Matn kategorial belgilari tahlili (Slayd)

Yuklangan vaqt

2023-06-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

88,0 KB


Mavzu: Matn kategorial belgilari tahlili

Reja:
1. Matn ikki tomonlama: statik va
dinamik tabiatga ega ekanligi.
2. Matnga xos kategorial belgilar. 
Informativlik,bo‘linuvchanlik, 
kogeziya(matnlar aro ichki bog‘liqlik)
3. Matn kategoriyalarining
barchasining shartlanganligi.
Mavzu: Matn kategorial belgilari tahlili  Reja: 1. Matn ikki tomonlama: statik va dinamik tabiatga ega ekanligi. 2. Matnga xos kategorial belgilar. Informativlik,bo‘linuvchanlik, kogeziya(matnlar aro ichki bog‘liqlik) 3. Matn kategoriyalarining barchasining shartlanganligi. Tayanch tushunchalar:matn, informativlik, 
bo‘linuvchanlik, kogeziya, kontenuum, 
avtosemantiklik, retrospeksiya, prospeksiya, 
modallik, integratsiyalanganlik, vatugallik.
Tayanch tushunchalar:matn, informativlik, bo‘linuvchanlik, kogeziya, kontenuum, avtosemantiklik, retrospeksiya, prospeksiya, modallik, integratsiyalanganlik, vatugallik. Ma’lumki, matnning mohiyatini aniqlash
vazifasi qariyb barcha tadqiqotchilarni
qiziqtirib, e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Biror
bir hodisaning mohiyatini anglash uchun uning
negizini hosil qiladigan xususiyat-belgilarini
aniqlash lozim. Nutqiy tuzilmalarning matn
maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan kategorial
belgilar muammosi bilan qiziqqan tilshunoslar
V.Dressler, M.Hollidey, R.Hasan, R.Galperin, 
M.Kojina, T.M.Dridze, P.Hartman kabi
matnshunoslarning nazariy g‘oyalariga tayanib
kelmoqdalar. 
Ma’lumki, matnning mohiyatini aniqlash vazifasi qariyb barcha tadqiqotchilarni qiziqtirib, e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Biror bir hodisaning mohiyatini anglash uchun uning negizini hosil qiladigan xususiyat-belgilarini aniqlash lozim. Nutqiy tuzilmalarning matn maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan kategorial belgilar muammosi bilan qiziqqan tilshunoslar V.Dressler, M.Hollidey, R.Hasan, R.Galperin, M.Kojina, T.M.Dridze, P.Hartman kabi matnshunoslarning nazariy g‘oyalariga tayanib kelmoqdalar. Jumladan, V.Dress Jer hamda R.A.de Bograndlar
matnning mavqei uning quyidagi yetti kategorial
belgiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi, deb
hisoblaydilar: 
1) kogeziya - matn bo‘laklarining grammatik, 
leksik, ritmik, grafik vositalar yordamida
birikishi;
 2) kogerenlik - matn qismlarining semantik-
mantiqiy munosabatlar (sabab-oqibat, 
referentativ, zamon-makon) negizida
bog‘lanishi; 
3) intensionallik - matn strukturaviy va
ma’noviy yaxlitligining kommunikativ maqsad
bilan bog‘liqligi;
Jumladan, V.Dress Jer hamda R.A.de Bograndlar matnning mavqei uning quyidagi yetti kategorial belgiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi, deb hisoblaydilar: 1) kogeziya - matn bo‘laklarining grammatik, leksik, ritmik, grafik vositalar yordamida birikishi;  2) kogerenlik - matn qismlarining semantik- mantiqiy munosabatlar (sabab-oqibat, referentativ, zamon-makon) negizida bog‘lanishi; 3) intensionallik - matn strukturaviy va ma’noviy yaxlitligining kommunikativ maqsad bilan bog‘liqligi; 4) adresatlik - axborotni uni qabul qiluvchining
ijtimoiy mavqeyi, ruhiy holati kabi xususiyatlarini
inobatga olgan holda uzatish (boshqacha aytganda-
retsipient tanlovi); 
5) informativlik-uzatilayotgan axborotning adresat
uchun muhimligi yoki yangilik darajasi; 
6) situativlik - matn mazmuniy va strukturaviy
qurilishining kommunikativ sharoit, vaziyat bilan
bog'liqligi; 
7) intertekstuallik - ma’lum turdagi matn tarkibida
invariant mazmun-ma’noning qayta yaratilishi.
4) adresatlik - axborotni uni qabul qiluvchining ijtimoiy mavqeyi, ruhiy holati kabi xususiyatlarini inobatga olgan holda uzatish (boshqacha aytganda- retsipient tanlovi); 5) informativlik-uzatilayotgan axborotning adresat uchun muhimligi yoki yangilik darajasi; 6) situativlik - matn mazmuniy va strukturaviy qurilishining kommunikativ sharoit, vaziyat bilan bog'liqligi; 7) intertekstuallik - ma’lum turdagi matn tarkibida invariant mazmun-ma’noning qayta yaratilishi. Matn maqomini belgilash borasida
izlanishlar olib borishayotgan Yevropa
tilshunoslari uchun ushbu kategorial belgilar
hozirgacha asosiy tayanch bo‘lib kelmoqda. 
Rus tilshunoslarining diqqat- markazida esa, 
asosan, matnning quyi pog‘onalardagi
birliklardan farqlash muammosi turadi. Shu
sababli matn sintaksisi yo‘nalishi
taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq
matn va gap hodisalarini farqlash asosiy
vazifalardan biri sifatida tanlangan edi.
Matn maqomini belgilash borasida izlanishlar olib borishayotgan Yevropa tilshunoslari uchun ushbu kategorial belgilar hozirgacha asosiy tayanch bo‘lib kelmoqda. Rus tilshunoslarining diqqat- markazida esa, asosan, matnning quyi pog‘onalardagi birliklardan farqlash muammosi turadi. Shu sababli matn sintaksisi yo‘nalishi taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq matn va gap hodisalarini farqlash asosiy vazifalardan biri sifatida tanlangan edi. Yuqoridagi yaxlitlik, tugallik, bog'liqlik, 
diskretlik (qismlarga ajralish) kabi kategorial
belgilarning mavjudligi matn hodisasini
oddiy sintaktik tuzilma - gapga qarama-qarshi
qo'yish uchun yetarli hisoblanmoqda.
Yuqoridagi yaxlitlik, tugallik, bog'liqlik, diskretlik (qismlarga ajralish) kabi kategorial belgilarning mavjudligi matn hodisasini oddiy sintaktik tuzilma - gapga qarama-qarshi qo'yish uchun yetarli hisoblanmoqda. Takidlash joizki, matn kategoriyasining taklif
qilinayotgan tavsifi uning turli
xususiyatlarini aks ettiradi va ushbu
xususiyatlarning barchasini yagona qolip
doirasida qamrab olish istagi beixtiyor matn
tuzilishi va mundarijasining turli
qatlamlariga oid xususiyat, belgilarning bir
pog‘onaga joylashtirilishiga sabab boladi. 
Bunday betaraflik, so‘zsiz, matn mohiyatini
aniq nazariy fikrlar orqali tasvirlashga xalaqit
beradi.
Takidlash joizki, matn kategoriyasining taklif qilinayotgan tavsifi uning turli xususiyatlarini aks ettiradi va ushbu xususiyatlarning barchasini yagona qolip doirasida qamrab olish istagi beixtiyor matn tuzilishi va mundarijasining turli qatlamlariga oid xususiyat, belgilarning bir pog‘onaga joylashtirilishiga sabab boladi. Bunday betaraflik, so‘zsiz, matn mohiyatini aniq nazariy fikrlar orqali tasvirlashga xalaqit beradi. Natijada, matn tuzilishi zohirida namoyon
bo‘ladigan sintaktik bog‘liqlik va lisoniy
elementlarning semantik birikishi matn
yaratilishi uchun qanchalik zarur bo‘lmasin, 
ularning yaxlitlik shartiga toliq javob
bermasligi oydinlashadi. Pragmalingvistik
tahlilda matnning kommunikativ maqsadi
asosiy tavsifiy belgi sifatida tanlandi.
Natijada, matn tuzilishi zohirida namoyon bo‘ladigan sintaktik bog‘liqlik va lisoniy elementlarning semantik birikishi matn yaratilishi uchun qanchalik zarur bo‘lmasin, ularning yaxlitlik shartiga toliq javob bermasligi oydinlashadi. Pragmalingvistik tahlilda matnning kommunikativ maqsadi asosiy tavsifiy belgi sifatida tanlandi. Darhaqiqat, matn qurilishida ishtirok etayotgan
