Massa almashinish qurilmalarining asosiy o’lchamlarini hisoblash
Yuklangan vaqt
2024-10-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
104,5 KB
Massa almashinish qurilmalarining asosiy o’lchamlarini hisoblash
Reja:
1. Qurilma diametri.
2. Qurilma balandligi.
Asosiy tushuncha va tamoyillar
Qurilma diametri, qurilma balandligi, pog`onalar sonini aniqlashning analitik
usuli,
1. Qurilma diametri.
Massa almashinish qurilmalarini texnologik hisoblash ularning asosiy o’lchamlari:
qurilma unumdorligini xarakterlovchi – diametr va unda ro’y berayotgan jarayon
intensivligini ifodalovchi – ishchi balandliklar aniqlanishi zarur.
Qurilma diametri. Ushbu parametrni hisoblash uchun suyuqlik sarfi
tenglamasidan foydalaniladi:
bu erda V – fazaning hajmiy sarfi; w0 – fazaning sohta tezligi; F - qurilma ko’ndalang
kesimining yuzasi. Dumaloq ko’ndalang kesim yuzasi
Demak
Odatda, V kattalik berilgan bo’ladi va qurilma diametrini aniqlash uchun
tegishli fazaning sohta tezligini tanlash zarur. Faza tezligini tanlash quyidagi talablar
asosida amalga oshiriladi: suyuqlik oqimining tezligi
ortishi bilan massa o’tkazish koeffistienti ko’payadi; suyuqlik tezligi ortishi bilan
qurilmaning gidravlik qarshiligi ham oshadi; gidravlik qarshilik ortishi bilan
jarayonni o’tkazish uchun zarur energiya sarfi ko’payadi.
Shuning uchun gaz yoki suyuqlikning optimal tezligini topish texnik iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqdir. Lekin, amaliyotda sohta tezlikni hisoblab chiqish va
uning maksimal qiymatini topish bilan chegaralinadi.
2. Qurilma balandligi.
Massa almashinish qurilmasining balandligi jarayonda ishtirok etuvchi
fazalar to’qnashuvchi uzluksiz yoki pog`onali bo’lishiga qarab aniqlanishi
mumkin.
Uzluksiz
to’qnashishli
qurilmaning
balandligi.
Fazalari
uzluksiz
to’qnashuvda bo’lgan qurilmalarda uning balandligi hajmiy massa o’tkazish
koeffistienti orqali ifodalangan massa o’tkazish formulasi asosida hisoblash
mumkin: