Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya

Yuklangan vaqt

2024-06-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

22

Faytl hajmi

172,3 KB


 
 
 
 
Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya 
 
Reja 
 
1. Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya. 
2. Yaqin Sharq va Osiyo davlatlaridagi buyuk allomalarning jismoniy tarbiya 
haqida qarashlari. 
3. O‘rta asrlar  davrida markaziy osiyoda jismoniy tarbiya. 
4. Qadimgi davrda Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiyaga oid arxeologik 
topilmalar va yozma manbalar.  
5. “Avesto”- qadimgi yozma ma’naviy va ma’rifiy manba sifatida. Qadimgi 
Markaziy Osiyo xalqlarining ta’lim-tarbiya tizimi va turmush tarzida jismoniy 
tarbiyaning ahamiyati.  
6. Qadimgi ajdodlarimiz jismoniy tarbiyasining xususiyatlari.  
7. Qadimgi O‘zbekiston xalqlarining o‘yinlari va jismoniy mashqlarining 
umumiy tavsifi. 
 
Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya. 
 
Markaziy Osiyoda o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (IX – XVI asrlar). 
Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi 
fikrlari. Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida jismoniy tarbiya to‘g‘risida. 
Amir Temurning harbiy-jismoniy ta’limoti. O‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyo 
xalqlarining jismoniy mashqlari va milliy o‘yinlari. 
O‘zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga 
murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. 
Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi 
ham bo‘lmaydi», - deb yangi tariximizga yo‘l ochib berdilar.  
Markaziy Osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya Reja 1. Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya. 2. Yaqin Sharq va Osiyo davlatlaridagi buyuk allomalarning jismoniy tarbiya haqida qarashlari. 3. O‘rta asrlar davrida markaziy osiyoda jismoniy tarbiya. 4. Qadimgi davrda Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiyaga oid arxeologik topilmalar va yozma manbalar. 5. “Avesto”- qadimgi yozma ma’naviy va ma’rifiy manba sifatida. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ta’lim-tarbiya tizimi va turmush tarzida jismoniy tarbiyaning ahamiyati. 6. Qadimgi ajdodlarimiz jismoniy tarbiyasining xususiyatlari. 7. Qadimgi O‘zbekiston xalqlarining o‘yinlari va jismoniy mashqlarining umumiy tavsifi. Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya. Markaziy Osiyoda o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (IX – XVI asrlar). Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari. Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida jismoniy tarbiya to‘g‘risida. Amir Temurning harbiy-jismoniy ta’limoti. O‘rta asrlar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining jismoniy mashqlari va milliy o‘yinlari. O‘zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», - deb yangi tariximizga yo‘l ochib berdilar.
 
 
Markaziy Osiyo xalqlari dunyoning eng qadimiy tarixga ega bo‘lgan xalqlari 
qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz yuksak va o‘ziga 
xos madaniyatni vujudga keltirgan. 
O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi turli manbalarda o‘z ifodasini topgan. 
Ularning mazmuni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy 
madaniyat bilan bog‘liqdir. Qadimgi ajdodlar taraqqiyot jarayonlari ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘lanib kelgan. Shunga asosan 
ajdodlarimizning jismoniy madaniyatini va uning rivojlanish tarixini turli ijtimoiy 
tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar, urf-odatlar, an’analar bilan 
birgalikda o‘rganish lozim.  
Qadimgi ajdodlarimizning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyatini 
o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanish mumkin:  
 arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dadillar, 
 xalq og‘zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklaridan 
olingan ma’lumotlar, 
 buyuk mutafakkirlar, allomalarning ijodiy merosi, qo‘lyozmalari, 
 qadimgi yozma manbalar, tarixiy kitoblar. 
Tarixiy manbalarga qaraganda bundan 150-140 ming yil avval o‘rta 
paleolitda Muz davri bo‘lgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. 
Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlarni va baliq ovlash keng 
tarqalgan. O‘t chiqarish vositalarini ixtiro qilib, yashash uchun gor, yer to‘la, chayla, 
boshqa boshpanalardan foydalanishgan. Bu jarayonlar esa barchaning jismonan 
baquvvat; epchil, kuchli, chaqqon bo‘lishini talab etgan.   
Ilmiy tadqiqotlarning guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), 
Afrosiyob (Samarqand), Xo‘jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg‘ona 
vodiysida So‘x daryosi bo‘yidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan 
yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar o‘rganilgan. Tadqiqotlarning natijalariga 
qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan 
hayvonlarni ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o‘ljani qo‘lga 
kiritish uchun turli murakkab harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelgan. Bolalarni ham 
Markaziy Osiyo xalqlari dunyoning eng qadimiy tarixga ega bo‘lgan xalqlari qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirgan. O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi turli manbalarda o‘z ifodasini topgan. Ularning mazmuni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyat bilan bog‘liqdir. Qadimgi ajdodlar taraqqiyot jarayonlari ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘lanib kelgan. Shunga asosan ajdodlarimizning jismoniy madaniyatini va uning rivojlanish tarixini turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar, urf-odatlar, an’analar bilan birgalikda o‘rganish lozim. Qadimgi ajdodlarimizning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyatini o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanish mumkin:  arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dadillar,  xalq og‘zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklaridan olingan ma’lumotlar,  buyuk mutafakkirlar, allomalarning ijodiy merosi, qo‘lyozmalari,  qadimgi yozma manbalar, tarixiy kitoblar. Tarixiy manbalarga qaraganda bundan 150-140 ming yil avval o‘rta paleolitda Muz davri bo‘lgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlarni va baliq ovlash keng tarqalgan. O‘t chiqarish vositalarini ixtiro qilib, yashash uchun gor, yer to‘la, chayla, boshqa boshpanalardan foydalanishgan. Bu jarayonlar esa barchaning jismonan baquvvat; epchil, kuchli, chaqqon bo‘lishini talab etgan. Ilmiy tadqiqotlarning guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), Afrosiyob (Samarqand), Xo‘jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg‘ona vodiysida So‘x daryosi bo‘yidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar o‘rganilgan. Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan hayvonlarni ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o‘ljani qo‘lga kiritish uchun turli murakkab harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelgan. Bolalarni ham
 
