MARKETING VA UNING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

23,4 KB


MARKETING VA UNING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI
Reja:
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.
3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
4. Marketing elementlari tarkibi va marketing– miks tushunchasi.
Logotip
MARKETING VA UNING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI Reja: 1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati. 2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari. 3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi. 4. Marketing elementlari tarkibi va marketing– miks tushunchasi.
1.1.
Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush
farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketinga turli-tuman ta’riflar berilgan bo’lib, ulardan ko’pchiligi marketing
-  xaridorlarning  aniq  guruhlari  ehtiyojlarini  qondirish,  bozor  muammolarini
yechishga  har  tomonlama  yondashish,  ehtiyojlarni  ayirboshlash  yordamida
qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir
qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga  tabaqali  yondashish,  raqobatbardosh  yangi  tovarlarni  vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va
bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. 
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-
ehtiyojlarini  o’zluksiz  qondirish  jarayoni  bo’lib  hisoblanadi.  Bu  jarayon  o’z
navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi,
ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va
aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj  –  individ  shaxsning  madaniy  darajasiga  asosan  maxsus  shaklga
muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar  –  bu  ehtiyojni  yoki  muhtojlikni  qondira  oladigan  hamda  bozorga
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan
barcha narsalardir. 
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta
iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Logotip
1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati. Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Marketinga turli-tuman ta’riflar berilgan bo’lib, ulardan ko’pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish- ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir. Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj. Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Marketing  asosida  bozorni  har  taraflama  o’rganish  yo’nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:
talabni o’rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o’rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o’rgatadi:
bozorni o’rganishni;
uni taqsimlashni;
tovarlarni joylashtirishni;
marketing siyosatini olib borishni;
tovar siyosatini;
narx siyosatini;
taqsimot siyosatini;
siljitish (yo’naltirish) siyosatini;
yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi
xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va
boshqalarni kiritish mumkin).
1.2.
Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va
tahlil  etish,  narxni  tuzilishi  tamoyili;  servis  siyosati  –  (1809-1884)  Sayrus
Makkormek nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan,
Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo’yicha («Tovarlar
marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar
o’qitila boshladi.
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi,
keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo yetildi, bu jamiyat
1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday
uyushma va tashkilotlar G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo
bo’ldi.  Xalqaro  marketing  tashkilotlari  -  Yevropa  marketing  va  ijtimoiy  fikr
Logotip
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur: talabni o’rganish; bozor tarkibini aniqlash; tovarni o’rganish; raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o’rgatadi: bozorni o’rganishni; uni taqsimlashni; tovarlarni joylashtirishni; marketing siyosatini olib borishni; tovar siyosatini; narx siyosatini; taqsimot siyosatini; siljitish (yo’naltirish) siyosatini; yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin). 1.2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari. Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo’yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o’qitila boshladi. 1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo yetildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo’ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr
tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va
shunga o’xshashlar yuzaga keldi.
Marketingni rivojlanish tarixi
Yillar
Marketingda ro’y bergan o’zgarishlar
1902 yil
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o’qitish boshlandi.
1908 yil
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat
kompaniyalarida birinchi marketing bo’limlari tashkil yetildi.
1920 yil
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.
1926 yil
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi;
uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u
1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi.
1930-1940
yillarda
Dunyoning  ko’pgina  iqtisodiy  rivojlangan  davlatlarida  milliy
marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1950-1960
yillarda
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va
marketing bo’yicha Yevropa jamiyati  hamda Yevropa marketing
Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
1980 yillarning
ikkinchi yarmida
Mamlakatimizning  iqtisodiyot  yo’nalishidagi  oliy  ta’lim
muassasalarida marketing kursi o’qitila boshlandi.
1990 yillarning
oxirlarida va
hozirgi kunlarda
Mamlakatimizda  marketing  bo’yicha  xorijiy  adabiyotlar  o’zbek
tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo’yicha darslik, qo’llanma
hamda risolalar O’zbekistonlik mualliflar tomonidan ko’plab chop
yetilmoqda.
1.3.
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma
faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing kontseptsiyasini
ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
 ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
 marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
 marketing strategiyasini aniqlash;
 rejalashtirilayotgan  natijalarga  erishish  maqsadida  marketing  faoliyati
elementlarini tanlash.
