MAQOM ASOSLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

20,6 KB


MAQOM ASOSLARI.
 
 Reja:
1.XVII-XIX asrlarda san’at turi maqomning paydo bo’lishi.
2. Shashmaqom.
3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi.
4. XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot. 
5.  O’zbekiston  maqomlarining  turkumlari.  Farg’ona-Toshkent  maqom
yo’llari. 
6. Buxoro maqomlari.
7. Xorazm maqomlari. 
 1.XVII-XIX  asrlarda  xalq  va  professional  san’at  turi  maqomning
paydo bo’lishi.. XVII-XIX asrlarda cholg’ular batafsil ta’riflangan yirik asarlar
yaratilmadi. Bu ko’proq feodal tarqoqlikning kuchayishi bilan bog’liq. Ulkan
davlat  ayrim-ayrim  xonliklarga  bo’linib  ketadi.  (Buxoro,  Xiva,  Qo’qon
xonliklari). Bu esa musiqa san’ati taraqqiyotida aks etmay qolmadi. O’zbek
musiqa madaniyati mahalliy xususiyatlar kasb eta boshladi.O’ziga xos musiqa
cholg’ulari  shakllandi.  Musiqa  turlaridan maqomlar  bundan bo’yon har  bir
xonlikda  o’ziga  xos  yo’nalishda  takomillashdi.  Maqom  ijrochilari  zarurat
yuzasidan  o’zgarishlar  kiritishdi.  Shunga  qaramay,  musiqaning  umumiy
xususiyatlarini saqlab qolishdi. Har bir ijrochi maqom ijrosiga ijodiy yondashib,
musiqa  ijrosiga  o’ziga  xos  takrorlanmas  jihatlarini  kiritdi.  Og’zaki  tarzda
cholg’ularni  saqlab qolish an’anasi  maqomning asosiy xususiyatlaridan biri
bo’lib, busiz uning yashab qolish va so’nggi taraqqiyotini tasavvur etish qiyin.
Har bir xonlikda o’ziga xos bir yo’nalishda xalq musiqasining yangi turlari
yaratildi:  Bayramona  kuylar,  xalq  tomosha  san’ati  kuylari(  dorbozlik,
qo’g’irchoqbozlik),  yangi  turdagi  raqs  kuylaridir.  Bu  kuylar  o’zining
Logotip
MAQOM ASOSLARI. Reja: 1.XVII-XIX asrlarda san’at turi maqomning paydo bo’lishi. 2. Shashmaqom. 3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi. 4. XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot. 5. O’zbekiston maqomlarining turkumlari. Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari. 6. Buxoro maqomlari. 7. Xorazm maqomlari. 1.XVII-XIX asrlarda xalq va professional san’at turi maqomning paydo bo’lishi.. XVII-XIX asrlarda cholg’ular batafsil ta’riflangan yirik asarlar yaratilmadi. Bu ko’proq feodal tarqoqlikning kuchayishi bilan bog’liq. Ulkan davlat ayrim-ayrim xonliklarga bo’linib ketadi. (Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari). Bu esa musiqa san’ati taraqqiyotida aks etmay qolmadi. O’zbek musiqa madaniyati mahalliy xususiyatlar kasb eta boshladi.O’ziga xos musiqa cholg’ulari shakllandi. Musiqa turlaridan maqomlar bundan bo’yon har bir xonlikda o’ziga xos yo’nalishda takomillashdi. Maqom ijrochilari zarurat yuzasidan o’zgarishlar kiritishdi. Shunga qaramay, musiqaning umumiy xususiyatlarini saqlab qolishdi. Har bir ijrochi maqom ijrosiga ijodiy yondashib, musiqa ijrosiga o’ziga xos takrorlanmas jihatlarini kiritdi. Og’zaki tarzda cholg’ularni saqlab qolish an’anasi maqomning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, busiz uning yashab qolish va so’nggi taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Har bir xonlikda o’ziga xos bir yo’nalishda xalq musiqasining yangi turlari yaratildi: Bayramona kuylar, xalq tomosha san’ati kuylari( dorbozlik, qo’g’irchoqbozlik), yangi turdagi raqs kuylaridir. Bu kuylar o’zining
quvnoqligi, sho’xligi bilan bir-biridan farq qilib turgan va keng xalq ommasini
o’ziga jalb etgan.
 XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida o’zbek musiqa madaniyatida xalq va
professional  musiqa san’atining quyidagi ko’plab yangi turlari takomillasha
boshlaydi:  katta  ashula,  katta  o’yin,  Shodiyona,  Navro’z,  Mavrig’iy,
Shashmaqom, Chormaqom( unga Dugoh, Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori—
Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg’ulari va ijrochilarga bog’liq
holda turlicha cholg’u ansambllari  tuzilgan. Ko’p hollarda xalq cholg’ulari
ansambli  tarkibiga  g’ijjak,  tanbur,  dutor, chang,  nay,  qo’shnay,  doira  kabi
musiqa cholg’ulari kiritilgan.
 2.  Shashmaqom. Musiqachilikda  olti  turkum  asarlardan  iborat
Shashmaqom ayniqsa mashhur bo’lgan. U O’rta osiyo xalqlari syuita (turkum)
shaklidagi  professional  musiqasining  uzoq  taraqqiyoti  natijasida  vujudga
kelgan. I.Rajabov yozadi: “Shashmaqom olti turli lad sistemalaridan iborat,
ularning  har  biri  o’z  navbatida  mushkulot  (cholg’u)  va  nasr  (ashula)
bo’limlaridan  iborat  bo’lgan  quyidagi  maqomlarga(qismlarga)  bo’linadi;
“Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq”.
 Har bir maqom 20 tadan 40 tagacha katta-kichik qismlarni o’z ichiga oladi.
Hammasi bo’lib turkumda 250 ga yaqin mushkulot va nasr qismlari bor. Bir
maqomning ijrosi bir necha soat davom etadi”.
 Maqomlar asosan saroy a’yonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan
sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo’shiqchilarning o’ziga xos musobaqasi
(ayniqsa avjlarni ijro etishda, shuningdek yangi qismlarni to’qishda) tashkil
etilgani ma’lum.
 XIX asr oxiri va XX asr boshida mashhur xonanda va sozandalar Domla
Halim Ibodov, Usta Shodi Azizov, Levi Boboxonov, Hoji Abdulaziz Rasulov,
Sodirxon  Bobosharipov,  Boboqul  Fayzullaev,  Shonazar  Sohibov,  Fazliddin
Shahobovlar Shashmaqomga yangi hayot baxsh etishdi.
 O’zbek  xalq  cholg’ularining  ijrochilik  imkoniyatlari  ham  kengaydi  va
takomillashdi.  Turli  xil  xalq  cholg’u  ansambllarining  tashkil  etilishi,
yakkanavoz  cholg’uchilikning  rivojlanishi,  musiqa  ustalaridan  cholg’ularni
yanada mukammallashtirishni talab etdi. Biroz vaqtdan so’ng, xalq musiqasi
Logotip
quvnoqligi, sho’xligi bilan bir-biridan farq qilib turgan va keng xalq ommasini o’ziga jalb etgan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida o’zbek musiqa madaniyatida xalq va professional musiqa san’atining quyidagi ko’plab yangi turlari takomillasha boshlaydi: katta ashula, katta o’yin, Shodiyona, Navro’z, Mavrig’iy, Shashmaqom, Chormaqom( unga Dugoh, Husayniy, Chorgoh, Bayot, Gulyori— Shahnoz kirgan). Joylarda mavjud musiqa cholg’ulari va ijrochilarga bog’liq holda turlicha cholg’u ansambllari tuzilgan. Ko’p hollarda xalq cholg’ulari ansambli tarkibiga g’ijjak, tanbur, dutor, chang, nay, qo’shnay, doira kabi musiqa cholg’ulari kiritilgan. 