Mavzu: Matn va nutq madaniyati
REJA:
1. Matn tushunchasi haqida
2. Matn va nutq terminlari orasidagi bog`liqllik
3. Matn va nutq madaniyati borasidagi qarashlar
4. Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi sifatlar
5. Nutq texnikasi – madaniy nutqni shakllantiruvchi asosiy omil sifatida
Tayanch tushunchalar: matn, nutq, nutq texnikasi, mantiqiylik, nutqning
to`g`riligi, nutqning aniqligi, nutqning sofligi, varvarizm, vulgarizm, jargon,
argo
Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.
Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki
hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida
birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning
asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi,
chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining
lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun
matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn
tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir. Tilshunos E.Qilichev
“Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn – hamma elementlari o’zaro
zich aloqada bo`lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga
yo`naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma»
degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta
birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan
o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga
nisbatan ancha to`liq bo`ladi”.
Misol: Odamlarni hayron qoldirib, Erkin aka bilan qaytadan
quchoqlashdik. Qog‘ozga o‘rog‘liq to‘yonani kaftiga bosdim, Erkin aka
“Qo‘ying, shart emas” dedi-yu, pulni kissasiga solib qo‘ydi.
Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari.
2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. Matn gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa
vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan
yozma nutq ko`rinishidir. Matn hajm belgisiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Minimal
matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn). Badiiy uslubda minimal matn
deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini
ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar,
she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha
gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Misol: Ahmoq mehmon uy egasiga
mezbonlik qiladi.
Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli
shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Maksimal matn
deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan
butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik
hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat.
Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga
to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z
(epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni
va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim
masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik
bo`lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi”
hisoblanadi. Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan
matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan
boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan qoqealarni kimgadir aytib
beramiz. Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina
chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va
qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni
istaydi.Ana shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi
tasviriy vositalardan foydalanamiz.
2.Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko‘ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo`lib
chiqish mumkin:
1. Hikoya mazmunli matn.
2. Tasviriy matn.
3. Izoh mazmunli matn.
4. Didaktik matn.
5. Xabar mazmunli matn.
6. Buyruq mazmunli matn.
7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda
muallif yoki asar qahramoni o`zi boshidan o`tkazgan eshitgan, ko’rgan yoki guvoh
bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va
rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o`tgan
zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi. Misol: Qishloq
do‘konini chol ham Jintepaga chiqqanida soqov bo‘lib qolgan, deyishadi.
Aytishlaricha, u yoshligida tuppa-tuzuk ekan. Bir kuni toqqa - o‘tinga chiqibdi.
O‘tin kesguncha qorong‘i tushib qolibdi. Kechasi cho‘qqidan tushib kelayotsa,
yo‘lda savat zambil yotganmish.(O‘. Hoshimov)
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn
tinglovchiga noma'lum bo`lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga
mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil
tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq
ko`rinishi etakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli
xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi
xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z
yuritiladi. Misol: Saroyning to‘rida boshqalarga qarag‘anda ko‘rkamroq bir
hujra, anovi hujralarga kiygiz toshalgani holdabu hujrada qip-qizil gilam,
uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar,
narigilarida qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham yonadir… (A.Qodiriy
“O‘tkan kunlar”)
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday
matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar
keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har
xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
Misol: Ular shoh bo‘lsa, zolim mula bo‘lsa, so‘zi boshqa, ishi boshqa amaldor
bo‘lsa, “jafokor” nomi bilan dunyodan o‘tishadi, biror kishi u toifani yod
etmaydi va hech bir donishmand ularning hayoti haqida esdalik uchun doston
ham to‘qimaydi.(Uvaysiy “Qarolar falsafasi”)
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-
nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan
xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik
matn deyiladi. Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy
voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi. Misol: Rostqalam
xalq erurlarsalim, Egri durur xatki, emas mustaqim.(A.Navoiy “Hayrat ul-
abror”)
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror
voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn
informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o`ziga xos tarzda
bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi. Misol: Endi
uloq boshlandi. Birisi oladir, ikkinchisi tortadir. (A. Qodiriy “Uloqda”)
6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq
matnida maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan
tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga
buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi. Misol:
Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta
ko‘proq yaxshilik qilsang… Bu dunyodan men qilgan xatolardan aqalli bitta
kamroq xató qilsang…(O‘. Hoshimov)
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn).
Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos Bilan
ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. Misol:
Har yili bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana
tabiatning
dildiragan
tanlariga
iliq
qon
yugurdi.
Tollarning
sochpopuklariqizlarning mayda
o‘rilgan
kokillaridayselkillab
tushmoqqa
boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari
horg‘in-horg‘in oqsalarda, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-
kemira ilgari bosadilar.(Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”)
Matn nutq ko`rinishida yuzaga chiqadi. Shunday ekan nutq tushunchasi
haqida to`xtalib o`tsak.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning
alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda
uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni
soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan
nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan
ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy
borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar
umumiyroq til tushunchasiga qarama-qarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulq-atvori
va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat
qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari
tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd
etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning
yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida
bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga
qaratiladi. Ichki nutq tashqi nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda,
faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan
jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻzaki nutqdan bir qadar
shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik
jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan
ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi,
poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Har bir kishining nutqi individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi;
vaholonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka
shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga
umuman taalluqli boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas
bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq
tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish,
individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy
tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini,
uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning
namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta
ahamiyatga ega.
Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq , rasmiy nutq kabi
shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham nutq va
matn uchun madaniylik belgisi bo`lishi zarur.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari
(talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash,
shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan
nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati;
2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish
maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi
boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham
qoʻllanadi.
1-maʼnodagi
"Nutq
madaniyati"
tushunchasi
adabiy
tilni
oʻzlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab oladi:
a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan
tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul
qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok
etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy
meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng
toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini
tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti
variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq
madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga
nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.
Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir.
2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol
taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini
ularning
barqarorlashgan
shakllarida,
ziddiyatlarida,
vujudga
keluvchi
tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.
Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir
etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-
shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati
na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy
adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi
yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.
Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va
adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat
aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq
madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye
va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va
Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li,
imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.
XX asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos
meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati
bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa,
keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy,
Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq
madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy
noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab
gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi"
kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq
madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.
Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga
yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni
shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov,
Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy,
Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa
qushdilar.
Nutq madaniyati ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa-da,
unga qadar Misrda, Ossuriyada, Vavilon va Hindiston mamlakatlarida paydo
bo'lgan. U paytda davlat arboblarining obro'-e'tiborlari va yuqori lavozimlarga
ko'tarilishi ularning notiqlik san'atini qay darajada egallaganliklariga bog'liq
bo'lgan. Notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan barobar qadrlangan va bu ikki
san’atning mohir egalarigina yuqori lavozimlarga saylangan. Notiqlik eramizdan
oldingi V asrda Yunonistonda shakllangani haqida fikrlar bor.
Tariximizda go‘zal nutq, nutq odobi, ona tilining qudrati kabi masalalar
hamisha allomalarimiz diqqat markazida bo‘lib kelgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabi bir qator ma’rifat
darg‘alari tilimiz muhofazasi, tilning sofligi va nutq odobi haqidagi jiddiy fikrlarni
bayon
qilganlar.
Bugungi nutq madaniyati tushunchasi nutq odobini ham o‘z ichiga oladi. Nutq
madaniyati fikrni mustaqil, ravon, go‘zal va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda
ifodalashni nazarda tutadi. Raso nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy
taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisi, o‘ziga xos
ko‘zgusidir. Nutqiy muloqotning samaradorligi nutq madaniyatiga bog‘liq, chunki
madaniy nutqqina chinakam ta’sir kuchiga ega bo‘la oladi. Tilshunoslikda «nutq
madaniyati» termini, asosan, ikki xil ma’noda qo‘llanadi, ya’ni:
1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana
olish, nutqda zaruriy sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni
ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami;
2) tilshunoslikning tildan maq sadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda
foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy
asosda o‘rganish va o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.
Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni
tinglovchi (o‘quvchi)ga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat.
Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo‘l ishi uchun, albatta, madaniylik
talablariga javob berishi zarur. Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar
mavjud bo‘lishi kerak. Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ
sifatlar bir qancha bo‘lib, ularning asosiylari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik.
Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq
madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liq holatda nutq madaniyatining ikki
bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqda to‘g‘rilik sifatining mavjudligi nutq
madaniyatining birinchi bosqichi hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham
mujassamlashtirish esa nutq madaniyatining ikkinchi – oliy bosqichi sanaladi.
Nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limot ning markaziy masalasidir.
Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to‘g‘rilik
mavjud bo‘lgandagina yuzaga kela oladi. Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning
aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas.
Aytish joizki, nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning
poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqning to‘g‘riligi nutq
madaniyatining birinchi bosqichi bo‘lib, maktab ona tili ta’limining asosiy
maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutq tuzish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga qaratilgan. To‘g‘rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi
adabiy
til
me’yorlariga to‘la mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal
qilinmasdan
tuzilgan
nutq
to‘g‘ri
nutq
bo‘la
olmaydi.
Siz bilasizki, adabiy me’yor til unsurlaridan til qonuniyatlariga uyg‘un, jamiyat
taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va
an’anaga muvofiq holda foydalanish qoidalari bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida
quyidagi
me’yorlar
farqlanadi:
1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar;
2) talaffuz me’yorlari;
3) so‘z yasalishi me’yorlari;
4) morfologik me’yorlar;
5)sintaktik
me’yorlar;
6)
uslubiy
me’yorlar.
Adabiy til me’yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqning noto‘g‘ri tuzilishiga
olib keladi. Ammo badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til
me’yorlaridan chekinish holatlari ham kuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat
qiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi grammatik me’yorlarga ko‘ra, ega shaxs bo‘lmasa,
u ko‘plik sonda bo‘lsa-da, kesim ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Ammo badiiy
asarda tasvirga erka bir ohang berish maqsadi bilan mahoratli ijodkor Abdulla
Qodiriy Bu xabarni eshituvchi – Kumushbibining qora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib,
kipriklari yosh bilan belandilar tarzidagi go‘zal jumlani tuzadi.
Adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining ta’minlanishi uchun yana ikki
turli me’yorga amal qilish lozim. Bu me’yorlar quyidagilardan iborat:
1) imlo (orfografik) me’yorlari;
2)
tinish
belgilari
(punktuatsion)
me’yorlari.
Imlo me’yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy
an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat
organi tomonidan tasdiqlanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini
topadi.
Imlo
qoidalari
savodxonlikni
ta’minlashning
asosi
hisoblanadi.
Yozuv madaniyatini shakllantirishda tinish belgilarini qo‘llash qoidalarining
alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning harflar, raqamlar kabi boshqa
vositalari hamda so‘zlar, morfemalar kabi til birliklari bilan ko‘rsatish mumkin
bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni
ifodalashda favqulodda muhim o‘rin tutadi. Siz ol dingi sinflarda xabardor
bo‘lganingizday, bu belgilar tilning sintaktik quri lishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez
tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir.
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda
qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy
mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.Tavsiflanayotgan
voqelikni yaxshi bilish, tildagi so‘z ma’nolarini yetarli anglash, nutq mazmuniga
e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish malaka sining shakllanishi uchun imkon
beradi. So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, aniq nutq
tuzib
bo‘lmaydi.
Masalan,
Avlodlar
merosini
o‘rganamiz
jumlasida
ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun avlod so‘zining leksik ma’nosiga to‘g‘ri
kelmaydi. Avlod so‘zi asli arabcha bo‘lib (uning birlik shakli valad, ya’ni «bola»
demakdir), o‘zbek tilida «bir ota-bobodan tarqalgan nasl», «bir davrda
tug‘ilib o‘sgan kishilar» kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan,
ajdod so‘zi qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uning ma’nosi
«ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar» demakdir. Shunga ko‘ra, mazkur jumla
Ajdodlar merosini o‘rganamiz shaklida tuzilishi kerak edi. Ko‘rinadiki, avlod
so‘zi
tildagi
leksik
ma’nosiga
muvofiq
tarzda qo‘llanmaganligi uchun nutqning aniqligiga putur yetgan. Ayni paytda aniq
nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning
uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq
zarur.
Aniqlik sifati badiiy nutqda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, chunki badiiy asar,
ma’lumki, badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik asosiy bo‘lganligi
uchun so‘z ma’nosidagi siljishlar, ko‘chishlar ko‘p kuzatiladi. So‘z va u ifodalagan
predmet o‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda ko‘pincha ochiq va to‘g‘ridan
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy nutqning asosiy vazifasi estetik ta’sir etishdan iboratligi
uchun so‘zning turlicha qo‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil ma’nolarni
ustiga
olishiga
keng
imkoniyat
yaratadi.
Badiiy nutqda so‘zlar o‘z va hatto ko‘chma ma’nolaridan tashqari ham o‘ziga
xos yangidan yangi ma’no qirralarini kasb etishi va shu tarzda badiiy tasvirning
yanada
aniqligini
ta’minlashi
mumkin.
Masalan, Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan
kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi (Cho‘lpon, «Kecha
va kunduz») gapidagi g‘ururning kaltaklanishi va kular yuzini no‘qtalamoq
birikmalarida kaltaklanishi va no‘qtalamoq so‘zlari kasb etgan ma’no
nozikliklari («g‘ururni azobli darajada poymol qilish», «keskin va tamoman
to‘xtatmoq») bilan matnga ham aniqlik, ham ta’sirchanlik baxsh etgan.Oddiy
nutqda Qor yonadi deyilsa, nutqning aniqligi buzilgan bo‘ladi. Chunki qor –
yonmaydigan narsa. Ammo Qalovini topsang,qor yonar degan maqolda, ya’ni
badiiy nutqda fikr go‘zal, obrazli va mubolag‘ali ifodalangan. Bunday holatda nutq
aniqligining
buzilishi
haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Fikr tarkibi va qurilishining to‘g‘ri
ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosidir. Nutqda til vositalarining mantiq va
to‘g‘ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini
yuzaga keltiradi. Ana shunga ko‘ra mantiqiylik sifati nutqda so‘zlar, gaplar
o‘rtasidagi mazmuniy va grammatik aloqalarning fikr mohiyati hamda uning
rivojlanib borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflanadi. Mantiq va grammatika har
qanday nutqning tayanchi, har qanday nutq sog‘lomligining zaminidir. Ulug‘
donishmand bobomiz Forobiy grammatika va mantiq ilmining favqulodda
ahamiyati haqida quyidagilarni qayd etgan: «Grammatika odamlar nutqini
to‘g‘rilagani kabi – u shuning uchun ham vujudga kelgandir – mantiq ilmi
ham xato kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyda tafakkurni to‘g‘ri yo‘ldan olib
borish uchun aqlni to‘g‘rilab turadi. Grammatikaning tilga va til ifodalariga
bo‘lgan munosabati mantiq ilmining aql va aqliy tushunchalarga bo‘lgan
munosabati kabidir. Grammatika har doim til ifodalarida xatolar kelib
chiqishi mumkin bo‘lganda, tilning o‘lchovi bo‘lganidek mantiq ham har
doim
aqliy
tushunchalarda
xato kelib chiqishi mumkin bo‘lganda, aql o‘lchovidir». Mantiqiy nutq tuzish
uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan
boxabar bo‘lishi kerak, ayni payt da til birliklarining leksik-semantik va grammatik
mohiyati, ularning bog‘lanish xususiyatlarini ham nazardan qochirmasligi zarur.
Aytaylik, so‘zlarning jumla tarkibida mantiqiy-mazmuniy ziddiyatsiz birika olishi,
mantiqqa uyg‘un qo‘llanishi uchun ularning leksik-semantik mohiyatini yetarli
darajada bilish lozim.
Masalan, Traktor va mashinalar yelday uchadi gapini mantiqiy deb bo‘lmaydi,
chunki unda mantiqiy-mazmuniy ziddiyat bor. Mashina mantiqan juda tez, ya’ni
yelday uchishi mumkin, ammo traktor bu xususiyatga ega emas. Demak, jumlada
mantiqiylik sifati buzilgan.
Nutqning mantiqiyligi ifoda nuqtayi nazaridan ko‘proq tilning morfologik va
sintaktik sathi bilan bog‘liqdir. Har qanday sintaktik birlikning nutqda o‘z
mantiqiy-grammatik o‘rni bor. Gapda so‘zlar tartibining to‘g‘ri, tilning sintaktik
tabiatiga uyg‘un bo‘lishi mantiqiy nutq tuzishda jiddiy ahamiyatga molikdir. So‘z
tartibidagi nuqson jumlada ifodalangan fikrning mantiqan yanglish yoki
ikkiyoqlama anglanishiga olib keladi. Masalan, Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham,
indamaymiz tarzidagi jumlada so‘z tartibidagi nuqson sababli fikr ikki xil
tushunilishi mumkin, ya’ni «loqaydlik tufayli ko‘rish» (bu, albatta, mantiqqa
zid) va «loqaydlik tufayli indamaslik». Aslida, ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr –
ularning
ikkinchisi.
Jumladagi
so‘z tartibi Ko‘rsak ham, loqaydlik tufayli indamaymiz tarzida tuzilsa, mantiq
to‘g‘ri ifodalanadi.
Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o‘zaro
mazmuniy-sintaktik bog‘lanishidagi kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi.
Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi, shunga ko‘ra
bog‘li nutq tushunchasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini
farqlash
maqsadga
muvofiq:
1. Mazmuniy bog‘liqlik. Bunday bog‘liqlik abzas va mustaqil gaplarni bog‘lovchi
leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxs dagi kishilik
olmoshlari
kabi)ning
qo‘llanishi
orqalinamoyon
bo‘ladi.
2. Mantiqiy bog‘liqlik. Bunday bog‘liqlik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy
munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak,shunday ekan, shunday
qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi,
bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi
bog‘lovchilar
va
sh.
k.)
orqali
ifodalanishida
namoyon
bo‘ladi.
3.
Kompozitsion
bog‘liqlik.
Bunday
bog‘liqlik
qayd
etmoq
lozimki,
aniqki,ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o‘tilgani kabi tarzidagi sintaktik
qurilmalar yordamida ifodalanadi.Yaxlit matnning mantiqiyligini ta’minlashda
matnning kompozitsion tuzilishini to‘g‘ri tashkil etish ham muhimdir. Bayon
qilinayotgan fikr, mazmun tarkibida, tabiiyki, muayyan ketma-ketlik, aloqadorlik,
bog‘liqlik, umuman, tizim mavjud. Mazmundagi ana shu tizim nutqiy ifodada ham
o‘z aksini topmog‘i lozim. Mantig‘i sog‘lom matn «biri tog‘dan, biri bog‘dan»
fikrlar «bo‘tqa»sidan iborat bo‘lmaydi. Shuning uchun matnda fikr rivojini aks
ettiradigan aniq kompozitsiya bo‘lishi zarur. Masalan, inshoning kompozitsion
tuzilishi uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda
mavzu, uning ahamiyati, o‘rganilishi kabi masalalar bayon qilinadi, asosiy qismda
aytilmoqchi bo‘lgan tegishli mazmun yoritiladi, xulosada esa bayon qilingan
fikrlarga yakun yasaladi, «qissadan hissa» qilinadi. Shu tariqa fikr mantiqiy
ifodalangan
yaxlit
matn
yuzaga
keladi.
Badiiy nutqda mantiqiylikka qo‘yiladigan talablar tamoman o‘ziga xosdir.
Albatta, bu badiiy adabiyotning obrazli tafakkur mahsuli ekanligi bilan
aloqadordir.
Mantiqiylikning buzilishi badiiy nutqda o‘ziga xos tasvir usuli,obrazli ifoda,
qisqasi, badiiy vosita vazifasini bajarishi mumkin. Xilma-xil alogizmlar
(mantiqsizlik), g‘ayriodatiy birikmalar, jonlantirish va boshqa shu kabi
qo‘llanishlar ijodkorning badiiy mahorati bilan matnning zaruriy unsurlariga
aylanadi. Masalan, nobadiiy nutqda Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar
shaklidagi
gap
mantiqsiz
hisoblanadi. Chunki tinglash uchun «qurol» og‘iz emas, balki quloqdir. Ammo
Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan ushbu parchada bu gap
betakror
badiiy
obraz
tasviriga
aylangan:
O‘tirganlar
bir
seskanib
oldilar.
– Qanaqa pul, taqsir? – dedi Matxoliq amin.Hammaning ko‘zi uning og‘ziga
tikilgan edi, undan keyin hamma ko‘zlar birdaniga mingboshi tomonga burilib,
uning
og‘ziga
osildilar.
Ko‘plar
og‘izlari
bilan
ham
tinglardilar.
Nutqning sofligi nutqning adabiy til va jamiyatdagi ma’naviy-axloq qoidalariga
yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanadi.Kishi nutqining sofligi uning
ma’naviy-ma’rifiy,
lisoniy-madaniy
saviyasini
namoyon
etadigan
ko‘rsatkichlardan biridir. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi
unsurlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) shevaga xos so‘z, ibora, grammatik shakllar, urg‘u va talaffuz; Misol:
Ayollar nozik, ular …yuz kilo paxta joylangan qopni ko‘tarib, o‘smasak bo‘lib
qolish uchun yaratilmagan.(O.Muxtor “Yillar shamoli”)
2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari (varvarizmlar); Misol:
Kampirmazasi yo‘q ayol. Tolka kelinini qiynagani qiynagan… uzzukun yo‘lakka
o‘tirib olib o‘tgan ketganni ispletniy qiladi.(S.Ahmad. “Hasrat” hajviyasi)
3) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vulgarizmlar); Misol: Aka aytgan so‘zim
og‘ir olmagin, Nar-moda ishini bunda qilmagin. (Alpomish)
4) «ishlamaydigan» yoki parazit so‘zlar; Habba (A. Qodiriy “Mehrobdan
chayon”)
5)idoraviy
so‘z
va
iboralar(kanselyarizmlar).
Nutq tuzuvchi o‘z nutqining sofligi haqida qayg‘urar ekan, albatta, mazkur
unsurlarni qo‘llashdan tiyilishi lozim. Badiiy nutqda nutqning sofligi o‘ziga xos
tarzda namoyon bo‘ladi. Badiiy nutqda qahramonning muayyan hududga
mansubligini ta’kidlash maqsadi bilan shevaga oid so‘z, ibora, grammatik
shakllar, personajlarning milliy mansubligi, madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u be
rish uchun o‘zbek tiliga kirib o‘zlashmagan chet so‘z va so‘z birikmalari,
qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini bo‘rttirib ifodalash niyatida
dag‘al va haqorat so‘z-iboralar, shaxsning hissiy holati, nutqiy malakasining yetarli
emasli gini ko‘rsatish uchun haligi, masalan, innaykeyin, ya’ni, aytaylik,
bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi o‘z
ma’nosidan begona qilingan, ya’ni ishlamaydigan so‘z va iboralar ishlatilishi
mumkin.