Logotip
tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o’xshashlar yuzaga keldi. Marketingni rivojlanish tarixi Yillar Marketingda ro’y bergan o’zgarishlar 1902 yil AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o’qitish boshlandi. 1908 yil Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bo’limlari tashkil yetildi. 1920 yil Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi. 1926 yil AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi. 1930-1940 yillarda Dunyoning ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1950-1960 yillarda Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1980 yillarning ikkinchi yarmida Mamlakatimizning iqtisodiyot yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida marketing kursi o’qitila boshlandi. 1990 yillarning oxirlarida va hozirgi kunlarda Mamlakatimizda marketing bo’yicha xorijiy adabiyotlar o’zbek tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo’yicha darslik, qo’llanma hamda risolalar O’zbekistonlik mualliflar tomonidan ko’plab chop yetilmoqda. 1.3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi. Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:  ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;  marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;  marketing strategiyasini aniqlash;  rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing kontseptsiyasi ishlab chiqarish va taklif yetilayotgan tovarlarga
bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan yevolyutsion taraqqiyot
bosqichini kechdi.
Marketing  va  tadbirkorlik  sohasida  dunyo  ilmi  va  amaliyoti  marketing
evolyutsiyasida quyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
 ishlab chiqarish kontseptsiyasi;
 tovar kontseptsiyasi;
 sotish kontseptsiyasi;
 an’anaviy marketing kontseptsiyasi;
 ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi;
 o’zaro aloqaviy marketing kontseptsiyasi.
Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasi
Yillar
Kontseptsiya
Asosiy g’oya
Asosiy vosita
Asosiy maqsadi
1860-
1920
Ishlab
chiqarish
Imkoniyati
boricha ishlab
chiqarish
Tannarx, mehnat
unumdorligi
Ishlab chiqarishni
takomillashtirish,
sotish hajmini
ustirish
1920-
1930
Tovar
Sifatli tovarlarni
ishlab chiqarish
Tovar siyosati
Iste’mol tovarlari
xossalarini
takomillashtirish
1930-
1950
Sotish
Sotish tarmoqlari
va kanalini
rivojlantirish
Sotish siyosati
Tovarlar sotish
intensifikatsiyasi
1960-
1980
An’anaviy
marketing
Iste’molchiga
nima kerak bo’lsa
o’shani ishlab
chiqarish
Marketing miks
kompleksi,
iste’molchini
tadqiq qilish
Maqsadli bozorni
xohish-
ehtiyojlarini
tadqiq etish
1980-
1995
Ijtimoiy-
axloqiy
marketing
Jamiyat talablarini
hisobga olgan
holda
iste’molchiga
kerak bo’lgan
Marketing miks
kompleksi, ishlab
chiqariladigan
tovar va xizmat
ishlab chiqarish,
Maqsadli bozorni
xohish-
ehtiyojlari-ni
qondirish
Logotip
Marketing kontseptsiyasi ishlab chiqarish va taklif yetilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan yevolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi. Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:  ishlab chiqarish kontseptsiyasi;  tovar kontseptsiyasi;  sotish kontseptsiyasi;  an’anaviy marketing kontseptsiyasi;  ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi;  o’zaro aloqaviy marketing kontseptsiyasi. Marketing kontseptsiyasi evolyutsiyasi Yillar Kontseptsiya Asosiy g’oya Asosiy vosita Asosiy maqsadi 1860- 1920 Ishlab chiqarish Imkoniyati boricha ishlab chiqarish Tannarx, mehnat unumdorligi Ishlab chiqarishni takomillashtirish, sotish hajmini ustirish 1920- 1930 Tovar Sifatli tovarlarni ishlab chiqarish Tovar siyosati Iste’mol tovarlari xossalarini takomillashtirish 1930- 1950 Sotish Sotish tarmoqlari va kanalini rivojlantirish Sotish siyosati Tovarlar sotish intensifikatsiyasi 1960- 1980 An’anaviy marketing Iste’molchiga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish Marketing miks kompleksi, iste’molchini tadqiq qilish Maqsadli bozorni xohish- ehtiyojlarini tadqiq etish 1980- 1995 Ijtimoiy- axloqiy marketing Jamiyat talablarini hisobga olgan holda iste’molchiga kerak bo’lgan Marketing miks kompleksi, ishlab chiqariladigan tovar va xizmat ishlab chiqarish, Maqsadli bozorni xohish- ehtiyojlari-ni qondirish