MATN TILSHUNOSLIGI TARIXI VA TARAQQIYOTI (Matn tushunchasi va uning tilshunoslikdagi talqini, Matn nazariyasi)

Yuklangan vaqt

2024-05-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

22,7 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
MATN TILSHUNOSLIGI TARIXI VA TARAQQIYOTI 
 
 
  Reja: 
1. Matn tushunchasi va uning tilshunoslikdagi talqini 
2. Matn nazariyasi 
3. O‘rganilish tarixi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MATN TILSHUNOSLIGI TARIXI VA TARAQQIYOTI Reja: 1. Matn tushunchasi va uning tilshunoslikdagi talqini 2. Matn nazariyasi 3. O‘rganilish tarixi.  
 
 
Tayanch tushunchalar: matnshunoslik, og’zaki nutq, yozma nutq, nutq 
birligi, kommunikativ birlik, pragmatika, so’zlovchi, axborot, tinglovchi. 
 
 
    
 Matn tushunchasining izohini bir qator adabiyotlarda bir-biriga yaqin 
ma’noda uchratish mumkin. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da matn 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. “Matn arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, 
yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst degan ma’nolarni anglatadi va yozuvda 
bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat deya izohlanadi”. Izohli 
lug‘atdagi matn (tekst) terminida ham og‘zaki, ham yozma shakldagi nutq parchasi 
matn bo‘la olishini kuzatish mumkin. Shuningdek, ensiklopedik lug‘atda matn 
atamasiga teng keluvchi tekst tushunchasiga quyidgicha izohlanadi: “Tekst 
(lotincha) muayyan tilning qonun-qoidalari, muayyan belgilar sistemasiga muvofiq 
tuzilib, axborot beruvchi gaplar, so‘zlar (semiotikada belgilar) izchilligi. 
Muallifning ilova va tushuntirishlardan holi asari.” Ensiklopedik lug‘atda matnning 
shakily tuzilishi bilan birgalikda uning axborot tashsh funksiyasi ham ta’kidlab 
o‘tilgan. Boshqa bir olim A.Hojiyevga ko‘ra, matn – yonma-yon harflar, yozuv 
orqali aks ettirilgan nutq, umuman nutq parchasi; tekst. Ushbu ta’rifda olim ham 
matn tushunchasi og‘zaki ham, yozma ham bo‘la olishini e’tirof etadi, hamda matn 
atamasini tekst atamasiga tenglashtiradi. Bunda matnning ko‘proq shakliy jihatlariga 
e’tibor berilgan bo‘lsa, baz’i manbalarda uning funksiyaviy tomonlari haqida so‘z 
boradi. Yuqorida keltirilgan har uchchala ta’rif bilan hamohang tarzda tilshunos 
olim Z.T.Tohirov ham o‘z qarashlarini bayon etgan. Uning fikricha, matn – 
muallifning yozuvda aks etgan o‘z so‘zi. Yana bir tilshunos E.Qilichev o‘zinng 
“Matnning lingvistik tahlili“ deb nomlanga asarida “Matn – hamma elementlari 
o‘zaro zich aloqada bo‘lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir maqsadga 
yo‘naltirilgan nominativ estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma” ekanligini 
ta’kidlaydi. E.Qilichevning qarashlarida yuqorida keltirilgan ensiklopedik 
lug‘atdagi kabi matnning axborot tashish funksiyasi alohida e’tirof etiladi. 
Tayanch tushunchalar: matnshunoslik, og’zaki nutq, yozma nutq, nutq birligi, kommunikativ birlik, pragmatika, so’zlovchi, axborot, tinglovchi. Matn tushunchasining izohini bir qator adabiyotlarda bir-biriga yaqin ma’noda uchratish mumkin. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da matn tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. “Matn arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst degan ma’nolarni anglatadi va yozuvda bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat deya izohlanadi”. Izohli lug‘atdagi matn (tekst) terminida ham og‘zaki, ham yozma shakldagi nutq parchasi matn bo‘la olishini kuzatish mumkin. Shuningdek, ensiklopedik lug‘atda matn atamasiga teng keluvchi tekst tushunchasiga quyidgicha izohlanadi: “Tekst (lotincha) muayyan tilning qonun-qoidalari, muayyan belgilar sistemasiga muvofiq tuzilib, axborot beruvchi gaplar, so‘zlar (semiotikada belgilar) izchilligi. Muallifning ilova va tushuntirishlardan holi asari.” Ensiklopedik lug‘atda matnning shakily tuzilishi bilan birgalikda uning axborot tashsh funksiyasi ham ta’kidlab o‘tilgan. Boshqa bir olim A.Hojiyevga ko‘ra, matn – yonma-yon harflar, yozuv orqali aks ettirilgan nutq, umuman nutq parchasi; tekst. Ushbu ta’rifda olim ham matn tushunchasi og‘zaki ham, yozma ham bo‘la olishini e’tirof etadi, hamda matn atamasini tekst atamasiga tenglashtiradi. Bunda matnning ko‘proq shakliy jihatlariga e’tibor berilgan bo‘lsa, baz’i manbalarda uning funksiyaviy tomonlari haqida so‘z boradi. Yuqorida keltirilgan har uchchala ta’rif bilan hamohang tarzda tilshunos olim Z.T.Tohirov ham o‘z qarashlarini bayon etgan. Uning fikricha, matn – muallifning yozuvda aks etgan o‘z so‘zi. Yana bir tilshunos E.Qilichev o‘zinng “Matnning lingvistik tahlili“ deb nomlanga asarida “Matn – hamma elementlari o‘zaro zich aloqada bo‘lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan nominativ estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma” ekanligini ta’kidlaydi. E.Qilichevning qarashlarida yuqorida keltirilgan ensiklopedik lug‘atdagi kabi matnning axborot tashish funksiyasi alohida e’tirof etiladi.  
 
E.Qilichev, Z.Tohirovlarning qarashlarida shuningdek, Ensiklopedik lug‘atda 
kop’roq matnning funksiyaviy tomonlariga etibor qaratilgan bo‘lsa, A.Hojiyev 
hamda O‘zbek tilining izohli lug‘atida uning shakily tomoniga ko‘ra ta’riflaydi. 
Matn jahon tilshunosligida ham yetarlicha o‘rganilgan. 
Matn tuzilishi, funksiyasi masalasida aksar olimlarning fikri bir -birga yaqin 
bo‘lsa-da, matn borasidagi ma’lum masalalarda tilshunoslarning fikri kesishgan 
muammolar yo‘q emas. Ulardan eng katta tortishuvlarga sabab bo‘lgani va 
hanuzgacha ma’lum bir to‘xtamga kelinmagan muammo shuki, ba’zi bir olimlar 
matnni faqat yozuvdagi nutq parchasi desa, ulardan ba’zilari matn ham og‘zaki nutq 
birligi, ham yozma nutq birligi degan g‘oyani ilgari suradilar. 
Necha ming yillardir, odam bolasi o‘rganadi, o‘rgatadi, tajribalarini to‘playdi, 
saqlaydi va boshqalarga yyetkazadi. Albatta, bu faoliyatlarning, hech bir istisnosiz, 
barchasi – o‘rganish va o‘rgatish ham, tajriba-axborotlarni to‘plash va saqlash ham, 
ularni boshqalardan olish va boshqalarga berish ham til vositasidagi muloqot 
(og‘zaki va yozma) orqali amalga oshadi. Zotan, tilning mohiyatiga daxldor bo‘lgan 
bosh vazifasining kommunikativ vazifa ekanligi bugun faqat mutaxassisgagina 
emas, balki barchaga besh qo‘lday ma’lum bir haqiqat. Ammo mazkur 
kommunikativ aloqaning, nutqiy muloqotning lisoniy-mantiqiy, ijtimoiy-ruhiy, 
tarixiy-estetik mexanizmlari, ular bilan bog‘liq qoida-qonuniyatlar, o‘ziga xosliklar 
tegishli fanlar (tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, sotsiologiya, estetika kabi) 
tomonidan to‘laligicha o‘rganib bo‘lingan emas. Bu boradagi juda ko‘plab 
muammolar hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib kelganligiga qaramay, 
hamon bahs-u munozaralarga sabab bo‘ladi, ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar 
tomonidan e’tirof etilsa, goh jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi. Tabiiyki, har qanday 
nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga kelishi, voqelanishida uch asosiy unsurning 
ishtiroki majburiydir, ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) – axborot (matn) – tinglovchi 
(o‘quvchi). To‘g‘ri, nutqiy kommunikatsiyada nutqiy sharoit, axborot kanali (ovoz, 
yozuv, magnit yozuvi, telefon kabi), muloqot a’zolarining maqomi, yoshi va boshqa 
belgilari, shuningdek, boshqa turli g‘ayrilisoniy vositalarning ham o‘rni benihoya 
muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin mazkur uch unsur nutqiy 
E.Qilichev, Z.Tohirovlarning qarashlarida shuningdek, Ensiklopedik lug‘atda kop’roq matnning funksiyaviy tomonlariga etibor qaratilgan bo‘lsa, A.Hojiyev hamda O‘zbek tilining izohli lug‘atida uning shakily tomoniga ko‘ra ta’riflaydi. Matn jahon tilshunosligida ham yetarlicha o‘rganilgan. Matn tuzilishi, funksiyasi masalasida aksar olimlarning fikri bir -birga yaqin bo‘lsa-da, matn borasidagi ma’lum masalalarda tilshunoslarning fikri kesishgan muammolar yo‘q emas. Ulardan eng katta tortishuvlarga sabab bo‘lgani va hanuzgacha ma’lum bir to‘xtamga kelinmagan muammo shuki, ba’zi bir olimlar matnni faqat yozuvdagi nutq parchasi desa, ulardan ba’zilari matn ham og‘zaki nutq birligi, ham yozma nutq birligi degan g‘oyani ilgari suradilar. Necha ming yillardir, odam bolasi o‘rganadi, o‘rgatadi, tajribalarini to‘playdi, saqlaydi va boshqalarga yyetkazadi. Albatta, bu faoliyatlarning, hech bir istisnosiz, barchasi – o‘rganish va o‘rgatish ham, tajriba-axborotlarni to‘plash va saqlash ham, ularni boshqalardan olish va boshqalarga berish ham til vositasidagi muloqot (og‘zaki va yozma) orqali amalga oshadi. Zotan, tilning mohiyatiga daxldor bo‘lgan bosh vazifasining kommunikativ vazifa ekanligi bugun faqat mutaxassisgagina emas, balki barchaga besh qo‘lday ma’lum bir haqiqat. Ammo mazkur kommunikativ aloqaning, nutqiy muloqotning lisoniy-mantiqiy, ijtimoiy-ruhiy, tarixiy-estetik mexanizmlari, ular bilan bog‘liq qoida-qonuniyatlar, o‘ziga xosliklar tegishli fanlar (tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, sotsiologiya, estetika kabi) tomonidan to‘laligicha o‘rganib bo‘lingan emas. Bu boradagi juda ko‘plab muammolar hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib kelganligiga qaramay, hamon bahs-u munozaralarga sabab bo‘ladi, ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar tomonidan e’tirof etilsa, goh jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi. Tabiiyki, har qanday nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga kelishi, voqelanishida uch asosiy unsurning ishtiroki majburiydir, ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) – axborot (matn) – tinglovchi (o‘quvchi). To‘g‘ri, nutqiy kommunikatsiyada nutqiy sharoit, axborot kanali (ovoz, yozuv, magnit yozuvi, telefon kabi), muloqot a’zolarining maqomi, yoshi va boshqa belgilari, shuningdek, boshqa turli g‘ayrilisoniy vositalarning ham o‘rni benihoya muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin mazkur uch unsur nutqiy  
 