Ta’kidlash joizki, rasmiy-idoraviy qoliplashgan so‘z va iboralar rasmiy
uslubdagina qo‘llanadi, ularni boshqa uslublarga olib kirish maqsadga muvofiq
emas. Hatto badiiy asarda ham ularning maqsadsiz ishlatilishi o‘rinli bo‘lmaydi.
Ammo personajning madaniyma’naviy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadida,
ya’ni estetik maqsad bilan rasmiy-idoraviy qoliplashgan iboralarning badiiy
matnda qo‘llanishi kuzatiladi.
Nutq ta’sir va tasvir quvvatini namoyon qilishi uchun u boylik sifatiga ega bo‘lishi
zarur. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan
unsurlari (so‘zlar, ma’nolar, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va
sh.k)dan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda
qanchalik kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori
bo‘ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p bo‘lgan nutq
kambag‘al hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga yarasha bo‘ladi. Nutqning bu
sifati rang-baranglik tarzida ham talqin etiladi, ya’ni boylik tegishli fikr ifodasi
uchun qo‘llangan til birliklarining xilma-xilligi, rang-barangligi bilan o‘lchanadi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki
fikrga farqli-farqli til birliklarini tanlash lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchi
yetarli miqdordagi so‘zlar, ularning ma’nolari, so‘z birikmasi va gap modellari
zaxiralariga sohib bo‘lmog‘i talab etiladi. Bu zaxira qancha boy bo‘lsa, notiq o‘z
nutqining maqsadiga muvofiq tarzda undan maqbul birliklarni tanlash, xilma-xil
ifodalarni ishga solish imkoniyatiga shunchalik ko‘proq ega bo‘ladi. Nutqning
boyligi sifati boshqa uslublarga qaraganda, badiiy uslubda alohida o‘rin tutadi
Nutqning boyligini ta’minlashda bir qancha til vositalari ishtirok etadi. Ular
orasida leksik, semantik, grammatik, intonatsion vositalar alohida o‘rin tutadi.
Boy, shirali nutq tuza bilishi uchun so‘zlovchining, eng avvalo, so‘z zaxirasi boy
bo‘lmog‘i kerak. Atoqli so‘z san’atkorlarida, masalan, ulug‘ Alisher Navoiyda 26
mingdan
ortiq,
rus
shoiri A. S. Pushkinda 21 mingdan ortiq so‘z boyligi mavjudligini mutaxassislar
ta’kidlaydilar. Albatta, bunday ulkan so‘z boyligiga ega bo‘lish har kimga ham
nasib etavermaydi. Ammo o‘z nutqining boy va ta’sirchan bo‘lishini istaydigan har
bir kishi o‘z lug‘at boyligini kengaytirib borish haqida qayg‘urishi lozim. Nutqning
boyligini
ta’minlashda,
ayniqsa,
ma’nodoshlik
katta
imkoniyatgaega.
Ma’nodoshlik, ma’lumki, faqat so‘zlar doirasidagina emas, balki morfologik va
sintaktik birliklar doirasida ham keng tarqalgan. Matnda so‘z, so‘z birikmasi va
gap takroridan qochishning eng qulay yo‘llaridan biri ayni shu ma’nodoshlik
asosida
bir
xil
birliklarni
almash
tirishdir.
Tilimizdagi sodda va qo‘shma gaplar, murakkablashgan gaplar,ularning xilma-
xil qoliplari, bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo‘lgan millionlab jumlalar
boy nutq tuzish uchun cheksiz imkoniyatdir. Bulardan xabardor kishining nutqi
tarkib nuqtayi nazaridan faqat bir xil qolipdagi jumlalardan tarkib topmaydi, ya’ni
bir
xil
sintaktik birliklar takroridan iborat bo‘lmaydi. Nutqning boylik darajasini
pasaytiruvchi leksik, semantik, morfologik, sintaktik va intonatsion takrorlarni
badiiy nutqda alohida badiiy maqsad bilan atayin qo‘llanadigan takrorlardan
farqlash lozim. Ko‘proq badiiy va publitsistik nutqda muayyan tushuncha yoki
mazmunni alohida ta’kidlash, ohangdorlik kabi niyatlar bilan bog‘lovchi,
so‘z,
so‘z
birikmasi,
gaplar
takrorlanadi.
Masalan,
quyidagi
she’riy
parchada
buni
ko‘rish
mumkin:
Yurt
bu
kun
karvonlar
boshida
nordir,
Yurt
bu
kun
Sharq
ichra
tengsiz
bir
diyor.
Yurt
bu
kun
ohuday
xo‘p
ishvakordir,
Sir kabi seravjdir, Pomirday poydor.
Nutq tuzishdan oldin bu nutqning jo‘yasini – munosib o‘rnini tasavvur qilish
kerak. Har qanday nutq ifodalanmoqchi bo‘lgan axborotning mazmuni, tinglovchi
yoki o‘quvchining yoshi, ijtimoiy maqomi, nutqning yozma yoki og‘zaki ekanligi,
nutq vaziyatiga to‘la mos kelishi zarur, jo‘yalilik sifati shu asosda yuzaga keladi.
Til vositalarini tanlashda shu jihatlar inobatga olinishi zarur. Masalan, yaqin
kishisini yo‘qotgan odamning hissiy-ruhiy holati ma’lum. Shunday odamdan
ko‘ngil so‘rash, unga ta’ziya bildirish uchun tuziladigan nutqda «o‘lmoq»
ma’nosini ifodalash uchun aynan o‘lmoq so‘zini tanlash o‘rinli emas, bu so‘z
so‘zlovchi va tinglovchi muloqotidagi mantiqiy-axloqiy munosabat ruhiga mos
emas. Bu mazmundagi nutqning jo‘yaliligini ta’minlash maqsadida mazkur
so‘zning vafot etmoq, bo‘lmay qolmoq, o‘tib qolmoq, olam dan o‘tmoq, olamdan
ko‘z yummoq, u dunyoga ketmoq kabi «yumshoqroq» muqobillari qo‘llanadi.
