MA’NAVIYAT VA IJTIMOIY ONG SHAKLLARI MUNOSABATI
MUNDARIJA
Kirish
I Bob: Ma’naviyat va ijtimoiy ong tushunchalari
1.1. Ma’naviyatning mohiyati va uning inson hayotidagi tutgan o’rni
1.2. Ijtimoiy ong tushunchasi va uning ahamiyati
II Bob: Ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari
2.1. Ijtimoiy ongning ma’naviyatga ta’siri
2.2. Ma’naviyat va ijtimoiy ong o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
Xulosa
Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli
islohotlar natijasi oʻlaroq, ma‘naviyat va madaniyat-ma‘rifatni yuksaltirish
sohasiga davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur sohada qoʻyilgan
maqsadlarga erishish, avvalo, mavjud holatni chuqur oʻrganish va aniqlangan
muammolarni bartaraf etish uchun tegishli yechim izlashni taqozo etadi.
Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalarining
“ Ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari munosabati ” mavzusidagi tadqiqoti oldiga
shu masalalar qoʻyilgan edi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
26.03.2021 yildagi PQ-5040-son qarori ham mazkur masalaning hozirda naqadar
dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Tadqiqot mobaynida institut tomonidan ishlab chiqilgan savolnoma Adliya
vazirligi rasmiy sahifalari, “Huquqiy axborot kanali” adliya organlari va
muassasalari,ma’naviyat,madaniyat va ma’rifat markazlarining hamda hududiy
boshqarmalarning telegram, faсebооk, instagram va twitter kabi ijtimoiy
tarmoqlariga joylandi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari
munosabati fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy omili sifatida tadqiq
etish, uning mohiyati, predmeti va falsafiy talqini masalasi doimo mamlakatimiz
olimlarining e’tibori markazida bo’lgan. Ular tomonidan bu borada bir qator ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirildi va e’lon qilindi. Jumladan, A.Erkayev, M.Nabiyev,
J.Yoqubov, E.Xayitboyevlar tomonidan “Ma’naviyatshunoslik” faniga oid
tushunchalar ilmiy jihatdan o’rganilgan.
Kurs ishining obyekti. Mazkur ishning obyektini ma’naviyat va ijtimoiy
ong tushunchalari,ularga oid qarashlar tahlili, ma’naviyat va bilish jarayonining
predmeti va falsafiy talqini kabi kabi masalalar tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti. Mazkur kurs ishning predmetini Ma’naviyat va
ijtimoiy ong tushunchasining mohiyati, predmeti, vazifalari, maqsadlari va
3
funksiyalari hamda jamiyat jamiyat hayotida tutgan muhim o’rnini o’rganish
tashkil etadi.
Tadqiqotning maqsadi: Ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari munosabati
mavzusini tadqiq etishdan ko’zlangan maqsad birinchi navbatda mazkur
tushunchaning mazmun-mohiyatini o’rganish, uning jamiyat va millat hayottida
tutgan o’rnini ilmiy jihatdan tahlil qilish, globallashuv jarayonlari natijasida
yuzaga kelayotgan ma’naviyat bilan bog’liq muammolarga yechim topishdagi
ahamiyatini ko’rsatib berish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragrafdan, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
I Bob: Ma’naviyat va ijtimoiy ong tushunchalari
1.1. Ma’naviyatning mohiyati va uning inson hayotidagi tutgan o’rni
Maʼnaviyat – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz
ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki,
insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻy-basti,
koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning
yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz
ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga
jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi.
Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor
holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish
orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat
shunchalik ravnaq topadi.1 Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq
biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish
madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtayi nazaridan
yondashadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom
nima – bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka
boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni
bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni
sevish, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning,
millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql,
sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi
kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi.
Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va
ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qiyin. „maʼnaviyat –
insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech
qachon baxt-saodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekiston prezidenti Islom
Karimov
.
1 https://uz.wikipedia.org/
5
Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish
davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp
asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning
umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi.
Maʼnaviyatimiz „ Avesto
“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha
shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda.
Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish,
aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“
markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani
oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
Ma'naviyatning mohiyati, o'z ichiga insonning ruhiy, manaviy va hissiy
tomonlarini o'z ichiga oladi. Bu ma'naviyat, insonni boshqa yaratıklardan farq
qiladi va unga unikal xususiyatlar beradi. Inson hayotida ma'naviyatning o'rni va
ahamiyati juda katta.
Ma'naviyatning mohiyati: Ma'naviyatni izohni qayta tushunish uchun, uni
ruhiyoti, o'zga xususiyatlari, va insonning dunyoqarashiga taalluqli umumiy
tasavvurlarga e'tibor berish kerak. Bu, insonning o'zining o'zida yashayotgan
maqsad va manosi, hayotda qiyinchiliklar va baxtsizliklar bilan uchrashishga
taalluqli hislarini ham o'z ichiga oladi.
Inson hayotidagi tutgan o'rni: Ma'naviyat inson hayotidagi ahamiyatini
ko'rsatadi, chunki u insonni yaxshi va yomonlik orasidagi farqlarni his qilishga, o'z
maqsad va ma'nolarini topishga yordam beradi. Ma'naviyat insonni uning ijtimoiy
munosabatlarida, ish faoliyati va insoniy merosida yaratiladigan ta'sirini ham
ta'minlaydi.
Ko'pgina mamlakatlarda ma'naviyat diniy tajriba va qadriyatlar bilan bog'liq
bo'lsa, uning haqiqiyati diniy qiyofalarni o'z ichiga olmasligi mumkin. Bu esa,
ma'naviyatning individual va shaxsiy hayotda o'zining o'zining o'ziga xos
jihatlarini ifodalashiga imkon beradi.
6
Ma'naviyat, insonlar o'rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Bu,
insonlar orasidagi muhabbat, hurmat, tafakkur, va yuksak qadriyatlar ko'rsatishda
ro'yxatga olishi mumkin.
Ba'zi tadqiqotchilar ma'naviyatning insonning baxt va xursandlik darajasiga
ta'sir qilishi ehtimoli haqida fikr ko'rsatishadi. Bu, insonning o'z hayot
maqsadlarini aniqlash, qadr-qimmat bermoq, va yashashdagi maqsadlarni topishga
o'z ichiga oladi.
Ba'zi soha ekspertlari, ma'naviyatni tadbirkorlikda kuchli motivatsiya manbai
sifatida ko'rsatishadi. Bunday qarorlar o'rganish, innovatsion fikrlash va
mahsulotni sotib olishda o'z hisobingizda ma'naviyatni o'z ichiga oladi.
Psixologiya sohasida, ma'naviyat insonning ruhiy va psixologik
xususiyatlariga e'tibor beradi. Bu, insonning yuksak maqsadlarni aniqlash, shaxsiy
ro'yxatga olish va qadriyat bermoqda.
Ong va ruhni falsafiy jihatdan o’rganish uni borliqning o’ziga xos ma‘naviy
shakli ekanligi bilan asoslanadi. Shu sababli falsafada ong kategoriyasi insonning
butun moddiy va ma‘naviy faoliyatini tahlil qilish va tushunish bilan ham
chambarchas bog’liqdir. Ong masalasini talqin qilishda turli falsafiy maktablarning
namoyondalari o’z fikrlarini bayon qilishganlar. Qadimgi yunon faylasuflaridan
biri Suqrot «o’zingni bilsang, olamni bilasan» degan edi. Bu fikr ortida olam kabi
inson ham murakkab bo’lib, u o’zini bilish va anglash orqali olam mohiyatini
anglashga yo’l ochishi mumkin degan xulosa yotadi. Suqrotning falsafiy fikr va
mulohazalarida inson va uning ongini o’rganish turar edi. Suqrotning
tushuntirishiga insonning ongi turli holatlarda va darajalarda sodir bo’lib, u bir
necha qatlamlardan iborat bo’ladi. O’sha murakkab ongning sohibi – individdir.
