MASOFAVIY O‘QITISH. MASOFAVIY O‘QITISHNING DIDAKTIK TIZIMI VA TAMOYILLARI

Yuklangan vaqt

2024-07-22

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

19,3 KB


 
 
 
 
 
 
MASOFAVIY O‘QITISH. MASOFAVIY O‘QITISHNING DIDAKTIK 
TIZIMI VA TAMOYILLARI 
 
 
Reja: 
1. Masofaviy o‘qitishning dolzarbligi 
2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi 
3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari 
4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi 
 
 
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va 
malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. 
Bunday ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlariga 
quyiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» 
mutaxassislarining 
fikricha, 
ta’lim 
jarayonini 
rivojlantirishning 
asosiy 
yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustakil o‘qish 
imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. Masofaviy o‘qitish – bu 
masofadan turib o‘qitish, qaysiki o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi 
telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib 
boriladi. Masofaviy o‘qitish, ayniqsa: o‘qitishning an’anaviy usullaridan 
foydalanish 
imkoniyatiga 
ega 
bulmagan, 
bu 
jarayon 
imkoniyatlarining 
chegaralanganligi tufayli o‘qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar 
uchun; turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari 
tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; o‘qituvchilar va boshka 
MASOFAVIY O‘QITISH. MASOFAVIY O‘QITISHNING DIDAKTIK TIZIMI VA TAMOYILLARI Reja: 1. Masofaviy o‘qitishning dolzarbligi 2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi 3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari 4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustakil o‘qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. Masofaviy o‘qitish – bu masofadan turib o‘qitish, qaysiki o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi. Masofaviy o‘qitish, ayniqsa: o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bulmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; o‘qituvchilar va boshka  
 
soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o‘quv 
muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni 
egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo‘lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy 
o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta’lim olish huqiqidan foydalana 
olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish aynan shunday o‘qitish shakli 
bo‘la oladi. O‘qitishning bu tizimi boshlang‘ich rivojlanish bosqichidadir. AQSH da 
1 mlnga yaqin odam masofaviy o‘qitish tizimida o‘qimoqda. Bu tizimda televidenie 
imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Ispaniyada masofaviy o‘qitish Milliy 
universiteti faoliyat ko‘rsatmokda. Bu erda sirtki oliy ta’lim olish xamda 
uqituvchilarning malakasini oshirish mumkin. Fransiyadagi masofaviy o‘qitish 
Milliy Markazi  davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan. Germaniyada ochiq 
universitet ochilgan bo‘lib, bu erda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish 
mumkin. SHvetsiyada Baltika Universiteti Baltika xududidagi 50 da ortiq 
universitetni o‘z ichiga qamrab oladi.  Masofaviy o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha 
barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o‘quv yurtida 
topshiriladi. Masofaviy o‘qitish YAponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, 
Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda. Masofaviy o‘qitish fakat 
milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balkim, alohida tijorat 
kompaniyalarida ham rivojlanmokda, masalan IBM, General Motors, Ford va 
boshqalar. Masofaviy o‘qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va 
ayni vaktda uning rivojlanish katalizatori hamdir.  
2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi 
Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: O‘qitish 
maqsadi davlat ta’lim standartlari asosida shakllanib, bilim, ko‘nikma va malakalar 
tizimini o‘z ichiga oladi. Bu ierarxik tizimda bo‘lib: o‘qitish maqsadi, o‘quv fani 
maqsadi, mavzuning o‘quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o‘quv 
maqsadidan shakllanadi. O‘qitish mazmuni an’anaviy o‘qitish tizimiga to‘g‘ri 
keladi. Masofaviy o‘qitishda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash 
imkoniyati yo‘q. O‘qitishning bunday turida o‘qitilishi taqiqlangan yo‘nalishlar 
ro‘yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo‘nalishlarda ushbu tizimni 
soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o‘quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo‘lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta’lim olish huqiqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi. O‘qitishning bu tizimi boshlang‘ich rivojlanish bosqichidadir. AQSH da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o‘qitish tizimida o‘qimoqda. Bu tizimda televidenie imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Ispaniyada masofaviy o‘qitish Milliy universiteti faoliyat ko‘rsatmokda. Bu erda sirtki oliy ta’lim olish xamda uqituvchilarning malakasini oshirish mumkin. Fransiyadagi masofaviy o‘qitish Milliy Markazi davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan. Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo‘lib, bu erda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish mumkin. SHvetsiyada Baltika Universiteti Baltika xududidagi 50 da ortiq universitetni o‘z ichiga qamrab oladi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o‘quv yurtida topshiriladi. Masofaviy o‘qitish YAponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda. Masofaviy o‘qitish fakat milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balkim, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmokda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar. Masofaviy o‘qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaktda uning rivojlanish katalizatori hamdir. 2. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: O‘qitish maqsadi davlat ta’lim standartlari asosida shakllanib, bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini o‘z ichiga oladi. Bu ierarxik tizimda bo‘lib: o‘qitish maqsadi, o‘quv fani maqsadi, mavzuning o‘quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o‘quv maqsadidan shakllanadi. O‘qitish mazmuni an’anaviy o‘qitish tizimiga to‘g‘ri keladi. Masofaviy o‘qitishda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash imkoniyati yo‘q. O‘qitishning bunday turida o‘qitilishi taqiqlangan yo‘nalishlar ro‘yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo‘nalishlarda ushbu tizimni  
 
qo‘llash taqiqlanadi. Ta’lim oluvchilar. Masofaviy o‘qitish tizimida ta’lim 
oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba’zan ularni tinglovchilar deb 
ataydilar. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim oluvchilarning etarli tayyorgarligini va 
ish o‘rinlarining texnik ta’minotini talab etadi. O‘qitadiganlar. Bu o‘qituvchilar, 
asosan ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bog‘liq bo‘ladi. Ammo 
masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi xususiyatlari o‘qituvchilar bajaradigan 
faoliyatlarini turli tuman funksiyalarini, serqirraligini va bajaradigan rollarining 
xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda o‘qituvchilar 
tavsiflanishi kengaytirilgan: o‘qituvchi – o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarning ishlab 
chiquvchisi; o‘qitish uslublari bo‘yicha maslahatchi (fasiliteyter); o‘quv 
kurslarining interaktiv uslublari bo‘yicha mutaxassis (tyuter); o‘qish natijalarini 
nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis (invigilator). O‘qitish metodlari (usullari). 
«Methodas» so‘zini yunon tilidan tarjima qilsak, uning ma’nosi – o‘zini tutish, yo‘l, 
ma’nosini anglatadi. O‘qitish metodlari deganda o‘qitish maksadiga erishish uchun, 
ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘qituvchi va o‘quvchi 
munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. 
Masofaviy o‘qitish tizimida, xuddi an’anaviy o‘qitish tizimidagidek, o‘qitishning 
besh metodi qo‘llaniladi: axborot – retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik 
va tadqiqot. O‘qitish vositalari. O‘qitish mazmuni va o‘qitish vositalari bir-biri bilan 
bog‘liq. Har bir o‘qitish vositasi o‘z didaktik imkoniyatlariga ega. O‘qituvchi bu 
didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish 
uchun kerakli o‘qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. O‘qitish 
vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi 
o‘quv materiallar; kopyuter o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio 
o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va 
virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi bilim bazalari; ekspert o‘quv tizimidagi va 
geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik 
vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, 
videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy o‘quv material bazasi. 
Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimning 
qo‘llash taqiqlanadi. Ta’lim oluvchilar. Masofaviy o‘qitish tizimida ta’lim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba’zan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim oluvchilarning etarli tayyorgarligini va ish o‘rinlarining texnik ta’minotini talab etadi. O‘qitadiganlar. Bu o‘qituvchilar, asosan ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bog‘liq bo‘ladi. Ammo masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi xususiyatlari o‘qituvchilar bajaradigan faoliyatlarini turli tuman funksiyalarini, serqirraligini va bajaradigan rollarining xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda o‘qituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan: o‘qituvchi – o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarning ishlab chiquvchisi; o‘qitish uslublari bo‘yicha maslahatchi (fasiliteyter); o‘quv kurslarining interaktiv uslublari bo‘yicha mutaxassis (tyuter); o‘qish natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis (invigilator). O‘qitish metodlari (usullari). «Methodas» so‘zini yunon tilidan tarjima qilsak, uning ma’nosi – o‘zini tutish, yo‘l, ma’nosini anglatadi. O‘qitish metodlari deganda o‘qitish maksadiga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. Masofaviy o‘qitish tizimida, xuddi an’anaviy o‘qitish tizimidagidek, o‘qitishning besh metodi qo‘llaniladi: axborot – retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot. O‘qitish vositalari. O‘qitish mazmuni va o‘qitish vositalari bir-biri bilan bog‘liq. Har bir o‘qitish vositasi o‘z didaktik imkoniyatlariga ega. O‘qituvchi bu didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish uchun kerakli o‘qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. O‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi bilim bazalari; ekspert o‘quv tizimidagi va geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy o‘quv material bazasi. Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimning  
 
me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi o‘quv 
muassasasining o‘quv materiali bazasi bilan chambarchas bog‘lik. An’anaviy o‘quv 
muassasasining o‘quv material bazasi o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha 
moddiy va texnik vositalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Bular: o‘quv va yordamchi 
binolar, laboratoriya anjomlar, asbob  uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, 
darsliklar, o‘quv-uslubiy materiallar. Identifikatsiyaviy-nazorat tizimi. Masofaviy 
o‘qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o‘qitish tizimida o‘quvchi shaxsini 
aniqlash – identifikatsiya qilish va falsifakatsiya (boshka shaxs o‘rnida faoliyat 
ko‘rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. SHuning uchun bu tizimda bilim sifatini 
ko‘p mezonli va ob’ektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini 
o‘tkazish ahamiyati ortadi. O‘qitish shakllari. Bu o‘qitishning tashkiliy shaklini 
tanlashdir. O‘qitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: ma’ruzalar, seminarlar, 
laboratoriya mashg‘ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil 
ish. Masofaviy o‘qitishda o‘quv jarayoni ketma-ket keladigan muloqotda bo‘lish va 
muloqotda bo‘lmagan davrlardan iborat. O‘qitish shakllarining barcha turlari, o‘quv 
jarayoni muloqotda bo‘lish davrida va muloqotda bo‘lmagan davrida o‘z 
xususiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi. Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Bu masofaviy o‘qitish 
tizimida eng ahamiyatli omillardan biri bulib, bozor iqtisodi sharoitida u faqat 
o‘zo‘zini moddiy ta’minlab qolmay, balkim, o‘quv tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishga olib keladi. SHuning uchun har bir o‘qituvchi o‘qitish tizimi 
iqtisodiyoti bilan tanish bo‘lishi kerak. CHet el tajribalari bu masofaviy o‘qitish 
tizimining samaradorligini ko‘rsatdi, ammo har bir konkret holatni iqtisodiy va 
pedagogik nuqtai nazardan baholash lozim. Me’yoriy-huquqiy tizim. O‘qitish 
tizimining rivojlanish asosi sifatida bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va 
mukammalligi xizmat qiladi. O‘quv qonunchiligining predmeti – pedagogik 
munosabatlardir, qolganlari esa, ya’ni, boshqaruv, mulkiy, moliyaviy va hokazo 
ishlab chiqarish xarakteriga ega. O‘qitish muassasasining faoliyati «Ta’lim 
to‘g‘risidagi qonun», Nizom, Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv  dasturlar, 
rejalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, kollegiya va ilmiy kengash qarorlariga asoslanadi. 
Marketing tizimi. Bozor iqtisodi sharoitida tizim samaradorligini ta’minlash uchun, 
me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi o‘quv muassasasining o‘quv materiali bazasi bilan chambarchas bog‘lik. An’anaviy o‘quv muassasasining o‘quv material bazasi o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha moddiy va texnik vositalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Bular: o‘quv va yordamchi binolar, laboratoriya anjomlar, asbob uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, darsliklar, o‘quv-uslubiy materiallar. Identifikatsiyaviy-nazorat tizimi. Masofaviy o‘qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o‘qitish tizimida o‘quvchi shaxsini aniqlash – identifikatsiya qilish va falsifakatsiya (boshka shaxs o‘rnida faoliyat ko‘rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. SHuning uchun bu tizimda bilim sifatini ko‘p mezonli va ob’ektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini o‘tkazish ahamiyati ortadi. O‘qitish shakllari. Bu o‘qitishning tashkiliy shaklini tanlashdir. O‘qitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish. Masofaviy o‘qitishda o‘quv jarayoni ketma-ket keladigan muloqotda bo‘lish va muloqotda bo‘lmagan davrlardan iborat. O‘qitish shakllarining barcha turlari, o‘quv jarayoni muloqotda bo‘lish davrida va muloqotda bo‘lmagan davrida o‘z xususiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi. Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Bu masofaviy o‘qitish tizimida eng ahamiyatli omillardan biri bulib, bozor iqtisodi sharoitida u faqat o‘zo‘zini moddiy ta’minlab qolmay, balkim, o‘quv tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi. SHuning uchun har bir o‘qituvchi o‘qitish tizimi iqtisodiyoti bilan tanish bo‘lishi kerak. CHet el tajribalari bu masofaviy o‘qitish tizimining samaradorligini ko‘rsatdi, ammo har bir konkret holatni iqtisodiy va pedagogik nuqtai nazardan baholash lozim. Me’yoriy-huquqiy tizim. O‘qitish tizimining rivojlanish asosi sifatida bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi. O‘quv qonunchiligining predmeti – pedagogik munosabatlardir, qolganlari esa, ya’ni, boshqaruv, mulkiy, moliyaviy va hokazo ishlab chiqarish xarakteriga ega. O‘qitish muassasasining faoliyati «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», Nizom, Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv dasturlar, rejalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, kollegiya va ilmiy kengash qarorlariga asoslanadi. Marketing tizimi. Bozor iqtisodi sharoitida tizim samaradorligini ta’minlash uchun,  
 
har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasi ham marketing xizmatini tashkil 
qilishi kerak. Har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasining marketing 
xizmatini tashkil qilish bozor iqtisodi sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak. 
Masofaviy o‘qitish tizimida marketing an’anaviy vazifalarni bajaradi, ya’ni, ishlab 
chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish, talablarni aniqlashga yo‘naltirilgan, 
o‘quv muassasasi faoliyatini iste’molchi bozoriga moslashtiradi. Masofaviy o‘qitish 
tizimini tashkil etishda marketingning quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi: 
ta’lim xizmatlari bozorida talabni va uning o‘sish dinamikasini hisoblash, 
yo‘nalishlarni aniqlash, kerak bo‘lgan mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash; 
ta’lim xizmatlari ishlab chiqarishini bozor talablariga makimal darajada moslash 
(o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy adabiyot, o‘qituvchilar tayyorlash 
va h.z); masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda iste’molchi, jamiyat va ta’lim 
muassasasi manfaatlarini uyg‘unlashtirish; ta’lim xizmatlarini targ‘ibot qilish 
(milliy va xalqaro masshtabda). Masofaviy o‘qitish tizimining didaktik tizimini 
izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga 
imkon yaratadi.  
3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari Masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos 
tamoyillari quyidagilardan 17. Bular natijasini tahlili asosida individual o‘quv 
rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha 
ham. Identifikatsion tamoyil. Mustaqil o‘qishni nazorat shakli bo‘lib, bilim sifatini 
nazorat qilishda bevosita muloqot videokonferensiyalar kabi turli texnik vositalarini 
qo‘llaniladi. 175 O‘qitish reglamenti tamoyili. O‘quv jadvalining qat’iy 
rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi. YAngi 
axborot texnologiya vositalarini qo‘llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili. 
Masofaviy o‘qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud 
bo‘lgan texnik vositalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni 
qo‘llashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy o‘qitish tizimida 
qo‘llaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 
40- 50%, WWW serverlaridagi o‘quv materiallar 30-35%, kompyuter 
videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%. Ta’limning oshkoralik va 
har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasi ham marketing xizmatini tashkil qilishi kerak. Har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasining marketing xizmatini tashkil qilish bozor iqtisodi sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak. Masofaviy o‘qitish tizimida marketing an’anaviy vazifalarni bajaradi, ya’ni, ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish, talablarni aniqlashga yo‘naltirilgan, o‘quv muassasasi faoliyatini iste’molchi bozoriga moslashtiradi. Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda marketingning quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi: ta’lim xizmatlari bozorida talabni va uning o‘sish dinamikasini hisoblash, yo‘nalishlarni aniqlash, kerak bo‘lgan mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash; ta’lim xizmatlari ishlab chiqarishini bozor talablariga makimal darajada moslash (o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy adabiyot, o‘qituvchilar tayyorlash va h.z); masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda iste’molchi, jamiyat va ta’lim muassasasi manfaatlarini uyg‘unlashtirish; ta’lim xizmatlarini targ‘ibot qilish (milliy va xalqaro masshtabda). Masofaviy o‘qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi. 3. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari Masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari quyidagilardan 17. Bular natijasini tahlili asosida individual o‘quv rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha ham. Identifikatsion tamoyil. Mustaqil o‘qishni nazorat shakli bo‘lib, bilim sifatini nazorat qilishda bevosita muloqot videokonferensiyalar kabi turli texnik vositalarini qo‘llaniladi. 175 O‘qitish reglamenti tamoyili. O‘quv jadvalining qat’iy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi. YAngi axborot texnologiya vositalarini qo‘llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili. Masofaviy o‘qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud bo‘lgan texnik vositalarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo‘llashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy o‘qitish tizimida qo‘llaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40- 50%, WWW serverlaridagi o‘quv materiallar 30-35%, kompyuter videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%. Ta’limning oshkoralik va  
 
