MAVZU: MATN TASNIFI VA TIPLARI
REJA:
1.MATN -SINTAKTIK BUTUNLIK SIFATIDA.
2.MATNNING TIPOLOGIK TASNIFI.
3.MATN TURLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Tayanch tushunchalar: matn, matn turlari,muhokama matni ,tasviriy
matn,xabar matni, immanent, reprezentativ, matn lingvistikasi, psixolingvistika,
mikromatn, makromatn, matn koordinatsiyasi.
Matn- ( lotincha-,,textus’’-mato, birikma) ma’lum moddiy tashuvchiga
bog’langan inson fikri, belgilarning umumiy izchil va to’liq ketma-ketligi. ,,Matn’’
tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud : immanent ( kengaytirilgan falsafiy
qarashlarga yo’g’rilgan) va reprezentativ ( asosan, xususiy munosabat aks etgan).
Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirilib, uning ichki
tuzilishini, uchinchi –shaxs tomonidan yoritishga e’tibor qaratishni nazarda tutadi.
Reprezentativ yondashuv esa matnni tashqi voqelik haqidagi ma’lumotni taqdim
etishni maxsus shakli sifatida ko’rib chiqishni anglatadi. Tilshunoslikda ,,matn’’
atamasi keng doirada, jumladan og’zaki nutq namunalarida ham qo’llaniladi.
Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o’rganiladi.
R.Galperin matn xususiyatlari haqida to’xtalib o’tar ekan, unga quyidagicha ta’rif
beradi. ,, Matn bu yozma hujjat shaklida obyektivlashtirilgan, turli xil leksik,
grammatik va mantiqiy bo’g’lanishlar bilan birlashtirilganbir qator bayonotlardan
tashkil topgan, axloqiy xarakter, progmatik munosabat va shunga mos ravishda
adabiy qayta ishlangan ma’lum bir xususiyatlarga ega bo’lgan yozma xabardir’’.
K.M.Abdullayevning fikricha : ,,Matn- ikki yoki undan ortiq mustaqil gaplardan
iborat bo’lgan, ichki xususiyatlariga ega bo’lib murakkab sintaktik butunlikdir.
Ammo gaplarni tasodifiy yig’indisi hali matn degani emas, aniqrog’i, yaxlit bir
butunlikni
yuzaga
keltirmaydi.
O’ziga
xos
takrorlanmaydigan
matnni
shakllantiruvchi qandaydir tamoyillar bo’lishi lozim.
Ozaybayjonlik tilshunos K.N.Veliyev matnlarni mikromatnlar va makromatnlar
kabi ikki guruhga ajratadi : ya’ni bir necha gaplarning o’zaro grammatik va
mazmuniy bog’lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan
qo’shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og’zaki nutq parchasi mikromatn
hisoblanadi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan
tashkil topuvchi yaxlit asar makromatn deyiladi. Masalan, Abdulla Qahhorning
,,Bemor ’’ hikoyasida ishtirok etgan barcha mikromatnlar ,, Sotiboldining bemor
xotinini da’volash ’’umumiy mavzusi ostida birlashib, makromatnni hosil qilgan.
K.N.Valiyevning yozishicha : ,,Birinchi darajali mikromatnlar murakkab sintaktik
butunlikni, ikkinchisi bir nechta (ikki yoki undan ortiq) murakkab sintaktik
butunlikni birlashtirgan yaxlitlikni uchinchi darajali mikromatnlar esa alohida bayon
etilgan fikr yoki boblarni qamrab oladi. Makromatn esa butun bir asardir’’.
Matnlarni tiplashtirishda ularning lisoniy strukturasi ham nazarda
tutilishi kerak. Shunga ko’ra, tipologik jihatdan turg'un strukturali matnlar
(ma’lumotnoma, dalolatnoma, annotatsiya, patent kabilar) va erkin
strukturali matnlar (maqola, hikoya, she'r, roman kabilar)ni farqlash
mumkin. Bunda berilmoqchi bo’lgan axborotning xarakteri va uni
ifodalashdan ko’zlangan maqsad asosiy o’lchov vazifasini bajaradi. Bu
nuqtai nazardan matnlarni nutqiy muloqotning asosiy shakllariga uyg'un
ravishda hikoya, tasviriy, muhokama matnlariga ajratish tilshunoslikda
an’anaga kirgan. Matn tiplarini belgilashda yana bir omil - asos nutqning
funksional uslublaridir.
Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko’ra ilmiy matn (tezis, maqola,
ma'ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy, nazmiy asarlar), rasmiy matn
(ma'lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop
matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari) kabi tarmoqiarga
bo’linadi.
Matn maqsad-mohiyatida tilning ikki muhim vazifasidan qaysi birining
kommunikativ vazifaningmi yoki estetik vazifaningmi-yetakchilik
qilishiga asoslangan holda matnlarning ikki oppozitiv tiplarini farqlash
zarur, ya’ni badiiy matn va nobadiiy matn. Asosiy maqsad-mohiyatida
kommunikativ vazifa yetakchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb,
asosiy maqsad mohiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni esa
badiiy matn deyish ma'qul.
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan
matn
yaratmaymiz.
Ehtiyojimizga
ko’ra
turli
matn
tiplaridan
foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o’tgan yoki o’zimiz guvoh bo’lgan
voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo’lgan biror
kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba'zan
fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj
sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy
voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini
istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba'zan qandaydir xabarni tinglovchiga
yetkazishga qaratilgan bo’ladi. Ba'zan nimanidir so’rashga ehtiyoj
sezamiz. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida
tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz.
Maqsadimizga erishish uchun turli ko’rsatma, ta'qiq va xitob
jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o’rtasidagi muloqot maqsadi va
mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini,
tuyg'ularini, hayajonlarini, azob va qayg'ularini ifodalash, shu orqali
tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda
ba'zan mubolag'a ba'zan o’xshatish-qiyoslash kabi tasviriy vositalardan
foydalanamiz. Shu asosda badiiy matn ifoda mazmuniga ko’ra ham
tiplarga ajratiladi:
1) hikoya mazmunli matn;
2) tasviriy matn;
3) izoh mazmunli matn;
4) didaktik matn;
5) xabar-darak mazmunli matn;
6) so’roq mazmunli matn;
7) buyruq-istak mazmunli matn;
8) hissiy ifoda mazmunli matn.
Biror bir badiiy matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki
ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Yoxud butun boshli asar
yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida
shakllangan bo’lishi mumkin.
Matnning juda ko’p tiplari mavjuda bo’lib, ulardan biri tasviriy matndir.
Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo’lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabodot
olamiga mansub mavjudot va qandaydir narsabuyum hamda voqea-hodisani
ba’tafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo’ladi.Tasviriy matnda ham
monologik nutq ko’rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning
eng xarakterli xususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab,
birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlar
haqida so’z yuritiladi. Masalan : Yakan degan o’simlik bo’ladi. Nima uchundir
san’atkorlar, aniqrog’i otarchilar pulni ,,yakan’’ deyishadi. Aslida esa yakan-
qamishzorda o’suvchi o’simlik. Yakanni o’rib, quritib uzum osadilar yoki
savat qalpoq to’qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa aksincha, pastak
o’simlik. Shunday bo’libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab:
-O’, birodar, hadeb g’o’ddayaverma, salgina egil. Allohning quyoshi nuridan
biz ham bahramand bo’laylik,-debdi.
Qamish unga qarasaki ham kelmabdi, javob ham bermay burnini jiyirib qo’ya
qolibdi. Vaqti – soati kelib avval qamishni, so’ng yakanni o’ribdilar. Tasodifni
qarangki, shu uy to’sinlariga uzumlarni osibdilar, yakandan to’qilgan savat
qalqoplarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar o’tiveribdi.
Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo’laverib
xorlangan qamish axiyri yakanga qarab zorlanibdi: -meni o’rab olib quritdilar,
tepkilab qovurg’alarimni sindirdilar, so’ng suvga bo’ktirdilar. So’ng qayirib-
bukib mana shu bo’yra holiga keltirdilar. Bu ham yetmaganday sal qayirib,
ostimga noslarini tupuradilar. Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim: - Siz
bekorga g’o’ddaydingiz.G’o’ddayib o’saverdingiz. Ichingiz g’ovak ekanini
unutdingiz. G’ovak bo’lganingiz uchun ham tepkilashdan bo’lak narsaga
yaramagingiz. ( Tohir Malik)
Orol o’sha -o’sha. Uzoqdan turib qarasang, ko’z to’ymaydi. Ilon kabi buralib
oquvchi daryo shu yerga kelganda ega ajralgan,, uch chaqirimdan so’ng yana
birlashadi. Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi.
Na’matak, yovvoyi jiyda, baqaterak joy talashgandek ayqash-uyqash bo’lib
ketgan. Suvga egilib turgan jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. Atrof
sokinlik hukmida. Daryoning oqishi ham, oroldagi qalin daraxtzorning epkin
tebranishi ham ulug’vor. ( Tohir Malik)
Izoh mazmunli matnlar( argument matnlar). Bunday matnda aytilayotgan fikrning
ishonarliligini ta’kidlash turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o’zini
oqlashga urinish yoki himoya maqsadda har xil vajlar keltirish izoh mazmunli matn
tipining o’ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o’stasida
mantiqiy bog’liqlikning bo’lishi muhim sanaladi. Bunday matnda chunki, zero,
lekin, aslida, shuning uchun, to’g’risini(ochig’ini, rostini) aytganda, eshitishimga
qaraganda, bilishimcha, taxminimcha kabi birliklar qo’llanganligini ko’ramiz.
