MARKETING BOSHQARISH
Reja:
1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi.
2. Marketing imkoniyatlarini urganish.
3. Korxona bozorlari.
4. Korxonada marketing xizmati.
11.1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi.
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va extiyojni kondrishga
karatilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o‘rganish, iste’molchi
buyurtmasiga ko‘ra maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash,
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chikaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish
bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushkul bo‘lib, katta
hajmda reja-xisob kitoblarini, kadrlarni kayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va
usullarini tubdan o‘zgartirishni talabkiladi. Fakat korxona, butun iktisodiyot xujalik
mexanizmini tubdan kayta kurishi asosidagina marketing tendensiyasini kullash
mumkin. Aks xolda korxona tez o‘zgaruvchan talabga moslasha olmay rakobat
kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda kurmasligi va undan kelib
chikuvchi boshka okibatlarga olib keladi. Chunki fakat iste’molchilar extiyojini
xisobga olib, fan-texnika tarakkiyoti yutuklaridan foydalana olgan korxonagina o‘z
maxsulotini sotishdan foydaolishi mumkin.
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G.Fordning fikrini ta’kidlab utish
zarur. Undan kanday kilib millioner bo‘lganligini suraganlarida kuyidagicha javob
bergan: «Juda oson. Men o‘z avtomobillarimni bozorda boshkalarga nisbatan
arzonrok sotib, o‘z ishchilarimga boshkalarga nisbatan ko‘p xak tulaganman».
Bunday xolda u sinishi kerak edi, lekin u rakobatchilarini bozordan sikib chikarib
bozorni egallagani uchun millioner buldi.
Tovar pul munosabatlari jamiyatni o‘z-o‘zini boshkarish mexanizmi bilan
kurollantirgani uchun bebaxo xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xujalik
faoliyatini iste’molchiga karatish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va
usullarini kayta kurish, korxona maksad va vazifalarini o‘zgartirishni talab kiladi.
Amerikalik iktisodchi Filipp Kotler o‘zining mashxur «Markting buyicha
boshqaruv» kullanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan.
Marketing turlari.
Talab xolati
Marketing vazifasi
Marketing turi
Salbiy talab
Talab yaratish
Konversion marketing
Talab yuk
Talabni ragbatlantirish
Ragbatlantiruvchi marketing
Mumkin bo‘lgan
marketing
Talabni oshirish
Remarketing
O‘zgaruvchan talab
Talabni muvozanatlash
Sinxromarketing
Tulik talab
Talabni kullash
Kullovchi marketing
Ortikcha talab
Talabni kamaytirish
Demarketing
Maqbul bulmagan
talab
Talabni tugatish
Karshilik kiluvchi marketing
Marketing strategiyasi jamiyat va korxona jamoasining o‘zviy manfaatlari
ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini xal qilishga xizmat qilish kerak.
Marketing bosqichlari
1-bosqich - talab konyukturasini urganish. Korxona bozordagi iktisodiy
vaziyatni xar tomonlama urganadi, talab konyukturasini, shuningdek. Xaridor
imkoniyatlarini urganadi.
2-bosqich - bozor sigimini urganadi. Korxona ko‘zda tutilgan savdo sigimini
aniklaydi. Bu ushbu soxaga kapital sarflash uchun turtki bulib xizmat kiladi.
3-bosqich - mavjud bozor sharoitida korxona maksad va imkoniyatlarini
aniklash. Bozor extiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan takkoslashga
imkon beradi.
4-bosqich - marketing reja va strategiyasini ishlash. Ґam maksadga
erishishning umumiy strategiyasi, xam korxona yunalishi va bulinmalari uchun
batafsil reja sifatida ishlanadi.
5-bosqich - limiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlari. 4 ta bosqichda
rivojlanish yullari belgilangandan sung bevosita sotish uchun maxsulot ishlab
chiqarishga ilmiy-tadkikot , tajriba va konstruktorlik ishlari, texnologiya, ishlab
chiqarish rejasi, tajriba ishlab chiqarish va x.k.ga utiladi. Nixoyat, maxsulot
yaratildi.
6-bosqich - maxsulotni bozorga kiritish. Buning eng muxim sharti bozorga
chikishning eng maqbul yulini tanlash bilan birga, narx siyosatini xam belgilashdir.
7-bosqich - reklama bozorda uylab samarali ish yuritmay muvaffakiyatga
erishib bulmaydi. Tovar xakida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga
undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bulib, u bilan bir vaktda savdoni
ragbatlantirish xakida xam gamxurlik qilish kerak.
8-bosqich - maxsulot assortimentini boshkarish. Talab xaridorning
assortiment o‘zgarishiga talabi o‘zgarishini urganish. Assortimentni o‘zgartirish,
bozorga taklif etilgan dastlabki variantga to‘zatish kiritish.
9-bosqich - savdo faoliyatini boshkarish. Savdo, ikni tashish, yuklarni
kadoklashga aloxida e’tibor beriladi.
10-bosqich - savdodan keyingi xizmat kursatish, iste’molchiga servis xizmati
kursatish, tovardan foydalanishda kumaklashish.
11-bosqich - marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasturini
nazorat qilish. Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini
bildiradi.
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshkarish» tushunchasiga ta’rif
berishga imkon yaratadi. Marketingni boshkarish - bu ishlab chiqarish va bozorni
foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maksadida
xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maksadida
urganish va taxlil etishdir.
11.2. Bozor imkoniyatlarini urganish.
Bozor o‘zgarmas emas va doimo uni o‘rganishi, savdo imkoniyatlari masalasi
bo‘yicha ma’lumotlarni taxlil etishni talab qiladi. Bozorni urganish maksadni
belgilash va izlanish rejasini to‘zishdan belgilanadi. Undan keyin bir necha yil
davomida maxsulot sotish natijalari taxlil kilinib, xato va noanikliklar aniklanadi,
marketing buyicha mutaxassislar fikri o‘rganiladi. Axborot turli manbaalar:
matbuot, reklama, telefon orkali, surov anketalari tarkatish va yigish vositasida
yigiladi. Anketa surovi intervyu olish yoki telefon orkali surov utkazish bilan
tuldirilishi mumkin. Bozorda mavjud vaziyatni bilgan xolda korxonada ishlab
chiqarish va ta’minlov - savdo faoliyatini rivojlantirish buyicha tavisiyalar ishlab
chikish mumkin.
Korxonalar davriy ravishda (yiliga bir necha marta) bozordagi o‘z xolatini
anklash lozim. Bozor potensial sigimi deganda ma’lum vakt davomida amalga
oshirish mumkin bo‘lgan savdo xajmi tushuniladi. O‘zok istikbol uchun rejalar 15-
2g yilni, urta mudatli 5 yil, kiska muddatli 1-2 yilga muljallangan buladi.
Umumiy xolda bozorni egallash strategiyasi quyidagicha bo‘ladi:
1. Kator tadbirlarni amalga oshirish xisobiga dastlabki jamgarish (maksadni
aniklash, tashkiliy tarkibni takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini
oshirish, ishlab chiqarish intizomini kuchaytirish, mexnat va moddiy xarajatlarni
kiskartirish va x.k.).
2. Yangi texnologiyalarni, imkoni bulsa kushma korxona to‘zish yuli bilan
sotib olish.
3. Iktidorli menejer va konstruktorlarni jalb etish yuli bilan yangi, yukori
sifatli maxsulot ishlab chiqarish.
4. Xalkaro talabga javob beruvchi maxsulot ishlab chiqarish va uni jaxon
xamda ichki bozorga olib chikish.