2. Shashmaqom. Musiqachilikda olti turkum asarlardan iborat Shashmaqom ayniqsa mashhur bo’lgan. U O’rta osiyo xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. I.Rajabov yozadi: “Shashmaqom olti turli lad sistemalaridan iborat, ularning har biri o’z navbatida mushkulot (cholg’u) va nasr (ashula) bo’limlaridan iborat bo’lgan quyidagi maqomlarga(qismlarga) bo’linadi; “Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq”. Har bir maqom 20 tadan 40 tagacha katta-kichik qismlarni o’z ichiga oladi. Hammasi bo’lib turkumda 250 ga yaqin mushkulot va nasr qismlari bor. Bir maqomning ijrosi bir necha soat davom etadi”. Maqomlar asosan saroy a’yonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo’shiqchilarning o’ziga xos musobaqasi (ayniqsa avjlarni ijro etishda, shuningdek yangi qismlarni to’qishda) tashkil etilgani ma’lum. XIX asr oxiri va XX asr boshida mashhur xonanda va sozandalar Domla Halim Ibodov, Usta Shodi Azizov, Levi Boboxonov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Sodirxon Bobosharipov, Boboqul Fayzullaev, Shonazar Sohibov, Fazliddin Shahobovlar Shashmaqomga yangi hayot baxsh etishdi. O’zbek xalq cholg’ularining ijrochilik imkoniyatlari ham kengaydi va takomillashdi. Turli xil xalq cholg’u ansambllarining tashkil etilishi, yakkanavoz cholg’uchilikning rivojlanishi, musiqa ustalaridan cholg’ularni yanada mukammallashtirishni talab etdi. Biroz vaqtdan so’ng, xalq musiqasi
ansambllarida qashqar rubobi va chang singari cholg’ularning ovozi yangitdan
yangradi.
 XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo’shnay, surnay, karnay, bo’lamon,
chang, qashqar, rubob, tanbur, dutor, do’mbra, g’ijjak, sato, doira, qayroq,
safoyil kabi cholg’ular mustahkam o’rin oldi.
 3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi. Cholg’uchilik ijrochilik
san’ati tarixida ham XIX asr bir qator musiqa ustalarini etishtirib chiqargan davr
bo’ldi.  Bular:  To’ychi  Hofiz,  Shorahim  Shoumarov,  Shobarot  tanburchi,
Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent), Rustambek (Andijon),
Ro’zimatxon changchi (Namangan), Abduqodir naychi, Usta Masaid doirachi
va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon Qiziq (Marg’ilon) va boshqalardir.
Bu san’atkorlar o’zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda, yosh
iste’dodlarni tarbiyalashda, qadimiy cholg’ularning tuzilishini takomillashtirish
va yangilarni yaratishda katta rol o’ynashdi. Yangi musiqa cholg’ulari asta-
sekin turmushga kirib kelib, o’tgan yuz yillik oxirida ansambllardan mustahkam
o’rin oldi. Musiqa cholg’uchilar tomonidan qo’shiq va raqslarga jo’r holda ham
keng foydalanildi, ohanglarning ta’sirchanligi metroritmik bezak qochirimlar
bilan to’ldirildi. 
 4. XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot. Sharqning ko’pgina
xalqlari kabi, o’zbeklar o’tmish avlodining musiqa san’atida professionalizm
eramizning birinchi asrlaridayoq vujudga keldi va asrlar davomida takomillasha
borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg’u musiqa janrlarida ham
yuksak badiiy natijalarga erishdi. Ammo, professional musiqachilar bizning
asrimizgacha  amalda  nota  yozuvini  qo’llashmadi.  O’zbek  professional
musiqasining  barcha  murakkab  namunalari  og’zaki  an’anada  keng  tarqalib
keldi. Shuning uchun ham, biz uni og’zaki an’anadagi professional musiqa deb
ataymiz.
 O’zbek professional ijrochilik madaniyati rivojlanganligi sababli hofiz va
sozandalar  oldiga  qadim  vaqtlardanoq  alohida  talablar  qo’yilgan. Havaskor
sozanda va xonandalar mashhur ustozlardan uzoq yillar ta’lim olganlaridan
keyingina, professional ijrochi bo’lib etishganlar. Ta’lim jarayoni quyidagicha
bo’lardi: o’z qobiliyati bilan ustoz e’tiborini qozongan o’smir unga shogirdlikka
Logotip
ansambllarida qashqar rubobi va chang singari cholg’ularning ovozi yangitdan yangradi. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo’shnay, surnay, karnay, bo’lamon, chang, qashqar, rubob, tanbur, dutor, do’mbra, g’ijjak, sato, doira, qayroq, safoyil kabi cholg’ular mustahkam o’rin oldi. 3. XIX asr cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixi. Cholg’uchilik ijrochilik san’ati tarixida ham XIX asr bir qator musiqa ustalarini etishtirib chiqargan davr bo’ldi. Bular: To’ychi Hofiz, Shorahim Shoumarov, Shobarot tanburchi, Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent), Rustambek (Andijon), Ro’zimatxon changchi (Namangan), Abduqodir naychi, Usta Masaid doirachi va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon Qiziq (Marg’ilon) va boshqalardir. Bu san’atkorlar o’zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda, qadimiy cholg’ularning tuzilishini takomillashtirish va yangilarni yaratishda katta rol o’ynashdi. Yangi musiqa cholg’ulari asta- sekin turmushga kirib kelib, o’tgan yuz yillik oxirida ansambllardan mustahkam o’rin oldi. Musiqa cholg’uchilar tomonidan qo’shiq va raqslarga jo’r holda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta’sirchanligi metroritmik bezak qochirimlar bilan to’ldirildi. 4. XIX asrlarda xon saroylaridagi musiqiy hayot. Sharqning ko’pgina xalqlari kabi, o’zbeklar o’tmish avlodining musiqa san’atida professionalizm eramizning birinchi asrlaridayoq vujudga keldi va asrlar davomida takomillasha borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg’u musiqa janrlarida ham yuksak badiiy natijalarga erishdi. Ammo, professional musiqachilar bizning asrimizgacha amalda nota yozuvini qo’llashmadi. O’zbek professional musiqasining barcha murakkab namunalari og’zaki an’anada keng tarqalib keldi. Shuning uchun ham, biz uni og’zaki an’anadagi professional musiqa deb ataymiz. O’zbek professional ijrochilik madaniyati rivojlanganligi sababli hofiz va sozandalar oldiga qadim vaqtlardanoq alohida talablar qo’yilgan. Havaskor sozanda va xonandalar mashhur ustozlardan uzoq yillar ta’lim olganlaridan keyingina, professional ijrochi bo’lib etishganlar. Ta’lim jarayoni quyidagicha bo’lardi: o’z qobiliyati bilan ustoz e’tiborini qozongan o’smir unga shogirdlikka
tushib, jud ko’p miqdordagi musiqa asarlarini ( imkoni boricha batafsil) yod
olgan  holda,  bir  necha  (  odatta  etti-o’n)  yil  davomida  ijrochilik  san’atini
o’rganar edi. So’ngra u ustoz oldida imtihondan o’tgach, u bilan teng xuquqli
professional ijrochi deb hisoblanar edi. Bu professional ijrochilardan ayrimlari
( masalan surnaychi, karnaychi, na nog’orachilar, dorbozlar, qo’g’irchoqbozlar,
raqqosalar  bilan  birgalikda)  maxsus  uyushmalarga  birlashar  edilar.Bunday
uyushmalarga ko’proq tajribali ustozlar rahbarlik qilar edi. Har bir uyushmaning
maxsus qoidalari, risolalari bo’lib, unga uyushmaning a’zolari itoat qilar edi.
