Mavzu: Matn birliklararo munosabat tahlili
Reja:
1.Ichki
sintagmatik
munosabatlar:
matn
birliklarining
semantik-grammatik
munosabati.
2.Tashqi sintagmatik munosabatlar:matn birliklarining boshqa birliklar bilan
munosabati.
3.Semantik-mantiqiy paradigmatik munosabat.
4.Paradigmatik va sintagmatik munosabatlarda estetik qarashlarning ifodalanishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Matn va uning xarakterli belgilari, matn – nutq mahsuli
sifatida, matndagi semantik munosabat, bog‘lanishli nutq, matn komponentlarining
pragmatik munosabati, mantiqiy hukm, abzats makromatn komponenti sifatida.
Ma’lumki, matnning har qanday turi ham tugallagan fikrni ifodalashini
bildiradi.Bu matnning xarakterli belgilaridan biri sanaladi.Zotan, matn gorizontal
chiziqda (sintagmatik qator doirasida) shakllanadi va bu jihatdan kommunikativ
yaxlitlikni tashkil etadi. Shunday bo‘lgach o‘zbekcha matnlarda bog‘lanishlilik
quyidagi ikki ko‘rinishda voqealanadi: a) matnda berilayotgan ikki va undan ortiq
hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik; b) hodisalarning o‘zaro qorishuvi natijasida
shakllangan ma’no butunligida aks etuvchi bog‘liqlik.
Matn , albatta, nutqning mahsuloti sanaladi. Shuning uchun “bog‘lanishli nutq
(svyazanniy
rech)
tushunchasi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
matn
bilan
aloqador
hisoblanadi.Matnda bog‘lanishlik uning komponentlari munosabatida o‘z aksini
topadi.Tilshunos olimlar matnda ifodalanayotgan semantik munosabatni o‘z navbatida
quyidagicha ikki turga ajratadilar:
1.Radikal munosabatlar.Bunda matn komponentlari o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘lanmay matnda ifodalanayotgan umumiy ma’no sathida munosabatlarga kirishadi.
2.To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita munosabat .bunda matnning tarkibiy qismi bir-
biriga bog‘liq bo‘ladi va birining ma’nosi ikkinchisining ta’sirida oydinllashadi.
Aytish joizki, matn komponentlarining o‘zaro belgilanishida xos bo‘lgan semantik
munosabatning har ikki turi ham muhim hisoblanadi, zotan, har bir matnning asosiy
vazifasi ma’lum xabar ifodasini berishdan iboratdir.Matnning bunday sifati muqarrar
ravishda yozma nutqda kuzatiladi. Og‘zaki nutqda uning semantik butunligi har doim
ham voqea bo‘lavermaydi.Chunki og‘zaki nutqda uzuq-yuluq jumlalar ham ko‘p
ishlatiladi.Bundan tashqari ma’no yaxlitligiga tinglovchining replikasi ham sezilarli
darajada salbiy ta’sir qiladi. Matn komponentlarining ma’no jihatdan bog‘lanishli
bo‘lishi nafaqat matnning ma’no butunligini, balki uning tarkibiy qismlari sanaluvchi
mustaqil gaplarning ham mazmuniy salmog‘i bekam-u ko‘stligini ta’minlaydi.To‘g‘ri
matndan tashqari gap grammatik jihatdan mutlaqo kamchiliksiz bo‘lishi mumkin.Lekin
uning ma’no butunligi faqat matn sathida boshqa gaplar bilan o‘zaro munosabatda
kelganda to‘liq ifodasini topadi. Bu matn tarkibida qo‘llanilgan barcha gaplarga xosdir,
faqat matnnig boshlanishida kelgan gap o‘zining nisbiy mustaqilligi bilan shu matn
tarkibiga kirgan boshqa gaplardan to‘liq farq qiladi.
Matn tarkibida gaplarning o‘zaro semantik munosabatlari xususida so‘z
yuritilganda, tafakkurimizda hukmlar majmuasi qanday bog‘lanishini tasavvur etib
ko‘rmog‘imiz lozim. Matn komponentlarini bog‘lanishli ekanligini o‘rganish til va
tafakkur birligi dialektik qonuniyatdan kelib chiqadi. Shuning uchun mustaqil
gaplarning o‘zaro munosabati zamirida shakllanuvchi gapdan katta har qanday nutq
birligi o‘zining umumiy mazmuni salmog‘i jihatdan tafakkur mahsulining til unsurlari
vositasida ifodalanishini taqozo etadi.
Gapning so‘zlar munosabatidan tashkil etilishini nazarda tutsak, bunda so‘zning fikr
ifodasini voqealantiruvchi belgi ekanligini dalillay olamiz. Biroq nutq qolipida ro‘y
beruvchi psixologik muloqotda so‘z emas, balki gap asosiy belgi hisoblanadi.Bu
nutqimiz sathida gapning o‘ziga xos maqomini, uning boshqa birliklaridan farqini aniq
va ravshan namoyon etadi.Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar til bilan mantiqning
o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.ammo bu bilan mantiq va til kategoriyalari
qorishib ketadi degani emas,albatta. Chunki mantiqning ham, tilning ham faqat o‘ziga
xos bo‘lgan qonuniyatlari mavjuddir.Shuning uchun sintaktik kategoriyalarni mantiq
kategoriyalari nusxasi sifatida talqin etib bo‘lmaydi.Ana shu bois hukm tushunchasini
bu o‘rinda shartli deb bilmog‘imiz lozim. A.A.Potebnya to‘g‘ri ta’kidlaganidek,
grammatik gap mantiqiy hukm bilan bir xil ma’no kasb etadi. Darhaqiqat,
hukmning aniq va mukammaligi faqat nutqda aniqlanadi.Buning uchun esa bir necha
hukm o‘zaro munosabatda olib tahlil etiladi. Shuning uchun an’anaviy mantiqda
muayyan bir hukmni nutqdan tashqari holatda olib tahlil qilinishi bugungi kun talabiga
javob bera olmay qoldi. Bugungi kunda an’anaviy grammatikalarda berilgan sintaktik
qurilmalar tahlilidan o‘zgacha tahlil ehtiyoj tug‘ilganligi sababli odatdagi semantik va
sintaktik tahlillar doirasi ancha kengaydi. Boshqacha aytganda, matn lingvistikasi
masalasi kun tartibiga asosli ravishda kiib keldi.Buning asosiy dalili sifatida hozirgi
lingvistik tadqiqotlarda o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan bir necha sintaktik qurilmalar
nutqning yaxlit bir bo‘lagi sifatida talqin etilayotganligini ko‘rsatish mumkin.
Nutqda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplarning semantik va sintaktik muammolarini
o‘rganishda mazkur gaplarni alohida olmay, har birini boshqalari bilan bog‘liq holda
talqin etilgandagina ularning ma’no butunligi haqida so‘z yuritish mumkin.Bunday
vaziyatda mazkur gaplarning nafaqt ma’no butunligi, balki sintaktik xususiyatlarining
ham ancha mukammal izohlanishi uchun ham imkoniyat yaratiladi.Masalan, ma’lum
bir nutqning parchasida namoyish xususida fikr bildirilayotgan bo‘lsa, namoyishchilar
so‘zi bunday matn uchun sub’yekt vazifasini o‘taydi.Mazkur so‘z bir o‘rinda gapda
o‘zining asliy shaklida , boshqa gaplarda esa olmosh bilan (masalan, ular, o‘zlari
olmoshlari) o‘zga bir sinonimik so‘z bilan (masalan, kishilar, odamlar, xalq)
ifodalanadi va har safar gapda bu tushunchaning mavjud ekanligini his etamiz.
Matn komponentlari tarkibida biror so‘z yoki birikmaning bu tarzda qo‘llanishi
nafaqat semantik, balki sintaktik vazifa ham bajaradi.Chunki mazkur so‘z oldingi
gapda grammatik ega vazifasida kelsa, keying gaplarda to‘ldiruvchi, aniqlovchi bo‘lib
qo‘llanilishi ham mumkin.
Ana shundan kelib chiqib, o‘zbekcha matnlarni sintaktik va pragmatik tahlili
bobida hali o‘z yechimini kutayotgan juda ko‘p jumboqlar mavjudligini ta’kidlash
lozim.
Topshiriqlar:
1.Matn tarkibidagi gaplarni bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
2.Matn tarkibida qo‘llanilgan uslibiy xoslangan so‘zlarni aniqlang.
Vatan tuyg‘usi
Yurtimizdagi betakror tabiatni tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand
bo ‘lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko‘rishganda, ularning sport,
madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarni eshitganda , beixtiyor
quvonamiz. Odatda, insonlar chet davlatga bormoqchi bo‘lsa , o‘zi bilan birga Vatanni
eslatib turuvchi, o‘zi uchun qadrli bo‘lgan narsani olib oladilar.Ota-bobolarimiz uzoq
o‘lkalarga ketayotganlarida yurt tuprog‘idan bir siqim olib, ro‘molchasiga tugib
qo‘yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog‘inchi yuraklarini o‘rtaganida ana shu tuproqni
hidlab,
ko‘zlariga
to‘tiyo
qilib,
qadrdon
diyorimiz
mehrini,
nafasini
tuyganlar.(Gazetadan)
Topshiriqlar:
1.Matn tarkibidagi stilistik figuralarni aniqlang.
2.Matn tarkibidagi supersintaktik birliklarni toping.
Ayol borki, olam munavvar
Dunyoda onaday zahmatkash zot yo‘q, deb bejizga aytilmaydi. Darhaqiqat,
onalarning umri davomida amalga oshirgan ishlarini uncha-muncha alloma hisoblab
hisobiga yeta olmaydi.
O‘zbekiston deb atalgan bu bog‘ jannatmonand bir bog‘da doimo ayollar
ulug‘langan. Bunga ayollarni qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, og‘irini yengil qilish
ishlari davlat siyosati darajasiga ko ‘tarilgan. Ayollarni, onalarni e’zozlagan yurt
taraqqiyotda yuksak bo‘lsa yuksak bo‘ladi, aslo hech bir mamlakatdan kam bo‘lmaydi.
Bizning qulog‘imizga onalarimiz allasi bilan ezgulik singgan edi. Hozirgi avlod
qulog‘iga esa Mustaqillik ne’matlaridan bahra olgan baxtiyor onalarning allalari bilan
ezgulikning nafasi sing‘moqda va ular barkamol avlodni tarbiyalash borasida
yaratilgan sharoitlardan bahramand bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Bu avlod bizdan ko‘ra
ko‘proq onalarni, ayollarni ulug‘laydi. O‘zbekistonimizni qudratli davlatlar ichra
qudratli, obod mamlakatlar ichra obod davlatga aylantiradi.(Gazetadan)
Nazorat uchun savollar
1.Ichki sintagmatik munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
2.Tashqi sintagmatik munosabatlarga nimalar kiradi?
3.Matn tarkibidagi birliklar qanday munosabatlar asosida bog‘lanadi?
4.Bog‘lanishli nutq deganda nimani tushunasiz?
5.Matn birliklararo bog‘lanishda nimalarga e’tibor qaratmoq kerak?
6.Matn birliklari paradigmatik munosabatda bog‘lanishi qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Yo‘ldoshev M .Badiiy matnning lisoniy tahlili.Toshkent.2010.
2.Maмажонов А. Тест лингвистикаси –Т. 1989.
3.Yo ‘ldoshev B. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlil asoslari.Toshkent.2007.
4.Internet manbalari.www.ziyo.uz kutubxonasi.