“MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI ”
FANIDAN
MASSA O`LCHOV BIRLIKLARINI O`RGANISH METODIKASI
Mundarija:
I.Kirish:................................................................................
II. Asosiy qism. .....................................................................
1. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdoriy o’lchovlar bilan
Tanishtirish…………………………………………………………………
1.1. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish…………………..
1.2. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, o’lchov birliklari
bilan tanishtirish………………………………………………………
III. Xulosa…..................................
IV. Foydalanilgan adabiyotlar……………………...
Mavzu: Massa o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi
Reja:
I.
KIRISH.
II.
Asosiy qism .
1.Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdoriy o’lchovlar bilan
tanishtirish
1.3. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish
1.4. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, o’lchov birliklari
bilan tanishtirish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni,
maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik
asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Xalqimizning
ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida
mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir”
degan dasturiy fikrdan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi
masallar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini
shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini
shakllantirishni 1-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga
bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili
birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish,
didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har
bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova,
A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V.
Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg,
N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A.
Mavlonova, L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M.
Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun, tajriba-sinov
qo‘llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M.
Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich
maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib
o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev,
N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu
muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida
ajratib olinmagan.
Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda masallar yechishni tashkil etish vositasi
sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish
yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati
masallar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich
sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish,
malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “ IV sinflarda miqdorlarni o’qitish
metodikasi ” deb nomladik.
I.
BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI QUYI
SINFLARDA MIQDORIY O’LCHOVLAR BILAN
TANISHTIRISH.
§ 1.1. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
Dastlab 1-2 sinflarda uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish o’rganiladi.
Masalan: qadam, qarich, yasash va hakozo. Bular bilan uzunlik, buyum o’lchamlari
masofalar o’lchangan. Bu birliklardan hozirgi davrda ham foydalanib kelinmoqda.
Zamonaviy matematika bu birliklardan foydalanib eski va hozirgi miqdor
o’lchov birliklari o’rtasidagi farq dars mobaynida tushuntirib borilsa maqsadga
muofiq bo’lardi. Chunki bu bilan ishlatilmay yo’qolib kelayotgan birliklarni saqlab
qolishimiz lozim.
Uzunlik o’lchov birliklari 1-sinf o’quvchilariga 2-chorak oxiriga disemetr
haqidagi ma‘lumot bilan boshlanadi. Desimetr moduli yordamida ba‘zi mashqlarni
bajarish mumkin. Bu mashqlarning hammasi bolalarni sonlarni yaxshi
o’zlashtirishda yordam beradi. Oldin ulardan gugurt qutisini cho’plarini, qalamning
uzunligini o’rganiladi. Buning uchun oldin aniq santimetrdan foydalanish aytib
o’tiladi.
Santimetr uchun bir qancha modellarni tayyorlashlari mumkin buning uchun
katakli qog’oz varag’idan eng bir katakka teng bo’lgan uzun palaska va so’ngra
undan 1 sm-li polaska qirqishlari kerak.
Polaskalarni ustma-ust qilib bolalar o’zaro teng ekanligiga ishora hosil
qiladilar. Bunday paloskaning har biri satimetrning moduli ekanligini o’qituvchi
aytadi.
Santimetrning modeli yordamida:
1) Berilgan kesmani o’lchash
2) Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.
CHizish masalalarni o’rganib oladilar. Santimetrda oid IV-sinf matematikasida
turli masalalar berilgan.
Masalan IV-sinf darsligi : 221-masala. Bir tomoni 6 sm, ikkinchi tomoni 2
marta kichik to’g’ri to’rtburchak chizing va uning perimetrini toping. Bolalarda
to’g’ri to’rtburchak haqida ma‘lumot beriladi, chizib ko’rsatiladi.
Р=?
3
2 marta kichik
Rasmda qarab perimetr qoidasi eslatiladi.
Noma‘lum tomoni topiladi.
6:2=3 (6.2)+ (3.2)=12+6=18 cm
Javob qisqa yozib oladi 18 sm qilib yoziladi. 3 sinflarda millimetr o’lchov
birligi haqida tushuntiriladi. Millimetr bilan tanishtirish eng qiyin usulidir.
