Ma’naviy-axloqiy tarbiya

Yuklangan vaqt

2024-09-27

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

45,7 KB


 
 
 
 
 
 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya 
 
 
Reja: 
1. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.  
2. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari.  
3. 
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.  
4. 
O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. 
 
 
Tayanch iboralar:. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan 
ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo'lgan ma'naviyatga bog'liq. 
Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. 
Bular: 
—umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
—xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
—insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
—vatanparvarlik. 
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki 
ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O'zbekiston 
Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham jamiyatda 
ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning 
boshqa turlari kabi ma'naviv-axloqiy tarbiva asosini ham ilg'or milliy, ma'naviy-axloqiy 
qadriyatlar, xalq pedagogikasi g'oyalari tashkil etadi. 
Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va 
istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya Reja: 1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. 3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. 4. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. Tayanch iboralar:. Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo'lgan ma'naviyatga bog'liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: —umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; —xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; —insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; —vatanparvarlik. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O'zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviv-axloqiy tarbiva asosini ham ilg'or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g'oyalari tashkil etadi. Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.  
 
Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» — ma'nolar majmui) mohiyatiga ko'ra ijtimoiy 
taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasawur, 
tushuncha va g'oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma'naviyati uch muhim soha 
yo'nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi: 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. Jamiyat ma 'naviyatini shakllantiruvchi omillar 
Madaniyat («cultura» so'zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish 
ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo'lga 
kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy 
boyliklar tizimi. 
Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy 
meros va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish, ularni targ'ib etish maqsadida amalga 
oshiriladigan tadbirlar tizimi. 
Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtayi nazarva e'tiqodlar tizimi, majmui) - 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, 
shuningdek, ma'naviy-axloqiy yuksaklish, ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini 
ta'minlovchi, ularning maqsad va yo'nalishlarini aniqlashda yetakchi o'rin tutuvchi 
g'oyalar tizimi. 
Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi. 
Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo'lgan asosiy vazifani 
ko'rsatar ekan, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
quyidagilarni ta'kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy qadriyatlarimizni 
tiklash, o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas 
dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o'rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik 
yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi 
bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning 
Jamiyt ma’naviyati 
Madaniyat 
Ma’rifat 
Mafkura 
Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» — ma'nolar majmui) mohiyatiga ko'ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasawur, tushuncha va g'oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma'naviyati uch muhim soha yo'nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi: 1-rasm. Jamiyat ma 'naviyatini shakllantiruvchi omillar Madaniyat («cultura» so'zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo'lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi. Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish, ularni targ'ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtayi nazarva e'tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma'naviy-axloqiy yuksaklish, ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta'minlovchi, ularning maqsad va yo'nalishlarini aniqlashda yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi. Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo'lgan asosiy vazifani ko'rsatar ekan, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o'rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning Jamiyt ma’naviyati Madaniyat Ma’rifat Mafkura  
 
pirovard maqsadi - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini 
shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi 
va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni 
tarbiyalashdan iborat». 
Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o'z Vatanining sodiq 
fuqarosidir. O'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan 
g'ururlana oladigan inson. O'z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada 
boyitadigan, go'zalliklaridan bahramand bo'ladigan shaxs. U har qanday zararli 
illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan 
insondir. 
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish 
tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa 
sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadi. 
«Axloq» (lotincha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-
qoidalar majmuidir. 
Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi 
sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining 
mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-
axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-
axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. 
What are the religious and moral 
assessment? 
 Religious and moral education 
of children and young people's 
knowledge and assessment of the 
outlook. Readers as part of a research 
study to collect evidence and to 
practice their traditions, beliefs and 
values, through the use of a specific 
assessment vazifalarnidan skills. In 
Diniy 
va 
ma’naviy-axloqiy 
baholashning xususiyatlari qanday? 
 Diniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya 
bolalar 
va 
yoshlarning 
bilim 
va 
dunyoqarashni 
baholashga 
qaratilgan. 
O’quvchilarning bir qismi tadqiqotchi 
sifatida dalil to’plashi o’rganishi va 
ularning amaliyotga tadbiq etish va an’ana 
va e’tiqod va qadriyatlar, uchun o’ziga xos 
baholash vazifalarnidan foydalanish orqali 
pirovard maqsadi - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o'z Vatanining sodiq fuqarosidir. O'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g'ururlana oladigan inson. O'z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go'zalliklaridan bahramand bo'ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadi. «Axloq» (lotincha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun- qoidalar majmuidir. Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy- axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy- axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. What are the religious and moral assessment? Religious and moral education of children and young people's knowledge and assessment of the outlook. Readers as part of a research study to collect evidence and to practice their traditions, beliefs and values, through the use of a specific assessment vazifalarnidan skills. In Diniy va ma’naviy-axloqiy baholashning xususiyatlari qanday? Diniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashni baholashga qaratilgan. O’quvchilarning bir qismi tadqiqotchi sifatida dalil to’plashi o’rganishi va ularning amaliyotga tadbiq etish va an’ana va e’tiqod va qadriyatlar, uchun o’ziga xos baholash vazifalarnidan foydalanish orqali  
 
