Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti
Reja:
1.Marjinalizm ta’limotining mohiyati. Avstriya iqtisodiy maktabi ta’limoti.
2.Kembrij iqtisodiy maktabi. A. Marshall ta’limoti.
1.Marjinalizm ta’limotining mohiyati. Avstriya iqtisodiy maktabi
ta’limoti.
XIX asrning 70-yillaridan «Siyosiy iqtisod» faniga «Avstriya iqtisodiy maktabi»
deb atalgan yangi oqim kirib keldi. Aslida bu yangi oqim ijodkorlari K. Marks asos solgan
«Proletar siyosiy iqtisodi»ga muqobil ta’limot sifatida ilgari surilgan, u marksizm iqtisodiy
dunyoqarashining deyarli barcha asosiy ta’limotlariga tamomila qarama-qarshi bo'lgan
qarashlar bilan chiqqan edi. Avstriya maktabiga asos solgan yangi ilmiy yo'nalish siyosiy
iqtisodda «marjinalizm» deb nom oldi.»Marjinalizm» fransuz tilidagi «marjinal» so‘zidan
olingan bo‘lib, «eng yuqorililik», «chegaraviylik» degan ma’nolarni bildiradi.
Marjinalizmning bosh iqtisodiy g'oyasi - iqtisodiy munosabatlaring tahlilini obyektiv
moddiy asosga emas, aksincha, iqtisodiyot subyektlarining subyektiv psixologik (ruhiy)
xarakteriga ko'chirish edi. Oqibatda, tovar va xizmatlarning qiymati ulari ishlab chiqarish
va sotish bilan bog'liq ijtimoiy-zaruriy vaqti bilan emas, balki iste’mol qiymatlarining
noyobligi,cheklanganligi bilan baholanar, pirovardda esa, ularing «eng yuqori nafliligi»,
«yuqori darajadagi foydaliligi» bilan izohlanar edi. Bu oqim ta’limoti zamirida, avvalo,
alohida subyektiv his-tuyg'u hamda «iste’mol talabi», «narx-navo» kabi masalalar
markaziy o'rinda turadi. Bu yangi oqimga Avstriya iqtisodchilari tomonidan asos
solinganligi uchun unga Avstriya maktabi ta’limoti nomi berilgan edi. Bu maktabning
yetuk namoyandalari K. Menger (1840-1821), F. Vizer (1851-1826), E. Bem-Baverk
(1851-1814) kabi yirik iqtisodchilar edilar. Aytish kerakki, Avstriya maktabi
ta’limotlariga mos ravishda ayni bir tarixiy davrda «eng yuqori naflilik», «yuqori
foydalilik» nazariyalari bilan angliyalik nazariyotchi S.Jevons, Kembrij maktabi
asoschisi A. Marshall, amerikalik iqtisodchi J.B. Klark siyosiy iqtisod olariga kirib
keldilar. Bu esa, tabiiyki, marjinalizm
ta’limotining u yoki bu ilmiy masalalarda turlicha talqinlar, har xil izohlarbilan chiqishiga
olib keldi.
Marjinalizmning mafkuraviy vazifalari doirasiga quyidagicha yondashuv xarakterli
edi:
1) bozor iqtisodiga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlari abstraktlashtirish,
ularni har qanday chuqur ziddiyatlardan holi deb qarash ya’ni bozor munosabatlari
keltirib chiqaruvchi ziddiyatlari yashirish, xaspo'shlash;
2) ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonidagi obyektiv inqirozlarni inkor etish;
3) bozor munosabatlarining iqtisodiy qonunlari harakatini ruhiy subyektivlik
asnosida tushuntirish;
4) iqtisodiy munosabatlar tahlilini alohida olingan xo'jalik asnosida o'rganib, undan
umumiy xulosalar chiqarishga urinish.
Biroq, e’tirof etish kerakki, bu ta’limot ma’lum tarixiy davrda kapitalistik bozor
munosabatlarining rivojlanishiga nazariy asos bo'ldi, zero u bozori ideallashtirgan edi.
Siyosiy iqtisod faniga bir qancha iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar, iqtisodiy tahlilning
yangicha uslubiyatini(ommaviy xo'jalik munosabatlarini emas, ayrim, alohida olingan
xo'jalik tahlili «Robinzonada usuli») olib kirdi. Agar marjinalizm ta’limotining
metodologik nazariy zaminiga e’tibor qilinsa, ma’lum bo'ladiki, birinchidan, uning
tayanch g'oyasi subyektiv —psixologik usuldir, ya’ni iqtisodiy hodisalarga subyektiv
(ayrim subyekt,shaxs, inson) tomonidan yondashuvidir; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida
odamning iste’mol ne’matlariga baho berishda ratsional yondashuvidir (maqsadga
muvofiq, o'z shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqilgan yondashuv)uchinchidan, iste’mol
ne’matlarining noyobligi, cheklanganligi hamdir.
Yuqorida aytilganidek, marjinalizm ta’limotini vujudga kelishi va rivojlanishida
Avstriya maktabi muhim o'rin tutadi .Bu maktab o'z tadqiqotiga asos qilib bozorning
sabab-oqibatli, subyektiv iroda mexanizmini oladi. Avstriya maktabi tarafdorlari tovarning
qiymat asosini uning qiymati ham, hatto iste’mol qiymati ham belgilaraydi, balki baholar
zaminida buyumning foydaliligi yoki nafliligi yotadi deydilar. Ularing fikriga ko'ra,
buyumning naflilik darajasi uning cheklanganligiga bog'liq bo'ladi, u esa iqtisodiy voqea,
jarayonning ratsional (maqsadga muvofiq) qatnashchilarida shakllanadi, cheklangan
naflilik eng so'nggi, oxirgi iste’mol ne’matining nafliligi bilan ya’ni, unga biror bir
iste’molchi- individium bergan baho bilan tavsiflanadi.
Masalan, K. Menger o'zining cheklangan naflilik nazariyasini «Siyosiy iqtisod
asoslanmasi» nomli asarida bayon etib aytadiki, qandaydir ne’matning cheklangan
foydaliligi ikki omil bilan belgilanadi:
- birinchi omil —yakka, alohida individ iste’molining intensivligi ;
-ikkinchi omil -qandaydir ne’matning noyobligi, cheklanganligi yoki mavjud ne’mat
zaxirasi.
Bundan ma’lum bo'ladiki, mavjud ne’matning cheklangan zaxirasi sharoitida
iste’mol qilish qancha tez bo'lsa, uning nafliligi yuqorilashgani sababli individ bu
buyumni shuncha yuqori baholaydi. Aksincha, iste’mol qilish qanchalik sekinlashsa,
sust borsa, ratsional subyekt (iste’molchi)o‘sha buyumga shuncha past baho
belgilaydi, uning zaxira hajmi ham naflilik darajasini belgilab beradi.
Iste’mol hajmining zaxirasi qanchalik kamayib borsa, mavjud iste’mol intensivligi
sharoitida ne’matning cheklangan nafliligi ortib boradi. Ayni chog‘da, ne’matning miqdori
qanchalik ortib borsa, cheklangan naflilikning individual bahosi ham pasayib boraveradi.
Shu bilan biiga, K. Menger cheklangan naflilik omillarini tahlil etar ekan, unga tovarlar
narxining ta’sirini inkor etadi.
Avstriya maktabining yana bir yirik vakili Bern Baverkdir. Uning g'oyalari
«kapital va foyda» asosida bayon etilgan, uning ta’limotidagi asosiy qoidalar
quyidagilardir:
- cheklangan naflilik bahoni bevosita (talab orqali) emas, balki bilvosita belgilaydi, ular
o'rtasida ma’lum tebranishlar chegarasini aniqlash orqali belgilanadi ;
-u yoki bu iste’mol ne’mati bozor bahosining yuqori maksimal chegarasini, uning
nafliligini iste’molchinining subyektiv bahosi belgilaydi, bu chegaradan nariga o'tolmaydi,
aks holda iste’molning pasayishi yuz beradi;
- buyumning eng past, minimal baho chegarasiga sotuvchining o'z tovari nafliligiga
subyektiv bahosi bog'liq bo'ladi. Boshqacha aytganda, tovarning bozor bahosi iste’molchi
va sotuvchining o'zaro manfaatlari to'qnashuvi asosida belgilanadi.
Xo'sh, marjinalizm ta’limotining ijobiy jihatlari, iqtisod faniga qo'shgan tarixiy
hissasi nimadan iborat bo'ldi?
1) Siyosiy iqtisod fani e’tiborini konkret bozor munosabatlari muammolarini
o'rganish zaruriyatiga burdi, ya’ni uni iste’mol va taklifga, baholar shakllanishining amaliy
jihatiga qaratdi.
2) Buyumlarning noyobligi, chegaralanganligi muammosini o'z nazariyasi asosiga
qo'shib, jamiyat va tabiatda iste’mol resurslar cheklanganligi, ularni takror ishlab chiqish
muammoli masala ekanligiga e’tiborni tortdi. Bu fikr, albatta, real amaliy ahamiyat kasb
etdi.
3) Iqtisodiy munosabatlar mohiyatini belgilashda subyektiv psixologik yondashuvni
ilgari surib, haqiqatda ham psixologik ta’sir iqtisodiyot qatnashchilari faoliyatida katta
ahamiyat kasb etishini ko'rsatib berdi. Bugun bu ta’sirining aniq mavjudligini hech kim
rad eta olmaydi.
4) Marksizm iqtisodiy ta’limotiga muholif ta’limot sifatida marksizm nazariyasidagi
juda ko'p chuqur ziddiyatli, noilmiy jihatlar borliginisiyosiy iqtisodda birinchi bo‘lib ochib
tashladi. Undagi xatoliklarni, metodologik asoslarni ko‘rsatdi. Ana shularga asoslanib
aytishimizmumkinki, marjinalizm ta’limoti siyosiy iqtisod fanida o'z tarixiy o'rniga va
ahamiyatga ega ta’limotlardan biri bo'lib qoldi.
2. Kembrij iqtisodiy maktabi.
A.Marshall ta’limoti XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi siyosiy iqtisodda yana
bir yangi ilmiy yo'nalish- neoklassik sivosiv iqtisod vujudga keldi. Bu yo'nalishning
asoschisi Kembrij universiteti professori A Marshall (1842-1924) va uning izdoshlari
bo'ldilar. A Marshall A. Smit va D. Rikardolaring klassik siyosiy iqtisod fanidagi
yo'nalishlarini o'zining «Siyosiy iqtisod tamoyillari»kitobida tartibga soldi, umumlashtirdi
va shu asnoda o'zi yangi iqtisodiy maktabga asos soldi. Kembrij maktabi, garchi umumiy
tarzda Avstriya maktabining metodologiyasiga asoslangan bo'lsa ham, («eng yuqori
naflilik», «yuqorifoydalilik», «cheklaganlik») bahoni tahlil etishda cheklangan naflilikning
subyektiv baholash uslubi ustuvorligini rad etdi; shuningdek, «bahoning pirovard asosi
ishlab chiqarish hujjatlaridir» degan klassik iqtisod g'oyasidan voz kechdi. A. Marshall o'z
ta’limotida cheklangan naflilik va ishlab chiqarish harajatlari nazariyasini yaxlit bir
ta’limotga aylantirishga harakat qilib, shunday xulosaga keladi: bahoni belgilashda na
talab, na taklif belgilovchi ustuvor rol o'ynaydi, balki ular bozor baholari shakllanishida
barobar ahamiyatga ega bo'ladi. U baho shakllanishining har uchala unsuritalab,taklif va
bahoning bir-biriga ta’sirini o'zaro bog'liqlikda olib, tahlil qildi. A. Marshall tushuntirdiki,
bozor mexanizmi kuchli raqobat ta’sirida amal qiladi, bu esa talab va taklifning bahoga
