MA`MURIY YUSTITSIYA

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

72,5 KB


 
 
 
 
 
MA`MURIY YUSTITSIYA 
 
 
Maʼmuriy yustitsiya tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat boshqaruvida buzilgan huquqlarini 
tiklashda maʼmuriy yustitsiya alohida o‘rin tutadi. Yuridik atamalar lug‘atiga ko‘ra, 
“yustitsiya” (lot. “justitia” – odillik, qonuniylik) – o‘z faoliyatida odil sudlovni 
amalga oshiruvchi sud muassasalarini bildiruvchi atama sifatida talqin etilgan1. 
 
 
 
 
 
Shu o‘rinda maʼmuriy nizo tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.  
Maʼmuriy-huquqiy 
nizo2lar 
– 
bu maʼmuriy-huquqiy 
munosabat 
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari doirasidan kelib chiqadigan ziddiyatlar, 
qarama-qarshiliklar hisoblanadi. Ushbu nizolar bir tomondan davlat organlari, 
ularning mansabdor shaxslari, ikkinchi tomondan jismoniy va yuridik shaxslar 
o‘rtasida yuzaga keladi. Ushbu jihati bilan maʼmuriy-huquqiy nizolar boshqa turdagi 
yuridik nizolardan farq qiladi.  
Maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning maʼmuriy-
huquqiy xususiyati quyidagilar bilan belgilanadi:  
                                                           
1Юридик атамалар қомусий луғати. – Тошкент: “Шарқ”, 2003. – Б. 394.  
2Маъмурий-ҳуқуқий низони амалдаги қонун ҳужжатларида “оммавий-ҳуқуқий низо”лар деб ҳам 
номланади.  
 
 
Maʼmuriy yustitsiya davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasida 
davlat boshqaruvi munosabatlaridan kelib chiqadigan maʼmuriy-huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish 
tizimidir. 
! 
Logotip
MA`MURIY YUSTITSIYA Maʼmuriy yustitsiya tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat boshqaruvida buzilgan huquqlarini tiklashda maʼmuriy yustitsiya alohida o‘rin tutadi. Yuridik atamalar lug‘atiga ko‘ra, “yustitsiya” (lot. “justitia” – odillik, qonuniylik) – o‘z faoliyatida odil sudlovni amalga oshiruvchi sud muassasalarini bildiruvchi atama sifatida talqin etilgan1. Shu o‘rinda maʼmuriy nizo tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Maʼmuriy-huquqiy nizo2lar – bu maʼmuriy-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari doirasidan kelib chiqadigan ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar hisoblanadi. Ushbu nizolar bir tomondan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ikkinchi tomondan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuzaga keladi. Ushbu jihati bilan maʼmuriy-huquqiy nizolar boshqa turdagi yuridik nizolardan farq qiladi. Maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning maʼmuriy- huquqiy xususiyati quyidagilar bilan belgilanadi: 1Юридик атамалар қомусий луғати. – Тошкент: “Шарқ”, 2003. – Б. 394. 2Маъмурий-ҳуқуқий низони амалдаги қонун ҳужжатларида “оммавий-ҳуқуқий низо”лар деб ҳам номланади. Maʼmuriy yustitsiya davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasida davlat boshqaruvi munosabatlaridan kelib chiqadigan maʼmuriy-huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish tizimidir. !
 
