MATN TIPLARI VA TASNIFI
Reja:
1.Matn va uning tipologik tasnifi.
2.Matn turlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Hajm belgisiga ko‘ra matn turlari.
Tayanch tushunchalar: og'zaki matn, yozma matn, minimal matn, maksimal matn,
mikromatn, makromatn turg 'un strukturali matnlar (ma’lumotnoma, dalolatnoma,
annotatsiya, patent) va erkin strukturali matn hikoya, tasviriy, muhokama matn, ilmiy
matn (tezis, maqola, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn
(ma’lumotnoma, qaror,buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar).
Matnlar tipologiyasida axborotni uzatish kanali alohida o’rin tutadi. Ana
shunga ko’ra matnlarning og’zaki matn va yozma matn tiplarini farqlash lozim.
Kommunikatsiya jarayonida berilayotgan axborotning hajmi ham matnlar
tipologiyasi uchun yana bir asos bo’ladi.
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko’ra
quyidagi tiplariga ajratish mumkin:
Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni
yoritishga bag'ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol,
matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy
parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat
butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi
tomonini esa turli shakldagi bog'lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Masalan: Talantsiz уozuvchi tovuqqa o’xshaydi. Yong'oqdek tuxum tug'adi-da,
qaqog'lab olamni buzadil (O’. Hoshimov). Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo
’ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi, Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining
barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli - qolipini yaratgan bo’lardi. Sevgi
hech qanday qolipga sig'magani uchun ham sirli va abadiydir (O’.Hoshimov).
Minimal matn deb atash mumkin bo’lgan ikkita parchani keltirdik. Tarkiblanish
jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni birlashtirishga xizmat
qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan bog'liq so’zlarga
yuklatilgan (tovuq- tuxum-qaqog'lamoq). Iste'dodsiz yozuvchi birinchi gapda
tovuqqa o’xshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu o’xshatishni to’laroq izohlash yoki
sababini ko’rsatish uchun keltiriigan. Ya'ni, iste'dodsiz yozuvchi tovuqqa
o’xshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif munosabati
ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta'minlashda tovuq-
tuxum-qaqog'lamoq so’zlari mazmuniy o'q vazifasini bajarmoqda. Keyingi kichik
hajmli matnni oladigan bo’lsak, ushbu matnning ichki mazmuni savol shaklidagi
sarlavha orqali oshkor qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil topgan. Butunlikni
ta'minlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo bog'lovchisi, agar
boglovchisi va matnning mazmuniy o’qini tashkil qiluvchi sevgi so’zi kiradi.
Demak, masala savol shaklida qo’yilyapti va unga matn orqali javob berilyapti.
Ya'ni, Sevgi nima? Sevgi - sirli va abadiy tushuncha.
Ayrim mutaxassislar bittagina gap ham minimal matn tushunchasiga teng kelishi
mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Tilshunos N.Turniyozov «matn bir so’z
bilan, bir necha so’z bilan, bir necha gap bilan, bir necha abzas bilan va bir necha
bob bilan ifodalanishi ham mumkin» ligini aytadi. Lekin olim shuni ham
ta'kidlaydiki, ’’matn lingvistikasi muammolarini bir so’zli, birikma yoki biror
sodda gap bilan ifodalangan matnlar asosida o’rganish maqsadga muvofiq emas.
Chunki bunday matnlarga tayanib til sistemasi unsurlarining nutqqa
ko’chirilishiga oid masalalar tavsifini mukammal holatda berib bo’lmaydi.
Tilshunos M.Hakimov ham bitta gap matn tushunchasiga teng kelishi
mumkinligini ta'kidlaydi: «Masalan: Bahor... Bu jumlani kichik matn hisoblash
mumkinmi? Bizningcha, to’la ma'noda kichik matn deb hisoblash mumkin.
Chunki tugal bir ohang bilan aytilgan Bahor jumlasida "tabiatning jonlanishi»,
"hammayoqning ko’m-ko’k tusga kirishi”, “atrof-muhitning go’zal tusga burkanish
kabi yashirin mazmun mavjuddir. Shuning uchun kichik matnda bir tugal
mazmuniy fikr o’z ifodasini topadi. Lekin bu tipdagi ko’rinishlarni tom ma'noda
matn deb atash mumkin emas. Chunki matn struktural jihatdan gapdan yirik
sintaktik butunlik. Demak, gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida
havola qilinayotgan ma’nolar so’zning ma'no strukturasi bilan bog'liq. Mazkur
gap o’zidan keyinkeladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir
butunlik hosil qilgandagina matn deyish to’g'ri bo’ladi. Agar yashirin mazmunga
qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, istalgan so’zni matn deyishimiz mumkin
bo’ladi. Masalan, ona degan so’zni oladigan bo’lsak, bu so’zning ham
moddiylashmagan yashirin ma'nolari mavjud va ular mazkur so’zni talaffuz
qilishimiz bilanoq, ko’z oldimizda u yoki bu tarzda namoyon bo’ladi.