o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili. Bu tamoyil yosh va boshlang‘ich ta’lim 
darajasi jihatdan «mo‘‘tadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida 
o‘tkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik o‘quv 
muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (individual) reja bo‘yicha o‘qitishda 
qo‘shimcha harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko‘p variantliligini 
ta’minlash va bir o‘quv yurtidan boshqa o‘quv yurtiga o‘tish imkoniyatini mavjud 
bo‘ladi. Masofaviy o‘qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng 
asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Masofaviy o‘qitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning 
ijtimoiy samaradorligini e’tiborga olish lozim.  
4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi  
Masofaviy o‘qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko‘p 
tarqalgan ta’rif quyidagicha: masofaviy o‘qitish texnologiyasi bu ta’limni 
belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo‘naltirilgan usullar tizimi, 
maxsus vositalarning, o‘qitish shakllarining majmuasidir. Pedagogik texnologiya 
tushunchasiga berilgan YUNESKO ta’rifiga ko‘ra masofaviy o‘qitishga quyidagi 
ta’rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o‘qitish texnologiyasi – bu inson va texnik 
resurslarini,  ularning o‘zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta’lim xizmatining 
butun jarayonini yaratish, qo‘llash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‘lib, 
bilvosita individuallashgan ta’lim tizimida o‘qitish shakllarini maqbullashtirishni 
o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: - ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi; - ta’lim axborotlarini 
uzatish texnologiyasi; - ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 
Ta’lim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda ko‘llashi uchun, 
ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimlardir. Masofaviy o‘qitish tizimida yangi 
elektron kitoblarga alohida talablar qo‘yiladi. Elektron kitoblardagi ta’limiy axborot 
tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi 
kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi. Elektron darslik 
quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak: - tushunchalar beriladigan matn 
qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi (tushunchalar, ta’riflar, teoremalar), va 
o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili. Bu tamoyil yosh va boshlang‘ich ta’lim darajasi jihatdan «mo‘‘tadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida o‘tkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik o‘quv muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (individual) reja bo‘yicha o‘qitishda qo‘shimcha harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko‘p variantliligini ta’minlash va bir o‘quv yurtidan boshqa o‘quv yurtiga o‘tish imkoniyatini mavjud bo‘ladi. Masofaviy o‘qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga oshirishni ta’minlaydi. Masofaviy o‘qitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini e’tiborga olish lozim. 4. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi Masofaviy o‘qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko‘p tarqalgan ta’rif quyidagicha: masofaviy o‘qitish texnologiyasi bu ta’limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo‘naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o‘qitish shakllarining majmuasidir. Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YUNESKO ta’rifiga ko‘ra masofaviy o‘qitishga quyidagi ta’rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o‘qitish texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o‘zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta’lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo‘llash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‘lib, bilvosita individuallashgan ta’lim tizimida o‘qitish shakllarini maqbullashtirishni o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi. Masofaviy o‘qitish texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi; - ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi; - ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Ta’lim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda ko‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimlardir. Masofaviy o‘qitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qo‘yiladi. Elektron kitoblardagi ta’limiy axborot tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi. Elektron darslik quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak: - tushunchalar beriladigan matn qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi (tushunchalar, ta’riflar, teoremalar), va  
 