Kichkintoylar nutqida, masalan, Sog‘likda ko‘rishaylik! Omon bo‘lsak, albatta,
ko‘rishamiz! kabi iboralar jo‘yalilik sifatidan mahrum bo‘ladi, chunki ular bola
nutqi uchun mutlaqo xos emas. Bunday jumlalar kattalar, keksalar nutqidagina
mazkur
sifatni
ola
biladi.
Yoki Bolalarni tarbiyachi o‘z oldiga chaqirib, minnatdorchilik bildiradi gapida
minnatdorchilik bildirmoq iborasi nojo‘ya qo‘llangan, shuning uchun bu nutqni
jo‘yali deb bo‘lmaydi. Bog‘cha bolasi va tarbiyachi o‘rtasidagi yosh va maqom
farqi mazkur iborani qo‘llashga monelik qiladi, bunday o‘rinda jo‘yalilik sifati
rag‘batlantirmoq so‘zini ishlatishni taqozo etadi Nutq uslublarining har biri uchun
xoslangan til vositalari borligini Siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z,
ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tka zilishi nojoiz,
o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi buzilishi
mumkin.
Bu o‘rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning yozma va
og‘zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakllarida jo‘yalilik o‘ziga xos
tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish
sharoitlari bir xil emas, shunga ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan
birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik
natijasida ham nutqning jo‘yali ligiga putur yetadi. Albatta, badiiy nutqda
jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi. Nutq tinglovchi yoki o‘quvchiga jiddiy
ta’sir
qilishi
uchun
u
ham
shaklan, ham mazmunan diqqatni o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi lozim.
Ifodalilik sifatiga sohib bo‘lgan nutq bunday vazifani bajarishi mumkin. Bu
kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to‘la muvofiq tarzda tanlash
asosida yuzaga keladi. Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli
darajada ehtiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog‘ozlarida ifodalilikka nisbatan
kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o‘rni bilan bir qadar bu sifat kerak bo‘ladi.
Ifodalilik,
ayniqsa,
badiiy
nutqning
zaruriy
sifatlaridandir.
Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko‘p va
xilma-xil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklarida mavjud. Tilning tovush
qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya
kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq
tuzuvchi bulardan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga
qiynalmaydi. Misol: Mingboshi hayron bo‘lib qoldi. Bu yeti uxlab tushiga
kirmagan fikr edi. Ko‘zini keng-keng ochib, mehmonga qaradi.
So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash ham nutq ifodaliligini ta’minlash uchun
tuganmas manbadir. Nutqda deyarli barcha asosiy holatlarda ko‘chma ma’no
emotsional-ekspressiv
bo‘yoqdorlik
kasb
etadi.
Nutqda so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud
bo‘lib, ular ko‘chimlar nomi bilan umumlashtiriladi. Ko‘chimlarning asosida ikki
narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya’ni ikki narsa yoki tushuncha
o‘rtasidagi muayyan munosabat (o‘xshashlik, umumiylik, aloqadorlik kabi)
asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining
nomi ikkinchisiga ko‘chiriladi. Ko‘chimlarning metafora, metonimiya, sinekdoxa
kabi bir necha turlari farqlanadi. Metafora narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi
o‘xshashlik asosida nom (so‘z)ning ko‘chishidir. Masalan, qozonning qulog‘i
birikmasidagi quloq so‘zining ma’nosi metaforik ma’no, chunki u odamning
qulog‘iga o‘xshashligi asosida yuzaga kelgan. Lekin ayni so‘zning bu ma’nosi tilda
doimiy metaforaga aylangan, ya’ni turg‘unlashib, mazkur tushunchaning nomiga
aylangan. Misol: Oltin O‘zbekiston tuprog‘i bu kun bir pari faslning og‘ushida
mast.(A.Oripov)
Metafora qanchalik yangi, tutilmagan bo‘lsa, shunchalik ifodali bo‘ladi. Mohir
so‘z ustalari o‘z asarlarida so‘zlarni metaforik ma’noda qo‘llash orqali ifodali,
obrazli nutqning go‘zal namunalarini yaratadilar. Quyidagi misolda buni ko‘rish
mumkin: Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor,
Terlab ketganini ko‘rsang oynaning... Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqbol
Mirzo)
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma – metaforik ma’noda qo‘llangan. Metonimiya
narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi
bilan ikkinchisining atalishidir. Masalan, Dasturxonga qarang! jumlasidagi
dasturxon so‘zi metonimik qo‘llangan. Yozuvchining mahorati bilan badiiy
nutqdagi metonimiya tufayli yuzaga kelgan ifodalilikka e’tibor bering: Bu yerga
termulib parishon dunyo, To‘g‘rilab oladi qo‘lda soatin. (A. Oripov)
Sinekdoxa narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi butun-bo‘lak munosabati asosida
birining nomini ikkinchisiga ko‘chirishdir. Masalan, Bu kishi tirnoqqa zor
jumlasidagi tirnoq so‘zi sinekdoxa yo‘li bilan «farzand» ma’nosida qo‘llangan.
Talab darajasida shakllangan nutq texnikasi kishi umumiy nutqiy madaniyatining
eng muhim qismi hisoblanadi. Nutq texnikasi deganda jonli, tovushli nutq va uning
barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami
tushuniladi. Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va
tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish – aniq diksiya, nutq oqimining mazmun
ifodasiga uyg‘un tarzda tez yoki sekinligi kabi bir qator hodisa lar nazarda tutiladi.
