MANG‘ITLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA MA’MURIY TIZIMI (Buxoro amirligi mang‘itlar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi)
Yuklangan vaqt
2024-05-11
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
52,7 KB
Ilmiybaza.uz
MANG‘ITLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA DAVLAT
BOSHQARUVI VA MA’MURIY TIZIMI
Reja:
1. Buxoro amirligi mang‘itlar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi
2. Amirlikning hududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi
3. Davlat boshqaruvi tizimi. Mansablar, unvonlar va amallar
Ilmiybaza.uz
So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida
markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o‘zbek urug‘lari turli
viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‘alayonlar ko‘tarishib, o‘zlarini mustaqil
deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega
bo‘lgan, mang‘it urug‘i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti
1743y) hamda uning o‘g‘li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin
edi. Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi
Nodirshoh 1745 yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo‘shin
jo‘natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni yumshatish borasida katta
ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Shahrisabzdagi qo‘zg‘olonlar bostirildi.
Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini
almashtirish ishlariga jiddiy kirishdi..
U deyarli barcha yirik davlat mansablariga o‘zining yaqin qarindoshlari
va maslakdoshlarini qo‘yib, ularning yordamiga tayanib poytaxtda o‘z
mavqenimustahkamlab oldi.1746 yilda Nodirshoh o‘ldirilgach, oradan ko‘p o‘tmay
Abdulfayzxon ham o‘ldirildi. Taxtga o‘tirgan Abdulmo‘min ham 1748 yilda
o‘ldirildi. Uning o‘rniga nihoyatda yosh bo‘lgan Ubaydulla Sulton nomigagina
taxtga o‘tqazildi.
1753 yilga kelib yirik amaldorlar, ruhoniylar va urug‘ oqsoqollarining
roziligi bilan Muhammad Rahimxon (1753-1758yy) taxtga o‘tirdi va mang‘itlar
sulolasi hukmronligini boshlab berdi.
Muhammad Rahimxon markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib
bordi. U yirik mulkdorlarni davlatni boshqaruv ishlariga aralashtirmay, mustaqil
siyosat yurgizdi. Bu hukmdor Miyonqol, Nurota, Urgut, Kobadiyon, Boysun kabi
markaziy
hokimiyatni
tan
olmagan
viloyatlarga
yurishlar
qilib,
ularni
bo‘ysundirishga erishdi
. Uning davrida Zarafshonning yuqori oqimi, Jizzax, Zomin yana Buxoroga
qo‘shib olindi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat ichida juda katta hududni
birlashtirgan mang‘itlarning markaziy davlat tizimini barpo etdi. 1758 yilga kelib
Ilmiybaza.uz
Toshkent, Qo‘qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar kelib uning hokimiyatini tan
olganliklarini bildiradilar.Muhammad Rahimxon vafotidan so‘ng uning balog‘atga
yetmagan nabirasiFozilto‘ra taxtga o‘tqazilib, hokimiyat aslida Muhammad
Rahimxonningtog‘asi
Doniyolbiy
otaliq
(1750-1785
yy)
qo‘liga
o‘tdi.
Doniyolbiyninghukmronligi davri markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan
izohlanadi. U taxtga o‘tirgan dastabki paytdayoq markazlashagan davlat siyosatiga
qarshig‘alayonlar va qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Miyonqol vohasi, Shahrisabz va
Kitob,Sherobod va Boysun, Hisor viloyatlarida katta-katta xalq g‘alayonlari
vachiqishlar boshlanib ketdi. Dastavval, Hisorga badarg‘a qilingan yuz,
kenagas,burkut, bahrin, saroy kabi o‘zbek urug‘larining amirlari bosh ko‘tardilar.
