MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

23

File size

Fayl hajmi

48,8 KB


MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari
2. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi
3. Ma’muriy huquq manbalari
4. Ma’muriy huquqning – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan
o‘rni.
1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari. 
“Davlat boshqaruvi” atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi
qonunchiligimizda keng qo‘llaniladi.
Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondoshish mumkin. Ko‘pgina
hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odilsudlov faoliyati doirasidan
tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat sub’ektlarining faoliyati sifatida
namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi murakkab harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning har bir
elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni –
davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maqsadga muvofiq
amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
G.V.Atamanchuk davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisini
ko‘rsatib o‘tadi: 
boshqaruv ta’siri – davlat-hokimiyati kuchiga tayanadi; 
davlat boshqaruvining jamiyatdagi barcha sohalarni qamrab olishi;
Logotip
MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. Reja: 1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari 2. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi 3. Ma’muriy huquq manbalari 4. Ma’muriy huquqning – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o‘rni. 1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari. “Davlat boshqaruvi” atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi qonunchiligimizda keng qo‘llaniladi. Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondoshish mumkin. Ko‘pgina hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odilsudlov faoliyati doirasidan tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat sub’ektlarining faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat boshqaruvi murakkab harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning har bir elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni – davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maqsadga muvofiq amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. G.V.Atamanchuk davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisini ko‘rsatib o‘tadi: boshqaruv ta’siri – davlat-hokimiyati kuchiga tayanadi; davlat boshqaruvining jamiyatdagi barcha sohalarni qamrab olishi;
tizimlilik.
Yu.N.Starilovning  fikricha,  davlat  boshqaruvi  ijro  hokimiyatini  amalga
oshirish maqsadida tashkil etiladi. Tashkiliy nuqtai nazardan, davlat boshqaruvi –
boshqaruv  sub’ekti  (davlat,  davlat  organlari  yoki  mansabdor  shaxslar)ning
boshqaruv obekti (jamiyat, fuqarolar)ga nisbatan hokimiyat ta’siri hisoblanadi.
Yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, davlat boshqaruvi – bu qonun asosida va uni
amalga  oshirish  maqsadida  turli  sohalarda  (ijtimoiy-madaniy,  xo‘jalik  va
Ma’muriy-siyosiy qurilish) davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi ijro
hokimiyati organlarining maqsadga muvofiq tashkil etilgan, qonunosti, ijrochilik-
farmoyish berish va tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir. 
Yu.M.Kozlovning ko‘rsatishicha, davlat boshqaruvi – har qanday davlat
faoliyati singari qaror qabul qilish, uni ijro etish va uning ijrosi ustidan nazoratni
amalga oshirishdan iboratdir.
Davlat boshqaruvi, Gabrichidze B.N.ning fikricha, bu davlat nomidan va
davlat  ko‘rsatmasiga  binoan  amalga  oshiriladigan  boshqaruv,  ya’ni  fuqarolik
jamiyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, inson va fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini muhofaza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash
sohalarida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir. 
Demak,  davlat  boshqaruvi  keng  ma’noda  –  davlatning  tartibga  solish
faoliyati hisoblanib, maxsus sub’ektlarning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishidir.
Tor ma’noda esa, davlat boshqaruvi – bu Ma’muriy ya’ni davlat hokimiyati ijro
organlarining  respublika  va  Ma’muriy-hududiy  bo‘linmalar  doirasidagi
faoliyatidir.
Davlat boshqaruvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning o‘ziga xos
xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat boshqaruvi quyidagi o‘ziga xos
xususiyatlarga egadir:
1) davlat boshqaruvi - ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan hamda
qonun chiqarish va odilsudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko‘ra
ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi – bu qonunlar
Logotip
tizimlilik. Yu.N.Starilovning fikricha, davlat boshqaruvi ijro hokimiyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Tashkiliy nuqtai nazardan, davlat boshqaruvi – boshqaruv sub’ekti (davlat, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar)ning boshqaruv obekti (jamiyat, fuqarolar)ga nisbatan hokimiyat ta’siri hisoblanadi. Yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, davlat boshqaruvi – bu qonun asosida va uni amalga oshirish maqsadida turli sohalarda (ijtimoiy-madaniy, xo‘jalik va Ma’muriy-siyosiy qurilish) davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlarining maqsadga muvofiq tashkil etilgan, qonunosti, ijrochilik- farmoyish berish va tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir. Yu.M.Kozlovning ko‘rsatishicha, davlat boshqaruvi – har qanday davlat faoliyati singari qaror qabul qilish, uni ijro etish va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir. Davlat boshqaruvi, Gabrichidze B.N.ning fikricha, bu davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladigan boshqaruv, ya’ni fuqarolik jamiyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash sohalarida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir. Demak, davlat boshqaruvi keng ma’noda – davlatning tartibga solish faoliyati hisoblanib, maxsus sub’ektlarning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishidir. Tor ma’noda esa, davlat boshqaruvi – bu Ma’muriy ya’ni davlat hokimiyati ijro organlarining respublika va Ma’muriy-hududiy bo‘linmalar doirasidagi faoliyatidir. Davlat boshqaruvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning o‘ziga xos xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat boshqaruvi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 1) davlat boshqaruvi - ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan hamda qonun chiqarish va odilsudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko‘ra ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi – bu qonunlar
va boshqa  normativ  (qonunosti)  hujjatlarni  qo‘llash  bo‘yicha  olib boriladigan
ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir;
2) davlat boshqaruvi - huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda Ma’muriy huquq
ijodkorligi  (huquq  o‘rnatish)  faoliyatini  amalga  oshiradi.  Davlat  boshqaruvi
organlari  huquq ijodkorligi  shunda  namoyon  bo‘ladiki,  ular  vakolat  doirasida
boshqa huquq sub’ektlari (boshqaruv obekti) uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor
qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradilar, Ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni
yuritadilar;
3)  davlat  boshqaruvi  – qonunlarni  ijro etish,  shuningdek,  fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma joyda
amalga  oshiriladi.  Davlat  boshqaruvi  davlat  va  jamiyat  hayotining  muhim
sohalarida  –  xo‘jalik-iqtisodiy  qurilish,  ijtimoiy-madaniy  va  Ma’muriy-siyosiy
sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo‘lgan
obektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni ham qamrab oladi
(bunda  davlat  boshqaruvi  tartibga  solish  va  nazorat-nazorat  faoliyati  sifatida
namoyon bo‘ladi);
4)  davlat  boshqaruvi  –  bu  ijro  hokimiyati  funksiyalanishining  obektiv
qonuniyatlariga  asoslangan  va  davlat  manfaatlarini,  fuqarolar  huquqlari  va
erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va
rejali faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari va funksiyalari
amalga oshiriladi;
5)  davlat  boshqaruvi  –  davlat  tomonidan  tuziladigan  va  yagona  davlat
boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro hokimiyati organlari tomonidan
amalga  oshiriladi.  Davlat  nomidan  va  davlat  ko‘rsatmasiga  binoan  harakat
qiladigan ushbu organlar davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan vakolatlarga
ega bo‘ladilar va kompetensiya doirasida faoliyat yuritadilar;
6)  davlat  boshqaruvi  –  qonuniylik  prinsipiga  amal  qiladi,  ya’ni  ijro
hokimiyati  organlarining  faoliyati  qonunlarga  va  boshqa  normativ  hujjatlarga
Logotip
va boshqa normativ (qonunosti) hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir; 2) davlat boshqaruvi - huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda Ma’muriy huquq ijodkorligi (huquq o‘rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi organlari huquq ijodkorligi shunda namoyon bo‘ladiki, ular vakolat doirasida boshqa huquq sub’ektlari (boshqaruv obekti) uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, Ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni yuritadilar; 3) davlat boshqaruvi – qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma joyda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining muhim sohalarida – xo‘jalik-iqtisodiy qurilish, ijtimoiy-madaniy va Ma’muriy-siyosiy sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo‘lgan obektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni ham qamrab oladi (bunda davlat boshqaruvi tartibga solish va nazorat-nazorat faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi); 4) davlat boshqaruvi – bu ijro hokimiyati funksiyalanishining obektiv qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlarini, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va rejali faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari va funksiyalari amalga oshiriladi; 5) davlat boshqaruvi – davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan harakat qiladigan ushbu organlar davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan vakolatlarga ega bo‘ladilar va kompetensiya doirasida faoliyat yuritadilar; 6) davlat boshqaruvi – qonuniylik prinsipiga amal qiladi, ya’ni ijro hokimiyati organlarining faoliyati qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga
asoslanadi.  Boshqaruv  faoliyati  davlat  organlari  tomonidan  faqatgina  ularga
berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi;
7) davlat boshqaruvi – vertikal (subordinatsiyaviy, ierarxik) va gorizontal
aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv jarayonida eng ko‘p
tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv sub’ektlarining ma’muriy va
intizomiy  bo‘ysunuvchi  asosida  vujudga  keladi.  Oxirgi  vaqtlarda  boshqaruv
jarayonida  boshqaruv  sub’ektlarining  tengligiga  asoslangan  yangi  shakldagi
gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masalan,
ijro hokimiyati organlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, ommaviy yoki
ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va h.k.lar);
8) davlat boshqaruvi – tashkil etish prinsipiga asoslanadi, ya’ni unga butun
boshqaruv  mexanizmining  maqsadga  muvofiq  va  doimiy  funksiyalanishini
ta’minlovchi  xilma  xil  shakllar  xosdir.  Davlat  boshqaruvi  organlarining
tashkillashtirish faoliyati ham tashqi, ham ichki ma funksiyalarni ijro etishni o‘z
ichiga oladi;
9) davlat boshqaruvi – yurisdiksiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vakolatlarni
ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro hokimiyati organlari tomonidan “majburlovchi”
boshqaruvni amalga oshirishning ma’muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi
(masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov
choralarini qo‘llash).
Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga
davlat funksiyalari xos bo‘lib hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruvning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi funksiyalar ham mavjuddir. 
Boshqaruv funksiyalari – bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv obektiga
nisbatan aniq  yo‘naltirilgan  ta’sir  etishi  (tashkil  etish, tartibga solish,  nazorat
qilish) hisoblanadi.
Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqaruvning uslublari
va shakllari  yordamida (masalan,  majburlov choralari, huquqiy aktlarni  qabul
qilish, bo‘ysinuvchilik ta’siri va h.k.lar) amalga oshiriladi.
Logotip
asoslanadi. Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomonidan faqatgina ularga berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi; 7) davlat boshqaruvi – vertikal (subordinatsiyaviy, ierarxik) va gorizontal aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv jarayonida eng ko‘p tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv sub’ektlarining ma’muriy va intizomiy bo‘ysunuvchi asosida vujudga keladi. Oxirgi vaqtlarda boshqaruv jarayonida boshqaruv sub’ektlarining tengligiga asoslangan yangi shakldagi gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masalan, ijro hokimiyati organlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, ommaviy yoki ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va h.k.lar); 8) davlat boshqaruvi – tashkil etish prinsipiga asoslanadi, ya’ni unga butun boshqaruv mexanizmining maqsadga muvofiq va doimiy funksiyalanishini ta’minlovchi xilma xil shakllar xosdir. Davlat boshqaruvi organlarining tashkillashtirish faoliyati ham tashqi, ham ichki ma funksiyalarni ijro etishni o‘z ichiga oladi; 9) davlat boshqaruvi – yurisdiksiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vakolatlarni ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro hokimiyati organlari tomonidan “majburlovchi” boshqaruvni amalga oshirishning ma’muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi (masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov choralarini qo‘llash). Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga davlat funksiyalari xos bo‘lib hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi funksiyalar ham mavjuddir. Boshqaruv funksiyalari – bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv obektiga nisbatan aniq yo‘naltirilgan ta’sir etishi (tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish) hisoblanadi. Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqaruvning uslublari va shakllari yordamida (masalan, majburlov choralari, huquqiy aktlarni qabul qilish, bo‘ysinuvchilik ta’siri va h.k.lar) amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1)  davlat  boshqaruvi  organlari  faoliyatini  axborot  bilan  ta’minlash
funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
axborotni yig‘ish, olish, qayta ishlash va baholash;
2) davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi.
Istiqbolni belgilash – bu professional tajriba va amaliyot hamda ilmiy-nazariy
yutuqlarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv
organlari  faoliyati  rivojlanishidagi  o‘zgarishlarni,  shuningdek,  ma’lum  bir
hodisalar  va  jarayonlarning  natijalarini  oldindan  ko‘ra  bilishdir.  Istiqbolni
belgilash boshqaruv qarorlarini qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu
funksiyasisiz  ijtimoiy  jarayonlarning  natijalarini,  istiqboldagi  jamiyat  holatini,
davlat organlari faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas;
3) rejalashtirish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu
jarayonlarning yo‘nalishlarini, rivojlanishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini,
davlat  funksiyalarining  amalga  oshirilishini  belgilash  hisoblanadi.  Bundan
tashqari,  rejalashtirish  funksiyasi  orqali  davlat  faoliyati  va  boshqaruvini
takomillashtirish va isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari
belgilanadi. Mazkur funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi turli
sohalaridagi aloqalarning rivojalanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi
organlari faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar
ishlab chiqiladi;
4) tashkil etish funksiyasi – bu o‘rnatilgan tartib va prinsiplarga asoslanib
davlat  boshqaruvi  tizimini  shakllantirish,  boshqaruv  tizimida  boshqaruvchi  va
boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish – davlat
organlari,  davlat  personali,  davlat  boshqaruvi  jarayonlari  tuzilishini  belgilash
hisoblanadi.  Tashkil  etish  faoliyati  –  davlat  boshqaruvi  organlarining
funksiyalanishini ta’minlovchi harakatlar va qarorlarni o‘z ichiga oladi;
5)  farmoyish  berish  funksiyasi,  ya’ni  davlat  organlari  vakolatlarini  va
mansab majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliyatining belgilangan tartibini
Logotip
Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) davlat boshqaruvi organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish, olish, qayta ishlash va baholash; 2) davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi. Istiqbolni belgilash – bu professional tajriba va amaliyot hamda ilmiy-nazariy yutuqlarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv organlari faoliyati rivojlanishidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, ma’lum bir hodisalar va jarayonlarning natijalarini oldindan ko‘ra bilishdir. Istiqbolni belgilash boshqaruv qarorlarini qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu funksiyasisiz ijtimoiy jarayonlarning natijalarini, istiqboldagi jamiyat holatini, davlat organlari faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas; 3) rejalashtirish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu jarayonlarning yo‘nalishlarini, rivojlanishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, davlat funksiyalarining amalga oshirilishini belgilash hisoblanadi. Bundan tashqari, rejalashtirish funksiyasi orqali davlat faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish va isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari belgilanadi. Mazkur funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi turli sohalaridagi aloqalarning rivojalanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi; 4) tashkil etish funksiyasi – bu o‘rnatilgan tartib va prinsiplarga asoslanib davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, boshqaruv tizimida boshqaruvchi va boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish – davlat organlari, davlat personali, davlat boshqaruvi jarayonlari tuzilishini belgilash hisoblanadi. Tashkil etish faoliyati – davlat boshqaruvi organlarining funksiyalanishini ta’minlovchi harakatlar va qarorlarni o‘z ichiga oladi; 5) farmoyish berish funksiyasi, ya’ni davlat organlari vakolatlarini va mansab majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliyatining belgilangan tartibini
ta’minlash  bo‘yicha  vujudga  keladigan  boshqaruv  munosabatlarini  kundalik
tartibga solishdir. Farmoyish berish – bu rahbar davlat xizmatchilari (mansabdor
shaxslar) tomonidan tegishli ko‘rsatmalarni berishdir;
6)  rahbarlik  qilish  funksiyasi  –  davlat  organlari  (davlat  xizmatchilari),
boshqariluvchi  obektlar  faoliyatining  va  ayrim  harakatlarining  qoidalarini  va
normalarini o‘rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda “umumiy
rahbarlik”  atamasi  ham  mavjud.  Umumiy  rahbarlik  –  bu  davlat  faoliyati
mazmunini belgilashdir;
7) muvofiqlashtirish funksiyasi – bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat
xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini
amalga  oshirish  uchun  yo‘naltirishdir.  Muvofiqlashtirish  orqali  boshqaruv
faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning funksiyalanishi ta’minlanadi. Masalan,
bir  necha  mustaqil  davlat  organlari  mavjud bo‘lib, ularning har  biri  o‘zining
tashkiliy  tuzilmasiga,  maqsad  va  vazifalariga  ega  bo‘lsa  hamda  ma’lum  bir
muammoni  ularning  birgalikdagi  faoliyati  orqali  hal  etish  lozim  bo‘lganda,
muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat  organini tashkil  etish ehtiyoji
vujudga keladi;
8) nazorat qilish funksiyasi – davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining
o‘rnatilgan standart va normalarga mos kelishi  yoki mos kelmasligini, davlat
organlari  faoliyatini  va  ayrim  boshqaruv  sub’ektlari  harakatining  natijalarini,
davlat  boshqaruvida  belgilangan  va  amalga  oshirilgan  holatlarni  o‘rganish  va
baholashdir. Nazorat qilish – bu boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish,
kamchilik  va  xatolarni  hamda  boshqaruv  harakatlarining  va  qabul  qilingan
aktlarning  qonuniylik  va  maqsadga  muvofiqlik  prinsiplariga  mos  kelishini
aniqlashdan  iborat.  Davlat  faoliyatining  ma’lum  bir  sohalarida  u  yoki  bu
harakatlarni  amalga  oshirish  ustidan  davlat  hokimiyati  organlari  nazoratni
o‘rnatadilar. Nazoratni amalga oshirish vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik,
oshkoralik, obektivlik, qonuniylik va tezkorlikka amal qilish kerak. Nazoratning
keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri - nazorat hisoblanadi. Nazorat odatda, ma’lum
bir harakatlarning (qarorlarning) qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga
Logotip
ta’minlash bo‘yicha vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini kundalik tartibga solishdir. Farmoyish berish – bu rahbar davlat xizmatchilari (mansabdor shaxslar) tomonidan tegishli ko‘rsatmalarni berishdir; 6) rahbarlik qilish funksiyasi – davlat organlari (davlat xizmatchilari), boshqariluvchi obektlar faoliyatining va ayrim harakatlarining qoidalarini va normalarini o‘rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda “umumiy rahbarlik” atamasi ham mavjud. Umumiy rahbarlik – bu davlat faoliyati mazmunini belgilashdir; 7) muvofiqlashtirish funksiyasi – bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishdir. Muvofiqlashtirish orqali boshqaruv faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning funksiyalanishi ta’minlanadi. Masalan, bir necha mustaqil davlat organlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zining tashkiliy tuzilmasiga, maqsad va vazifalariga ega bo‘lsa hamda ma’lum bir muammoni ularning birgalikdagi faoliyati orqali hal etish lozim bo‘lganda, muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi; 8) nazorat qilish funksiyasi – davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining o‘rnatilgan standart va normalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini, davlat organlari faoliyatini va ayrim boshqaruv sub’ektlari harakatining natijalarini, davlat boshqaruvida belgilangan va amalga oshirilgan holatlarni o‘rganish va baholashdir. Nazorat qilish – bu boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish, kamchilik va xatolarni hamda boshqaruv harakatlarining va qabul qilingan aktlarning qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsiplariga mos kelishini aniqlashdan iborat. Davlat faoliyatining ma’lum bir sohalarida u yoki bu harakatlarni amalga oshirish ustidan davlat hokimiyati organlari nazoratni o‘rnatadilar. Nazoratni amalga oshirish vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, oshkoralik, obektivlik, qonuniylik va tezkorlikka amal qilish kerak. Nazoratning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri - nazorat hisoblanadi. Nazorat odatda, ma’lum bir harakatlarning (qarorlarning) qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga
oshiriladi (nazorat va nazoratning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari ushbu
majmuaning 26-bobida ko‘rsatib o‘tilgan); 
9)  tartibga  solish  funksiyasi  –  bu  davlat  boshqaruvi  tizimini  va  uning
Funksiyalanishini  tashkil  etish  jarayonida  boshqaruv  uslublari  va  usullaridan
foydalanishdir.  Tartibga  solish  –  jamoat  tartibini  va  xavfsizligini,  iqtisodiy
munosabatlar  ishtirokchilarining  tengligini,  demokratik  raqobat  asoslarini,
fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obektlari hamda
turli  huquq  sub’ektlari  uchun  umummajburiy  bo‘lgan  ko‘rsatmalarni  o‘rnatish
hisoblanadi. Tartibga solish Funksiyasi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor
qoidalarini  belgilash  yoki  boshqaruvning  aniq  jarayonlarini  (sertifikatlash,
litsenziyalash, soliqqa tortish, ro‘yxatga olish va h.k.lar) o‘rnatish;
10) hisobga olish funksiyasi – miqdor shaklida ifodalangan axborotlarni,
moddiy resurslar  harakatini, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish natijalarini,
davlat  organlari  vakolatlarini,  davlat  boshqaruv  qarorlarini,  boshqaruv  uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga
olishdir.  Hisobga  olish  funksiyasi  -  qandaydir  predmetlarning,  hujjatlarning,
faktlarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 
2. Mamuriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi
Oldingi bobda ko‘rsatib o‘tilganidek, ma’muriy huquq davlat boshqaruvini
tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat
organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat  boshqaruvi  o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim
tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy
ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi.
Logotip
oshiriladi (nazorat va nazoratning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari ushbu majmuaning 26-bobida ko‘rsatib o‘tilgan); 9) tartibga solish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimini va uning Funksiyalanishini tashkil etish jarayonida boshqaruv uslublari va usullaridan foydalanishdir. Tartibga solish – jamoat tartibini va xavfsizligini, iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligini, demokratik raqobat asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obektlari hamda turli huquq sub’ektlari uchun umummajburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni o‘rnatish hisoblanadi. Tartibga solish Funksiyasi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor qoidalarini belgilash yoki boshqaruvning aniq jarayonlarini (sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ro‘yxatga olish va h.k.lar) o‘rnatish; 10) hisobga olish funksiyasi – miqdor shaklida ifodalangan axborotlarni, moddiy resurslar harakatini, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish natijalarini, davlat organlari vakolatlarini, davlat boshqaruv qarorlarini, boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga olishdir. Hisobga olish funksiyasi - qandaydir predmetlarning, hujjatlarning, faktlarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 2. Mamuriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi Oldingi bobda ko‘rsatib o‘tilganidek, ma’muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi.
Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida
vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
normalar yig‘indisi - mamuriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi.
Davlat  boshqaruvi  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  huquqiy  jihatdan
tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan
xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan
bog‘liq  bo‘lgan  munosabatlarda  vujudga  keladigan  funksiyalarni  amalga
oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi. 
Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining
samaradorligini  oshirishga  karatilgan  tadbirlarning  deyarli  barchasi  ma’muriy
huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.
Ma’muriy  huquq  –  huquq  tizimining  yirik,  murakkab  va  rivojlangan
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ziga
xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro
hokimiyati,  boshqaruv  faoliyati  va  boshqaruvning  o‘zi  davlat  va  jamiyat
hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq
tizimida  markaziy  o‘rinni  egallaydi  hamda  boshqa  huquq  tarmoqlariga  ta’sir
ko‘rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi.
Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda,
avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat
faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini,
shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi.
Ma’muriy  huquq  –  davlat  huquqi  normalarini  yanada  aniqlashtirib  va
to‘ldirib, fuqarolarning ko‘pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv
organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday
buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi.
Ma’muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va
tugatish  tartibini,  uning  vazifa  va  maqsadlarini,  vakolatlari  hamda  huquqiy
maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. 
Logotip
Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi - mamuriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi. Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi. Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ma’muriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o‘zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq tizimida markaziy o‘rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi. Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi. Ma’muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to‘ldirib, fuqarolarning ko‘pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Ma’muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi.
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham
tartibga soladi.
Demak,  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy  huquqi  –  bu  O‘zbekiston
Respublikasi  huquq  tizimining  mustaqil  tarmog‘i  bo‘lib,  davlat  boshqaruvini
tashkil  etish  va  amalga  oshirish  jarayonida  vujudga  keladigan  ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. 
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib,
mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. 
Ma’muriy  huquq  fani  olimlarining  aksariyati,  ma’muriy  huquqning
predmetiga  davlat  boshqaruvi  jarayonida  vujudga  keladigan  quyidagi  ijtimoiy
munosabatlar guruhini kiritadi: 
tashkiliy  jihatdan  biri  ikkinchisiga  bo‘ysinadigan  davlat  boshqaruvi
organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining
ularga bo‘ysingan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy
munosabatlar);
bir-biriga  bo‘ysinmaydigan  davlat  boshqaruvi  organlari  o‘rtasidagi
munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga
keladigan ijtimoiy munosabatlar);
davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysinadigan korxona, muassasa va
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar;
davlat  boshqaruvi  organlari  va  jamoat  birlashmalari  o‘rtasidagi
munosabatlar;
davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu
huquqiy tartibga solish uslubidir. 
Har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘ziga xos
xususiyatlarga  ega  bo‘lganligi  sababli,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solish
uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi.
Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq
ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iboratdir. Huquqiy
Logotip
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy huquqi – bu O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati, ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadi: tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysinadigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysingan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); bir-biriga bo‘ysinmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysinadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir. Har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iboratdir. Huquqiy
tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, davlat undan
huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi
aloqalarni tartibga solishda foydalanadi.
Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy
munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma
buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish.
Yozma buyruq, ko‘rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u
yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday
harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man
etish,  taqiqlash  -  amalda  bu  ham  ko‘rsatma,  ammo  u  teskari,  ya’ni  huquq
normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik
bo‘yicha  yuridik  majburiyatni  zimmaga  yuklashdir.  Ruxsat  berish  -  huquq
normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha
amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir.
Ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishning  ko‘rsatilgan  uslublaridan
huquqni u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda,
foydalaniladi.
Qayd etilganidek, ma’muriy huquq tartibga solishning o‘z predmetiga ega
bo‘lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy
munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o‘zining
vazifalari, maqsadli yo‘nalishi va namoyon bo‘lish shakllari bilan farq qiladi. 
Ma’muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs
tomonidan chiqariladigan ko‘rsatmalar xosdir. Ma’muriy munosabatlarning boshqa
tomoni  ushbu  ko‘rsatmaga  bo‘ysinishga  majbur.  Bu  shuni  anglatadiki,  davlat
organining hokimiyat ko‘rsatmalari yordamida davlat amalda o‘zining boshqaruv
faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi. 
Ma’muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat  ham xos
bo‘lib, u bir tomonning o‘z xohish-irodasini bildirishidir.
Demak, davlat  nomidan harakat  qiladigan va ma’muriy munosabatlarda
uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish-
Logotip
tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solishda foydalanadi. Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish. Yozma buyruq, ko‘rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash - amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi. Qayd etilganidek, ma’muriy huquq tartibga solishning o‘z predmetiga ega bo‘lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o‘zining vazifalari, maqsadli yo‘nalishi va namoyon bo‘lish shakllari bilan farq qiladi. Ma’muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko‘rsatmalar xosdir. Ma’muriy munosabatlarning boshqa tomoni ushbu ko‘rsatmaga bo‘ysinishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko‘rsatmalari yordamida davlat amalda o‘zining boshqaruv faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi. Ma’muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo‘lib, u bir tomonning o‘z xohish-irodasini bildirishidir. Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma’muriy munosabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish-
irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda,
davlat  boshqaruvi  faoliyati  sohasida  tomonlarning  yuridik  jihatdan  tengsizligi
vujudga keladi. 
Aynan mana shu sababli ma’muriy huquqning asosiy uslubi, ya’ni ma’muriy
munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari -
davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanishi
jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak
bo‘lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. 
Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni
huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning
mustaqil tarmog‘iga ajratish imkonini beradi.
Har  qanday  mustaqil  huquq  tarmog‘iga  uning  butunligi,  tizimliligi  va
tuzilishga  ega  ekanligi  xosdir.  Bu  holat  ma’muriy  huquqda  yaqqol  namoyon
bo‘ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi –
huquq tarmog‘ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o‘zaro aloqasini belgilab
beradi.
Ma’muriy huquq – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib,
predmet,  maqsad,  prinsiplar,  tartibga  solish  uslubini  birlashtiradi.  Huquqiy
normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni
qo‘llashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy
va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo‘ysunuvchi) mavjud bo‘ladi.
Ma’muriy  huquq  tizimi  deganda,  uning  davlat  boshqaruvi  jarayonida
vujudga  keladigan  munosabatlar  bilan  obektiv  belgilangan  ichki  tuzilishi,
ma’muriy -huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini
tushunish lozim.
Ma’muriy  huquq  tizimi  –  ma’muriy  -huquqiy  normalar  va  institutlarni
birlashtiradi. 
Bundan  tashqari,  yuridik  adabiyotlarda,  “Ma’muriy  huquq  tizimi”dan
“Ma’muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma’muriy huquq fani tizimi ma’muriy
Logotip
irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda, davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi. Aynan mana shu sababli ma’muriy huquqning asosiy uslubi, ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog‘iga ajratish imkonini beradi. Har qanday mustaqil huquq tarmog‘iga uning butunligi, tizimliligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma’muriy huquqda yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi – huquq tarmog‘ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o‘zaro aloqasini belgilab beradi. Ma’muriy huquq – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo‘llashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo‘ysunuvchi) mavjud bo‘ladi. Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy -huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim. Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy -huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, “Ma’muriy huquq tizimi”dan “Ma’muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma’muriy huquq fani tizimi ma’muriy
huquq tizimiga  qaraganda  kengroq  tushuncha  bo‘lib,  quyidagilarni  o‘z ichiga
oladi:
Ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich
elementi  bo‘lib,  davlat  tomonidan  o‘rnatiladigan  yoki  tasdiqlanadigan  hamda
ma’muriy  -huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  xulq-atvorini  (xatti-
harakatini) belgilab beradigan qoidalardir;
Ma’muriy-huquqiy institutlar – ma’muriy huquq fani tizimining alohida
guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda,
ma’muriy -huquqiy institutlar – ma’muriy -huquqiy normalarning uncha katta
bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini
tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni
oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni
paytda  ular  muayyan  mustaqillik  xususiyatiga  ega.  Zero,  Ma’muriy-huquqiy
institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi;
Ma’muriy  huquq  fani  bo‘limlari  (guruhlar)  –  Ma’muriy  huquq  fani
tizimining  yirik  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  o‘zida  bir  necha  ma’muriy  -huquqiy
institutlarni birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash)
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy institutlar birlashib,
ma’muriy huquq fanining bo‘limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat
boshqaruvining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  davlat  boshqaruvi  prinsiplari,  davlat
boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy -huquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga
qarab yagona bo‘limga birlashgan.)
Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga
bo‘lingan:
1)  umumiy  qism  –  bunda  davlat  boshqaruvini  tashkil  etish  va  amalga
oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy
normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Mamuriy
huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat:
davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari;
davlat boshqaruvi sub’ektlari va ularning huquqiy maqomi;
Logotip
huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma’muriy -huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti- harakatini) belgilab beradigan qoidalardir; Ma’muriy-huquqiy institutlar – ma’muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma’muriy -huquqiy institutlar – ma’muriy -huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, Ma’muriy-huquqiy institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; Ma’muriy huquq fani bo‘limlari (guruhlar) – Ma’muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida bir necha ma’muriy -huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy institutlar birlashib, ma’muriy huquq fanining bo‘limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiplari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy -huquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga qarab yagona bo‘limga birlashgan.) Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo‘lingan: 1) umumiy qism – bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Mamuriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat: davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari; davlat boshqaruvi sub’ektlari va ularning huquqiy maqomi;
davlat boshqaruvi shakllari va uslublari;
davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari;
ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik;
ma’muriy jarayon;
davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash;
2)  maxsus  qism  –  bunda  jamiyatning  alohida  sohalarida  amalga
oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy -
huquqiy normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar)  ko‘rsatib o‘tilgan
bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish,
transport, aloqa, yo‘l xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari);
ijtimoiy-madaniy  sohalarni  boshqarish  (ta’lim,  fan,  madaniyat,  jismoniy
tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish);
Ma’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi,
ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya);
tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya
va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
va h.k.lar).
 
  
 3. Ma’muriy huquq manbalari
Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda)
mustahkamlangan.  Huquq  manbalari  –  huquqiy  normalar  ifodasining  tashqi
shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi. 
Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va
ularga  teng  shart-sharoitlar  yaratib  berish,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar
o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma’muriy -
Logotip
davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari; ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik; ma’muriy jarayon; davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash; 2) maxsus qism – bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy - huquqiy normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, yo‘l xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari); ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta’lim, fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish); Ma’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya); tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va h.k.lar). 3. Ma’muriy huquq manbalari Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari – huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma’muriy -
buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish –
bozor  munosabatlarining  tub  negizidir.  Ushbu  jarayonda  davlat  boshqaruvi
faoliyatini  tartibga  soluvchi  bir  qator  qonun  hujjatlari  qabul  qilindi.  Bu
qonunchilikning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi.
Bizga  ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi
chaqiriq  o‘n  birinchi  sessiyasida  qabul  qilindi.  O‘zbekiston  Respublikasi
Konstitutsiyasi  –  ma’muriy  huquqning  asosiy  manbasi  sifatida,  davlat
boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini
belgilab bergan. 
Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy
tartibga  solishga  qaratilgandir.  Jumladan,  Konstitutsiyaning  1-moddasida
O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, deb ko‘rsatilgan. Mazkur moddada
o‘zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya’ni O‘zbekiston suveren davlat ekanligi
ko‘rsatib o‘tilgan. 
Suverenitet  –  har  qanday  davlatning  eng  muhim,  ajralmas  belgilaridan
biridir. 
O‘zbekiston  –  demokratik  davlatdir.  Bu  insonparvarlik  qoidalariga
asoslangan,  millati,  dini,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy  e’tiqodlaridan  qat’i  nazar,
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. 
O‘zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq
hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan
biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab
berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi.
Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga
xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida
mas’uldirlar (2-modda). 
Mazkur  Konstitutsiyaviy  norma  orqali  fuqarolar  manfaatining  ustunligi
qonuniy  ravishda  mustahkamlangan  va  kafolatlangan.  Davlatning  fuqarolar
oldidagi  mas’uliyatining  mavjudligi  demokratik  huquqiy  davlatning  muhim
Logotip
buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ma’muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini belgilab bergan. Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, deb ko‘rsatilgan. Mazkur moddada o‘zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya’ni O‘zbekiston suveren davlat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Suverenitet – har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir. O‘zbekiston – demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. O‘zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi. Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim
belgilaridan  hisoblanadi.  Davlat  qonun  doirasida  insonlar  uchun  zarur  shart-
sharoitlarni yaratib bermog‘i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini
ifodalamog‘i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog‘i lozim.
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  milliy-davlat  va  ma’muriy  -hududiy
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki
va tashqi siyosatini amalga oshiradi. 
Mazkur Konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston
Respublikasi  mustaqil  davlat  sifatida  o‘zining  davlat  hokimiyatini  va  davlat
boshqaruvi  organlarining  tizimini  belgilab  beradi.  Konstitutsiyaning  beshinchi
bo‘limi aynan shu masalarni yoritib berishga qaratilgandir. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda  uning  asosida  qabul  qilingan
qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada
nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat
idoralari  faoliyatini  to‘xtatib  qo‘yish  yoki  tugatish,  hokimiyatning  yangi  va
muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi (7-modda).
Demak,  O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyati,  shu  jumladan,
boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil  etilgan davlat
organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  organlari  faqatgina  qonun
hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin. 
Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz itoat etishi va shu
asosda faoliyat ko‘rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  binoan  O‘zbekiston  xalqi
nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi
mumkin (10-modda). 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi (11-
modda). 
Logotip
belgilaridan hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart- sharoitlarni yaratib bermog‘i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifodalamog‘i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy -hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Mazkur Konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o‘zining davlat hokimiyatini va davlat boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limi aynan shu masalarni yoritib berishga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi (7-modda). Demak, O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko‘rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10-modda). O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi (11- modda).
Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi
va faoliyat tartibi – vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi
belgilangan. 
Hokimiyat tizimining bo‘linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim
belgilaridan biridir. 
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat
va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ko‘rsatib  o‘tganidek:
“Davlatning  faol  islohotchilik  mavqeida  butun  diqqat-ye’tiborni  iqtisodiyotni
sog‘lomlashtirish  muammolarini  birinchi  navbatda  hal  etishga,  qonuniylik  va
huquq-tartibotga  rioya  qilishga,  eski  iqtisodiy  munosabatlarni  bozor
munosabatlariga  aylantirishga  qaratish  ijtimoiy  barqarorlik  uchun  mustahkam
negizni vujudga keltiradi”.
O‘zbekiston  ijtimoiy  adolat  jamiyatidir.  Kuchli  ijtimoiy  siyosat  adolatli
jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir.
Ma’muriy  huquqning  asosiy  manbalaridan  yana  biri  –  bu  1994  yil  22
sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston
Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga
binoan  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  inson  va  jamiyat
farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat
tartibini,  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilishni,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylikni
ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va
obektiv  ko‘rib  chiqilishini,  shuningdek,  bunday  huquqbuzarliklarning  oldini
olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya
etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga
oshirish uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks – qanday harakat yoki
harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni
sodir  etgan  shaxsga  nisbatan  qaysi  organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  qay
tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Logotip
Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi – vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilangan. Hokimiyat tizimining bo‘linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib o‘tganidek: “Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat-ye’tiborni iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi”. O‘zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir. Kuchli ijtimoiy siyosat adolatli jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir. Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri – bu 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks – qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.