Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati.
Reja.
1. Mashinasozlik sanoatining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.
2. O‘zbekistonda mashinasozlikning rivojlanish istiqbollari.
3. Mashinasozlikning tarmoqlar tarkibi, ixtisoslashuvi va joylashishi.
Tayanch iboralar
Mashinasozlik sanoati,
metallga ishlov berish,
qishloq xo‘jalik
mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik sanoati, samolyotsozlik, kimyo va
neft mashinasozligi, yo‘l qurilishi mashinasozligi
1. Mashinasozlik sanoatining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va
ahamiyati
Mashinasozlik sanoati – xo‘jalik tarmoqlari uchun mehnat qurollari,
shuningdek, iste’mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoat sohalari majmuidir. Bu tarmoq butun xalq
xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat
unumdorligi, texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning
mudofaa quvvati mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xo‘jaligining hamma sohalarini
yuqori unumli ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan ta’minlashdir. Bu
soha o‘z navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar,
metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni
tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoat sifatida
XVIII asrda vujudga keldi, XIX asrda Buyuk Britaniyada, G‘arbiy Yevropaning
ba’zi mamlakatlarida, keyinchalik AQSHda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1-
mashinasozlik zavodi XVIII asrda qurilgan.
1
Mashinasozlikning tarkibi boyligi tufayli unga ta’sir qiluvchi omillar turi
ham har xil. Chunonchi, metallni ko‘p talab qiluvchi og‘ir mashinasozlik
(vagonsozlik, tog‘-kon va shaxtalar uchun asbob-uskunalar va h.k.) qora
metallurgiya rayonlarida kam, ammo malakali ishchi kuchi kerak bo‘lgan
priborsozlik, elektrotexnika, hisoblash texnikalari kabi nozik va aniq mashinasozlik
fan-texnika taraqqiyoti markazlarida joylashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi ko‘p hollarda iste’mol rayonlarida rivojlanadi. Masalan,
O‘zbekistonda paxta teruvchi, Ukrainada g‘alla va qand lavlagi, Belorussiyada-
kartoshka va zig‘ir, Moldaviyada uzumchilik, +irg‘izistonda pichan o‘ruvchi va
preslovchi mashinalar ishlab chiqariladi. Demak, mamlakat yoki rayon nimaga
ixtisoslashsa, o‘sha sohaga xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog‘i tashkil etiladi.
Bu qonuniyat boshqa tarmoqlarga ham tegishli. Chunonchi, Kareliyada o‘rmon,
Uralda-qora metallurgiya, Donbassda –shaxta, O‘zbekistonda-to‘qimachilik,
Irkutskda-oltin saralash mashinasozligi rivojlangan va h.k.
Shunday qilib, mashinasozlik mahsulotiga qarab uni joylashtirishga xom
ashyo (metall), ishchi kuchi, iste’mol, ilmu-fan, geografik o‘rin omillari ta’sir
ko‘rsatadi. Tabiiyki, dengiz kemasozligi quruqlik ichkarisida emas, port
shaharlarda joylashtiriladi. Xuddi shunga o‘xshash stanoksozlik, elektrotexnika,
traktorsozlik kabi juda ko‘p mashinasozlik tarmoqlari o‘ziga xos hududiy tashkil
qilish xususiyatlariga ega. Albatta, bu sanoat tarmog‘i uchun kooperatsiya shakli
muhimligi tufayli, uning markazlari qulay transport geografik o‘ringa ega
bo‘lishlari ham lozim.
2. O‘zbekistonda mashinasozlikning rivojlanish istiqbollari.
O‘zbekistonda dastlabki korxonalari XX asr 20-yillarida vujudga kelgan.
O‘sha yillari O‘zbekistonda metallga ishlov berish sanoati 14ta kichik ta’mirlash
ustaxonasidan tashkil topgan edi. Ularda asosan temir yo‘l transporti, paxta
tozalash va yog‘ zavodlarining mashina, asbob va uskunalarini ta’mirlash ishlari
amalga oshirilgan. 1927 yili Toshkentda “Boshpaxtasanoat” tashkilotining
mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 yilda esa mazkur zavod negizida mamlakat
paxta tozalash zavodlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish hamda qishloq
xo‘jalik texnikalarini ta’mirlaydigan “Qishloqmash”-hozirgi qishloq xo‘jalik
2
mashinasozligi zavodi qurildi. Dastlab bu zavodda g‘o‘za seyalkalari, borona va
kultivatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 1932 yilda Toshkentda ekskavator
ta’mirlash zavodi “Irmash” (hozirgi “Tosheks” ishlab chiqarish birlashmasi), 1920
yillarning oxirida Andijonda “Kommunar”, Samarqandda “Kolxozchi”, Qo‘qonda
“Bolshevik” va boshqa zavodlar ishga tushdi. Shuningdek, 1936 yilda Toshkent
shahridagi mexanika ustaxonalari negizida ehtiyot qismlar va detallar ishlab
chiqaradigan hozirgi “Toshkimyoqishloqmash” zavodi, 1941 yilda esa Andijonda
“Avtotraktordetal” zavodi ishga tushirildi.
Ikkinchi jahon urushi O‘zbekistonda mashinasozlik majmui rivojlanishiga
ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatdi. Birinchidan, ularning soni, ayniqsa, front
zonasidan ko‘chirib keltirilgan zavodlar hisobiga ko‘paydi. Ko‘chirib keltirilgan
korxonalar orasida aviatsiya zavodi, karborund zavodi, “Pod’emnik” va abraziv
zavodlari, “Qizil Oqsoy” (O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozlik) zavodi,
“Rosselmash” va boshqa zavodlar bor edi. Ikkinchidan, mamlakat ichkarisida
mavjud bo‘lgan va g‘arbiy rayonlardan keltirilgan zavodlarning katta qismi front
harbiy texnikasi uchun ehtiyot qismlar, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ishlab chiqarish
yo‘nalishida rivojlantirildi. Urushdan keyin respublika xalq xo‘jaligida qayta
ishlash, paxtachilikni rivojlantirish keng quloch yozdi. Paxtachilik, irrigatsiya
qurilishi, to‘qimachilik va kimyo sanoati uchun turli xil mashinalar ishlab
chiqarishga ehtiyoj ortdi. Shuning uchun ham paxta tayyorlash va paxta qator
oralarida ishlatiladigan mashinalar, shuningdek, ekskavatorlar, ko‘prikli elektr
kranlar, yigirish mashinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib,
O‘zbekiston mashinasozligi sanoatning ko‘p tarmoqli turiga aylantirildi. Shuni
ta’kidlash joizki, endilikda butun Markaziy Osiyo davlatlari mashinasozligi
mahsulotining 2/3 qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari o‘z-o‘zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki
ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki
hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy
tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Mamlakat mashinasozlik majmui ko‘p tarmoqli bo‘lishi bilan birga uning
iqtisodiyotda va ayniqsa, mamlakat milliy valyuta tushumida ham ulushi ortib
3
bormoqda. Ayniqsa, uning MOD uchun yangi tarmog‘i-avtomobilsozlikning
vujudga kelishi tarixiy voqea bo‘ldi. Agar 1940 yilda mamlakat mashinasozlik
sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bir deb qabul qilsak, u 1965 yilda-
220, 1975 yilda-587, 1980 yilda-936, 1985 yilda-1272, 1990 yilda esa, 1539 marta
o‘sganini ko‘ramiz. 1991 yili mashinasozlik sanoati korxonalari boshqaruvini
shakllantirishda tarmoqlar bo‘yicha konsernlar tashkil etildi. 1994 yilda davlat
konsernlari ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari,
korporatsiyalariga aylantirildi. O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi
(«O‘zavtosanoat») avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati ko‘rsatish
sohalariga, O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari
uyushmasi («O‘zeltexsanoat») elektrotexnika, radiotexnika sanoati sohalariga,
«O‘zqishloq xo‘jalikmashxolding» kompaniyasi qishloq xo‘jalik mashinasozligi
korxonalariga rahbarlik kiladi.
O‘zbekiston mashinasozlik sanoati 20ga yaqin tarmoqqa mansub 100 dan
ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida avtomobilsozlik, traktorsozlik va
qishloq xo‘jalik
mashinasozligi, paxta tozalash sanoati mashinasozligi,
samolyotsozlik, elektrotexnika sanoatining salmog‘i katta. 1960 yili respublika
mashinasozligida 22 nomdagi asosiy mashina, mexanizm va asboblar ishlab
chiqarilgan, bu ko‘rsatkich 1970 yili 29, 1980 yili 39 ni tashkil etdi. 2005 yilga
kelib 180 dan ortiq qishloq xo‘jalik texnikasi turi yaratildi. Ayni paytda respublika
iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, motorsozlik, radioelektronika,
elektrontexnika kabi sanoat tarmoqlari barpo etildi. O‘zbekiston mashinasozligi
og‘ir sanoatning eng yirik va yetakchi tarmog‘idir. Uning ahamiyati fan-texnika
yutuqlarini xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va
avtomatlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda dastlabki mashinasozlik sanoati korxonalari XX asrning 20-
yillarida vujudga keldi. O‘sha yillari O‘zbekistonda metallga ishlov berish sanoati
14 ta kichik ta’mirlash ustaxonasidan tashkil topgan edi. Ularda asosan temir yo‘l
transporti, paxta tozalash va yog‘ zavodlarining mashina, asbob va uskunalarini
4
boshqa tarmoqlar
mashinasozlik majmui
ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Keyinchalik xalq xo‘jaligi tarmoqlari
rivojlanib borishi bilan mamlakat mashinasozlik sanoatini barpo qilish va
rivojlantirishga ehtiyoj ortgan. 1927 yilda Toshkentda “Boshpaxtasanoat”
tashkilotining mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 yilda esa mazkur zavod
negizida mamlakat paxta tozalash zavodlari uchun asbob-uskunalar ishlab
chiqarish hamda qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlaydigan “Qishloqmash”-
hozirgi qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi qurildi.
10.1-rasm. O‘zbekiston yalpi sanoat mahsulotida mashinasozlikning ulushi
“Qishloqmash” keyinchalik mamlakatning eng yirik qishloq xo‘jalik
mashinasozligi zavodiga aylandi. Dastlabki yilda bu zavodda g‘o‘za seyalkalari,
borona va kultivatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 1932 yilda Toshkentda
ekskavator ta’mirlash zavodi “Irmash” (hozirgi “Tosheks” ishlab chiqarish
birlashmasi), 1920 yillarning oxirida Andijonda “Kommunar”, Samarqandda
“Kolxozchi”, Qo‘qonda “Bolshevik” va boshqa zavodlar ishga tushdi. Shuningdek,
1936 yilda Toshkent shahridagi mexanika ustaxonalari negizida ehtiyot qismlar va
detallar ishlab chiqaradigan hozirgi “Toshkimyoqishloqmash” zavodi, 1941 yilda
esa Andijonda MSlar negizida “Avtotraktordetal” zavodi ishga tushirildi. 1920
yilda Toshkentda cho‘yan zavodi va mexanika ustaxonalari bazasida 1-Turkiston
zavodi tashkil etildi va bu zavod 1959 yilda mashinasozlik bo‘yicha davlat loyiha-
konstruktorlik texnologiya byurosiga aylantirildi. Hozirgi vaqtda ushbu byuro
“Texnolog” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgan.
5
19,8%
80,2%
Boshqa sanoat tarmoqlari
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash
sanoati
Тоshkent viloyati – 12,1%
Qoraqalpog’iston va boshqa viloyatlar –
22%
Тоshkent shahri– 54%
Аndijon viloyati – 6.4%
Samarqand va Farg’ona viloyatlari – 5,5%
Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston mashinasozlik majmui rivojlanishiga ikki
tomonlama ta’sir ko‘rsatdi. Birinchidan, ularning soni, ayniqsa, front zonasidan
ko‘chirib keltirilgan zavodlar hisobiga ko‘paydi. Ko‘chirib keltirilgan korxonalar
orasida aviatsiya zavodi, karborund zavodi, “Podemnik” va abraziv zavodlari,
“Qizil Oqsoy” (O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozlik) zavodi, “Rosselmash”
va boshqa zavodlar bor edi. Ikkinchidan, mamlakat ichkarisida mavjud bo‘lgan va
g‘arbiy rayonlardan keltirilgan zavodlarning katta qismi front harbiy texnikasi
uchun ehtiyot qismlar, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ishlab chiqarish yo‘nalishida
rivojlantirildi.
Urushdan keyin respublika xalq xo‘jaligida qayta ishlash, paxtachilikni
rivojlantirish keng quloch yozdi. Paxtachilik, irrigasiya qurilishi, to‘qimachilik va
kimyo sanoati uchun turli xil mashinalar ishlab chiqarishga ehtiyoj ortdi. Shuning
uchun ham paxta tayyorlash va paxta qator oralarida ishlatiladigan mashinalar,
shuningdek, ekskavatorlar, ko‘prikli elektr kranlar, yigirish mashinalari ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib, O‘zbekiston mashinasozligi sanoatning
ko‘p tarmoqli turiga aylantirildi. Shuni ta’kidlash joizki, endilikda butun Markaziy
Osiyo davlatlari mashinasozligi mahsulotining 2/3 qismi O‘zbekistonda ishlab
chiqarilmoqda.
Mamlakat mashinasozlik majmui ko‘p tarmoqli bo‘lishi bilan birga uning
iqtisodiyotda va ayniqsa, mamlakat milliy valyuta tushumida ham ulushi ortib
bormoqda. Ayniqsa, uning MOD uchun tamoman yangi tarmog‘i —
avtomobilsozlikning vujudga kelishi tarixiy voqea bo‘ldi. Mamlakat yalpi sanoat
mahsuloti umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining hissasi barqarorlashib
kelmoqda. Asaka shahrida barpo qilingan birgina yengil avtomobil zavodining
ishga tushirilishi ushbu barqarorlashuvga ijobiy tus berdi va mamlakat
mashinasozlik majmuining iqtisodiyotdagi ulushini oshirdi. Mashinasozlik
majmuasining hududiy joylashuvida juda keskin tafovutlar mavjud bo‘lib, bunda
Toshkent shahri nihoyat katta salmoqqa (54,0 foiz) ega, shuningdek, Toshkent
(12,1 foiz), Andijon (6,4 foiz), Samarqand, Farg‘ona (5,5 foiz) viloyatlarining ham
salmog‘i anchagina. Lekin bu sohada hanuzgacha Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo,
6
Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarining salmog‘i nihoyatda pastligicha
qolmoqda.
22,0
%
12,1
%
54,0
%
5,5
%
6,4
%
10.2-rasm. Mashinasozlik majmuasining hududiy joylashuvi
3. Mashinasozlikning tarmoqlar tarkibi, ixtisoslashuvi va joylashishi.
Avtomobilsozlik. Sanoatning bu tarmog‘i respublikada yangi. Uni tashkil
qilish va rivojlantirish mamlakatimizning ichki ehtiyoji uchun o‘ta muhim masala
bo‘lishiga qaramasdan sobiq Markaz “O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishga
yo‘l bo‘lsin” qabilida ish tutgan edi. Faqat mustaqillik mamlakatimizning iqtisodiy
rivojlanish qirralarini keng ochdi va, jumladan, O‘zbekiston avtomobilsozligini
vujudga keltirishga obektiv sharoit yaratib berdi.
Mamlakatdagi bir qator avtomobil tuzatish (ta’mirlash) zavodlari (1939),
yengil mashinalarga texnika xizmatini ko‘rsatadigan “O‘zavtotexxizmat”,
“O‘zavtovazxizmat” ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa korxona va
tashkilotlar respublika vtomobil sanoatini vujudga keltirishda asos edi. Endilikda
respublika avtomobil sanoati tarkib topgan va rivojlanishning dastlabki bosqichiga
qadam qo‘ygan. U yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, avtomobil dvigatellari,
7
Toshkent viloyati– 12,1%
Qolgan hududlar – 22%
Toshkent shahri – 54%
Andijon viloyati– 6.4%
Samarqand va Farg‘ona viloyatlari – 5,5%
avtomobillarga ehtiyot qismlar, asbob-uskuna va jihozlar ishlab chiqarishga tobora
chuqur ixtisoslashib bormoqda.O‘zbekiston avtomobilsozligi mustaqillik sharofati
bilan vujudga kelgan bo‘lsa ham uning o‘z rivojlanish tarixi bor. Respublikada
birinchi marta 1994 yilning martida “O‘zavtomash” uyushmasi tashkil etildi. Uning
tarkibida 20ga yaqin sanoat korxonalari va tashkilotlar bor.