Ular mang‘itlar sulolasini taxtdan ag‘darishni rejalashtirgan edilar. Doniyolbiyning
amirlarni tinchlashtirish uchun qilgan harakatlari zoe ketdi. Shundan so‘ng
Doniyolbiy qo‘zg‘olonlarga qarshi qo‘shin jo‘natdi va Buxoro shahri aholisining
yordami bilan qo‘zg‘olon bostirildi. Isyonchi amirlarning ko‘pchiligi qatl
etildi.Oradan ko‘p o‘tmasdan yuz urug‘larining boshlig‘i Fozilbiy bosh ko‘tardi.
Doniyolbiy qiyinchilik bilan bo‘lsa-da bu qo‘zg‘olonni ham bostirdi. Ayniqsa, 1771
yilda Shahrisabz va Xuzorda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon davlat asoslarini jiddiy larzaga
sodi. Bu qo‘zg‘olonni ham katta kuch sarflab bostirishga erishgan Doniyolbiy
qo‘zg‘olonchilar rahabarlarini qatl ettirdi. Mamlakatda g‘alayonlarning deyarli
to‘xtovsiz ko‘tarilib turishi markaziy hokimiyatning obro‘sini, qudratini tushirib
yubordi. Mamlkatning iqtisodiy ahvol ham nochor holatga tushib qoldi. Natijada
1784 yilda poytaxt Buxoroda ham qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon bostirilgan
bo‘lsa-da, Doniyolbiy 1785 yilda taxtni o‘g‘li Shohmurodga topshirishga majbur
bo‘ldi
Shohmurod taxtga o‘tirganidan so‘ng “amir” unvoni bilan hokimiyatni
boshqaradi(1785-1800 yy.). U o‘z hukmronligi davrida shaharlar taraqqiyoti va
obodonchiligiga, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi rivojiga alohida e’tibor berdi.
Tarixda “Amiri ma’sum” (“Gunohsiz amir” ) nomi bilan qolgan Shohmurod o‘z
davrida markaziy hokimiyatni nisbatan mustahkamlashga erishdi. Uning
hukumronligi davrida mamlakatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rtta muhim
Ilmiybaza.uz
islohot- moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohotlar o‘tkazildi. Avvalo,1758 yildan
boshlab, amirlikda to‘la holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat bo‘lgan
kumush tangalar,oldingilaridan o‘zining qiymati, sifati va tashqi ko‘rinishi bilan farq
qiladigan sof tilla tangalar zarb etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining
o‘z shaxsiy jamg‘armalaridan olib kelgan kumish va oltindan bir xil o‘lchamdagi
kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi
Amir Shohmurod o‘tkazgan islohotlari
- adliya sohasida o‘tkazgan islohoti bilan mamlkatdasud ishlarini olib borishni
birmuncha erkinlashtirdi. Manbalarga ko‘ra,amirlikdagi sud hay’ati ishlarini
Shohmurodning bevosita o‘zi boshqargan.
- Sud ishlarini olib borish uchun maxsus sudlov qonunlari majmuasi ishlab
chiqilgan bo‘lib, barcha viloyat, tuman, beklik qozilari aynan mana shu qonunlar
majmuasi asosida ish olib borganlar
- Umuman olganda, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan islohotlar
mamlakatdagi
markaziy
hokmiyatni
mustahkamlab,
iqtisodiy
yuksalishni
ta’minlagan edi
- Shuningdek, soliqlarning taribga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga
chek qo‘yilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatilishi – savdo-sotiq va
hunarmandchilikning, qishloq xo‘jaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi.
- Shohmurod o‘zi idora etib turgan markazlashgan davlat tizimini yanada
mustahkamlash sohasida ham ma’lum ishlarni amalga oshirdi. Uning davrida ham
amirlikda bir nechta urug‘lar va ayrim viloyatlarning noroziliklari sodir bo‘lib
turgan edi. Xususan, 1786 yilda Karmana sarhadi aholisi Buxoro amiriga
bo‘ysunishdan bosh tortdi.
Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar va muvaffaqiyatli harbiy harakatlar
natijasida ancha mustahkamlanib olgan Shohmurod qo‘shni Afg‘onistonga ham
harbiy yurishlar uyushtiradi.
Xususan, Shohmurod Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi ilgarigi Buxoro
yerlarini qaytarib olish uchun Afg‘on amiri Temurshohga qarshi urushlar olib
Ilmiybaza.uz
boradi. Bu urushlardan so‘ng Shohmurod va Timurshoh o‘rtasida sulh tuzilib,
Amudaryo har ikkala davlat o‘rtasidagi chegara deb belgilandi.
Amir Shohmurod 1800 yilda vafot etganidan so‘ng uning o‘g‘li amir Haydar
(1800-1876 yy.) valiahd sifatida taxtga o‘tirdi. Otasi davrida Qarshining hokimi
bo‘lgan amir Haydar oq kigizga o‘tqaizilib xon etib ko‘tariladi. Ammo, Haydar xon
unvonini emas, balki “amir al-mo‘minin” unvonini oldi. Manbalarga ko‘ra, xutba
amir Haydar nomiga o‘qilgan bo‘lsa-da, tangalar amir Haydar, amir Shohmurod va
Doniyolbiy nomlaridan zarb etilgan
Otasining siyosatini davom ettirishga harakat qilgan amir Haydar o‘z
hukmronligining dastlabki yillarida Buxoro hududining butunligini saqlash,
Zarafshonning yuqori oqimi hududlari, Shahrisabz, Miyonqol yerlarini qo‘lda
saqlab qolish uchun kurashlar olib bordi. O‘ratepani vaqtincha o‘ziga bo‘sundirishga
erishdi.
Amir Haydar davrida Xiva xonlari amirlik hududlariga tez-tez talonchilik
urushlari qilib turdilar. 1806 yilda amir Haydar butun Buxoro ahlini qurollanishga
va Xiva xoni Eltuzarga qarshi kurashishga chaqirdi hamda ularni mag‘lubiyatga
uchratib, amirlik hududlaridan haydab chiqarishga erishdi.
Bu urushlardan so‘ng Buxoro bilan Qo‘qon o‘rtasida urushlar boshlanib
ketdi. Qo‘qon xoni Olimxon 1807, 1810 yillarda O‘ratepaga hujumlar qilib, katta
o‘ljalarni Qo‘qonga olib ketdi. Bunday hujumlar Qo‘qon xoni tomonidan Jizzax va
Zominga ham uyushtirilib turildi.
Doimiy ravishda olib borilgan urush harakatlari katta xarajatlarni talab
etganligi bois, amir Haydar qo‘shimcha soliqlar yig‘ish haqida farmon berdi. Bu esa
mehnatkash aholi ahvolini yanada og‘irlashishga va amir Haydar hamda u olib
borayotgan siyosatga qarshi chiqishlarga olib keldi. Mana shunday qo‘zg‘olonlar
1821-1825 yillarda Miyonqol, Samarqand va Urgutda bo‘lib o‘tdi.
Amir
Haydar
bu
qo‘zg‘olonlarni
katta
qiyinchiliklar
bilan,
qo‘zg‘olonchilarga katta va’dalar berish evaziga bostirishga erishdi. Shahrisabz va
Marv vohasi uchun ham Amir Haydar urushlar olib borishga majbur bo‘ldi.
Ilmiybaza.uz
O‘z davrida Amir Haydar qo‘shni Afg‘on davlati hukmdori Shujo’ al-mulk
Durroniy bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lsa-da, Qo‘qon va Xiva davlatlari
bilan Buxoro davlati o‘rtasidagi munosabatlar keskin edi.
Manbalarga ko‘ra, shunday sharoitda amir Haydar hatto Turkiya sultoni
Mahmud II ga yordam so‘rab murojaat etgan va uning itoatiga o‘tishga tayyor
ekanligini ham ma’lum qilgan.
Amir Haydar 1826 yilda vafot etganidan so‘ng uning ikkita katta o‘g‘illari
amir Husayn(ikki yarim oy) va amir Umar (to‘rt oy) qisqa muddat taxtga o‘tirib, o‘z
ukalari Nasrullo tomonidan o‘ldiriladilar. Shundan so‘ng taxtga amir Haydarning
uchinchi o‘g‘li Nasrullo o‘tirdi.
Amir Nasrulloning hukmronlik davri (1826-1860 yy.) avvalo, Buxoro
amirligidagi siyosiy tarqoqlik, zodagonlarning boshboshdoqliklariga barham berish
bilan izohlanadi. Amir Nasrullo hokimiyatni boshqarishda nihoyatda qattiq qo‘llik
siyosatini olib bordi. O‘zining berahmlik siyosati tufayli amir Nasrullo “qassob
amir” degan nomga sazovor bo‘lgan edi.
Amir Nasrullo markaziy hokimiyatni tan olmaydigan bo‘ysunmas mahalliy
hokimlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu borada Shahrisabz Buxoroga
bo‘ysunmay qo‘ygan eng yirik mustaqil viloyat hisoblanardi. Shuning uchun ham
amirning siyosatidan narozi bo‘lgan ko‘plab amaldorlar Shahrisabzga qochib panoh
topganlar.
Amir Nasrullo 1832 yilda Shahrisabzga qarshi urush boshlab, 32 marta
yurishdan so‘ng 1852 yilda Shahrisabz va Kitobni bo‘ysundirishga erishadi.
Amir Nasrullo Qo‘qon va Xiva xonlari bilan ham urushlar olib bordi. U 1842
yilda Qo‘qonga yurish qilib uni egalladi. Ammo, bu paytda Xiva xoni Olloqulixon
Buxoro chegaralariga hujum qilganligini eshitgach, Qo‘qonga o‘z noibini qoldirib
orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Amir Nasrullo o‘z qo‘shinlari bilan Xivaga yurish
qilib, Xazoraspni qamal qildi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab qaytib ketishga majbur
bo‘ldi.
Ilmiybaza.uz
Amir Nasrullo o‘z hukumronligi davrida O‘ratepa va Xo‘jand uchun Qo‘qon
xoni bilan to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Buning natijasida shaharlar qo‘lda-qo‘lga
o‘tib ko‘pgina vayronagarchiliklar kelib chiqdi, talon-talojlik avj oldi.
Manbalarga ko‘ra, Qo‘qondan Keshgacha bo‘lgan barcha mamlakatlarni
bo‘ysundirgan amir Nasrullo Buxoroning amaldagi oxirgi mustaqil hukmdori bo‘lib
qoldi
Amir Nasrullodan so‘ng taxtga uning o‘g‘li amir Muzaffar(1860-1885
yy.)o‘tirdi. U mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan to‘rtinchi amir bo‘lib, uning 25 yillik
hukumronlik davrida juda ko‘p voqealar sodir bo‘ldiki, ulardan eng ayanchlisi –
Buxoro amirligining Rossiya imperatori vassaliga aylanishidir.
Amir Muzaffar o‘z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga deyarli
e’tibor bermadi, ular bilan biror-bir masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo,
1868 yilda amir ruslardan mag‘lubiyatga uchragach, ulamolarga yon berishga
majbur bo‘ldi. Chunki ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga da’vat
etgan edilar. Lekin fursat qo‘ldan boy berilgan edi.
Ulamolarning xalqni ko‘tarishi ham, amirning o‘g‘li Katta To‘ra
(Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining sa’y-harkatlari ham besamar ketdi.
Zirabuloq yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchragan amir Muzaffar ruslar
tomonidan tuzilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bo‘ldi.
