MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

21

File size

Fayl hajmi

42,4 KB


MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY
MUNOSABATLAR
Reja:
1.Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va tuzilishi.
2.Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi.
3.Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati.
4.Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor
bo‘lishi.
6.M’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari.
Logotip
MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR Reja: 1.Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va tuzilishi. 2.Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi. 3.Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati. 4.Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. 5.Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi. 6.M’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari.
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, huquq – ijtimoiy munosabatlarga
ta’sir etuvchi vosita sifatida, doimo muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi
sifatida o‘zini namoyon etadi. 
Har qanday huquq tarmog‘ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo‘nalishi
huquqiy normalar xususiyati bilan belgilanib, ularning yig‘indisi huquq tizimi u
yoki bu tarmog‘ining mazmunini tashkil etadi.
Huquqiy norma (“norma”) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “qoida”,
“namuna” ma’nosini  anglatadi.  Har  bir  huquq normasi  o‘zida biron-bir  xatti-
harakat, xulq-atvor, muayyan yurish-turish qoidasini ifodalaydi. 
Huquqning har bir tarmog‘i, shu jumladan ma’muriy huquqning normalari
har qanday huquq normasi uchun xos bo‘lgan umumiy belgilarga, shuningdek,
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. 
Ma’muriy-huquqiy normalar – muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat
bo‘lib, davlat tomonidan belgilanadi, boshqa ijtimoiy normalardan, masalan, axloq
normalaridan farqlanadi. Shu sababli, ularga rioya etish majburiy bo‘lib, ular
buzilgan hollarda, davlatning majburlov choralari qo‘llaniladi.
Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, ma’muriy -huquqiy normalar
ushbu  munosabatlar  sub’ektlarining  yuridik  va  majburiyatlarini  aniqlash,
shuningdek,  ular  tomonidan  huquqlar  buzilgan  va  majburiyatlar  bajarilmagan
hollarda javobgarlikni belgilash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Demak,  ma’muriy  -huquqiy  normalar  –  ma’muriy  huquq  tarmog‘ining
boshlang‘ich elementi sifatida, quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
birinchidan, ma’muriy -huquqiy normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi va
ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;
ikkinchidan,  ma’muriy  huquq  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy
munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga soladi;
uchinchidan,  ma’muriy  huquq  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy
munosabatlar  ishtirokchilarining  yuridik  huquqlari  va  majburiyatlarini  aniqlab
beradi;
Logotip
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, huquq – ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida, doimo muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o‘zini namoyon etadi. Har qanday huquq tarmog‘ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo‘nalishi huquqiy normalar xususiyati bilan belgilanib, ularning yig‘indisi huquq tizimi u yoki bu tarmog‘ining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy norma (“norma”) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi. Har bir huquq normasi o‘zida biron-bir xatti- harakat, xulq-atvor, muayyan yurish-turish qoidasini ifodalaydi. Huquqning har bir tarmog‘i, shu jumladan ma’muriy huquqning normalari har qanday huquq normasi uchun xos bo‘lgan umumiy belgilarga, shuningdek, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Ma’muriy-huquqiy normalar – muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat bo‘lib, davlat tomonidan belgilanadi, boshqa ijtimoiy normalardan, masalan, axloq normalaridan farqlanadi. Shu sababli, ularga rioya etish majburiy bo‘lib, ular buzilgan hollarda, davlatning majburlov choralari qo‘llaniladi. Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, ma’muriy -huquqiy normalar ushbu munosabatlar sub’ektlarining yuridik va majburiyatlarini aniqlash, shuningdek, ular tomonidan huquqlar buzilgan va majburiyatlar bajarilmagan hollarda javobgarlikni belgilash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – ma’muriy huquq tarmog‘ining boshlang‘ich elementi sifatida, quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: birinchidan, ma’muriy -huquqiy normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi va ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi; ikkinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga soladi; uchinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini aniqlab beradi;
to‘rtinchidan,  huquqlar  buzilganda  yoki  majburiyatlar  bajarilmaganida
davlatning majburlov choralari orqali ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi. 
Ma’muriy-huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlari – ma’muriy huquq
predmeti hamda huquqiy tartibga solish uslubining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ma’muriy-huquqiy  normalar  –  O‘zbekiston  Respublikasi  huquq  tizimi
boshqa tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, maxsus qo‘llanish sohasiga
ega bo‘lib, bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi
ijtimoiy  munosabatlardir.  Shu  sababli,  ma’muriy  -huquqiy  normalarning
mazmunini  davlat  boshqaruvi  jarayonida  amal  qilinishi  shart  bo‘lgan  xatti-
harakatlar  doirasi  tashkil  etadi.  Ular  yordamida  davlat  organlari,  mansabdor
shaxslar,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  jamoat  tashkilotlari  va  jismoniy
shaxslarning  davlat  boshqaruvi  sohasida  qachon  va  qanday  tartibda  harakat
qilganlarida qonunchilik talablari aniq va maqsadga muvofiq bo‘lishi belgilanadi.
Shu  bilan  birga,  ma’muriy  -huquqiy  normalarda  qanday  harakatlarni  amalga
oshirish mumkin va qaysilaridan o‘zini tiyish kerakligi ko‘rsatiladi. 
Ma’muriy huquq normalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatning
birorta holatiga ko‘rsatma beriladi yoki unga belgilangan shart-sharoitlarda rioya
etilganida ruxsat beriladi va nihoyat, muayyan harakatlarni amalga oshirish man
etiladi.  Shu  tariqa,  davlat  boshqaruvi  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlar
ishtirokchilarining  davlat,  jamiyat  va  shaxs  manfatlariga  muvofiq  keladigan
huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali, ular xatti-harakatining o‘rnatilgan
huquqiy tartibi yaratiladi. 
Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa bir xususiyati shundan iboratki,
ular  xususiy  emas,  balki  ommaviy  manfaatlarni  amalga  oshirish  vositasi
hisoblanadi. 
Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi bilan belgilangan ma’muriy -
huquqiy  normalarning  alohida  xususiyatlariga  imperativlik  (buyruq  berish)
xususiyati kiradi, ularda muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun qat’iy yozma
buyruqlar, ko‘rsatmalar mavjud bo‘ladi. 
Logotip
to‘rtinchidan, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganida davlatning majburlov choralari orqali ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi. Ma’muriy-huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlari – ma’muriy huquq predmeti hamda huquqiy tartibga solish uslubining xususiyatlari bilan belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi boshqa tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, maxsus qo‘llanish sohasiga ega bo‘lib, bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlardir. Shu sababli, ma’muriy -huquqiy normalarning mazmunini davlat boshqaruvi jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan xatti- harakatlar doirasi tashkil etadi. Ular yordamida davlat organlari, mansabdor shaxslar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning davlat boshqaruvi sohasida qachon va qanday tartibda harakat qilganlarida qonunchilik talablari aniq va maqsadga muvofiq bo‘lishi belgilanadi. Shu bilan birga, ma’muriy -huquqiy normalarda qanday harakatlarni amalga oshirish mumkin va qaysilaridan o‘zini tiyish kerakligi ko‘rsatiladi. Ma’muriy huquq normalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatning birorta holatiga ko‘rsatma beriladi yoki unga belgilangan shart-sharoitlarda rioya etilganida ruxsat beriladi va nihoyat, muayyan harakatlarni amalga oshirish man etiladi. Shu tariqa, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining davlat, jamiyat va shaxs manfatlariga muvofiq keladigan huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali, ular xatti-harakatining o‘rnatilgan huquqiy tartibi yaratiladi. Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa bir xususiyati shundan iboratki, ular xususiy emas, balki ommaviy manfaatlarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi bilan belgilangan ma’muriy - huquqiy normalarning alohida xususiyatlariga imperativlik (buyruq berish) xususiyati kiradi, ularda muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun qat’iy yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar mavjud bo‘ladi.
Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan,
davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solish  maqsadida  ushbu  munosabatlar
sub’ektlarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan, shuningdek,
huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda ularning javobgarligini
o‘rnatadigan va majburiy choralar bilan ta’minlanadigan xulq-atvor qoidalaridir.
Ma’muriy-huquqiy  normalar,  huquqning  har  qanday  tarmog‘i  singari
o‘zining ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lib, ayni paytda ular o‘zaro bir-biri bilan
bog‘liqdir.
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy -huquqiy normalarning tuzilishi (tarkibi)
bo‘yicha  turlicha  yondoshuvlar  mavjud  bo‘lib,  ularning  aksariyatida  huquqiy
normalar uch qismga bo‘lingan:
1)  Ma’muriy-huquqiy  normalarning  gipotezasi  –  huquqiy  normaning
harakatga  kelishini  va  uning  dispozitsiyasi  qanday  sharoitlarda  amalga
oshirilishini, shuningdek, hayotiy sharoit va mavjud holatlarni belgilab beradi;
2) Ma’muriy-huquqiy normalarning dispozitsiyasi – huquqiy normaning bir
qismi  bo‘lib,  unda  huquq  tarmog‘i  tartibga  soladigan  ijtimoiy  munosabatlar
ishtirokchilarining  huquqlari,  majburiyatlari,  xatti-harakatlari  doirasi  ko‘rsatib
o‘tiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasida – ko‘rsatma, ruxsat berish, man etish,
ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilari xulq-atvorining mazmuni ko‘rsatib
o‘tiladi;
3)  Ma’muriy-huquqiy  normalarning  sansiyasi  –  bu  huquqiy  normaning
tarkibiy qismi bo‘lib, unda dispozitsiyasi qismida belgilangan talabning bajarilishi
yoki bajarilmaganligi uchun qo‘llaniladigan ta’sir etish choralari nazarda tutiladi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi
Ma’muriy-huquqiy  normalar  o‘zining  tartibga  solish  yo‘nalishi  va  unga
muvofiq holda yuridik mazmuni bilan nihoyatda xilma-xildir. Shu sababli davlat
Logotip
Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ushbu munosabatlar sub’ektlarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan, shuningdek, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda ularning javobgarligini o‘rnatadigan va majburiy choralar bilan ta’minlanadigan xulq-atvor qoidalaridir. Ma’muriy-huquqiy normalar, huquqning har qanday tarmog‘i singari o‘zining ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lib, ayni paytda ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir. Yuridik adabiyotlarda ma’muriy -huquqiy normalarning tuzilishi (tarkibi) bo‘yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida huquqiy normalar uch qismga bo‘lingan: 1) Ma’muriy-huquqiy normalarning gipotezasi – huquqiy normaning harakatga kelishini va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshirilishini, shuningdek, hayotiy sharoit va mavjud holatlarni belgilab beradi; 2) Ma’muriy-huquqiy normalarning dispozitsiyasi – huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda huquq tarmog‘i tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari, xatti-harakatlari doirasi ko‘rsatib o‘tiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasida – ko‘rsatma, ruxsat berish, man etish, ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilari xulq-atvorining mazmuni ko‘rsatib o‘tiladi; 3) Ma’muriy-huquqiy normalarning sansiyasi – bu huquqiy normaning tarkibiy qismi bo‘lib, unda dispozitsiyasi qismida belgilangan talabning bajarilishi yoki bajarilmaganligi uchun qo‘llaniladigan ta’sir etish choralari nazarda tutiladi. 2. Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish yo‘nalishi va unga muvofiq holda yuridik mazmuni bilan nihoyatda xilma-xildir. Shu sababli davlat
boshqaruvi  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishda  ma’muriy  -
huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ularni tasniflash
katta ahamiyatga egadir. 
Aksariyat  huquqshunos  olimlari  ma’muriy  -huquqiy  normalarni  ikki
guruhga: moddiy va protsessual normalarga bo‘ladi. Bunday tasniflash mezoni
sifatida ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar mazmuni, boshqa hollarda
esa,  ma’muriy  -huquqiy  tartibga  solish  predmetining  o‘ziga  xos  xususiyatlari
ko‘rib chiqiladi. 
Moddiy ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvini tashkil etish va
amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlari  hajmi  va  mazmunini,  shuningdek,  ularning  javobgarligini
belgilaydi.  Masalan,  “O‘zbekiston  Respublikasining  Vazirlar  Mahkamasi
to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga binoan “Vazirlar Mahkamasi vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati
ustidan nazoratni amalga oshiradi”. Mazkur norma moddiy huquqiy norma bo‘lib,
O‘zR Vazirlar Mahkamasining vakolatini belgilab bergan. 
Protsessual ma’muriy -huquqiy normalar - tartibga solinayotgan ijtimoiy
munosabatlar  ishtirokchilari  uchun  moddiy  ma’muriy  -huquqiy  normalarda
nazarda tutilgan, davlat boshqaruvi sohasidagi yuridik huquq va majburiyatlarni
amalga oshirish tartibini belgilaydi. Boshqacha aytganda, ular davlat boshqaruvini
tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tartibini belgilaydi va amaldagi
qonunchilik  bilan  belgilangan  ushbu  faoliyatdagi  jarayon  qoidalariga  rioya
etilishini talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat
hokimiyati  to‘g‘risida”gi  qonunning  22-moddasiga  binoan  “Mahalliy  ijroiya
hokimiyati  organlari  (hokimliklar)  boshqarmalar,  bo‘limlar  va  boshqa
bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va
faoliyati  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan  tegishli
nizomlar  bilan  belgilanadi”.  Ushbu  norma  mahalliy  davlat  hokimiyati
organlarining  vakolatlari  va  majburiyatlarini  bevosita  amalga  oshirishga
ko‘maklashuvchi protsessual huquqiy norma hisoblanadi. 
Logotip
boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ma’muriy - huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ularni tasniflash katta ahamiyatga egadir. Aksariyat huquqshunos olimlari ma’muriy -huquqiy normalarni ikki guruhga: moddiy va protsessual normalarga bo‘ladi. Bunday tasniflash mezoni sifatida ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar mazmuni, boshqa hollarda esa, ma’muriy -huquqiy tartibga solish predmetining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Moddiy ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari hajmi va mazmunini, shuningdek, ularning javobgarligini belgilaydi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga binoan “Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”. Mazkur norma moddiy huquqiy norma bo‘lib, O‘zR Vazirlar Mahkamasining vakolatini belgilab bergan. Protsessual ma’muriy -huquqiy normalar - tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari uchun moddiy ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda tutilgan, davlat boshqaruvi sohasidagi yuridik huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Boshqacha aytganda, ular davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tartibini belgilaydi va amaldagi qonunchilik bilan belgilangan ushbu faoliyatdagi jarayon qoidalariga rioya etilishini talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga binoan “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi”. Ushbu norma mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va majburiyatlarini bevosita amalga oshirishga ko‘maklashuvchi protsessual huquqiy norma hisoblanadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  huquq  tizimining  boshqa  tarmoqlaridan  farqli
ravishda, ma’muriy huquqda, odatda, moddiy va protsessual  normalar yagona
manbalarda  ko‘rsatib  o‘tiladi.  Jumladan,  ma’muriy  huquqbuzarliklar  uchun
ma’muriy javobgarlikni belgilovchi moddiy va protsessual normalar yagona qonun
hujjatida  –  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi
kodeksida o‘z ifodasini topgan. 
Ma’muriy-huquqiy  normalarni  ularning  aniq  yuridik  mazmuniga  qarab
tasniflanishi alohida ahamiyat kasb etadi. U huquqning barcha tarmoqlari uchun
umumiy bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish uslubining u yoki
bu doirasi: ko‘rsatma berish, man etish va ruxsat berishga asoslanadi. Shu nuqtai
nazardan  ma’muriy  -huquqiy  normalarning  uch  turi  ajratiladi:  majburiyat
yuklovchi, taqiqlovchi va vakolat beruvchi normalar.
Majburiyat  yuklovchi  ma’muriy  -huquqiy  normalar  ushbu  normalar
gipotezasida  nazarda  tutilgan  sharoitlar  mavjud  bo‘lgan  hollarda,  muayyan
harakatlarni  albatta  amalga  oshirish  lozim  bo‘lgan  yuridik  hokimiyat
ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. 
Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar shaxsni qandaydir xatti-
harakatni  sodir  etishga  majbur  qiladi.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi
Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga
rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini
hurmat qilishga majburdirlar”. 
