MA’MURIY-HUQUQIY NIZO
MAVZU DOIRASIDA KO'RIB CHIQILADIGAN ASOSIY MASALALAR:
1 Ma’muriy yustitsiya va ma’muriy-huquqiy nizo tushunchalari va ularning
o’ziga xos xususiyatlari.
2 Ma’muriy-huquqiy nizolarning hal etishning ma’muriy tartiboti.
3 Ma’muriy-huquqiy nizolarni hal etishning sud tartibi.
4 Xorijiy mamlakatlarda ma’muriy yustitsiya va ma’muriy huquqiy nizolar.
XI.BOB. Ma'muriy Yustitsiya
11.1.Ma’muriy yustitsiya tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Jismoniy va yuridki shaxslarning davlat boshqaruvida buzilgan huquqlarini
tiklashda ma’muriy yustitsiya alohida o’rin tutadi.Yuridik atamalar lug’atiga
ko’ra,”yustitsiya”(lot ,,justitia,,-odillik,qonuniylik)-o’z faolyatida odil sudlovni
amalga oshiruvchi sud muassasalarini bildiruvchi atama sifatida talqin etilgan.
Ma’muriy yustitsiya –davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan jismoniy hamda yuridik shaxslar
o’rtasida davlat boshqaruvi munosabatlaridan kelib chiqadigan ma’muriy –huquqiy nizolarni ko’rib
chiqish va hal etish tizimidir.
Yodda tuting !
Shu o’rinda ma’muriy nizo tushunchasi va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida
to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Ma’muriy-huquqiy nizolar –bu ma’muriy-huquqiy munosabat ishtirokchilarini
huquq va majburiyatlari doirasidan kelib chiqadigan ziddiyatlar,qarama –
qarshiliklar xisoblanadi.Ushbu nizolar bir tomondan davlat organlari,ularning
mansabdor shaxslari,ikkinchi tomondan jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida
yuzaga keladi.Ushbu jihati bilan ma’muriy –huquqiy nizolar boshqa turdagi yuridik
nizolardan farq qiladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning ma’muriy –
huquqiy xususiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Mazkur turdagi nizolar davlat organlarining davlat boshqaruvi funksiyalarini
amalga oshirishlari bilan bog’liq holda yuzaga keladi
Ma’muriy nizolar ma’muriy-huquqiy munosabatlar doirasida yuridik hokimiy
qarorlarni qabul qilish va ularga nisbatan ikkinchi tarafning noroziligi natijasida
yuzaga keladi.
Demak,yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda ma’muriy –huquqiy nizolarga
quyidagicha umumiy tavsif berish mumkin:
ma’muriy –huquqiy nizo-bu ma’muriy huquq subyektlarining huquq va
majburiyatlariga oid nizolaridir;
ma’muriy –huquqiy nizo noqonuniy boshqaruv aktini qabul qilish fakti yuzasidan
ma’muriy-huquqiy munosabat subyektlaridan birining noroziligi ifodasidir.
Ma’muriy –huquqiy nizolar ijro hokimiyati organi tomonidan boshqaruv
funksiyalarini amalga oshirishi bilan bog’liq holda vujudga keladi.Demak,
ma’muriy nizo subyektlaridan biri albatta davlat organi yoki mansabdor shaxsi
hisoblanadi. Ma’muriy –huquqiy nizolar bir tomondan fuqarolar,ikkinchi tomondan
esa davlat boshqaruv organlari o’rtasida yuzaga keladi.
Ma’muriy –huquqiy nizoni quyidagi kazus orqali tushunish mumkin.
Mazkur kazusda Sergeli tuman hokimligi va fuqaro U o’rtasida ma’muriy-huquqiy
nizo kelib chiqmoqda.
Ma’muriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: ma’muriy tartib va sud tartibi
Fuqaro U Toshkent shahar,Sergeli tumani,Qo’yliq-5 mavzesi,2-uy,7-xonadonda tug’ilib,shu
kunga qadar shu xonadonda yashab kelgan.Ushbu xonadon otasi X.bolalar uyi
tarbiyalanuvchisi bo’lganligi hamda mehnat faolyatini amalga oshirish jarayonida olgan
tan jarohatini inobatga olib Sergeli tuman hokimligi 1999-yil 6-aprelda bu uyni ajratib
bergan.Otasi ish joyida olgan tan jarohati oqibatida yotib qolgan va keyinchalik vafot
etgan.Otasi vafotidan kegin fuqaro U.Sergeli tuman hokimligiga murojat qilib u
yashayotgan Toshkent shahar,Sergeli tumani,Qo’yliq-5 mavzesi,2-uy,7-xonadonni
kommunal uy-joy fondidan turar joy fondiga o’tkazishni va ushbu xonadonni uning nomiga
rasmiylashtirib berishni so’rab ariza bilan murojat qilgan.Lekin Sergeli tuman hokimligi
arizachi talablarini qanoatlantirishni rad etdi.Arizachi Sergeli tuman hokimligining ushbu
javob xatidan norozi bo’lib, Sergeli tuman hokimligining xatini g’ayriqonuniy deb topishni
so’rab sudga shikoyat qilgan.
Muammoli vaziyat
Ma’muriy yustitsiya
Ma’muriy tartib
Sud tartibi
Keyingi paragraflarda ma’muriy yustitsiyaning har bir shaklini alohida tahlil qilib
chiqamiz.
11.2. Ma’muriy-huquqiy nizolarni hal etishning ma’muriy tartiboti
Ma’muriy yustitsiyaning ma’muriy tartibida ma’muriy nizolarni hal etish
deganda,jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy organ yoki ularning
mansabdor shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular
tomonidan chiqarilgan g’ayriqonuniy qarorlarustidan yuqori turuvchi organ yoki
maxsus tashkil etilgan organga shikoyat qilish va ko’rib chiqish tushuniladi.
“Ma’muriy-tartib taomillar to’g’risida”gi qonunning 5-bobi ma’muriy shikoyat
bo’yicha ish yuritishga bag’ishlangan bo’lib,qonunning 62-moddasiga ko’ra
ma’muriy shikoyat ma’muriy hujjatlar ustidan,prosessual hujjatlar ustidan,agar
ularning ustidan shikoyat qilish ushbu qonunda nazarda tutilgan bo’lsa va ma’muriy
harakatlar ustidan,shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni
tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Ma’muriy-huquqiy nizolarni ma’muriy tartibda hal etishning huquqiy asoslari “Ma’muriy-tartib
taomillar to’g’risida”gi, ” Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunlar va
boshqa qonun hujjatlari hisoblanadi
Yodda tuting !
Mamuriy
shikoyat
Mamuriy hujjatlar
Prosessual hujjat
Ma’muriy harakatlar
Mansabdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonun xujjatlariga muvofiq ma’muriy
shikoyatlarni ko’rib chiqishga vakolatli bo’lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga
yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy
xujjatni, pirassesual xujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga
oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin. Ma’muriy shikoyatni olgan
ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy
shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko’rib
chiqishga vakolatli bo’lgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga
yuboradi. Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni
ma’muriy tartibda ko’rib chiqish natijalaridan norozi bo’lgan yoki yuqori turuvchi
ma’muriy organ mavjud bo’lmagan taqdirda ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat
qilishga haqli.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa ma’muriy shikoyat
ma’muriy hujjat prosessual hujjat to’g’risida tegishli tarzda xabardor qilingan
paytdan yoki manfaatdor shaxsga ma’muriy harakat haqida malum bo’lgan paytdan
etiboran o’ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Ma’muriy shikoyat berish
muddati, agar u uzrli sababga ko’ra o’tkazib yuborilgan bo’lsa, shikoyatni ko’rib
chiquvchi ma’muriy organ tomonidan tiklanishi mumkin. Ma’muriy shikoyat
yozma, og’zaki yoki electron shakilda beriladi va unda quyidagilar ko’rsatilgan
bo’lishi kerak.
1) Ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi
2) Shikoyat bergan arizachinining (uning vakilining ) familiyasi, ismi, otasining
ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa-uning nomi va joylashgan yeri
(po’shta manzili)
3) Arizachining talablari
4) Ilova qilinayotgan hujjatlarni ro’yxati (mavjud bo’lgan taqdirda)
5) Ariza berilgan sana
Ma’muriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar
shikoyat vakil tomonidan berilgan bo’lsa unga ishonchnomaning yoki vakilning
vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa xujjatning ko’chirma nusxasi ilova kilinishi
kerak.
Konun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda, boshqa jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilish maqsadida berilgan
ma’muriy shikoyatda “Ma’muriy-tartib taomillar to’g’risida”gi qonunda sanab
o’tilgan ma’lumotlardan tashqari manfaatlarini ko’zlab shikoyat berilayotgan
shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi ) va uning manzili hamda qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot ko’rsatilishi kerak. Qonun hujjatlarida
ma’muriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga doir boshqa talablar ham
nazarda tutilishi mumkin. Ma’muriy organ ma’muriy shikoyatga va unga ilova
qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan talablar
qo’yishga haqli emas. Jismoniy shaxs og’zaki shikoyat qilinayotganda o’z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsni vakili esa o’z vakolatlarini tasdiqlaydigan va
o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish kerak.
Elektiron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va
yagona identifikatori qonuniy hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa electron
raqamli imzo va boshqa rekvizitlar ko’rsatilishi kerak. Shikoyatda manzilning
ko’rsatilganligi arizachini habarnomalarini ahborat tizimi orqali elektiron shakilda
qabul qilishga bo’lgan roziligidir.
Yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat bo’yicha
quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli.
-shikoyat qilingan ma’muriy yoki prosessual hujjatni o’zgarishsiz qoldirish.
- shikoyat qilingan ma’muriy yoki prosessual hujjatga o’zgartirishlar kiritish.
-ma’muriy yoki prosessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo’lganda yangi hujjat qabul
qilish.
Yodda tuting!
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa,yuqori turuvchi
ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat bo’yicha o’ttiz ish
kuni ichida qaror qabul qilishi shart.Ma’muriy shikoyat bo’yicha belgilangan
muddat ichida qaror qabul qilinmagan taqdirda,manfaatdor shaxs ma’muriy
hujjat,prosessual hujjat yoki ma’muriy hujjat ustidan sud tartibida shikoyat qilishga
haqli.
11.3. Ma’muriy-huquqiy nizolarni hal etishning sud tartibi.
Ma’muriy yustitsiyaning sud tartibida ma’muriy nizolarni hal etish deganda-
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy organ yoki ularning mansabdor
shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat ( harakatsizlik )yoki ular
tomonidan chiqarilgan g’ayriqonuniy qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish va uni
ko’rib chiqish tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrda qabul qilingan
“Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PF-4850 – son.2017-yilning 7-fevralda qabul qilingan “ O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirhs bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-son va 2017-yil 21-fevralda qabul qilingan “ O’zbekiston Respublikasi sud
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida ”gi PF-4966-son farmonlarida ham aynan sudlarni
yanada ixtisoslashtirish va ma’muriy sudlarni tashkil etish bilan bog’liq vazifalar
belgilandi.Bu borada huquqshunos Mirafzal Miroqulov quyidagilarni ta’kilab o’tgan
“Har qanday huquqni belgilash,agarki ularni amalga oshirishning real kafolatlari
ta’minlanmasa,kutilgan natija bermaydi.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilishning turli kafolatlari mavjud.huquqiy kafolatlarning eng
muhimi bu-shaxsning sud orqali himoya qilinish huquqini ta’minlashdir.Bu borada
muhim qadam fuqarolik,jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va xo’jalik sudlarining
vakolatlarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish
hisoblanadi.”
