MAʼMURIY MAJBURLOV. MAʼMURIY REJIMLAR. RUXSAT BERISH TIZIMI.
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
28,2 KB
MAʼMURIY MAJBURLOV. MAʼMURIY REJIMLAR. RUXSAT BERISH
TIZIMI.
1. Maʼmuriy majburlov: tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Maʼmuriy ogohlantirish choralari.
2.1. Qoida va talablarni tekshirish.
2.2. Karantin.
3 Maʼmuriy rejimlarning huquqiy tabiati va turlari.
3.1. Sohaga oid (funksional) rejimlar: bojxona, sanitariya- epidemiyaga
qarshi, pasport, ekologik va h.z.
3.2. Qonuniylashtiruvchi (ro‘yxat-hisobga olish) rejimlari.
3.3. Favqulodda vaziyat rejimi.
4. Ruxsat berish tizimi.
Maʼmuriy majburlash davlat majburlovining muhim tarkibiy qismi sifatida
maʼmuriy huquq normalariga muvofiq qo‘llaniladigan huquqiy majburlov turidir.
Yuridik adabiyotlarda «maʼmuriy majburlash” atamasining talqiniga oid bir necha
yondashuvlarni uchratish mumkin. Maʼmuriy majburlashga, eng avvalo,
maʼmuriy- huquqiy normalar bilan mustahkamlangan huquqiy majburlovning
sohaviy turi sifatida qaraladi. Huquqiy tizimning alohida tarmog‘i sifatida
maʼmuriy huquqning tartibga solish predmeti nuqtai nazaridan maʼmuriy
majburlash davlat boshqaruvini amalga oshi- rishda joriy etiladi. Maʼmuriy
majburlov choralarining maʼmu- riy qonunchilikda mustahkamlanganligini
inobatga olgan holda, ushbu majburlov turini tartibga soluvchi normalar maʼmuriy
huquqning mustaqil huquqiy instituti maʼmuriy-huquqiy majburlov instituti
sifatida ham eʼtirof etiladi.
Shu o‘rinda, maʼmuriy-huquqiy majburlash bilan maʼmuriy majburlash
tushunchalarini bir-biridan farqlash mumkin. Bu tushunchalar o‘rtasidagi
farqlarning yuzaga kelishiga, «maʼmuriy majburlash” atamasining huquqiy
asoslari, qo‘llash tartibi va subʼektlari nuqtai nazaridan tal- qin qilinishida turli
yondashuvlarning mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Bu borada maʼmuriy huquq
lug‘atida maʼmuriy majburlashni «jamiyatning hayotiy faoliyatida (jamoat tartibini
saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi, ruxsat berish tizimi, sanitariya, yong‘in xavf-
sizligi va boshqalar) ijtimoiy normalar va qoidalarni bajarish maqsadida ijro
etuvchi hokimiyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning munosib xulq-atvorda
bo‘lishini majburiy taʼminlash usuli” deb taʼrif berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
maʼmuriy majburlashning alohida belgilaridan biri uning ijro etuvchi hokimiyat
sohasida qo‘llanishidir. Shu bilan birga, maʼmuriy huquq fanida ijro etuvchi
hokimiyat davlat hokimiyat organlarining tizimi sifatida ifodalanadi. Shu bois,
maʼmuriy majburlashni ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining turli
sohalarida qo‘l lanishini qayd etish mumkin.
Maʼmuriy majburlash – qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqla- nadigan ijtimoiy
munosabatlarni muhofaza qilish maqsadida maʼmuriy huquq normalarida
belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunda nazarda
tutilgan alohida hollarda sudlar tomonidan qo‘llaniladigan davlat majburlovining
alohida turidir. Mazkur tushunchada maʼmuriy majburlashning maxsus belgi lari
sifatida uni qo‘llovchi subʼektlar hamda majburiy choralarni qo‘llash tartibini
belgilovchi normalarni qayd etish mumkin.
Maʼmuriy majburlash bilan maʼmuriy-huquqiy majburlash o‘rtasidagi farq
xususida D.N.Baxrax fikr yuritib, maʼmuriy-huquqiy majburlash – huquqqa xilof
xatti-harakat sodir etilishi munosabati bilan maʼmuriy huquq normalarida
belgilangan majburlash choralarini funksional hokimiyat subʼektlari tomonidan
qo‘llaniladigan davlat majburlovining alohida turidir, deydi. Ushbu tushunchada u
maʼmuriy-huquqiy majburlov subʼekti sifatida funk sional hokimiyatni ko‘rsatib,
faqat davlat organlarigina maʼmuriy majburlash subʼekti bo‘la olishi mumkin,
degan fikrni ilgari surgan. Bu borada M.I.Eropkin shunday deydi: maʼmuriy
majburlash-jamoat xavfsizligini taʼminlash yoki maʼmuriy xatti-harakat uchun
javobgarlikka tortish, huquqqa xilof xatti-harakatlarni to‘xtatish maqsadida
fuqarolar, mansabdor shaxslardan yuridik majburiyatlarini bajarishga majbur
etishdan iborat qonunda nazarda tutilgan choralarni davlat boshqaruvi organlari,
sudlar, ayrim davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari
tomonidan qo‘llanilishi. Ushbu tushunchada maʼmuriy majburlashning «huquqqa
xilof xatti-harakatlarni to‘xtatish” maqsadida qo‘llanilishi bilan birga, uni «jamoat
xavfsizligini taʼminlash yoki maʼmuriy xatti-harakat uchun javobgarlikka tortish”
maqsadida ham qo‘llanilishini nazarda tutuvchi maxsus belgilari sifatida qayd
etilgan. Bunda muallif maʼmuriy majburlashni qo‘llash fuqarolar va mansabdor
shaxslarning yuridik majburiyatlari bajarilishini taʼminlash vazifasini o‘taydi, deb
taʼkidlaydi.
Huquqshunos olim H.R. Alimov esa, «maʼmuriy majburlash – davlat
boshqaruvi jarayonida maʼmuriy huquqbuzarlikning oldini olish va aybdorlarni
maʼmuriy javobgarlikka tortish maqsadida kishilarning ongiga va xulqiga ruhiy,
moddiy yoki jismoniy taʼsir ko‘rsatish”, deydi. YU.I. Starilov va V.G. Rozenfeldlar
maʼmuriy majburlashning qonunchilikda nazarda tutilgan maʼmuriy sanksiya- larni
qo‘llash tahdidi bilan subʼektlar ongi va xulq-atvoriga taʼsir etish hamda aybdor
shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qo‘llanilishini ifodalovchi belgilarini
ko‘rsatib o‘tadi. Maʼmuriy majburlashni qo‘llovchi subʼektlar doirasiga vakolatli
organlar va mansabdor shaxslar qatorida jamoatchilik vakillarini ham kiritadi.
Shunday kilib, maʼmuriy majburlash tushunchasiga oid keltirilgan fikrlarni
umumlashtirib, davlat majbulovining tarkibiy qismi hisoblagan maʼmuriy
majburlashning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Maʼmuriy majburlash davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni muhofaza qilish maqsadiga ega davlat majburlovining alohida
turidir. Maʼmuriy-huquqiy normalarda davlat organlari tomonidan huquq-tartibotni
taʼminlashda qo‘llaniladigan keng doiradagi majburiy taʼsir etish choralari
belgilagan. Aytish joizki, ushbu majburlov turi nafaqat maʼmuriy-huquqiy
normalar va munosabatlarni, balki boshqa huquq sohasi (mehnat, fuqarolik, yer va
boshqalar) normalarini ham qo‘riqlaydi.
Maʼmuriy majburlash davlat boshqaruvi sohasida ijtimoiy munosabatlarni
huquqqa xilof xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek jamoat xavfsizligini
taʼminlash vositasi va kafolati hisoblanadi.
Maʼmuriy majburlash xizmat bo‘ysunuvi doirasidan tashqarida funksional
hokimiyat subʼektlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu munosabatlar tashkiliy
bo‘ysunuv bo‘lmaganida amalga oshi- riladi.
Maʼmuriy majburlash subʼektlari faqat vakolatli davlat organlari yoki ularning
mansabdor shaxslari hisoblanadi. Shuning uchun ham, maʼmuriy majburlashga xos
xususiyatdan biri – sudlov tashqi tartibining qo‘llanilishidir.
Maʼmuriy majburiy taʼsir etish nafaqat alohida shaxslarga balki, tashkilotlar,
jamoa subʼektlariga ham qo‘llaniladi.
Maʼmuriy majburlash maʼmuriy-huquqiy va maʼmuriy-pro- sessual huquq
normalari bilan tartibga solinadi, ularda maʼmuriy majburlash choralarini qo‘llash
tartibi va asoslari aniq belgila- nadi. Ayrim hollarda alohida choralarni (masalan,
maxsus maʼmuriy cheklash choralari) qo‘llashning normativ-huquqiy tartibga
solinishi tarmoqlararo xususiyatga ega (masalan, pul mablag‘larini xatlash
fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi).
Maʼmuriy majburlash choralari jamoat xavfsizligiga yoki shaxs hayotiga
tahdid soladigan holatlarning yuzaga kelishi, maʼmu- riy huquqbuzarliklarning
sodir etilishi (yoki sodir etilishi arafasida), shuningdek, jinoyatlarning oldini
olishda qo‘llaniladi.
Maʼmuriy majburlash choralarini qo‘llash tartibi nisbatan oddiyligi bilan
farqlanadi. Masalan, maʼmuriy-protsessual maj- burlovda jinoyat-protsessual
majburlovga qaraganda huquqiy cheklov- lar hajmi kamroq.
Yuqoridagilarni inobatga olib, maʼmuriy-huquqiy majburlovni jismoniy va
yuridik shaxslarga yuklatilgan yuridik majburiyatlar- ni og‘ishmay bajarishini
taʼminlashga qaratilgan, maʼmuriy huquq normalarida belgilangan majburiy
choralarni vakolatli subʼektlar tomonidan qo‘llanilishini nazarda tutuvchi huquqiy
majburlovning sohaviy turi deb qarash mumkin.
O‘z navbatida, maʼmuriy majburlash – huquqiy majburlovning sohaviy turi
sifatida huquqqa xilof xatti-harakatlarning sodir etilishi yoki jamoat xavfsizligiga
yoxud shaxsning xavfsizligiga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelishi munosabati
bilan aybdor shaxslarning yuridik majburiyatlarini og‘ishmay bajarishini taʼmin
lashga qaratilgan maʼmuriy va maʼmuriy-protsessual huquq normalarida
belgilangan majburiy taʼsir choralarining funksional hokimiyat subʼektlari
tomonidan qo‘llanilishida ifodalangan davlat boshqaruvi usulidir. Maʼmuriy
majburlash choralarini tasniflash maʼmuriy huquqda o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lib, alohida ilmiy- nazariy ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, bugungi kunga
qadar maʼmuriy-huquqiy fanda maʼmuriy majburlash choralariga nisbatan
umumeʼtirof etilgan yagona fikr, qarash yo‘q. Shu bilan birga, soha olimlarining
ko‘pchiligi maʼmuriy majburlash choralarini tasniflashda asosiy mezon sifatida
huquq-tartibotni taʼminlash usuli va ushbu choralarni qo‘llash maqsadini asos qilib
oladilar.
Maʼmuriy oldini olish choralari maʼmuriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik niyatida
qo‘llaniladi. Xususan, bu guruhda odamlar yoki hayvonlar o‘rtasida yuqumli
kasalliklar paydo bo‘lganda shu hududda karantin eʼlon qilinishi; davlat
chegaralarini yopish; yo‘l harakatini cheklash va to‘xtatish; transport ustidan texnik
nazorat o‘tkazish; sanitariya nazorati; yong‘inning oldini olish nazorati; hujjatlarni
tekshirish; olib ketilayotgan yoki olib kelinayotgan mollarni tekshirish; ichki ishlar
organlariga fuqarolarni olib kelish, ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiy ogohlantirish
(agar fuqaroning huquqbuzarlik yo‘liga kirmoqchi bo‘lgani to‘g‘risida axborot
bo‘lsa); jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy
nazorat o‘rnatish va hokazolar kiradi.
Maʼmuriy ogohlantirish choralari.
Maʼmuriy ogohlantiruv choralari – majburiylik xususiyatiga ega bo‘lgan
choralar bo‘lib, davlat boshqaruvi sohasida jamoat tartibi va xavfsizligini hamda
boshqa zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni
ogohlantirish maqsadida qo‘llaniladi.
Maʼmuriy ogohlantiruv choralari, masalan, ishlab chiqarishda, yo‘l-transport
harakatida to‘qnashuvlar (avariyalar), yong‘inlarning oldini olish; aholining
sanitariya epidemiologiya, havo va temir yo‘ldagi xavfsizligini taʼminlash; tabiiy
ofatlarda va favqulodda holatlarda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va xavsizligini
taʼminlash uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirining buyrug‘i 2009 yil 2 fevral kunidagi „Avtoklavlarda ishlashda mehnatni
muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida“gi 5/1-sonli buyrug‘iga ko‘ra
avtoklavlar laboratoriyalarda ishlatiladigan shisha idishlar va tibbiy asboblarni
barcha mikroblardan tozalash hamda ish jarayonida hosil bo‘lgan barcha yuqumli
materiallarni zararsizlantirishda ishlatilishi, sog‘liqni saqlash va avtoklavdan
foydalanadigan boshqa muassasalarda avtoklavlarni o‘rnatish, texnik ko‘rikdan
o‘tkazish, foydalanish va tuzatish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi tomonidan
qo‘llanishi shartligi ko‘rsatilgan bo‘lib, Muassasalarda avtoklavlarda ishlashda
mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish xisoblanib, bu esa qoida
o‘rnatish bilan birga ularni tekshirish tartibini ham belgilab beradi.
Masalan, Xitoy xalq Respublikasining Uxan shahridagi o‘ta yuqumli
kasaliklar ishlash uchun ixtisoslashtirilgan laborotoriyada ishlovchi xodimlarga
alohida tartibda va rejimda ishlovchi mutaxassislar bo‘lib ularga nisbatan mahsus
rejimlar joriy etilgan va uni tekshirish uchun Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti
tomonidan o‘rnatilgan tartibda komissiyalar yuboriladi. Biroq shunday bo‘lsada
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida keng tarqalishni boshlagan Sovid-19 kasalini
shu yerdan chiqqanligi tahmin qilingan edi biroq yakunda unday bo‘lib chiqmadi.
Umuman olgandan qoida va tekshirishni bir vaqtda ishlaydigan tashkilotlar
asosan biologik laboratriyalar yoki davlatlarning Mudofaa sohasi tasarrufidagi
korxonalar xisoblanadi.
Maʼmuriy-huquqiy rejimlar tushunchasi, mazmuni, mazmuni va turlari
Zamonaviy davlat boshqaruvi taʼsirni tartibga solish usullari, vositalarining
sezilarli miqdoriy va hajmi bilan ajralib turadi. Jamoatchilik bilan aloqalarning
rivojlanishi ularning ko‘p bosqichli tabiati boshqaruvni tartibga solishning keng
darajada murakkab, ko‘p o‘lchovli va ko‘p bosqichli tizimiga olib keladi. Davlat
boshqaruvida o‘ziga hos bo‘lgan cheklov, majburlov, ruxsat berish, litsenziyalash
va turli xildagi maʼmuriy rejimlarni o‘rnatish bugungi kundagi dunyo tartibotida
rejimli boshqaruv davlat va jamiyat oldida yuzaga keladigan vazifalarni hal qilish
usuli sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 15 yil 2000 martdagi 511-sonli
“huquqiy hujjatlar klassifikatori to‘g‘risida”gi Farmonida “maʼmuriy va huquqiy
rejimlar” sifatida chegara rejimi; - harbiy holat rejimi; - favqulodda holat; -
favqulodda vaziyat rejimi; – bojxona rejimi; – pasport va viza rejimlari; - boshqa
ruxsat beruvchi va ro‘yxatdan o‘tkazish rejimlari.
Biroq, zamonaviy davrda rejimni tartibga solishning ushbu ro‘yxati sezilarli
darajada oshdi. Maʼmuriy-huquqiy rejimlar tushunchasi uchun eng dolzarb maqsad
- qonun ustuvorligi davlat qurilishiga mos keladigan sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarildi. Rejimni tartibga solish doirasi sezilarli darajada kengaydi.
Maʼmuriy-huquqiy rejimlarni huquqiy tartibga solish, qoida tariqasida,
murakkab tarmoqlararo xarakterga ega. Maʼmuriy huquqiy rejimlarning asosiy
qismida boshqa (maʼmuriy) huquq sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy hujjatlar
bo‘lishi odatiy hol emas. Maʼmuriy-huquqiy rejimlarning normativ asoslari turli
darajadagi va mazmundagi hujjatlar bilan belgilanadi.
Umumlashtirilgan shaklda maʼmuriy-huquqiy rejim-bu jismoniy shaxslarning
o‘zlarining jamoat huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish tartibini,
shuningdek, hayot jarayonlarining nazorat qilinishini taʼminlash va ularning
xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat subʼektlarining faoliyati tartibini
belgilaydigan huquqiy qoidalar va tartibga solish choralari majmui.
Maʼmuriy-huquqiy rejimlar mazmunining asosiy elementlari quyidagilardir:
rejimning maqsadi; rejimni tartibga solishning huquqiy tamoyillari; maʼmuriy-
huquqiy tartibga solish obʼekti; rejimni tartibga solish subʼektlarining huquqiy
holati; tegishli normativ-huquqiy baza va amaliy faoliyatning vositalari, texnikasi va
usullari to‘plami. tegishli rejim sohasida vakolat berilgan subʼektlar.
Ko‘rinib turibdiki, maʼmuriy va huquqiy rejimlar tarkibida sezilarli darajada
farq qilishi mumkin. Ammo umumiy maqsad va umumiy huquqiy prinsiplar
(masalan, qonuniylik prinsipi; inson huquqlari va yerkinliklarining ustuvorligi
prinsipi; davlat hokimiyati tomonidan yetkazilgan zararni qoplash prinsipi; davlat
boshqaruvining umumiy tamoyillari – samaradorlik, ratsionallik, samaradorlik,
iqtisodiyot) institutning yaxlitligini belgilaydi.
Maʼmuriy-huquqiy rejimlarning asosiy maqsadi jamoat jarayonlarining
nazorat qilinishini taʼminlash va umuman butun davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan
hayotning eng muhim sohalarida jinoyatchilar uchun to‘siqlar yaratish, shuningdek
korrupsiyaga qarshi kurashdir. Ushbu maqsadni amalda oshirish ikki turdagi
rejimlar tomonidan taʼminlanadi – umumiy va maxsus. Umumiy maʼmuriy-huquqiy
rejimlar turli xil ijtimoiy obʼektlar va jarayonlarni (masalan, aholining sanitariya-
epidemiologik farovonligi rejimi; isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish rejimi,
ruxsat berish rejimi, pasport rejimi) tartibga solish jarayonida davlat organlari va
shaxslar o‘rtasida ijobiy samarali ikki tomonlama hamkorlikni taʼminlash
maqsadida o‘rnatiladi. Maxsus (favqulodda) rejimlarning maqsadi (masalan,
favqulodda va harbiy holat rejimlari, davlat sirlari rejimi, qurol savdosi rejimi)
aniqroq – ichki yoki tashqi tahdidlardan himoya qilish. Bu yerda biz inson va tabiiy
omillarni nazarda tutamiz. Maʼmuriy-huquqiy rejimlarning tarkibiga belgilangan
rejimlarning ishlashini taʼminlaydigan muhim vositalar, usullar va maxsus choralar
kiradi. Rejimni taʼminlashning bunday choralari (vositalari va usullari)
quyidagilardan iborat: huquqni muhofaza qilish faoliyati, shu jumladan maʼmuriy
majburlashning aniq choralarini qo‘llash (masalan, cheklovchi choralar); maxsus
organlarni tashkil etish (masalan, fuqaro mudofaasi, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy
ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligi, litsenziyalovchi organlar); rejimlar
doirasida qonun va tartibga to‘g‘ri rioya etilishi ustidan maxsus nazoratni o‘rnatish
(masalan, yuqori organlarning nazorati, sud nazorati, parlament, prokuratura
nazorat, maʼmuriy shikoyat instituti). Ko‘plab maʼmuriy-huquqiy rejimlarni turli
asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin. Vaqt mezoniga qarab: doimiy rejimlar (davlat
chegara rejimi); muayyan vaqt davomida amalda bo‘lgan rejimlar (favqulodda
holat).
Tarqatish maydoniga qarab: umumdavlat rejimlar (davlat sirini himoya qilish
rejimi, mudofaa rejimi); mintaqaviy rejimlar (muayyan hudud uchun vaqtinchalik
bo‘lishi ham mumkin); mahalliy rejimlar (yopiq maʼmuriy-hududiy birlik rejimi).
Tartibga solish obʼektiga qarab: umumiy rejimlar (pasport rejimi, tovarlar va
xizmatlar uchun xavfsizlik rejimi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish rejimi);
murakkab
rejimlar
(protsessual
rejimlar,
shu
jumladan
ruxsat
berish,
standartlashtirish, metrologiya va boshqalar., davlat va kommunal xizmat rejimlari);
maxsus rejimlar, ular o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi – maxsus obʼekt
(qo‘riqxonalar, milliy va tabiiy bog‘larning ekologik rejimlari, madaniy boyliklarni
olib kirish va eksport qilish rejimi) va maxsus vaziyat (favqulodda va harbiy holat
rejimlar, terrorizmga qarshi kurash rejimi).
Favqulodda holat .