 
bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyasining ayrim 
namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kelgan.      
Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12 ming 
yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o‘zgarib 
turuvchi bo‘lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, 
yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo‘lgan. Hayvonlarni ovlashga 
ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash manbalariga aylangan.  
Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko‘llarda baliq 
ovi bilan shug‘ullanish, ularning o‘troq holda yashashiga sabab bo‘lgan. Markaziy 
Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy 
Farg‘onaning neolit yodgorliklari - Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, 
Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga 
o‘tilishi bilan islilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida 
o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Bu davrga kelib, mehnat qurollari ancha 
takomillashgan, suyak va shoxdan yasalgan buyumlar; igna, bigiz, qarmoq, kamon 
o‘qi va har xil bezaklar yasagan, tosh va suyaklarni parmalaganlar. Toshlarga, sopol 
idishlarga odamlar, hayvonlarni rasmini chizganlar. 
So‘nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi 
bo‘lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib ovlash 
keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo‘ljalga olib, uzoqqa uloqtirish kabi 
mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib yetish yetarli darajada chaqqonlik va 
chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, 
ularni o‘rgatuvchilar, tarbiyachilar bo‘lgan. Shu sababdan, oilalarda bolalarni 
maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada 
bolalarni tarbiyalashda tabiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda 
suzish va h.k.) va turli harakatli o‘yinlar eng asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat 
qilgan.  
Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan holda, 
ularni guruhlarga ajratib, o‘ynlar va jismoniy mashqlarga o‘rgatish vujudga kelgan. 
Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o‘yinlarni o‘rgatish boshlangan. O‘rta 
bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyasining ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kelgan. Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12 ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o‘zgarib turuvchi bo‘lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo‘lgan. Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash manbalariga aylangan. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko‘llarda baliq ovi bilan shug‘ullanish, ularning o‘troq holda yashashiga sabab bo‘lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Farg‘onaning neolit yodgorliklari - Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o‘tilishi bilan islilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Bu davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan yasalgan buyumlar; igna, bigiz, qarmoq, kamon o‘qi va har xil bezaklar yasagan, tosh va suyaklarni parmalaganlar. Toshlarga, sopol idishlarga odamlar, hayvonlarni rasmini chizganlar. So‘nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi bo‘lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo‘ljalga olib, uzoqqa uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib yetish yetarli darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, ularni o‘rgatuvchilar, tarbiyachilar bo‘lgan. Shu sababdan, oilalarda bolalarni maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalarni tarbiyalashda tabiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o‘yinlar eng asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan holda, ularni guruhlarga ajratib, o‘ynlar va jismoniy mashqlarga o‘rgatish vujudga kelgan. Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o‘yinlarni o‘rgatish boshlangan. O‘rta
 
 
yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan 
o‘yinlar, to‘siqli yugurishlar qo‘llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, 
kuch sinashish, kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish, 
suvda tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o‘yinlar, mashqlar o‘rgatilgan.  
Eng qadimgi davrda yashagan ajdodlarimizning dastlabki urf-odatlari, 
an’anaviy marosimlari, ommaviy tadbirlari, kundalik turmush tarzi qadimgi 
afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklarida o‘z aksini topgan. Bu rivoyatlar, afsonalar 
massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib 
taqaladi. «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz», «Manas», «To‘maris» 
kabi tarixiy manbalarda qadimgi davrda jismoniy tarbiya vositalarining - turli 
o‘yinlar, otda yurish, kurash, kamondan o‘q otish va boshqa mashqlarning 
qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar bor.  
Hozirgi 
Markaziy 
Osiyo 
hududlarida 
yashagan 
eng 
qadimgi 
ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida ma’lumotlarga oid daliliy 
ashyolar ko‘p uchraydi. Ularning eng muhimlari Toshkent, Samarqand, Termiz va 
boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san’at muzeylarida saqlanmoqda. 
Toshlarga chizilgan rasmlarda kishilarning ov qilishdagi shakl va harakatlari, ov 
qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ularning tarixi ham bir necha o‘n ming yillik 
davrlarni o‘z ichiga oladi.  
Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar, o‘yinlar ko‘p 
qo‘llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mehnat va tarbiya jarayonida keng qo‘llanilgan. 
Tarixiy manbalarga qaraganda mamlakatimizda yashab, hayot kechirgan ilk 
ajdodlarimiz bundan 40 ming yillar avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. Ular haqidagi 
ma’lumotlar Surxondaryoning Dalvarzin tepa, Teshiktosh, Afrosiyob, Toshkent 
viloyatining Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o‘tkazilgan arxeologik topilmalar 
guvohlik beradi. 
Qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avesto», «Alpomish», 
«Shohnoma» va boshqa manbalarda madaniyat markazlar sifatida Sug‘diyona, 
Xorazm, Parkana, Baqtriya podsholigining katta qismi aynan, respublikamiz 
mintaqalariga to‘g‘ri keladi.     
yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, to‘siqli yugurishlar qo‘llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish, kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o‘yinlar, mashqlar o‘rgatilgan. Eng qadimgi davrda yashagan ajdodlarimizning dastlabki urf-odatlari, an’anaviy marosimlari, ommaviy tadbirlari, kundalik turmush tarzi qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklarida o‘z aksini topgan. Bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi. «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz», «Manas», «To‘maris» kabi tarixiy manbalarda qadimgi davrda jismoniy tarbiya vositalarining - turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, kamondan o‘q otish va boshqa mashqlarning qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida ma’lumotlarga oid daliliy ashyolar ko‘p uchraydi. Ularning eng muhimlari Toshkent, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san’at muzeylarida saqlanmoqda. Toshlarga chizilgan rasmlarda kishilarning ov qilishdagi shakl va harakatlari, ov qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ularning tarixi ham bir necha o‘n ming yillik davrlarni o‘z ichiga oladi. Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar, o‘yinlar ko‘p qo‘llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mehnat va tarbiya jarayonida keng qo‘llanilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda mamlakatimizda yashab, hayot kechirgan ilk ajdodlarimiz bundan 40 ming yillar avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. Ular haqidagi ma’lumotlar Surxondaryoning Dalvarzin tepa, Teshiktosh, Afrosiyob, Toshkent viloyatining Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o‘tkazilgan arxeologik topilmalar guvohlik beradi. Qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avesto», «Alpomish», «Shohnoma» va boshqa manbalarda madaniyat markazlar sifatida Sug‘diyona, Xorazm, Parkana, Baqtriya podsholigining katta qismi aynan, respublikamiz mintaqalariga to‘g‘ri keladi.
 
 
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Baqtriya, 
Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya kabi yirik quldorlik davlatlari paydo 
bo‘lgan.  Ular Rim va Gresiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos ravishda 
anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab chiqarish yuqori 
darajada bo‘lmaganligi uchun asosan dehqonchilik, chorvachilik va mayda 
hunarmandchilik asosida qullar majburiy ishlatilgan. 
 
Yaqin Sharq va Osiyo davlatlaridagi buyuk allomalarning jismoniy 
tarbiya haqida qarashlari  
 
Miloddan avvalgi 481 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi 
Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning jismoniy 
tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan.  Saklar, massagetlar va 
forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlik bo‘lgan. Saklar dunyodagi barcha 
merganlar orasida o‘qni zoye ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat 
qozongan edilar, – deb yozgan Gerodot. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘illarga ega 
bo‘lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili 
sovg‘a-salomlar yuborgan, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il 
bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, 
to‘g‘rilikka o‘rgatishgan. Bolani 5 yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, ayollar 
tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun 
shunday qilganlar. O‘g‘il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-
onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish 
mumkin, deb hisoblaganlar.  
Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik 
hisoblangan, deydi. Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. 
Ular daryo suvini muqaddas sanaganlar. Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko‘rinib 
turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlariga jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy 
himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar.  
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya kabi yirik quldorlik davlatlari paydo bo‘lgan. Ular Rim va Gresiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos ravishda anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab chiqarish yuqori darajada bo‘lmaganligi uchun asosan dehqonchilik, chorvachilik va mayda hunarmandchilik asosida qullar majburiy ishlatilgan. Yaqin Sharq va Osiyo davlatlaridagi buyuk allomalarning jismoniy tarbiya haqida qarashlari Miloddan avvalgi 481 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning jismoniy tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Saklar, massagetlar va forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlik bo‘lgan. Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o‘qni zoye ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edilar, – deb yozgan Gerodot. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, to‘g‘rilikka o‘rgatishgan. Bolani 5 yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar. O‘g‘il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota- onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar. Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. Ular daryo suvini muqaddas sanaganlar. Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlariga jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar.
 
 
Xitoy tarixchisi Syuan Tzyan esa Samarqand aholisining ahloqiy va hulq-
odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu 
ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va 
maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy 
mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga 
tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot bergan.   
Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni xalq og‘zaki ijodi 
namunalari – afsonalar, qahramonlik dostonlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralardan 
ham olish mumkin. Xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya 
tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq rivoyatlar 
buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahramonliklari ulug‘langan. 
Dostonlarda xotin-qizlarning aql-idroki, jasorati, erkaklar bilan teng sharoitda 
faoliyat ko‘satganliklari ifodalangan.  
Sak va xorazmiylarning ayollari harbiy yurishlar va janglarda qatnashgan, 
matonatda erkak jangchilardan qolishmagan. Buni miloddan avvalgi II asrda Rim 
manbalarida quyidagicha tasvirlangan: “Sak ayollari, xuddi qochib ketayotgandek, 
ayyorlik bilan ot ustida erkaklardek orqaga burilib o‘q uzar edilar”.  
Yunon tarixchisi Diodor ham miloddan avvalgi I asrda saklar haqida: “Bu 
qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan baham 
ko‘radilar”, deb yozib qoldirgan. 
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning o‘ng qirg‘oidagi yerlar Turon, 
chap qirg‘oidagi yerlar esa Eron, deb yuritilgan. Miloddan oldin ahamoniylar saklar 
va massagetlarning yerlariga hujum qilib turgan. Eron shohi Kir sak va 
massagetlarga qarshi urushib 529 yilda mag‘lubiyatga uchragan. Gerodotning 
«Tarix» kitobida massagetlar malikasi To‘marisning Eron shohi Kir bilan olib 
borgan jang voqealari tasvirlangan. Jangda To‘maris g‘olib chiqib, Kirning boshini 
olib, qon bilan to‘ldirilgan meshga solib: «Sen umr bo‘yi qonga to‘ymading. O‘z 
ontim bo‘yicha seni qon bilan sug‘ordim», deydi. O‘sha davrlarda To‘maris kabi 
ayollardan sarkardalar chiqqan va janglarda har tomonlama kuch ko‘rsatgan.  
Xitoy tarixchisi Syuan Tzyan esa Samarqand aholisining ahloqiy va hulq- odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot bergan. Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni xalq og‘zaki ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik dostonlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralardan ham olish mumkin. Xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq rivoyatlar buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahramonliklari ulug‘langan. Dostonlarda xotin-qizlarning aql-idroki, jasorati, erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘satganliklari ifodalangan. Sak va xorazmiylarning ayollari harbiy yurishlar va janglarda qatnashgan, matonatda erkak jangchilardan qolishmagan. Buni miloddan avvalgi II asrda Rim manbalarida quyidagicha tasvirlangan: “Sak ayollari, xuddi qochib ketayotgandek, ayyorlik bilan ot ustida erkaklardek orqaga burilib o‘q uzar edilar”. Yunon tarixchisi Diodor ham miloddan avvalgi I asrda saklar haqida: “Bu qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan baham ko‘radilar”, deb yozib qoldirgan. Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning o‘ng qirg‘oidagi yerlar Turon, chap qirg‘oidagi yerlar esa Eron, deb yuritilgan. Miloddan oldin ahamoniylar saklar va massagetlarning yerlariga hujum qilib turgan. Eron shohi Kir sak va massagetlarga qarshi urushib 529 yilda mag‘lubiyatga uchragan. Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar malikasi To‘marisning Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqealari tasvirlangan. Jangda To‘maris g‘olib chiqib, Kirning boshini olib, qon bilan to‘ldirilgan meshga solib: «Sen umr bo‘yi qonga to‘ymading. O‘z ontim bo‘yicha seni qon bilan sug‘ordim», deydi. O‘sha davrlarda To‘maris kabi ayollardan sarkardalar chiqqan va janglarda har tomonlama kuch ko‘rsatgan.
 
 
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning bosqinchilik 
yurishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bu asarda saklar qahramoni Shiroqning 
vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko‘rsatilgan.  
Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi “Avesto” hisoblanadi.  
Zardushtiylik ta’limotida ta’lim-tarbiya quyidagi bo‘limlar:  
1) ma’naviy va diniy tarbiya;  
2) jismoniy va mehnat tarbiyasi;  
3) aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo‘lgan.  
“Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod o‘rgata boshlaydilar; o‘qishni 
o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar qadimda 
bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar 
maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga 
o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida 
ma’lumot beradi. Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Du yoshda 
ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o‘rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy 
qoidalariga binoan insonning o‘z burchini his etishining eng birinchi belgisi 
ma’naviy poklik hisoblangan.  
“Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu 
amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda 
qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z-
o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik-
qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta kuch – yaxshilik va 
yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita 
shakllanishiga turtki bo‘lgan.   
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, 
jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko‘rib yashash uchun yaratgan ta’lim-
tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va o‘rin egallagan. 
Markaziy Osiyoni Eron Ahamoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-327 
yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o‘zlarining madaniyati, dini va 
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning bosqinchilik yurishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bu asarda saklar qahramoni Shiroqning vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko‘rsatilgan. Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” hisoblanadi. Zardushtiylik ta’limotida ta’lim-tarbiya quyidagi bo‘limlar: 1) ma’naviy va diniy tarbiya; 2) jismoniy va mehnat tarbiyasi; 3) aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo‘lgan. “Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod o‘rgata boshlaydilar; o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Du yoshda ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o‘rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy qoidalariga binoan insonning o‘z burchini his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z- o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik- qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta kuch – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan. Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko‘rib yashash uchun yaratgan ta’lim- tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va o‘rin egallagan. Markaziy Osiyoni Eron Ahamoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-327 yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o‘zlarining madaniyati, dini va
 
 
ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o‘rnatganlar. O‘sha davrlarda Markaziy 
Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan, 
jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda askarlar va xalqning asosiy 
jangovorlik qurollari kamondan o‘q otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli 
xil vositalar (to‘qmoq, kaltak, bolta, pichoq va h.k.) bo‘lgan. Jangchilarning ma’lum 
qismi otda yurishgan. Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari 
bilan jang qilish, otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o‘ta ustalik 
bilan foydalanishni talab etgan.  
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy 
miloddan avvalgi 334 yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik Osiyoga, 
keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327 yilda hozirgi Buxoro, 
Samarqand, Panjakent atrofidagi yerlarni bosib olgan. Bunda lashkarboshi Spitamen 
bosqinchilarga katta qarshilik ko‘rsatgan. Lekin uning xotini xoinlik qilib, 
Spitamenning boshini kesib, Aleksandr Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu 
bevafo xotinni hamda 120 ming aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri 
bo‘yicha eriga, eliga vafolik qilmagan ayol boshqalarga vafodor bo‘lmaydi. 
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi 
ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138 yilda 
Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Chzyan Syan o‘zining “Tarixiy bitiklar” 
kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan.  
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston 
xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin 
egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo‘li o‘tganligi bu yerdagi xalqlarning 
madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo‘lgan, Sharq mamlakatlar bilan g‘arb 
davlatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o‘rnatgan.  Termiz yaqinidagi 
Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, 
tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, 
otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan. 
O‘zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlarning turmush sharoitlarida, 
o‘z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish kabi 
ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o‘rnatganlar. O‘sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovorlik qurollari kamondan o‘q otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to‘qmoq, kaltak, bolta, pichoq va h.k.) bo‘lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan. Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish, otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o‘ta ustalik bilan foydalanishni talab etgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 334 yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327 yilda hozirgi Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yerlarni bosib olgan. Bunda lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko‘rsatgan. Lekin uning xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri bo‘yicha eriga, eliga vafolik qilmagan ayol boshqalarga vafodor bo‘lmaydi. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138 yilda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Chzyan Syan o‘zining “Tarixiy bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo‘li o‘tganligi bu yerdagi xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo‘lgan, Sharq mamlakatlar bilan g‘arb davlatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o‘rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan. O‘zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlarning turmush sharoitlarida, o‘z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish kabi
 
 
madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o‘rin tutadi. Bu davrdagi yashagan 
xalqlar o‘rtasida jangovorlikni oshirish o‘z hududlarida osoyishtalikni ta’minlash, 
xalq farovonligini yuksaltirish uchun o‘tkazgan diniy, madaniy marosimlar, to‘ylar 
va turli an’analarida kamondan o‘q otish, qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, 
ot o‘yinlari hamda boshqa xalq milliy harakatli o‘yinlari bilan mashhur bo‘lganlar. 
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa, 
ko‘proq ifodalangan. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o‘q 
otish merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido 
qilish kabi eng ulug‘ insoniy fazilatlar madh etilgan.  
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan bir 
necha ming yillar mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va 
qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o‘ta barkamolligi, dushmanlarga 
shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan. 
Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq irodasi, an’analar, urf-
odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, kurash, kamondan o‘q 
otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan. Bunda dushmanlar 
bilan mardonavor jang qilishgan yigit va qizlar timsoli tasvirlanadi. Xalq og‘zaki 
dostonlarida xalq irodasi, yigit-qizlarning muhabbat, sadoqat, jasur, botir, pahlavon, 
chavandoz kabi sifatlari o‘z ifodasini topgan. Xalq milliy o‘yinlari bir necha 
yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar 
va juda ko‘p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida 
ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qator harakatli o‘yinlar va sportga xos o‘yinlar 
ham juda ko‘p. O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy 
guruhlarga ajratish mumkin: 
 kamondan o‘q otish; qilichbozlik; 
 kurash (buxorocha, farg‘onacha, xorazmcha usullar); 
 ot o‘yinlari (poyga, olomon poyga, ko‘pkari, uloq va h.k.); 
 kuch sinashish (tosh ko‘tarish, arqon tortishish, ot, buqa, tuya ko‘tarish); 
 dorboz o‘yinlari (dor ustidagi mashqlar);   
 harakatli milliy o‘yinlar; 
madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o‘rin tutadi. Bu davrdagi yashagan xalqlar o‘rtasida jangovorlikni oshirish o‘z hududlarida osoyishtalikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish uchun o‘tkazgan diniy, madaniy marosimlar, to‘ylar va turli an’analarida kamondan o‘q otish, qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, ot o‘yinlari hamda boshqa xalq milliy harakatli o‘yinlari bilan mashhur bo‘lganlar. Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa, ko‘proq ifodalangan. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan o‘q otish merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi eng ulug‘ insoniy fazilatlar madh etilgan. «Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan bir necha ming yillar mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o‘ta barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan. Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq irodasi, an’analar, urf- odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, kurash, kamondan o‘q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan. Bunda dushmanlar bilan mardonavor jang qilishgan yigit va qizlar timsoli tasvirlanadi. Xalq og‘zaki dostonlarida xalq irodasi, yigit-qizlarning muhabbat, sadoqat, jasur, botir, pahlavon, chavandoz kabi sifatlari o‘z ifodasini topgan. Xalq milliy o‘yinlari bir necha yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko‘p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qator harakatli o‘yinlar va sportga xos o‘yinlar ham juda ko‘p. O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:  kamondan o‘q otish; qilichbozlik;  kurash (buxorocha, farg‘onacha, xorazmcha usullar);  ot o‘yinlari (poyga, olomon poyga, ko‘pkari, uloq va h.k.);  kuch sinashish (tosh ko‘tarish, arqon tortishish, ot, buqa, tuya ko‘tarish);  dorboz o‘yinlari (dor ustidagi mashqlar);  harakatli milliy o‘yinlar;
 
 
 yugurish musobaqalari (batba); 
 ov qilish (o‘rgatilgan qushlar bilan –lochin, burgut va h.k). 
Bunday o‘yinlarning deyarli barchasi ommaviy bayramlar, musobaqalar va 
to‘ylarda keng qo‘llanilqan. Qadimgi manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart 
(Sirdaryo) daryolari o‘rtasidagi vodiyda ot musobaqalari keng tarqalgan. 
So‘g‘diyona va Baqtriyada kurash, ot poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan. 
Milodiy IV-V asrlarda yangi ijtimoiy siyosiy munosabatlar yuzaga kelib, 
Xorazm, Farg‘ona, Shoshda yangi davlatlar vujudga kelgan. Nafaqat harbiy 
yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan chavandozlar va otlar 
kerak bo‘lgan. Bu esa ot musobaqalarining ommalashib ketishiga sabab bo‘lgan. 
 
O‘rta asrlar  davrida markaziy osiyoda  
jismoniy tarbiya 
 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq mamlakat 
tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko‘rsatish vazifa qilib 
qo‘yildi. Ma’lumki, Vatanimiz jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ 
allomalar, buyuk olimlar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan mashhurdir. 
Milliy madaniyat taraqqiyotida O‘zbekiston dunyo davlatlari, Markaziy Osiyo 
mamlakatlari orasida o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zining geografik va tabiy 
qulayliklariga ko‘ra qadimdan insoniyat tarixining ilg‘or madaniy  markazlaridan 
joy olib kelgan.  
VII asr boshlarida Arab xalifaligi tashkil topib, unung tarkibiga butun 
Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya 
kiritilgan. VII asr o‘rtalariga kelib esa  arab bosqinchilari tomonidan Markaziy 
Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. Arablarga qarshi mahalliy xalqlar uzoq yillar 
davomida urush olib borganlar. Lekin arablar bu yerlarni to‘la istilo qilib, o‘z dini 
va madaniyatini o‘rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo‘ysunishiga 
erishdilar. Arab xalifaligining amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy islohotlari, yagona 
islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Islom 
 yugurish musobaqalari (batba);  ov qilish (o‘rgatilgan qushlar bilan –lochin, burgut va h.k). Bunday o‘yinlarning deyarli barchasi ommaviy bayramlar, musobaqalar va to‘ylarda keng qo‘llanilqan. Qadimgi manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) daryolari o‘rtasidagi vodiyda ot musobaqalari keng tarqalgan. So‘g‘diyona va Baqtriyada kurash, ot poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan. Milodiy IV-V asrlarda yangi ijtimoiy siyosiy munosabatlar yuzaga kelib, Xorazm, Farg‘ona, Shoshda yangi davlatlar vujudga kelgan. Nafaqat harbiy yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan chavandozlar va otlar kerak bo‘lgan. Bu esa ot musobaqalarining ommalashib ketishiga sabab bo‘lgan. O‘rta asrlar davrida markaziy osiyoda jismoniy tarbiya O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko‘rsatish vazifa qilib qo‘yildi. Ma’lumki, Vatanimiz jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, buyuk olimlar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan mashhurdir. Milliy madaniyat taraqqiyotida O‘zbekiston dunyo davlatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zining geografik va tabiy qulayliklariga ko‘ra qadimdan insoniyat tarixining ilg‘or madaniy markazlaridan joy olib kelgan. VII asr boshlarida Arab xalifaligi tashkil topib, unung tarkibiga butun Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya kiritilgan. VII asr o‘rtalariga kelib esa arab bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. Arablarga qarshi mahalliy xalqlar uzoq yillar davomida urush olib borganlar. Lekin arablar bu yerlarni to‘la istilo qilib, o‘z dini va madaniyatini o‘rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo‘ysunishiga erishdilar. Arab xalifaligining amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy islohotlari, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Islom
 
 
qadriyatlari xalq ma’naviy hayotining uzviy qismi sifatida uning turmush tarzidan, 
xatti-harakatidan munosib o‘rin oldi. Islom dinida musulmonlar jismni toza tutish, 
dam olish, bolalarni yoshlikdan odobli bo‘lishga o‘rgatishga da’vat qilindi. Lekin 
ayollarning erkinligi, ochiq yuz bilan yurishi, avvalgidek erkaklar bilan birgalikda 
teng mehnat qilishi, kurash, ot o‘yinlarida bellashuvi taqiqlangan edi. 
VII-VII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy 
yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish – 
«Sharq Renessansi» – Uyg‘onish davrini boshlab berdi. Xalifa Xorun ar-Rashid 
(786-833) va ning o‘g‘li Ma’mun davrida Bag‘dodda “Baytul hikma” 
(Donishmandlik uyi)  Akademiyasi tashkil etilgan. Butun Sharqda bo‘lgani kabi 
Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga 
mashhur bo‘lgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi.  
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining 
buyuk namoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda 
Xorazmda dunyoga kelib, 847-850 yillar oralig‘ida Bag‘dodda vafot etgan.    
Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini 
qo‘shdi. «Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala» asarida («Aljabr va al 
hisobi haqida qisqacha kitob») sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni yechish 
yo‘llarini bayon etadi. Risola 3 qismdan iborat bo‘lib, birinchisi – algebraik qism, 
uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keltiradi. Ikkinchi – 
geometrik qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar 
haqida bo‘lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb nomlagan. Xorazmiy bilim 
olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishiga 
katta e’tibor bergan. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash, ularni 
ifodalash va kuzatilganlarni tushuntira olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishiga 
katta baho beradi.  
Xorazmiy bilim berishning ko‘rgazmali tajriba usullari, savol-javob, malaka 
va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni sinash usullaridan foydalangan. 
Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon 
qadriyatlari xalq ma’naviy hayotining uzviy qismi sifatida uning turmush tarzidan, xatti-harakatidan munosib o‘rin oldi. Islom dinida musulmonlar jismni toza tutish, dam olish, bolalarni yoshlikdan odobli bo‘lishga o‘rgatishga da’vat qilindi. Lekin ayollarning erkinligi, ochiq yuz bilan yurishi, avvalgidek erkaklar bilan birgalikda teng mehnat qilishi, kurash, ot o‘yinlarida bellashuvi taqiqlangan edi. VII-VII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish – «Sharq Renessansi» – Uyg‘onish davrini boshlab berdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va ning o‘g‘li Ma’mun davrida Bag‘dodda “Baytul hikma” (Donishmandlik uyi) Akademiyasi tashkil etilgan. Butun Sharqda bo‘lgani kabi Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining buyuk namoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmda dunyoga kelib, 847-850 yillar oralig‘ida Bag‘dodda vafot etgan. Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. «Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala» asarida («Aljabr va al hisobi haqida qisqacha kitob») sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni yechish yo‘llarini bayon etadi. Risola 3 qismdan iborat bo‘lib, birinchisi – algebraik qism, uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keltiradi. Ikkinchi – geometrik qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb nomlagan. Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishiga katta e’tibor bergan. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatilganlarni tushuntira olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishiga katta baho beradi. Xorazmiy bilim berishning ko‘rgazmali tajriba usullari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni sinash usullaridan foydalangan. Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon
 
 
etgan: Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, «mantiqiy» bayon, bilish esa 
haqiqiy, bilishning muhim tomonini namoyon etadi. Xorazmiy bilish nazariyasiga 
muhim hissa qo‘shgan. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov usullariga 
asos solgan, samoviy jismlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida, matematik 
masalalarni algoritm usulida yechishni ishlab chiqqan. U matematik g‘oyalar 
asosida odamlarning hayotiy zaruriyati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning 
amaliy talablari natijasida yuzaga kelishini asoslagan.            
Abu Nasr Forobiy (873-950). O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti 
mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti 
haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon 
faylasufi Arastudan so‘ng Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimi soniy» - 
«Ikkinchi muallim» deb ataydilar.  
Abu Nasr Forobiy (to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn 
Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) Shosh-Toshkentga yaqin Forob degan joyda harbiy 
xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobiy Bag‘dodda matematika, mantiq, tibbiyot, 
musiqa, tabIIyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni 
o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilganligi haqida aytilagan. 
Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda 
nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr 
yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso-al-
ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida 
ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. 
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz erisha olmaydi, boshqalar bilan aloqada 
bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi, deb 
hisoblagan. Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish 
mumkin, degan. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni 
ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi. Inson tabiat va jamiyat 
qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan 
to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib-qoidlariga rioya qiladi. Forobiy ta’lim-
etgan: Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, «mantiqiy» bayon, bilish esa haqiqiy, bilishning muhim tomonini namoyon etadi. Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shgan. U birinchilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov usullariga asos solgan, samoviy jismlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida, matematik masalalarni algoritm usulida yechishni ishlab chiqqan. U matematik g‘oyalar asosida odamlarning hayotiy zaruriyati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari natijasida yuzaga kelishini asoslagan. Abu Nasr Forobiy (873-950). O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan so‘ng Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu Nasr Forobiy (to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) Shosh-Toshkentga yaqin Forob degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobiy Bag‘dodda matematika, mantiq, tibbiyot, musiqa, tabIIyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilganligi haqida aytilagan. Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso-al- ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy inson kamolotga yolg‘iz erisha olmaydi, boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi, deb hisoblagan. Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, degan. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi. Inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib-qoidlariga rioya qiladi. Forobiy ta’lim-
 
 
tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat 
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.  
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim 
– insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya – nazariy 
fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va 
amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deb takidlagan.  
Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari 
ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan 
hosil qilinadi, degan. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma 
fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, 
ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, 
degan. Insonning kamolotga yetishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro 
aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy tavsiya etgan ta’lim va tarbiya usullari 
hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.  
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad 
ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida yashagan 
va ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga kelgan.  
Beruniy xorazm tili bilan birga so‘g‘diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy 
tillarini, hatto qadimgi hind tili - sanskritni ham o‘rgangan. U yunon klassik ilmi, 
astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa 
va filologiya sohalari bo‘yicha ham chuqur bilimga ega bo‘lgan.  
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozgan. Bu asar 
Beruniy nomini Yaqin va O‘rta Sharqqa mashhur qilgan. Beruniy yana 
«Qimmatbaho 
toshlarni 
bilib 
olish 
bo‘yicha 
ma’lumotlar 
to‘plami» 
(«Mineralogiya»), «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fi-t-tibb») 
kabi asarlarni ham yozgan. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham 
mashhur bo‘lgan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.  
Beruniyning asarlarida, o‘quvchiga bilim berishda: 
 o‘quvchini zeriktirmaslik; 
tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya – nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deb takidlagan. Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi, degan. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, degan. Insonning kamolotga yetishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy tavsiya etgan ta’lim va tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida yashagan va ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy xorazm tili bilan birga so‘g‘diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili - sanskritni ham o‘rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiya sohalari bo‘yicha ham chuqur bilimga ega bo‘lgan. Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozgan. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O‘rta Sharqqa mashhur qilgan. Beruniy yana «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fi-t-tibb») kabi asarlarni ham yozgan. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham mashhur bo‘lgan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Beruniyning asarlarida, o‘quvchiga bilim berishda:  o‘quvchini zeriktirmaslik;
 
 
 bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;  
 uzviylik, izchillik; 
 yangi mazvularni qiziqarli, ko‘rgazmali bayon etish kabi jihatlarga e’tibor 
berish kerakligi uqtiriladi. 
Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini 
ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-saydona», «al-Qonuni al-
Mas’udiy», «Geodeziya» va boshqa asarlarida ko‘rish mumkin. Beruniy fikricha, 
axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo‘lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib 
topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti 
jarayonida tarkib topadi, degan.  
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi: irsiyat, muhit, 
tarbiya. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof etilgan. Yoshlarni tarbiyalashda 
axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy 
gigiyenasi muhim ahamiyatga ega, degan olim. 
 
 
17-rasm. Abu Ali Ibn Sino 
Abu Ali Ibn Sino (980-1037). Jahon tibbiyot fanining buyuk olimlaridan 
biri Ibn Sino falsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko‘p sohalarni mukammal bilgan 
donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos ko‘p. Abu Ali Ibn 
Sinoning eng mashhur asari «Tib qonunlari» bo‘lib, alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu asar boshqa xalqlar tillariga tarjima qilishgan (17-rasm). O‘zbek tilida ilk bor 
 bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;  uzviylik, izchillik;  yangi mazvularni qiziqarli, ko‘rgazmali bayon etish kabi jihatlarga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as-saydona», «al-Qonuni al- Mas’udiy», «Geodeziya» va boshqa asarlarida ko‘rish mumkin. Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo‘lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi, degan. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi: irsiyat, muhit, tarbiya. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof etilgan. Yoshlarni tarbiyalashda axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi muhim ahamiyatga ega, degan olim. 17-rasm. Abu Ali Ibn Sino Abu Ali Ibn Sino (980-1037). Jahon tibbiyot fanining buyuk olimlaridan biri Ibn Sino falsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko‘p sohalarni mukammal bilgan donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos ko‘p. Abu Ali Ibn Sinoning eng mashhur asari «Tib qonunlari» bo‘lib, alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asar boshqa xalqlar tillariga tarjima qilishgan (17-rasm). O‘zbek tilida ilk bor
 
 
1153-yilda, keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etilgan. 
Respublika hukumati va jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda 
Buxoroda Abu Ali Ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan katta 
ilmiy anjuman o‘tkazilgan. Bunda Ibn Sinoning asarlarida ta’lim-tarbiya va jismoniy 
tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilganligi takidlangan. Mutafakkir olimning 
30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelgan. Muallifning asarlarida 
jismoniy tarbiyaning mohiyati, jismoniy mashqlarga oid ilg‘or fikrlari va amaliy 
mashqlar mazmuni uchraydi. 
Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning 
mohiyatlarini gigiyena, sog‘liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy 
tadbirlarda berib borgan. Ibn Sino ilk bor har bir insonning jismoniy mashqlar bilan 
qachon va qaysi tartibda shug‘ullanishini belgilab beruvchi ta’limni, yani jismoniy 
mashqlarning klassifikatsiyasini yaratib bergan. Ibn Sinoning fikricha, «Sog‘liqni 
saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiyadir».   
«Tib qonunlari» kitobning birinchi qismi inson salomatligini saqlash va uni 
rivojlantirishga bag‘ishlangan. Kitobda inson tanasi va uning a’zolari, insonni 
shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, 
fiziologik va ruhiy jarayonlarning holati, kasalliklarning kelib chiqish sabablari 
ilmiy jihatdan bayon qilingan.  
Ibn Sino o‘z asarlarida jismoniy mashqlar kishining yoshiga, jinsiga, 
sog‘lig‘i, salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o‘tkazish 
kerakligi haqidagi tavsiyalari juda muhimdir. Ibn Sino faoliyati va tajribalari asosida 
bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik davrlarida kishi jismoniy mashg‘ulotga turlicha 
munosabatda bo‘lishi kerakligi masalalari bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar bergan. Bu 
ilmiy-pedagogik ta’lim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati rivojlanishiga 
katta hissa ko‘shgan.  
Ibn Sino «Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur 
qiluvchi ixtiyoriy harakat», deb ta’rif bergan. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, 
badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘lmay qo‘ygan kishi ingichka og‘riq (a’zolarning 
1153-yilda, keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etilgan. Respublika hukumati va jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu Ali Ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman o‘tkazilgan. Bunda Ibn Sinoning asarlarida ta’lim-tarbiya va jismoniy tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilganligi takidlangan. Mutafakkir olimning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelgan. Muallifning asarlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati, jismoniy mashqlarga oid ilg‘or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi. Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, sog‘liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib borgan. Ibn Sino ilk bor har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug‘ullanishini belgilab beruvchi ta’limni, yani jismoniy mashqlarning klassifikatsiyasini yaratib bergan. Ibn Sinoning fikricha, «Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiyadir». «Tib qonunlari» kitobning birinchi qismi inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Kitobda inson tanasi va uning a’zolari, insonni shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy jarayonlarning holati, kasalliklarning kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon qilingan. Ibn Sino o‘z asarlarida jismoniy mashqlar kishining yoshiga, jinsiga, sog‘lig‘i, salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o‘tkazish kerakligi haqidagi tavsiyalari juda muhimdir. Ibn Sino faoliyati va tajribalari asosida bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik davrlarida kishi jismoniy mashg‘ulotga turlicha munosabatda bo‘lishi kerakligi masalalari bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar bergan. Bu ilmiy-pedagogik ta’lim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati rivojlanishiga katta hissa ko‘shgan. Ibn Sino «Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat», deb ta’rif bergan. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘lmay qo‘ygan kishi ingichka og‘riq (a’zolarning