Indiidning ongi esa turli ijtimoiy ongning mazmunini oliy instantsiya belgilab
beradi, oliy instantsiya esa Suqrotning tushuntirishicha aqldir.
Yunon faylasuflaridan biri bo’lgan Demokritning fikricha bilish ob‘ekti
moddiy olam bo’lib, ongimiz esa moddiy olam bo’lib, sezgilar orqali aks
ettirilishidan iboratdir.
7
Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy vokelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan
davriga yoki qismiga tegishli bo`lgan umumiy xis-tuyg`ular, kayfiyatlar, qarashlar,
G`oyalar, nazariyalar majmuidir.
Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o`z-o`zini anglashi sodir bo`ladi, kechayotgan
jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy o`zgarishlar bilan bir qatorda
ijtimoiy ong ham o`zgarib rivojlanib boraveradi. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy
ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy vokelikdagi o`zgarishlargagina bog`liq ekan-da,
degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy ong o`z taraqqiyotida nisbiy
mustaqillik harakteriga va ijtimoiy vokelikka faol aks ta’sir eta olish xususiyatiga
ham egadir.
Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi muloxazalar yakunida ijtimoiy
ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari
ajratilishini ta’kidlash lozim.
8
1.2. Ijtimoiy ong tushunchasi va uning ahamiyati
Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan
davriga yoki qismiga tegishli bo`lgan umumiy xis-tuyg`ular, kayfiyatlar, qarashlar,
G`oyalar, nazariyalar majmuidir. Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o`z-o`zini
anglashi sodir bo`ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy
o`zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o`zgarib rivojlanib boraveradi.
Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy vokelikdagi
o`zgarishlargagina bog`liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy
ong o`z taraqqiyotida nisbiy mustaqillik harakteriga va ijtimoiy vokelikka faol aks
ta’sir eta olish xususiyatiga ham egadir. Ijtimoiy ongning bunday xususiyatlari
nimalarda ko`rinadi? Avvalo, ijtimoiy ongga vorislik xos ekanligini ta’kidlash
lozim. Bu ijtimoiy ong shakllarining o`z rivojlanish mantiqiga, qonuniyatlariga ega
ekanligida yaqqol namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy ong rivojida uning
turli shakllarining o`zaro ta’siri ham muxim rol o`ynaydi. Ijtimoiy ong, undagi
o`zgarishlar vokelikka hamma vaqt aks ta’sir etib kelgan. Bilimlar qulami, tarixiy
tajriba har bir davrda ayricha bo`lganidek, bu ta’sirning kuchi ham turlicha
bo`lgan. Ijtimoiy ongning mohiyati uni individual ong bilan solishtirganda yanada
yaqqol namoyon bo`ladi. Individual ong muayyan, guruh, elat, millatga mansub
bo`lgan ayrim kishining ongi bo`lib, jamiyatdagi vokelik va real borliqning aloxida
olingan shaxsning ongida aks etishdir.
Ijtimoiy va individual ongning mohiyatini chuqurrok anglash uchun ular
o`rtasidagi o`xshash va farqli tomonlarni tushunib olish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy va individual ong o`rtasidagi o`xshashlik bir tomondan, har ikkalasining
ham ijtimoiy vokelikni aks ettirishida ko`rinadi. Boshqa tomondan, ijtimoiy ong
vokelikni individ ongi orqali aks ettiradi. Chunki, ijtimoiy vokelikda yo`z
beradigan o`zgarishlar avvalo, aloxida kishilar ongida o`z aksini topadi va undan
so`ngina ijtimoiy ongda gavdalanadi. Ijtimoiy ong bilan individual ong o`rtasida
farqli tomonlar ham mavjudki, ular quyidagilarda ko`rinadi: Birinchidan,
individual ongning soxibi, sub’ekti aloxida olingan individ bo`lsa, ijtimoiy
ongning sub’ekti jamiyatdir. Ikkinchidan, ularning farqi shakllanish shart-
9
sharoitlarida ko`rinadi. Zero, ijtimoiy ong ijtimoiy vokelikning in’kosi bo`lsa,
individual ong taraqqiyotiga ijtimoiy ong bilan bir qatorda shu shaxsgagina xos
bo`lgan temperament, harakter kabi xususiyatlar, uning moddiy axvoli, oilaviy,
diniy, milliy-madaniy mansubligi kabi omillar, hamda u bevosita tortilgan ijtimoiy
munosabatlarning harakteri ham muayyan darajada ta’sir ko`rsatadi. Boshqacha
aytganda, ijtimoiy ongga qulamlilik, keng qamrovlilik, individual ongga esa o`ziga
xoslik, betakrorlik xosdir.
Uchinchidan, ijtimoiy ong ijtimoiy vokelikni aks ettirganligi uchun muayyan
qonuniyatlarga buysunadi, ular asosida rivojlanadi. Individual ong esa, ayrim
individning tug`ilishi bilan shakllanib, taraqqiy qilib borib, uning vafoti bilan
barham topadi. Ammo bu individ ongining butunlay barham topishini hamma vaqt
ham anglatavermaydi. Chunki individ ongi u yaratgan asarlar, kashfiyotlar shaklini
olib, keyingi avlodlar tomonidan meros sifatida kabo`l qilib olinishi mumkin.
Masalan, Gippokrat va ibn Sino ta’limotlari, Aflotun va Beruniyning G`oyalari,
Navoiy va Gandining gumanizmi kishilar uchun hamon katta ahamiyatga ega
bo`lib qolmokda. Turtinchidan, individual ong ayrim soxalarda ijtimoiy ongdan
o`zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Fan tarixida keskin burilishlar yasagan
olimlarning, jamiyat taraqqiyotining istiqbollarini oldindan aytib bergan
mutafakkirlarning qarashlari individual ong ba’zan ijtimoiy ongdan nechoKlik
ilgarilab ketishi mumkinligiga yorkin misol bo`la oladi. Ijtimoiy ongning
strukturasi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi.
Odamlar faoliyati kanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari kanchalik
boy bo`lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va murakkab bo`ladi. Vokelikni aks
ettirish darajasiga ko`ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo`linadi. Odatiy
ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan
iborat bo`lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqealarni aks ettiradi va
rivojlanadi. Uning soxiblari – sub’ektlari aloxida olingan shaxslarning hayotiy
tajribasi, kizikishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda egallangan mavkelari xech
kachon bir xil bo`lmaydi. Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo`lib
xizmat qiladigan elementlar bo`ladi. Olimlar, san’atkorlar turli nazariyalar, badiiy
10
obrazlar yaratishda hayotiy- kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq
oladilar. Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik
turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi bilimlar, shuningdek turli uydirmalar,
noto`g`ri qarashlar ham o`z ifodasini topadi. Ko`p asrlik hayotiy tajribani ixcham
shaklda o`zida mujassamlashtirgan xalq maqollari bunga misol bo`la oladi. Odatiy
ong sof holda uchramaydi. Chunki, inson farzandi murKaqlik davridanok o`z
atrofidagilar, sungra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati erishgan
ilmiy bilimlarni ham o`zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir
bo`layotgan voqealarga nafaqat o`z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan
ham baxo bera boshlaydi, nazariy ong ta’sirida bo`ladi. Хush, nazariy ong deganda
nimani tushunish kerak? Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab
chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli
ularok nazariy ong o`zgaruvchan harakterga ega. Bu o`zgaruvchanlik ilmiy
bilimlarning shiddatli rivojlanishi, vokelik haqidagi bilimlarning doimiy
chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga
voqealarning tashqi tomonini ifodalash xos bo`lsa, nazariy ong voqealarning
mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy
ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida xosil qilingan bilimlarni
saralashga yordam beradi.
Ijtimoiy psihologiya sotsial muxit, kundalik turmush sharoitlari ta’siri ostida
vujudga keladi va rivojlanadi. Uni subektiga ko`ra muayyan ijtimoiy guruh, elat,
millat psihologiyasi kabi turlarga bo`lish mumkin.