Nutq texnikasini yetarli darajada egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik
bilimlardan boxabarlik zarur. Fonatsiya jarayonida, ya’ni nutqni hosil qilish
paytida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki,
nafas
olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va
davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa,
shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil
bo‘ladi. Albatta, ovozning sifati ham nutq texnikasidagi muhim jihatlardan biridir.
Masalan, xirqiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlarning yoqimli bo‘lolmasligi,
ya’ni tinglovchi qulog‘ini qiynashi tayin. Bunday yoqimsiz ovozdan «libos
kiygan» fikrning kattagina qismi nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi
bo‘lmish quloqdano‘tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan
maqsad – muayyan bir axborotni tinglov chiga tugal va ta’sirli tarzda yetkazish
uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. Bu oddiy haqiqatni
aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Ayniqsa, asosiy quroli nutq bo‘lgan har qanday
odam uchun sifatli ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Nutqning madaniyligini ta’minlashda undagi ohang ham alohida o‘rin tutadi.
Nutqda yaxlit ohangning shakllanishida urg‘u, to‘xtam (pauza), mazmuniy-hissiy
intonatsiya kabi unsurlar ishtirok etadi. Og‘zaki madaniy nutq tuzayotgan kishi ana
shu
unsurlarning
aniq
va
to‘g‘ri
namoyon
qilishi
zarur.
Urg‘u ikki xil bo‘ladi,ya’ni: so‘z urg‘usi va gap urg‘usi. Gap tarkibidagi
mantiqan muhim bo‘lak gap urg‘usi bilan ta’kidlanadi. Nutq oqimidagi noto‘g‘ri
yoki o‘rinsiz to‘xtam (pauza) hatto fikr ning yanglish anglanishiga ham olib kelishi
mumkin. Masalan,Hovliga ikki bolali ayol kirib keldi gapi agar Hovliga ikki /
bolali
ayol kirib keldi tarzidagi to‘xtam bilan aytilsa, «Hovliga bolasi bor ikkita ayol
kirib keldi» mazmuni anglashiladi, Hovliga ikki bolali / ayol kirib keldi
tarzidagi to‘xtam bilan aytilganda esa «Hovliga ikkita bolasi bor bitta ayol
kirib
keldi»
mazmuni
ifodalanadi.
Intonatsiya gapning mazmuniy-hissiy yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, matn va nutq madaniyati qoidalariga rioya qilish
insonning koinot gultoji sifatidagi maqomini belgilaydi.
TOPSHIRIQ
1-topshırıq. Berılgan matndagı tasvırıy ıfodalarnı qo‘llanısh maqsadı
asosıda tahlıl qılıng.
2-topshırıq. Nutqning boyligini ta’minlayotgan birliklarni izohlang.
Kampir timirskilanib, Mirvalining yelkasiga qo‘l tashlab ko‘rishgan
bo‘ldi.
-Voy nimasini aytasan, bolam, g‘oyibim hozir bo‘lib, uyim to‘lib
qoldi. Endi oyog‘imni uzatib ketaversam ham bo‘ladi. Diydorini
ko‘rolmayapman-da, bu ko‘z o‘lgur dunyoni zimiston qilib qo‘ydi.
Kelganing juda yaxshi bo‘ldi-da, bolam. Tolibjonginamning ichi to‘la
dardga o‘xshaydi. Endi uni o‘zing bag‘ringga ol. O‘ksitma. Har qalay
yurtning tepasidagi odamsan.
Mirvali u yoq-bu yoqqa alangladi.
-Daydining o‘zi qani?
Atrofni o‘rab turgan bolalar baravar javob qilishdi:
-Tog‘am pastda, orolchada o‘tiriptilar.
-Voy, chaqir uni. Mirvali tag‘am keldilar deb ayt. (Said Ahmad
“Jimjitlik”)
1-topshırıq. Matndagı nutqnıng boylıgını ta’mınlayotgan ma’nodosh
so‘z va ıboralarnı anıqlang
2-topshırıq. Matndagı modal so‘zlarnıng uslubıy vazıfasını anıqlang.
Amir bo‘lamiz - ko‘ngli ochiq, qo‘li ochiq aksariyat savdo ahliga xos
kirishimli, sal narsaga yon beruvchi yigit. U menga juda mehribon,
“Bolajonim”lab boshiga ko‘taradi. Qisqasi, xudo berganini birodarlari
bilan bo‘lishadigan xotamtoy, muruvvatli inson. Uning tog‘amizga
nisbatan ham kek-g‘arazini sezmagan, hamisha bag‘rini ochib muomala
qildi. To‘g‘ri, andak kinoya aralash, andak piching-u istehzo bilan, ammo
bunga ham tog‘amizning o‘zi aybdor. Sababi menga qorong‘i bu ziddiyat
tog‘a-jiyanning o‘rtasida azaldan bor edi. Bu, tabiatan bir-birini xush
ko‘rmaslik – iqi suymaslikmi yoki arzimas bir narsadan boshlangan
bolalik arazining tobora chuqurlashib adovat chohida aylanganimi,
ishqilib, men bilmayman. Bobomiz kenjatoy – erkatoyi harhasha-yu
janjal evaziga boshqalardan undirgan neki narsasi bo‘lsa, mehga ilingani
ilingan edi, “ogay” jiyan – amirga esa odatdagi yovqarashdan o‘zga hech
vaqo yo‘q. (Erkin A’zam)
Nazorat uchun test savollari:
1. Til madaniyati bu –
A. Tildagi ifoda vositalari sayqal topganligi
B. Muayyan davrning til xususiyatlari
C. Chiroyli so`zlash va savodli yozish
D. Nutq madaniyati
2. Ilmiy matnning eng muhim funksiyasi-
A. Yangi bilim berish
B. Estetik zavq bag`ishlash
C. Ma`lumot berish
D. Kishi ongiga ta`sir o`tkazish
3. Nutqning maqsadga muvofiqligi nimalarga bog`liq?
A. Fikrning ijtimoiy asoslari, adresat, auditoriya
B. Intonatsiya va psixologik pauza
C. Ifodali nutq , nutqiy vaziyat
D. Mantiqiy urg`u
4. So`roq gaplardan qaysi uslubda deyarli foydalanilmaydi?
A. Rasmiy uslubda
B. Badiiy uslubda
C. Ilmiy uslubda
D. Ommabop uslubda
5. Yozma nutq madaniyatining yuqori darajasiga erishish uchun qaysi
qoidalarni to`liq va mukammal bilish zarur?
A. Orfografik va grammatik qoidalarni
B. Orfografik va orfoepik qoidalarni
C. Uslubiy va fonetik qoidalarni
D. Fonetik va grammatik qoidalarni
6. Nutqning talaffuz me’yorlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida
o‘rganiladi?
A) orfoepiyada
B) morfologiyada
C) orfografiyada
D) etimologiyada
7. Nutqda turli-tuman ifoda vositalarining haddan ziyod ko‘p qo‘llanishi
A) nutqni bachkanalashtiradi
B) nutqning boyligini ko‘rsatadi
C) nutqni ta’sirchan qiladi
B) notiklik mahoratidan dalolat beradi
8. Madaniy nutq deb qanday nutqqa aytiladi?
A) adabiy til me’yorlariga amal qilingan nutq
B) boy nutq
C) ifoda vositalaridan keng foydanilgan nutq
D) madaniyatli kishilar nutqi
9. Nutq madaniyatining yuqori darajasini ko‘rsatuvchi omillar qaysilar?
A) nutqning qisqaligi, mantiqliligi, ta’sirchanligi
B) nutqda chegaralangan leksikadan keng foydalanish
C) nutqning vaziyatga mos kelishi
D) nutqning hayajonli, ko‘tarinki ruhda bo‘lishi
10. Nutq madaniyatining notiqlik san’atidan farq nimada?
A) nutq madaniyati ommaviylik xususiyatiga ega, notiqlik san’ati
xususiydir
B) notiqlik san’ati umumiy, nutq madaniyati ommaviy hodisa
C) madaniy nutq notiqlik san’atining bir qismi
D) nutq madaniyati savodxonlik bilan bog‘liq
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Nutq va uning turlari haqida gapiring
2. Matn va uning turlari haqida gapiring.
3. Nutq va matn o`rtasidagi bo`g`lanish va bu haqidagi qarashlar
4. Nutq madaniyati tarixi haqida gapiring
5. Nutq madaniyatini shakllantiruvchi kommunikativ sifatlarni ayting.
6. Nutq texnikasi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq madaniyati vat il madaniyatini farqlay olasizmi
8. Nutqning ta`sirchanligi deganda nimani tushunasiz?
ADABIY TIL-
BADIIYLIK-
VA’Z-
VOIZ-
GLOSSARIY
Umumxalq tilining til me’yorlari doirasida
sayqallangan shakli
Adabiyot va san’at asarlarining ijtimoiy-
estetik ahamiyatini belgilovchi sifati va
darajasi.
Notiqlar tomonidan o‘qiladigan nutq. Diniy
aqidalarni targ‘ib qilishga qaratilgan nutq.
Diniy mavzuda va’z qiluvchi, nitq irod
etuvchi notiq.
Adabiy
tilda
boshqa
tillardan
olingan
VULGARIZM-
DIALOG-
IMPROVIZATSIYA-
KOMMUNIKATIV SIFAT-
LOGOGRAF-
MADANIYAT-
MANTIQIY
URG‘U-
MUZAKKIR-
MONOLOG-
NUTQ-
so‘zlarni nutqda noo‘rin va ko‘p qo‘llash.
Ikki kishi orasidagi nutq.Og‘zaki va yozma
shakllarga ega
Avvaldan tayyorgarliksiz biror munosabat
tufayli ma’lum mavzuda hozirjavoblik bilan
nutq so‘zlash.
Fikr almashuvga oid kommunikatsiya ya’ni
aloqaning sifati. Nutqning sifati.
Qadimgi g‘arb sud notiqligida nutq yozib
beruvchi shaxs
Jamiyatning ishlab chiqarish va ma’naviy
hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlar majmui.
Nutq jarayonida birir so‘zning ma’nosiga
alohida diqqat jalb etish maqsadida uni
boshqalardan ajratib, kuchliroq talaffuz etib
ko‘rsatish..
Tarixchi notiq
Bir kishining nitqi
Fikrni so‘z orqali ifodalash. So‘zlashuv
jarayoni.
Og‘zaki va yozma tarzda fikr bildirishning
adabiy
til
me’yorlariga
mos
tarzda
ifodalanishi.
NUTQ
MADANIYATI-
NOTIQ-
OHANG-
Nutq
so‘zlovchi;
gapga
chechan,
usta
so‘zamol.
Bir-biriga ulangan, uyg‘unlashgan yoqimli
tovushlr tizimi. Nutqda ma’noga qarab
ovozning ko‘tarilishi va pasayishi.
Notiqlik nazariyasi.
.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:
1. I. Karimov “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch”, Toshkent, “Ma`naviyat”
nashriyoti, 2008 yil
2. Begmatov E, Qo`ng`irov R , Tojiyev Y. “Nutq madaniyati va uslubiyati
asoslari” , Toshkent .1992
3. Rustamov A. “So`z xususida so`z” Toshkent.2010
4. Imomxo`jayev S. “Notiqlik san`ati asoslari” . Toshkent.1982
5. Kurbonova M, Yo`ldoshev M. “Matn tilshunosligi”Toshkent.2014
6. Yo`ldoshev B. Matnni o`rganishning lingvostatistik metodlari. Samarqand.
2008
7. Yo`ldoshev B. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari . 2007