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 19-qismida Oliy
Majlisning vakolatlari doirasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy
yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal
qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 93-
moddaning 19-bandida mamlakat Prezidentining vakolatlari doirasiga favqulodda
vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,
epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni ko‘zlab,
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida
favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy
etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanishi nazarda tutilgan.
Unga asosan favqulodda holat sharoitida fuqarolarning xavfsizligini
taʼminlash va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish uchun qonunga muvofiq
huquq va erkinliklarga muayyan cheklovlar qo‘yilishi mumkin, bu ularning amal
qilish chegaralari va davomiyligini ko‘rsatib, vaqtinchalik choradir.
Favqulodda holat joriy etilishi natijasida yaratilgan huquqiy tartib tahdid
omillari bo‘lgan holatlarni bartaraf etish, qonuniylik va tartibni tiklash hamda
favqulodda vaziyatni normallashtirishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axolini va xududlarni tabiiy xamda texnogen
xususiyatli favquloda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda
favquloda vaziyatni nima ekanligi qaysi holatlarda qo‘llanilishi batafsil bayon
etilgan.
Favqulodda holat - bu davlatning butun hududida yoki uning alohida
joylarida davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
tashkilotlar faoliyati uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim bo‘lib, tashkiliy-
huquqiy shakllari va mulkchilik shakllari, ularning mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar erkinliklari va chet yel fuqarolariga muayyan cheklovlar
beruvchi hamda qo‘shimcha vaziyayalar yuklovchi jarayondir.
Favqulodda holat asoslari maxsus maʼmuriy-huquqiy rejim bo‘lib, u
quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) jismoniy va yuridik shaxslarning alohida holati,
ularga nisbatan maʼmuriy-huquqiy cheklovlar, taqiqlar qo‘yiladi, maʼmuriy
majburlash choralarini qo‘llashning maxsus qoidalari o‘rnatiladi, maʼmuriy
javobgarlik mustahkamlanadi; 2) hududiy boshqaruvning maxsus shakllaridan
foydalanish. Hokimiyat mutlaq vakolatga ega bo‘lgan maxsus tashkilotga
o‘tkaziladi (ular ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkil etilgan
vaqtinchalik maxsus boshqaruv organlari). Maxsus boshqaruv organlari favqulodda
holatni taʼminlash masalalari bo‘yicha buyruq va farmoyish shaklida huquqiy aktlar
chiqarishi mumkin; 3) maʼmuriy-huquqiy tartibga solishning maxsus vositalaridan
foydalanish. Favqulodda holat uni joriy yetish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan
holatlarni bartaraf etish maqsadida belgilanadi.
Favqulodda holat sharoitida davlat organlariga inson va fuqarolik huquqlari
va erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish, davlatning konstitutsiyaviy tuzumini
himoya qilish, tegishli hududda ushbu rejimni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat
qilgan holatlarni bartaraf yetish uchun zarur bo‘lgan maxsus vakolatlar beriladi.
Aksariyat davlatlarda favqulodda holat joriy yetish uchun asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin bo‘lgan holatlar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: davlatlarning
konstitutsiyaviy tuzumini majburan o‘zgartirishga urinishlar, hokimiyatni egallash,
qurolli isyon, ommaviy tartibsizliklar, terroristik harakatlar, blokirovka qilish yoki
zo‘ravonlik harakatlari bilan birga, ayniqsa muhim obʼektlarni yoki ayrim joylarni
olib qo‘yish, noqonuniy qurolli tuzilmalarni tayyorlash va faoliyati, millatlararo,
dinlararo va mintaqaviy mojarolar, fuqarolarning hayoti va xavfsizligiga, davlat
hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyatiga
bevosita tahdid yaratish; b) tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar, ekologik
favqulodda vaziyatlar, shu jumladan epidemiyalar va epizootiklar, baxtsiz hodisalar,
tabiiy xavflar, ofatlar, tabiiy va boshqa ofatlar natijasida inson halok bo‘lishiga olib
kelgan (olib kelishi mumkin), inson salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazish,
muhim moddiy yo‘qotishlar va yashash sharoitlarini buzilishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan va boshqa holatlar.
Misol uchun O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi
Qonstitutsiyaviy Qonunda mamlakatimizning butun hududida yoki ayrim joylarida
favqulodda holatini joriy etish shartlari va tartibi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etiladigan favqulodda
holatning amal qilish muddati o‘ttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan
favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin
emas.
Agar favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmagan bo‘lsa,
favqulodda holatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
bilan yana bir muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy
etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda
xabardor qilinadi.