kommunikatsiyaning asosiy ustunlaridir, ularning birortasisiz muloqot jarayoni 
voqe bo‘lolmaydi 
Rus tilshunosligida matn (“tekst”) tushunchasining rivoji o‘tgan asrning 40-
yillariga to‘g‘ri keladi. 1947- yilda A.I.Belich o‘zining tilshunoslik fanlarining 
tasnifiga bag‘ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma’no 
umumiyligi asosida bog‘langan va muayyan sintaktik-semantik yaxlitlik tarzida 
namoyon bo‘ladigan gaplarning butun zanjiriga alohida o‘rin berilishi lozimligiga 
va bu “matn” tushunchasining yuzaga kelishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik 
ekanligiga e’tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o‘zaro munosabat va 
aloqalarni 
tilshunoslikning 
sintaksis 
bo‘limida 
o‘rganishning 
maqsadga 
muvofiqligini ta’kidlagan. 
Gapdan katta birliklar, ya’ni “gaplarning hamkorligi” masalasi nemis tilshunosligida 
ham 
1949- 
yilda 
ko‘tarilgan. 
Gaplar 
o‘rtasidagi 
aloqalarni 
struktural 
shakllantiruvchi leksik takror, artikl, olmoshlar, ellipsis, fe’l zamonlari, takror 
bog‘lovchilar, so‘roq so‘zlar kabi eng muhim vositalarni tadqiq etgan ishida K.Boost 
shunday yozadi: “Bir gapdan boshqasiga tortilgan iplar shu qadar ko‘p va shunady 
pishiq to‘rni hosil qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona to‘r sifatida o‘rib 
to‘qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohida gap boshqalari bilan 
chambarchas bog‘langan”. O‘tgan asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab 
“matn lingvistikasi” degan yo‘nalish katta sur’at bilan rivojlanish pallasiga kirdi. 
Yaxlit nutqiy butunlik sifatidagi matn va uni tashkil etuvchi unsurlar, omillar, 
xususiyatlari turli nuqtayi nazarlardan tadqiq etila boshlandi. Bu soha atrofida o‘ziga 
xos, aytish mumkin bo‘lsa, juda katta “shov-shuv” paydo bo‘ldi. Hatto ayrim 
mutaxassislar matn lingvistikasini tilshunoslikning alohida sohasi emas, balki 
umuman, tilshunoslikning poydevori, bazasi deb hisobladilar. G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar va ilmiy to‘plamlar 
nashr etildi, maxsus ilmiy jamoalar tuzildi, Matn nazariyasi, matn lingvistikasining 
umumiy shakllanishi va rivojida chex (Praga lingvistik to‘garagi vakillari), nemis, 
fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablari 
vakillarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilgan va doimiy ravishda 
kommunikatsiyaning asosiy ustunlaridir, ularning birortasisiz muloqot jarayoni voqe bo‘lolmaydi Rus tilshunosligida matn (“tekst”) tushunchasining rivoji o‘tgan asrning 40- yillariga to‘g‘ri keladi. 1947- yilda A.I.Belich o‘zining tilshunoslik fanlarining tasnifiga bag‘ishlangan maqolasida til faktlarining grammatik tavsifida ma’no umumiyligi asosida bog‘langan va muayyan sintaktik-semantik yaxlitlik tarzida namoyon bo‘ladigan gaplarning butun zanjiriga alohida o‘rin berilishi lozimligiga va bu “matn” tushunchasining yuzaga kelishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik ekanligiga e’tiborni qaratgan, ana shunday gaplar zanjiridagi o‘zaro munosabat va aloqalarni tilshunoslikning sintaksis bo‘limida o‘rganishning maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan. Gapdan katta birliklar, ya’ni “gaplarning hamkorligi” masalasi nemis tilshunosligida ham 1949- yilda ko‘tarilgan. Gaplar o‘rtasidagi aloqalarni struktural shakllantiruvchi leksik takror, artikl, olmoshlar, ellipsis, fe’l zamonlari, takror bog‘lovchilar, so‘roq so‘zlar kabi eng muhim vositalarni tadqiq etgan ishida K.Boost shunday yozadi: “Bir gapdan boshqasiga tortilgan iplar shu qadar ko‘p va shunady pishiq to‘rni hosil qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona to‘r sifatida o‘rib to‘qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohida gap boshqalari bilan chambarchas bog‘langan”. O‘tgan asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab “matn lingvistikasi” degan yo‘nalish katta sur’at bilan rivojlanish pallasiga kirdi. Yaxlit nutqiy butunlik sifatidagi matn va uni tashkil etuvchi unsurlar, omillar, xususiyatlari turli nuqtayi nazarlardan tadqiq etila boshlandi. Bu soha atrofida o‘ziga xos, aytish mumkin bo‘lsa, juda katta “shov-shuv” paydo bo‘ldi. Hatto ayrim mutaxassislar matn lingvistikasini tilshunoslikning alohida sohasi emas, balki umuman, tilshunoslikning poydevori, bazasi deb hisobladilar. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar va ilmiy to‘plamlar nashr etildi, maxsus ilmiy jamoalar tuzildi, Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy shakllanishi va rivojida chex (Praga lingvistik to‘garagi vakillari), nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablari vakillarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilgan va doimiy ravishda  
 
ilmiy tadqiqotlarda tilga olinadi. Rus tilshunosligida ham matn nazariyasi va 
lingvistikasi 
muammolari 
V.V.Odinsov, 
I.R.Galperin, 
O.I.Moskalskaya, 
L.M.Loseva, 
Y.M.Lotman, 
Z.Y.Turaeva, 
N.D.Zarubina, 
E.V.Sidorov, 
O.L.Kamenskaya, A.I.Gorshkov, N.S.Valgina kabi ko‘plab tilshunoslar tomonidan 
o‘rganib kelinadi. 
Tilshunoslikdagi bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni atroflicha tahlil qilgan 
O.I.Moskalskaya o‘tgan asrning 60-70-yillariga kelib matnni lingvistik o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish benihoya ortganligini, dunyo tilshunosligida matn lingvistikasi 
bo‘yicha misli ko‘rilmagan miqdorda tadqiqotlar yuzaga kelganligini va matn 
lingvistikasi mustaqil tilshunoslik fani sifatida to‘la e’tirof etilganligini ta’kidlar 
ekan, tadqiqotlardagi bu e’tirofga tamal bo‘lgan asosiy qoidalarni quyidagicha 
guruhlarga bo‘lib umumlashtiradi: 1. Nutqning tugallangan fikr bildiradigan asosiy 
birligi gap emas, balki matndir; gap-fikr esa faqat xususiy holat, matnning alohida 
turidir. Matn sintaktik sathning oliy birligi hisoblanadi. 2. Konkret nutqiy asarlar – 
matnlarning asosida matn tuzishning umumiy tamoyillari yotadi; bu tamoyillar nutq 
sohasiga emas, balki til sistemasiga yoki til vakolatiga daxldordir. Bu jihatlar 
hisobga olinsa, shulardan kelib chiqilsa, matnni faqat nutq birligi emas, balki til 
birligi deb ham hisoblash kerak. 3. Boshqa til birliklari kabi matn lisoniy belgilar 
sistemasining qismidir. 4. Matnni alohida sathning nutqiy va lisoniy birligi sifatida 
har tomonlama o‘rganish tilshunoslik doirasidagi maxsus fan – matn lingvistikasini 
yaratishni taqozo etadi. O.M.Moskalskaya mazkur qoidalar, ayniqsa, birinchi 
banddagi qoidalar turli shakllarda o‘sha davrdagi tadqiqotlarda takrorlanib, “yangi 
lingvistik yo‘nalishning jangovar shiori sifatida jaranglagani”ga e’tiborni qaratadi 
va g‘arb olimlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltiradi: “Biz odatda 
alohida so‘zlar bilan emas, gaplar va matnlar bilan gapiramiz” (X.Vaynrix). “Agar 
biz gapirsak, faqat matnlar bilan gapiramiz” (P.Xartman). “Til faqat matnlar 
shaklida va matn tuzish vazifasida kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasidir” 
(P.Xartman). “Biz tildan foydalanganimizda asosiy birlik so‘z yoki gap emas, balki 
matndir” (M.A.K.Xellidey). “Bizning kunlarimizda tilning oliy va eng mustaqil 
birligi gap emas, balki matn ekanligi umum e’tirofiga sazovor bo‘lib bormoqda” 
ilmiy tadqiqotlarda tilga olinadi. Rus tilshunosligida ham matn nazariyasi va lingvistikasi muammolari V.V.Odinsov, I.R.Galperin, O.I.Moskalskaya, L.M.Loseva, Y.M.Lotman, Z.Y.Turaeva, N.D.Zarubina, E.V.Sidorov, O.L.Kamenskaya, A.I.Gorshkov, N.S.Valgina kabi ko‘plab tilshunoslar tomonidan o‘rganib kelinadi. Tilshunoslikdagi bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni atroflicha tahlil qilgan O.I.Moskalskaya o‘tgan asrning 60-70-yillariga kelib matnni lingvistik o‘rganishga bo‘lgan qiziqish benihoya ortganligini, dunyo tilshunosligida matn lingvistikasi bo‘yicha misli ko‘rilmagan miqdorda tadqiqotlar yuzaga kelganligini va matn lingvistikasi mustaqil tilshunoslik fani sifatida to‘la e’tirof etilganligini ta’kidlar ekan, tadqiqotlardagi bu e’tirofga tamal bo‘lgan asosiy qoidalarni quyidagicha guruhlarga bo‘lib umumlashtiradi: 1. Nutqning tugallangan fikr bildiradigan asosiy birligi gap emas, balki matndir; gap-fikr esa faqat xususiy holat, matnning alohida turidir. Matn sintaktik sathning oliy birligi hisoblanadi. 2. Konkret nutqiy asarlar – matnlarning asosida matn tuzishning umumiy tamoyillari yotadi; bu tamoyillar nutq sohasiga emas, balki til sistemasiga yoki til vakolatiga daxldordir. Bu jihatlar hisobga olinsa, shulardan kelib chiqilsa, matnni faqat nutq birligi emas, balki til birligi deb ham hisoblash kerak. 3. Boshqa til birliklari kabi matn lisoniy belgilar sistemasining qismidir. 4. Matnni alohida sathning nutqiy va lisoniy birligi sifatida har tomonlama o‘rganish tilshunoslik doirasidagi maxsus fan – matn lingvistikasini yaratishni taqozo etadi. O.M.Moskalskaya mazkur qoidalar, ayniqsa, birinchi banddagi qoidalar turli shakllarda o‘sha davrdagi tadqiqotlarda takrorlanib, “yangi lingvistik yo‘nalishning jangovar shiori sifatida jaranglagani”ga e’tiborni qaratadi va g‘arb olimlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltiradi: “Biz odatda alohida so‘zlar bilan emas, gaplar va matnlar bilan gapiramiz” (X.Vaynrix). “Agar biz gapirsak, faqat matnlar bilan gapiramiz” (P.Xartman). “Til faqat matnlar shaklida va matn tuzish vazifasida kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasidir” (P.Xartman). “Biz tildan foydalanganimizda asosiy birlik so‘z yoki gap emas, balki matndir” (M.A.K.Xellidey). “Bizning kunlarimizda tilning oliy va eng mustaqil birligi gap emas, balki matn ekanligi umum e’tirofiga sazovor bo‘lib bormoqda”  
 