mazkur turdagi nizolar davlat organlarining davlat boshqaruv funksiyalarini 
amalga oshirishlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi;  
maʼmuriy nizolar maʼmuriy-huquqiy munosabatlar doirasida yuridik-hokimiy 
qarorlarni qabul qilish va ularga nisbatan ikkinchi tarafning noroziligi natijasida 
yuzaga keladi.  
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda maʼmuriy-huquqiy 
nizolarga quyidagicha umumiy tavsif berish mumkin:  
maʼmuriy-huquqiy nizo – bu maʼmuriy huquq subʼektlarining huquq  
va majburiyatlarga oid nizolaridir;  
maʼmuriy-huquqiy nizo noqonuniy boshqaruv aktini qabul qilish fakti 
yuzasidan maʼmuriy-huquqiy munosabat subʼektlaridan birining noroziligi 
ifodasidir;  
maʼmuriy-huquqiy nizolar ijro hokimiyati organi tomonidan boshqaruv 
funksiyalarini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Demak, 
maʼmuriy nizo subʼektlaridan biri albatta davlat organi yoki mansabdor shaxsi 
hisoblanadi. Maʼmuriy-huquqiy nizolar bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan 
esa davlat boshqaruv organlari o‘rtasida yuzaga keladi.  
Maʼmuriy-huquqiy nizoni quyidagi kazus orqali tushunish mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fuqaro U. Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qo‘yliq-5 mavzesi, 2-uy,  
7-xonadonda tug‘ilib, shu kunga qadar shu xonadonda yashab kelgan. Ushbu 
xonadon otasi X. bolalar uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lganligi va mehnat faoliyatini amalga 
oshirish jarayonida olgan tan jarohatini inobatga olib, Sergeli tuman hokimligi tomonidan 
1999 yil 6 aprelda ajratilgan. Otasi ish joyida olgan tan jarohati oqibatida yotib qolgan va 
keyinchalik vafot etgan. Otasi vafotidan keyin fuqaro U. Sergeli tuman hokimligiga 
murojaat qilib, u yashayotgan Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qo‘yliq-5 mavzesi, 2-uy, 
7-xonadonni kommunal uy-joy fondidan turar-joy fondiga o‘tkazishni va ushbu 
xonadonni uning nomiga xususiylashtirib berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. 
Lekin Sergeli tuman hokimligi arizachi talablarini qanoatlantirishni rad etdi. Arizachi 
Sergeli tuman hokimligining ushbu javob xatidan norozi bo‘lib, Sergeli tuman 
hokimligining xatini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘rab sudga shikoyat qilgan. 
Muammoli vaziyat 
Logotip
mazkur turdagi nizolar davlat organlarining davlat boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi; maʼmuriy nizolar maʼmuriy-huquqiy munosabatlar doirasida yuridik-hokimiy qarorlarni qabul qilish va ularga nisbatan ikkinchi tarafning noroziligi natijasida yuzaga keladi. Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda maʼmuriy-huquqiy nizolarga quyidagicha umumiy tavsif berish mumkin: maʼmuriy-huquqiy nizo – bu maʼmuriy huquq subʼektlarining huquq va majburiyatlarga oid nizolaridir; maʼmuriy-huquqiy nizo noqonuniy boshqaruv aktini qabul qilish fakti yuzasidan maʼmuriy-huquqiy munosabat subʼektlaridan birining noroziligi ifodasidir; maʼmuriy-huquqiy nizolar ijro hokimiyati organi tomonidan boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Demak, maʼmuriy nizo subʼektlaridan biri albatta davlat organi yoki mansabdor shaxsi hisoblanadi. Maʼmuriy-huquqiy nizolar bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan esa davlat boshqaruv organlari o‘rtasida yuzaga keladi. Maʼmuriy-huquqiy nizoni quyidagi kazus orqali tushunish mumkin. Fuqaro U. Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qo‘yliq-5 mavzesi, 2-uy, 7-xonadonda tug‘ilib, shu kunga qadar shu xonadonda yashab kelgan. Ushbu xonadon otasi X. bolalar uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lganligi va mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida olgan tan jarohatini inobatga olib, Sergeli tuman hokimligi tomonidan 1999 yil 6 aprelda ajratilgan. Otasi ish joyida olgan tan jarohati oqibatida yotib qolgan va keyinchalik vafot etgan. Otasi vafotidan keyin fuqaro U. Sergeli tuman hokimligiga murojaat qilib, u yashayotgan Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qo‘yliq-5 mavzesi, 2-uy, 7-xonadonni kommunal uy-joy fondidan turar-joy fondiga o‘tkazishni va ushbu xonadonni uning nomiga xususiylashtirib berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Lekin Sergeli tuman hokimligi arizachi talablarini qanoatlantirishni rad etdi. Arizachi Sergeli tuman hokimligining ushbu javob xatidan norozi bo‘lib, Sergeli tuman hokimligining xatini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘rab sudga shikoyat qilgan. Muammoli vaziyat
 
Mazkur kazusda Sergeli tuman xokimiyati va fuqaro U. o‘rtasida maʼmuriy-
huquqiy nizo kelib chiqmoqda.  
Maʼmuriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: maʼmuriy tartib va sud tartibi. 
Keyingi paragraflarda maʼmuriy yustitsiyaning har bir shaklini alohida tahlil 
qilib chiqamiz.  
11.1. Maʼmuriy-huquqiy nizolarni hal etishning maʼmuriy tartiboti 
Maʼmuriy yustitsiyaning maʼmuriy tartibida maʼmuriy nizolarni hal etish 
deganda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan maʼmuriy organ yoki ularning 
mansabdor shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular 
tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy qarorlar ustidan yuqori turuvchi organ yoki 
maxsus tashkil etilgan organga shikoyat qilish va ko‘rib chiqish tushuniladi. 
 
 
 
 
 
“Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuning 5-bobi maʼmuriy 
shikoyat bo‘yicha ish yuritishga bag‘ishlangan bo‘lib, Qonunning 62-moddasiga 
ko‘ra maʼmuriy shikoyat maʼmuriy hujjatlar ustidan,protsessual hujjatlar ustidan, 
agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa va 
maʼmuriy harakatlar ustidan, shu jumladan maʼmuriy hujjatni qabul qilishni rad 
etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi 
mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
Ma'muriy 
shikoyat 
Маъмурий 
ҳужжатлар 
Процессуал 
ҳужжат 
Маъмурий 
ҳаракатлар 
 
 
Maʼmuriy-huquqiy nizolarni maʼmuriy tartibda hal etishning huquqiy asoslari “Maʼmuriy tartib-
taomillar to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar va 
boshqa qonun hujjatlari hisoblanadi. 
 