Taqiqlovchi  ma’muriy  -huquqiy  normalar  -  ushbu  normalar  u  yoki  bu
harakatlarni  amalga  oshirishning  taqiqlanishini  nazarda  tutadi.  Masalan,
O‘zbekiston  Respublikasining  “Notariat  to‘g‘risida”gi  qonunning  6-moddasiga
binoan “Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor
shaxslarning,  shuningdek,  amalga  oshirilayotgan  notarial  harakatlardan  xizmat
vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga
ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi
bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi”. Mazkur huquqiy norma
Logotip
O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan farqli ravishda, ma’muriy huquqda, odatda, moddiy va protsessual normalar yagona manbalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Jumladan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi moddiy va protsessual normalar yagona qonun hujjatida – O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida o‘z ifodasini topgan. Ma’muriy-huquqiy normalarni ularning aniq yuridik mazmuniga qarab tasniflanishi alohida ahamiyat kasb etadi. U huquqning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish uslubining u yoki bu doirasi: ko‘rsatma berish, man etish va ruxsat berishga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan ma’muriy -huquqiy normalarning uch turi ajratiladi: majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi va vakolat beruvchi normalar. Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar ushbu normalar gipotezasida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda, muayyan harakatlarni albatta amalga oshirish lozim bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar shaxsni qandaydir xatti- harakatni sodir etishga majbur qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”. Taqiqlovchi ma’muriy -huquqiy normalar - ushbu normalar u yoki bu harakatlarni amalga oshirishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga binoan “Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi”. Mazkur huquqiy norma
orqali notarius yoki tegishli shaxs tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin
emasligi (taqiq) belgilangan. 
Vakolat  beruvchi  ma’muriy  -huquqiy  normalar  -  davlat  boshqaruvi
sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari
doirasida o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilish imkoniyatini nazarda tutadi, ya’ni bu
yerda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ko‘rsatmalar  ham,  man  etishlar  ham  yo‘q.  Masalan,
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning
murojaatlari  to‘g‘risida”gi  qonunning  3-moddasiga  binoan  “O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan
murojaat etish huquqiga ega”. Mazkur normada ko‘rsatib o‘tilgan huquq bevosita
fuqaroning erkiga bog‘liq bo‘lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, vakolat beruvchi huquqiy normalarda
shaxsning harakat qilish doirasi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Shaxs faqatgina mana shu
doirada harakat qilib, o‘zining xohish-irodasini ifoda etishi mumkin.
3. Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati
Huquqiy  normalarni  hayotga  samarali  tatbiq  etishning  muhim  sharti  –
ularning  harakat  doirasini  aniq  belgilash  hisoblanadi.  Huquqiy  normalarning
harakatlanishi – ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning vujudga chiqishidir.
Yuridik  adabiyotlarga  binoan  huquqiy  normalarning  harakati  (amal  qilishi)
quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
1) Ma’muriy -huquqiy normalarning harakatlanish mavzusi. ma’muriy -
huquqiy normalar davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan turli mazmundagi
ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soladi.  Masalan,  davlat  organlarida  xizmatni
o‘tash tartibini belgilovchi normalar, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni
ta’minlashga  qaratilgan  normalar,  ma’muriy  huquq  sub’ektlarining  huquqiy
Logotip
orqali notarius yoki tegishli shaxs tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin emasligi (taqiq) belgilangan. Vakolat beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari doirasida o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilish imkoniyatini nazarda tutadi, ya’ni bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar ham, man etishlar ham yo‘q. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega”. Mazkur normada ko‘rsatib o‘tilgan huquq bevosita fuqaroning erkiga bog‘liq bo‘lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, vakolat beruvchi huquqiy normalarda shaxsning harakat qilish doirasi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Shaxs faqatgina mana shu doirada harakat qilib, o‘zining xohish-irodasini ifoda etishi mumkin. 3. Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati Huquqiy normalarni hayotga samarali tatbiq etishning muhim sharti – ularning harakat doirasini aniq belgilash hisoblanadi. Huquqiy normalarning harakatlanishi – ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning vujudga chiqishidir. Yuridik adabiyotlarga binoan huquqiy normalarning harakati (amal qilishi) quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 1) Ma’muriy -huquqiy normalarning harakatlanish mavzusi. ma’muriy - huquqiy normalar davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, davlat organlarida xizmatni o‘tash tartibini belgilovchi normalar, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashga qaratilgan normalar, ma’muriy huquq sub’ektlarining huquqiy
maqomini belgilab beruvchi normalar yoki ma’muriy javobgarlikni belgilovchi
normalar va h.k.lar;
2) Ma’muriy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi (amalda
bo‘lishi). Normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi – norma nazarda tutilgan
qonun yoki boshqa normativ hujjatning yuridik kuchga kirishi yoki uni yo‘qotish
vaqtini  anglatadi.  Normativ  hujjatlar  odatda:  a)  qonun  yoki  boshqa  normativ
hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan muddatda; b) matbuotda e’lon qilingan vaqtdan boshlab;
v) aksariyat normalar 10 kunlik muddat o‘tishi bilan yuridik kuchga ega bo‘lib,
normalarni harakatga keltiradi.
Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini quyidagi holatlarda to‘xtatadi: a)
normativ hujjatning amal qilishi belgilangan muddat o‘tishi bilan; b) vakolatli
davlat  organining  normativ  hujjatni  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  qarorining
chiqarilishi; v) yangi hujjatning qabul qilinishi bilan eskisini bekor qilish. 
Normativ  hujjatlar  o‘zining  yuridik  kuchini  yo‘qotishi  bilan,  undagi
normalarning harakati ham to‘xtaydi.
Normalarning kuchga kirishi va amalda bo‘lishini aniq belgilash muhim
ahamiyatga egadir. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so‘zsiz bajarilishi
lozim bo‘ladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha harakatlanishida orqaga qaytish
kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan O‘zR MJtKning 9-moddasiga binoan
“ma’muriy  huquqbuzarlik  uchun  javobgarlikni  yengillashtiruvchi  yoki  bekor
qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga
qadar  sodir  etilgan  huquqbuzarlik  hollariga  ham  taaluqlidir.  Ma’muriy
huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi
hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi”;
3)  Ma’muriy-huquqiy  normalarning  makonda  (hududda)  harakatlanishi.
Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan normativ hujjatlar butun
respublika  hududida  harakatda  bo‘ladi.  Lekin  ba’zi  bir  normalarning  makon
bo‘yicha  harakatlanishi  doirasi  aniq  belgilangan  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,
qonunlar  butun  respublika  miqyosida  harakatda  bo‘lsa,  mahalliy  hokimiyat
Logotip
maqomini belgilab beruvchi normalar yoki ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normalar va h.k.lar; 2) Ma’muriy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi (amalda bo‘lishi). Normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi – norma nazarda tutilgan qonun yoki boshqa normativ hujjatning yuridik kuchga kirishi yoki uni yo‘qotish vaqtini anglatadi. Normativ hujjatlar odatda: a) qonun yoki boshqa normativ hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan muddatda; b) matbuotda e’lon qilingan vaqtdan boshlab; v) aksariyat normalar 10 kunlik muddat o‘tishi bilan yuridik kuchga ega bo‘lib, normalarni harakatga keltiradi. Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini quyidagi holatlarda to‘xtatadi: a) normativ hujjatning amal qilishi belgilangan muddat o‘tishi bilan; b) vakolatli davlat organining normativ hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorining chiqarilishi; v) yangi hujjatning qabul qilinishi bilan eskisini bekor qilish. Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini yo‘qotishi bilan, undagi normalarning harakati ham to‘xtaydi. Normalarning kuchga kirishi va amalda bo‘lishini aniq belgilash muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so‘zsiz bajarilishi lozim bo‘ladi. Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha harakatlanishida orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan O‘zR MJtKning 9-moddasiga binoan “ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taaluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi”; 3) Ma’muriy-huquqiy normalarning makonda (hududda) harakatlanishi. Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan normativ hujjatlar butun respublika hududida harakatda bo‘ladi. Lekin ba’zi bir normalarning makon bo‘yicha harakatlanishi doirasi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunlar butun respublika miqyosida harakatda bo‘lsa, mahalliy hokimiyat
organlarining normativ hujjatlari ma’lum bir hududlarda (viloyat, tuman, shahar
miqyosida)  harakatda  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  korxona,  muassasa  yoki
tashkilotlar doirasida harakatda bo‘luvchi normalar ham mavjud .
Ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar davlatlararo miqyoslarda amal
qilishi  mumkin.  Bu  normalar  ikki  tomonlama  bitimlarga  muvofiq  bir  necha
davlatlar hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi;
4) Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakatlanishi.
Huquqiy normalarning asosiy vazifasi bo‘lib – ular tomonidan tartibga solinishi
lozim  bo‘lgan  ijtimoiy  munosabatlar,  shuningdek,  munosabat  sub’ektlarining
doirasini  aniqlab berish hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar
doirasi bo‘yicha harakati, aksariyat holatlarda ularning egallab turgan maqomiga
bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlari  barcha
fuqarolarga  nisbatan  tatbiq  qilinishi  mumkin.  Lekin  mazkur  qonunlardagi
normalarning ayrimlari xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi. (masalan, saylash huquqi yoki harbiy xizmatni o‘tash
majburiyati) Yoki, yuridik shaxslarning huquqiy maqomini belgilovchi normalar
fuqarolarga  nisbatan  tatbiq  etilmaydi.  Huquqbuzrlikni  sodir  etgan  shaxsga
nisbatangina javobgarlik normalari harakatga kelishi mumkin va h.k.lar.
Demak,  har  qanday  huquq  tarmog‘i  normasi  singari  ma’muriy-huquqiy
normalar  ham  vaqt  bo‘yicha,  makon  va  shaxslar  doirasi  bo‘yicha  harakatda
bo‘ladi. 
Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi -
normativ hujjatning yuridik kuchiga, makon bo‘yicha harakati - uni o‘rnatgan
davlat organi (mansabdor shaxs)ning tutgan o‘rniga, shaxslar doirasi bo‘yicha
harakati esa – shaxsning maqomiga bog‘liq bo‘ladi.
4. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari
Logotip
organlarining normativ hujjatlari ma’lum bir hududlarda (viloyat, tuman, shahar miqyosida) harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, korxona, muassasa yoki tashkilotlar doirasida harakatda bo‘luvchi normalar ham mavjud . Ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar davlatlararo miqyoslarda amal qilishi mumkin. Bu normalar ikki tomonlama bitimlarga muvofiq bir necha davlatlar hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi; 4) Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakatlanishi. Huquqiy normalarning asosiy vazifasi bo‘lib – ular tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, munosabat sub’ektlarining doirasini aniqlab berish hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakati, aksariyat holatlarda ularning egallab turgan maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari barcha fuqarolarga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin. Lekin mazkur qonunlardagi normalarning ayrimlari xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. (masalan, saylash huquqi yoki harbiy xizmatni o‘tash majburiyati) Yoki, yuridik shaxslarning huquqiy maqomini belgilovchi normalar fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Huquqbuzrlikni sodir etgan shaxsga nisbatangina javobgarlik normalari harakatga kelishi mumkin va h.k.lar. Demak, har qanday huquq tarmog‘i normasi singari ma’muriy-huquqiy normalar ham vaqt bo‘yicha, makon va shaxslar doirasi bo‘yicha harakatda bo‘ladi. Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi - normativ hujjatning yuridik kuchiga, makon bo‘yicha harakati - uni o‘rnatgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning tutgan o‘rniga, shaxslar doirasi bo‘yicha harakati esa – shaxsning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. 4. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari
Huquqiy normalar o‘z vazifa va Funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali
amalga oshiradi. Huquqiy munosabatlar - o‘zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar
bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, huquq normalari va muayyan yuridik
faktlar asosida vujudga keldigan aloqalardir.
Huquqiy munosabat, bu birinchi navbatda tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni
aks ettirishdir. Munosabat tomonlari bir-biri oldida tegishli sub’ektiv huquq va
majburiyatlarni o‘taydilar. Tomonlarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan
o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi
tomonning  majburiyati  yoki  ikkinchi  tomonning  huquqi  birinchi  tomonning
majburiyatiga muvofiq keladi.
Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga
keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari
umumiy xususiyatlar xosdir. 
Davlat boshqaruvi jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli
huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi
aksariyat huquqiy munosabatlar Konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya va
boshqa  huquq  tarmoqlarining  normalari  asosida  vujudga  keladi.  Mazkur
munosabatlar o‘rtasida ma’muriy -huquqiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb
etadi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalari asosida
vujudga keladigan munosabatlardir. 
Ma’muriy-huquqiy  munosabatlar  o‘zining  tuzilishiga  ko‘ra,  munosabat
sub’ekti, obekti va mazmuniga ega.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ekti bo‘lib, unda ishtirok etuvchi
tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat
boshqaruv organlari, mansabdor  shaxslar)  yoki  boshqacha ma’muriy -huquqiy
maqomga ega bo‘lgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi. 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning obekti bo‘lib esa, ma’muriy huquq
sub’ektlarining  harakatlari  (qarorlari),  ularning  ijobiy  yoki  salbiy  xulq-atvori
hisoblanadi.  “Obekt”  so‘zi  lotincha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  “mavzu”  degan
Logotip
Huquqiy normalar o‘z vazifa va Funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi. Huquqiy munosabatlar - o‘zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keldigan aloqalardir. Huquqiy munosabat, bu birinchi navbatda tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Munosabat tomonlari bir-biri oldida tegishli sub’ektiv huquq va majburiyatlarni o‘taydilar. Tomonlarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati yoki ikkinchi tomonning huquqi birinchi tomonning majburiyatiga muvofiq keladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari umumiy xususiyatlar xosdir. Davlat boshqaruvi jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi aksariyat huquqiy munosabatlar Konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya va boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar o‘rtasida ma’muriy -huquqiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalari asosida vujudga keladigan munosabatlardir. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra, munosabat sub’ekti, obekti va mazmuniga ega. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ekti bo‘lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha ma’muriy -huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning obekti bo‘lib esa, ma’muriy huquq sub’ektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori hisoblanadi. “Obekt” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “mavzu” degan
ma’noni  anglatadi.  Har  qanday  huquqiy  munosabat  ma’lum  bir  jarayonlarni
tartibga solishga qaratilgan muayyan bir vazifani bajaradi. Shu sababli obektsiz
huquqiy munosabat bo‘lishi mumkin emas. 
Ko‘pgina  huquqshunos  olimlarning  fikricha,  ma’muriy  -huquqiy
munosabatlarning obektini – yagona, ya’ni davlat boshqaruvini tashkil etish va
amalga  oshirish  jarayonidagi  ma’muriy  huquq  sub’ektlarining  xatti-harakatlari
tashkil etadi.
Ma’muriy-huquqiy  munosabatlarning  mazmunini  –  ma’muriy  huquq
sub’ektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil
etadi. 
Ma’muriy-huquqiy  munosabatlar  (keng  tarqalgan  konsepsiyalardan  biri)
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
a) bu munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; 
b) bu munosabatlarda hamma vaqt davlat boshqaruvi organi ishtirok etadi; 
c) bu – bo‘ysinuvga asoslangan munosabatlar bo‘lib, unda ishtirok etuvchi
tomonlar yuridik jihatdan teng emas.