(V.Dressler). Matn lingvistikasi shu tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Ammo 
rus tilshunosligida matn lingvistikasi o‘zining o‘rganish doirasiga keragidan ortiq 
ko‘p 
masalalarni qamraganligi, boshqa 
fan 
sohalarining muammolariga 
aralashayotganligi, gap tushunchasini go‘yoki inkor etayotganligi kabi da’volar 
bilan aytilgan tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. Masalan, taniqli rus filologi 
R.A.Budagov dunyoning bir qator mutaxassislari tomonidan matn lingvistikasi 
bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar jamlangan to‘plamning nashr etilishi munosabati 
bilan yozgan “Matn lingvistikasi” qay darajada lingvistikadir?” deb nomlangan 
maqolasida matn lingvistikasi insonning matnni yaratish, tuzish, tushunish, 
tarkiblash, kompozitsion yaxlitligini idrok etish kabi qobiliyatlarni o‘rganmoqchi 
bo‘ladi, holbuki, bu boshqa fanlarning vazifalarini o‘z zimmasiga olish bo‘ladi 
qabilida e’tiroz bildiradi. Matnning hajmini chegaralash masalasida ham bu 
yo‘nalishning yo‘li to‘g‘ri emasligini aytadi. U shunday yozadi: “Matn lingvistikasi” 
yaratuvchilarining ilk niyatlari juda ham ezgu edi. Ilmiy-texnik taraqqiyotga, 
axborot asri talablariga javob berish. O‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasi 
bo‘yicha umumlashtiruvchi, ta’limiy xaraktyerdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov 
tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun mo‘ljallangan “Tekst 
lingvistikasi” nomliana shunday ta’limiy xaraktyerdagi ishlardan bo‘lib, unda 
tegishli o‘quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma’lumot, mikro va 
makromatn tushunchalari, matn uzvlari orasidagi turli munosabatlar kabi mavzular 
bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar berilgan. Matn muammolari bilan jiddiy shug‘ullangan 
o‘zbek tilshunoslaridan yana biri M.Hakimovdir. U asosiy maqsadi “ilmiy matn va 
uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda etuvchi bog‘lovchilar, 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalarini aniqlashga yo‘naltirilgan ishlarga 
hissa qo‘shish. 
Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi o‘laroq o‘tgan asr 70-yillarining 
boshida taniqli tatar tilshunosi M.Zakiyev tomonidan qo‘yilgan. Dastlab u bog‘li 
nutqni mustaqil gaplar o‘rtasidagi aloqani o‘rganmasdan tadqiq etib bo‘lmasligini, 
chunki bog‘li nutq hamisha turli usullar bilan o‘zaro bog‘langan gaplar zanjiridan 
iborat bo‘lishini, shunga ko‘ra bog‘li nutqda gapdan yirik va murakkab bo‘lgan 
(V.Dressler). Matn lingvistikasi shu tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Ammo rus tilshunosligida matn lingvistikasi o‘zining o‘rganish doirasiga keragidan ortiq ko‘p masalalarni qamraganligi, boshqa fan sohalarining muammolariga aralashayotganligi, gap tushunchasini go‘yoki inkor etayotganligi kabi da’volar bilan aytilgan tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. Masalan, taniqli rus filologi R.A.Budagov dunyoning bir qator mutaxassislari tomonidan matn lingvistikasi bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar jamlangan to‘plamning nashr etilishi munosabati bilan yozgan “Matn lingvistikasi” qay darajada lingvistikadir?” deb nomlangan maqolasida matn lingvistikasi insonning matnni yaratish, tuzish, tushunish, tarkiblash, kompozitsion yaxlitligini idrok etish kabi qobiliyatlarni o‘rganmoqchi bo‘ladi, holbuki, bu boshqa fanlarning vazifalarini o‘z zimmasiga olish bo‘ladi qabilida e’tiroz bildiradi. Matnning hajmini chegaralash masalasida ham bu yo‘nalishning yo‘li to‘g‘ri emasligini aytadi. U shunday yozadi: “Matn lingvistikasi” yaratuvchilarining ilk niyatlari juda ham ezgu edi. Ilmiy-texnik taraqqiyotga, axborot asri talablariga javob berish. O‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasi bo‘yicha umumlashtiruvchi, ta’limiy xaraktyerdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun mo‘ljallangan “Tekst lingvistikasi” nomliana shunday ta’limiy xaraktyerdagi ishlardan bo‘lib, unda tegishli o‘quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma’lumot, mikro va makromatn tushunchalari, matn uzvlari orasidagi turli munosabatlar kabi mavzular bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar berilgan. Matn muammolari bilan jiddiy shug‘ullangan o‘zbek tilshunoslaridan yana biri M.Hakimovdir. U asosiy maqsadi “ilmiy matn va uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda etuvchi bog‘lovchilar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalarini aniqlashga yo‘naltirilgan ishlarga hissa qo‘shish. Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi o‘laroq o‘tgan asr 70-yillarining boshida taniqli tatar tilshunosi M.Zakiyev tomonidan qo‘yilgan. Dastlab u bog‘li nutqni mustaqil gaplar o‘rtasidagi aloqani o‘rganmasdan tadqiq etib bo‘lmasligini, chunki bog‘li nutq hamisha turli usullar bilan o‘zaro bog‘langan gaplar zanjiridan iborat bo‘lishini, shunga ko‘ra bog‘li nutqda gapdan yirik va murakkab bo‘lgan  
 
“murakkab sintaktik butunlik” deb ataladigan birliklar ajratilishini (ular abzasning 
qismi, abzas, yaxlit bob, ba’zan hatto yaxlit asar va sh.k.ga teng bo‘lishini) 
ta’kidlaydi va yozadi: “Bog‘li nutqda murakkab sintaktik butunlikni ajratish sof 
metodik maqsadni nazarda tutadi; u nutqning asosiy birligi bo‘la olmaydi va boz 
ustiga gapga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin emas”.21 1974-yilda nashr etilgan 
darsligida esa murakkab sintaktik butunliklarni “sintaktik butunliklar” (“sintaksik 
bөtennәr”) deb nomlaydi va quyidagilarni yozadi: “Sintaktik butunliklar, ya’ni 
mustaqil jumlalarning bog‘lanishini o‘rganish turkiy tillarda hali to‘la yo‘lga 
qo‘yilgani yo‘q. Holbuki, bu masala til ilmi uchungina emas, balki adabiyot ilmi 
uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki mustaqil jumlalarning bog‘lanishini 
bilmasdan turib, matnni, asarni, uning ayrim bo‘laklarini, abzaslarini tugal uyushgan 
bir butun qilib tuzish juda qiyin”. 1984-yilda bosilgan o‘quv qo‘llanmasida olim 
matn lingvistikasi muammolarini atroflicha yoritgan va matnning yaxlit birlik 
ekanligini e’tirof etgan. Kitobga “Matn sintaksisi” nomi bilan maxsus bo‘lim 
kiritgan va unda matn turlari, matnning mazmuniy, kommunikativ, struktur, 
grammatik butunligi, matn kompozitsiyasi, matn sintaksisi va lingvistik 
kategoriyalar kabi masalalar bo‘yicha fikrlar bayon qilingan. Ozarbayjon 
tilshunosligida matn sintaksisi va uning o‘ziga xosliklari masalasi K.M.Abdullayev 
tomonidan atroflicha monografik planda tadqiq etilgan. Ozarbayjon tilidagi matn, 
uning kommunikativ, struktur-semantik xususiyatlari, matn birliklari mavjud 
qarashlar va original kuzatishlar asosida tahlil etilgan. 
 O‘zbek tilshunosligida ham matn va uning tadqiqi borasida ancha-muncha 
ishlar qilingan. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov 
1980-yilning 
10-12-sentyabrida 
Toshkentda 
bo‘lib 
o‘tgan 
sobiq 
Ittifoq 
turkiyshunoslarining III konferensiyasida matn nazariyasiga bag‘ishlangan ma’ruza 
qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator 
matn turlarini ajratib ko‘rsatgan edi. Ulkan tilshunos A.G‘ulomov matnning 
mohiyati bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. U dunyo 
tilshunosligida kechayotgan jarayonlardan muttasil boxabar keng qamrovli olim 
sifatida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi (M.Asqarova bilan 
“murakkab sintaktik butunlik” deb ataladigan birliklar ajratilishini (ular abzasning qismi, abzas, yaxlit bob, ba’zan hatto yaxlit asar va sh.k.ga teng bo‘lishini) ta’kidlaydi va yozadi: “Bog‘li nutqda murakkab sintaktik butunlikni ajratish sof metodik maqsadni nazarda tutadi; u nutqning asosiy birligi bo‘la olmaydi va boz ustiga gapga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin emas”.21 1974-yilda nashr etilgan darsligida esa murakkab sintaktik butunliklarni “sintaktik butunliklar” (“sintaksik bөtennәr”) deb nomlaydi va quyidagilarni yozadi: “Sintaktik butunliklar, ya’ni mustaqil jumlalarning bog‘lanishini o‘rganish turkiy tillarda hali to‘la yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Holbuki, bu masala til ilmi uchungina emas, balki adabiyot ilmi uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki mustaqil jumlalarning bog‘lanishini bilmasdan turib, matnni, asarni, uning ayrim bo‘laklarini, abzaslarini tugal uyushgan bir butun qilib tuzish juda qiyin”. 1984-yilda bosilgan o‘quv qo‘llanmasida olim matn lingvistikasi muammolarini atroflicha yoritgan va matnning yaxlit birlik ekanligini e’tirof etgan. Kitobga “Matn sintaksisi” nomi bilan maxsus bo‘lim kiritgan va unda matn turlari, matnning mazmuniy, kommunikativ, struktur, grammatik butunligi, matn kompozitsiyasi, matn sintaksisi va lingvistik kategoriyalar kabi masalalar bo‘yicha fikrlar bayon qilingan. Ozarbayjon tilshunosligida matn sintaksisi va uning o‘ziga xosliklari masalasi K.M.Abdullayev tomonidan atroflicha monografik planda tadqiq etilgan. Ozarbayjon tilidagi matn, uning kommunikativ, struktur-semantik xususiyatlari, matn birliklari mavjud qarashlar va original kuzatishlar asosida tahlil etilgan. O‘zbek tilshunosligida ham matn va uning tadqiqi borasida ancha-muncha ishlar qilingan. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov 1980-yilning 10-12-sentyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferensiyasida matn nazariyasiga bag‘ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan edi. Ulkan tilshunos A.G‘ulomov matnning mohiyati bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. U dunyo tilshunosligida kechayotgan jarayonlardan muttasil boxabar keng qamrovli olim sifatida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi (M.Asqarova bilan  
 
hamkorlikda) ni qayta ishlab, to‘ldirib, uchinchi nashrini tayyorlar ekan, matn 
masalasini chetlab o‘tolmaydi, ixcham bir tarzda bo‘lsa-da, matn haqidagi 
qarashlarini kitobga kiritadi. A.G‘ulomov gapdagi fikr tugalligining nisbiy 
ekanligini, asarda mazmun to‘liqligi butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch 
abzasdan tashkil topgan yaxlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, 
quyidagilarni yozadi: “. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo‘shma gap) doirasi 
bilangina chegaralanmaydi.  
Matn lingvistikasining yana bir muhim tarmog‘i – badiiy matnni tadqiq qilish 
yo‘nalishi ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy 
qilgan. 2009-yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga 
bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Mazkur doktorlik ishida 
badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo‘lish tarzi o‘zbek 
adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy 
turlari hamda intertekstuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif 
qilingan, badiiy matnning lingvopoetik tahlil tamoyillari ishlab chiqilgan, 
shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy 
omillar o‘rganilib, badiiy matnda fonografik, leksik, morfologik va sintaktik 
vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari aniqlangan.  
 2010- yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn 
hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq qilishga 
bag‘ishlangan.  Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari 
tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga xizmat qiluvchi modallik va 
temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy aloqadorligi ko‘rsatib 
berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy hodisa ekanligi, uning 
muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat mahsuli 
ekanligi ochib berilgan. 
 Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, 
pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq 
etish tendensiyasi kuchaydi. Matnga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog‘langan 
gaplar yig‘indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, 
hamkorlikda) ni qayta ishlab, to‘ldirib, uchinchi nashrini tayyorlar ekan, matn masalasini chetlab o‘tolmaydi, ixcham bir tarzda bo‘lsa-da, matn haqidagi qarashlarini kitobga kiritadi. A.G‘ulomov gapdagi fikr tugalligining nisbiy ekanligini, asarda mazmun to‘liqligi butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch abzasdan tashkil topgan yaxlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, quyidagilarni yozadi: “. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo‘shma gap) doirasi bilangina chegaralanmaydi. Matn lingvistikasining yana bir muhim tarmog‘i – badiiy matnni tadqiq qilish yo‘nalishi ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan. 2009-yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo‘lish tarzi o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertekstuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnning lingvopoetik tahlil tamoyillari ishlab chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o‘rganilib, badiiy matnda fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari aniqlangan. 2010- yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga xizmat qiluvchi modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy aloqadorligi ko‘rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendensiyasi kuchaydi. Matnga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog‘langan gaplar yig‘indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli,  
 