! 
Logotip
Mazkur kazusda Sergeli tuman xokimiyati va fuqaro U. o‘rtasida maʼmuriy- huquqiy nizo kelib chiqmoqda. Maʼmuriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: maʼmuriy tartib va sud tartibi. Keyingi paragraflarda maʼmuriy yustitsiyaning har bir shaklini alohida tahlil qilib chiqamiz. 11.1. Maʼmuriy-huquqiy nizolarni hal etishning maʼmuriy tartiboti Maʼmuriy yustitsiyaning maʼmuriy tartibida maʼmuriy nizolarni hal etish deganda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan maʼmuriy organ yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy qarorlar ustidan yuqori turuvchi organ yoki maxsus tashkil etilgan organga shikoyat qilish va ko‘rib chiqish tushuniladi. “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuning 5-bobi maʼmuriy shikoyat bo‘yicha ish yuritishga bag‘ishlangan bo‘lib, Qonunning 62-moddasiga ko‘ra maʼmuriy shikoyat maʼmuriy hujjatlar ustidan,protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa va maʼmuriy harakatlar ustidan, shu jumladan maʼmuriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Ma'muriy shikoyat Маъмурий ҳужжатлар Процессуал ҳужжат Маъмурий ҳаракатлар Maʼmuriy-huquqiy nizolarni maʼmuriy tartibda hal etishning huquqiy asoslari “Maʼmuriy tartib- taomillar to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari hisoblanadi. !
 
Manfaatdor shaxs maʼmuriy shikoyatni qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy 
shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi maʼmuriy organga 
yoki boshqa vakolatli maʼmuriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan maʼmuriy 
hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud maʼmuriy harakatni amalga 
oshirgan maʼmuriy organ orqali berishi mumkin. Maʼmuriy shikoyatni olgan 
maʼmuriy organ u kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maʼmuriy 
shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu maʼmuriy shikoyatni ko‘rib 
chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa maʼmuriy organga maʼmuriy ish bilan birga 
yuboradi. Manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat ustidan berilgan maʼmuriy shikoyatni 
maʼmuriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi 
maʼmuriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, maʼmuriy hujjat ustidan sudga 
shikoyat qilishga haqli. 
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, maʼmuriy shikoyat 
maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan 
paytdan yoki manfaatdor shaxsga maʼmuriy harakat haqida maʼlum bo‘lgan paytdan 
eʼtiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Maʼmuriy shikoyat berish 
muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib 
chiquvchi maʼmuriy organ tomonidan tiklanishi mumkin. 
Maʼmuriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda 
quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 
1) maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organning nomi; 
2) shikoyat bergan arizachining (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining 
ismi 
va 
yashash 
joyi, 
yuridik 
shaxs 
uchun 
esa 
— 
uning 
nomi  
va joylashgan yeri (pochta manzili); 
3) arizachining talablari; 
4) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda); 
5) ariza berilgan sana. 
Maʼmuriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan 
imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning 
yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova 
Logotip
Manfaatdor shaxs maʼmuriy shikoyatni qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi maʼmuriy organga yoki boshqa vakolatli maʼmuriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan maʼmuriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud maʼmuriy harakatni amalga oshirgan maʼmuriy organ orqali berishi mumkin. Maʼmuriy shikoyatni olgan maʼmuriy organ u kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maʼmuriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu maʼmuriy shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa maʼmuriy organga maʼmuriy ish bilan birga yuboradi. Manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat ustidan berilgan maʼmuriy shikoyatni maʼmuriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi maʼmuriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, maʼmuriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, maʼmuriy shikoyat maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga maʼmuriy harakat haqida maʼlum bo‘lgan paytdan eʼtiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Maʼmuriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiquvchi maʼmuriy organ tomonidan tiklanishi mumkin. Maʼmuriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organning nomi; 2) shikoyat bergan arizachining (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); 3) arizachining talablari; 4) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda); 5) ariza berilgan sana. Maʼmuriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova
 
qilinishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va 
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
berilgan maʼmuriy shikoyatda “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda 
sanab o‘tilgan maʼlumotlardan tashqari manfaatlarini ko‘zlab shikoyat berilayotgan 
shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot ko‘rsatilishi kerak. Qonun hujjatlarida 
maʼmuriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga doir boshqa talablar ham 
nazarda tutilishi mumkin. Maʼmuriy organ maʼmuriy shikoyatga va unga ilova 
qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan talablar 
qo‘yishga haqli emas. Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat qilayotganda o‘z shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan 
va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. 
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va 
yagona identifikatori, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron 
raqamli imzo va boshqa rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak. Shikoyatda elektron 
manzilning ko‘rsatilganligi arizachining xabarnomalarni axborot tizimi orqali 
elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligidir. 
 