Masalan:
,,-Bahor!
-Labbay, ustoz
-Senga Saddam bilan orangizda qanday farq borligini aytaymi?sizning
o’rtangizda uchta farq bor. -Ustoz! Saddam bilan meni nega qiyosladingiz?
Qolaversa, uchta farq haqida ham qiziqib qoldim.
-Aytaman, Saddam bilan sening o’rtangdagi uch muhim farq quyidagilardir:1-
si sen ayolsan, 2-sen Saddam kabi nafaqat arab,balki, kurd, arab va hindsan.
Orangizdagi
uch
farq
shulardir.
Bunday
qarashlaringni
o’zgartir
qizim.(Omina Shenliko’g’li)
Didaktik matnlar(eksplikativ matnlar). Kimgadir pand- nasihat qilish, uni turli
hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlarga xulosa chiqarishga
o’rgatish istagi asosida xulosa chiqarishga o’rgatish istagi asosida tuzilgan matn
didaktik matn deyiladi. Matnda muayyan maqsad bilan qo’llanilgan maqol, matal,
aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, ,masallar – didaktema deyiladi.
Didaktemalarning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo’ladi. Muallif bunday
didaktemalarni matnga to’g’ridan to’g’ri olib kiradi va qaysi janrga oid ekanligi
aytib o’tadi.Masalan:,,1. Qo’lingdan kelmaydigan ishga vada berma. Qo’lingdan
keladigan ishga ham va’da berma. Qo’lingdan keladigan ishga va’da bersang
uyatga qolasan. Qo’lingdan keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham
bo’laveradi… 2. Yomonning yaxshisi bo’lgandan ko’ra yaxshining yomoni bo’l.
Yomondan yomonlik yuqadi. Yaxshidan yaxshilik. 3. Hech qachon Osmonga
tupurma! Osmon qahrli . Tupuging yuzingga qaytib tushadi! Hech qachon
yerga ham tupirma! Yer mehrli: tupuging yuzingga sachramaydi. Ammo shu
Yer seni ko’ksida ko’tarib yuradi! 4.Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor,
deydilar. To’g’rio gap, ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham
bo’ladi. Sen birpovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa,
boshqadan qaytadi. Birov senga yomonlik qilsa javob berma. Sendan
qaytmasa, boshqadan qaytadi.” O’tkir Hoshimov)
Xabar mazmunli matnlar ( informativ matnlar). Biror bir voqea-hodisa haqida
habar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilinga matn xabar mazmunli matn
deyiladi. Bunday matnda informativlik o’ziga xos tarzda bo’ladi. Kundalik
turmushdagi oddiy habardan tubdan farq qiladi. Badiiy matndagi xabar estetik
maqsadga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday xabar asarning butuniga
aloqador bo’ladi. Hikoya, tasvir, izoh, didaktik, buyruq mazmunli matn tiplari
tarkibida keladi. Masalan: ,,Shamol sharqdan esdi duguncha o’zi bilan akula
korxonasinoing qo’lansa hidini olib kelardi, ammo bugun hid deyarli sezilmas,
chunki shamol shimoldan esa boshlab, ko’p o’tmay, butunlay tingan edi.
Shuning uchun ham Terras serquyosh va so’lim edi.” (Ernest Xeminguey)
Buyruq-istak mazmunli matnlar(inyunktiv matnlar). Buyruq- istak yoki maslahat
ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni
bajartirish yoki turli ta’qioqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq-istak
mazzmunli matn deyiladi. Asosan qahramon nutqida kuzatiladi. Lekin muallif
nutqida istak, maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo’llanilishi ham mumkin.,,Bunday
qarashlarinni o’zgartiur qizim. Hech b ir irqni past sanama. Qolaversa, sen go’yo
mutafakkir kishilardek bo’lmoqchi eding. Zolim bo’lish uchun davlat rahbari
bo’lishingga hojat yo’q”.
Hissiy ifoda mazmunli matnlar(ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarini,
voqelikka salbiy yoki ijobiy munosabatini, o’ziga xos pafos bilan ifodalagan matn
hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.Masalan:,, Ertta tongda havo harorati minus
20 gradus bo’lsada, kunning o’rytasiga kelib, tomdan tomchilar tusha boshladi.
