Mavzu: Matn kategorial belgilari tahlili
Reja:
1. Matnga xos kategorial belgilar.
2. Informativ (xabar mazmunli)
matnlar,
hissiy – ifoda mazmunli matnlar.
3. Kogeziya va uning xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
matn, informativlik,bo‘linuvchanlik, kogeziya,
informativlik, hissiy ifoda, kontenium,
avtosemantiklik, retrospeksiya, prospeksiya,
modallik, integratsiyalanganlik, vatugallik.
Ma’lumki, matnning mohiyatini aniqlash
vazifasi qariyb barcha tadqiqotchilarni
qiziqtirib, e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Biror
bir hodisaning mohiyatini anglash uchun uning
negizini hosil qiladigan xususiyat-belgilarini
aniqlash lozim. Nutqiy tuzilmalarning matn
maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan kategorial
belgilar muammosi bilan qiziqqan tilshunoslar
V.Dressler, M.Hollidey, R.Hasan, R.Galperin,
M.Kojina, T.M.Dridze, P.Hartman kabi
matnshunoslarning nazariy g‘oyalariga tayanib
kelmoqdalar.
Jumladan, V.Dress Jer hamda R.A.de Bograndlar
matnning mavqei uning quyidagi yetti kategorial
belgiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi, deb
hisoblaydilar:
1) kogeziya - matn bo‘laklarining grammatik,
leksik, ritmik, grafik vositalar yordamida
birikishi;
2) kogerentlik - matn qismlarining semantik-
mantiqiy munosabatlar (sabab-oqibat,
referentativ, zamon-makon) negizida
bog‘lanishi;
3) intensionallik - matn strukturaviy va
ma’noviy yaxlitligining kommunikativ maqsad
bilan bog‘liqligi;
4) adresatlik - axborotni uni qabul qiluvchining
ijtimoiy mavqeyi, ruhiy holati kabi xususiyatlarini
inobatga olgan holda uzatish (boshqacha aytganda-
retsipient tanlovi);
5) informativlik-uzatilayotgan axborotning adresat
uchun muhimligi yoki yangilik darajasi;
6) situativlik - matn mazmuniy va strukturaviy
qurilishining kommunikativ sharoit, vaziyat bilan
bog'liqligi;
7) intertekstuallik - ma’lum turdagi matn tarkibida
invariant mazmun-ma’noning qayta yaratilishi.
Matnga xos kategorial belgilardan biri informativlik hisoblanadi.
Xabar mazmunli matnlar: informatif – informativ matn. Biror
voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola
qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda
informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Oddiy xabardan farq
qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. Narmativ, deskriptiv,
argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi.
Masalan, Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romani yakunida
shunday bir xabarni keltiradi:
“Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan
Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu
asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot
qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda
Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona
bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi
ma’lum emas, deydilar”.
Matn maqomini belgilash borasida
izlanishlar olib borishayotgan Yevropa
tilshunoslari uchun ushbu kategorial belgilar
hozirgacha asosiy tayanch bo‘lib kelmoqda.
Rus tilshunoslarining diqqat- markazida esa,
asosan, matnning quyi pog‘onalardagi
birliklardan farqlash muammosi turadi. Shu
sababli matn sintaksisi yo‘nalishi
taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq
matn va gap hodisalarini farqlash asosiy
vazifalardan biri sifatida tanlangan edi.
Yuqoridagi yaxlitlik, tugallik, bog'liqlik,
diskretlik (qismlarga ajralish) kabi kategorial
belgilarning mavjudligi matn hodisasini
oddiy sintaktik tuzilma - gapga qarama-qarshi
qo'yish uchun yetarli hisoblanmoqda.
Ta‘kidlash joizki, matn kategoriyasining
taklif qilinayotgan tavsifi uning turli
xususiyatlarini aks ettiradi va ushbu
xususiyatlarning barchasini yagona qolip
doirasida qamrab olish istagi beixtiyor matn
tuzilishi va mundarijasining turli
qatlamlariga oid xususiyat, belgilarning bir
pog‘onaga joylashtirilishiga sabab boladi.
Bunday betaraflik, so‘zsiz, matn mohiyatini
aniq nazariy fikrlar orqali tasvirlashga xalaqit
beradi.
Natijada, matn tuzilishi zohirida namoyon
bo‘ladigan sintaktik bog‘liqlik va lisoniy
elementlarning semantik birikishi matn
yaratilishi uchun qanchalik zarur bo‘lmasin,
ularning yaxlitlik shartiga toliq javob
bermasligi oydinlashadi. Pragmalingvistik
tahlilda matnning kommunikativ maqsadi
asosiy tavsifiy belgi sifatida tanlandi.
Darhaqiqat, matn qurilishida ishtirok etayotgan
barcha til birliklari maqsadli tanlov asosida
kommunikativ faoliyat vositalariga aylanadi va ular
matn tarkibida o‘ziga xos yangi xususiyat, xarakter
kasb etadi. Ye.A.Goncharova tariflaganidek, til
tuzilishining asosiy nominativ va kommunikativ
biriiklari bo‘lgan so‘z va gap, matnning struktur-
semantik tarkibidan joy olish jarayonida, «matn
so‘zi» va «matn gapi»ga aylanadi hamda ularda til
tizimi va matn tizimidan o‘zlashtirilgan
xususiyatlar o‘zaro birikadi.
Xususiyatlarning bu xilda uyg‘unlashuvi
matnning lisoniy va nolisoniy birliklarning
strukturaviy, manoviy va pragmatik
munosabatlar asosida o‘zaro birikishidan
hosil bo‘ladigan tugal nutqiy tuzilma
ekanligidan darak beradi.
Matnning bunday tavsiflanishi ham uning
nutqiy-tafakkur faoliyati mahsuli korinishida
yuzaga kelishini isbotlaydi. Bu tuzilma,
albatta, o‘z ichki qonuniyatlariga ega, ushbu
qonuniyatlar matnning sintaktik, semantik,
pragmatik sifatlari bilan bir qatorda uning
yaratilish va qollanish shartlari negizida
turgan kognitiv xususiyatlari bilan ham
bogliq.
Qanday yoqimli tong! To‘yib–to‘yib nafas olasan! Buncha fusunkor bo‘lmasa
bahor! Qishlog‘imiz naqadar go‘zal–a! (Gazetadan).
Sarvarov to‘ng‘illadi: –Ikkinchi chiqishimda ushlashi kerak edi. Birinchi
chiqishimdayoq ushlab o‘tiribdi bu miyasi aynigan chol (S.Ahmad).
– Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib
ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt protsent bor.
Bahorda karillab hech kimga so‘z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday
shama qilding-a! (A.Qahhor)
Evoh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! – dedi Gulsumbibi birdan. Sho‘rlik
qizga qiyin bo‘libdi hammadan (Oybek).
“Men yo‘lakda o‘tirardim. Ichim o‘pirilib tushganday edi. Miyamga hech narsa
kirmasdi. Men uning o‘lishini bilardim va Xudodan uning o‘lmasligini iltijo
qilardim. Ilohim, u o‘lmasin, yo Rab, yo Rab, u o‘lmasin. Nimani buyursang, shuni
ado etaman. Faqat u o‘lmasin. Yo‘q, yo‘q, yo‘q, jonim Xudoyo, u o‘lmasin. Yo‘q, u
o‘lmasin. Parvardigorim, uni o‘z panohingda asra. Sen bolani olding, endi uni o‘z
panohingda asra. Xudo, jonim Xudo, uni o‘z panohingda asra.” (E. Xeminguey
“Alvido, qurol!”)
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Yuqorida keltirilgan matnlarning turini aniqlang!
Kogeziya nima?
Kogerentlik deganda nimani tushunasiz?
Intensionallik nima?
Adresatlik deganda nimani tushunasiz?
Informativlik nima?
Situativlik nima?
Intertekstuallik deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
Yoldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoyetik
tahlili asoslari. Г.2007
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Т.: “Fan”,
2008
Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Т.,
Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti, 2010
Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.:, 1989.
Turmiyozov N. YoMdoshev B. Matn tilshunosligi.
Samarqand, 2006
E‘tiboringiz uchun rahmat