 
 
 
 
 
 
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqori turuvchi 
maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat bo‘yicha o‘ttiz ish 
kuni ichida qaror qabul qilishi shart. Maʼmuriy shikoyat bo‘yicha belgilangan 
muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda, manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat, 
protsessual hujjat yoki maʼmuriy harakat ustidan sud tartibida shikoyat qilishga 
haqli. 
 
 
Yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat bo‘yicha quyidagi 
qarorlardan birini qabul qilishga haqli: 
shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatni o‘zgarishsiz qoldirish; 
shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatga o‘zgartirishlar kiritish; 
maʼmuriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo‘lganda yangi hujjat qabul qilish. 
 
 
! 
Logotip
qilinishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan maʼmuriy shikoyatda “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda sanab o‘tilgan maʼlumotlardan tashqari manfaatlarini ko‘zlab shikoyat berilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot ko‘rsatilishi kerak. Qonun hujjatlarida maʼmuriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga doir boshqa talablar ham nazarda tutilishi mumkin. Maʼmuriy organ maʼmuriy shikoyatga va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan talablar qo‘yishga haqli emas. Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va yagona identifikatori, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak. Shikoyatda elektron manzilning ko‘rsatilganligi arizachining xabarnomalarni axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligidir. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat bo‘yicha o‘ttiz ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. Maʼmuriy shikoyat bo‘yicha belgilangan muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda, manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat yoki maʼmuriy harakat ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. Yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli: shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatni o‘zgarishsiz qoldirish; shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatga o‘zgartirishlar kiritish; maʼmuriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo‘lganda yangi hujjat qabul qilish. !
 
Maʼmuriy-huquqiy nizolarni hal etishning sud tartibi 
Maʼmuriy yustitsiyaning sud tartibida maʼmuriy nizolarni hal etish deganda, 
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan maʼmuriy organ yoki ularning mansabdor 
shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular tomonidan 
chiqarilgan g‘ayriqonuniy qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish va uni ko‘rib 
chiqish tushuniladi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 21 oktabrida qabul 
qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-4850-son3, 2017 yilning 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
PF-4947-son4 va 2017 yil 21 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sud 
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-son Farmon5larida ham aynan sudlarni 
yanada ixtisoslashtirish va maʼmuriy sudlarni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalar 
belgilandi. Bu borada huquqshunos Mirafzal Miroqilov quyidagilarni taʼkidlab 
o‘tgan: “Har qanday huquqni belgilash, agarki ularni amalga oshirishning real 
kafolatlari taʼminlanmasa, kutilgan natijani bermaydi. Fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilishning turli kafolatlari mavjud. Huquqiy 
kafolatlarning eng muhimi bu – shaxsning sud orqali himoya qilinish huquqini 
taʼminlashdir. Bu borada muhim qadam fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar  
va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan maʼmuriy 
sudlarni tashkil etish hisoblanadi.” 
Milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, maʼmuriy 
yustitsiya 
maxsus 
sudlov 
shakli 
asosida 
davlat 
organlari  
va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan 
berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi va noqonuniy aktni bekor qilishga qaratilgan 
                                                           
3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 43-сон, 497-модда 
4 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.07.2018 й., 06/18/5483/1594-сон 
5 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.09.2017 й., 06/17/5195/0033-сон, 20.07.2018 
й., 06/18/5487/1543-сон) 
Logotip
Maʼmuriy-huquqiy nizolarni hal etishning sud tartibi Maʼmuriy yustitsiyaning sud tartibida maʼmuriy nizolarni hal etish deganda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan maʼmuriy organ yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish va uni ko‘rib chiqish tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 21 oktabrida qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-son3, 2017 yilning 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son4 va 2017 yil 21 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-son Farmon5larida ham aynan sudlarni yanada ixtisoslashtirish va maʼmuriy sudlarni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalar belgilandi. Bu borada huquqshunos Mirafzal Miroqilov quyidagilarni taʼkidlab o‘tgan: “Har qanday huquqni belgilash, agarki ularni amalga oshirishning real kafolatlari taʼminlanmasa, kutilgan natijani bermaydi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning turli kafolatlari mavjud. Huquqiy kafolatlarning eng muhimi bu – shaxsning sud orqali himoya qilinish huquqini taʼminlashdir. Bu borada muhim qadam fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan maʼmuriy sudlarni tashkil etish hisoblanadi.” Milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, maʼmuriy yustitsiya maxsus sudlov shakli asosida davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi va noqonuniy aktni bekor qilishga qaratilgan 3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 43-сон, 497-модда 4 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.07.2018 й., 06/18/5483/1594-сон 5 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.09.2017 й., 06/17/5195/0033-сон, 20.07.2018 й., 06/18/5487/1543-сон)
 