addition, since the early years of the 
evaluation of the knowledge and 
skills of children and young people to 
discuss the further development of 
news, skills, beliefs, values, and 
respect for other traditions 
ko’nikmaga ega bo’ladi. Bundan tashqari, 
bilim 
va 
ko’nikmalarini 
baholashda 
dastlabki yillaridan boshlab bolalar va 
yoshlar tobora taraqqiyot yangliklarini 
muhokama 
qilishi, 
ularning 
ko’nikmalarini e’tiqodlar, qadriyatlar, va 
boshqa 
an’analariga 
xurmat 
kasb 
etmoqda.1 
 
Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga 
qo'yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy 
xislatlami shakllantirish maqsadida o'quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq 
va tizimli ta'sir etishdir. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 
2. Ularda ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash va rivojlantirish. 
3. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko'nikma va odatlarini tarkib toptirish. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko'ra inson ongining jamiyat bilan 
aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o'z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti 
darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal 
hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning 
e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy his-tuyg'u 
va xislatlami shakllantirish, o'quvchilar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat 
a'zolariga bo'lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab 
yetilishi, ma'naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash 
masalasining kun tartibiga qo'yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub 
o'zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir 
                                                           
1 Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, 
France and Germany (2012). 
 
addition, since the early years of the evaluation of the knowledge and skills of children and young people to discuss the further development of news, skills, beliefs, values, and respect for other traditions ko’nikmaga ega bo’ladi. Bundan tashqari, bilim va ko’nikmalarini baholashda dastlabki yillaridan boshlab bolalar va yoshlar tobora taraqqiyot yangliklarini muhokama qilishi, ularning ko’nikmalarini e’tiqodlar, qadriyatlar, va boshqa an’analariga xurmat kasb etmoqda.1 Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga qo'yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlami shakllantirish maqsadida o'quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta'sir etishdir. Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: 1. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 2. Ularda ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash va rivojlantirish. 3. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko'nikma va odatlarini tarkib toptirish. Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko'ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o'z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy his-tuyg'u va xislatlami shakllantirish, o'quvchilar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a'zolariga bo'lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma'naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo'yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o'zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir 1 Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England, France and Germany (2012).  
 
marta beriladi, shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, 
o'zgalar va o'zining hayoti ma'nosini anglagan holda o'tkazish kerakligi haqida ko'plab 
rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. 
Bundan tashqari ta'lim muassasasida o'quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda 
bo'lish ham dolzarb ahamiyatga ega boiib bormoqda. Zero, ta'lim tamoyillarida eng 
muhim, asosiy tamoyillardan biri ta'limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
bo'lib, uning asosiy mohiyati o'quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo'lishni, ta'lim 
jarayonini erkinlashtirishni talab etadi. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. 
Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish 
rivojlanadi. Bu esa o'z navbatida o'quvchi shaxsida mas'uliyatni his etish, ongli 
intizomga rioya etish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, 
xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlik, mas'uliyatni his etish, burch, or-nomus, 
vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega. 
Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Sog'lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot 
tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda. 
Tekinxo'rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklami iste'mol 
qilish, fahsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu illatlar insonning 
axloqiy qiyofasinigina emas, balki o'zini ham yemirib boradi. Inson ham ma'naviy, ham 
jisman halok bo’ladi. Shu bois insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish 
ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo'nalishlaridan ustun qo'yilishi zarur. Binobarin, ma'naviy-
axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liqdir. Agar tarbiyaning boshqa 
yo'nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu 
tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma'naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir 
tarbiyalanuvchining o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga 
olgan holda, yaxlit tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar 
tanlanadi. 
Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, 
axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi 
tushunchaga ega bo'lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning 
me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy 
marta beriladi, shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o'zgalar va o'zining hayoti ma'nosini anglagan holda o'tkazish kerakligi haqida ko'plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. Bundan tashqari ta'lim muassasasida o'quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo'lish ham dolzarb ahamiyatga ega boiib bormoqda. Zero, ta'lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta'limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo'lib, uning asosiy mohiyati o'quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo'lishni, ta'lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi. Ma'naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o'z navbatida o'quvchi shaxsida mas'uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlik, mas'uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog'lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda. Tekinxo'rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklami iste'mol qilish, fahsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu illatlar insonning axloqiy qiyofasinigina emas, balki o'zini ham yemirib boradi. Inson ham ma'naviy, ham jisman halok bo’ladi. Shu bois insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo'nalishlaridan ustun qo'yilishi zarur. Binobarin, ma'naviy- axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liqdir. Agar tarbiyaning boshqa yo'nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma'naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga olgan holda, yaxlit tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi. Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo'lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy  
 
jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o'zlari va boshqalarning xatti-
harakatlarini ana shu nuqtayi nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, 
baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va 
nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega 
inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin 
ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish va uni tushunish hali e'tiqodni 
faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy 
tajribalarda qo’llanilib, o'quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon 
bo'lgandagina shakllangan deyish mumkin. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson 
tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his-
tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil 
etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid 
tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir 
xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy 
bo'lib hisoblanadi. 
Shuningdek, o'quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan 
ehtiyoj bo’lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida 
uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo’ladi. 
Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va 
tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. 
Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada 
quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
— ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga 
aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur; 
—o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol 
hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o'z 
nuqtayi nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi; 
—shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga 
yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyalash; 
—ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, 
tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-
jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o'zlari va boshqalarning xatti- harakatlarini ana shu nuqtayi nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo’llanilib, o'quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo'lgandagina shakllangan deyish mumkin. Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his- tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, o'quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo’lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo’ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: — ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur; —o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o'z nuqtayi nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi; —shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyalash; —ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-  
 
harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish; 
—tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar — insoniylik, insonga 
hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda 
muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish; 
—fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda 
ko'p ma'naviy-axloqiy sifatlar — boshqalarga g'amxo'rlik qilish, odamlarning g'am-
tashvishi, quvonchini tushuna olish, o'z manfaatidan o'zgalar manfaatlarini ustun 
qo'yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to'xtata 
olish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan 
o'rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o'quvchilar xatti-harakatlarida 
ko'zga tashlanadigan salbiy odatlar — jamoa joylarida qattiq gapirish, qo'pol 
so'zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o'ylamay gapirish, ishonchli bo'lmagan 
hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, 
boshqalarning suhbatini bo'lish, qo'lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib 
borilishiga alohida e'tibor qaratish zarur. 
Arzimas bo'lib ko'ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va kasbiy faoliyatni 
tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo'lish yo’lida, zarurli bo'lgan bu kabi 
odatlardan holi bo’lishda o'quvchilarga yordam ko'rsatish o'qituvchilarning muhim 
vazifalaridan sanaladi. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. 
Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida 
axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - 
deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur 
manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to'xtalib o'tadi. Allomaning nuqtayi 
nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), 
nazofat (poklik va tozalik), g'ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, 
hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, 
nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor 
(g'urur)., muhabbat, avf (kechirimli bo'lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning 
asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga 
axloqiy munosabat, o'z atrofidagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir 
harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish; —tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar — insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish; —fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko'p ma'naviy-axloqiy sifatlar — boshqalarga g'amxo'rlik qilish, odamlarning g'am- tashvishi, quvonchini tushuna olish, o'z manfaatidan o'zgalar manfaatlarini ustun qo'yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to'xtata olish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o'rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o'quvchilar xatti-harakatlarida ko'zga tashlanadigan salbiy odatlar — jamoa joylarida qattiq gapirish, qo'pol so'zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o'ylamay gapirish, ishonchli bo'lmagan hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo'lish, qo'lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e'tibor qaratish zarur. Arzimas bo'lib ko'ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va kasbiy faoliyatni tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo'lish yo’lida, zarurli bo'lgan bu kabi odatlardan holi bo’lishda o'quvchilarga yordam ko'rsatish o'qituvchilarning muhim vazifalaridan sanaladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to'xtalib o'tadi. Allomaning nuqtayi nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g'ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g'urur)., muhabbat, avf (kechirimli bo'lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o'z atrofidagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir  
 
o'quvchining o'zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. 
Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g'azab, aysh-
ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat 
(o'zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta'ma, hirs), rahovat 
(g'ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (keksaqlash), 
namimat (chaqimchilik), g'iybat, haqorat, jibonat (qo'rqoqlik), hasad, kizb (yolg'on), 
nifoq, ta'ma, zulm va boshqalar. 
O'quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi 
bo'lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o'quvchilarga xulq-odob me'yorlari va 
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o'qish, kinofilm va spektakllarni 
tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifat kunlarida turli mavzularda 
suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushinchalar va xulq-odatlar paydo bo'la 
boshlaydi. O'quvchilar o'zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay 
boshlaydilar. Buning uchun turli ma'naviy-axloqiy mavzularda o'tkaziladigan suhbat 
va munozaralarda o'quvchini fikr yuritish, o'ylashga yo'naltirish muhim ahamiyatga 
ega. Masalan, «Do'stimiz Kamol qanday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», 
«Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik - bu nima?» kabi 
mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o'quvchilarni o'ylash, fikr yuritishga 
yo'llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o'rganishga bo'lgan 
intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o'z xatti-
harakatlarini baholashga bo'lgan intilishlari va ishonch, e'tiqodlari shakllanadi. 
Debat, munozara va suhbatlar ma'naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb 
muammolariga bag'ishlanishi zarur. Bunda o'quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli 
muloqotga undash muhimdir. 
O'quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan 
mashqlantirish, o'rgatish, pedagogik talab qo'yish jamoa fikrini hisobga olish, 
topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan 
foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. 
Lekin o'quvchilarni faol, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan 
turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo'lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim 
o'quvchining o'zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g'azab, aysh- ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o'zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta'ma, hirs), rahovat (g'ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (keksaqlash), namimat (chaqimchilik), g'iybat, haqorat, jibonat (qo'rqoqlik), hasad, kizb (yolg'on), nifoq, ta'ma, zulm va boshqalar. O'quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo'lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o'quvchilarga xulq-odob me'yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o'qish, kinofilm va spektakllarni tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushinchalar va xulq-odatlar paydo bo'la boshlaydi. O'quvchilar o'zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma'naviy-axloqiy mavzularda o'tkaziladigan suhbat va munozaralarda o'quvchini fikr yuritish, o'ylashga yo'naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do'stimiz Kamol qanday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik - bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o'quvchilarni o'ylash, fikr yuritishga yo'llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o'rganishga bo'lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o'z xatti- harakatlarini baholashga bo'lgan intilishlari va ishonch, e'tiqodlari shakllanadi. Debat, munozara va suhbatlar ma'naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag'ishlanishi zarur. Bunda o'quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir. O'quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o'rgatish, pedagogik talab qo'yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Lekin o'quvchilarni faol, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo'lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim  
 
ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati 
shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi. 
Rag'batlantirish metodlariga mukofotlash va ma'qullash kiritiladi. Bugungi 
kunda shartnomalar tuzish, o'z-o'zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni 
loyihalash, o'quvchilarni qiziqishlariga ko'ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, 
jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish 
ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda. 
Hozirgi davrda yoshlar o'rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», 
«Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O'yla, izla, top!» kabi o'yinlar ham mazmun, 
ham mohiyati, ham metodik jihatdan o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va 
vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an'analar, urf-
odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida 
o'quvchining axloqiy, ijodiy, ma'naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan 
innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o'quvchilarda voqealar 
rivojini oldindan ko'ra bilish, o'zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo'lini 
to'g'ri belgilash, axloq, e'tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to'g'ri anglash, ijtimoiy 
hayotda turli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishga yo'llaydi. 
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o'quvchi-yoshlarning faolligi, 
liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko'nikmalari shakllanadi. O'zgalar fikrini hurmat 
qilish, ishontirish, o'z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo 
bo'ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg'ularini jilovlay olish, fikr yuritish 
mahorati shakllanadi. O'z ishiga mas'uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini 
rivojlantiradi, ma'naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko'ngilochar, tashhisli, 
ishchan va harakatli o'yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid 
usullari - ruhlantiruvchi, ta'nali, umidli, qiyosiy), rag'batlantiruvchi (tanqid, 
vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid — bularning barchasini 
insonparvarlik g'oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.  
 
ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi. Rag'batlantirish metodlariga mukofotlash va ma'qullash kiritiladi. Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o'z-o'zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni loyihalash, o'quvchilarni qiziqishlariga ko'ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Hozirgi davrda yoshlar o'rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O'yla, izla, top!» kabi o'yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an'analar, urf- odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida o'quvchining axloqiy, ijodiy, ma'naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o'quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko'ra bilish, o'zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo'lini to'g'ri belgilash, axloq, e'tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to'g'ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishga yo'llaydi. Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o'quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko'nikmalari shakllanadi. O'zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o'z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo'ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg'ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O'z ishiga mas'uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma'naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko'ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o'yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari - ruhlantiruvchi, ta'nali, umidli, qiyosiy), rag'batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid — bularning barchasini insonparvarlik g'oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.