 Eng mashhur musiqachilar hatto XIX asrlarda ham xon a’yonlariga xizmat
qilish uchun amir saroyiga (yoki boshqa yirik mansabdorlar dargohiga ) jalb
etilardi. Ular hukmron shaxslarning ijozatisiz xalq oldiga chiqib, o’z san’atlarini
namoyish qilishdan mahrum edilar. Bunday vaziyat ijro etiladigan ashula va
maqomlarning tematikasi talqiniga ta’sir etmay qolmas edi albatta. An’anaviy
matnlar hukmron shaxslarning didiga to’g’ri keladigan maqtov she’rlar bilan
tez-tez  almashtirilib  turilardi.  Biroq  saroy  hofizlari  va  sozandalarining
ko’pchiligi og’zaki an’anadagi professional musiqa va umuman milliy meros
an’analari bilan o’z aloqasini uzolmasdi. Ilk tarbiyani yirik xalq-professional
ustozlardan olgan bu hofiz va sozandalar shahar musiqachilarining eng mohir
vakil bo’lganliklari tufayli saroyga jalb etilganliklaridan ham, tom ma’noda
milliy musiqaning etuk namoyandalari sifatida, og’zaki an’anadagi professional
musiqa va umuman merosimizning qudratli ta’siri ostida qolaverardilar.
 Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasi o’z janr va shakllarining
rang-barangligi  bilan  xarakterlanadi.  U  yakka  hamda  jo’rovoz  ijrochiga
mo’ljallangan, nisbatan murakkab tuzumli kuy va ashulalar, turkumli vokal
hamda cholg’u p’esalar va nihoyat qo’g’irchoqbozlik, dorbozlik va boshqa tur
tomosha san’atlari bilan bog’langan maxsus cholg’u p’esalarni qamrab oladi.
Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasida Sharqning boshqa xalqlari,
jumladan, ozarbayjon, eron va arablarda bo’lgani kabi vokal-cholg’u p’esalar
turkumi maqomlar katta o’rin egallaydi. 
 5. O’zbekiston maqomlarining turkumlari. Farg’ona Toshkent maqom
yo’llari. O’zbekistonda maqomlar o’z mahalliy belgilariga ko’ra ikki turkumga,
Buxoro  va  Xorazm  maqomlariga  bo’linadi.  Bundan  tashqari  Buxoro
Logotip
tushib, jud ko’p miqdordagi musiqa asarlarini ( imkoni boricha batafsil) yod olgan holda, bir necha ( odatta etti-o’n) yil davomida ijrochilik san’atini o’rganar edi. So’ngra u ustoz oldida imtihondan o’tgach, u bilan teng xuquqli professional ijrochi deb hisoblanar edi. Bu professional ijrochilardan ayrimlari ( masalan surnaychi, karnaychi, na nog’orachilar, dorbozlar, qo’g’irchoqbozlar, raqqosalar bilan birgalikda) maxsus uyushmalarga birlashar edilar.Bunday uyushmalarga ko’proq tajribali ustozlar rahbarlik qilar edi. Har bir uyushmaning maxsus qoidalari, risolalari bo’lib, unga uyushmaning a’zolari itoat qilar edi. Eng mashhur musiqachilar hatto XIX asrlarda ham xon a’yonlariga xizmat qilish uchun amir saroyiga (yoki boshqa yirik mansabdorlar dargohiga ) jalb etilardi. Ular hukmron shaxslarning ijozatisiz xalq oldiga chiqib, o’z san’atlarini namoyish qilishdan mahrum edilar. Bunday vaziyat ijro etiladigan ashula va maqomlarning tematikasi talqiniga ta’sir etmay qolmas edi albatta. An’anaviy matnlar hukmron shaxslarning didiga to’g’ri keladigan maqtov she’rlar bilan tez-tez