Millatlarning etnosotsial birlik sifatida shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ustuvor ahamiyatga ega. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ayrim
xududda yashagan aholining doimiy aloqada bo`lishi, o`zaro ta’siri, munosabati
natijasida tilda, madaniyatda umumiylikning shakllanishga ta’sir qilganligini
ko`ramiz. Bunday sharoitda psihologiyada ham o`xshash tomonlar yo`zaga kela
borganligi tabiiy, albatta.
Aloxida olingan bir millatga xos bo`lgan psihologik jixatlarni ushbu millat
bosib o`tgan tarixiy yo`ldan, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlardan
11
kidirish zarur. Ijtimoiy vokelikning o`zgarishi bilan milliy psihologiyaga xos
bo`lgan xususiyatlar ham o`zgarib boradi. Ammo bu o`zgarishlar nisbatan sekin
kechganligi tufayli, u hamma vaqt ham tezda ko`zga tashlanavermaydi.
Milliy psihologiyaga xos jixatlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o`zgarishlarni
amalga oshirishda inobatga olish muxim ahamiyatga egadir. Bu amalga
oshirilayotgan siyosatning xalq kunglidan chuqur joy olishini hamda ushbu
o`zgarishlarning muvaffakiyatini ta’minlaydi.
Ijtimoiy mafkura (ideologiya) ijtimoiy psihologiyadan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy psihologiya sotsial guruhlar hayotini muayyan xis-tuyg`ular, kayfiyatlarda
bevosita aks ettirsa, ijtimoiy ideologiya sotsial guruhlar extiyojlari, manfaatlarining
ichki mohiyatini, sababini har xil G`oyalar, nazariyalar, ta’limotlar shaklida aks
ettiradi. Shuning uchun ham u ijtimoiy hayotga aks ta’sir o`tkaza olish
xususiyatiga ega bo`ladi. Ayni paytda, ideologiyaning G`oyalar tizimi sifatida
chiqishida, uning o`zi uchun katta xavf ham yashiringanligini ta’kidlash zarur. U
real vokelikdan, shu jumladan, kishilar ruxiyatida sodir bo`layotgan jarayonlardan
o`zoklashib hayotiligini yo`qotgan G`oyalar-dogmalar sistemasiga ham aylanib
qolishi mumkin. Bunday hollarda mafko`ra taraqqiyot tormoziga aylanib, oxir-
oqibatda xalokatga yo`z tutadi.
Ijtimoiy ong shakllarini farqlash mezonlari. Ijtimoiy ong va uning darajalari
haqidagi muloxazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy,
huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta’kidlash lozim.
Nima uchun ijtimoiy ongning aynan yuqoridagi shakllari ajratiladi?
Boshqacha aytganda, ular qanday mezonlar asosida farqlanadi? ilmiy adabiyotlarda
ijtimoiy ong shakllarini farqlashning to`rt mezoni ajratilgan.
Insonning har qanday xatti-harakati ong orqali bajariladi, ammo jamiyat ularni
saralab, manfaatdor bo’lganlarinigina yuzaga chiqaradi. Axloqiy ongning ijtimoiy
ahamiyati ham xuddi ana shundadir. Axloqiy ongda voqealik qonunlar sifatida
emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo„yilgan ijtimoiy tartib, talablar, normalar
shaklida qayd etiladi. Qoidalarga rioya etilmas ekan axloqiy jihatga putur
12
yetkaziladi va iqtisodiy tomonga ham zarar keltiriladi. Shu sababli axloqiy ong bir
tomondan jamiyat yoki guruhning talablari, normativlarini ifodalasa, ikkinchi
tomondan shu talablarni anglashning individual, shaxsiy shakli va ularni amalda
namoyon qilishdir.
