MASOFAVIY TA’LIM VA MASOFAVIY O‘QITISH TUSHUNCHALARI. MASOFALI O’QITISH KONSEPSIYASI, RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI. MASOFALI O’QITISH KONSEPSIYASINING DIDAKTIK PRINSIPLARI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
40,4 KB
Ilmiybaza.uz
MASOFAVIY TA’LIM VA MASOFAVIY O‘QITISH TUSHUNCHALARI.
MASOFALI O’QITISH KONSEPSIYASI, RIVOJLANTIRISH
BOSQICHLARI. MASOFALI O’QITISH KONSEPSIYASINING
DIDAKTIK PRINSIPLARI
Reja:
1. Masofaviy ta’lim tushunchasi.
2. Masofaviy o`qitish usullari. Masofaviy o‘qitish kontseptsiyasi.
3. Masofaviy o`qitishning rivojlantirish bosqichlari.
4. Masofaviy o‘qitishning kontseptual asoslari.
5. Masofaviy ta’limning pedagogik texnologiyalari.
6. Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti.
7. Masofaviy ta’limning ijtimoiy-pedagogik tizimini modellashtirish
Ilmiybaza.uz
Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangi-yangi
tushunchalar kirib kelmoqda. Qo‘yida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib,
ularga ta’riflar berib o`tilgan.
O`qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo`naltirilgan tizimli bilim va
ko`nikmalar bilan qurollangan jarayondir.
Ta’lim – bu o`qitishning natijasi bo`lib, shaxsiyatni tarbiyalash va
rivojlantirishdir.
Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish
vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot
va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga
ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shart-sharoitlari va
o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda
shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi
vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi
vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining
barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi
ta’lim kompleksidir.
Demak, masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan.
Masofaviy o`qitishning va masofaviy ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik
tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari
bilan farqlanadi.
Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda
ta’lim olish imkoniyati mavjudligi.
Modullilik – Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari
to`plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish
imkoniyati mavjudligi.
Ilmiybaza.uz
Parallellik – O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Keng qamrovlilik – Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta
o`quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar)
zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya
vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda bo`lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik – O`quv maydonlari, texnika vositalari, transport
vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini bir
joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko`p
sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan
xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va
moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish
imkoniyati.
Internatsionallilik – Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob
beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O`qituvchining yangi roli – Masofaviy o`qitish o`qituvchining o`qitish
jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o`qituvchi o`zlashtirish
jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda
berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini
yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.
Sifat – Masofaviy o`qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim
turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib,
eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan
holda o`quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga
ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo`lib qoldi? – degan savol
tug`ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga
bog`liqmasligi va boshqalar).
Ilmiybaza.uz
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga ehtiyoj
borligini ko`rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar
kiradi:
1) Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o`quvchilar,
talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib
berish.
2) Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari,
kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim
muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim
berishning sifat darajasini oshirish.
3) Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha
ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
4) Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim
muhitini kengaytirish.
5) Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
6) Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim
kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy
ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot
va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi
Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy
etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o`z paytida xal etishga yordam
beradi.
Ilmiybaza.uz
Masofaviy o`qitish nima?
Darhaqiqat, masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday
foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud?
Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim, ular
bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o`zgarishlar, xususan
axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog`liq. Ta’lim,
ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot
kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog`ini
rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo`nalishlarini
ochilishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, o`quv muassasalarining texnik ta’minotini
keskin o`zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo`l ochilishi o`qitishning
yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini
ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o`qitish usullariga qo`shimcha
ravishda yangi o`qitish shakli - masofaviy o`qitish yaratilishiga omil bo`ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro
maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning
boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet
texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jahon axborot ta’lim
tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o`zaro aloqa tamoyiliga ega
bo`lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy o`qitish barcha ta’lim olish istagi bo`lganlarga o`z malakasini
uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv
rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazoratdan o`tadi,
o`qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa
«vertikal o`quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo`ladi.
Ma’lum sabablarga ko`ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo`limlarida
tahsil olish imkoniyati bo`lmagan, masalan, sog`ligi taqoza etmaydigan,
mutaxassicligini o`zgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish
niyati bo`lgan kishilar uchun masofaviy o`qitish qulay o`qitish shakli hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Masofaviy o`qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog`liq.
Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o`qitish vositalari (o`quv qo`llanma,
darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio
va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o`zaro muloqotda bo`lishga, elektron
pochta to`g`ri va teskari aloqa o`rnatishga, ya’ni xabarlarni jo`natish va qabul
qilishga mo`ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga
ma’ruzalarni tinglash va ko`rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar,
topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o`zaro teskari aloqa
orqali o`qitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga
olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o`tamiz.
Masofaviy ta’lim - masofaviy o`qitishga asoslangan ta’lim.
Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki
boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari – maqsad,
mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va
o`qituvchi o`rtasidagi munosabat.
Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil
etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi
o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Masofaviy
o`qitishning
pedagogik
texnologiyalari
–
tanlangan
o`qitish
konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini
ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi.
Keys-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki,
masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o`quv uslubiy
materiallar majmuasi qo`llanishga asoslanadi.
TV-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u
talabalarga
o`quv-metodik
ma’lumotlarni
televidenie
vositasi
yordamida
yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan
o`rnatishga asoslanadi.
Ilmiybaza.uz
Masofaviy o`qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va
shakllari mavjud bo`lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda
joylashuvi, iqlimi);
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining
qo`llanish darajasi;
- ta’limda qo`llaniladigan an’analari;
- masofaviy o`qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning
salohiyati va boshqalar.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda.
Deyarli
har
daqiqada
sayyoramizning
turli
burchaklarida
o‘zgarishlar,
yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz
kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va
ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita
olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish
orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs
tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni
takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Ta’lim tizimida Masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda.
Masofadan o‘qitish uslubi - bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish
bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash,
xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga
qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu
Ilmiybaza.uz
afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik
korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan
foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini
o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi,
materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni,
testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan programmani qanchalik tez
o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni
o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat
beriladi.
Masofadan o‘qitishda odatda ishlayotganlar onalar, o‘qiyotganlar biror
mutaxxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub
nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish
imkoniga ega.
Masofadan o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoxonalar zarur
emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy harajatlar asosan o‘quv uslubiy materiallar
tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy
qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy
harajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham
pasayadi. Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv-uslubiy materiallarni
tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o‘quv-uslubiy materiallarning sifati
masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O‘quv-uslubiy material
qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik u o‘quvchiga foydali bo‘ladi.
Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo‘lmog‘i zarur.
Masofadan o‘qitish nima?
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda
o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi,
kommunikatsiyadir.
Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
• Darslik
Ilmiybaza.uz
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar (Internet sahifa)
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Multimedia - elektron darsliklar
Masofadan o‘qitish
qanday
amalga
oshiriladi.
Dunyoda
ko‘pgina
universitetlarda va o‘quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan
topishingiz mumkin.
Manzilga kirib bu o‘qish talabasi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz
zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin.
Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog‘liq.
O‘qish tartibi quyidagicha: o‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar
beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va
o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur
holda ko‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzoqara
asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan ham ba’zan
foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O‘qish jarayonida
talaba darsliklardan, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan,
vidoekonferentsiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi
va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda
o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishda aktivlikka
rag‘batlantiradi.
Masofaviy o‘qitishning kontseptual asoslari
Masofaviy o‘qitish tizimi uzluksiz ta’lim tizimida kunduzgi, sirtqi, eksternat
o‘qitish tizimlari qatorida ko‘rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarini
o‘zida aks ettiradigan shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalari
tomonidan zamonaviy ta’lim tizimlarining barcha shakllari uchun tan olingan.
O‘qitish markazida o‘qitish jarayoni emas, talabaning shaxsiy imkoniyatlari va
Ilmiybaza.uz
qobiliyatidan kelib chiqadigan bilish faoliyati, o‘rganish turadi. O‘qituvchining
faoliyati talabalarning mahsuliy faoliyatining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Binobarin, ta’lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellektual va
ma’naviy rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, axborotlar bilan
ishlashni o‘rgatishdir.
Masofaviy o‘qitishdagi shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv Internet taqdim
etayotgan ajoyib imkoniyatlarga suyangan holda o‘quv jarayonining ta’lim
darajasini sezilarli oshiradi. Masofaviy o‘qitish jarayonini shunday pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish lozimki, talabalarning quyidagi imkoniyatlari
shakllansin:
aniq ilmiy yoki amaliy muammolarni yechishga tadbiq eta oladigan zaruriy
fundamental bilimlarni olish;
bilish faoliyati jarayonida kelib chiqqan muammolarni do‘stlar bilan hal etish;
qo‘yilgan masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot
manbalari bilan ishlash;
barcha mavjud muammolarni bartaraf etish, egallangan bilimlarni amaliyotda
qo‘llash;
Internet texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil kuzatishlar olib borish;
o‘z bilim darajalarni, erishilgan yutuqlarini baholash imkoniga ega bo‘lish, o‘z
faoliyatini to‘g‘rilay olish.
Bir tomondan, barcha aytilganlar tanqidiy fikrlashni shakllantirishni keltirib
chiqaradi. Boshqa tomondan, shunday pedagogik texnologiyalarni va tashkiliy
shakllarni tanlash talab etiladiki, yuqorida keltirilgan o‘qitish shartlarining tadbiqi
tanqidiy fikrlashning shakllanishiga xizmat qilsin. Tanqidiy fikrlash tushunchasiga
to‘xtalamiz. Uni qisqacha qilib shunday ta’riflash mumkin: «ketma-ket
argumentlashtirilgan, maqsadga yo‘nalgan o‘ylash». Tanqidiy fikrlash bir nechta
omillar bilan xarakterlanadi:
1. Aqliy va ixtiyoriy boshqa faoliyatni rejalashtirishga intilish. 2.
Dogmatizmning qarama-qarshisi bo‘lgan egiluvchanlik; 3. Chidamlilik, maqsadga
Ilmiybaza.uz
erishishdagi ketma-ketlik; 4. O‘z-o‘zini to‘g‘rilashga tayyorgarlik. Zamonaviy
kompyuter didaktik dasturlari (elektron darsliklar, kompyuter topshiriqnomalari,
o‘quv qo‘llanmalari, gipermatnli axborot-ma’lumot tizimlari, arxivlar, kataloglar,
ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor
dasturlar) bilimlarning ko‘p sohalari kesishuvidan kelib chiqqan multimediya –
texnologiyalari asosida yaratiladi. Rangli kompyuter animatsiyalaridan, yuqori
ishlanadi. Sifatli grafika, videokator, sxemali, formulali, spravochnik (yordamchi
prezentatsiyalari)dan foydalanish – o‘rganilayotgan kursni dinamik tasvirlarning
ketma-ket yoki tarmoqlangan zanjiri tarzida namoyish etish imkonini beradi.
Multimediya – tizimlar didaktik materialni uzatishni yuqori darajada qulay va
ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi, bu o‘rganishga qiziqishni orttirish va
bilimlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. Multimedia kurslari uchun
umumiy bo‘lgan quyidagi talablarni olish mumkin: 1) fanga kirish (tarixi, predmeti,
dolzarbligi, mutaxassislik bo‘yicha dasturning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va o‘rni); 2) fan (kurs) bo‘yicha o‘quv dasturi; 3) fanni o‘rganishning maqsad va
vazifalari; 4) kursni mustaqil o‘rganish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar; 5) mundarija;
6) bo‘limlar bo‘yicha tuzilgan asosiy mundarija; 7) bo‘limlar bo‘yicha nazariy va
amaliy ma’lumotlar, testlar, savollar, trening uchun javoblari bilan mashqlar; 8)
yakuniy test; 9) mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar; 10) katta bo‘lmagan
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mavzular (mini-ITI); 11) terminlarning izohli lug‘ati;
12) qisqartma va atamalar ro‘yhati; 13) xulosa; 14) adabiyotlar ro‘yxati (asosiy,
qo‘shimcha, fakultativ); 15) kursning mavzulari bo‘yicha darsliklardan, jurnallardan
olingan va ilmiy maqolalar lavhalarini o‘z ichiga olgan xrestomatiya (dayjest); 16)
qo‘llanmaning muallifi haqida qisqacha ma’lumot.
