MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

35

File size

Fayl hajmi

65,7 KB


MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO.
REJA :
1. Ma’muriy javobgarlikning tushunchasi
2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi
3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
4.  Harbiy  xizmatchilar  va  intizom  Ustavlvri  tatbiq  etiladigan  boshqa
shaxslarning javobgarligi.
5.  Xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  ma’muriy
javobgarligi
6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
Logotip
MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO. REJA : 1. Ma’muriy javobgarlikning tushunchasi 2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi 3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi 4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi. 5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995
yil 1 apreldan kuchga kiritilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1-
moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari:
ushbu Kodeks; 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Koraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari;
Koraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesining  va  Vazirlar
Kengashining qarorlari;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi -
inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni,
davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va
qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z
vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning
oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga
rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun,
qonun  hujjatlari,  qanday  harakat  yoki  harakatsizlik  ma’muriy  huquqbuzarlik
hisoblanishini,  ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etgan  shaxsga  nisbatan  qaysi
organ  (mansabdor  shaxs)  tomonidan  qay  tartibda  qanaqa  ma’muriy  jazo
qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari
quyidagilardan iboratdir:
qonuniylik prinsipi; 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi;
demokratizm prinsipi;
Logotip
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1- moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: ushbu Kodeks; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Koraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari; Koraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi - inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: qonuniylik prinsipi; fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; demokratizm prinsipi;
insonparvarlik prinsipi; 
odillik prinsipi;
ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi.
Deyarli  barcha  ma’muriy  javobgarlikni  belgilovchi  huquqiy  normalar,
O‘zbekiston Respublikasi  ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida
umumlashtirilgan.
O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  qonun
hujjatlari:
1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o‘zida ifoda etadi;
2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi;
3)  ma’muriy  va  sud  tartibida  ma’muriy  huquqbuzarliklar  uchun
qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi.
Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir
vaqtning  o‘zida,  ma’muriy  javobgarlik  ma’muriy  -huquqiy  majburlovning
ko‘rinishi bo‘lib, uning barcha xususiyatlariga egadir. 
Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham
xosdir. U huquqiy normalar asosida o‘rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan
huquqbuzarlik  uchun  qo‘llaniladi  va  vakolatli  davlat  organlari  (mansabdor
shaxslar) tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda
tutilgan sansiyalarni qo‘llashda ifodalanadi. 
Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan
tadqiq  qilingan  bo‘lib,  ularning  aksariyati  bu  masalaga  deyarli  bir  xilda
yondoshgan: ma’muriy javobgarlik – bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga
solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat
organlari  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  ma’muriy  -protsessual  tartibda
ma’muriy jazoni qo‘llashdir. 
A.P.Alexin  ma’muriy  javobgarlikni  yuridik  javobgarlikning  barcha
xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini
ham ko‘rsatib o‘tadi:
Logotip
insonparvarlik prinsipi; odillik prinsipi; ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o‘zida ifoda etadi; 2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi. Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’muriy javobgarlik ma’muriy -huquqiy majburlovning ko‘rinishi bo‘lib, uning barcha xususiyatlariga egadir. Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham xosdir. U huquqiy normalar asosida o‘rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi va vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan sansiyalarni qo‘llashda ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: ma’muriy javobgarlik – bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy -protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir. A.P.Alexin ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tadi:
birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari
bilan ham o‘rnatiladi, ya’ni u o‘zining normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy
javobgarlik – faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik – qonun va qonunosti
hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik – mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan
belgilanadi;
ikkinchidan,  ma’muriy  javobgarlikning  asosi  bo‘lib  –  ma’muriy
huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo‘ya xatti-harakat qo‘rinishida).
Jinoiy javobgarlikda – jinoyat, intizomiy javobgarlikda – intizomiy nojo‘ya xatti-
harakat, moddiy javobgarlikda – moddiy zarar yetkazish hisoblanadi;
uchinchidan, ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatida fuqarolar, mansabdor
shaxslar va yuridik shaxslar namoyon bo‘ladi. Jinoiy javobgarlikda – fuqarolar va
mansabdor  shaxslar,  intizomiy  javobgarlikda  –  xodim  (jamoa  sub’ektlarining
intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo‘lib kelmoqda), moddiy
javobgarlikda  -  xodim  (mehnat  qonunchiligi  bo‘yicha),  yuridik  va  jismoniy
shaxslar (fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha) sub’ekt bo‘lishi mumkin;
to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – ma’muriy jazo choralari
qo‘llaniladi. Jinoyat uchun – jinoiy jazo, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun –
intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun – mulkiy jazo qo‘llaniladi;
beshinchidan,  ma’muriy  javobgarlik  qonun  hujjatlariga  binoan  keng
doiradagi davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi. Jinoiy
javobgarlik – sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik - yuqori turuvchi
davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik – sud organlari
tomonidan qo‘llaniladi;
oltinchidan,  ma’muriy  javobgarlik  sudlanganlik  holatini  yoki  ishdan
bo‘shatishni  vujudga keltirmaydi, jinoiy  javobgarlikda  -  sudlanganlik  vujudga
keladi, intizomiyda – ishdan bo‘shatish mumkin;
yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo‘llash uchun, bo‘ysinuvning bo‘lishi
shart emas, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda esa bo‘ysinuv mavjud bo‘ladi.
Ma’muriy  javobgarlik  barcha  fuqarolar  uchun  tatbiq  qilinadigan
umummajburiy qoidalarni buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo‘llaniladi.