o‘zida muayyan til egalarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi 
va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. 
D.Xudoyberganovaning doktorlik dissertatsiyasi mazkur masalaga - matnning 
antropotsentrik tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda matn yaratilishi va mazmuniy 
idrokining kognitiv-semantik, psixolingvistik, lingvokulturologik jihatlarini tadqiq 
etish orqali o‘zbek tilida muloqot qiluvchi til egalarining lisoniy ongi, milliy-
assotsiativ fikrlash tarzi, kognitiv va psixologik faoliyatiga doir muhim xulosalar 
ishlab chiqilgan. Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va 
aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. 
 
 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Qaysi vaqtdan boshlab matn lingvistikasi alohida fan sifatida  
o‘rganila boshlandi?  
2. Rus tilshunosligida matn tadqiqi yuzasidan qanday tadqiqotlar  
yaratildi?  
3. Turkologiyada matn tadqiqi bo‘yicha qanday asarlar yuzaga  
kelgan?  
4. O‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasiga oid qanday asarlar  
yaratilgan?  
5. O‘zbek tilshunosligida ilmiy matnni o‘rgangan olim kim va u  
qanday g‘oyalarni ilgari surgan?  
6. O‘zbek tilshunosligida badiiy matnni o‘rgangan olim kim va u  
qanday g‘oyalarni ilgari surgan?  
7. O‘zbek tilshunosligida matnning kommuniktiv-pragmatik  
xususiyatlarini o‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni  
ilgari surgan?  
8. Matnlarni psixolingvistik jihatdan o‘rgangan olima kim va u  
qanday g‘oyalarni ilgari surgan?  
o‘zida muayyan til egalarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. D.Xudoyberganovaning doktorlik dissertatsiyasi mazkur masalaga - matnning antropotsentrik tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda matn yaratilishi va mazmuniy idrokining kognitiv-semantik, psixolingvistik, lingvokulturologik jihatlarini tadqiq etish orqali o‘zbek tilida muloqot qiluvchi til egalarining lisoniy ongi, milliy- assotsiativ fikrlash tarzi, kognitiv va psixologik faoliyatiga doir muhim xulosalar ishlab chiqilgan. Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Qaysi vaqtdan boshlab matn lingvistikasi alohida fan sifatida o‘rganila boshlandi? 2. Rus tilshunosligida matn tadqiqi yuzasidan qanday tadqiqotlar yaratildi? 3. Turkologiyada matn tadqiqi bo‘yicha qanday asarlar yuzaga kelgan? 4. O‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasiga oid qanday asarlar yaratilgan? 5. O‘zbek tilshunosligida ilmiy matnni o‘rgangan olim kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 6. O‘zbek tilshunosligida badiiy matnni o‘rgangan olim kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 7. O‘zbek tilshunosligida matnning kommuniktiv-pragmatik xususiyatlarini o‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 8. Matnlarni psixolingvistik jihatdan o‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan?  
 
9. O‘zbek tilida parsellyatsiya hodisasi kim tomonidan  
o‘rganilgan?  
10. Matnlarni antroposentrik jihatdan kim o‘rgangan va unda  
qanday xulosalar bayon qilingan? 
 
 
9. O‘zbek tilida parsellyatsiya hodisasi kim tomonidan o‘rganilgan? 10. Matnlarni antroposentrik jihatdan kim o‘rgangan va unda qanday xulosalar bayon qilingan?