Avtomobilsozlik sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar
negizida avtomobil industriyasini barpo etish, yyengil va yuk avtomobillari,
avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqarish hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab
chiqarish vazifalari hal etilmoqda. Shuningdek, mamlakatda avtomobil sanoatiga
servis xizmatini tashkil qilish, respublika xalq xo‘jaligining avtotransport
texnikasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh
mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari ham hal etilmoqda.
O‘zbekiston avtomobilsozlikni rivojlantirishda chet el ilg‘or tajribasiga va
texnologiyasiga tayanmoqda va qator konsern va korporasiyalar bilan hamkorlik
qilmoqda. Jumladan, 1992 yilda O‘zbekiston Respulikasi Janubiy Koreyaning
DEU korporasiyasi bilan Asaka paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida
yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasiga asos
soldi.
Asaka avtomobil zavodi mamlakatimiz avtomobil sanoatining faxri. U
Markaziy Osiyoda yagona. Janubiy Koreyaning DEU korporasiyasi bilan
hamkorlikda qurilgan ushbu zavodning birinchi navbati 1996 yil martida ishga
tushirildi. Mikroavtobuslarni syeriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996
yilning 19 iyulida esa zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o‘tkazildi.
Asaka avtozavodida “Neksia”, “Damas” “Matiz”, “Lasetti”, “Cobalt”, “Malibu”,
“Ravon”va boshqa rusumli tejamli avtomobillari respublikamiz aholisining
ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda va o‘nlab xorijiy mamlakatlarga
eksport qilinmoqda. Ushbu zavodni qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlanib,
yaqin muddatda yangi model va markadagi avtomashinalar ishlab chiqarish rejasi
amalga oshirilmoqda. 1999 yili Samarqand shahrida Turkiya Respublikasi firmalari
bilan hamkorlikda yana bir avtomobil zavodi ishga tushirildi. Bu “Samkochavto”
8
O‘zbekiston
mashinasozlik
majmui
Qishloq xo’jalik
mashinasozligi
To’qimachilik
mashinasozligi
Avtomobilsozlik
samolyotsozlik
Asbobsozlik
Radio elektronika va
elektrotexnika mashinasozligi
Qurilish va yo’l
qurilishi
mashinasozligi
Kimyo va neft
mashinasozligi
Kommunal xo’jalik
mashinasozligi
Madaniy-maishiy-ro’zg’or
texnikasi mashinasozligi
zavodidir. U ham Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, yaqin vaqt ishida yiliga uch
ming avtobus, 1 ming yuk mashinalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
10.3-rasm. O‘zbekiston mashinasozlik majmui tarmoqlari
Yangi avtomobil zavodlarida ishlab chiqarish jarayonini doimo
takomillashtirib borish, turli agregatlar, avtomobil dvigatellari, podshipniklar va
boshqa ko‘p turdagi qismlarni respublikamiz hududidagi korxonalarda ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, jumladan, 1993 yildayoq mamlakat avtomobil
sanoatini butlovshi va ehtiyot qismlar bilan taminlash maqsadida
“Avtoehtiyotqism” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan edi.
Respublikaning Toshkent, Shovot, Marhamat shaharlarida joylashgan podshipnik
zavodlarida avtomobil sanoati va qishloq xo‘jalik mashinasozligi uchun
podshipniklar ishlab chiqarila boshlandi. Samarqanddagi “Krasniy dvigatel” (1942
yil) ishlab chiqarish birlashmasi avtomobil dvigatellariga ehtiyot qismlar,
alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Avtomobil sanoatiga xizmat qiluvchi
yangi katta va kichik qo‘shma korxonalar Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Toshkent
viloyati shaharlarida ko‘plab qurilmoqda. 2002 yil Respublikamizda 35,1 ming
avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2016 yili bu ko‘rsatkich 85,7 mingtani, 2017
yili esa 135,5 mingni tashkil qildi.
9