Axloqiy ongda normalardan tashqari odatlar, hissiyotlar ham chambarchas
bog„lanib ketadi. Aql hissiyotlarga ma’lum ijtimoiy yo„nalish beradi, emotsional
xissiyotlar esa ongda o„zining aqliy asosini topadi. Insoniy his-tuyg„ularsiz
haqiqatni ochish ham mumkin emas. Demak, tuyg’ularsiz haqiqiy axloqiy
ulug’vorlik bo’lmaydi ham. Lekin bu ham xulqning doimiy sababchisi bo’la
olmaydi.
Axloqiy ongning markaziy elementi hayot sharoitlari va tarbiya ta’sirida qaror
topgan, qat’iy bilimlar va axloqiy tartib-qoidalarga emotsional munosabatdan
iborat bo’lgan ishonchdir. Ishonch-xulq normasini sub’ektiv qabul qilish bo’lib,
kishi namuna oladigan axloq tamoyillarining to’g’riligi va adolatli ekanligiga amin
bo’lishligidir, axloqiy zaruriyatni aqlan tushuntirishdir. Axloqiy ishonch shu bilan
cheklanmaydi.
Axloqiy ong aksiologik xususiyatga ega, chunki har bir hodisaga muayyan
axloqiy norma, tamoyil, an‟ana, qadriyat, ideallar nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqiy ong ijtimoiy taraqqiyot jarayonida kishilarning ijtimoiy hayotlari va
ijtimoiy munosabatlarini boshqarish ehtiyoji tufayli kelib chiqadi. Axloqiy ong
voqealikni in’ikos ettirar ekan, boshqa ijtimoiy ong shakllari singari haqiqiy yoki
aksincha bo’lishi mumkin. Uning ham haqiqatligi mezoni ijtimoiy tajriba
hisoblanadi. Shu bilan birga axloqiy ongning o’ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
1. Axloqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllariga nisbatan kishilarning kundalik
hayotidagi xulq-atvoriga faolroq ta’sir ko’rsatadi. Axloqiy qarashlar, prinsiplar,
ideallar inson faoliyatiga bevosita singib ketgan bo’lib, xatti-harakatga undovchi
motivlar hisoblanadi.
13
2. Fandan farqli ravishda, axloqiy ong insonga kundalik ong, ijtimoiy-ruhiy
darajasida ta’sir ko’rsatadi. Faqat yuqori darajada axloqiy ong ilmiy bilim
xususiyatlariga ega bo’lsa, axloqiy qarashlar va ideallar nazariy bilimlarga
aylanadi.
3. Axloqiy ong, axloqiy bilimlar majburiy (imperativ) xarakterga ega.
Axloqiy ong ikki ajralmas qismdan iborat:
1) individual axloqiy ong;
2) ijtimoiy axloqiy ong.
Individual axloqiy ong tarkibiga: his-tuyg’u, fikr-mulohazasi kiradi.
Ijtimoiy axloqiy ong tarkibiga: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga
tatbiq etiladign axloqiy kodekslar, kategoriyalar, normalar, tamoyillar, g’oyalar va
hokazolar kiradi.
Axloqiy ijtimoiy ong – ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim
o’rin egallaydi va boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan uzviy aloqadorlikda
rivojlanib boradi. Masalan, axloq bilan din aloqadorligi masalasida shuni aytish
mumkinki, mohiyatan din inson hayotining aloqadorligini taqozo qiladi. Shu bois
diniy-sha’riy tamoyillar va me’yorlar, hadisi sharifdagi o’gitlar axloq-odob
qoidalari bilan chambarchas bog’liq. Chunonchi, inson eng oliy qadriyat sifatida
qat’iy muhofaza etiladi. Din insonni axloqiylashtirishning vositasi sifatida ish
ko’radi. Demak, diniy taqvo bilan axloqiy talabning ildizi bir xil.
14
II Bob: Ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari
2.1. Ijtimoiy ongning ma’naviyatga ta’siri
Har qanday shakldagi tafakkur, bilish jarayoni tasavvurlar, tushunchalar,
kategoriyalarning tarkib topishiga olib keladi. Inson tasavvur, tushuncha,
kategoriyalar yordami bilan fikrlaydi, deganda u o‘z ongi yordamida muayyan
hayotiy jarayon, o‘zgarishlarni aks ettirishda ulardan foydalanishi nazarda tutiladi.