Unga ko‘ra amir O‘ratepa, Jizzax, Zarafshon vohasi hududlaridan mahrum
bo‘ldi, rus hukumatiga 125 ming tillo miqdorda tovon to‘laydigan bo‘ldi hamda
Buxoroning Rossiyaga vassalligini tan oldi.
Amir Muzaffar o‘g‘li Abdulahadni taxt merosxo‘ri deb e’lon qildi vao‘sha yili
uni Rossiya imperatori Aleksand Aleksandorovichning taxtgao‘tirish marosimi
tantanasiga qatnashish uchun Moskvaga jo‘natdi. PodshoAleksandr III ga Buxoro
yulduzi ordeni topshirildi va Abdulahad haqiqiytaxt vorisi sifatida Rossiya
tomonidan tasdiqlandi. 1883 yilda esa amirMuzaffar Rossiya imperiyasining I-
darajali Muqaddas Anna ordeni bilantaqdirlandi. Arxiv ma’lumotlariga qaraganda,
bu mukofotni Buxorogaimperiyaning nufuzli amaldorlaridan biri – general-mayor,
knyazVitgenshteyn boshchiligidagi maxsus elchilar guruhi olib kelgan. Amir
Ilmiybaza.uz
Muzaffar 1885 yil 31 oktyabrda kasallik tufayli vafot etadi. Uning o‘g‘li amir Sayyid
Abdullahad 1885-1910 yillar Buxoro amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14
yoshidan
boshlab
Karmana
beki etib
tayinlangan.
Rus sayyohlarining
ma’lumotlariga ko‘ra u Karmanada juda oddiy kun kechirgan. 1885 yil 4 noyabrda
amir Abdulaxadni Buxoro arkida oq kigizga o‘tirg‘izib, taxtga o‘tqazish marosimi
bo‘lib o‘tdi.
Amir Abdulahad sayohat qilishni yaxshi ko‘rgan. U turli yillarda Moskva,
Sankt-Peterburug, Kiev, Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol,
Bog‘chasaroy kabi shaharlarda bo‘lgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar,
o‘lim hukmi va eng dahshatli jazo, Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish
man etilgan. Amir Abdulahad davrida amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish,
telefon liniyalari va temir yo‘llari qurilishi,savdo faol rivojlantiriladi. Abdulahad
amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida e’tibor bergan.
.1895 yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Keyinchalik ham amir Abdulahad o‘z qo‘shinini harbiy tayyorgarligini oshirish va
zamonaviy qurollantirish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirgan. Amir Muzaffar
1910 yil 22 dekabrda buyrak kasalidan vafot etgach 1911 yil yanvarda uning
ikkinchi o‘g‘li Sayyid Mir Olim taxtga o‘tiradi. Olimxon 1893-1896 yillarda
Peterburgda ta’lim olgan. Undan so‘ng avval Nasaf viloyatiga, keyin esa Karmanaga
hokimlik qilgan. 1911-1920 yillar Buxoro taxtini boshqargan amir Olimxon
Buxoroda sovet hukumati o‘rnatilgach Afg‘onistonga chiqib ketdi va 1944 yil
Qobulda vafot etdi
2. Amirlikning hududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi
O‘rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega bo‘lgan,
katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga ko‘ra, XVIII asrning o‘rtalariga
kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.Bu davrda
Buxoro hukmdorlari o‘z tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent,
G‘ijduvon, Qorako‘l, Vag‘oza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini
saqlab qololgan edilar. Xo‘jand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa G‘uzor,
Shahrisabz, Nurota, shuningdek Amudaryoning o‘ng sohilidagi Balx, Andxay,
Ilmiybaza.uz
Maymana, Badaxshon va Shibirg‘onlar ham Buxoroga vassal bo‘lishiga qaramay
unga itoat etmay qo‘yganlar. Siyosiy parokandalikning asosiy sababi – so‘nggi
ashtarxoniylar davridagi o‘zaro kurashlar, markazdan qochuvchi kuchlar
mavqeining o‘sishi edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ya’ni mang‘itlar sulolasi
hukmronligi o‘rnatilgach, Buxoro amirligi yana asta-sekin mustahkamlana
boshlaydi. Shu asrning 70-80 yillariga kelib Buxoro amirligining markaziy hududini
Samarqand va Buxoro shaharlarini o‘z ichiga olgan Zarafshon vohasi tashkil qilar
edi.
XIX asrning boshlariga kelib Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda
Qashqadaryo vohalaridan tashqari Surhon vohasi, Hisor, Xo‘jand, O‘ratepa,
Panjikent kabi aholi zich joylashgan tumanlar, Janubiy Turkmanistonning katta
qismi, jumladan Chorjo‘ydan to Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan hududlar kirar edi.
Bu davrda Buxoro amirligi hududlarining kengayishiga asosiy sabab –
mang‘itlar sulolasining markazlashgan davlat barpo etishga intilishi edi. XIX asr
boshlarida Buxoro amirligi bir tomondan Eron va Afg‘oniston,ikkichi tomondan
Xiva xonligi, uchinchi tomondan qozoq juzlari va to‘rtinchi tomondan Qo‘qon
xonligi hududlari bilan chegaradosh edi
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat namoyondalari mavzeni
qishloq va masjidlardan kattaroq hududiy bo‘linma deb ta’riflanganlar. Misol uchun,
Karki viloyati mavzelarga bo‘linsa ham ular o‘z navbatida bekchalarga bo‘lingan,
bekcha qishloqlardan iborat bo‘lgan.
Pomir viloyatlaridagi Ro‘shon va Shug‘non ma’muriy tumanlari oqsoqollik
deyilgan. Aholi yashaydigan punktlar manbalarda uchta atama- qishloq, mavze,
daha nomlari orqali qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab tez ko‘paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik
aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan 2,5mlndan ortiq
kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqanda
shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.
Ilmiybaza.uz
Amirlik aholisning katta qismini o‘zbeklar tashkil qilgan bo‘lib,juda ko‘plab
o‘zbek urug‘lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi
tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro,Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog‘li
tumanlarda, jumladan,Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Ko‘lob, Shahrisabz,
Qobadiyon, Yakkabog‘ bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat
qilganlar
Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini
tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bo‘lgan Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida
joylashgan yerlarda, ya’ni, amirlikning janubiy va g‘arbiy hududlarida istiqomat
qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan
bo‘lib,ular asoan Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar..
Shuningdek amirlik hududida hindlar, eroniylar, yahudiylar, lo‘lilar,
afg‘onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham istiqomat qilganlar.
Buxoro amirligida istiqomat qilgan nomahalliy xalqlar,jumladan hindlar va
yahudiylar ijtimoiy qatlam sifatida to‘la huquqga ega emas edilar va ular alohida
mavzelarda yashaganlar.
Amirlikda o‘troq aholidan tashqari tog‘ oldi va dasht hududlarda
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi ham yashagan.
Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi:Turkiy xalqlar 85.0 %,ya’ni
1.830.254: Eroniy xalqlar 12.0%,ya’ni 258.389:Boshqa elatlar 3.0 %,ya’ni 64.597
Jami 100.0 %,ya’ni 2.153.240 nafarni tashkil etgan.
3. Davlat boshqaruvi tizimi. Buxoro amirligida XVIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab mang‘itlar sulolasining vakillari hukmronlik qiladilar. Sulola
hukmronligining asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy biroz muddat (1747 yildan
keyin) Abdulfayzxonning o‘g‘illariga otaliq bo‘lgan bo‘lib, 1756 yilda sayidlar,
xo‘jalar va ruhoniylar tomonidan Buxoro taxtiga o‘tqaziladi. Rahimbiy xon
unvonini olmasdan o‘zini “noib ul-hukumat” (“hokim o‘rinbosari”) deb bilgan.
Doniyolbiy otaliq ham