barcha til birliklari maqsadli tanlov asosida
kommunikativ faoliyat vositalariga aylanadi va ular
matn tarkibida o‘ziga xos yangi xususiyat, xarakter
kasb etadi. Ye.A.Goncharova tariflaganidek, til
tuzilishining asosiy nominativ va kommunikativ
biriiklari bo‘lgan so‘z va gap, matnning struktur-
semantik tarkibidan joy olish jarayonida, «matn
so‘zi» va «matn gapi»ga aylanadi hamda ularda til
tizimi va matn tizimidan o‘zlashtirilgan
xususiyatlar o‘zaro birikadi. 
Darhaqiqat, matn qurilishida ishtirok etayotgan barcha til birliklari maqsadli tanlov asosida kommunikativ faoliyat vositalariga aylanadi va ular matn tarkibida o‘ziga xos yangi xususiyat, xarakter kasb etadi. Ye.A.Goncharova tariflaganidek, til tuzilishining asosiy nominativ va kommunikativ biriiklari bo‘lgan so‘z va gap, matnning struktur- semantik tarkibidan joy olish jarayonida, «matn so‘zi» va «matn gapi»ga aylanadi hamda ularda til tizimi va matn tizimidan o‘zlashtirilgan xususiyatlar o‘zaro birikadi. Xususiyatlarning bu xilda uyg‘unlashuvi
matnning lisoniy va nolisoniy birliklarning
strukturaviy, manoviy va pragmatik
munosabatlar asosida o‘zaro birikishidan
hosil bo‘ladigan tugal nutqiy tuzilma
ekanligidan darak beradi. 
Xususiyatlarning bu xilda uyg‘unlashuvi matnning lisoniy va nolisoniy birliklarning strukturaviy, manoviy va pragmatik munosabatlar asosida o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladigan tugal nutqiy tuzilma ekanligidan darak beradi. Matnning bunday tavsiflanishi ham uning
nutqiy-tafakkur faoliyati mahsuli korinishida
yuzaga kelishini isbotlaydi. Bu tuzilma, 
albatta, o‘z ichki qonuniyatlariga ega, ushbu
qonuniyatlar matnning sintaktik, semantik, 
pragmatik sifatlari bilan bir qatorda uning
yaratilish va qollanish shartlari negizida
turgan kognitiv xususiyatlari bilan ham 
bogliq.
Matnning bunday tavsiflanishi ham uning nutqiy-tafakkur faoliyati mahsuli korinishida yuzaga kelishini isbotlaydi. Bu tuzilma, albatta, o‘z ichki qonuniyatlariga ega, ushbu qonuniyatlar matnning sintaktik, semantik, pragmatik sifatlari bilan bir qatorda uning yaratilish va qollanish shartlari negizida turgan kognitiv xususiyatlari bilan ham bogliq. Nazorat uchun savol va
topshiriqlar
 Kogeziya nima?
 Kogerentlik deganda nimani tushunasiz?
 Intensionallik nima?
 Adresatlik deganda nimani tushunasiz?
 Informativlik nima?
 Situativlik nima?
 Intertekstuallik deganda nimani tushunasiz?
Nazorat uchun savol va topshiriqlar  Kogeziya nima?  Kogerentlik deganda nimani tushunasiz?  Intensionallik nima?  Adresatlik deganda nimani tushunasiz?  Informativlik nima?  Situativlik nima?  Intertekstuallik deganda nimani tushunasiz? Adabiyotlar
Yoldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoyetik
tahlili asoslari. Г.2007
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Т.: “Fan”, 
2008
Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Т., 
Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti, 2010
Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.:, 1989.
Turmiyozov N. YoMdoshev B. Matn tilshunosligi. 
Samarqand, 2006
Adabiyotlar Yoldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoyetik tahlili asoslari. Г.2007 Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Т.: “Fan”, 2008 Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Т., Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010 Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.:, 1989. Turmiyozov N. YoMdoshev B. Matn tilshunosligi. Samarqand, 2006 E‘tiboringiz uchun rahmat
E‘tiboringiz uchun rahmat