Ma’muriy-huquqiy  munosabatlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  (yana  bir
konsepsiyaga binoan) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
bu munosabatlar - davlat boshqaruvi jarayonida (yoki sohasida) vujudga
keladi; 
bu munosabatlarning majburiy sub’ekti bo‘lib davlat nomidan ommaviy-
huquqiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qiluvchi davlat boshqaruvi (ijro hokimiyati)
organlari hisoblanadi; 
bu  munosabatlar  -  hokimiyat-bo‘ysinuv  va  tomonlarning  yuridik  teng
emasligi bilan tavsiflanadi; 
bu  munosabatlar  -  ommaviy  yoki  individul  manfaatlarni  qondirish
maqsadida  boshqaruv  vazifalari  va  Funksiyalarini  amalga  oshirish  bo‘yicha
vujudga keladi; 
bu  munosabatlar  -  tashkillashtirish  xususiyatiga  ega,  ya’ni  ular  davlat
boshqaruvining boshqaruv obektiga tashkilotchilik ta’siri doirasida vujudga keladi;
Logotip
ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat ma’lum bir jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan bir vazifani bajaradi. Shu sababli obektsiz huquqiy munosabat bo‘lishi mumkin emas. Ko‘pgina huquqshunos olimlarning fikricha, ma’muriy -huquqiy munosabatlarning obektini – yagona, ya’ni davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ma’muriy huquq sub’ektlarining xatti-harakatlari tashkil etadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmunini – ma’muriy huquq sub’ektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil etadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar (keng tarqalgan konsepsiyalardan biri) quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: a) bu munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; b) bu munosabatlarda hamma vaqt davlat boshqaruvi organi ishtirok etadi; c) bu – bo‘ysinuvga asoslangan munosabatlar bo‘lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar yuridik jihatdan teng emas. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari (yana bir konsepsiyaga binoan) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: bu munosabatlar - davlat boshqaruvi jarayonida (yoki sohasida) vujudga keladi; bu munosabatlarning majburiy sub’ekti bo‘lib davlat nomidan ommaviy- huquqiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qiluvchi davlat boshqaruvi (ijro hokimiyati) organlari hisoblanadi; bu munosabatlar - hokimiyat-bo‘ysinuv va tomonlarning yuridik teng emasligi bilan tavsiflanadi; bu munosabatlar - ommaviy yoki individul manfaatlarni qondirish maqsadida boshqaruv vazifalari va Funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha vujudga keladi; bu munosabatlar - tashkillashtirish xususiyatiga ega, ya’ni ular davlat boshqaruvining boshqaruv obektiga tashkilotchilik ta’siri doirasida vujudga keladi;
bu munosabatlar - qonuniylikni ta’minlashning alohida huquqiy tartibi va
o‘zining huquqiy himoyasi bilan ajralib turadi.
Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy-huquqiy munosabatlar quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin: 
a) Ma’muriy-huquqiy munosabatlar  davlat boshqaruvini  tashkil  etish va
amalga oshirish jarayonida vujudga keladi; 
b) ma’muriy -huquqiy munosabatlarning bir tomonida hamma vaqt davlat
organi, mansabdor shaxs yoki boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan jamoat birlashmasi
ishtirok etadi; 
c) ma’muriy -huquqiy munosabatlar bir tomonning xohishi bilan vujudga
kelib, ikkinchi tomonning roziligini talab etmaydi; 
d) ma’muriy -huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan
nizolar, aksariyat hollarda ma’muriy tartibda hal qilinadi.
Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, ma’muriy -huquqiy munosabatlar –
davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; munosabatning majburiy ishtirokchisi
bo‘lib davlat organlari namoyon bo‘ladi; munosabat ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlari munosabat turini belgilab beradi. ma’muriy -huquqiy munosabatlar
– bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga
keladigan,  ijro  etish  va  farmoyish  berish  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va
ma’muriy -huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir
turidir. 
 
5. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor
bo‘lishi
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda
tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Ma’muriy-huquqiy normalar
o‘z-o‘zidan  bevosita  ma’muriy  -huquqiy  munosabatlarni  vujudga  keltirmaydi.
Balki, ma’muriy -huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini
Logotip
bu munosabatlar - qonuniylikni ta’minlashning alohida huquqiy tartibi va o‘zining huquqiy himoyasi bilan ajralib turadi. Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy-huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin: a) Ma’muriy-huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladi; b) ma’muriy -huquqiy munosabatlarning bir tomonida hamma vaqt davlat organi, mansabdor shaxs yoki boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan jamoat birlashmasi ishtirok etadi; c) ma’muriy -huquqiy munosabatlar bir tomonning xohishi bilan vujudga kelib, ikkinchi tomonning roziligini talab etmaydi; d) ma’muriy -huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan nizolar, aksariyat hollarda ma’muriy tartibda hal qilinadi. Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, ma’muriy -huquqiy munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; munosabatning majburiy ishtirokchisi bo‘lib davlat organlari namoyon bo‘ladi; munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari munosabat turini belgilab beradi. ma’muriy -huquqiy munosabatlar – bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, ijro etish va farmoyish berish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ma’muriy -huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turidir. 5. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Ma’muriy-huquqiy normalar o‘z-o‘zidan bevosita ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Balki, ma’muriy -huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini
va mezonlarini belgilab beradi. Bu – yuridik faktlar bo‘lib, norma talabidan kelib
chiqqan  holda  tomonlar  o‘rtasida  ma’lum  bir  huquqiy  munosabatni  vujudga
keltiruvchi holatlardir.
Yuridik faktlar ma’muriy -huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq
talabi sifatida maydonga chiqadi.
Jamiyatda turli-tuman holatlar va shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning
hammasi ham yuridik fakt bo‘lib hisoblanmaydi. Muayyan hodisa va holatlarni
yuridik fakt deb e’tirof etish, davlatning xohish-irodasiga bog‘liqdir.
Yuridik  faktlar  nafaqat  ma’muriy  -huquqiy  munosabatlarni  vujudga
keltirish, balki o‘zgartirishi yoki bekor qilishi ham mumkin.
Yuridik  faktlar  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga  solishda  katta
ahamiyatga egadir.