Demak, har bir tasavvur va tushuncha ayni vaqtda voqelik hodisalarining u yoki bu
jihatlarini aks ettiradi, binobarin, inson ular orqali olamni biladi, so‘ngra
ularni boshqa kishilarga yetkazmoq uchun til shakllariga kiritadi.
Bilamizki, atrofimizni tabiat hodisalari, predmetlari, inson tomonidan
yaratilgan jism va buyumlar qurshab olgan. Bu olam o‘zining nihoyatda xilma-xil
shakllari, ranglari, jarayonlari, makoniy munosabatlari bilan inson hissiyotiga ta’sir
etib turadi, sezgilarida aks etadi. Moddiy olamning alohida olingan ushbu
narsalari, ularning o 'zaro munosabatlari inson ongi tomonidan bilib olishga da’vat
etiladi, tafakkurimizda so‘z va til hodisalarini yuzaga keltiradi. Yana shunday olam
ham mavjudki, bu inson ruhi, insonning m a’naviy olami, tarixning katta yutug‘i
sifatida olib qaraladigan insoniyatning ma’naviy hayotidir. Ma’naviyat ijtimoiy
hayotning tarkibiy qismi bo‘lib, uning alohida sohasini tashkil etish bilan birga
moddiy hayot singari obyektiv reallikka ham egadir.
Ma’naviyat, ma’naviy hayotning jamiyat hayotida tutadigan o‘rni haqida
so‘z yuritishdan avval, shuni ta’kidlash joizki, “ma’naviyat” atamasining
mazmunini aniqlab olish lozim. “Ma’naviyat”ning o‘zagini “ma’no”, “ma’ni”
so‘zlari tashkil etishi haqida adabiyotlarda keltirilgan. Olimlarning fikricha,
“ma’naviyat” atamasi, bir tomondan, arabcha “ma’ni” o‘zagidan hosil bo‘lgan.
Ikkinchi tomondan, ma’naviyat ham, uning o‘zagi «ma’no» ham qadimgi
hind falsafasida keng qo‘llanilgan «manas» tushunchasi bilan bog‘langan bo‘lishi
ham mumkin. Bunday taqdirda u “do‘stlar va ulfatlar joyi” ma’nosini bildiradi.
Tilshunoslikka oid lug‘atlarda ham «ma’naviyat» — axloqiylik, kishining
ichki va ruhiy olami bilan bog‘liq ma’nolarni anglatishi aytiladi.
15
Ma’naviyat muammosi juda ham murakkab va serqirrali bo‘lganligi sababli
unga berilgan ta’riflar ham rang-barangdir. Bunda quyidagicha manzaraga duch
kelamiz:
ma’naviyat deganda - shaxsiy ong; kishilarning ruhiy faoliyati; axloq,
nafosat va nazariy qadriyatlar yig‘indisi, haqiqat va himmat hamda go‘zallikning
qiyomi;
insonning his-tuyg‘ulari; insonning jamiki axloqiy qadriyatlari yig‘indisi
kabilar tushuniladi.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ma’naviyat bepoyon,
cheksiz borliqning inson ruhida aks etishidir. Ma’naviyatning bu tarkibiy
qismlariga erkinlik, mustaqillik uchun kurashish, uni asrab-avaylash va yanada
mustahkamlash kabi jihatlar ham to‘la kiradi. Inson xarakterida shunday ruhiy
ko‘tarinkilik yuzaga chiqadigan holatlar ham mavjudki, bu jarayonda hissiy
o‘zboshimchalik o‘rnini axloqiy erkinlik egallaydi, u tasodifiy tasavvurlardan
zaruriy bilimgacha, amaliy ong darajasidan o‘z ma’naviyatini fahmlashgacha
ko‘tariladi.