faoliyatni o‘z ichiga olgan institutdir va davlat boshqaruvida qonuniylikni 
taʼminlashda juda muhimdir. 
Aytishimiz mumkinki, zamonaviy maʼmuriy huquq fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini 
himoya 
qilish 
maqsadida 
ijro 
hokimiyati  
va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Agar shu nuqtai 
nazardan yondashilsa, davlat apparatining faoliyati qonun bilan qatʼiy belgilangan 
doirada tashkil etilishi lozim. Ular qabul qilayotgan aktlari bilan fuqaro bilan 
munosabatga kirishar ekan mazkur hujjatlarning qonuniy va adolatli bo‘lishi 
muhimdir. 
Shu narsa ayonki, bugungi kunda fuqarolarning aksariyati davlat organi yoki 
mansabdor shaxsning soliq, mehnat, tadbirkorlik, uy-joy, ruxsat berish va 
litsenziyalash borasidagi qarorlaridan shikoyat qilishmoqda. Aynan shu kabi 
munosabatlarni ommaviy-huquqiy munosabat deb tushunishimiz, shuningdek 
maʼmuriy sudlar bir tarafda albatta, davlat organi yoki mansabdor shaxs bo‘lgan va 
davlat hokimiyati vakolatlaridan kelib chiqadigan nizolar predmet bo‘ladigan 
ishlarni ko‘rib hal qilishini eʼtiborga olishimiz kerak. 
Taʼkidlash joizki, har qanday nizoni ko‘rib chiqib adolatli tarzda hal etishda 
ikki jihatga eʼtibor qaratish lozim. Ularning birinchisi nizo maʼmuriy organning 
qaysi qonun hujjatiga zid xatti-harakati yoki qarori natijasida vujudga kelganini 
to‘g‘ri aniqlash hamda sudda nizoni ko‘rib chiqib hal etishning qonuniy talablariga 
qatiy rioya qilishdir. Ikkinchi jihatning ahamiyati juda katta. Zero, sudlar maʼmuriy 
ishlarni faqat qonunga bo‘ysungan holda ko‘rib chiqishlari lozim. Bu, eng avvalo, 
Konstitutsiyada belgilangan qatiy prinsipdir.  
Shu munosabat bilan, 2018 yil 25 yanvar kuni maʼmuriy sudlar tomonidan 
maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqib hal etishga doir munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilgan alohida O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy ishlarni yuritish 
to‘g‘risidagi kodeks6 qabul qilindi. Kodeksning 2018 yil 1 apreldan eʼtiboran kuchga 
                                                           
6 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.01.2018 й., 02/18/МПК/0627-сон, 12.10.2018 
й., 03/18/496/2043-сон 
Logotip
faoliyatni o‘z ichiga olgan institutdir va davlat boshqaruvida qonuniylikni taʼminlashda juda muhimdir. Aytishimiz mumkinki, zamonaviy maʼmuriy huquq fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida ijro hokimiyati va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Agar shu nuqtai nazardan yondashilsa, davlat apparatining faoliyati qonun bilan qatʼiy belgilangan doirada tashkil etilishi lozim. Ular qabul qilayotgan aktlari bilan fuqaro bilan munosabatga kirishar ekan mazkur hujjatlarning qonuniy va adolatli bo‘lishi muhimdir. Shu narsa ayonki, bugungi kunda fuqarolarning aksariyati davlat organi yoki mansabdor shaxsning soliq, mehnat, tadbirkorlik, uy-joy, ruxsat berish va litsenziyalash borasidagi qarorlaridan shikoyat qilishmoqda. Aynan shu kabi munosabatlarni ommaviy-huquqiy munosabat deb tushunishimiz, shuningdek maʼmuriy sudlar bir tarafda albatta, davlat organi yoki mansabdor shaxs bo‘lgan va davlat hokimiyati vakolatlaridan kelib chiqadigan nizolar predmet bo‘ladigan ishlarni ko‘rib hal qilishini eʼtiborga olishimiz kerak. Taʼkidlash joizki, har qanday nizoni ko‘rib chiqib adolatli tarzda hal etishda ikki jihatga eʼtibor qaratish lozim. Ularning birinchisi nizo maʼmuriy organning qaysi qonun hujjatiga zid xatti-harakati yoki qarori natijasida vujudga kelganini to‘g‘ri aniqlash hamda sudda nizoni ko‘rib chiqib hal etishning qonuniy talablariga qatiy rioya qilishdir. Ikkinchi jihatning ahamiyati juda katta. Zero, sudlar maʼmuriy ishlarni faqat qonunga bo‘ysungan holda ko‘rib chiqishlari lozim. Bu, eng avvalo, Konstitutsiyada belgilangan qatiy prinsipdir. Shu munosabat bilan, 2018 yil 25 yanvar kuni maʼmuriy sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqib hal etishga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy ishlarni yuritish to‘g‘risidagi kodeks6 qabul qilindi. Kodeksning 2018 yil 1 apreldan eʼtiboran kuchga 6 Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.01.2018 й., 02/18/МПК/0627-сон, 12.10.2018 й., 03/18/496/2043-сон
 
kirishi alohida belgilab qo‘yildi. Kodeks 288 moddani qamrab olgan 29 bob va IV 
bo‘limdan iborat.  
 
 
 
 
 
Kodeksning qabul qilinishining amaliy ahamiyati shundaki, endilikda 
maʼmuriy ishlarni sudlar tomonidan ko‘rib chiqish fuqarolik ishlari singari fuqarolik 
protsessual qonunchiligiga asoslanib emas, balki maʼmuriy ishlarni yuritishga doir 
alohida qonunchilik bilan tartibga solinadigan bo‘ldi. Yaʼni, maʼmuriy sudlar 
maʼmuriy ishlarni alohida protsessual qonunchilikka tayangan holda ko‘rib chiqadi. 
Bu shuni anglatadiki, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks mazmun-
mohiyatiga ko‘ra fuqarolik protsessual qonunchiligidan farq qiladi. Xususan, agar 
fuqarolik protsessida daʼvo ishining taraflari protsessning istalgan bosqichida 
kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli bo‘lsalar, maʼmuriy sud ish 
yurituvida taraflar bunga haqli emaslar. Bu esa davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga 
daxldor bo‘lgan qarorlarni har tomonlama puxta o‘ylagan holda qabul qilishlariga 
olib keladi. Pirovard natijada davlat va jamiyat hayotida qonuniylikning 
mustahkamlanishiga erishiladi. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, maʼmuriy sud ishlarini yuritish 
to‘g‘risidagi kodeks maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqishning xususiyatlari inobatga 
olingan holda qabul qilingan. Bu ayni kodeksning 2-moddasida mustahkamlab 
qo‘yilgan maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi. Bular 
maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
taʼminlash; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar 
va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish;maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy 
 
 
Maʼmuriy-huquqiy nizolarni sud tartibida hal etishning huquqi asosi O‘zbekiston Respublikasi 
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksidir. 
 
! 
Logotip
kirishi alohida belgilab qo‘yildi. Kodeks 288 moddani qamrab olgan 29 bob va IV bo‘limdan iborat. Kodeksning qabul qilinishining amaliy ahamiyati shundaki, endilikda maʼmuriy ishlarni sudlar tomonidan ko‘rib chiqish fuqarolik ishlari singari fuqarolik protsessual qonunchiligiga asoslanib emas, balki maʼmuriy ishlarni yuritishga doir alohida qonunchilik bilan tartibga solinadigan bo‘ldi. Yaʼni, maʼmuriy sudlar maʼmuriy ishlarni alohida protsessual qonunchilikka tayangan holda ko‘rib chiqadi. Bu shuni anglatadiki, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks mazmun- mohiyatiga ko‘ra fuqarolik protsessual qonunchiligidan farq qiladi. Xususan, agar fuqarolik protsessida daʼvo ishining taraflari protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli bo‘lsalar, maʼmuriy sud ish yurituvida taraflar bunga haqli emaslar. Bu esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qarorlarni har tomonlama puxta o‘ylagan holda qabul qilishlariga olib keladi. Pirovard natijada davlat va jamiyat hayotida qonuniylikning mustahkamlanishiga erishiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqishning xususiyatlari inobatga olingan holda qabul qilingan. Bu ayni kodeksning 2-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi. Bular maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy Maʼmuriy-huquqiy nizolarni sud tartibida hal etishning huquqi asosi O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksidir. !
 
munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning 
oldini olishga ko‘maklashish;qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini 
shakllantirishdir. 
Kodeksning 8-16-moddalarida maʼmuriy sud ishlarini yuritishda muhim 
bo‘lgan odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun va sud oldida 
tenglik, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi, taraflarning 
tortishuvi va teng huquqliligi, maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til, sud 
muhokamasining oshkoraligi, sud muhokamasining bevositaligi, maʼmuriy ishlarni 
qonun hujjatlari asosida hal qilish, sud hujjatlarining majburiyligi kabi to‘qqizta 
prinsip keltirib o‘tilgan.  
Biroq, shuni alohida qayd etish lozimki, sud fuqarolar va yuridik shaxslarning 
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish to‘g‘risidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan 
yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal 
qiladi. 
Yuqoridagi ro‘yxatdan shu narsa ayon bo‘ladiki, maʼmuriy sud ish yurituvi 
orqali nafaqat maʼmuriy huquqdan kelib chiqadigan, balki shu bilan bir qatorda 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga daxldor bo‘lgan ishlar ham 
ko‘rib chiqiladi. Kodeksda ular bitta atama, yaʼni maʼmuriy ish deb ataladi. 
Maʼmuriy ishlarning sudlovga tegishliligi masalasi ham muhimdir. Umumiy 
qilib aytganda, sudga taalluqli ishlar tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tomonidan 
ko‘riladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar maʼmuriy 
sudi esa birinchi instansiya sudi sifatida davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni 
ko‘radi. Biroq shunga qaramay, mazkur sudlar alohida holatlarga qarab, har qanday 
ishni tuman (shahar) sudidan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha 
o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga 
haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga esa idoraviy normativ-huquqiy 
hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish 
Logotip
munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirishdir. Kodeksning 8-16-moddalarida maʼmuriy sud ishlarini yuritishda muhim bo‘lgan odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun va sud oldida tenglik, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi, maʼmuriy sud ishlari yuritiladigan til, sud muhokamasining oshkoraligi, sud muhokamasining bevositaligi, maʼmuriy ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish, sud hujjatlarining majburiyligi kabi to‘qqizta prinsip keltirib o‘tilgan. Biroq, shuni alohida qayd etish lozimki, sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi. Yuqoridagi ro‘yxatdan shu narsa ayon bo‘ladiki, maʼmuriy sud ish yurituvi orqali nafaqat maʼmuriy huquqdan kelib chiqadigan, balki shu bilan bir qatorda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga daxldor bo‘lgan ishlar ham ko‘rib chiqiladi. Kodeksda ular bitta atama, yaʼni maʼmuriy ish deb ataladi. Maʼmuriy ishlarning sudlovga tegishliligi masalasi ham muhimdir. Umumiy qilib aytganda, sudga taalluqli ishlar tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tomonidan ko‘riladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar maʼmuriy sudi esa birinchi instansiya sudi sifatida davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ko‘radi. Biroq shunga qaramay, mazkur sudlar alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tuman (shahar) sudidan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga esa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish
 
haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish kiradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan maʼmuriy suddan olib 
qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, 
ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli ekanini aytib o‘tish lozim. Bundan 
tashqari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari ham qonun bilan o‘z vakolatiga 
kiritilgan maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqadi. 
Maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlarga taaluqli ishlarni tushunib 
olish uchun quyidagi kazusni tahlil qilish mumkin.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yuqoridagi muammoli vaziyatdagi nizo maʼmuriy sud ish yurituviga 
taaluqlidir. Mazkur holatda asosiy urg‘uni Toshkent shahar hokimining qaroriga 
eʼtibor qaratish lozim, yaʼni xokim qarorining mazmuni fuqarolik huquqiy 
munosabatga oid bo‘lsada, arizachi xokim qaroridan norozi bo‘lmoqda.  
Maʼmuriy ishlar birinchi instansiya sudida yuqoridagi sudlar tomonidan 
qo‘zg‘atiladi. Bunga manfaatdor shaxslarning yoki prokurorning yoxud davlat 
organlari va boshqa shaxslarning arizalari asos bo‘ladi. 
Maʼmuriy sud ishlarining yuritish to‘g‘risidagi kodeksning yana bir muhim 
jihati shundaki, unda isbotlash majburiyati aniq belgilab qo‘yilgan. Kodeksning 67-
moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va eʼtirozlariga 
asos 
qilib keltirayotgan 
holatlarni 
isbotlab berishi lozim. 
O‘zbekiston 
 