Logotip
birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari bilan ham o‘rnatiladi, ya’ni u o‘zining normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik – faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik – qonun va qonunosti hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik – mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi; ikkinchidan, ma’muriy javobgarlikning asosi bo‘lib – ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo‘ya xatti-harakat qo‘rinishida). Jinoiy javobgarlikda – jinoyat, intizomiy javobgarlikda – intizomiy nojo‘ya xatti- harakat, moddiy javobgarlikda – moddiy zarar yetkazish hisoblanadi; uchinchidan, ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatida fuqarolar, mansabdor shaxslar va yuridik shaxslar namoyon bo‘ladi. Jinoiy javobgarlikda – fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy javobgarlikda – xodim (jamoa sub’ektlarining intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo‘lib kelmoqda), moddiy javobgarlikda - xodim (mehnat qonunchiligi bo‘yicha), yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha) sub’ekt bo‘lishi mumkin; to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi. Jinoyat uchun – jinoiy jazo, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun – intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun – mulkiy jazo qo‘llaniladi; beshinchidan, ma’muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi. Jinoiy javobgarlik – sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik - yuqori turuvchi davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik – sud organlari tomonidan qo‘llaniladi; oltinchidan, ma’muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan bo‘shatishni vujudga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda - sudlanganlik vujudga keladi, intizomiyda – ishdan bo‘shatish mumkin; yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo‘llash uchun, bo‘ysinuvning bo‘lishi shart emas, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda esa bo‘ysinuv mavjud bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik barcha fuqarolar uchun tatbiq qilinadigan umummajburiy qoidalarni buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo‘llaniladi.
Ular turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan,
davlat  va  jamoat  tartibi  va  xavfsizligi;  tabiatni  muhofaza  qilish;  mulkchilik;
standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport
vositalaridan foydalanish; harbiy ro‘yxat; chegara tartibi; kontrabandaga qarshi
kurash;  valyuta  muomalasi  va  boshqa  qoidalar. Umummajburiy qoidalar  turli
vakolatli ijro hokimiyati organlari tomonidan o‘rnatiladi.
Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning talablari
buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy
javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto Konstitutsiyaviy huquq normalarining
buzilishi  uchun  ham  qo‘llanilishi  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Bu  o‘z  navbatida,
ma’muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos
olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalarning ishlarida
tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy javobgarlik
– ommaviy-huquqiy tabiatga ega bo‘lib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi.
Bu  -  xizmat  bo‘yicha  bo‘ysinmagan,  aybdorlarga  nisbatan  davlat  organlari
tomonidan qo‘llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir.
Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo
choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala “javobgarlik” va “jazo” terminlarining
mazmuniga  e’tibor  beradigan  bo‘lsak,  ular  turli  tushunchalarda  ifodalanadi.
Javobgarlik jazoga qaraganda, kengroq doiradagi munosabatlarni qamrab oladi.
Javobgarlik  jazo  choralari  bilan  bir  vaqtda  va  boshqa  huquqiy  ta’sir  etish
choralarini ham o‘z ichiga oladi.
2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
14-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n
sakkiz  yoshgacha  bo‘lgan  shaxslarga  nisbatan  Voyaga  yetmaganlar  ishi  bilan
Logotip
Ular turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, davlat va jamoat tartibi va xavfsizligi; tabiatni muhofaza qilish; mulkchilik; standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish; harbiy ro‘yxat; chegara tartibi; kontrabandaga qarshi kurash; valyuta muomalasi va boshqa qoidalar. Umummajburiy qoidalar turli vakolatli ijro hokimiyati organlari tomonidan o‘rnatiladi. Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning talablari buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto Konstitutsiyaviy huquq normalarining buzilishi uchun ham qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida, ma’muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalarning ishlarida tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy javobgarlik – ommaviy-huquqiy tabiatga ega bo‘lib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi. Bu - xizmat bo‘yicha bo‘ysinmagan, aybdorlarga nisbatan davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir. Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala “javobgarlik” va “jazo” terminlarining mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular turli tushunchalarda ifodalanadi. Javobgarlik jazoga qaraganda, kengroq doiradagi munosabatlarni qamrab oladi. Javobgarlik jazo choralari bilan bir vaqtda va boshqa huquqiy ta’sir etish choralarini ham o‘z ichiga oladi. 2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 14-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishi bilan
shug‘ullanuvchi  komissiyalar  to‘g‘risidagi  nizomda  nazarda  tutilgan  choralar
qo‘llaniladi.
Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javogarligi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari
bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarorida
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi,
ular  ustidan  bo‘lgan  nazoratning  bo‘shligi,  ish  bilan  ta’minlash  va  boshqa
muammolar  qoniqarli  darajada  hal  etilmayotganligi  oqibatida  ko‘plab  yoshlar
tomonidan  huquqbuzarlik  va  jinoyatlar  sodir  etish,  giyohvandlik  va
ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar
ta’siriga  tushib  qolish  kabi  salbiy  holatlar  uchrab  turganligi  haqida  to‘xtalib
o‘tilgan.
Yoshlarni  ijtimoiy  mehnatga  jalb  etish,  tarbiyalash,  ular  o‘rtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi
boshqarish  organlari,  o‘quv  muassasalari  va  boshqa  idoralarning  faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi  mahalliy  hokimliklar  huzuridagi  mavjud  komissiyalar  o‘z
faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘yganligi ta’kidlangan.
Voyaga  yetmaganlar  o‘rtasida  tarbiyaviy  ishlarni  kuchaytirish,  ular
tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul
bo‘lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari
bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish
maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  “Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha
komissiyalar  haqida”gi  nizom  hamda Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Voyaga
yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqladi.
Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiyalar  o‘z  faoliyatini
jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsiz
qolish va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar.
Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiyalar  -  voyaga
yetmaganlarning  nazoratsiz,  qarovsiz  qolishlari,  huquqbuzarliklari  va  jamiyat
uchun zararli xatti-harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug‘diruvchi
Logotip
shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javogarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarorida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko‘plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o‘z faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘yganligi ta’kidlangan. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul bo‘lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar haqida”gi nizom hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqladi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsiz qolish va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar - voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug‘diruvchi
sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ijtimoiy jihatdan
xavfli  ahvolda  bo‘lgan  voyaga  yetmaganlarni  ijtimoiy-pedagogika  jihatdan
reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.
Voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiyalar  tumanlar,  shaharlar,
viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari,  Koraqalpog‘iston  Respublikasi
Vazirlar  Kengashi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida
tuziladi.
Komissiyalar  rais  (tuman,  shahar,  viloyat  hokimi  o‘rinbosari,
Koraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  raisining  o‘rinbosari),  rais
o‘rinbosari,  mas’ul  kotib  va  komissiyaning  6-12  a’zosi  tarkibida  tuziladi.
Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Komissiyaning mas’ul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar
hokimliklari,  Koraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  huzuridagi
komissiyalarda boshqa ishlardan ozod mas’ul kotib lavozimi, zaruriyat bo‘lganda
esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etiladi.
Komissiyaga tarkibiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi,
kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, mudofaaga ko‘maklashish
jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy va boshqa muassasalarning vakillari
kiradilar.
Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida madaniy-tarbiyaviy
ishlar bo‘yicha, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari va boshqa o‘quv
muassasalarining o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha, bolalar va o‘smirlarni ishga
joylashtirish  va  maishiy  turmushini  yaxshilash  masalalari  bo‘yicha,
ixtisoslashtirilgan  o‘quv-tarbiya  muassasalaridan  chiqarilgan  va  tarbiyalash
koloniyalaridan  ozod  qilingan  o‘smirlar  ustidan  nazorat  o‘rnatish  bo‘yicha
seksiyalar tashkil etilishi mumkin.
Logotip
sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi. Komissiyalar rais (tuman, shahar, viloyat hokimi o‘rinbosari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari), rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6-12 a’zosi tarkibida tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi. Komissiyaning mas’ul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda boshqa ishlardan ozod mas’ul kotib lavozimi, zaruriyat bo‘lganda esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etiladi. Komissiyaga tarkibiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, mudofaaga ko‘maklashish jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy va boshqa muassasalarning vakillari kiradilar. Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida madaniy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari va boshqa o‘quv muassasalarining o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha, bolalar va o‘smirlarni ishga joylashtirish va maishiy turmushini yaxshilash masalalari bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan chiqarilgan va tarbiyalash koloniyalaridan ozod qilingan o‘smirlar ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha seksiyalar tashkil etilishi mumkin.
Komissiyalar  o‘z  vakolatlariga  kiritilgan  masalalar  bo‘yicha  davlat
organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladilar.
Tuman (shahar) komissiyalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
voyaga  yetmagan  shaxslarga  nisbatan  quyidagi  ta’sir  ko‘rsatish  choralarini
qo‘llashlari, ya’ni:
1) voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash
to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi;
2) ogohlantirib qo‘yishi;
3) 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish
haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq
bo‘lmasa moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini
yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan moddiy
zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi;
4) 16 yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan
shaxsga  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javogarlik  to‘g‘risidagi
kodeksida,  Koraqalpog‘iston  Respublikasining  davlat  hokimiyati  va
boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar
davlat boshqaruvi organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda
jarima solishi;
5)  voyaga  yetmagan  shaxsni  o‘z  ota-onasi  yoki  ular  o‘rnini  bosuvchi
shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan
mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi;
6) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki
ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda
komissiya  ichki  ishlar  organlari  bilan  birgalikda  voyaga  yetmaganni  maxsus
o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida sudga
iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs maxsus
maktab-internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan
shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin.
Logotip
Komissiyalar o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladilar. Tuman (shahar) komissiyalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashlari, ya’ni: 1) voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi; 2) ogohlantirib qo‘yishi; 3) 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi; 4) 16 yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksida, Koraqalpog‘iston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi; 5) voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi; 6) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida sudga iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin.
3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs - bu mulk shaklidan
qat’i  nazar  korxona,  muassasa,  tashkilotda  muayyan  mansabni  egallab  turgan
hamda rahbarlik, tashkiliy,  farmoyish  berish,  tekshiruv-nazorat  vazifalari  yoki
moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar yuklatilgan shaxsdir.
Mansabdor shaxslar:
a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; 
b) tabiiy muhitni;
c) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga;
d)  bajarilishini  ta’minlash  o‘z  xizmat  vazifalariga  kiradigan  boshqa
qoidalarga  rioya  etmaganlik  bilan  bog‘liq  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir
etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Mansabdor shaxslar – ma’muriy javobgarlikning maxsus sub’ektlaridan biri
bo‘lib,  ular  tomonidan  sodir  etiladigan  huquqbuzarliklar  turli  ko‘rinishlarda
ifodalanishi mumkin:
birinchidan, o‘z xatti-harakatlari bilan o‘rnatilgan umumajburiy qoidalarni
buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari);
ikkinchidan,  mansabdor  shaxslarning  o‘z  bo‘ysunuvchida  bo‘lgan
shaxslarga o‘rnatilgan qoidalarga zid keladigan ko‘rsatmalarni berishlari;
uchinchidan, umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor
shaxsning xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lsa, o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslar
tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari.
Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi
qonunchilik talabiga ko‘ra, quyidagilarni:
a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki
tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab turganligini;
Logotip
3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs - bu mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar yuklatilgan shaxsdir. Mansabdor shaxslar: a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; b) tabiiy muhitni; c) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga; d) bajarilishini ta’minlash o‘z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxslar – ma’muriy javobgarlikning maxsus sub’ektlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin: birinchidan, o‘z xatti-harakatlari bilan o‘rnatilgan umumajburiy qoidalarni buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari); ikkinchidan, mansabdor shaxslarning o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslarga o‘rnatilgan qoidalarga zid keladigan ko‘rsatmalarni berishlari; uchinchidan, umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor shaxsning xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lsa, o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslar tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi qonunchilik talabiga ko‘ra, quyidagilarni: a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab turganligini;
b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat qilish
vazifalari yuklatilgan bo‘lishini;
c)  unga  moddiy  boyliklar  harakati  bilan  bog‘liq  vazifalar  yuklatilgan
bo‘lishini aniqlash lozim.
Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar,
odatda ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o‘z harakatlarining zararli
oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning
oldini  olish  mumkin  deb  o‘ylaydi  yoki  bunday  oqibatlar  kelib  chiqishi
mumkinligini  oldindan  ko‘ra  bilmaydi,  holbuki  bularni  ko‘ra  bilishlari  lozim.
Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mansabiga sovuqqonlik bilan
qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Mansabdor  shaxslar  tomonidan  ma’muriy  huquqbuzarlik  qasddan  sodir
etilishi  ham  mumkin.  Bu  ayb  shakli  masalan,  mansabini  suiste’mol  qilishda
ifodalanishi mumkin.
Mansabdor  shaxslarning  ma’muriy  huquqbuzarligi,  ayni  vaqtda,  uning
xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etish ham
hisoblanadi.  Intizomiy  nojo‘ya  xatti-harakat  uchun  mehnat  qonunchiligida
intizomiy javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan. 
Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun
faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo‘llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning
o‘rnatilgan qoidalarni buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita
javobgarlikni qo‘llash mumkin emas. 
O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksiga
binoan  mansabdor  shaxslarga  nisbatan  –  jarima  tariqasidagi  ma’muriy  jazo
qo‘llanilishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mansabdor shaxslarga
nisbatan  qo‘llaniladigan  jarima  miqdori,  fuqarolarga  qo‘llaniladigan  jarima
miqdoridan oshiq belgilangan. 
Logotip
b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat qilish vazifalari yuklatilgan bo‘lishini; c) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq vazifalar yuklatilgan bo‘lishini aniqlash lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar, odatda ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o‘z harakatlarining zararli oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilmaydi, holbuki bularni ko‘ra bilishlari lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mansabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan bo‘lishi mumkin. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiste’mol qilishda ifodalanishi mumkin. Mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqtda, uning xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etish ham hisoblanadi. Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo‘llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning o‘rnatilgan qoidalarni buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita javobgarlikni qo‘llash mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan mansabdor shaxslarga nisbatan – jarima tariqasidagi ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori, fuqarolarga qo‘llaniladigan jarima miqdoridan oshiq belgilangan.
4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning
javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga
majburlar, shuningdek,  ichki  ishlar  organlarining oddiy askarlar  va boshliqlar
tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom Ustavlvriga
muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
Harbiy xizmatchilar  va  yig‘inga  chaqirilgan harbiy  xizmatga majburlar,
shuningdek,  ichki  ishlar  organlarining  oddiy  askarlar  va  boshliqlar  tarkibiga
kirmaydigan, intizom Ustavlvri yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq
etiladigan  boshqa  shaxslar,  ana  shu  Ustav  yoki  qoidalarda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri
nazarda  tutilgan  hollarda,  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etganliklari  uchun
intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy
javobgar bo‘ladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga - O‘zbekiston
Respublikasining  Qurolli  Kuchlari  saflarida,  Ichki  ishlar  vazirligi  ichki
qo‘shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida (chegara qo‘shinlarida)
haqiqiy  harbiy  xizmatni  o‘tayotgan  shaxslar  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi
milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi
shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu
jumladan militsiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham
ma’muriy huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risida” gi qonunga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy
xizmatga  majburlar  harbiy  intizom  va  jamoat  tartibini  buzganliklari  uchun
qo‘mondonlar (boshliqlar) oldida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
Intizom Ustavi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. 
Logotip
4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom Ustavlvriga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom Ustavlvri yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu Ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar. Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga - O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan militsiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi qonunga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo‘mondonlar (boshliqlar) oldida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom Ustavi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.
Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar
jumlasiga,  o‘rnatilgan  har  qanday  umummajburiy  qoidalarni  buzishni  kiritish
mumkin.
Tegishli  davlat  organlari  yoki  mansabdor  shaxslar  harbiy  xizmatchilar
tomonidan  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etilganini  aniqlagan  vaqtda,
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taaluqli materiallarni
aybdorning Qurolli Kular Intizom Ustavi bo‘yicha javobgarligi masalasini hal
qilish uchun boshliqlarga beradilar.
Harbiy  xizmatchilar  tomonidan  sodir  etilgan  quyidagi  ma’muriy
huquqbuzarliklar  uchun,  umumiy  asoslarda  ma’muriy  javobgarlikni  qo‘llash
mumkin:
yo‘l harakati qoidalarini buzganda;
ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini buzganda;
bojxona qoidalarini buzganda.
Amaldagi  qonun  hujjatlarida  harbiy  xizmatchilarga  nisbatan
qo‘llanilmaydigan  ma’muriy  javobgarlik  choralari  ham  ko‘rsatib  o‘tilgan.
Jumladan,  birinchidan,  harbiy  xizmatchilar  va  yig‘inga  chaqirilgan  harbiy
xizmatga  majburlar,  shuningdek,  ichki  ishlar  organlarining  oddiy  askarlar  va
boshliqlar  tarkibiga  mansub  shaxslarga  nisbatan  ma’muriy  qamoq  jazosi
qo‘llanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima
solinishi mumkin emas.
 5.  Xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  ma’muriy
javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar
va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  umumiy  asoslarda  ma’muriy  javobgarlikka
tortilishlari lozim. 
Logotip
Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar jumlasiga, o‘rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalarni buzishni kiritish mumkin. Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xizmatchilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taaluqli materiallarni aybdorning Qurolli Kular Intizom Ustavi bo‘yicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlarga beradilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llash mumkin: yo‘l harakati qoidalarini buzganda; ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini buzganda; bojxona qoidalarini buzganda. Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas. 5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga  ega  bo‘lgan  shaxslarga  nisbatan  ushbu  Kodeksning
O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga
zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
Xorijiy  fuqaro  –  bu  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  bo‘lgan,
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  hisoblanmagan  va  xorijiy  davlat  fuqaroligi
mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsdir. 
“O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to‘g‘risida”gi  qonunning  11-
moddasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yashab  turgani  holda
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lmagan  va  chet  davlat  fuqaroligiga
mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar - fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar deb hisoblanadi.
Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida
ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar bundan mustasno.
Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun
hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari
umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Xorijiy fuqarolarning ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri – bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning immunitet huquqiga ega bo‘lishidir. 
O‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonun  hujjatlari  bilan  hamda
O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy
fuqarolar  ma’muriy  yurisdiksiyadan  immunitetga  (daxlsizlik)  ega  bo‘lishlari
mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik
yo‘l  bilan  hal  etiladi.  Bu  toifadagi  xorijiy  fuqarolar  jumlasiga:  diplomatik
vakolatxonalarning boshliqlari  (elchilar, ishonchli vakillir)  va xorijiy davlatlar
vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo
vakillarining o‘rinbosarlari, harbiylar, harbiy-havo va arbiy-dengiz attashelari va
ularning yordamchilari, attashelarning birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va
diplomatik vakolatxonalarning arxivchi-kotiblari.
Logotip
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi. Xorijiy fuqaro – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsdir. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 11- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar - fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deb hisoblanadi. Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar bundan mustasno. Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Xorijiy fuqarolarning ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning immunitet huquqiga ega bo‘lishidir. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immunitetga (daxlsizlik) ega bo‘lishlari mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik vakolatxonalarning boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo vakillarining o‘rinbosarlari, harbiylar, harbiy-havo va arbiy-dengiz attashelari va ularning yordamchilari, attashelarning birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va diplomatik vakolatxonalarning arxivchi-kotiblari.
Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga
va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslarning oila a’zolariga ham (agar ular
mazkur  shaxslar  bilan  birga  yashasalar  va  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi
hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin.
Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar,
konsullar, konsullarning o‘rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar
ham immunitetga ega bo‘lishlari  mumkin. Ular o‘zlarining xizmat faoliyatiga
taaluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etganlik uchun xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston
Respublikasi  hududidan  ma’muriy  tarzda  chiqarib  yuborish  nazarda  tutilishi
mumkin
 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
Ma’muriy jazo – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan
qo‘llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo‘lib, yangi huquqbuzarliklarning
sodir etilishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Ma’muriy  jazo  –  ma’muriy  majburlovning  bir  ko‘rinishi  hisoblanadi.
Ma’muriy  jazo  ma’muriy  majburlovning  boshqa  choralaridan  farqli  ravishda,
o‘ziga  xos  maqsadga  ega bo‘lgan jazo sansiyalari  bo‘lib, protsessual  tartibda
qo‘llaniladi.  Ma’muriy  jazo  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeks  bilan,
ma’muriy  majburlovning  boshqa  choralari  esa,  turli  normativ  hujjatlar  bilan
tartibga solinadi.
Ma’muriy  jazo  –  turli  huquq  tarmoqlari  (Konstitutsiyaviy  ma’muriy,,
mehnat,  moliya,  fuqarolik,  fuqarolik  protsessual,  jinoyat-protsessual  huquq)
normalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Uni qo‘llash orqali shaxsga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  ta’sir  ko‘rsatiladi,  aybdorning  huquqiy  maqomi  vaqtincha  cheklanadi
(masalan, ma’lum bir huquqlar cheklanishi, qo‘shimcha majburiyatlar yuklanishi
Logotip
Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslarning oila a’zolariga ham (agar ular mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, konsullar, konsullarning o‘rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar ham immunitetga ega bo‘lishlari mumkin. Ular o‘zlarining xizmat faoliyatiga taaluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi Ma’muriy jazo – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo‘lib, yangi huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo – ma’muriy majburlovning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ma’muriy jazo ma’muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda, o‘ziga xos maqsadga ega bo‘lgan jazo sansiyalari bo‘lib, protsessual tartibda qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bilan, ma’muriy majburlovning boshqa choralari esa, turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy jazo – turli huquq tarmoqlari (Konstitutsiyaviy ma’muriy,, mehnat, moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquq) normalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Uni qo‘llash orqali shaxsga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatiladi, aybdorning huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma’lum bir huquqlar cheklanishi, qo‘shimcha majburiyatlar yuklanishi
mumkin),  shuningdek,  jazoga  tortilganlik  holatini  vujudga  keltiradi.  Bundan
tashqari, ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan
rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi.
Jazolash – ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni
sodir etgan shaxsni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni
ta’minlash,  yangi  qonunga  xilof  qilmishlarning  sodir  etilishini  oldini  olish
maqsadida qo‘llaniladi. ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini
olishga xizmat qiladi.
Yu.M.Kozlovning  fikricha,  ma’muriy  jazo  choralari  -  ma’muriy
huquqbuzarlik  oqibatida  yetkazilgan  moddiy  zararni  qoplash  maqsadida
qo‘llanilmaydi.  Agar,  ma’muriy  huquqbuzarlik  orqali  jismoniy  yoki  yuridik
shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiquvchi
davlat organi ma’muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish
bo‘yicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini
ko‘rib chiqqish tartibida amalga oshiriladi.
B.V.Rossinskiyning  ko‘rsatib  o‘tishicha,  ma’muriy  jazo  choralarini
mazmuniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
a) ahloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish);
b) mulkiy choralar (masalan, ma’muriy jarima, ma’muriy huquqbuzarlikni
sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini
to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoxud uni musodara qilish);
c) shaxslarning shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan choralar (masalan,
ma’muriy qamoq, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish);
d) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish).
 Ma’muriy jazo  –  u yoki  bu shaxs  tomonidan sodir  etilgan qilmishga
ma’naviy ta’sir ko‘rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy
ta’sir ko‘rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi.
O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi
kodeksining 22-moddasiga binoan ma’muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi
bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va
Logotip
mumkin), shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi. Jazolash – ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni ta’minlash, yangi qonunga xilof qilmishlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy jazo choralari - ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo‘llanilmaydi. Agar, ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiquvchi davlat organi ma’muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo‘yicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqqish tartibida amalga oshiriladi. B.V.Rossinskiyning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy jazo choralarini mazmuniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: a) ahloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish); b) mulkiy choralar (masalan, ma’muriy jarima, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoxud uni musodara qilish); c) shaxslarning shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan choralar (masalan, ma’muriy qamoq, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish); d) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish). Ma’muriy jazo – u yoki bu shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga ma’naviy ta’sir ko‘rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy ta’sir ko‘rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22-moddasiga binoan ma’muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi
tomonidan  ham,  boshqa  shaxslar  tomonidan  ham  yangi  huquqbuzarlik  sodir
etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Kodeksning  23-moddasiga  binoan  esa,  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir
etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 
jarima; 
Ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki  bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; 
Ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki  bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 
muayyan  shaxsni  unga  berilgan  maxsus  huquqdan  (transport  vositasini
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 
Ma’muriy qamoqqa olish. 
Jarimadan  tashqari  barcha  ma’muriy  jazo  choralari,  faqat  O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. 
Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy
fuqarolarni  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarni  O‘zbekiston  Respublikasi
hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin. 
Ma’muriy jazo – asosiy va qo‘shimcha jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy
ma’muriy  jazo  choralari  –  bu  ma’muriy  jazo  choralarining  boshqa  turlariga
qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan,
jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo
choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘shimcha  jazo  choralari  esa,  ma’muriy  jazoning  boshqa  choralariga
qo‘shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo‘lgan choralar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zR MJtKning 24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan
olib qo‘yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo
tariqasida;  boshqa  ma’muriy  jazo  choralari  esa  faqat  asosiy  jazo  tariqasida
qo‘llanilishi  mumkin.  Bitta  ma’muriy  huquqbuzarlik  uchun  asosiy  yoki  ham
asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Logotip
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Kodeksning 23-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: jarima; Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; Ma’muriy qamoqqa olish. Jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin. Ma’muriy jazo – asosiy va qo‘shimcha jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy ma’muriy jazo choralari – bu ma’muriy jazo choralarining boshqa turlariga qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha jazo choralari esa, ma’muriy jazoning boshqa choralariga qo‘shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo‘lgan choralar bo‘lib hisoblanadi. O‘zR MJtKning 24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida; boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
 2. Ma’muriy jarima
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
25-moddasiga  binoan  jarima  -  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etishda  aybdor
shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. 
Jarima  –  mulkiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  jazo  chorasi  bo‘lib,  aybdor
shaxsdan  davlat  hisobiga  undirib  olinadigan  ma’lum  bir  pul  summasida
ifodalanadi. 
Jarima  –  ma’muriy  javobgarlikning  samarali  choralaridan  biri  bo‘lib,
ma’muriy  huquqbuzarlik  ishlarini  ko‘rib  chiquvchi  barcha  davlat  organlari
tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda qo‘llaniladi.
Jarima – ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo
choralarining o‘rniga qo‘llanilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan
jarima  bilan  bir  vaqtda  qo‘shimcha  jazo  chorasi  (masalan,  ma’muriy
huquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisoblangan  yoki  bevosita  shunday  narsa
bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish) qo‘llanilishi mumkin. 
Jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
Maxsus qismida nazarda tutilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun
qo‘llanilishi mumkin.
Jarima  tarzidagi  ma’muriy  jazo  chorasi  huquqbuzarning  ongiga  ta’sir
ko‘rsatib, uning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazishda ifodalanadi.
Jarimaning asosiy ko‘rsatkichi – bu uning miqdoridadir. Jarima miqdorini
aniq bir summada ko‘rsatib o‘tish mumkin emas. Bunga sabab, birinchi navbatda
pul  qadrsizlanishi,  milliy  valyutaning  beqarorligidir.  Shu  munosabat  bilan
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida jarima
miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam ish haqi
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, O‘zR MJtKning 25-modda
2-qismiga  binoan  jarimaning  miqdori  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etilgan
vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik
Logotip
2. Ma’muriy jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 25-moddasiga binoan jarima - ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarima – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo chorasi bo‘lib, aybdor shaxsdan davlat hisobiga undirib olinadigan ma’lum bir pul summasida ifodalanadi. Jarima – ma’muriy javobgarlikning samarali choralaridan biri bo‘lib, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiquvchi barcha davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda qo‘llaniladi. Jarima – ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o‘rniga qo‘llanilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan jarima bilan bir vaqtda qo‘shimcha jazo chorasi (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish) qo‘llanilishi mumkin. Jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks Maxsus qismida nazarda tutilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilishi mumkin. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir ko‘rsatib, uning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazishda ifodalanadi. Jarimaning asosiy ko‘rsatkichi – bu uning miqdoridadir. Jarima miqdorini aniq bir summada ko‘rsatib o‘tish mumkin emas. Bunga sabab, birinchi navbatda pul qadrsizlanishi, milliy valyutaning beqarorligidir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida jarima miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, O‘zR MJtKning 25-modda 2-qismiga binoan jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik
aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan
holda belgilanadi. 
Fuqarolarga yoki mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy
jarimalar mavjud bo‘lib, ular miqdorlariga qarab farqlanadi. 
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining
ellikdan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining
besh baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda
ba’zi  huquqbuzarliklar  uchun  fuqarolarga  -  eng  kam  ish  haqining  yuz
baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Mansabdor  shaxslarga  esa  jarimaning  eng  kam  miqdori  eng  kam  ish
haqining - o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish
haqining o‘n baravaridan oshmasligi kerak. 
Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun
mansabdor  shaxslarga  –  yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima  solinishi
mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda
tutuvchi  normalar  sansiyalarida  jarimaning  miqdorlari  huquqbuzarliklarning
darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo
chorasining mazkur turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng oz miqdordan oshib
ketmasligi  kerak.  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy  javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan sansiyalarning aksariyatida
jarimaning eng ko‘p miqdori, ayrim sansiyalarda esa, eng ko‘p va eng oz miqdori
nazarda tutilgan.
Jarima  huquqbuzar  tomonidan  unga  jarima  solish  to‘g‘risidagi  qaror
topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida
shikoyat  berilgan  yoki  protest  bildirilgan  taqdirda  -  shikoyat  yoki  protest
qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan
kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Logotip
aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga yoki mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar mavjud bo‘lib, ular miqdorlariga qarab farqlanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mansabdor shaxslarga esa jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining - o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga – yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlikning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar sansiyalarida jarimaning miqdorlari huquqbuzarliklarning darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo chorasining mazkur turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng oz miqdordan oshib ketmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan sansiyalarning aksariyatida jarimaning eng ko‘p miqdori, ayrim sansiyalarda esa, eng ko‘p va eng oz miqdori nazarda tutilgan. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish
haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi
shaxslardan undirib olinadi. 
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar
tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi  jamg‘arma banki  muassasasiga  to‘lanadi,
huquqbuzarlik  sodir  etilgan  joyning  o‘zida  undirib  olinadigin  jarima  bundan
mustasno. 
Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima
solish  to‘g‘risidagi  qaror  fuqarolik-protsessual  qonun  hujjatlarida  belgilab
qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan,
nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi. 
Basharti  jarima  solingan  shaxs  ishlamayotgan  bo‘lsa  yoxud  jarimani
huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan
boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish sud
ijrochisi  tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli  organ (mansabdor shaxs)
chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek, umumiy
mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari
bo‘yicha  undirib  olinishi  mumkin  bo‘lmagan  mol-mulkdan  undirib  olinishi
mumkin emas. 
Jarima  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  qilingan  joyning  o‘zida  undirib
olinishi mumkin. Masalan, yo‘l harakati xavfsizligi organining mansabdor shaxsi
yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan o‘sha joyning o‘zida jarima
tariqasidagi ma’muriy jazoni qo‘llashi mumkin.
Jarima  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  qilingan  joyning  o‘zida  undirib
olingan  taqdirda  huquqbuzarga  qat’iy  moliyaviy  hisobot  hujjati  hisoblangan
belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi. 
Jarima  solish  to‘g‘risidagi  qarorga  muvofiq  jarima  to‘la-to‘kis  undirib
olingach,  uning  ijro  etilganligi  haqida  belgi  qo‘yilib,  shu  qarorni  chiqargan
organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi. 
Logotip
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jamg‘arma banki muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigin jarima bundan mustasno. Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi. Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish sud ijrochisi tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek, umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olinishi mumkin. Masalan, yo‘l harakati xavfsizligi organining mansabdor shaxsi yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan o‘sha joyning o‘zida jarima tariqasidagi ma’muriy jazoni qo‘llashi mumkin. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi.
 
 3. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan
yoki  bevosita  shunday  narsa  bo‘lgan  ashyoni  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib
qo‘yish - shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish
hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni
sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. 
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
asosiy  tirikchilik  manbai  ovchilik  bo‘lgan  shaxslarga  nisbatan  qo‘llanilishi
mumkin emas.
Ma’muriy  huquqbuzarliklar  sohasida  haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib
qo‘yishning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u  bevosita  ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etish quroli bo‘lgan yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoga
qaratilishi mumkin.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan
jazo chorasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismida
mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan
mahrum etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mulkdan mahrum etish deganda –
mulkchilik huquqining majburiy tartibda bekor qilinishi tushuniladi. Haqini to‘lash
sharti bilan olib qo‘yish jazosi ham aynan mulkchilik huquqini bekor qilishga olib
keluvchi asoslardan biri hisoblanadi. Shu sababli ushbu jazo chorasi faqatgina sud
tomonidan tayinlanishi mumkin.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo
chorasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. U asosiy jazo sifatida faqatgina O‘zR
MJtKning 220-moddasi 1-qismida qurol saqlashga ichki ishlar organlaridan ruxsati
bo‘lgan  fuqarolarning  o‘qotar  qurollar  va  o‘q-dorilarni  saqlash  yoki  tashish
Logotip
3. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarliklar sohasida haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bevosita ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli bo‘lgan yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoga qaratilishi mumkin. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo chorasidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismida mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mulkdan mahrum etish deganda – mulkchilik huquqining majburiy tartibda bekor qilinishi tushuniladi. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi ham aynan mulkchilik huquqini bekor qilishga olib keluvchi asoslardan biri hisoblanadi. Shu sababli ushbu jazo chorasi faqatgina sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. U asosiy jazo sifatida faqatgina O‘zR MJtKning 220-moddasi 1-qismida qurol saqlashga ichki ishlar organlaridan ruxsati bo‘lgan fuqarolarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish
qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida esa,
O‘zR MJtKning 142-moddasi 2-qismida yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez
alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirganlik uchun
yoki  222-moddasida  nazarda  tutilgan  ovchilik  jamiyatidan  chiqqanliklari
munosabati bilan ichki ishlar organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni saqlash
uchun bergan ruxsatini bekor qilgan fuqarolarning bunday qurollar va o‘q-dorilarni
sotishdan bo‘yin tovlagani uchun qo‘llaniladi.
Haqini  to‘lash  sharti  bilan  olib  qo‘yish  –  mazmuni  jihatidan  o‘zaro
bog‘langan harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir:
birinchidan,  ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etgan  shaxsdan  ma’muriy
huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni olib qo‘yish;
ikkinchidan,  belgilangan  tartibda  ma’muriy  huquqbuzarlik  qurolini  yoki
shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotish;
uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan
ashyoni sotishdan tushgan puldan tegishli harajatlarni chegirib tashlagan holda,
ashyoning sobiq egasiga topshirish.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yiladigan ashyolar jumlasiga, masalan,
O‘zR  MJtKning  142-moddasiga  binoan  yonuvchan,  zaharlovchi,  tez
alangalanuvchi,  portlovchi  hamda  zaharli  moddalar  va  ashyolar  yoki  222-
moddasiga binoan o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
336-moddasiga binoan haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror
asosida  olib  qo‘yilgan  narsalarni  sotish  uchun  vositachi  do‘konga  yoki  olib
qo‘yilgan  mol-mulk  turgan  joydagi  shunday  maqsad  uchun  maxsus  belgilab
qo‘yilgan do‘konga topshiriladi. 
O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi
qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.