bog'liqligini kuchaytiradi. Ushbu qonuniyatni u shunday sharxlaydi: bozorda tovarlar
bahosi ortsa,talab kamayadi, taklif esa ko'payadi. Yoki pasaysa, talab ortadi, taklif esa
qisqarib boradi. Demak, bozorda bahoning o'zgarib borish jarayonida qandaydir
muvozanatlik, ya’ni muvozanat narx qaror topadi: ma’lum tovarga yoki tovarlar guruhiga
bo'lgan talab uning taklifi bilan barobarlashadi.Bu yerda vaqt omili (uzoq yoki qisqa davr)
maydonga chiqadi.Baho shakllanishida vaqt omilini tahlil etib, xulosa qilinadiki, vaqt
davomida talab va taklifdagi o'zgarishlarning bahoga ta’siri ham o'zgaradi, ya’ni goh talab,
goh taklif muvozanatni buzib, bozorda boshqaruvchivazifasini o'taydi, qisqa muddatda
talab ustuvorlik qilsa, uzoqroq davrda taklif yetakchilik qiladi. Bundan ko'rinadiki,
ma’lum muddat ichida taklif miqdori doimiylik kasb etadi, shunda talab baho tarkib
topishining hal qiluvchi omiliga aylanadi. Bunday holatda baho ortadi. Natijada yuqori
bozor bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari o'rtasida farq paydo bo'lib, ma’lum foyda
olinadi. A. Marshall tadbirkorda vaqtincha vujudga kelgan qo'shimcha daromadni
kvazirenta deb atadi. Biroq boshqa davr kelib taklif ortar ekan, baho pasayadi, kvazirenta
yo'q bo'ladi.Kembrij maktabining taklif ta’limotida yetakchi o'rinda cheklangan harajatlar
g'oyasi yotadi. A. Marshall cheklangan harajatlar deganda ma’lumbir cheklangan, so'nggT,
oxirgi tovarning ishlab chiqarish harajatlarini tushunadi. Bunda u cheklangan harajatlarini
bozorga tovar chiqargan tadbirkorning cheklangan harajatlari bilan aralashtirib yuboradi.
Demak,unda cheklangan harajatlar cheklangan taklif bilan bir qatorda turadi.A. Marshall
o'zining cheklangan harajatlar ta’limotida klassik siyosiy iqtisod yetakchisi A. Smitning
daromadlardagi uch omil nazariyasiga suyanadi. U tadbirkorning cheklangan daromadida
uch omil borliginiish haqi, foiz va tadbirkorlik daromadini ko'rsatadi. Shunday mantiqdan
kelib chiqib, u ishchini «ratsional subyekt» deb baholaydi, ishchi esa o'zining ishlab
chiqarishdagi ishtirokini «plyus» yoki «minus» bilan baholaydi. Agar minus sifatida
mehnat harajatlari hisoblasa, plyus tariqasida ishchining salbiy ehtirosini qoplovchi ish
haqi turadi. A Marshall xuddi shunday tarzda pul kapitali egasining iqtisodiy holatini
tavsiflaydi. Masalan, kapital egasi o'z pulini turli ne’matlaring cheklangan nafliligini
nazarda tutib shaxsiy iste’moliga sarflashi yoki o'z shaxsiy halovatini qondirishni keyinroq
muddatga kechiktirib, foiz olish maqsadida kapitalni ishlab chiqarishga sarflashi mumkin.
Shunday vaziyatni tahlil qilib, sohibkoring keyingi qarorini subyektiv xohishiga bog'liq ish
deb, ikkinchi holni foydaliroq ish deb bilib, harakat qiladi deb tushuntiradi.
Bunda tadbirkor daromadi ikki qismga ajratiladi:
bir qismi sohibkorning firmani boshqargani uchun qilingan mehnatini qoplaydi, ikkinchi
qismi noaniq: raqobat mavjud bo'lgan bozorga tovar ishlab chiqargani uchun
tavakkalchiligini qoplaydi. Kembrij maktabi ta’limoti XX asrning ma’lum davrigacha
siyosiy iqtisodda ustuvor mavqeni egallab keldi. Alohida olingan iqtisodiy subyektning
mikroiqtisodiy tahliliga asoslangan xulosalar bozor iqtisodiyotining ziddiyatlarini bartaraf
qilolmasligini iqtisod ilmining keyingi davri ko'rsatib berdiki, endilikda makroiqtisodiy
tahlil yordamida iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkinligini isbo’llashga urinishlar
bo'ldi. Avstriya iqtisodiy maktabi asos solgan marjinalizm ta’limoti Amerika iqtisodiy
maktabi tomonidan davom ettirildi, ma’lum ma’noda rivojlantirildi. Bu ilmiy maktabning
asoschisi amerikalik professor J. B.Klark bo'ldi. U o'zining «Boylikning taqsimlanishi»,
«Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» nomli mashhur asarlarida marjinalizm
ta’limoticha o'ziga xos yondashdi. Biroq uning qarashlarida «cheklanganlik» g'oyasi
makroiqtisodiy tahlil bilan boyitildi. U cheklangan kapital unumdorligi va cheklangan
mehnat unumdorligi ta’limotiga suyanib, ishlab chiqarish va taqsimot tahlilini amalga
oshirdi. Shundan kelib chiqib, siyosiy iqtisod predmetini «qisqartirib», uni faqat taqsimot
munosabatini o'rganadigan fanga tenglashtirdi.
Klarkning
taqsimot
nazariyasi
jamiyatdagi
taqsimotni
adolatga
asoslangan,ziddiyatlardan holi bo'lgan munosabat bo'lishiga qaratilgan mulohazalar
bildirdi. Buning uchun u ishlab chiqarishning har bir omiliga yaratilgan daromadga
qo'shilgan hissasiga qarab taqsimlanishi kerak, degan fikmi ilgari surdi. Klark siyosiy
iqtisod fanida xo'jalik hayotining statikasi va dinamikasi haqidagi g'oya bilan chiqqanligi
ham yangilik bo'ldi. U statika deganda bozor iqtisodiyotining muvozanatini o'matishga
xizmat qiluvchi sharoitlarini inobatga olishni tushundi. Bunga asos bo'lib quyidagi omillar
xizmat qiladi: texnika taraqqiyotining yo'qligi va ishlab chiqarish sohalari o'rtasida mehnat
va kapitalning erkin harakat qilishi, bu sohalarda foydalanilayotgan mehnat va kapital
miqdorining doimiyligi, iste’mol mollariga talabning o'zgarmasligi va erkin raqobatning
hukmronlik qilishi. Taxmin qilinadiki, iqtisodiyotda bir emas, bir necha doimiy muvozanat
bo'lib, ular uchun o'zgarmas mehnat va kapital harakati xarakterli bo'ladi. Yuqorida
ko'rsatilganlardan
birortasining
yetishmasligi
yoki
yo'q
bo'lishi
iqtisodiyotda
muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi, iqtisodiyot harakatga kelib yangi statik holatga
qaytadi. Dinamika ana shu statik holatning sabablarini ko'rsatadi.
-Iqtisodiyotda uchta figura qatnashadi, - deb ta’lim beradi Klark, Bular- pul egasi
(kapital), ishchi va tadbirkor. Bu yerda pul egasi foiz olish maqsadida o'z kapitalini
ishlab chiqarish vositalariga aylantiradi, ishchi ish haqi olish ilinjida o'z kuchini sarflaydi,
tadbirkor esa bozor muvozanati sharoitida ishlab chiqarish tashkilotchisi sifatida harakat
qiladi va xuddi ishchi kabi ish haqigagina ega bo'ladi. Ishlab chiqarish statik
holat.bo'lganda uning foydasi nolga teng bo'ladi, zero baho ish haqi va foizdangina tarkib
topadi. Iqtisodiyotda ish dinamik harakatda bo'lganda tadbirkorda o'zgarish ro'y beradi, u
yangilik yaratuvchi, texnika taraqqiyotini jadal-lashtiruvchi, ishlab chiqarish harajatlarini
qisqartirib, qo'shimcha daromad oluvchi shaxsga aylanadi. Bu qo'shimcha daromadni
Keyns sohibkorlik daromadi deb ataydi. Klark, o'z navbatida, maijinalistik konsepsiyadan
kelib chiqib, mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonuni asosida ishlab
chiqarish omillarining cheklangan nafliligi haqidagi o'z qarashlarini bayon etadi.Masalan,
u mehnat unumdorligini qanday qilib pasayib borishi qonuniga amal qilish mexanizmini
tasvirlaydi. Bunda pul kapitali doimiy miqdor deb olinadi, har bir yangi qo'shimcha ishchi
esa kamroq mahsulot yaratadi, ya’ni mahsuloti sifati pasaya boradi. Bu shunga olib
boradiki, ertami yoki kechmi ishga yangidan kelgan ishchi cheklangan unumdorlikka ega
bo'ladi, u bozor bahosidagi mahsulotga teng mahsulot ishlab chiqaradi, holos. Uning
unumdorligini cheklangan unumdorlik, uning ishlab chiqargan mahsulotini cheklangan
mahsulot deb ataydi. Uning fikricha, bundan keyingi ishlab chiqarishni davom ettirish
samarasizdir, tadbirkor uchun bu faoliyat foydasizdir. Chunki endi ishchiga o'zi yaratgan
mahsulot qiymatidan ko'proq qiymatda ish haqi berishga to'g'ri keladi yoki ishchi
foydasiga kapital va foizni qayta taqsimlash zarurati vujudga keladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida barcha ishlab chiqarish omillari o'z hissalariga teng ravishda daromad oladilar.
Demak, Klark ta’limoti bo'yicha, erkin iqtisodiyot sharoitida sohibkor hech kimni
ekspluatatsiya qilmaydi, zero daromadlar adolatli taqsimlanadi.
J.B.Klark ta’limoti
Klark ta’limotidagi adolatlilik g'oyasining ilmiy asoslanmaganligi shundaki, eskidan
ishlayotgan ishchilar qo'shimcha mahsulot ishlab chiqaradilar, biroq yangi ishchi
qo'shimcha daromad yaratmaydi. Ko'rinib turibdiki, u o'z iqtisodiy g'oyasi uchun «tuproq
unumdorligining pasayib borish qonuni»dan nusxa ko'chirgan. Aslida yerga nisbatan to'g'ri
agrotexnik tadbirlar qo'llanilib borilsa, uning unumdorligi pasaymaydi, balki ortib boradi.
Buni industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlar, xususan, G'arbning Shimoliy
mamlakatlari tajribasi ham isbo’llab turibdi. Klark ta’limotining boshqa iqtisodiy
maktablar qarashlaridan farqi shundaki, agar boshqalar so'nggi naflilik nazariyasini ayrim
olingan iqtisodiyot subyekti misolida talqin qilgan bo'lsalar, u bu tahlilni makroiqtisodiyot
darajasiga ko'tardi, o'z ta’limotini ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan turib bayon etdi.
Bunday yondashuv oqibatida ijtimoiy mehnat (xalq xo'jaligida band bo'lganlaring umumiy
soni), ijtimoiy kapital (ijtimoiy ishlab chiqarishga avanslangan barcha kapital hajmi) va
befarqlik zonalari kabi yangi tushunchalar iqtisodiy fanga olib kirildi. Bu kategoriyalar, o'z
navbatida, ijtimoiy mehnatning va ijtimoiy kapitalning cheklangan birligi kabi
tushunchalari keltirib chiqaradi. Amerika maktabi ta’limoti ma’lum bir nazariy va amaliy
kamchiliklardan holi bo‘lmasada, u siyosiy iqtisodning keyingi davrida rivojlanishga,
yangi iqtisodiy ta’limotlaring vujudga kelishga rag'batlantirdi.
XX asr insoniyat sivilizatsiyasi tarixida juda ko‘p tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan
voqealar, katta ilmiy-texnik ixtirolar, yangi iqtisodiy ta’limotlar va siyosiy o'zgarishlar
davri bo'ldi. Ana shu tarixan qisqa davrda yangi bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum (sotsializm)
vujudga kelib, jahon sistemasiga aylanib, inqirozga yuz tutgan, tamomila yangi iqtisodiy
munosabatlarga keskin o'sib o'tish jarayoni kechdi, xususan, iqtisodiy nazariyalar tarixida
ham buyuk yangiliklar yaratildi. Ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns ishlab chiqqan nazariya
ana shu yangiliklardan eng muhimi, mukammali bo'ldi deyish mumkin. Bu nazariya
tufayli uning muallifi buyuk iqtisodchilar safidan faxrli o'rin oldi. Uning iqtisodiy ta’limoti
bir qancha asarlarda ishlab chiqilgan bo'lsa ham uni siyosiy iqtisod olarida mashhur qilgan
kitobi «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-yil) bo'ldi.Keynsdagi
ilmiy iqtisodiy yangilik-o'zidan oldingi iqtisodchilar iqtisodiyotni tahlil qilishning
mikroiqtisodiy usulini taklif etgan bo'lsalar, u iqtisodiy tahlilining makroiqtisodiy usulini
ishlab chiqdi, uni milliy iqtisodiyot darajasida amalda qo'lladi, iqtisodiyot nazariyasini,
uning tahlil usulini yangiladi. To'g'ri, bu makroiqtisodiy tahlil qilishning ma’lum
namunasini F. Kene XVIII asrda qishloq xo'jaligi va sanoat misolida, K.Marks XIX asrda
kapitalistik tuzum iqtisodiyoti misolida ko'rsatgan edilar.Ulardan keyin iqtisodchilar faqat
mikroiqtisodiy tahlilga o'tib oigan edilar,ya’ni ular ayrim olingan iqtisodiyot subyekti,
korxonalar darajasidagixo'jalik faoliyatini o'rganishib, butun iqtisodiyot uchun takliflar,
xulosalarqildilar.
Ularing
nazarida
bunday
usul
bilan
iqtisodiyotni
inqirozsiz
rivojlantirishmumkin edi. Ular korxonada ishlab chiqarish va muomala harajatlarini
kamaytirish, foyda olishni maksimallashtirish, korxonalarga investitsiyalar jalb etib, shu
yo'l bilan kapital samaradorligini oshirish masalalari bilan shug'ullandilar. Biroq bunday
yondashuv iqtisodiyot nazariyasida,iqtisodiyotda ma’lum siljishlar, o'zgarishlarga olib
kelgan bo'lsa ham, ularning takliflari korxonalari iqtisodiy inqirozdan asrab
qololmayotgan edi. 1929-1933- yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi butun kapitalistik
dunyoni, xususan AQSH iqtisodiyotini larzaga soldiki, busiyosiy iqtisod fanida qandaydir
yangi tahlil usulini kashf etishni taqozo etar edi. Bunday ulug1 sharafga aynan J. Keyns,
keynschilik, uning ilmiy izdoshlari muyassar bo'lishdi. Keyns taklif etgan «makroiqtisodiy
tahlil» usulining mohiyati nimada edi? U makroiqtisodiy ko'rsatkichlar- aholi daromadlari,
ularing bandligi, ish haqi, investitsiyalar, jamg'arish, muomaladagi pul miqdori, narx-navo,
foyda, foiz kabilar o'rtasidagi bog'liqliklari ochib berdi. Zero, bu iqtisodiy
ko'rsatkichlardagi o'zgarishlar o'z-o'zidan alohida iqtisodiyot subyektlarining ham butun
milliy iqtisodiyotning ham barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o'sishiga olib kelardi.
Masalan, aholi daromadlarining ortib borishi ularning jamg'arishga, investitsiyalashga
intilishiga sabab bo'ladi, buning natijasi o'laroq, aholi uchun yangi ish joylari yaratiladi va
h.k.