Toshkent shahar, N.ko‘chasidagi 54-uy fuqaro S.Rahmonovga tegishli bo‘lib, u 
2011 yil 15 aprelda vafot etgan.Uning vafotidan keyin qolgan yuqorida ko‘rsatilgan mol-
mulkka nisbatan merosxo‘rlar topilmaganligi sababli, mazkur xonadon qarovsiz qolib 
ketgan.2017 yilning avgust oyida shahar hokimligi vakili ishtirokida o‘tkazilgan mahalla 
fuqarolar yig‘ini majlisida S.Rahmonovga tegishli bo‘lgan uyning ancha vaqtdan buyon 
qarovsiz holda ekani aytildi. Bundan boxabar bo‘lgan shahar hokimi S.Rahmonovga tegishli 
bo‘lgan uyni egasiz mulk deb topish hamda uni davlat hisobiga o‘tkazish haqida qaror qabul 
qildi. Toshkent shahar hokimining qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi raisi Toshkent shahar maʼmuriy sudiga arizasi bilan murojaat qildi. 
Toshkent shahar maʼmuriy sudi arizasini o‘rganib chiqdi va unda keltirilgan vajlar bevosita 
fuqarolik huquqiga tegishli bo‘lgani sababli ishni maʼmuriy sudning sudloviga taalluqli 
emas deb hisoblab arizani qabul qilib olishni rad etdi. 
Muammoli vaziyat 
Logotip
haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish kiradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan maʼmuriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli ekanini aytib o‘tish lozim. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari ham qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqadi. Maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlarga taaluqli ishlarni tushunib olish uchun quyidagi kazusni tahlil qilish mumkin. Yuqoridagi muammoli vaziyatdagi nizo maʼmuriy sud ish yurituviga taaluqlidir. Mazkur holatda asosiy urg‘uni Toshkent shahar hokimining qaroriga eʼtibor qaratish lozim, yaʼni xokim qarorining mazmuni fuqarolik huquqiy munosabatga oid bo‘lsada, arizachi xokim qaroridan norozi bo‘lmoqda. Maʼmuriy ishlar birinchi instansiya sudida yuqoridagi sudlar tomonidan qo‘zg‘atiladi. Bunga manfaatdor shaxslarning yoki prokurorning yoxud davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari asos bo‘ladi. Maʼmuriy sud ishlarining yuritish to‘g‘risidagi kodeksning yana bir muhim jihati shundaki, unda isbotlash majburiyati aniq belgilab qo‘yilgan. Kodeksning 67- moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlab berishi lozim. O‘zbekiston Toshkent shahar, N.ko‘chasidagi 54-uy fuqaro S.Rahmonovga tegishli bo‘lib, u 2011 yil 15 aprelda vafot etgan.Uning vafotidan keyin qolgan yuqorida ko‘rsatilgan mol- mulkka nisbatan merosxo‘rlar topilmaganligi sababli, mazkur xonadon qarovsiz qolib ketgan.2017 yilning avgust oyida shahar hokimligi vakili ishtirokida o‘tkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini majlisida S.Rahmonovga tegishli bo‘lgan uyning ancha vaqtdan buyon qarovsiz holda ekani aytildi. Bundan boxabar bo‘lgan shahar hokimi S.Rahmonovga tegishli bo‘lgan uyni egasiz mulk deb topish hamda uni davlat hisobiga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Toshkent shahar hokimining qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi Toshkent shahar maʼmuriy sudiga arizasi bilan murojaat qildi. Toshkent shahar maʼmuriy sudi arizasini o‘rganib chiqdi va unda keltirilgan vajlar bevosita fuqarolik huquqiga tegishli bo‘lgani sababli ishni maʼmuriy sudning sudloviga taalluqli emas deb hisoblab arizani qabul qilib olishni rad etdi. Muammoli vaziyat
 
Respublikasining Konstitutsiyasi 2-moddasida mustahkamlangan muhim prinsip − 
davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi 
masʼulligini 
inobatga 
olinib 
maʼmuriy 
organlarning 
nizolashilayotgan 
hujjatlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlarining, ular 
mansabdor shaxslari harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash 
majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. 
Shuningdek, mazkur organlar va mansabdor shaxslar o‘z eʼtirozlariga asos qilib 
keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Bunday qoidaning o‘rnatilishi 
sudgacha bo‘lgan jarayon − maʼmuriy tartib-taomillarda davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy 
manfaatlariga daxldor bo‘lgan qarorlarni qonuniylik prinsipiga tayangan holda 
qabul qilishlari, buning aksi bo‘lgan taqdirda esa sud oldida javob berishlarini his 
qilishga chorlaydi.  
Buning natijasida Konstitutsiya va qonunning ustunligi taʼminlanishi, davlat 
organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat 
xizmatlarini 
ko‘rsatish 
bilan 
bog‘liq 
maʼmuriy-tartib 
taomillarga 
doir 
munosabatlarga kirishish jarayonida ularning huquq va erkinliklarini hurmat 
qilishlari, pirovard natijada davlat organlarining xalqimizga samarali xizmat 
qilishiga erishish mumkin. 
Maʼmuriy sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlari apellyasiya, 
kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda protsessual 
muddatlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Maʼmuriy ish birinchi instansiya sudi 
tomonidan ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan 
kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarni 
inobatga olib sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan 
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, saylov komissiyasining xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan 
kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi, agar saylovga olti 
kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozimligi alohida belgilab 
qo‘yilgan. 
Logotip
Respublikasining Konstitutsiyasi 2-moddasida mustahkamlangan muhim prinsip − davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi masʼulligini inobatga olinib maʼmuriy organlarning nizolashilayotgan hujjatlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari harakatlarining (harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, mazkur organlar va mansabdor shaxslar o‘z eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Bunday qoidaning o‘rnatilishi sudgacha bo‘lgan jarayon − maʼmuriy tartib-taomillarda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qarorlarni qonuniylik prinsipiga tayangan holda qabul qilishlari, buning aksi bo‘lgan taqdirda esa sud oldida javob berishlarini his qilishga chorlaydi. Buning natijasida Konstitutsiya va qonunning ustunligi taʼminlanishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq maʼmuriy-tartib taomillarga doir munosabatlarga kirishish jarayonida ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilishlari, pirovard natijada davlat organlarining xalqimizga samarali xizmat qilishiga erishish mumkin. Maʼmuriy sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlari apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda protsessual muddatlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Maʼmuriy ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarni inobatga olib sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, saylov komissiyasining xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozimligi alohida belgilab qo‘yilgan.