Ulug‘vorlik, asosan, estetikaning tushunchasidir, biroq u ayni vaqtda
ma’naviy - axloqiylik kategoriyasi hamdir. Chunki u inson qahramonligi, jasorati,
ulug‘vorlik fazilatlari g‘oyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ulug‘vorlik xuddi shu
ma’noda alohida olingan inson va butun insoniyat taraqqiyoti sari yo‘naltirilgan
yuksak, olijanob, ijobiy ma’naviylikni ko‘zda tutadi. Ayni vaqtda, bunday
holatning teskarisi, aksilifodasi bo‘lgan jihatlar ham mavjudligini esdan
chiqarmaslik lozim. Bular pastkashlik, yaramaslik, g‘ayriinsoniylik kabi
kategoriyalar bo‘lib, ular insonga, demakki, ma’naviyatga qarshidir. Buni oddiy
so‘z bilan ma’naviyatsizlik, keskinroq tarzda qo‘yadigan bo‘lsak, aksilma’naviyat
deb atash mumkin. Xuddi shu ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, ma’naviyat
tarixida ilohiylik bilan bog‘liq ijobiy ma’naviylik; salbiy, tuban ma’naviylik bilan
bog‘liq shaytoniylikdan iborat aksilma’naviylik hodisalari yuz berganligi hech
kimga sir emas. Biz bu yerda olijanob ma’naviylik degan iborani qo‘llashni lozim
16
topamiz, ayni vaqtda, bu fazilatning yuksak namunasi tarixdagi buyuk shaxslarga
xos ekanligini ham ta’kidlaymiz.
Olijanoblik fazilatlari nafaqat buyuk shaxslarga, ayni vaqtda oddiy, taqvodor
kishilarga ham xosdir. Bu fazilatning yuzaga chiqishida tashqi muhit ham muhim
rol o‘ynaydi, chunki uning bevosita ta’siri ostida insonning ichki kuchlari,
muayyan fikr, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlari yuzaga keladi. Odatdagidek fikr
yuritadigan bo‘lsak, biz qahramon deb hisoblaydigan insonlar oddiyligi bilan
ajralib turadigan kamtar mehnatkashlar, o‘zining pok va halol mehnati bilan
xizmat
vazifasini, oilasi oldidagi burchini, o‘z hamkasblari, qo‘ni-qo‘shnilari, jamiyat
oldidagi majburiyatlarini sidqidildan bajaradigan fuqarolardir.
Bu fazilatlar inson tom onidan tabiat, jamiyat va insondagi uyg‘unlik,
mutanosiblik, ranglar jilosi, simmetriya kabilarni idrok etishda yuzaga chiqadi,
buning natijasi o‘laroq insonlarda rohat va zavq, tashabbuskorlik yoki, aksincha,
salbiy hissiyotlar tug‘iladi.
Go‘zallik - yuksak estetik qadriyat bo‘lib, tabiatdagi narsa-hodisalarning
shakli va bo‘yog‘i, rangining mukammalligidan zavq-shavq olish, shuningdek,
san’at sohasida yaratilgan go‘zal asarlardan intellektual va emotsional mamnunlik
hissini tuyish, insonning ma’naviy fazilatlari - mehnati, odob-axloq, Vatan uchun
kurashdagi ulug‘vorlik xatti-harakatlaridan rohatlanish mahsulidir. Tabiiyki,
go‘zallik hissiy shakl bilan, mushohada va xayol bilan uzviy bog‘langan. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, go‘zallik nafaqat tabiat va madaniyatning mukammal, go‘zal
shakllarini idrok etganda, balki kishilarning yuksak insoniy xatti-harakatlarini
kuzatganda ham tug‘iladi, uni idrok etuvchilarda inson zotiga nisbatan mehr-
muhabbat va hayratlanish hosil qiladi, ularga taqlid qilish ishtiyoqini yuzaga
keltiradi. Eng go‘zal narsa - hayotdir. Borliqning go‘zal manzaralarini estetik idrok
etish faqat hissiy ta’sirchanlik bilan chegaralanib qolmaydi, balki bunday jarayon
insonni fikr-mulohaza yuritishga, ko‘rganlari va eshitganlarini tahlil qilishga
da’vat etadi.
17