Bu mkun ertalabdan to tungacha billurday yaltirab gulladi, yoshardi. Qayinlar
go’yoki qor bilan naqshlanganday kechgacha goh binafsharang, goh moviy
ranglarda nurlanib turdi. Osmonda oqish oyning o’rog’i uzoq vaqtgacha qalqib
turdi, ufqda esa ranglar qarchalanib-parchalanib ketdi.
Borliqqa kirib kelgan bahorning birinchi kunida hammasi ajoyib edi.(Mixail
Prishvin)
Tabiiyli, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan,
muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshnoslikda qanday birliklar matnni
shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn
birliogio deb hisoblanishi borasida ancha-muncha muzokaralar mavjud. Bir
qarashda matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday
tuyiladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn
lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko’p va farqli qarashlar mavjud. Biz
matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog’lanishlilik va yaxliylikka
alohida e’tibor berdik. Tabiiyki, bog’lanishlilik va yaxlitlik gaplar o’rtyasida va
gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha
matn tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa,
g’arb tilshunoslari tomonidan matngfa berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket
bog’lanishi gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela
olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan, golland tilshunosi S.Dik ,, Gaplarning
zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli “ni ko’radi. Boshqacha qilib aytganda,
mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan axborotni
ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o’laroq matn shakllanadi. Oliy darajadagi
koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaxlitlikni paydo qiladigan
gaplar o’rtasidagi barcha jihatlarda, ya’ni semantik, sintaktik, kommunikativ,
estetik va yana boshqa barcha jihatlarda uyg’unlikdir, muvofiqlashuvdir.
Gaplarning ana shunday o’zaro uyg’unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida
matn mavjuda bo’ladi. Ana shunday birinchi va ikkinchi mulohazadan kelib chiqib,
matnning asosiy birligi gapdir degan xulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn
birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu
borada bahsli yondashuv anchagina. Matn juda keng qamrovli tushuncha
bo’lganligi sababli hali uning muayyan tan olingan ta’rifi mavjud emas.
Tilshunoslikda matnga katta e’tibor qaratadilar(biz buni yuqorida ko’rib o’tdik) va
izlanishlar davom etmoqda.
TOPSHIRIQLAR:
1.Quyida keltirilgan matndagi tasviriy vositalarni aniqlang.
2.Matndagi poetic aktuallashgan til vositalarni aniqlang.
“Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor saroyni
Toshkand, Samarqand va Buхoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi
birikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy
ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralariga qaytqanlar, ko‘b
hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga
qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari,
хoхolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek. Saroyning to‘rida
boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz
to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar
ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora
chirog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham yonadir, o‘zga hujralarda yengil
tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha
yaratilishda. Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik,
mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit” (Abdulla
Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani ).
2. Topshiriqlar:
1. Matnning semantikasiga ta`sir qilgan so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni aniqlang.
2.Quyidagi matnda o‘zgarmas turkumga mansub bo‘lgan birliklar qanday sintaktik
vazifani bajargan?
Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga etib
bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. Davra boshida to‘rvadek
soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. Hamma unga ta’zim bajo qiladi.
Davraga kim kelib qo‘shilmasin chol uzundanuzoq duo o‘qiydi. «Sen
ham mening yoshimga etib yurgin, bacham», deb fotiha tortadi.
Bir xil duo takrorlanavergach, Said Ahmad aka so‘radi:
-Necha yoshga chiqdingiz, taqsir?
-Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim.
-Voy bo‘-o‘-o‘!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening duoing
mustajob bo‘lsa, men sakkiz yil avval o‘lib ketishim kerak ekan-da,
ukam? Men etmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz!
(O‘.Hoshimov, «Duogo‘y»).
Savollar:
1.Matn deb nimaga aytiladi?
2.Matn qanday birliklardan iborat?
3.Matnning qanday tiplari mavjud?
4.Badiiy va nobadiiy matn deganda nimani tushunasiz ?
5.Tasviriy matnning o’ziga xos xususiyatlari qanday?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.http:/www.ziyouz.com
2.O’tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.-Toshkent,<<Sharq>>,2005
3.Tohir Malik. Mehmon tuyg’ular.-Toshkent,<<Sharq>>,2000
4.Omina Shenliko’g’li. Mingboshining qizi.-Toshkent ,<<Zukko kitobxon>>,2021
5.Ernest Xeminguey.Chol va Dengiz,-Toshkent,<<O’zbekiston
milliy
ensiklopediyasi>>,2018
6.Abdullayev A. O’zbek tilida supersintaktik butunliklar.-Toshkent,NDA.,1997
7.Abdurahmonov G’.,Mamajonov
N. O’zbek tili
va adabiyoti.-
Toshkent,<<O’zbekiston>>,1985 .