Masshtabli chizg’ichdagi bo’linmalarni qarab chizg’ichning bitta mayda
bo’linishi chizg’ichning ikkita chizg’ichchasi orasidagi kesma millimetr deb
atalishini aytamiz. Bolalar esa 10 mm bor ekanligini bilib oladilar.
Millimetr qisqa yozuvda “mm” deb yoziladi. Eng muhimi shuki o’quvchilar
sanash vaqtida chizg’ichda ko’rmog’i to’g’i joylashtirish malakalarini o’zlashtirib
olishlari zarur.
10 ichida nomerlash o’rganilayotganda, 3-chorak boshida yangi chiziqli birlik
metr- o’rganiladi. Bu mavzuni o’qishdan oldin o’qituvchi oldindan tayyorlab
quyilgan birnecha predmetni oladi. Bolalar bilan birga o’lchab birliklarini ular
orasidagi munosabatlarini esga oladi.
Amaliy masalani yechayotib: Masalan: sinfxonani bo’yini santimetr va
detsimetr bilan o’lchash mumkinmi? Deb savol quyadi “Yo’q” mumkin emas
degan javobni beradilar. Shundan so’ng metr o’lchovi haqida tushuntiriladi. Metr
haqida gapirganda yog’och chizg’ichni ko’rsatib , u bilan uzun narsalarni,
gazlamalarni, daraxtlarni bo’yini o’lchash mumkinligini aytiladi va unga doir
masalalar mumkinligi ko’rsatiladi va bajariladi.
192-masala. 12 ta gazlamadan 6 ta bir xil bolalar kurtkasi tikildi 10 metr
gazlamadan nechta shunday kurtka tikish mumkin. 7 ta kurtka uchun necha metr
gazlama kerak bo’ladi?
1) 12:6=2m 3) 7.2=14 m
2) 10:2=5 ta javob: 5 ta, 14 metr
Metr so’zi qisqa yozuvda “M” deb yoziladi.
212-masala. Kesmaning uzunligi 24 sm. Bu kesmaning uchdan bir qismining
uzunligini toping?
Yechilishi: 24:3=8 javob 8 sm.
220-masala. Hozir tayoqchaning uzunligini 35 sm va chizg’ich bilan o’lchadi.
Chizg’ich tayoqchaning bo’yida 2 marta joylashdi, tayyoqchaning bundan ortib
qolgan qismini 15 sm da teng bo’ladi. Tayyoqchaning uzunligi qancha?
Yechilishi: 35.2=70 70+15=85
Javob 85 sm.
266-masala. Xaridorga 9 m dan gazlama sotilgandan so’ng to’pda 48 m
gazlama qoldi. Dastlab to’pda necha metr gazlama bo’lgan?
Yechilishi: 9.3=27 48+27=75
Javob 75 m
Metr asosida lenta sanoq simlar sinfxona pollari o’lchanadi.
303-masala. 6 ta bir xil ko’ylakka 12 m gazlama ketadi. 18 m matodan necha
shunday kuylak tikish mumkin?
Yechilishi: 12:6=2 m 18:2=9
Javob 9 ta
Bu masalalar bilan birga bolalar masofani ko’zda chamalash bilan birga metrni
ham ishlatishni o’rganib oladilar.
Uzunlik o’lchovining so’ngi yangi birligi bu kilometr. Bu birlik haqida
tasovvurga ega bo’lish uchun xech ustida amaliy mashg’ulot o’tkaziladi. 1 km
masofani o’qituvchi bolalar bilan pioda bosib o’tadi. Xar bir qadam metr bilan
o’lchanadi; natijada 1 km-1000 m ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 1 km masofani
bosib o’tishda qancha vaqt ketganini ham hisobga olishadi. 3 sinfda o’lchov
birliklari orasidagi masofaga oid masofalar yechiladi.
326-masala. Vilosipedchi qishloqqacha 20 km, qishloqdan keyin 4 marta kam
yo’l yurdi. Vilosipedchi hammasibo’lib necha kilometr yo’l yurgan?
Yechilishi 1) 20:4=5
2) 20+5=25 javob 25 km
368-masala. Ikki shaxar orasidagi masofa 150 km. Bu shaxarlardan bir-biriga
qarab ikki mashina yo’lga chiqdi. Birinchi mashina 60 km, ikkinchisi 70 km yo’l
yurganidan keyin ular orasida qancha masofa qoladi.
Yechilishi: 60+70=130
2) 150-130=20 javob 20 km
Xar bir masofa matni mazmunini tushunish, ongli o’qish, masala ustida birk
yuritish bu o’quvchini og’zaki nutqini o’stirishda katta yordam beradi. Masaladagi
notanish so’zlar ustida ishlash doskada yoki lug’at daftarga yozib olishlari mumkin.
Masalada doir og’zaki savol-javob o’tkazib undagi noma‘lum songa diqqat
e‘tibor qaratiladi.
376-masala. 25 m uzunlikdagi simga 3 ta li sim ulandi. Simning uzunligi
qancha bo’ladi?
Yechilishi: 1) 3.5=15
2) 25+15=40 javob 40m
O’quvchilarga o’lchov birliklari o’rgatilgandan so’ng uzunlik o’lchovi jadvali
keltiriladi.
1m=100sm
1dm=10sm
1sm=10mm
1 m=10dm
1 km=1000m
Bu jadvalni bolalar eslab qolishlari kerak. Bu jadval orqali har xil mashqlar
bajariladi.
1) 1mg’1sm dan nesa marta katta
2) 1mmg’santimetrdan qanday qismini tashkil etadi.
3) Sonlarni metr va kilometrda ifodalang.
36 647 m 3896m va hakozo masalani tenglamalar usulida ham topish mumkin.
271-masala.
a) Bir-biridan 175 km masofda bo’lgan A va B shaharlar
b) Qarama-qarshi tomonda qarab yo’lga chiqqan 1) poezd tezlik 50 km/s
2) poezd tezlik 60 km/s
v) Poezdlar 6 soat yurgan
g) 6 soatdan so’ng ular orasidagi masofa?
Tenglama tuzamiz.
x=175+(50+60)x6
x=175+110x6
x=175+660
x=835 javob masofa 835 km.
Avvalari o’zbek halqimizda juda ko’p uzunlik o’lchovlari ishlatilgan . undan
halqimiz to’liq foydalangan .
Hozirgi kunda kelib ular o’z kuchini yo’qotib bormoqda. Ularning o’rniga
yuqorida ko’rib o’tilgan uzunlik o’lchovlari qo’llanilmoqda.
Biroq ularning hammasini ham o’z kuchini yo’qotgan deb bo’lmaydi. Gaz, enli,
qarich, quloch, tosh, qadam, chaqirim, manzil, yog’och, farsang, odim, mayin va
boshqa so’zlardir.
Mana shu so’zlar usha vaqtda ma‘lum bir o’lchov birligi xisoblangan. Ular
guruxlarga ajratilgan.
1) narsa uzunligiga nisbatan
2) masofa uzunligiga nisbatan
qarich so’zi asrlar davomida halq o’rtasida barcha muamilada ishlatib kelingan.
Hozir ham bu o’lchovdan foydalanamiz.
1 qarich =20 sm.
Quloch so’zi narsa buyumning uzunligini o’lchaganida ishlatilgan. Bu ikki qo’l
orasidagi miqdorni bildiradi.
Masalan: ikki quloch arqon, besh quloch. Qulochlar har xil bo’lavermaydi.
Manzil so’zi ham noaniq o’lchovda ifodalangan ikki joy orasidagi masofa
ifodalangan. Masalan: yarim manzil yurganimizdan so’ng dengiz buyiga yetdik.
Tosh so’zi uzoq yillardan biron yo’l o’lchovida foydalaniladi. Masalan bir tosh
emas ikki tosh bo’lsa ham ishni bitirib kelaman.
Yog’och so’zi ham qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadi.
Mag’ribdan mashriqqa dunyoning yuzi.
Aytmang bizga noma‘lum dunyo
Obodi, xabari, dunyosi, dunyo tuzi,
Yuz ming qirq olti yog’och yo’ldir bu dunyo
1 yog’och -8km dan ortiq (taxminan)
Farsang so’zi ham qadimdan ishlatilgan so’zlardan biridir. Bu so’zlar hozirda
muamilada ishlatilmaydi. Ularning o’rniga km so’zi qo’llaniladi.
1.2. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, o’lchov birliklari
bilan tanishtirish.
Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalarning xis tuyg’ulari asosida jismlarning
og’irliklari haqida dastlabki tasavvurlarni olgan.
Ular shu sharoitda biror narsani ko’rsatib ko’rib og’ir, yengil, biroz og’irroq,
biroz yengilroq kabi so’zlarni gapirganlar.
Jismning massasi og’irlik kuchi bilan chambarchas bog’liq. Bu kuch bilan jism
yerga tortiladi. Shuning uchun jism massasi jismning o’ziga bog’liq emas. Jism
og’irligini taqqoslaganda bu xossa massa deb ataladi.
Matematik nuqtai nazardan massa quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat
kattalik.
1. tarozida bir-birini muvozanatlashtiriuvchi jismlarning massasi bir xil.
2. Bir necha jismning massalari ularning yig’indisiga teng. Jismning massasi
qancha katta bo’lsa uning og’irlik kuchi ham shuncha katta bo’ladi. Boshlang’ich
sinflarda bolalar kilogramm bilan tanishadilar.
1 kg og’irlik haqida tasavvur qilishlari uchun amaliyot bajarishlari kerak.
Masalan 1 pochka shakar, tuz va boshqa narsalarni qo’llariga ko’tarib ko’rishlari
lozim
Bolalar bu narsa 1 kg ekan deb aniq ishonch hosil qiladilar. O’qituvchi darsda
og’irlik o’lchovlari moslama tarozini ko’rsatadi. Tarozi pallasi undagi yuklar pallasi
baravarlashtirish kerakligini aytadi. Dars mobaynida tarozini tarbiyaviy axamiyatlari
ham tushuntiriladi.
Tarozini tortish paytidagi har xil holatlari kuzatiladi. Masalan tarozining bir
pallasida biror buyumni kitoblar yoki sumkani quyib tarozini, ikkinchi pallasiga
toshlar quyiladi. Lekin toshlar bu buyumlardan og’ir yoki ortiqcha buni qanday
bilishimiz mumkin tarozini qaysi pallasi og’ir bo’lsa usha palla pastga turadi.
Yengil pallaga kerakli toshlarni quyamiz va tarozi tenglashadi. Bundan biz tarozi
pallasini tenglashganini ko’ramiz.
Shundan keyin o’quvchilar o’qituvchi yordamida 1 kg, 2 kg, 3kg, 5kgli toshlar
bilan tuz, shakar, guruch kabi narsalarni navbat bilan o’lchab ko’rishlari mumkin.
Toshtish davomida natijalarni doskaga yozib ketaveradilar. Daftarga son orqasiga
kg so’zi “kg” deb yozib quyiladi. Keyin esa o’quvchilar bilan qiziqarli masalalar tuzib
yechiladi.
380-masala.
Olxo’ri solingan 1 ta yashik 12 kg, uzum solingan 3 ta yashik 27 kg keldi. Olxo’ri
solingan 1 ta yashshik uzum solingan 1 ta yashshikdan necha kg og’ir?
Yechilishi : 1) 27:3=9
2) 12-9=3
Javob 3 kg
393-masala. Ikkita bir xil yashshikda 16 kg uzum bor. Shunday 4 ta yashshikda
necha kg uzum bor.
Yechilishi:
16:2=8
8.4=32 javob 32
417-masala. Ikkita bir xil chelakda 14 kg sabzi bor. 42 kg li qopda necha chelak
sabzi?
Yechilishi:
1) 14:2=7
2) 42:7=6 javob 6 kg
Dars davomida bolalarga mantiqiy qiziqarli masalalar berib boriladi
Masalan.
1. Xo’roz bir oyoqda tursa og’ir bo’ladimi, yoki ikkala oyoqda turgandami?
Bu jumboqli masalalar o’quvchilarni uylantiradi.
Bir kg tosh og’irmi? Yoki bir kg paxtami?
O’quvchilar o’z fikrlarini aytadilar. O’qituvchidan yordam olishlari mumkin.
Navbatdagi dasda o’quvchilar gramm bilan tanishadilar. O’quvchilarda gramm
haqidagi tassavurni uyg’otish uchun bolalarda 1 grammlik toshni ko’rsatib uni
chamalab ko’rishadi.