 
4. Musodara qilish
Logotip
qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida esa, O‘zR MJtKning 142-moddasi 2-qismida yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirganlik uchun yoki 222-moddasida nazarda tutilgan ovchilik jamiyatidan chiqqanliklari munosabati bilan ichki ishlar organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni saqlash uchun bergan ruxsatini bekor qilgan fuqarolarning bunday qurollar va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlagani uchun qo‘llaniladi. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mazmuni jihatidan o‘zaro bog‘langan harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir: birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsdan ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni olib qo‘yish; ikkinchidan, belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotish; uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotishdan tushgan puldan tegishli harajatlarni chegirib tashlagan holda, ashyoning sobiq egasiga topshirish. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yiladigan ashyolar jumlasiga, masalan, O‘zR MJtKning 142-moddasiga binoan yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolar yoki 222- moddasiga binoan o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 336-moddasiga binoan haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalarni sotish uchun vositachi do‘konga yoki olib qo‘yilgan mol-mulk turgan joydagi shunday maqsad uchun maxsus belgilab qo‘yilgan do‘konga topshiriladi. O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. 4. Musodara qilish
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan
yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish - shu ashyoni haqini
to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat.
Musodara qilish chorasi: 
a) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; 
b)  bojxona  organlari  tomonidan  -  aksiz  markalari  qo‘yilmagan  tamaki
mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirilganda,  transportirovka  (xalqaro  tranzit  bundan  mustasno)  qilinganda  va
saqlanganda, shuningdek, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; 
s) soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Soliq  va  valyutaga  oid  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  va  uning
joylardagi  bo‘linmalari  tomonidan  -  aksiz  markalari  qo‘yilmagan  tamaki
mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklar  saqlanganda,  realizatsiya  qilinganda,
shuningdek, yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi. 
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish
asosiy  tirikchilik  manbai  ovchilik  bo‘lgan  shaxslarga  nisbatan  qo‘llanilishi
mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
337-339-moddalariga  binoan  ma’muriy,  huquqbuzarlik  sodir  etish  quroli  yoki
bevosita  shunday  ashyo  bo‘lgan  narsani  musodara  qilish  to‘g‘risidagi  qaror
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish,
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti
sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi
tomonidan ijro etiladi. 
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan  musodara  qilingan  narsani  sotish  va  yo‘q  qilib  tashlash  belgilangan
tartibda amalga oshiriladi. 
Logotip
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish - shu ashyoni haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat. Musodara qilish chorasi: a) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; b) bojxona organlari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; s) soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek, yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 337-339-moddalariga binoan ma’muriy, huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan
holda quyidagilarga qaytariladi: 
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga; 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport
qilinishi  man  etilgan  buyumlar  va  mahsulotlarni,  shuningdek,  O‘zbekiston
Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan
mustasno)  qilinayotgan  va  saqlanayotgan  aksiz  markalari  qo‘yilmagan  tamaki
mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul
qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga; 
saqlanayotgan,  realizatsiya  qilinayotgan,  yashirin  ravishda  ishlab
chiqilayotgan  aksiz  markalari  qo‘yilmagan  tamaki  mahsulotlari  va  alkagolli
ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining
mansabdor shaxsiga. 
 
 5. Maxsus huquqdan mahrum qilish
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport
vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi
tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha
muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan
kam bo‘lmasligi kerak. 
Maxsus  huquqdan  mahrum  etish  muddati  -  kunlar,  oylar,  yillar  bilan
hisoblanadi.
Transport  vositasini  boshqarish  hamda  ov  qilish  –  shaxsda  maxsus
huquqning mavjud bo‘lishini talab etadi. Jumladan, transport vositasini boshqarish
huquqini  olish  uchun,  belgilangan  tartibda  malakaviy  imtihonni  topshirish  va
haydovchilik guvohnomasini olish lozim. 
Logotip
Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi: uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga; saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqilayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkagolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga. 5. Maxsus huquqdan mahrum qilish O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Maxsus huquqdan mahrum etish muddati - kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi. Transport vositasini boshqarish hamda ov qilish – shaxsda maxsus huquqning mavjud bo‘lishini talab etadi. Jumladan, transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun, belgilangan tartibda malakaviy imtihonni topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish lozim.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish – bunday huquqqa
ega bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli
faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligini belgilab beradi.
O‘zR  MJTKning  125-moddasiga  binoan  transport  vositalariga  –  barcha
turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va
trolleybuslar,  shuningdek,  mototsikllar  va boshqa  mexanik transport  vositalari
kiradi.
Maxsus huquqdan mahrum etish – mazkur huquqdan foydalanish tartibining
bir  necha  marotaba  yoki  qo‘pol  buzilishi  uchun  qo‘llaniladi.  Masalan,  O‘zR
MJtKga  binoan  transport  vositalarini  boshqarish  huquqidan  mahrum  etish
quyidagilar uchun qo‘llaniladi:
mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan
foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (112-modda);
kichik  hajmli  kemalar  va  ular  turadigan  bazalardan  (inshootlardan)
foydalanish qoidalarini buzish (119-modda 2-qismi); 
transport  vositalari  haydovchilarining harakat  tezligini  oshirib yuborishi,
yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi
(128-modda 4-qismi);
transport vositalari haydovchilarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi
guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi (129-modda 2-qismi); 
transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish
qoidalarini buzishi (130-modda 2-qismi);
transport vositalarini mast holda boshqarish (131-modda, 1,2,4-qismlari);
kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi
(132-modda);
transport  vositalari  haydovchilarining  yo‘l  harakati  qoidalarini  buzishi
jabrlanuvchiga  yengil  tan  jarohati  yoki  ancha  miqdorda  moddiy  zarar
yetkazilishiga olib kelsa (133-modda); 
haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining
yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda);
Logotip
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish – bunday huquqqa ega bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligini belgilab beradi. O‘zR MJTKning 125-moddasiga binoan transport vositalariga – barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari kiradi. Maxsus huquqdan mahrum etish – mazkur huquqdan foydalanish tartibining bir necha marotaba yoki qo‘pol buzilishi uchun qo‘llaniladi. Masalan, O‘zR MJtKga binoan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish quyidagilar uchun qo‘llaniladi: mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (112-modda); kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (119-modda 2-qismi); transport vositalari haydovchilarining harakat tezligini oshirib yuborishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi (128-modda 4-qismi); transport vositalari haydovchilarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi (129-modda 2-qismi); transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi (130-modda 2-qismi); transport vositalarini mast holda boshqarish (131-modda, 1,2,4-qismlari); kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi (132-modda); transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa (133-modda); haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda);