MAQOL O‘RGANISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. Xalq hikmatlari.
O‘quv materiali Maqollar.
Darsning maqsadi: 1. O‘quvchilarga maqollarning xususiyatlari haqida
ma’lumot berish. Maqollarni ifodali o‘qish, mazmunini to‘liq anglab yetish
malakasini oshirish. 2. Maqollar orqali o‘quvchilar on-giga vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko‘ngillik tuyg‘ularini singdirish.
3. O‘quvchilarni ko‘rgan-bilgan, eshitgan, o‘qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga,
o‘z nutqida maqol-lardan foydalanishga o‘rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, maqol o‘qish darsi.
Darsning borishi
I. Da’vat bosqichi. Maqsad: o‘quvchilarda yangi mavzuni o‘z-lashtirishga
ishtiyoq uyg‘otish, maqollarning xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Metod: Suhbat metodi.
O‘qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo‘yadi: ,,Birlash-gan o‘zar,
birlashmagan to‘zar", ,,Avval o‘yla, keyin so‘yla".
O‘qituvchi: Abdulla Avloniyning ,,Yaxshilik yerda qolmas" hikoyatini
bilasizmi?
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi.
O‘qituvchining hikoyasi: ,,Yaxshilik yerda qolmas"
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari ho‘l
bo‘lib ucharga kuchi yetmadi. O‘lar holatga etdi. Buni bir kabutar ko‘rib, ariga rahmi
kelub, darhol bir cho‘pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho‘pni kema qilib,
suv balosidan qutuldi. Arodan ko‘p o‘tmadi. Bir bola tuzoq qo‘yib, kabutarni
tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko‘rgan zamon kelub, bolaning qulog‘ini chaqdi. Bola
qulog‘imng alamidan tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushladi. Kabutar vaqtni g‘animat
bilib, uchib ketub, o‘limdan qutildi.
Topshiriq. Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib, belgilang.
(O‘quvchilar ,,Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar" maqolini belgilaydilar)
— Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o‘qigansiz? (,,Bilim — aql
chirog‘i" maqoli mazmuniga mos ,,Ilm afzal" ertagini o‘qiganmiz)
— Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? (,,Dono fikr" deb atash
mumkin.)
— Bugungi darsda nimalarni o‘rganar ekanmiz?
— Maqollar nima haqida bo‘ladi? Ular nima maqsadda yaratiladi? O‘quvchilar
javobi to‘ldirib, umumlashtiriladi.
Nazariy ma’lumot. Maqollar — xalqning hikmatli ifodalari, hayotiy tajriba
asosida yuzaga kelgan dono fikrlarining ixcham shakli. Maqollar she’riy va nasriy
tuzilishga ega. Maqollar ona-Vatanni sevishga, uning har bir qarich yerini asrashga,
kasb-hunar egallashga, mehnat qilishga, to‘g‘ri so‘z bo‘lishga, yaxshi odob va
olijanob xulqli bo‘lishga chaqiradi.
II. Anglash bosqichi. Maqsad: maqollarni ifodali o‘qish, maz-munini misollar
bilan ochib berishga o‘rgatish.
Metod: Suhbat, guruhlarga bo‘linib ishlash.
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uchun ma’lum mavzudagi
maqollarni o‘qib o‘rganish topshiriladi.
1. Topshiriq. Ifodali o‘qish mashqi o‘tkaziladi. Bunda guruhdagi har bir
ishtirokchi bittadan maqolni ifodali o‘qib beradi.
2. Mustaqil ish. O‘quvchilar o‘qigan maqollariga darslikdan mos asarlarni
tanlab, maqolning ma’nosi bilan asarda aytilayotgan fikr-ning bog‘liqligini izohlab
beradilar. Masalan, ,,Elidan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Vatandan ayrilgan o‘lguncha
yig‘lar" maqoliga Bobur haqidagi ,,Hidi, tilimi va mazasidan" asarini misol qilib
keltirish mumkin.
Savol-topshiriqlar beriladi:
— Darslikdan ,,E1 boshiga tushgan ish, Er boshiga tushgani" maqoliga mos
asarni eslang. Shu maqol qaysi asar g‘oyasiga mos keladi?