Ilmiybaza.uz
Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o‘qitish
konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini
ta’minlovchi o‘qitish metodi va uslublar majmuasidir. Keys-texnologiya –
masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o‘quv uslubiy
materiallar majmuasini qo‘llashga asoslanadi. TV-texnologiya –talabalarga o‘quv-
metodik ma’lumotlarni televideniye vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi
va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o‘rnatishga asoslanadi.
Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari
mavjud bo‘lib, ular quyidagi shartlar bilan farqlanadi: 1) geografik shartlar
(mamlakat hududi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); 2) mamlakatning
axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; 3) kommunikatsiya va
transport vositalarining rivojlanish darajasi; 4) ta’lim jarayonida axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo‘llanish darajasi; 5) ta’limda
qo‘llaniladigan an’analar; 6) masofaviy o‘qitish tizimining ilmiy-pedagog kadrlar
ta’minoti va ilmiy salohiyati.
Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
INTERAKTIV texnologiyalar:
1. internet masofaviy ta’lim portali;
2. video va audio konferensiyalar;
3. elekron pochta orqali ta’lim;
4. internet orqali mustakil ta’lim olish;
5. uzoqdan boshqarish tizimlari;
6. onlayn simulyator va o‘quv dasturlari;
7. test topshirish tizimlari.
INTERAKTIV bo‘lmagan texnologiyalar:
1. video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar;
2. televizion va radio ko‘rsatuvlar;
3. disklarda joylashgan dasturlar.
Ilmiybaza.uz
Video va audio konferensiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloqa
kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion
holatda bir- biri bilan bog‘lab ta’lim olish yo‘li. Video va audio konferensiyalar
uchun katta xajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo‘lgan aloqa kanali va
o‘qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish talab
etiladi.
Internet orqali mustaqil ta’lim olish - Internetdagi ko‘pgina saytlarda joylashgan
katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish
yo‘li. Elektron pochta orqali ta’lim-ommaviy Internet xizmatlaridan foydalangan
holda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida xatlar orqali muloqot o‘rnatib ta’lim olish yo‘li.
U yordamida xar xil test, vazifa, savol-javob va ko‘rsatmalarni (matn, grafika,
multimediya, dasturlar va boshqa ko‘rinishda) yuborish hamda qabul qilish mumkin.
Masofadan boshqarish tizimlari - murakkab dastur, tizim va uskunalarni real holatda
boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus tizimlar yordamida
16 bilim olish yo‘li. Masofadan boshqarish tizimlarining 13
asosiy vazifasi talabaga faqatgina amaliy bilimlarni berishdan iborat bo‘lishi
mumkin.
Simulyator, elektron darsliklar va o‘quv dasturlar - nazariy va amaliy bilimlarni
kompyuter dasturlari orqali talabalarga off-layn holatida yetkazish yo‘li. Simulyator
va elektron dasrliklar xozirgi kunda ta’lim sohasida juda keng qo‘llanilmoqda.
Test topshirish tizimlari - bu maxsus dasturlar yordamida talabalarning amaliy va
nazariy bilimlarini tekshirib, ularni baholash uchun xizmat qiladi.
Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (on-layn resurslar)
bo‘lib, ularning asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil qilish, talaba va o‘qituvchi
o‘rtasida elektron on-layn muloqotni o‘rnatish, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni
joylashtirish va talabalarga ushbu ma’lumotlar bilan ishlashga hamda boshqa
masofaviy ta’lim servislaridan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iborat.
2.2. Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti
Ilmiybaza.uz
Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi rolini yanada
kengaytiradi va yangilaydi. Endi o‘qituvchi o‘zlashtirish jarayonini muvofiq-
lashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda o‘qtayotgan fanini
muntazam
mukammallashtirishi,
saviya
va
ijodiy
faoliyatini
yanada
chuqurlashtirishi talab etiladi. O‘qituvchi o‘quv materiallari va mazmunini har bir
talabaning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga qarab moslashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Bu albatta ta’lim samaradorligini oshishiga olib keladi.
Shu sababli masofaviy ta’limning quyidagi asosiy xarakteristikasida ham ushbu omil
o‘z o‘rnini topgandir:
- kommunikativ tarkibiy qism va uning amalga oshirilishi;
- o‘quv materiallarini yetkazish, uning tarkibini to‘g‘ri tanlash va asoslash;
- o‘quv mazmunini talabaning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga
moslashuvchanligini ta’minlash tizimining mavjudligi.
2.3. Masofaviy ta’limning ijtimoiy-pedagogik
tizimini modellashtirish
Masofaviy ta’limni rivojlanishi o‘quv jarayonini loyihalashga, uning sifatiga,
masofaviy ta’lim asosida o‘qitishning barcha bo‘g‘inlari didaktik ta’minotini to‘g‘ri
amalga oshirishga yuqori talablarni qo‘yadi. 14
Masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti deganda aniq fan yoki fan bo‘limi
bo‘yicha MTning tizimli prinsipi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua
tushuniladi.
O‘quv uslubiy majmualarni yaratishda birinchi navbatda didaktikaning ma’lum
prinsiplar tizimi (S.I.Arxangelskiy, Y.K.Babanskiy, V.I.Zagvyazinskiy, I.Y, Lerner,
V.A.Slastenin, P.I.Pidkasistiy) hamda masofaviy ta’lim xususiyat-larini hisobga
oluvchi omillari hisobga olinishi lozim.
Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy bazasini shakllantirishda quyidagi prinsiplarni
asosiy qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
didaktik jihatdan foydaliligi;
ketma-ketlik va tizimlashganligi;
Ilmiybaza.uz
modullilik;
ko‘p darajalilik;
kognitivlilik;
moslashuvchanlik;
nochiziq tarkib.
Yuqoridagi prinsiplar ichida eng asosiysi didaktik foydalilik hisoblanadi, chunki
boshqa prinsiplar bu prinsip asosida shakllanuvchi va uni to‘ldiruvchi prinsiplar
hisoblanadi.
Didaktik foydalilik-qo‘yilgan o‘quv maqsadga erishishda o‘quvchi shaxsini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot xususiyatidir.Bu o‘quvchining
psixofiziologik xususiyatlari va yoshini hamda bilimlar tizimining ijtimoiy faolligi
talablarini hisobga olib, o‘quv mazmuni tarkibini shakllantirish imkoniyati bilan
aniqlanadi.
Masofaviy ta’lim didaktik ta’minoti tarkibi va tuzilishi yuqoridagi prin-siplar
asosida yaratilishi va amalga oshiriladigan masofaviy ta’lim texnologiyasi
mazmunini belgilashi lozim.
Didaktik ta’minotni yaratishda turli xil usullardan foydalaniladi. Didaktik ta’minot
tuzilishining funksional asosini quyidagi ikki qismga ajratishimiz mumkin:
mazmuniy va boshqaruvchi.
Masofaviy ta’lim tizimida o‘qitish maqsadini samarali va kafo-latli ta’minlashning
asosini o‘quv jarayoni modeli tashkil etadi.
O‘quv jarayonini quyidagi 3 ta model bilan izohlash mumkin:
o‘qitish;
mashq qilish;
emotsional-intellektual muloqat. Masofaviy ta`lim o‘qituvchi bilan bevosita
aloqani inkor qiladi. O‘qitish va emotsional-intellektual muloqat modeli o‘qituvchi
dasturning asosi hisoblanmish ta’lim berish modeli bilan almashinadi.
Ilmiybaza.uz
Masofaviy ta`lim o‘qitish modeli axborot-fan muhitidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga
turli ko‘rinishdagi o‘quv materiallarini, o‘quv maqsadi-ning dasturiy ta’minotini
hamda o‘quvchi faoliyatini boshqarish modelini oladi.
Masofaviy ta’lim didaktik ta’minotining tuzilishi
Masofaviy ta’limda avtomatlashgan didaktik ta’minot talab etiladi. Avtomatik
didaktik ta’minot 2 tarkibiy qismdan iborat: diaktik va funksional ta’minot.
Didaktik ta’minot- aniq fan mazmuni bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualardan
iborat bo‘ladi.
Funksional ta’minot - o‘quv mazmunini o‘rganishni modellashtirish imkonini
beradi va pedagogik hamda texnologik qismlardan iborat bo‘ladi.
Pedagogik –pedagogik maqsadga erishish uchun maqsadga va shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogik uslublar va texnologiyalarni uslubiy ketma-ketligi.
Texnologik - pedagogik maqsadga erishish uchun foydalaniladigan axborot
texnologiyalari ketma-ketligi. Texnologik qismni tuzishda o‘qituvchining ishtiroki
pedagogik va axborot texnologiyalarini birlashtirish imkonini beradi.
O‘quv-uslubiy majmualarni yaratishdagi amaliy tajribalar tahlili avtomatlashgan
didaktik tizimni umumlashtirishga va bosqichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik nuqtai nazardan avtomatlashgan didaktik tizimni yaratish bosqichlari
muhim omil ekanligini ko‘rsatadi va bu asosan quyidagi 2 loyihaviy faoliyatdan
iborat bo‘ladi: pedagogik va texnologik. Ular birgalikda tizimning funksioanal
ta’minotini tashkil etadi va didaktik tizimni loyihalash modeli hisoblanadi.
Funksional ta’minot dinamik tuzilishga ega bo‘lib, unda avtomtik didaktik tizimni
jarayonlari, bosqichlari, ADTni tuzish tartibi aks etadi va uning ushbu bloklari
ko‘zlangan natijalarni olishga yo‘naltiriladi.
ADT ni tuzishda “yutish” uslubi qo‘llaniladi va bu rekursiv uslub deb ataladi.
Model yadrosi o‘quv fanining mazmuni hisoblanadi. Ushbu yadro asosida
modelning birinchi qobig‘i – boshqarish bloki yaratiladi va u texnologik blokni
yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Modelning barcha komponentlari o‘zaro
bog‘langan va o‘zaro ta’sirga ega.
Ilmiybaza.uz
Ishlab chiqilgan didaktik ta’minotning pedagogik asoslari samaradorligini
aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o‘quv materiallarini uzatish
(yetkazish) tizimi tushuniladi.
O‘quv resursining namunaviy tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi:
1. O‘quv materiallari:
1.1. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar
1.2. Elektron o‘quv kursi
1.3. Ma’ruzalar matni (ma’ruzalar kursi)
1.4. Test savollari, nazorat savollari.
2. O‘quv-uslubiy materiallar:
2.1.O‘quv rejasi
2.2. O‘quv dasturi
2.3.Mashg‘ulot rejasi
2.4.Uslubiy ko‘rsatmalar
3. Ma’lumotnoma materiallari
3.1. Ensiklopediya
3.2. Lug‘at
3.3. Ma’lumotnoma
3.4.Ma’lumotlar bazasi
3.5. Geoaxborot/kartografik tizim
4. Illyustrativ va namoyish materiallari
4.1. Atlas
4.2. Kolleksiya
4.3. Karta
4.4. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar
5. Qo‘shimcha axborot materiallari
5.1. Xrestomatiya
5.2. Nashr materiallari (kitoblar)
5.3. Ilmiy-ommabop xarakterdagi Internet nashrlari
Ilmiybaza.uz
5.4. Reklama-axborot xarakterdagi materiallar
5.5. Bibliografiya
6. Meyoriy hujjatlar
6.1.Ta’lim standarti
6.2. Yo‘riqnoma, meyoriy dalolatnoma
7. Ilmiy materiallar
7.1. Dissertatsiya avtoreferatlari
7.2. Dissertatsiya
7.3. Maqolalar
7.4. Monografiyalar
7.5. Tahliliy materiallar
8. Elektron davriy nashrlar
8.1. To‘liq matnli nashrlar
8.2. Ta’lim saytlari
8.3. Dasturiy mahsulotlar
8.4. Ta’lim muassasalari uchun dasturiy kompleks
2.5. Fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti
Elektron ta’lim resursining asosiy tarkibiy qismi –fan bo‘yicha o‘quv uslubiy
majmua hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quv-uslubiy majmua tarkibi bo‘yicha turli xil
tavsiyalar mavjud bo‘lib, ularda majmuaning turli komponentllari yoritilgan. Lekin,
bizning fikrimizcha o‘quv-uslubiy majmua tarkibining to‘liq, mukammal varianti
asoslanmagan.
O‘quv-metodik majmua (O‘MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida
belgilangan, bilim, ko‘nikma, malaka va kompeten-siyalarni shakllantirishni, o‘quv
jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil
bilim olish va o‘rga-nishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan,
talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv–uslubiy
manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, baholash
metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiybaza.uz
Fanning o‘quv-metodik majmuasi tarkibining mazmuni Davlat ta’lim standarti
asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, ilm orqali bilim olish, to‘liq o‘zlashtirish
hamda shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta’lim olish
texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.
Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmuaning soddaroq varianti tariqa-sida quyidagi
namunaviy tarkibni tavsiya etish mumkin:
Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmuaning namunaviy tarkibi
Muqaddima
I. FANNING MEYORIY- DASTURIY TA’MINOTI
1.2. Fan bo‘yicha namunaviy o‘quv dastur
1.3. Fan bo‘yicha ishchi o‘quv dastur
1.3. Fan bo‘yicha modulli taqvimiy reja 18
Ilmiybaza.uz
1.4. Fanning axborot-uslubiy ta’minoti (fan mavzulariga oid O‘zR. Qonunlari, O‘zR
Prezidenti asarlari, O‘zR VM qarorlari, asosiy adabiyotlar, qo‘shimcha adabiyotlar,
ma’ruza matnlari, Internet manbalari)
1.5. O‘quv-vizual materiallar ro‘yxati
1.6. Fan bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishning texnik vositalar ta’minoti
(laboratoriya ishlari uchun talab etiladigan texnik jihozlar ruyxati)
II. FANNI O‘QITISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
2.1. Fanni o‘qitish jarayonini loyihalash algoritmi va modullar tizimi
2.2. Fanni o‘qitishning katta modullari va ular tarkibidagi o‘rta modullar soni
2.3.Fanning tuzilmaviy-mantiqiy chizmasi (o‘rta modullar mavzulari )
2.4. Fanni o‘qitishdagi innovatsion pedagogik texnologiyalar (interaktiv uslublar va
b.)
2.5. Ma’ruzalarda ta’lim texnologiyalari
2.6. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim texnologiyalari
2.7. Fan bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasi
III. FANNING O‘QUV-USLUBIY TA’MINOTI
2.1. Fan bo‘yicha darslik
2.2. Fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.
2.3. Fan bo‘yicha ma’ruza matnlari to‘plami (yoki ma’ruzalar kursi, tayanch
ma’ruzalar
to‘plami)
2.4. Fan bo‘yicha muammoli ma’ruza matni
2.5. Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari to‘plami
2.6. Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar to‘plami
2.7. Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘llanma
2.8. Glossariy.Tayanch so‘zlarning izohli lug‘ati
2.9. Fan bo‘yicha tayanch so‘zlarning inglizcha, ruscha-o‘zbekcha lug‘ati
2.9. O‘quv-vizual materiallar (slaydlar to‘plami)
Ilmiybaza.uz
2.10. Fan bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma (disket variantda)
2.11. Fan bo‘yicha virtual laboratoriya ishlari (disket variantda)
IV. FANNI O‘ZLASHTIRISHNING REYTING NAZORATI
3.1. Talabalar bilimini aniqlashning reyting tizimi 3.2. Talabalar bilimini baholash
mezonlari .
3.3. Fan bo‘yicha nazorat savollari to‘plami
3.3.1. Joriy baholash bo‘yicha test savollari
3.3.2. Oraliq baholash bo‘yicha test savollari to‘plami 19
Ilmiybaza.uz
3.3.3. Oraliq baholash yozma ish savollari
3.3.5. Yakuniy baholash yozma ish savollari
3.4. Fan bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash uchun variantlar to‘plami
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Masofaviy ta’lim didaktik ta’minoti ?
2. Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalari?
3. Fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti?