REJA:
1.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va
uning printsiplari.
2.
Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi.
3.
Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi.
4.
Harbiy
xizmatchilar
va
intizom
ustavlari
tatbiq
etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi.
5.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
ma’muriy
javobgarligi.
Yuridik
shaxslarning
ma’muriy
javobgarligi.
O‘zbekiston
Respublikasining
ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi
qonunchilik
hujjatlariga
–
MJTK,
O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari,
qarorlari,
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qarorlari,
farmoyishlari,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari, shuningdek, mahalliy
hokimiyat organlari tomonidan chiqariladigan normativ-huquqiy
hujjatlar kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasi
ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi
qonunchilik
hujjatlari
quyidagi
printsiplarga asoslanadi:
– qonuniylik;
– fuqarolarning qonun oldida tengligi;
– demokratizm;
– insonparvarlik;
– odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi.
Qonuniylik
Davlat,
uning
organlari,
mansabdor
shaxslar,
jamoat
birlashmalari
va
fuqarolarning
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishidir. Ma’muriy
huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash chog‘ida
qonunchilik
hujjatlari
talablariga
rioya
etilishi
yuqori
turuvchi
vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam
ravishda nazorat
qilib
turilishi bilan, prokuror nazorati
bilan,
shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun
oldida
tengdirlar.
MJTKning
272-moddasiga
asosan,
ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy
kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, irqi, millati, tili, dini va
e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi
organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini
oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish,
o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib
chiqilishi mumkin.
Demokratizm printsipi
Vakolatli organ (mansabdor shaxs) ma’muriy jazo choralarini qo‘llashda
javobgarlikning yengillashtiruvchi holatlariga, huquqbuzarning moddiy ahvoliga
e’tibor bergan holda ayrim huquqbuzarliklar uchun belgilangan sanktsiyadan
ham yengilrog‘ini qo‘llaydi yoki ogohlantirish bilan kifoyalanadi. Ma’muriy
huquqbuzarlik
uchun
javobgarlikni
yengillashtiruvchi
yoki
bekor
qiluvchi
hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar
sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik
uchun javobgarlikni belgilovchi yoki kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish
kuchiga ega bo‘lmaydi
Insonparvarlik printsipi
Sodir etilgan huquqqa xilof xatti-harakat uchun
Sodir etilgan huquqqa xilof xatti-harakat uchun
qonunda belgilangan muddatlarda, inson va jamiyat
farovonligi
yo‘lida
fuqarolarning
huquq
va
erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini,
tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va
qonuniylikni ta’minlash maqsadida ma’muriy ta’sir
choralarining qo‘llanilishi ayb uchun javobgarlikning
muqarrarligi printsipini anglatadi.
Odillik printsipi
Ma’muriy
javobgarlik
ma’muriy
huquq
normalari bilan tartibga solingan bo‘lib, aybdor
shaxsga nisbatan vakolati davlat organlari va
mansabdor
shaxslar
tomonidan
ma’muriy-
protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti
yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga
nisbatan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar
to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar
qo‘llaniladi.
Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra bolalarga
nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashi mumkin:
- bolaga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar)
sudiga taqdimnoma kiritish;
- bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni ogohlantirish;
- bolani o‘z ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat
tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki
nodavlat notijorat tashkilot kuzatuviga topshirish;
Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra bolalarga
nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashi mumkin:
o‘n besh yoshga to‘lgan bola zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va
zarar miqdori belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan
moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki
belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati
bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma
kiritish;
Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra bolalarga
nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashi mumkin:
- o‘n olti yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan
hollarda va miqdorlarda jarima solish;
- bolani qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda respublika
o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish.