruhiy kasallik, ruhiy faoliyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud boshqa xil kasallik oqibatida o‘z harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Demak, umumiy qoidagi ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ekti - bu 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ma’muriy javobgarlikning sub’ektlari uch guruhga bo‘lingan:
1)  umumiy  sub’ekt  –  har  qanday  16  yoshga  to‘lgan  jismoniy  shaxs.
Jumladan, O‘zR MJtKning 13-moddasida ma’muriy  javobgarlik sub’ekti umumiy
holda ko‘rsatib o‘tilgan;
2)  maxsus  sub’ekt  –  umumiy  sub’ektlarga  qaraganda  o‘ziga  xos
xususiyatlarga  (qo‘shimcha  belgilarga)  ega  bo‘lgan  sub’ektlardir.  M’amuriy
huquqbuzarlikning  maxsus  sub’ektiga  -  mansabdor  shaxslarni,  haydovchilarni,
voyaga yetmaganlarni va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur shaxslar tomonidan
sodir etiladigan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik
o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan sodir
etiladigan  ma’muriy  huquqbuzarliklar  ularning  egallab  turgan  lavozimi  yoki
mansabi  bilan  yoxud  ular  zimmasiga  yuklangan  vazifalar  (majburiyatlar)ning
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi bilan bog‘liq holda sodir
etiladi.  Mansabdor  shaxslarning  ma’muriy  javobgarligi  fuqarolarga  (umumiy
sub’ekt) qaraganda yuqori bo‘ladi.
Misol № 1. O‘zR MJtKning 175-4-moddasiga binoan ish haqini taqiqlangan
shakllarda to‘lash uchun faqatgina mansabdor shaxslargina javobgarlikka tortilishi
mumkin. Chunki xodimlarga ish haqini berish majburiyati korxona, muassasa va
tashkilotning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklangan. 
Misol  №  2.  O‘zR  MJtKning  125-moddasiga  binoan  foydalanish  man
etiladigan  darajada  nosozligi  bo‘lgan  transport  vositalarini  boshqarish  uchun
faqatgina haydovchilar javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki, haydovchigina -
transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi
belgilangan.  Lekin  16  yoshdan  18  yoshgacha  bo‘lgan  fuqarolar  -  voyaga
yetmaganlar  toifasiga  kirishini  ham  unutmaslik  kerak.  Ularning  ma’muriy
javobgarligi, odatda maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi;
3) alohida sub’ekt – intizom Ustavlvri yoki xizmat to‘g‘risidagi nizomlar
tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan
harbiy xizmatga majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar
tarkibiga mansub  shaxslar.  Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida sub’ektlari  –
Logotip
1) umumiy sub’ekt – har qanday 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxs. Jumladan, O‘zR MJtKning 13-moddasida ma’muriy javobgarlik sub’ekti umumiy holda ko‘rsatib o‘tilgan; 2) maxsus sub’ekt – umumiy sub’ektlarga qaraganda o‘ziga xos xususiyatlarga (qo‘shimcha belgilarga) ega bo‘lgan sub’ektlardir. M’amuriy huquqbuzarlikning maxsus sub’ektiga - mansabdor shaxslarni, haydovchilarni, voyaga yetmaganlarni va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar ularning egallab turgan lavozimi yoki mansabi bilan yoxud ular zimmasiga yuklangan vazifalar (majburiyatlar)ning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi bilan bog‘liq holda sodir etiladi. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi fuqarolarga (umumiy sub’ekt) qaraganda yuqori bo‘ladi. Misol № 1. O‘zR MJtKning 175-4-moddasiga binoan ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash uchun faqatgina mansabdor shaxslargina javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki xodimlarga ish haqini berish majburiyati korxona, muassasa va tashkilotning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklangan. Misol № 2. O‘zR MJtKning 125-moddasiga binoan foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan transport vositalarini boshqarish uchun faqatgina haydovchilar javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki, haydovchigina - transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi belgilangan. Lekin 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar - voyaga yetmaganlar toifasiga kirishini ham unutmaslik kerak. Ularning ma’muriy javobgarligi, odatda maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi; 3) alohida sub’ekt – intizom Ustavlvri yoki xizmat to‘g‘risidagi nizomlar tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar. Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida sub’ektlari –