almashtirilib turilardi. Biroq saroy hofizlari va sozandalarining ko’pchiligi og’zaki an’anadagi professional musiqa va umuman milliy meros an’analari bilan o’z aloqasini uzolmasdi. Ilk tarbiyani yirik xalq-professional ustozlardan olgan bu hofiz va sozandalar shahar musiqachilarining eng mohir vakil bo’lganliklari tufayli saroyga jalb etilganliklaridan ham, tom ma’noda milliy musiqaning etuk namoyandalari sifatida, og’zaki an’anadagi professional musiqa va umuman merosimizning qudratli ta’siri ostida qolaverardilar. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasi o’z janr va shakllarining rang-barangligi bilan xarakterlanadi. U yakka hamda jo’rovoz ijrochiga mo’ljallangan, nisbatan murakkab tuzumli kuy va ashulalar, turkumli vokal hamda cholg’u p’esalar va nihoyat qo’g’irchoqbozlik, dorbozlik va boshqa tur tomosha san’atlari bilan bog’langan maxsus cholg’u p’esalarni qamrab oladi. Og’zaki an’anadagi o’zbek professional musiqasida Sharqning boshqa xalqlari, jumladan, ozarbayjon, eron va arablarda bo’lgani kabi vokal-cholg’u p’esalar turkumi maqomlar katta o’rin egallaydi. 5. O’zbekiston maqomlarining turkumlari. Farg’ona Toshkent maqom yo’llari. O’zbekistonda maqomlar o’z mahalliy belgilariga ko’ra ikki turkumga, Buxoro va Xorazm maqomlariga bo’linadi. Bundan tashqari Buxoro
maqomlarining Farg’ona vodiysida tarqalgan ayrim qismlari o’zining mahalliy
belgilariga  ega  bo’lib,  Farg’ona-Toshkent  maqom  yo’llarini  tashkil  etgan.
( Maqomlardan ayrim qismlarining mazkur Farg’ona-Toshkent variantlari 50-
yillargacha tadqiqotchilar tomonidan noto’g’ri ravishda, alohida uchinchi tsikl--
Chormaqomga  ajratib  kelingan  edi).  Maqomlarning  mavzusi  asosan  keng
ma’nodagi lirika doirasi bilan chegaralanadi. Maqomlar vokal bo’limlarining
matnini  odatda,  Sharq  she’riyatining  mumtozlari—Hofiz,  Bedil,  Jomiy
keyinchalik esa, Navoiy, Ogahiy, Muqimiy va boshqalarining she’lari tashkil
qilgan.  Shu  bilan  bir  qatorda, ularda  xalq  she’riyati  namunalaridan  ham
foydalanilgan.
 O’zbek va tojik xalqlarining teng darajadagi merosi hisoblangan Buxoro
maqomlari  turkumi  –Shashmaqom  olti  maqomdan  :  Buzruk,  Rost,  Navo,
Dugoh, Segoh, Iroqdan iborat. Ularning har biri keyingi vaqtlarda Mushkilot va
Nasr deb atalayotgan cholg’u hamda vokal bo’limlariga ega. 
 Har bir maqomning cholg’u bo’limi tugallangan qism yoki p’esalardan
iborat bo’lib, ular Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas va Saqil deb nomlangan.
Ular lad-intonatsion, metr-ritmik va shakl-tuzilish xususiyatlari bilan bir-biridan
farq qiladi. Maqom  cholg’u bo’limining har  bir  qismida xona va bozgo’y
muhim xususiyatga ega. Birinchi xona odatda butun kuy asosini tashkil etadi.
Navbatdagi xonalar uning rivojidan iboratdir. Bozgo’y--refren (naqorat) ma’lum
ohang tuzilmasining vaqt-vaqti bilan takrorlanishidir. Bozgo’y har bir xonadan
(ba’zan bir necha xonalardan) keyin keladi.
 Cholg’u bo’liining har bir p’esasi o’zining xarakterli doira usuli (yoki
boshqa urma asboblarda ijro etiladigan ritmik tuzilmalari) hamda ma’lum metr-
ritmik asosga ega. Bu holat vokal bo’limi uchun ham xarakterlidir.
 6.  Buxoro  maqomlari. Buxoro  maqomlarining  vokal  bo’limlari  ikki
guruhni tashkil etuvchi bir necha sho’’balardan( keng ko’lamli tugal p’esa
maqomlarning asosiy tarkibiy qismi) iborat. Birinchi guruhni tashkil etuvchi
sho’’balar—Saraxbor,  Talqin  va  Nasr  (so’nggisi  har  maqomda  2-3  tadan
mavjud)dir. Har bir sho’’ba quyidagicha tuzilishga ega: muqaddima bo’limi--
daromad ( shakl tuzumi jihatidan tugallangan) miyonxat--odatda daromadning
kvarta yoki kvintaga yuqori tomon transpozitsiya etilgan (ko’tarilgan) hamda
Logotip
maqomlarining Farg’ona vodiysida tarqalgan ayrim qismlari o’zining mahalliy belgilariga ega bo’lib, Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarini tashkil etgan. ( Maqomlardan ayrim qismlarining mazkur Farg’ona-Toshkent variantlari 50- yillargacha tadqiqotchilar tomonidan noto’g’ri ravishda, alohida uchinchi tsikl-- Chormaqomga ajratib kelingan edi). Maqomlarning mavzusi asosan keng ma’nodagi lirika doirasi bilan chegaralanadi. Maqomlar vokal bo’limlarining matnini odatda, Sharq she’riyatining mumtozlari—Hofiz, Bedil, Jomiy keyinchalik esa, Navoiy, Ogahiy, Muqimiy va boshqalarining she’lari tashkil qilgan. Shu bilan bir qatorda, ularda xalq she’riyati namunalaridan ham foydalanilgan. O’zbek va tojik xalqlarining teng darajadagi merosi hisoblangan Buxoro maqomlari turkumi –Shashmaqom olti maqomdan : Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqdan iborat. Ularning har biri keyingi vaqtlarda Mushkilot va Nasr deb atalayotgan cholg’u hamda vokal bo’limlariga ega. Har bir maqomning cholg’u bo’limi tugallangan qism yoki p’esalardan iborat bo’lib, ular Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas va Saqil deb nomlangan. Ular lad-intonatsion, metr-ritmik va shakl-tuzilish xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Maqom cholg’u bo’limining har bir qismida xona va bozgo’y muhim xususiyatga ega. Birinchi xona odatda butun kuy asosini tashkil etadi. Navbatdagi xonalar uning rivojidan iboratdir. Bozgo’y--refren (naqorat) ma’lum ohang tuzilmasining vaqt-vaqti bilan takrorlanishidir. Bozgo’y har bir xonadan (ba’zan bir necha xonalardan) keyin keladi. Cholg’u bo’liining har bir p’esasi o’zining xarakterli doira usuli (yoki boshqa urma asboblarda ijro etiladigan ritmik tuzilmalari) hamda ma’lum metr- ritmik asosga ega. Bu holat vokal bo’limi uchun ham xarakterlidir. 6. Buxoro maqomlari. Buxoro maqomlarining vokal bo’limlari ikki guruhni tashkil etuvchi bir necha sho’’balardan( keng ko’lamli tugal p’esa maqomlarning asosiy tarkibiy qismi) iborat. Birinchi guruhni tashkil etuvchi sho’’balar—Saraxbor, Talqin va Nasr (so’nggisi har maqomda 2-3 tadan mavjud)dir. Har bir sho’’ba quyidagicha tuzilishga ega: muqaddima bo’limi-- daromad ( shakl tuzumi jihatidan tugallangan) miyonxat--odatda daromadning kvarta yoki kvintaga yuqori tomon transpozitsiya etilgan (ko’tarilgan) hamda