bayonning mantiqiy tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bog‘liqligi); - ta’lim 
olishda qulay yangilik tizimiga ega bo‘lishi, tinglovchi kursning bir qismidan 
ikkinchi qismiga o‘tishi, o‘qituvchiga elektron xabarlar yuborishi, diskussiyalar 
bo‘limiga o‘tishi; - zamonaviy kompyuterlarning multimedia va Internet 
imkoniyatlaridan foydalanish; - darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi; 
- glossariy mavjudligi (avtonom qo‘shimcha ma’lumotlar) va ularga tayanish. 
Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun 
ishlab chiqariladi; - darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va 
Internetdagi manbalarning ko‘rsatilishi; - qulayligi- tizimga tez kirish; - o‘qituvchi 
bilan samarali aloqada bo‘lish (elektron pochta, ...) aniq vaqt birligida Internet orqali 
gapira olish. Ta’lim axborotlari ta’lim texnologiyalari orqali uzatiladi. Ta’lim 
texnologiyasi – bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga uzatishda 
qo‘llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‘qitish tizimida tasviriy 
fikrlashni faollashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak, ya’ni o‘qituvchi fikrini 
tasviriy obrazlar ko‘rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim 
texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega. 
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga etkazish, o‘qituvchi va tinglovchi 
o‘rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‘llashga tayangan apparat-
dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular – axborot texnologiyalaridir. Masofaviy 
o‘qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo‘lib, 
quyidagi qo‘shimcha talablarga javob berishi kerak: Adaptatsiya – ta’lim jarayonini 
o‘quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik 
xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim olish jarayonida juda 
muhimdir. Iqtisodiy muvofiqlik – bu talabga rioya etish ta’lim tizimining moliyalash 
mablag‘lari chegaralanganligidan kelib chiqadi. O‘zgaruvchanlik – ta’lim sifati va 
mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o‘quv materiallari va darsliklarni 
modernizatsiyasi takomillashtirishdir. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot 
jadallashuvi talablariga ko‘ra paydo bo‘ladi. Nazorat – o‘qitishning barcha 
bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash. 
bayonning mantiqiy tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bog‘liqligi); - ta’lim olishda qulay yangilik tizimiga ega bo‘lishi, tinglovchi kursning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tishi, o‘qituvchiga elektron xabarlar yuborishi, diskussiyalar bo‘limiga o‘tishi; - zamonaviy kompyuterlarning multimedia va Internet imkoniyatlaridan foydalanish; - darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi; - glossariy mavjudligi (avtonom qo‘shimcha ma’lumotlar) va ularga tayanish. Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun ishlab chiqariladi; - darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi manbalarning ko‘rsatilishi; - qulayligi- tizimga tez kirish; - o‘qituvchi bilan samarali aloqada bo‘lish (elektron pochta, ...) aniq vaqt birligida Internet orqali gapira olish. Ta’lim axborotlari ta’lim texnologiyalari orqali uzatiladi. Ta’lim texnologiyasi – bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga uzatishda qo‘llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‘qitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak, ya’ni o‘qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko‘rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega. Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga etkazish, o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‘llashga tayangan apparat- dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular – axborot texnologiyalaridir. Masofaviy o‘qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo‘lib, quyidagi qo‘shimcha talablarga javob berishi kerak: Adaptatsiya – ta’lim jarayonini o‘quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim olish jarayonida juda muhimdir. Iqtisodiy muvofiqlik – bu talabga rioya etish ta’lim tizimining moliyalash mablag‘lari chegaralanganligidan kelib chiqadi. O‘zgaruvchanlik – ta’lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o‘quv materiallari va darsliklarni modernizatsiyasi takomillashtirishdir. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko‘ra paydo bo‘ladi. Nazorat – o‘qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash.  
 
Masofaviy o‘qitish tizimi natijalari o‘quv kurslarining ishlanmasi va taqdimoti 
sifatiga bog‘liqdir.  
 
Nazorat savollari 
1.Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning dolzarbligini tushuntiring.  
 2.Insonni ta’limga bo‘lgan ehtiyoji kabi huquqini amalga oshirishga masofavyi 
o‘qitishni xizmat qilishini izohlab bering.  
3.Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimini tarkibini aytib bering.  
4.O‘qitish maqsadi nima asosida shakllanadi?  
5.O‘qitish mazmuni qanday belgilanadi?  
6.Ta’lim oluvchilarga quyiladigan talablar?  
7.O‘qitadiganlarning funksiyalari nimalardan iborat?  
8.O‘qitish uslublarini izohlang. 
Masofaviy o‘qitish tizimi natijalari o‘quv kurslarining ishlanmasi va taqdimoti sifatiga bog‘liqdir. Nazorat savollari 1.Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning dolzarbligini tushuntiring. 2.Insonni ta’limga bo‘lgan ehtiyoji kabi huquqini amalga oshirishga masofavyi o‘qitishni xizmat qilishini izohlab bering. 3.Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimini tarkibini aytib bering. 4.O‘qitish maqsadi nima asosida shakllanadi? 5.O‘qitish mazmuni qanday belgilanadi? 6.Ta’lim oluvchilarga quyiladigan talablar? 7.O‘qitadiganlarning funksiyalari nimalardan iborat? 8.O‘qitish uslublarini izohlang.