SHunda gr yengil o’lchov birligi ekanligiga ishora hosil qilishadi. U bilan
yengil narsalar urug’lar, dorilar tangalar o’lchanadi degan birkni tushuntirish lozim.
Masalan 1 tiyinlik tanga 2 kg ekanligini aytish kerak.
Biz sinfxonada dorixona tarozisini olib kelamiz. Unda dorilar tortilishini
tushuntiramiz. Dorilarni o’lchash uchun 1kg, 2 kg, 3kg, 5 kg, 10 kg, 100 kg mayda
toshlar kerakligi aytiladi.
SHundan keyin tortish grammda doir amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
347-masala. Bitta 230 gr. Xo’rozdan 190 gr kam pat olindi. Xammasi bo’lib
qancha pat olingan?
Yechilishi 1) 230-190=40
2) 230+40=270 javob 270 gr.
O’quvchilarga tarozida o’zlari tortib ko’rishlari uchun sharoit yaratamiz, yo’l
qo’ygan xatolarini ko’rsatib boramiz.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida savdo tarozisi haqida kengroq tushuntirish katta
ahamiyatga ega. Buning uchun bolalarni yaqin joylashadi savdo do’konlariga olib
borib u yerda tarozidan qanday foydalanish tushuntiriladi. 500 gr tur olmoqchi
bo’lsak bu yarim kgni tashkil etishini tushuntiramiz.
1 kg -1000 gramm
0,5 kg-500 gramm
Masalalar orqali mustaxkamlaymiz.
362- masala. Maktab oshxonasida 65 kg shakar olib kelindi. 5 kun mobaynida 7
kg dan ishlatildi. Oshxonada necha kg shakar qolgan
Yechilishi
1. 5.7=35
2. 65-35=30 javob 30 kg
277-masala. Birinchi yashikda 28 kg, ikkinchi yashikda 20 kg mix bor. Hamma
mixni 4 kg dan qilib xaltalarda solindi. Jami nechta halta kerak bo’lgan?
Yechilishi 1) 28+20=48
2) 48:4=12 javob 12 ta.
377-masala. Do’konda bir kunda 215 kg shakar sotiladi. Shundan keyin do’konda
sotilganida qaraganda 101 kg ortiq shakar qoldi.
Dastlab do’konga qancha shakar bo’lgan?
Yechilishi 1) 215+101=316
2) 215+316=531 kg javob 531 kg
Boshlang’ich sinflarda og’irlik o’lchovlarining tushuntirishda davom etamiz.
O’quvchilar o’zlari uchun notanish bo’lgan yangi o’lchov birliklari bilan
tanishadilar. Bu tonna va senter. Shu o’lchov birliklari orqali og’irlik o’lchovi
jadvali yuragi keladi.
1kg=1000 gr
1 gr=1000mgr
1 sen=100 kg
1 tonna=1000 kg
Savol-javob orqali og’irlik o’lchov birliklari mustahkamlanadi.
1) 1 kg da necha gramm bo?
2) 1 tonna qancha kg ni tashkil etadi?
O’quvchilar 1 tonna yoki 1 sentner og’irlikdagi massani qo’lga ko’tarib
bo’lmasligini tushinib etadilar. Qum, shag’al, tuproq, ko’mir, sement kabi narsalar
ushbu o’lchov birligi yordamida o’lchashni tushuntiriladi. Shartda 1 qop
kartoshka 2 sentper: “Moskvich” avtomobilining og’irligi taxminan bir tonna: 30-
35 ta o’quvchilarning og’irligi taxminan 1 tonnaga teng ekanligini tushuntirish
katta ahamiyatga egadir. Og’irlik o’lchovida doir masalalar ularni tassavurini
yanada boyiladi.
Masalan: 64kg=g
702s=s kg
3642 tonna= t = kg
431-masala. Birinchi guruh 32 kg ikkinchi gurux 11 kg kam, uchinchi guruh
ikkinchi guruxlar 23 kg ortiq makalatura to’plagan. Uchinchi guruh qancha
makalatura to’plagan.
Yechilishi: 1) 32-11=21
2) 21+23=44gr javob 44 kg.
293-masala. Sabzili xaltaning massasi 1 kg kartoshkali haltani massasi undan
1 kg ortiq bo’lsa 9ta kartoshkali haltani massasini toping?
Yechilishi: 1) 2+1=3
2) 9.3=27 javob 27 kg.
O’tmishda xalqimiz ko’pgina og’irlik o’lchovi birliklaridan foydalangan.
Masalan: Misqol, pud, do’l, payza, botmon, daxlar, chorak, nimcha va boshqa
og’irlik birliklaridir.
Og’irlik o’lchov birliklarini ikki guruxga bo’lish mumkin.
1) Aniq miqdorni ifodalashi birliklar
2) Noaniq miqdorni ifodalovchi birliklar.
Aniq miqdorni ifodalovchi birliklar pud, keli, dol va boshqalar.
Pud- so’zi qadimdan og’irlik o’lchovi sifatida qo’llanilgan, hozirdan “don”
maxsulotlarini o’lchashda ishlatiladi.
1 pud-16kg
Do’l esa taxminan 90-100 kgni bildiradi.
Keli-esa taxminan 3-4 kgni bildiradi.
Bundan tashqari og’irligi aniq bo’lmagan miqdorni ifodalovchi o’lchov
birlialari ham bor.
Paysa, botmon, chorak.
Paysa, miqdor- so’zlari ham miqdorli o’lchovlarda ishlatiladi.
Misqol-500 gr
CHorak-4kg
Nilaa-500 gr
Garbek-125 kg
Nimchorak-2kg
Masalan 1 qadoq olma, sakkiz qadoq tosh, uch chorak g’isht, bir chorak qand,
bir choksa lashba mayi 50 botmon bug’doy kabi so’zlar.
277-masala. 24 kg anor va 18 kg bexi 6 kg dan qilib qutilarga solindi. nechta
qutiga solingan
Yechilishi: 1) 24+18=42
2) 42:6=7 javob 7 ta
XULOSA
O’zbekiston
Respublikasining
istiqboli
xalq
xo’ajiligining
hamma
tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda.
Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini
deb hisoblanadi.
O’zbek xalqining boshqa viloyatlarida yashayotgan boshqa millat
ahillarini, ma‘muriy boshlanishining muhim vazifasi yoki yosh avlodni boshlang’ich
maktabdayoq ozodlik va mustaqillikni anglash qadrlashi, milliy g’urur, totuvlik
hamjihatlikda, tarbiyalashdan iboratdir.
Xuddi shu vaqtda har tomonlama garmonik rivojlangan va kamol topgan,
hozirgi vaqtda boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’tishda ko’p jihatdan
bog’liq hisoblanadi.
Bu davrda har bir kishidan ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitob taqazo etadi.
Matematika kerak
Har bir o’g’il qizga
Aqlini va fikrini
Soladi yaxshi izga
SHuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan yaxshilash davr
talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni,
malakani talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent Sharq
nashriyoti matbaa konserni.
2. M.Axmedov, B.Ibragimov, M.Jumaev, “Matematika o’qituvchisi kitobi”.
Toshkent. O’zinkomsentr. 2003y.
3. N.U.Bikboeva, R.M. Sedelnikova. T.A.Adanbekova “Boshlang’ich sinflarda
matematika o’qitish metodikasi” Toshkent O’qituvchi 1996y
4. N.U.Bikboeva, E.Yangiboeva “Matematika 3-sinflar uchun darslik” Toshkent
O’qituvchi 2008yil.
5. “Boshlang’ich ta‘lim” jurnali 2007yil 3-son (28-29 betlar) Toshkent .
6. M.Jumaev va boshqalar “1-sinf uchun matematika daftari” Toshkent
O’qituvchi nashriyoti.
7. N.U.Bekboeva va boshqalar “Matematika 2-sinflar uchun darslik” Toshkent
O’qituvchi 2003 yil
8. B.Omonov “Yuz bilan yuzma-yuz” Toshkent O’qituvchi 1995 yil
9. “Ta‘lim taraqiyoti O’zbekiston Respublikasi halq ta‘limi vazirligining
axborotnomasi” 7 maxsus soni. Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
10. M.Jumaev “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum” Toshkent
O’qituvchi 2004 yil.
11. N.Muxammadalieva “Qiziqarli matematika” Toshkent O’qituvchi 1994 yil.