Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga hozirgi zamon sportining kirib kelishi (XIX asr oxiri – XX asrning boshlari)
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
56,8 KB
Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga hozirgi zamon sportining kirib kelishi (XIX
asr oxiri – XX asrning boshlari)
Reja:
1.
XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda
zamonaviy sportning rivojlanishi.
2.
Maktab va gimnaziyalarda jismoniy tarbiya.
3.
Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarining jismoniy tarbiya
to‘g‘risidagi fikrlari.
4.
A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida jismoniy tarbiya
to‘g‘risidagi qarashlari.
5.
Turkistonda ilk sport to‘garaklari va sport jamiyatlarining tuzilishi.
O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida sobiq Ittifoq davrida nashr etilgan o‘quv
qo‘llanmalar va turli manbalarni o‘rganishda xolisona va tanqidiy yondashishni
taqozo etmoqda. Milliy xususiyatlarimizni kamsitish, aholining jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanishini ta’minlashda bir tomonlama yondashganlik hodisalari
tanqidiy ravishda ifoda etilmagan. Sobiq ittifoq davrida Turkiston o‘lkasidagi tarixiy
voqeliklar ataylab buzib ko‘rsatildi. Chunki chor Rossiyasining bu o‘lkaga turli
bahonalar bilan kirib kelishining asosiy sababi bosqinchilik edi. Rossiyaning
bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, XVI asrdan – XIX asrning birinchi
yarmigacha O‘rta Osiyo hududi uchta xonlikka bo‘lingan edi: Buhoro amirligi, Xiva
va Qo‘qon xonliklari. O‘zbek xonliklaridagi ijtimoiy va davlat tuzumi feodal
tuzumidan iborat edi. Bu davlatlarning boshqaruv shakli feodal monarxiyalardan
iborat bo‘lgan.
XVIII-XIX asrlarda xonliklarda qo‘shinlar muntazam armiya tariqasida
bo‘lmasdan, balki asosan otliq navkarlardan iborat edi. Navkarlar xon
xizmatkorlarining alohida toifasi bo‘lib, soliqlardan ozod qilib qo‘yilar va urush
boshlanib qolgan taqdirda butun qurol-yaroqlari va o‘zlarining jangovar otlari bilan
kelib, viloyat hokimi yoki bekning qo‘l ostida to‘planishga majbur edilar.
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi va qo‘shin. Xonlikda hokimiyat
huquqi chegaralanmagan amirlar ixtiyorida bo‘lgan. Jamiyat hayoti shariat
qonunlariga asoslangan holda shakllantirilgan edi. Xonlikda shayxulislom katta
mavqega ega bo‘lgan. U eng yirik ruhoniy va sud ishlarining sardori hisoblanib,
jamiyatning ma’naviy hayotini boshqargan. Undan keyingi o‘rinda qozikalon (oliy
sud) turgan. Shuningdek, qo‘shin uchun alohida qozi tayinlangan.
Xonlikdagi qo‘shin tuzilishiga doir ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u asosan
otliqlardan tashkil topib, markaz, o‘ng va chap qanotlarga bo‘lingan. Markaz harbiy
qismining oldingi safida bayroqdor jangchilar turgan. Rus manbalarining
ko‘rsatishicha, xonlik qo‘shinida misdan 13 ta kichkina to‘p, yetarli darajada porox
bo‘lgan. XVIII asrning oxirgi choragiga doir ma’lumotlarga qaraganda, xon 10 ming
kishi atrofida qo‘shin to‘plash imkoniga ega edi. XIX asrning boshlarida cho‘yandan
yasalgan to‘plardan foydalanilgan.
XIX asrning boshlarida yollanma askarlarning soni 19 ming kishiga borib,
turli shahar va harbiy istehkomlarda harbiy xizmatni o‘taganlar. XIX asrning
o‘rtalarida esa, harbiy qismlarning soni ancha oshib, to‘plardan va miltiqlardan
foydalanish nisbatan kuchayib bordi. Qo‘shinda askarlarning soniga qarab yuzboshi
va mingboshi singari harbiy lavozimlar mavjud edi. Umumiy qo‘mondonlikni
lashkarboshi ado etgan. Harbiy sarkardalarga qilgan xizmatlari uchun tanho yer
tomorqalari tortiq qilingan, oddiy navkarlarga esa xizmatlari evaziga har yili
bug‘doy, kiyim-kechak va bir oz pul berilgan. Navkarlarning oti o‘lib qolsa hazina
hisobidan unga boshqa ot berilgan. Navkarlarning bir oz qismidagina pilta miltiqlar
bo‘lib, ko‘pchiligi nayza va qilichlar bilan qurollangan edi. Hatto, XIX asrning
boshlarida ham kamon o‘qlar keng tarqalgan edi. Ba’zi navkarlarning temir yoki
charm qalqonlari bo‘lib, ular sovut kiyib olishardi.
XIX asrning boshlarida Buxoro amirligida 3600 ga yaqin navkar bo‘lgan. Bu
navkarlarning bir qismi professional jangchilar bo‘lib, otish va nayza uloqtirishda
mohir mergan bo‘lganlar. Ular Buxoroning o‘zida turar edilar.
Buxoroda muntazam qo‘shinlar faqat XIX asrning 30-yillarida paydo bo‘ldi
va ular sarbozlar deb atalardi. 2 ming nafar sarbozlar o‘ziga xos kalta, qizil forma
mundir kiyib yurar, nayzali miltiq va to‘pponchalar bilan qurollangan edilar.
Sarbozlar oddiy xalq orasidan tanlab olinar edi. Har yili ularga harbiy yurish va
qurolni ishlatish usullari o‘rgatilardi. Sarbozlar qo‘shini XIX asrning o‘rtalarida 80
ga yaqin to‘p bilan qurollangan va amirning asosiy kuchi hisoblangan. Sarbozlar
shahar tashqarisida, qishloqda oilalari bilan birga yashar va xizmatdan bo‘sh
vaqtlarida o‘z xo‘jaliklari bilan shug‘ullanardilar. Urush vaqtida qamal va boshqa
ishlarni bajarish uchun dehqonlardan yordamchi lashkarlar – qoracherik olinar edi.
Bu majburiyat dehqonlar uchun juda og‘ir edi.
Madaniy hayotda ham ancha ishlar qilingan. Xon saroyida nodir asarlarni
o‘z ichiga olgan kutubxonaning bo‘lishi diqqatga sazovordir. Misol tariqsida
Abdulazizxon va Abdullaxonning kutubxonalarini ko‘rsatish mumkin. Bu ilm-
ma’rifat dargohida mohir xattotlar va musavvirlar ishlab nodir asarlarni tayyorlash
va bezashga alohida ahamiyat berilgan. Adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida
qimmatli asarlar yaratilganligi ma’lum.
Xiva xonligida davlat boshqaruvi va qo‘shin. Xonlik taxtida eng ko‘p
o‘tirgan xonlardan biri Sayid Muhammad Rahim II (1865-1910) bo‘ldi. Xonlikda
davlat tuzilishi Buxoronikidan deyarli farq qilmagan. Xon huquqi chegaralanmagan
holda davlatni boshqargan. Undan keyingi eng nufuzli lavozim vazir yoki qushbegi
hisoblanib, soliqlarni to‘plash va umuman xonning barcha topshiriqlarini bajarish
bilan shug‘ullangan. Shaharlarni hokimlar va ularning yordamchilari bo‘lmish
yuzboshilar va oqsoqollar idora qilganlar. Xonlik hayotida shayxulislom (oxun) va
mufti salmoqli o‘rin egallagan.
Xonlikning qo‘shini asosan otliqlardan iborat bo‘lib, unga lashkarboshi
qo‘mondonlik qilgan. Xiva xonligida otliq qo‘shin bilan bir qatorda piyoda qo‘shini
ham bor edi, lekin otliq qo‘shinlar piyoda qo‘shinlarga qaraganda 8-9 baravar ko‘p
edi. Xiva xonligida 13 mingdan ko‘proq otliq navkarlari bor edi. Navkarlarga qilgan
xizmatlari evaziga suvli yerlar berilib, ular soliqlardan ozod qilinar edilar.
Askarlar tinchlik paytlarida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan
shug‘ullanganlar. Bunday askarlikka yozilgan kishilar soni XIX asrning 30-yillarida
40 ming kishiga borgan. Askarlik xizmatidagilar soliqlardan va jamoa ishlaridan
ozod etilib, har bir kishi yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga olgan. Xonning
xohishiga ko‘ra o‘zini ko‘rsatgan harbiy lavozimdagilar 10, 20, 50,100 va undan
ko‘proq miqdorda oltin tanga olishgan. Biylarga 50 tangadan 100 tangagacha,
yuzboshilarga 10 tangadan 20 tangagacha maosh tayinlangan.
Xon saroyida yaxshi qurollangan 1000 kishi xizmat qilgan. Qo‘shinning
asosiy qismi qilich, o‘q-yoy va nayza bilan qurollangan. Oz miqdorda pilta miltiq va
to‘plar bor edi. Unda o‘zbeklar bilan bir qatorda turkmanlar, qozoqlar va
qoraqalpoqlar xizmat qilganlar. Xiva xonligining qo‘shini harbiy texnika jihatdan
ancha orqada edi.
Xonlikda madrasalar qurishga katta e’tibor qaratilgan. 14 madrasa bunyod
etilgan. Mingdan ortiq masjidlar din va xalq xizmatida edi. Maktablarda ham hayot
qaynagan. Madrasalarning ko‘pligi savodxonlikning ancha yuqori darajada
bo‘lganligidan darak beradi. Xonlikda san’at sohasida ham olg‘a siljishlar yuz
berganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu davrda Xiva xonligi uzoq va mashaqqatli
yo‘lni bosib, siyosiy tomondan ko‘proq o‘zaro chiqishmovchiliklar va qonli urushlar
girdobida hayot kechirdi. XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida xonlikda
birmuncha qulay sharoit yuzaga kelgan bo‘lsada, lekin fan va madaniyatning
izchillik bilan rivojlanishiga o‘zaro yo‘l urushlar yo‘l bermadi.
Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi va qo‘shin. Qo‘qon xonligidagi
hokimiyatni boshqaruv tartiblari Buxoro va Xiva xonliklaridan deyarli farq
qilmagan. Bu yerda ham xon cheklanmagan huquqga ega bo‘lib, o‘zining xohish-
irodasiga ko‘ra ish yuritgan. Qo‘shinda mingboshi, beshyuzboshi, yuzboshi va
o‘nboshi lavozimlari bo‘lgan. Uning muayyan qismi muntazam xizmatni o‘tab,
ko‘pchiligi tinchlik paytida dehqonchilik, hunarmandchilik va boshqa ishlar bilan
shug‘ullangan. Harbiy xizmatni o‘tovchilarga bir ot va egar-jabduq berilgan.
Yuzboshi bir yilga – 147 so‘m, ellikboshiga – 98 so‘m, o‘nboshiga – 65 so‘m, oddiy
sarbozga – 48 so‘m haq to‘langan. Viloyatlardagi qo‘shin hokim tomonidan
ta’minlangan, poytaxtdagisi hukumat zimmasida bo‘lgan. Qo‘shin qilich, nayza,
piltali miltiq va to‘plar bilan qurollangan bo‘lib, harbiy mahorat ancha pastlashib
ketgan edi. Ichki o‘zaro to‘qnashuvlar, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan urushlar
qo‘shinning tinkasini quritgandi.
XIX asr davomida qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. 1822-yili Mirza
Qalandar Isfaragiy tomonidan «Shohnoma» asari nihoyasiga yetkazildi. Bu
manbada xonlikning tarixiga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Xonlikda maktab-madrasalarda savod chiqarish bilan birga diniy va qisman
dunyoviy fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Ularda ta’lim va tarbiya olgan
kishilar orasidan mashhur shoirlar, olimlar yetishib chiqqan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va uchta xonlikda yuzaga kelgan salbiy
o‘zgarishlar ular o‘rtasidagi aloqalarning uzilishi, o‘zaro nizolar, tashqi kuchlarning
ta’siri va ichki ziddiyatlar bilan bog‘lik bo‘lgan. XIX asr boshida yuz bergan ma’lum
iqtisodiy jonlanish Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Misr va Rossiya bilan o‘rnatilgan
iqtisodiy aloqalarga borib taqaladi. Xonliklarda tashqi mamlakatlar bilan iqtisodiy
va diplomatik aloqalarni rivojlantirish bilan birga adabiyot, san’at, tarih va boshqa
muhim ijtimoiy fanlar, me’morchilik va hunarmandchilik sohalari ravnaqiga katta
e’tibor berilgan.
Xonliklarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga asketizm (yunoncha
askesis - his-tuyg‘ular ta’siri va dunyoviy hayot tarzidan voz kechish da’vatiga
tayangan diniy tamoyil) diniy aqidalariga asoslangan musulmon dini katta ta’sir
ko‘rsatib kelgan. Xonliklarda ta’lim tizimi faqat diniy o‘quv muassasalaridan iborat
bo‘lgan. Ta’lim muassasalarining asosiy turlariga boshlang‘ich ma’lumot beradigan
maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar kirgan edi.
Madrasalarda talabalar diniy falsafa, arab tilining grammatikasi, musulmon
huquqlari, mantiq ilmlarini o‘rganishgan. Maktab va madrasalarda jismoniy tarbiya
darslari bo‘lmagan. Jismoniy mashq bajarish, hatto serharakat o‘yinlar o‘ynash ham
ruhsat etilmagan.
Shunga qaramasdan, xalq o‘zlarining milliy o‘yinlarini tashkil qilishni
davom ettirdi. Kurash, poyga, uloq, darbozlik, akrobatika, harakatli o‘yinlar keng
tarqaldi. Navro‘z, hosil bayrami va boshqa udumlarga bag‘ishlangan xalq sayllari
hamda katta to‘ylarda polvonlarning bellashuvi, mohir chavandozlarning
chaqqonligi, darboz o‘yinlari, arqon tortishish, tosh ko‘tarish kabi o‘yin va
namoyishlari hammani hayratga solar va juda qiziqarli bo‘lgan.
Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimizdan meros qolgan juda
ko‘p boy manbalar mavjud. Bunday tugamas boyliklar orasida jismoniy madaniyat
alohida ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat insonlarni bolalikdan sog‘lom
qilib o‘stirish, ularning jismoniy va madaniy kamolotini ravnaq toptirishi, sog‘lom
turmush
kechirish,
mehnat
qobiliyatini
oshirish,
uzoq
umr
ko‘rishga
ko‘maklashuvchi muayyan faoliyatdir. Bunda ajdodlarimizning ov qurollarini
yasash, tog‘, daryo, cho‘llarda vahshiy hayvonlarni tutish uchun kuch-quvvat,
epchillik, merganlikni o‘rganganlar. Bunda otda turib kamondan o‘q otish, nayza
sanchish, kurashish, piyoda yugurish, to‘siqlardan o‘tish, an’anaviy urf-odatlar,
ommaviy sayllarda harakatli o‘yinlarni tashkil qilish kabi murakkab mashqlarni
bajaiganlar. Turli janglarda bu qurollardan mohirona foydalanganlar.
Xalq o‘z udumlari va an’analarida kurash, ot o‘yinlari, qilichbozlik, darboz,
poyga va turli harakatli o‘yinlardan foydalanganlar. Bu tadbirlar yoshlarni kuchli
bo‘lishi, Vatanni sevish, kasbni egallash va uddaburonlikka chorlagan.
Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya doimo an’anaviy hususiyatlarga ega
bo‘lgan. Jismoniy mashqlar empirik tarzda (yunoncha empeiria - tajriba yo‘li bilan)
vujudga kelgan va ilmga asoslanmagan bo‘lsa ham, hamisha chuqur halq
an’analarini o‘zida saqlab kelgan. Jumladan, milliy jismoniy madaniyat asosini
ifodalovchi jismoniy tarbiyaning milliy shakllari, vositalari va uslublari
shakllantirilib borilgan.
Markaziy Osiyoda asosan kurash turlari va chavandozlik sport sifatida
shakllangan bo‘lib, musobaqalar halq bayramlari, milliy sayillar va turli tantanalarda
tashkil qilingan. Askarlar harbiy-jismoniy tayyorgarligi milliy jismoniy tarbiya
shakllari yordamida amalga oshirilgan va mamlakatni jasurona himoya qilish yo‘lida
ko‘p asrlar davomida to‘plangan tajribalar umumlashtirilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand va Farg‘onada hukm
surgan Turkiston general-gubernatorlik hududida jismoniy madaniyat rus
madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va dastavval mahalliy milliy madaniyat
bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan. Shu yillar davomida Turkistonda zamonaviy sport
turlari joriy etilmay kelgan va mahalliy millatga mansub aholi tarkibidan etakchi
sportchilar etishib chiqmagan. Turkiston general-gubernatori mahalliy millat
vakillarining sport jamiyatini tuzishga qat’iy qarshilik qilgan.
XIX asr oxiri – XX asrning dastlabki yillari O‘zbekistonda zamonaviy sport
turlari kirib kelgan va keng tarqalgan. Bunda rus madaniyati bilan o‘rnatilgan
aloqalar jismoniy madaniyat va sport tizimida ham kuzatiladi.
Turkiston o‘lkasi - O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va zamonaviy sport
tizimining shakllanishi va rivoshlanish tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga
ajratish mumkin:
1860–1890 yillar – ruslarning dastlab ilmiy ekspeditsiyalar tarkibida,
keyin esa rus armiyasi bosqini oqibatida Turkistonga kelishi.
1890–1920 yillar – rus aholisini Turkistonga ommaviy ko‘chib kelishi
va ular tarkibida mavjud bo‘lgan ko‘plab ziyolilar va pedagoglarning mahalliy aholi
o‘rtasida rus madaniyatini shakllantirishlari.
1920–1950 yillar – O‘zbekistonda sobiq ittifoq jismoniy tarbiyasi
tizimiga asoslangan jismoniy madaniyat va sportni shakllanishi hamda rivojlanishi.
XIX asr oxiri – XX asrning dastlabki yillarida O‘rta Osiyo hududlarida sport
turlarining rivojlanishiga real imkoniyatlar paydo bo‘lgan. Rus xalqini Turkiston
o‘lkasiga ommaviy ko‘chib o‘tishi, birinchidan zamonaviy sport turlarini
rivojlantirishga imkon yaratgan bo‘lsa, ikkinchidan mahalliy aholini jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga turtki bergan.
Turkistonda ishlagan ko‘plab pedagog ziyolilar, ayniqsa ularning o‘lkada
muqim qolib faoliyat ko‘rsatgan qismi avvalo Turkistonning yirik shaharlarida
yashagan evropalik aholi, keyin mahalliy aholi jismoniy madaniyatini shakllanishiga
hissa qo‘shganlar. Bu davrda Turkiston o‘lkasi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotida ham
sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: birinchidan, O‘rta Osiyoga kapitalizmning kirib
kelishi, turli banklar tarmoqlarini tashkil etilishi, zavod va fabrikalar, temir yo‘llarni
qurilishi, ikkinchidan - mahalliy ziyolilarning etishib chiqishi va milliy progressiv
harakatning faollashishi o‘lka aholisi bilimi va madaniyatini yanada o‘sishiga sabab
bo‘ldi. Aynan shu davrda o‘zbek halqi hayoti va turmushida madaniyat sohasiga doir
yangiliklar tashviqiy-targ‘ibiy nashr vositalari, jurnallar va kitoblar orqali aholi
ongiga singdirila boshladi. O‘lkada ko‘plab sanoat va qishloq ho‘jalik
ko‘rgazmalarining o‘tkazilishi nafaqat iqtisodiy aloqalarning o‘rnatilishiga, balki
barcha halqlar madaniyatini o‘zaro yaqinlashishiga asos bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida rus o‘quv yurtlari tizimi
yaratildi. 1875 yilda Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va boshqa shaharlarda
gimnaziyalar tashkil etildi, lekin ularda mahalliy millat vakillarining foizi juda kam
edi. Bu o‘quv yurtlarining dasturida jismoniy tarbiya darslari umuman nazardan
chetda kolgan edi. Hukumat halq ma’rifati to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmas edi.
Masalan, 1914 - 1915 yillarda Turkiston halq ta’limiga o‘lka byudjetining 2,3%,
harbiy politsiya apparatini ta’minlash uchun esa 86,7% ajratilgan. 1914 yilda
Turkiston o‘lkasida 160 ta maktab bo‘lib, ularda 17 ming bola ta’lim olgan.
Turkiston o‘lkasidagi maktablarda jismoniy tarbiya muvaqqat bo‘lib, hech qanday
tizimga asos solinmagan, chunki jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ishlab chiqilgan
maxsus dasturlar bo‘lmagan.
1890 y. Turkiston o‘lkasining harbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika,
qilichbozlik, otish va turli o‘yin mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlangan. Bu davrda
Turkiston o‘lkasidagi ayrim o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya joriy qilishga birinchi
marta urinib ko‘rilgan. Biroq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilmas
edi, chunki o‘qituvchilar, binolar va jihozlar etishmas edi.
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda milliy ziyolilarning
ma’rifatparvar jadidchilik harakati (arabcha jadid – yangi) vujudga kelib, ular
tomonidan yangi maqomga hos maktablar tashkil qilingan. Jadidchilar dasturi ta’lim
tizimini islohot qilishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan
edi: yoshlarga amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni berish; ta’lim sohasida,
musulmon maktablaridan farqli o‘laroq, o‘qitishning yangi zamonaviy shakllarini
qo‘llash. Yangi usul maktablarida o‘rta asr individual o‘qitishdan sinflardagi dars
tizimiga o‘tilgan. Sinflarda geografik haritalar, globuslar va boshqa ko‘gazmali
qurollar paydo bo‘lgan, darslar orasida tanaffuslar kiritilgan, o‘quvchilarni urib
jazolash bekor qilingan.
Shunga o‘hshash barcha o‘zgarishlar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Biroq
bu maktablarda ham jismoniy tarbiya darslari muntazam o‘tkazilmagan, faqatgina
tanaffuslarda o‘qituvchilar rahbarligida harakatli o‘yinlar tashkil qilingan.
Abdulla Avloniy (1878-1934). Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi Abdulla
Avloniy Toshkent shahrida, mayda hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan.
XX asr boshlarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida va pedagogik
fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin egalladi, butun faoliyati davrida
u o‘z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini
shakllantirishga alohida e’tibor bergan.
A. Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun 4 qismdan iborat «Adabiyot
yohud milliy she’rlar» hamda «Birinchi muallim», «Turkiy guliston yohud axloq»,
«Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni» kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratdi.
«Turkiy guliston yohud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda
insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida
fikr yuritiladi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi 4 bo‘limga
ajratdi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4.
«Axloq tarbiyasi». «Tarbiyaning zamoni» bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish
zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning
kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo
mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» deb uqtiradi.
Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb
hisoblaydi Avloniy.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar
davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik
tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda
tushuntiradi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda
bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi. Avloniyning
fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni
tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli
narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga
kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
A. Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-
onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning
faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.
Abdurauf Fitrat (1886-1934). Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat Buxoro
shahrida tug‘ilgan. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z tug‘ma
tabiat, tug‘ma iste’dod degan ma’noni anglatadi.
XX asr boshida butun Sharqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr
taraqqiyotida jiddiy uyg‘onish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Amir
istedodining og‘irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qildi.
Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib bordi. A. Fitrat mana shu
harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarining boshlarida
yangi usuldagi maktablar ochib ularda boy hamda kambag‘allarning bolalarini
o‘qitdilar.
Abdurauf Fitrat 1909-yili «Jamiyati hayriya»ning ko‘magida Turkiyaga
o‘qishga ketadi. 1913-yil 4 yillik o‘qishdan so‘ng Fitrat Turkiyadan Buxoroga qaytib
keladi. U Turkiyadan ilg‘or qarashlar bilan qaytgan edi.
Fitrat 1916-yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Fitrat 1922-23-yillarda
Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar yuborish, u
yerdagi ilg‘or Yevropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini o‘rganish, yangi
Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi
mahalliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori va tanlovchilaridan biri bo‘ldi. Leningrad
Davlat Dorilfununi 1924-yili Fitratga o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotlari
namoyondalari to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini beradi.
A. Fitratning «Rahbari najot» asari ham to‘la ravishda ta’lim-tarbiya
masalalariga bag‘ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi,
axloq-odob mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu masalalar hozirgi davrda ham
katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari
zarurligini, bunda ayniqsa, 3 tarbiyaga: 1. Jismoniy tarbiya – salomatlik, 2. Aqliy
tarbiya – sog‘lom fikrlilik, 3. Axloqiy tarbiya – axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka
e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan.
Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo‘lib
tarbiyalanishiga alohida ahamiyat bergan. U bolani tug‘ilmasdan burun, ona
qornidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy muddatda farzand ona
qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan. Keyinroq bola tug‘ilgandan keyin Fitrat
bolalarning toza havoda bo‘lishlari, atrof, tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq ola
bilishlariga ham ahamiyat beradi.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar katta o‘rin
tutishini ham aytib o‘tadi. Ota-onalarga o‘z bolalarining shunday o‘yinlar bilan
mashg‘ul bo‘lishlarini ta’minlashlarini maslahat beradi. U bu o‘yinlar orqali bolaga
hayotni o‘rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi bolani
jismonan chiniqtirish, deb biladi. Fitrat yana bolalarning sog‘lom, jismonan yetuk
bo‘lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib, bolalarga
shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o‘rgatishni alohida ta’kidlab o‘tadi.
Abdurauf Fitrat bunday ta’lim va tarbiyani, bolalarga yaxshi sharoitlar
yaratib, ularning salomatliklari va yashashlari uchun g‘amxo‘rlikni faqat jadid
maktablari berayotganini, lekin hukmron doiralar bu maktablarga qarshi chiqish
bilan birga ular olib borayotgan ilg‘or ta’lim-tarbiya usullariga ham qarshi
chiqayotganini, bu maktablarni kofir maktabi deb, ularni faoliyat ko‘rsatishga
qo‘ymayotgannini ko‘rsatib o‘tadi. Shu bilan birga, eski maktablarda buning aksi
bo‘lib, bolalarning salomatliklari, ularning jismonan chiniqishlari uchun hech
qanday sharoitlar yaratilmaganligini gapirib o‘tadi.
Mustaqillik, demokratiya, ozodlik goyalari Fitratning butun faoliyati va
barcha asarlari va maqolalarida bosh maqsad bo‘lib qolganligi bilan hozirgi
yoshlarimizga, ularning mustaqil O‘zbekistonning rivojlantirishlarida ibrat-
namunadir.
Jismoniy madaniyat va sport tarihi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida hududda zamonaviy sportning
kirib kelishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar paydo bo‘lgan.
Turkiston o‘lkasi shaharlarida ziyolilar tashabbusi bilan sport klublari va
jamiyatlari tashkil qilingan. Sport seksiyalarida shug‘ullanuvchilarning asosiy
tarkibi harbiy ofitserlar, hizmatchi hodimlar va ziyolilardan iborat edi. Turkiston
ziyolilari chet elda dunyoviy ta’lim olgan davrning eng ilg‘or ma’rifatli kishilari edi.
Ular horijiy davlatlar tajribasi bilan tanishuv hamda ma’rifiy faoliyat natijasida
barkamol rivojlanishda inson uchun jismoniy tarbiyaning muhim o‘rin egallashini
anglab etganlar.
Bu davrda mahalliy aholi uchun yangi bo‘lgan evropa madaniyatining asta-
sekin kirib kelishi va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri Turkiston o‘lkasining turli
hududlarida sportni etarli darajada jadal rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Jumladan,
velosportga qiziqish 1894 y. “Toshkent havaskor velosipedchilar jamiyati”ning
(THVJ) tuzilishiga olib kelgan. Jamiyat o‘zining nizomini va badallarni to‘lash
tartibini ishlab chiqqan.
1894 yil 18 sentyabrda shahar hiyobonidagi vaqtinchalik velotrekda
velosport bo‘yicha birinchi musobaqa o‘tkazilgan. 1895 yil Samarqandda
velosipedchilar to‘garagi va musobaqalar tashkil etilgan. Ularning birinchi
musobaqasi 1895 yil 4 iyulda harbiy bo‘lim maydonida o‘tkazilgan.
Tomoshabinlarning pullik joylaridan yig‘ilgan mablag‘ Samarqand bolalar uyiga
o‘tkazilgan.
1896 yil 16 aprelda THVJ majlisida Toshkentda velotrek qurish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingan. Velotrek iyul oyida qurib bitirilgan va shu yilning 4 avgustida