MARKAZIY NERV SISTEMASI FIZIOLOGIYASI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

23,6 KB


MARKAZIY NERV SISTEMASI FIZIOLOGIYASI 
 Reja: 
Markaziy nerv sistemasi va uning neyron tuzilishi.
Refleks, reflekslarning turlari. 
Nerv markazlari, xususiyatlari va ularda kuzatiladigan tormozlanish 
 hodisalari.
Tayanch IBORALAR
M.N.S vazifasi, M.N.S ikkita qismi, neyron, refleks, Rene Dekart, Proxasko,
in’ikos, yekstroseptiv, introseptiv, proprioseptiv, qaytar bog‘lanish, qo‘zg‘alishni
bir  tomonlama  o‘tkazish,  sekinlashtirib  o‘tkazish,  faoliyat  qoldig‘i,  moddalar
almashinuvi,  charchashi,  jamlanish,  qo‘zg‘alish  transformatsiyasi,  qo‘zg‘alish
o‘tishining  osonlashishi,  yo‘l  ochish,  qo‘zg‘alish,  irradiasiyasi,  markaz  tonusi,
markaz  plastikligi,  dominanta  xususiyati,  inertlik  xususiyati,  tormozlanish
xususiyati,  possinaptik,  perisinaptik  tormozlanish,  markazlar  faoliyatining
kordinasiyasi, konvergensiya va okklyuziya hodisasi, oxirgi umumiy yo‘l, orqa
miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari, bosh miya, keyingi miya, miyacha, o‘rta miya (to‘rt
tepalik, qizil yadro, qora substansiya), oraliq miya (ko‘rish do‘mbog‘i, do‘mboq
osti sohasi) katta yarim sharlar, instinkt, retikulyar formatsiya.     
1.Markaziy  nerv  sistemasi,  organizmning  hayotiy  jarayonlarini  boshqarib,
organlarning o‘zaro aloqadorligi, kelishib ishlashi va organizmning bir butinligini
ta’minlaydi hamda organizmning tashqi muhit sharoitlariga moslashishini amalga
oshiradi.
Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan: bosh va orqa miyadan iborat bo‘lib,
bosh miyaning yuqori qismi, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘idan tarkib topgan.
Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i eng yosh, vazifasi murakkab, ahamiyati muhim
bo‘lgan oliy qismdir.
Logotip
MARKAZIY NERV SISTEMASI FIZIOLOGIYASI Reja: Markaziy nerv sistemasi va uning neyron tuzilishi. Refleks, reflekslarning turlari. Nerv markazlari, xususiyatlari va ularda kuzatiladigan tormozlanish hodisalari. Tayanch IBORALAR M.N.S vazifasi, M.N.S ikkita qismi, neyron, refleks, Rene Dekart, Proxasko, in’ikos, yekstroseptiv, introseptiv, proprioseptiv, qaytar bog‘lanish, qo‘zg‘alishni bir tomonlama o‘tkazish, sekinlashtirib o‘tkazish, faoliyat qoldig‘i, moddalar almashinuvi, charchashi, jamlanish, qo‘zg‘alish transformatsiyasi, qo‘zg‘alish o‘tishining osonlashishi, yo‘l ochish, qo‘zg‘alish, irradiasiyasi, markaz tonusi, markaz plastikligi, dominanta xususiyati, inertlik xususiyati, tormozlanish xususiyati, possinaptik, perisinaptik tormozlanish, markazlar faoliyatining kordinasiyasi, konvergensiya va okklyuziya hodisasi, oxirgi umumiy yo‘l, orqa miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari, bosh miya, keyingi miya, miyacha, o‘rta miya (to‘rt tepalik, qizil yadro, qora substansiya), oraliq miya (ko‘rish do‘mbog‘i, do‘mboq osti sohasi) katta yarim sharlar, instinkt, retikulyar formatsiya. 1.Markaziy nerv sistemasi, organizmning hayotiy jarayonlarini boshqarib, organlarning o‘zaro aloqadorligi, kelishib ishlashi va organizmning bir butinligini ta’minlaydi hamda organizmning tashqi muhit sharoitlariga moslashishini amalga oshiradi. Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan: bosh va orqa miyadan iborat bo‘lib, bosh miyaning yuqori qismi, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘idan tarkib topgan. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i eng yosh, vazifasi murakkab, ahamiyati muhim bo‘lgan oliy qismdir.
Markaziy nerv sistemasiga organizmning turli organlari va to‘qimalari-dan
markazga  intiluvchi  nerv  tolalari  orqali  impulslar  kelib,  markaziy  nerv
sistemasining  tegishli  qismlarida  analiz  va  sintez  qilinib,  javob  reaksiyalari
markazdan qochuvchi nerv tolalari orqali tegishli organlarga keladi va ma’lum
fiziologik funksiyalarni ro‘yobga chiqaradi.
Markaziy  nerv  sistemasi  evolyusion  taraqiyot  jarayonida  rivojlanib,
murakkablashib borgan bo‘lib, tuban hayvonlarda ta’sirotni sezuvchi va unga javob
beruvchi  hujayralar  bo‘lmasligi  bilan  farqlanadi,  ta’sirot  sezadigan  hujayralar
dastlab kovak ichlilarda paydo bo‘lgan bo‘lib, nerv sistemasining taraqqiyotini
kuzatganimizda uch xildagi rivojlanishning guvohi bo‘lamiz:
1. Diffuz;
2. Gangilioz (tugunli);
3. Naysimon.
Kovak ichlilarda (gidra, meduza va poliplar) diffuziya tipidagi nerv sistemasi
bo‘lib, nerv hujayralari bir-birlari bilan tutashgani holda, nerv to‘rini hosil qiladi va
turli xil ta’sirotlar mazkur nerv to‘rlari orqali tezlik bilan tarqalib, bu ta’sirotga
javoban hayvon butun tanasini harakatga keltirib javob beradi.
Bir  muncha  rivojlangan  hayvonlardan  yomg‘ir  chuvalchanglarida  nerv
sistemasi ganglioz bo‘lib, ular qabul qilgan ta’sirot chuvalchangning butun tana-si
bo‘ylab  tarqalmasdan,  balki  hayvon  organizmining  cheklangan  qismlaridagina
mahalliy reaksiyalarni vujudga keltirish bilan javob qaytaradi.
Murakkab tuzilgan hayvonlar organizmining nerv sistemasi ancha ixtisos-
slashgan bo‘lib, ularda alohida nerv tugunlarini hosil qilgan va bu tugunlar teri
ostidagi retseptorlar hamda atrofdagi nerv hujayralari bilan uzviy bog‘lanib, teri
retseptorlari  turli  ta’sirotlardan  qo‘zg‘aladi  hamda  bu  qo‘zg‘alishlar  nerv
tugunlariga uzatilib, nerv tugunlari tarkibidagi nerv hujayralariga, ular yesa o‘z
navbatida o‘zlarining uzun o‘simtalari orqali barcha ta’sirotlarni ichki organlarga
o‘tkazadi.
Hashoratlar  tanasining  bosh  qismida  halqum  osti  va ustki  nerv tugunlari
rivojlangan bo‘lib, boshqa nerv tugunlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Naysimon nerv tizimi ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu kabi nerv sis-
temalari  umurtqali  hayvonlarga  xosdir.  Umurtqali  hayvonlarda  nerv  hujayra-
Logotip
Markaziy nerv sistemasiga organizmning turli organlari va to‘qimalari-dan markazga intiluvchi nerv tolalari orqali impulslar kelib, markaziy nerv sistemasining tegishli qismlarida analiz va sintez qilinib, javob reaksiyalari markazdan qochuvchi nerv tolalari orqali tegishli organlarga keladi va ma’lum fiziologik funksiyalarni ro‘yobga chiqaradi. Markaziy nerv sistemasi evolyusion taraqiyot jarayonida rivojlanib, murakkablashib borgan bo‘lib, tuban hayvonlarda ta’sirotni sezuvchi va unga javob beruvchi hujayralar bo‘lmasligi bilan farqlanadi, ta’sirot sezadigan hujayralar dastlab kovak ichlilarda paydo bo‘lgan bo‘lib, nerv sistemasining taraqqiyotini kuzatganimizda uch xildagi rivojlanishning guvohi bo‘lamiz: 1. Diffuz; 2. Gangilioz (tugunli); 3. Naysimon. Kovak ichlilarda (gidra, meduza va poliplar) diffuziya tipidagi nerv sistemasi bo‘lib, nerv hujayralari bir-birlari bilan tutashgani holda, nerv to‘rini hosil qiladi va turli xil ta’sirotlar mazkur nerv to‘rlari orqali tezlik bilan tarqalib, bu ta’sirotga javoban hayvon butun tanasini harakatga keltirib javob beradi. Bir muncha rivojlangan hayvonlardan yomg‘ir chuvalchanglarida nerv sistemasi ganglioz bo‘lib, ular qabul qilgan ta’sirot chuvalchangning butun tana-si bo‘ylab tarqalmasdan, balki hayvon organizmining cheklangan qismlaridagina mahalliy reaksiyalarni vujudga keltirish bilan javob qaytaradi. Murakkab tuzilgan hayvonlar organizmining nerv sistemasi ancha ixtisos- slashgan bo‘lib, ularda alohida nerv tugunlarini hosil qilgan va bu tugunlar teri ostidagi retseptorlar hamda atrofdagi nerv hujayralari bilan uzviy bog‘lanib, teri retseptorlari turli ta’sirotlardan qo‘zg‘aladi hamda bu qo‘zg‘alishlar nerv tugunlariga uzatilib, nerv tugunlari tarkibidagi nerv hujayralariga, ular yesa o‘z navbatida o‘zlarining uzun o‘simtalari orqali barcha ta’sirotlarni ichki organlarga o‘tkazadi. Hashoratlar tanasining bosh qismida halqum osti va ustki nerv tugunlari rivojlangan bo‘lib, boshqa nerv tugunlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Naysimon nerv tizimi ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu kabi nerv sis- temalari umurtqali hayvonlarga xosdir. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayra-
larining oldingi qismi kengaygan naylarning ichiga yig‘ilgani holda, hayvon-ning
markaziy nerv sistemasini tashkil yetadi. 
M.N.S. ning oldingi kengaygan qismi  bosh miya, keyingi naysimon qismi
orqa miya deb ataladi. Organizm qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, uning bosh
miyasi hamda bosh miyaning oldingi qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlar
po‘stlog‘i ham juda kuchli taraqqiy yetgan bo‘ladi. Inson organizmida bosh miya
yarim sharlar po‘stlog‘i juda yuqori darajada rivojlangan. 
Nerv sistemasi nerv hujayralari – neyronlardan tarkib topgan. Neyron-larning
tuzilishi, shakli va hajmi turlicha kattalikka yega bo‘lib, ular tana qismi (bitta uzun
bir qancha kalta o‘simtalardan iborat)ga va dendiritlar (neyronni shoxlangan kalta
o‘simtasi)ga bo‘linadi. Ta’sirotlardan qo‘zg‘alish va nerv im-pulslarini hosil qilish
hamda  mazkur  impulslarni  qo‘shni  nerv  hujayralariga  o‘tkazish  xususiyati
neyronlar faoliyatining mazmunini ifodalab, neyronlarning tanasi M.N.S. sida orqa
miya yoki bosh miyada joylashib miyaning kul rang modda-sini, o‘simtalari –
miyaning  oq  moddasini  hosil  qiladi.  V.N.S.si  neyronlari-ning  tanalari  nerv
tugunlarida ham joylashgan bo‘ladi. Ular M.N.S.sidan tashqariga chiqib organizm
bo‘ylab tarqalib periferik nerv sistemasini hosil qiladi. Markaziy va periferik nerv
tizimlari  yaxlit  sistema  bo‘lib,  olingan  ta’sirotlarga  javob  berishda  har  ikkala
sistema ham birday ishtirok yetadi.
Neyronlar  bir  necha  xil  bo‘lib,  M.I.N.  dan  keladigan  ta’sirotlarni  qabul
qiluvchi  neyronlarga  -  retseptor  neyronlar,  mavjud  ta’sirotni  retseptor
neyronlardan  yeffektor  neyronlarga  o‘tkazuvchi  neyronlarga  kontakt  (oraliq)
neyronlar  deb  ataladi.  Kontakt  neyronlardan  kelayotgan  ta’sirotni  M.Q.N.  ga
o‘tkazuvchi neyronlarga yesa yeffektor (ishchi organlarga o‘tkazuvchi) neyronlar
deyilib, ta’sirotlar retseptor neyronlardan yeffektor neyronlarga bir yoki bir necha
kontakt neyronlar orqali o‘tkaziladi.
M.N.S.si faoliyatining asosiy va o‘ziga xos xususiyati reflektor jarayonlarni
yuzaga chiqarish bo‘lib, bu haqida I.P.Pavlov quyidagicha fikr bildirgan yedi:
«Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan nerv
hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati hamda
butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati reflekslar yordamida
qaror topadi».
Logotip
larining oldingi qismi kengaygan naylarning ichiga yig‘ilgani holda, hayvon-ning markaziy nerv sistemasini tashkil yetadi. M.N.S. ning oldingi kengaygan qismi bosh miya, keyingi naysimon qismi orqa miya deb ataladi. Organizm qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, uning bosh miyasi hamda bosh miyaning oldingi qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘i ham juda kuchli taraqqiy yetgan bo‘ladi. Inson organizmida bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i juda yuqori darajada rivojlangan. Nerv sistemasi nerv hujayralari – neyronlardan tarkib topgan. Neyron-larning tuzilishi, shakli va hajmi turlicha kattalikka yega bo‘lib, ular tana qismi (bitta uzun bir qancha kalta o‘simtalardan iborat)ga va dendiritlar (neyronni shoxlangan kalta o‘simtasi)ga bo‘linadi. Ta’sirotlardan qo‘zg‘alish va nerv im-pulslarini hosil qilish hamda mazkur impulslarni qo‘shni nerv hujayralariga o‘tkazish xususiyati neyronlar faoliyatining mazmunini ifodalab, neyronlarning tanasi M.N.S. sida orqa miya yoki bosh miyada joylashib miyaning kul rang modda-sini, o‘simtalari – miyaning oq moddasini hosil qiladi. V.N.S.si neyronlari-ning tanalari nerv tugunlarida ham joylashgan bo‘ladi. Ular M.N.S.sidan tashqariga chiqib organizm bo‘ylab tarqalib periferik nerv sistemasini hosil qiladi. Markaziy va periferik nerv tizimlari yaxlit sistema bo‘lib, olingan ta’sirotlarga javob berishda har ikkala sistema ham birday ishtirok yetadi. Neyronlar bir necha xil bo‘lib, M.I.N. dan keladigan ta’sirotlarni qabul qiluvchi neyronlarga - retseptor neyronlar, mavjud ta’sirotni retseptor neyronlardan yeffektor neyronlarga o‘tkazuvchi neyronlarga kontakt (oraliq) neyronlar deb ataladi. Kontakt neyronlardan kelayotgan ta’sirotni M.Q.N. ga o‘tkazuvchi neyronlarga yesa yeffektor (ishchi organlarga o‘tkazuvchi) neyronlar deyilib, ta’sirotlar retseptor neyronlardan yeffektor neyronlarga bir yoki bir necha kontakt neyronlar orqali o‘tkaziladi. M.N.S.si faoliyatining asosiy va o‘ziga xos xususiyati reflektor jarayonlarni yuzaga chiqarish bo‘lib, bu haqida I.P.Pavlov quyidagicha fikr bildirgan yedi: «Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan nerv hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati hamda butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati reflekslar yordamida qaror topadi».
2.Refleks  deb,  tashqi  va  ichki  muhitdan  kelayotgan  ta’sirotlarga  organi-
zmning M.N.S.si ishtirokida javob berishiga aytiladi. 
Reflektor yoyni tushintiruvchi misollar keltirig. Ignaning qo‘lga sanchi-lishida
qo‘lni  keskin  tortish  refleksi,  kislota  ta’sirida  baqada  oyoqni  bukuvchi
reflekslarning hosil bo‘lishi va shu kabilar, yurak faoliyatiga ta’sir yetib, uning
ishini o‘zgartirishda M.N.S.si ishtirokida reflektor akt hosil bo‘ladi.
Organizmning  barcha  faoliyati  reflektor  aktga  asoslanib,  barcha  organlar
refleks  asosida  ishlab,  ularning  aloqasi,  faoliyati  moslashib  va  uyg‘unlashib,
organizmdagi hamma funksiyalar bir butun bo‘lib birlashadi. Refleks haqidagi
ta’limotni birinchi bo‘lib, 1644 yilda Fransuz olimi Rene Dekart (1595-1650) fanga
kiritgan bo‘lib, sezgi organlar ta’sirotni qabul qilib, nervlar orqali miyaga uzatilgan
ta’sirotlar unda aks yetadi va nervlarga qaytariladi degan yedi. Keyinchalik bu
ta’limotni chex olimi Proxaska 1817 yil rivojlantiradi.
Bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ining reflektor faoliyati I.M.Sechenov
va I.P.Pavlovlar tamonidan to‘la va atroflicha o‘rganilgan. Organizmda reflektor
bo‘lmagan jarayonlar yo‘q. Shuning uchun reflekslarni o‘rganishni osonlashtirish
maqsadida, tananing qaysi qismidagi retseptorlar birinchi bo‘lib ishtirok yetishiga
qarab:  Yekstroreseptiv,  introreseptiv  va  proprioreseptiv reflekslar  farqlanadi.
Yekstroreseptiv  reflekslar  tananing  tashqi  retseptor-lari  ta’sirlanganida,
introreseptiv  reflekslar  ichki  organlardagi  retseptorlar  ta’sirlanganida,
proprioreseptiv reflekslar yesa, skelet muskullari, paylar, chandiqlarda joylashgan
retseptorlar ta’sirlanishidan kelib chiqadi. 
Reflekslarni M.N.S ning qaysi qismi ishtirokida ro‘yobga chiqishiga qarab,
orqa  miya  ishtirokida  yuzaga  chiqadigan  reflekslarga  spinal yoki  orqa  miya
reflekslari, uzunchoq miya ishtirokida ro‘yobga chiqqanida yesa,  bulbar refleks-
lar, markaziy qismi o‘rta miyada joylashgan reflekslarga  mezensefal, markaziy
qismi oraliq miyada joylashgan reflekslarga diensefal reflekslar hamda reflekslar
yoyining  markazi  miya  po‘stlog‘ida  joylashgan  reflekslarga  kartikal reflekslar
deyiladi. Har bir refleksning ro‘yobga chiqishida, M.N.S sining bir qismi ishtirok
yetmasdan, balki M.N.S sining turli qismlarida tarqoq joylashgan neyronlarning
ahamiyati muhimdir. Shuning uchun ham, reflekslarning hosil bo‘lishiga qarab
miyani  qismlarga  bo‘lish  nisbiydir,  chunki  faqat  orqa  yoki  uzunchoq  miya
Logotip
2.Refleks deb, tashqi va ichki muhitdan kelayotgan ta’sirotlarga organi- zmning M.N.S.si ishtirokida javob berishiga aytiladi. Reflektor yoyni tushintiruvchi misollar keltirig. Ignaning qo‘lga sanchi-lishida qo‘lni keskin tortish refleksi, kislota ta’sirida baqada oyoqni bukuvchi reflekslarning hosil bo‘lishi va shu kabilar, yurak faoliyatiga ta’sir yetib, uning ishini o‘zgartirishda M.N.S.si ishtirokida reflektor akt hosil bo‘ladi. Organizmning barcha faoliyati reflektor aktga asoslanib, barcha organlar refleks asosida ishlab, ularning aloqasi, faoliyati moslashib va uyg‘unlashib, organizmdagi hamma funksiyalar bir butun bo‘lib birlashadi. Refleks haqidagi ta’limotni birinchi bo‘lib, 1644 yilda Fransuz olimi Rene Dekart (1595-1650) fanga kiritgan bo‘lib, sezgi organlar ta’sirotni qabul qilib, nervlar orqali miyaga uzatilgan ta’sirotlar unda aks yetadi va nervlarga qaytariladi degan yedi. Keyinchalik bu ta’limotni chex olimi Proxaska 1817 yil rivojlantiradi. Bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ining reflektor faoliyati I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar tamonidan to‘la va atroflicha o‘rganilgan. Organizmda reflektor bo‘lmagan jarayonlar yo‘q. Shuning uchun reflekslarni o‘rganishni osonlashtirish maqsadida, tananing qaysi qismidagi retseptorlar birinchi bo‘lib ishtirok yetishiga qarab: Yekstroreseptiv, introreseptiv va proprioreseptiv reflekslar farqlanadi. Yekstroreseptiv reflekslar tananing tashqi retseptor-lari ta’sirlanganida, introreseptiv reflekslar ichki organlardagi retseptorlar ta’sirlanganida, proprioreseptiv reflekslar yesa, skelet muskullari, paylar, chandiqlarda joylashgan retseptorlar ta’sirlanishidan kelib chiqadi. Reflekslarni M.N.S ning qaysi qismi ishtirokida ro‘yobga chiqishiga qarab, orqa miya ishtirokida yuzaga chiqadigan reflekslarga spinal yoki orqa miya reflekslari, uzunchoq miya ishtirokida ro‘yobga chiqqanida yesa, bulbar refleks- lar, markaziy qismi o‘rta miyada joylashgan reflekslarga mezensefal, markaziy qismi oraliq miyada joylashgan reflekslarga diensefal reflekslar hamda reflekslar yoyining markazi miya po‘stlog‘ida joylashgan reflekslarga kartikal reflekslar deyiladi. Har bir refleksning ro‘yobga chiqishida, M.N.S sining bir qismi ishtirok yetmasdan, balki M.N.S sining turli qismlarida tarqoq joylashgan neyronlarning ahamiyati muhimdir. Shuning uchun ham, reflekslarning hosil bo‘lishiga qarab miyani qismlarga bo‘lish nisbiydir, chunki faqat orqa yoki uzunchoq miya
ishtirokida  reflekslar  yuzaga  chiqmagani  singari,  oraliq  yoki  miya  po‘stlog‘i
ishtirokida ro‘yobga chiqadigan reflekslar ham bo‘lmaydi. Reflekslar boshlani-
shida hosil  bo‘ladigan reflektor reaksiya xarakteri jihatidan harakatlantir-uvchi
(motor), sekretor va tomirlarni harakatlantiruvchi reflekslarga bo‘linadi. Yuqori
taraqqiy  yetgan  hayvonlarda  bu  reaksiyalar  juda  murakkab  bo‘lib,  ular
organizmning hayot faoliyati uchun zarur biologik ahamiyatiga qarab: oziqlanish,
himoyalanish,  jinsiy reflekslarga,  chamalash,  vaziyat  (tonik) reflekslari  va
lokomotor  (gavdani  fazada  haraktlantirish),  ovoz  chiqarish reflekslariga,  bu
reflekslar yesa shartsiz – orqa miya va shartli – bosh miya reflekslariga bo‘linadi.
M.N.S si bilan ishchi organ o‘rtasida doiraviy bog‘lanish bo‘lib, qaytar bog‘lanish
deyiladi ya’ni markazdan kelgan impulsga ishchi organ faoliyati o‘zgarib, so‘ng
ishchi  organ  M.I.N  tolalari  orqali  markazga  impulslar  yuborib,  markaz  bu
impulslarni  tegishlicha  analiz  va  sintez  qilgani  holda,  ishchi  organga  yangi
impulslar  yuboradi.  Shu  impulslar  ta’sirida  ishchi  organ  qanday  darajada
impulslarga  javob  qaytarayotganligi  va  ishchi  organ  holatining  qay  darajada
ekanligi  to‘g‘risida  markazga  yana  xabar  beradi.  Demak,  nerv  markazi  bilan
boshqarilayotgan  organ  o‘rtasida  uzviy  bog‘lanish  hosil  bo‘lib,  qaytar
afferentasiya yuzaga chiqadi. Markazga kelayotgan impuls ishchi organ faoliyati-
ning o‘zgargani to‘g‘risida xabar bersa, markaz organizmning extiyojini qondirish
maqsadida, talabga yarasha organ faoliyatini o‘zgartiradi. Demak, markaz organ
faoliyatiga aktiv ta’sir yetgani singari, organ ham markaz faoliyatiga aktiv ta’sir
yetadi. 
3.  Nerv  markazi deb,  organizmning  biror  funksiyasini  boshqarishda
uyg‘unlashib  ishlaydigan  M.N.S.  neyronlarining  guruhiga  aytiladi.  Muayyan
funksiyani M.N.S.sining turli qismlarida tarqoq joylashgan neyronlar birgalashib,
uyg‘unlashib  boshqaradi  va  ularning  ma’lum  bir  guruhi  hayot  uchun  muhim
ahamiyatga  yega  bo‘lsa,  miyaning  boshqa  qismida  joylashgan  neyronlar  bir
muncha  kam  ahamiyatga  yegadir.  Masalan:  yurak ishi  uzunchoq  miya  orqali
boshqariladi, lekin yurak ishining boshqarilishida orqa miya, oraliq miya va katta
yarim  sharlar  po‘stlog‘idagi  ma’lum  neyronlar  guruhi  ham  yurak  ishining
boshqarilishida  qatnashadi.  Lekin,  uzunchoq  miya  shikastlanganida  yurak  ishi
izdan chiqib, hayvon halok bo‘ladi. M.N.S sining boshqa qismlarda joylashgan
Logotip
ishtirokida reflekslar yuzaga chiqmagani singari, oraliq yoki miya po‘stlog‘i ishtirokida ro‘yobga chiqadigan reflekslar ham bo‘lmaydi. Reflekslar boshlani- shida hosil bo‘ladigan reflektor reaksiya xarakteri jihatidan harakatlantir-uvchi (motor), sekretor va tomirlarni harakatlantiruvchi reflekslarga bo‘linadi. Yuqori taraqqiy yetgan hayvonlarda bu reaksiyalar juda murakkab bo‘lib, ular organizmning hayot faoliyati uchun zarur biologik ahamiyatiga qarab: oziqlanish, himoyalanish, jinsiy reflekslarga, chamalash, vaziyat (tonik) reflekslari va lokomotor (gavdani fazada haraktlantirish), ovoz chiqarish reflekslariga, bu reflekslar yesa shartsiz – orqa miya va shartli – bosh miya reflekslariga bo‘linadi. M.N.S si bilan ishchi organ o‘rtasida doiraviy bog‘lanish bo‘lib, qaytar bog‘lanish deyiladi ya’ni markazdan kelgan impulsga ishchi organ faoliyati o‘zgarib, so‘ng ishchi organ M.I.N tolalari orqali markazga impulslar yuborib, markaz bu impulslarni tegishlicha analiz va sintez qilgani holda, ishchi organga yangi impulslar yuboradi. Shu impulslar ta’sirida ishchi organ qanday darajada impulslarga javob qaytarayotganligi va ishchi organ holatining qay darajada ekanligi to‘g‘risida markazga yana xabar beradi. Demak, nerv markazi bilan boshqarilayotgan organ o‘rtasida uzviy bog‘lanish hosil bo‘lib, qaytar afferentasiya yuzaga chiqadi. Markazga kelayotgan impuls ishchi organ faoliyati- ning o‘zgargani to‘g‘risida xabar bersa, markaz organizmning extiyojini qondirish maqsadida, talabga yarasha organ faoliyatini o‘zgartiradi. Demak, markaz organ faoliyatiga aktiv ta’sir yetgani singari, organ ham markaz faoliyatiga aktiv ta’sir yetadi. 3. Nerv markazi deb, organizmning biror funksiyasini boshqarishda uyg‘unlashib ishlaydigan M.N.S. neyronlarining guruhiga aytiladi. Muayyan funksiyani M.N.S.sining turli qismlarida tarqoq joylashgan neyronlar birgalashib, uyg‘unlashib boshqaradi va ularning ma’lum bir guruhi hayot uchun muhim ahamiyatga yega bo‘lsa, miyaning boshqa qismida joylashgan neyronlar bir muncha kam ahamiyatga yegadir. Masalan: yurak ishi uzunchoq miya orqali boshqariladi, lekin yurak ishining boshqarilishida orqa miya, oraliq miya va katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi ma’lum neyronlar guruhi ham yurak ishining boshqarilishida qatnashadi. Lekin, uzunchoq miya shikastlanganida yurak ishi izdan chiqib, hayvon halok bo‘ladi. M.N.S sining boshqa qismlarda joylashgan
yurak ishini boshqarilishida qatnashadigan nerv hujayralarining guruhlari deyarli
muhim  ahamiyatga  yega  bo‘lmay,  bu  hujayralarning  shikastlanishi  hayvonni
o‘limiga olib kelmay yurakni ma’lum faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.
Organizm qismlaridan boshlanadigan qo‘zg‘alishlar avval orqa yoki uzunchoq
miya  neyronlariga  uzatilib  so‘ng  miya  po‘stlog‘iga  va  M.N.S  sining  hamma
qismlariga tarqalib javob reaksiyalari miyaning ma’lum qismlaridagi markaz-larda
vujudga kelib nervlar orqali ishchi organga yuboriladi. Demak, ta’sirotlarga javob
berishda M.N.S.sining hamma qismlari yaxlit sistema sifatida ishtirok yetadi. Nerv
markazlari bir qancha xususiyatlarga yega bo‘lib, ular nerv markazlarini hosil
qilgan neyronlar zanjirining tuzilishiga va nerv inpulslarining sinapslardan o‘tish
jarayonlariga bog‘liqdir:
1.Qo‘zg‘alishni bir tomonlama o‘tkazish. Nerv markazlari neyronlari bir-
biri bilan tutashgan zanjirlardan, sinapslardan tuzilib, bu sinapslar qo‘zg‘a-lishni
bir tomonlama o‘tkazganligi tufayli, nerv markazlaridan ham qo‘zg‘a-lishlar faqat
bir tomonlama o‘tkaziladi.
  2.Qo‘zg‘alishni sekinlashtirib o‘tkazish. Nerv markazlari sinapslar orqali
tutashgan neyronlar zanjiridan iborat bo‘lib, sinapslar qo‘zg‘alishni sekinlashtirib,
paysalga  solib  o‘tkazadi.  Bu  holat  sinapslar  tuzilishi  va  faoliyatiga  bog‘liq
bo‘lganligi sababli, nerv markazlarida qo‘zg‘alish sekinlashib o‘tkaziladi.  
3.Faoliyat  qoldig‘i. Markazga  ta’sirot  berilganda,  markzdan  borgan  nerv
impulsi tufayli ichki organ faoliyati shu ta’sirot to‘xtashi bilan barham topmay,
balki  ishchi  organ  bir  qancha  vaqt  davomida  ishlab  turadi.  Faoliyat  qoldig‘i
bulishini  turlicha tushuntirilib, ba’zi  olimlar  neyron qo‘zg‘alganda possinaptik
membranada kuzatiladigan izdepolyarizasiyaga, boshqalar nerv markazidagi berk
neyronlar zanjirida impulslarning aylanib yurishiga bog‘lab tushuntirishadi. 
4.Nerv  markazida  moddalar  almashinuvi. Nerv  markazlarida  nerv
tolalariga  nisbatan  moddalar  almashinuvi  jadal  kechib,  markazni  qo‘zg‘alish
moddalar  almashinuvini  yanada  faollashtirib,  02 iste’mol  qilinishi  va  SO2
ajratilishini kuchaytiradi.
 5.Nerv markazlarining charchashi. Markazda moddalar almashinuvining
kuchayishi markazni charchatadi, ya’ni markaz surunkasiga qo‘zg‘alaverganligi
tufayli,  sinapslardan  qo‘zg‘alish  o‘tishi  buziladi,  chunki  sinapslarda
Logotip
yurak ishini boshqarilishida qatnashadigan nerv hujayralarining guruhlari deyarli muhim ahamiyatga yega bo‘lmay, bu hujayralarning shikastlanishi hayvonni o‘limiga olib kelmay yurakni ma’lum faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Organizm qismlaridan boshlanadigan qo‘zg‘alishlar avval orqa yoki uzunchoq miya neyronlariga uzatilib so‘ng miya po‘stlog‘iga va M.N.S sining hamma qismlariga tarqalib javob reaksiyalari miyaning ma’lum qismlaridagi markaz-larda vujudga kelib nervlar orqali ishchi organga yuboriladi. Demak, ta’sirotlarga javob berishda M.N.S.sining hamma qismlari yaxlit sistema sifatida ishtirok yetadi. Nerv markazlari bir qancha xususiyatlarga yega bo‘lib, ular nerv markazlarini hosil qilgan neyronlar zanjirining tuzilishiga va nerv inpulslarining sinapslardan o‘tish jarayonlariga bog‘liqdir: 1.Qo‘zg‘alishni bir tomonlama o‘tkazish. Nerv markazlari neyronlari bir- biri bilan tutashgan zanjirlardan, sinapslardan tuzilib, bu sinapslar qo‘zg‘a-lishni bir tomonlama o‘tkazganligi tufayli, nerv markazlaridan ham qo‘zg‘a-lishlar faqat bir tomonlama o‘tkaziladi. 2.Qo‘zg‘alishni sekinlashtirib o‘tkazish. Nerv markazlari sinapslar orqali tutashgan neyronlar zanjiridan iborat bo‘lib, sinapslar qo‘zg‘alishni sekinlashtirib, paysalga solib o‘tkazadi. Bu holat sinapslar tuzilishi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, nerv markazlarida qo‘zg‘alish sekinlashib o‘tkaziladi. 3.Faoliyat qoldig‘i. Markazga ta’sirot berilganda, markzdan borgan nerv impulsi tufayli ichki organ faoliyati shu ta’sirot to‘xtashi bilan barham topmay, balki ishchi organ bir qancha vaqt davomida ishlab turadi. Faoliyat qoldig‘i bulishini turlicha tushuntirilib, ba’zi olimlar neyron qo‘zg‘alganda possinaptik membranada kuzatiladigan izdepolyarizasiyaga, boshqalar nerv markazidagi berk neyronlar zanjirida impulslarning aylanib yurishiga bog‘lab tushuntirishadi. 4.Nerv markazida moddalar almashinuvi. Nerv markazlarida nerv tolalariga nisbatan moddalar almashinuvi jadal kechib, markazni qo‘zg‘alish moddalar almashinuvini yanada faollashtirib, 02 iste’mol qilinishi va SO2 ajratilishini kuchaytiradi. 5.Nerv markazlarining charchashi. Markazda moddalar almashinuvining kuchayishi markazni charchatadi, ya’ni markaz surunkasiga qo‘zg‘alaverganligi tufayli, sinapslardan qo‘zg‘alish o‘tishi buziladi, chunki sinapslarda
mediatorlarning  ajaralishi  kamayib,  possinaptik  membrananing  mediatorlarga
sezgirligi susayadi va nerv hujayralarining energetik manbai kamayadi. Shuning
uchun markaz charchaydi. 
 6.Nerv markazida impulslarning qo‘shilishi (jamlanishi). Nerv markazi
pog‘onadan past yakka ta’sirotlar kelganida qo‘zg‘almay, shu ta’sirotlar jadallik
bilan  ustma-ust  berilganida,  bu  ta’sirotlar  bir-biriga  markazda  qo‘shilib,  jam
bo‘ladi va ular o‘zaro birlashib markazni qo‘zg‘atadi. Markazda ta’sirotlar ketma-
ket va masofada, ya’ni fazada qo‘shiladi. Ta’sirotlar bir afferent nerv orqali ketma-
ket borib markazda qo‘shilsa, ketma-ket qo‘shilish deyiladi va bir necha afferent
nerv bilan bir vaqtda, parallel borib, bir markazda qo‘shilishiga yesa,  masofada
qo‘shilish deyiladi. 
 7.Qo‘zg‘alish transformatsiyasi. Impulslar nerv markaziga yetib kelganidan
keyin markaz ularning ritmi va kuchini o‘zgartirib boshqa impulslariga aylantira
olishiga transformatsiya deyiladi.
 Masalan: markazga yakka ta’sirot kelganida markazdan juda ko‘p javob
impulslarini  chiqaradi  va  markaz  kuchli  impulslarni  kuchsizroq,  kuchsiz
impulslarni yesa kuchliroq qilib o‘tkazadi. 
 8.Markazda  qo‘zg‘alish  o‘tishining  osonlashishi. Nihoyatda  kuchsiz
ta’sirot  markaz  qo‘zg‘aluvchanligini  oshirib,  ta’sirotni  markaz  orqali  o‘tishini
osonlashtiradi. Retseptorlar qo‘zg‘alib, M.I.N orqali impulslar markazga tez va
birin-ketin keladi va oldindagi har bir impuls keyingi impulsning markaz orqali
o‘tishini osonlashtirib reflektor aktni to‘la ro‘yobga chiqaradi.
 9.Yo‘l  ochish  hodisasi. Biror  markazning  ish  holatida bo‘lishi  ikkinchi
markazning  qo‘zg‘aluvchanligini  oshirib,  bu  hodisaga  markazning  o‘zaro  yo‘l
ochish xususiyati deyiladi.
Masalan: it terisini ozgina qashilasak, it hech qanday sezilarli reaksiya hosil
qilmay,  shu  qashilashni  kuchli  tovush  ta’siroti  bilan  o‘tkazgandan  keyin  itda
qashilash refleksi ro‘yobga chiqadi. 
 10.Qo‘zg‘alish irradiasiyasi. M.N.S sining ma’lum bir joyida hosil bo‘lgan
qo‘zg‘alish shu joyda to‘xtab qolmasdan, balki qo‘shni markazlarga ham keng
tarqalishi  irradiasiya deyiladi, ya’ni bir reflektor reaksiyaning hosil bo‘li-shida
miyaning chegaralangan qismi ishtirok yetmay M.N.S sining hamma qismi u yoki
Logotip
mediatorlarning ajaralishi kamayib, possinaptik membrananing mediatorlarga sezgirligi susayadi va nerv hujayralarining energetik manbai kamayadi. Shuning uchun markaz charchaydi. 6.Nerv markazida impulslarning qo‘shilishi (jamlanishi). Nerv markazi pog‘onadan past yakka ta’sirotlar kelganida qo‘zg‘almay, shu ta’sirotlar jadallik bilan ustma-ust berilganida, bu ta’sirotlar bir-biriga markazda qo‘shilib, jam bo‘ladi va ular o‘zaro birlashib markazni qo‘zg‘atadi. Markazda ta’sirotlar ketma- ket va masofada, ya’ni fazada qo‘shiladi. Ta’sirotlar bir afferent nerv orqali ketma- ket borib markazda qo‘shilsa, ketma-ket qo‘shilish deyiladi va bir necha afferent nerv bilan bir vaqtda, parallel borib, bir markazda qo‘shilishiga yesa, masofada qo‘shilish deyiladi. 7.Qo‘zg‘alish transformatsiyasi. Impulslar nerv markaziga yetib kelganidan keyin markaz ularning ritmi va kuchini o‘zgartirib boshqa impulslariga aylantira olishiga transformatsiya deyiladi. Masalan: markazga yakka ta’sirot kelganida markazdan juda ko‘p javob impulslarini chiqaradi va markaz kuchli impulslarni kuchsizroq, kuchsiz impulslarni yesa kuchliroq qilib o‘tkazadi. 8.Markazda qo‘zg‘alish o‘tishining osonlashishi. Nihoyatda kuchsiz ta’sirot markaz qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, ta’sirotni markaz orqali o‘tishini osonlashtiradi. Retseptorlar qo‘zg‘alib, M.I.N orqali impulslar markazga tez va birin-ketin keladi va oldindagi har bir impuls keyingi impulsning markaz orqali o‘tishini osonlashtirib reflektor aktni to‘la ro‘yobga chiqaradi. 9.Yo‘l ochish hodisasi. Biror markazning ish holatida bo‘lishi ikkinchi markazning qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, bu hodisaga markazning o‘zaro yo‘l ochish xususiyati deyiladi. Masalan: it terisini ozgina qashilasak, it hech qanday sezilarli reaksiya hosil qilmay, shu qashilashni kuchli tovush ta’siroti bilan o‘tkazgandan keyin itda qashilash refleksi ro‘yobga chiqadi. 10.Qo‘zg‘alish irradiasiyasi. M.N.S sining ma’lum bir joyida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish shu joyda to‘xtab qolmasdan, balki qo‘shni markazlarga ham keng tarqalishi irradiasiya deyiladi, ya’ni bir reflektor reaksiyaning hosil bo‘li-shida miyaning chegaralangan qismi ishtirok yetmay M.N.S sining hamma qismi u yoki
bu darajada ishtirok yetadi. Markazga kelayotgan ta’sirot kuchi kuchli bo‘lsa,
qo‘shni markazlar keng qo‘zg‘alib, ko‘plab reflektor reaksiyalari hosil bo‘ladi.
Lekin,  qo‘zg‘alishning  M.N.S  sida  tarqalishiga  sinapslar,  tormozlovchi  ayrim
neyronlar to‘sqinlik qilsa, miya hujayralarini charchashdan saqlaydi. 
 11.Markazlarning tonusi.  Nerv markazalrining bir  muncha qo‘zg‘algan
holatiga markazlarning tonusi deb aytilib, markaz tonusi ishchi organdan qon va
limfa tarkibidagi gormonlar, SO2, biologik aktiv moddalar ta’siriga bog‘liq bo‘lib,
o‘z ishchi organlariga uzluksiz ritm bilan impulslar yuboradi va ishchi  organ
tonusini ta’minlaydi.
 12.Markazlar plastikligi. Markazning o‘z faoliyatini, funksiyasini ishchi
organ  funksiyasiga  qarab,  o‘zgartira  olish  xususiyati  markazning  plastiklik
xususiyati deyiladi. P.K.Anoxin it adashgan nervining markazga boruvchi uchini
bilak qismiga boradigan uchiga ulab, nervlar aloqadorligini tiklaganda, it oyog‘ini
qashilash natijasida avval adashgan nerv faoliyatiga xos qusish, yo‘talish holatlari
vujudga kelib, keyinchalik it oyog‘ining funksiyasi to‘la tiklanadi. 
 Demak, oyoqdan borayotgan impulslar ko‘p vaqt adashgan nerv markazining
faoliyatini o‘zgartirib, ichki organlar faoliyatini boshqarishga moslashgan nerv,
keyinchalik yesa, oyoq muskullar faoliyatini boshqarishga moslashib, it oyog‘ining
funksiyasi  tiklangan. Nerv markazlari plastik xususiyatining yuzaga chiqishida
katta yarim  sharlar  po‘stlog‘ini  ahamiyatini Ye.A.Asratyan  isbotlab, po‘stlog‘i
olin-gan  hayvonlar  o‘z  faoliyatini  o‘zgartira  olmay  markaz  plastikligi
kuzatilmagan. 
 13.Markazning dominanta hususiyati. Markazning dominanta xususiyati
birinchi bo‘lib A.A.Uxtomskiy tamonidan aniqlagan. Dominanta deb, ma’lum bir
markazni kuchli qo‘zg‘alib MNS da hukumronlik qilishga aytiladi. Ya’ni kuchli
qo‘zg‘algan qism N.S.ning boshqa qismlariga kelayotgan qo‘zg‘alishlarni o‘ziga
jalb qilib, shu qo‘zg‘alishlar hisobiga kuchli qo‘zg‘aladi. Oqibatda o‘ta kuchli
qo‘zg‘alib,  boshqa  markazlar  ustidan  xukumronlik  qilib,  ularning  faoliyatini
tormozlaydi.  MNSda  dominant  markaz  hosil  bo‘lsa  nerv  sistemasining  turli
qismlaridan  kelayotgan  ta’sirotlarga  oddiy  reaksiyalar  hosil  qilmay  dominant
markaz faoliyatiga xos reaksiyalarni hosil qiladi. Masalan: otni taqalayotganda
labga  solingan  burov  labni  qattiq  og‘ritib,  miyadagi  tegishli  markazni  kuchli
Logotip
bu darajada ishtirok yetadi. Markazga kelayotgan ta’sirot kuchi kuchli bo‘lsa, qo‘shni markazlar keng qo‘zg‘alib, ko‘plab reflektor reaksiyalari hosil bo‘ladi. Lekin, qo‘zg‘alishning M.N.S sida tarqalishiga sinapslar, tormozlovchi ayrim neyronlar to‘sqinlik qilsa, miya hujayralarini charchashdan saqlaydi. 11.Markazlarning tonusi. Nerv markazalrining bir muncha qo‘zg‘algan holatiga markazlarning tonusi deb aytilib, markaz tonusi ishchi organdan qon va limfa tarkibidagi gormonlar, SO2, biologik aktiv moddalar ta’siriga bog‘liq bo‘lib, o‘z ishchi organlariga uzluksiz ritm bilan impulslar yuboradi va ishchi organ tonusini ta’minlaydi. 12.Markazlar plastikligi. Markazning o‘z faoliyatini, funksiyasini ishchi organ funksiyasiga qarab, o‘zgartira olish xususiyati markazning plastiklik xususiyati deyiladi. P.K.Anoxin it adashgan nervining markazga boruvchi uchini bilak qismiga boradigan uchiga ulab, nervlar aloqadorligini tiklaganda, it oyog‘ini qashilash natijasida avval adashgan nerv faoliyatiga xos qusish, yo‘talish holatlari vujudga kelib, keyinchalik it oyog‘ining funksiyasi to‘la tiklanadi. Demak, oyoqdan borayotgan impulslar ko‘p vaqt adashgan nerv markazining faoliyatini o‘zgartirib, ichki organlar faoliyatini boshqarishga moslashgan nerv, keyinchalik yesa, oyoq muskullar faoliyatini boshqarishga moslashib, it oyog‘ining funksiyasi tiklangan. Nerv markazlari plastik xususiyatining yuzaga chiqishida katta yarim sharlar po‘stlog‘ini ahamiyatini Ye.A.Asratyan isbotlab, po‘stlog‘i olin-gan hayvonlar o‘z faoliyatini o‘zgartira olmay markaz plastikligi kuzatilmagan. 13.Markazning dominanta hususiyati. Markazning dominanta xususiyati birinchi bo‘lib A.A.Uxtomskiy tamonidan aniqlagan. Dominanta deb, ma’lum bir markazni kuchli qo‘zg‘alib MNS da hukumronlik qilishga aytiladi. Ya’ni kuchli qo‘zg‘algan qism N.S.ning boshqa qismlariga kelayotgan qo‘zg‘alishlarni o‘ziga jalb qilib, shu qo‘zg‘alishlar hisobiga kuchli qo‘zg‘aladi. Oqibatda o‘ta kuchli qo‘zg‘alib, boshqa markazlar ustidan xukumronlik qilib, ularning faoliyatini tormozlaydi. MNSda dominant markaz hosil bo‘lsa nerv sistemasining turli qismlaridan kelayotgan ta’sirotlarga oddiy reaksiyalar hosil qilmay dominant markaz faoliyatiga xos reaksiyalarni hosil qiladi. Masalan: otni taqalayotganda labga solingan burov labni qattiq og‘ritib, miyadagi tegishli markazni kuchli
qo‘zg‘atganligi uchun taqalanayotgan ot qarshilik ko‘rsatmaydi. Taqalash vaqtida
hosil  bo‘lgan  og‘riq,  qattiq  og‘riyotgan  lab  markazini  kuchli  qo‘zg‘atadi.
A.A.Uxtomskiy dominantlik nerv markazini asosiy ish prinsipi deb ta’kidladi.
A.A.Uxtomskiy fikricha o‘ta qo‘zg‘algan markaz boshqa markazlarni faoliyatini
o‘zgartiradi yoki o‘ziga bo‘yin sundiradi va nerv sistemasini yaxlit bir butun bo‘lib
ishlashini ta’minlaydi.
 14.Markazning inertlik hususiyati. Nerv markazi qo‘zg‘alib, qo‘zg‘alish
izlarini  o‘zida  uzoq  vaqt  saqlab  qolishiga  inertlik  deyiladi.Inertlik  dominant
markazda yaxshi kuzatilib, dominanta bo‘lmagan markazlarga ham xosdir. Inertlik
miya  po‘stlog‘i  hujayralarida  yaxshi  namoyon  bo‘lib,  markazlar  inertlik
hususiyatiga yega bo‘lganligi tufayli organizm sharoitga moslashadi, ko‘nikadi.
Narsa va hodisalarni yodda tutadi va uni uzoq vaqtdan so‘ng yeslayoladi.
 
15.Markazlarning  tormozlanishi  hususiyati. 
Nerv  markazlarining
tormozlanishi qo‘zg‘alishini tarqalishiga qarshilik qiladigan, unga qarama-qarshi
murakkab jarayondir. Tormozlanish va qo‘zg‘alish tabiati bir xil bo‘lib, markaz
me’yordan tashqari o‘ta qo‘zg‘alsa, u tormozlanadi. Demak tormozlanish markazni
kuchli qo‘zg‘alishiga qarshilik qilib, nerv hujayralarini charchashdan  saqlaydi.
M.N.S.sida tormozlanish xodisasini 1862 yil I.M.Sechenov isbotlash uchun baqani
bosh miyasini ko‘ruv do‘mboqchalari sohasidan ko‘ndalang kesib, katta yarim
sharlarni  olib  tashlab,  baqani  orqangi  oyoqlarini  sulfat  kislotasini  eritmasiga
botirib,  oyoqlarini  bukish  refleks  vaqti  aniqlagan.  Keyinchalik  I.M.Sechenov
baqaning kuruv do‘mboqchalari sohasiga tuz kristallarini qo‘yib, baqa oyoqlarini
kislota eritmasiga botirib, oyoqni bukish refleks vaqtini aniqlaganda refleks vaqtini
uzayganligini kuzatgan. Shu tajribalar asosida, bosh miyada mahsus tormozlovchi
markazlar  bor  degan  xulosaga  keladi  va  1866  yil  u  issiq  qonli  hayvonlarda
tormozlanish kuzatilishini isbotladi.
 16.Tormozlanish katta ahamiyatga yega bo‘lib, qo‘zg‘alishni M.N.S bo‘ylab
uzluksiz tarqalishiga to‘sqinlik qilib, reflektor aktlarni aniq ro‘yobga chiqishi-ga
sharoit  yaratadi.  Tormozlanish  va  charchash  tashqaridan  bir  xil  o‘zgarishga
o‘xshab, har ikkalasida muayyan organ faoliyati susayib to‘xtaydi. Lekin organ
charchasa organ faoliyati asta-sekin susayib, charchash kuchayib, borgan sayin
organ faoliyatini susayishi kuchaya boradi va faoliyat pasayishi uzoq vaqt davom
Logotip
qo‘zg‘atganligi uchun taqalanayotgan ot qarshilik ko‘rsatmaydi. Taqalash vaqtida hosil bo‘lgan og‘riq, qattiq og‘riyotgan lab markazini kuchli qo‘zg‘atadi. A.A.Uxtomskiy dominantlik nerv markazini asosiy ish prinsipi deb ta’kidladi. A.A.Uxtomskiy fikricha o‘ta qo‘zg‘algan markaz boshqa markazlarni faoliyatini o‘zgartiradi yoki o‘ziga bo‘yin sundiradi va nerv sistemasini yaxlit bir butun bo‘lib ishlashini ta’minlaydi. 14.Markazning inertlik hususiyati. Nerv markazi qo‘zg‘alib, qo‘zg‘alish izlarini o‘zida uzoq vaqt saqlab qolishiga inertlik deyiladi.Inertlik dominant markazda yaxshi kuzatilib, dominanta bo‘lmagan markazlarga ham xosdir. Inertlik miya po‘stlog‘i hujayralarida yaxshi namoyon bo‘lib, markazlar inertlik hususiyatiga yega bo‘lganligi tufayli organizm sharoitga moslashadi, ko‘nikadi. Narsa va hodisalarni yodda tutadi va uni uzoq vaqtdan so‘ng yeslayoladi. 15.Markazlarning tormozlanishi hususiyati. Nerv markazlarining tormozlanishi qo‘zg‘alishini tarqalishiga qarshilik qiladigan, unga qarama-qarshi murakkab jarayondir. Tormozlanish va qo‘zg‘alish tabiati bir xil bo‘lib, markaz me’yordan tashqari o‘ta qo‘zg‘alsa, u tormozlanadi. Demak tormozlanish markazni kuchli qo‘zg‘alishiga qarshilik qilib, nerv hujayralarini charchashdan saqlaydi. M.N.S.sida tormozlanish xodisasini 1862 yil I.M.Sechenov isbotlash uchun baqani bosh miyasini ko‘ruv do‘mboqchalari sohasidan ko‘ndalang kesib, katta yarim sharlarni olib tashlab, baqani orqangi oyoqlarini sulfat kislotasini eritmasiga botirib, oyoqlarini bukish refleks vaqti aniqlagan. Keyinchalik I.M.Sechenov baqaning kuruv do‘mboqchalari sohasiga tuz kristallarini qo‘yib, baqa oyoqlarini kislota eritmasiga botirib, oyoqni bukish refleks vaqtini aniqlaganda refleks vaqtini uzayganligini kuzatgan. Shu tajribalar asosida, bosh miyada mahsus tormozlovchi markazlar bor degan xulosaga keladi va 1866 yil u issiq qonli hayvonlarda tormozlanish kuzatilishini isbotladi. 16.Tormozlanish katta ahamiyatga yega bo‘lib, qo‘zg‘alishni M.N.S bo‘ylab uzluksiz tarqalishiga to‘sqinlik qilib, reflektor aktlarni aniq ro‘yobga chiqishi-ga sharoit yaratadi. Tormozlanish va charchash tashqaridan bir xil o‘zgarishga o‘xshab, har ikkalasida muayyan organ faoliyati susayib to‘xtaydi. Lekin organ charchasa organ faoliyati asta-sekin susayib, charchash kuchayib, borgan sayin organ faoliyatini susayishi kuchaya boradi va faoliyat pasayishi uzoq vaqt davom