Shu narsa ayonki,bugungi kunda fuqarolarning aksariyati davlat organi yoki
mansabdor
shaxsning
soliq,mehnat,tadbirkorlik,,uy-joy,ruxsat
berish
va
litsenziyalash borasidagi qarorlaridan shikoyat qilinmoqda.Aynan shu kabi
munosabatlarni ommaviy-huquqiy munosabat deb tushunishimiz,shuningdek
ma’muriy sudlar bir tarafda albatta,davlat organi yoki mansabdor shaxs bo’lgan va
davlat hokimiyati vakolatlaridan kelib chiqadigan nizolar predmet bo’ladigan
ishlarni ko;rib hal qilinishi e’tiborga olishimiz kerak.
Ta’kidlash joizki.har qanday nizoni ko’rib chiqib adolatli tarzda hal etishda ikki
jihatga e’tibor qaratish lozim.Ularning birinchisi nizo ma’muriy organning qaysi
qonun jihatiga zid hatti-harakati yoki qarori natijasida vujudga kelganini to’g’ri
aniqlash hamda sudda nizoni ko’rib chiqib hal etishning qonuniy talablariga qat’iy
rioya qilishdir.Ikkinchi jihatning ahamiyati juda katta.Zero sudlar ma’muriy ishlarni
faqat qonunga bo’ysungan holda ko’rib chiqishlari lozim. Bu eng avvalo
Konstitutsiyada belgilangan qat’iy prinsipdir.
Shu munosabat bilan,2018-yil 25-yanvar kuni ma’muriy sudlar tomonidan
ma’muriy ishlarni ko’rib chiqib hal etishga doir munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan alohida O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy ishlarni yuritish
to’g’risidagi kodeksi qabul qilindi.Kodeksning 2018-yil 1-apreldan e’tiboran
kuchga kirishi alohida belgilab qo’yildi.Kodeks 288 moddani qamrab olgan 29 bob
va IV bo’limdan iborat.
Kodeksning qabul qilinishining amaliy ahamiyati shundaki,endilikda ma’muriy
ishlarni sudlar tomonidan ko’rib chiqish fuqarolik ishlari singari fuqarolik
prosessual qonunchiligiga asoslanib emas, balki ma’muriy ishlarni yuritishga doir
alohida qonunchilik bilan tartibga solinadigan bo’ldi.Ya’ni,ma’muriy sudlar
ma’muriy ishlarni alohida prosessual qonunchilikka tayangan holda ko’rib
chiqadi.Bu shuni anglatadiki,Ma’muriy sud ishlarini yuritish tog’risidagi kodeks
mazmun-mohiyatiga
ko’ra
fuqarolik
prosessual
qonunchiligidan
farq
qiladi.Xususan,agar fuqarolik prosessida da’vo ishining taraflari prosessning
istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli
bo’lsalar,ma’muriy sud ish yurituvida taraflar bunga haqli emaslar.Bu esa davlat
organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan qarorlarni har tomonlama puxta o’ylagan
holda qabul qilishlariga olib keladi.Provard natijada davlat va jamiyat hayotida
qonuniylikning mustahkamlanishiga erishiladi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,ma’muriy sud ishlarini yuritish
to’g’risidagi kodeks ma’muriy ishlarni ko’rib chiqishning xususiyatlari inobatga
olingan holda qabul qilingan. Bu ayni kodeksning 2-moddasida mustahkamlanib
Ma’muriy-huquqiy nizolarni sud tartibida hal etishning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksidir.
Yodda tuting !
qo’yilgan ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarida aniq namoyon bo’ladi.Bular
ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini,fuqarolar,shuningdek
korxonalar,muassasalar,tashkilotalrning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash,ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar
va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nozolashilayotgan huquqlari,erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish;ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy
munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning
oldini olishga ko'maklashish;qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini
shakllantirishdir.
Kodeksning 8-16-moddalarida Ma’muriy sud ishlarini yuritishda
muhim bo’lgan odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun
va sud oldida tenglik, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo’ysunishi,
taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi, ma’muriy sud ishlari yuritiladigan
til, sud muhokamasining oshkoraligi, sud muhokamasining bevositaligi,
ma’muriy ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish, sud hujjatlarining
majburiyligi kabi to’qqizta prinsip keltirib o’tilgan.
Ma’muriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to’g’risidagi ishlar;
2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’murir-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga
vakolatli bo’lgan boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining va
ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar va
yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi ishlar;
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi
ishlar;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro’yxatga
olish rad etilganligi yoki notariusning yohud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi
ishlar;
5) davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish yohud belgilangan muddatda davlat ro’yxatidan
o’tkazishdan bo’yin tovlash ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi ishlar.
E’tibor bering!
Biroq, shuni alohida qayd etish lozimki, sud fuqarolar va yuridik shaxslarning
buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish to’g’risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan
yuzaga keladigan, qonun bilan o’zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal
qiladi.
Yuqoridagi ro’yxatdan shu narsa ayon bo’ladiki, ma’muriy sud ish yurituvi orqali
nafaqat ma’muriy huquqdan kelib chiqadigan, balki shu bilan bir qatorda
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga daxldor bo’lgan ishlar ham
ko’rib chiqiladi. Kodeksda ular bitta atama, ya’ni ma’muriy ish deb ataladi.
Ma’muriy ishlarning sudlovga tegishliligi masalasi ham muhimdir. Umumiy qilib
aytganda, sudga taaluqli ishlar tuman (shahar) ma’muriy sudlari tomonidan
ko’riladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy
sudi esa birinchi instansiya sudi sifatida davlat siri bilan bog’liq bo’lgan ishlarni
ko’radi. Biroq shunga qaramay, mazkur sudlar alohida holatlarga qarab, har qanday
ishni tuman (shahar) sudidan olib qo’yishga va uni birinchi instansiya bo’yicha
o’zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o’tkazishga
haqlidir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudloviga esa idoraviy normativ- huquqiy
hujjatlar yuzasidan nizolashish to’g’risidagi hamda O’zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish
haqidagi ishlarni ko’rib chiqish kiradi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan ma’muriy suddan olib
qo’yishga va uni birinchi instansiya bo’yicha o’zining ish yurituviga qabul qilishga,
ishni bir suddan boshqasiga o’tkazishga haqli ekanini aytib o’tish lozim. Bundan
tashqari, O’zbekiston Respublikasi harbiy sudlari ham qonun bilan o’z vakolatlariga
kiritilgan ma’muriy ishlarni ko’rib chiqadi.
Ma’muriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlarga taaluqli ishlarni tushunib
olish uchun quyidagi kazusni tahlil qilish mumkin.
Toshkent shahar, N.ko’chasidagi 54-uy fuqaro S.Rahmonovga tegishli bo’lib, u 2011-yil 15-
aprelda vafot etgan. Uning vafotidan keyin qolgan yuqorida ko’rsatilgan mol-mulkka
nisbatan merosxo’rlar topilmaganligi sababli, mazkur xonadon qarovsiz qolib ketgan.
2017-yilning avgust oyida shahar hokimligi vakili ishtirokida o’tkazilgan mahalla fuqarolar
yig’ini majlisida S.Rahmonovga tegishli bo’lgan uyning ancha vaqtdan buyon qarovsiz
holda ekani aytildi. Bundan boxabar bo’lgan shahar hokimi S.Rahmonovga tegishli bo’lgan
uyni egasiz mulk deb topish hamda uni davlat hisobiga o’tkazish haqida qaror qabul qildi.
Toshkent shahar hokimining qaroridan norozi bo’lgan fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish
organi raisi Toshkent shahar ma’muriy sudiga arizasi bilan murojaat qildi. Toshkent
shahar ma’muriy sudi arizasini o’rganib chiqdi va unda keltirilgan vajlar bevosita fuqarolik
huquqiga tegishli bo’lgani sababli ishni ma’muriy sudning sudloviga taaluqli emas deb
hisoblab arizani qabul qilib olishni rad etdi.
Muammoli vaziyat
Qaroriga e’tibor qaratish lozim, ya’ni hokim qarorining mazmuni fuqarolik
huquqiy munosabatga oid bo’lsada, arizachi hokim qaroridan norozi bo’lmoqda.
Ma’muriy ishlar birinchi instansiya sudida yuqoridagi sudlar tomonidan
qo’zg’atiladi. Bunga manfaatdor shaxslarning yoki prokurorning yohud davlat
organlari va boshqa shaxslarning arizalari asos bo’ladi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning yana bir muhim jihati
shundaki, unda isbotlash majburiyati aniq belgilab qo’yilgan. Kodeksning 67-
moddasiga ko’ra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o’z talablari va e’tirozlariga
asos qilib keltirilayotgan holatlarni isbotlab berishi lozim. O’zbekiston
Respublikasining konstitutsiyasib 2-moddasida mustahkamlangan muhim prinsip –
davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi
mas’ulligini inobatga olinib ma’muriy organlarning nizolashayotgan hujjatlarining,
fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari
harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli
organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, mazkur
organlar va mansabdor shaxslar o’z e’tirozlariga asos qilib keltirilayotgan faktlarni
ham tasdiqlashi shart. Bunday qoidaning o’rnatilishi sudgacha bo’lgan jarayon –
ma’muriy tartib-taomillarda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy va
yuridik shaxslarning huquq qonuniy manfaatlatrig daxldor bo’lgan qarorlarni
qonuniylik prinsipiga tayangan holda qabul qilishlari, buning aksi bo’lgan taqdirda
esa sud oldida javob berishlarini his qilishga chorlaydi.
Buning natijasida konstitutsiya va qonunning ustunligi ta’minlanishi, davlat
organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat
xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq ma’muriy-tartib taomillarga doir munosabatga
kirishish jarayonida ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilishlari, pirovard
natijada davlat organlarining xalqimizga samarali xizmat qilishiga erishish mumkin.
Ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlari apellyatsiya, kassatsiya va
nazorat tartibida ko’rib chiqilishi mumkin. Bunda protsessual muddatlarga alohida
e’tibor qaratish lozim. Ma’muriy ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud
muhokamasiga tayyorlash to’g’risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan
oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarni inobatga olib sud
muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga
uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, saylov komissiyasining xatti-harakatlari
(qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan
e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko’rib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam
vaqt qolgan bo’lsa, darhol ko’rib chiqilishi lozimligi alohida belgilab qo’yilgan.
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
kirmagan hal qiluv qarori ustidan u qabul qilingan kundan e’tiboran yigirma kun
ichida berilishi mumkin. Apellyatsiya instansiyasi sudi berilgan apellyatsiya
shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo’lmagan muddatda ko’rib chiqadi.
Kassatsiya shikoyati yoki protesti birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
kirgan hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida
berilishi mumkin. Shuningdek, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya shikoyati
(protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo’lmagan
muddatda ko’rib chiqiladi.
Apellaytsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud hujjatlari
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan,
ammo huquqlari va majburiyatlari to’g’risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan
shaxslar tomonidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Ish nazorat
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to’g’risida ajrim chiqarilgan yoki
protest O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan
kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay nazorat tartibida ko’riladi. Ishlar
nazorat tartibida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo’yicha
sudlov hay’ati yoki O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosati tomonidan ko’rib
chiqiladi.
Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksda sudlarda ishlarni ko’rib
chiqishning zamonaviy texnologiyalariga alohid e’tibor qaratilgan. Bunda sud