Yuridik  faktlar  huquqiy  norma  bilan  huquqiy  munosabat  o‘rtasidagi
bog‘lovchi vositadir.
Yuridik  faktlar  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Jumladan,  kelib  chiqadigan
huquqiy oqibatlarga ko‘ra yuridik faktlar: 
a) huquqni yaratuvchi; 
b) huquqni o‘zgartiruvchi; 
c) huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi.
Ma’muriy-huquqiy  munosabatlar  harakatlar  va  hodisalar  singari  yuridik
faktlardan vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi mumkin.
Harakatlar  –  bu  huquq  sub’ektlari  tomonidan  o‘z  xohish-irodalarini
ifodalashning natijasidir. 
Aksariyat ma’muriy -huquqiy munosabatlar harakatlardan vujudga kelib,
ular sub’ektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga bo‘linadi:
a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt ma’muriy -huquqiy normalar talabiga
mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining qonunga
muvofiq harakati namoyon bo‘ladi.
Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega:
davlat boshqaruvi organlarining huquqiy aktlari. 
Logotip
va mezonlarini belgilab beradi. Bu – yuridik faktlar bo‘lib, norma talabidan kelib chiqqan holda tomonlar o‘rtasida ma’lum bir huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi holatlardir. Yuridik faktlar ma’muriy -huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi. Jamiyatda turli-tuman holatlar va shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lib hisoblanmaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish, davlatning xohish-irodasiga bog‘liqdir. Yuridik faktlar nafaqat ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, balki o‘zgartirishi yoki bekor qilishi ham mumkin. Yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Yuridik faktlar huquqiy norma bilan huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi vositadir. Yuridik faktlar turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarga ko‘ra yuridik faktlar: a) huquqni yaratuvchi; b) huquqni o‘zgartiruvchi; c) huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar harakatlar va hodisalar singari yuridik faktlardan vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi mumkin. Harakatlar – bu huquq sub’ektlari tomonidan o‘z xohish-irodalarini ifodalashning natijasidir. Aksariyat ma’muriy -huquqiy munosabatlar harakatlardan vujudga kelib, ular sub’ektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga bo‘linadi: a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt ma’muriy -huquqiy normalar talabiga mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining qonunga muvofiq harakati namoyon bo‘ladi. Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega: davlat boshqaruvi organlarining huquqiy aktlari.
Huquqiy  aktlar  normativ  yoki  yakka  (individul,  ma’muriy)  aktlarga
bo‘linadi.  Huquqiy  aktlarda  qonunga  muvofiq  harakatlar  muayyan  huquqiy
oqibatlarni vujudga keltirishini nazarda tutib sodir etiladi. Bunday harakatlarda -
huquq  va  majburiyatlarning  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  va  bekor  bo‘lishiga
qaratilgan iroda ifodalanadi;
yuridik xatti-harakatlar;
b) qonunga xilof harakatlar – ma’muriy -huquqiy normalar talablariga mos
kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir. Bu - davlat boshqaruvi sohasiga xos
bo‘lgan intizomiy va ma’muriy nojo‘ya harakatlardir. Shaxsning harakatsizligi
ham aynan mana shu guruhga kiradi (masalan, ichki ishlar xodimi tomonidan
jamoat tartibini saqlashga qaratilgan choralarning ko‘rilmasligi).
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor
bo‘lishiga  asos  bo‘ladigan  ikkinchi  yuridik  fakt  –  bu  hodisalardir.  Hodisalar
odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan faktlardir
(insonning tug‘ilishi, ma’lum bir yoshga yetishi, o‘limi, tabiiy ofat va boshqalar). 
6. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari
Davlat  boshqaruvi  jarayonida  vujudga  keladigan  ma’muriy  -huquqiy
munosabatlar  turli-tuman  bo‘lib,  ularni  bir  necha  asoslarga  ko‘ra  tasniflash
(guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin.
Huquq  nazariyasiga  asoslanib,  ma’muriy  -huquqiy  munosabatlarning
vazifasi va funksional belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin:
 a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni huquq sub’ektlarining mo‘tadil
xulq-atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida vujudga keladigan
munosabatlar;
Logotip
Huquqiy aktlar normativ yoki yakka (individul, ma’muriy) aktlarga bo‘linadi. Huquqiy aktlarda qonunga muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishini nazarda tutib sodir etiladi. Bunday harakatlarda - huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga qaratilgan iroda ifodalanadi; yuridik xatti-harakatlar; b) qonunga xilof harakatlar – ma’muriy -huquqiy normalar talablariga mos kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir. Bu - davlat boshqaruvi sohasiga xos bo‘lgan intizomiy va ma’muriy nojo‘ya harakatlardir. Shaxsning harakatsizligi ham aynan mana shu guruhga kiradi (masalan, ichki ishlar xodimi tomonidan jamoat tartibini saqlashga qaratilgan choralarning ko‘rilmasligi). Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan ikkinchi yuridik fakt – bu hodisalardir. Hodisalar odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan faktlardir (insonning tug‘ilishi, ma’lum bir yoshga yetishi, o‘limi, tabiiy ofat va boshqalar). 6. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ma’muriy -huquqiy munosabatlar turli-tuman bo‘lib, ularni bir necha asoslarga ko‘ra tasniflash (guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin. Huquq nazariyasiga asoslanib, ma’muriy -huquqiy munosabatlarning vazifasi va funksional belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin: a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni huquq sub’ektlarining mo‘tadil xulq-atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida vujudga keladigan munosabatlar;