Maksimal matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa,
roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Bunday
matn tarkibida epigraf, so’zboshi (muqaddima), so’ngso’z (epilog) kabi
yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g'oyasiga,
shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga
qo’shimcha izoh, sharh bo’lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha
shakllangan bo’ladi. Masalan, Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar”
tarixiy romanini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga
ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10
tadan bo’limlarga bo’linadi va har bir bo’lim voqea bo’lib o’tayotgan joy hamda
gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan; 1.
Agra. Hamida bonu arosatda.,. 2. Ganga. Ko’rgilik. v.h.). Romanning umumiy
hajmi 30 bosma taboq. Shuningdek, matn lingvistikasiga oid ishlarda ma'lum bir
matn tarkibidagi murakkab sintaktik butunlikka nisbatan mikromatn, yaxlit
matnga nisbatan esa makromatn atamasi qo’llanadi. Lekin mikromatn va
makromatn tushunchalari matn tiplari bo’la olmaydi. Chunki ular butun- bo’lak
munosabatini tashkil etadi. Masalan, A.Qahhorning "Bemor" hikoyasi butun
holicha makromatn (garchi hajman kichik - minimal matn bo’lsa ham), undagi
murakkab sintaktik butunliklar mikromatndir.
Matnlarni tiplashtirishda ularning lisoniy strukturasi ham nazarda tutilishi
kerak. Shunga ko’ra, tipologik jihatdan turg'un strukturali matnlar
(ma’lumotnoma, dalolatnoma, annotatsiya, patent kabilar) va erkin strukturali
matnlar (maqola, hikoya, she'r, roman kabilar)ni farqlash mumkin. Bunda
berilmoqchi bo’lgan axborotning xarakteri va uni ifodalashdan ko’zlangan
maqsad asosiy o’lchov vazifasini bajaradi. Bu nuqtai nazardan matnlarni nutqiy
muloqotning asosiy shakllariga uyg'un ravishda hikoya, tasviriy, muhokama
matnlariga ajratish tilshunoslikda an’anaga kirgan. Matn tiplarini belgilashda
yana bir omil - asos nutqning funksional uslublaridir.
Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko’ra ilmiy matn (tezis, maqola,
ma'ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy, nazmiy asarlar), rasmiy matn
(ma'lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn
(maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari) kabi tarmoqiarga bo’linadi.
Matn maqsad-mohiyatida tilning ikki muhim vazifasidan qaysi birining
kommunikativ vazifaningmi yoki estetik vazifaningmi-yetakchilik qilishiga
asoslangan holda matnlarning ikki oppozitiv tiplarini farqlash zarur, ya’ni badiiy
matn va nobadiiy matn. Asosiy maqsad-mohiyatida kommunikativ vazifa
yetakchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb, asosiy maqsad mohiyatida estetik
vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy matn deyish ma'qul.
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan
matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko’ra turli matn tiplaridan foydalanamiz.
Ba'zan boshimizdan o’tgan yoki o’zimiz guvoh bo’lgan voqealarni kimgadir
aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo’lgan biror kishi yoki joyni batafsil
tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba'zan fikrimizni turli dalillar yordamida
isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz.
Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa
chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba'zan qandaydir xabarni
tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo’ladi. Ba'zan nimanidir so’rashga ehtiyoj
sezamiz. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar
beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga
erishish uchun turli ko’rsatma, ta'qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz.
Insonlar o’rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib
qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg'ularini, hayajonlarini, azob va qayg'ularini
ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi. Ana
shunday hollarda ba'zan mubolag'a ba'zan o’xshatish-qiyoslash kabi tasviriy
vositalardan foydalanamiz. Shu asosda badiiy matn ifoda mazmuniga ko’ra
ham tiplarga ajratiladi:
1) hikoya mazmunli matn;
2) tasviriy matn;
3) izoh mazmunli matn;
4) didaktik matn;
5) xabar-darak mazmunli matn;
6) so’roq mazmunli matn;
7) buyruq-istak mazmunli matn;
8) hissiy ifoda mazmunli matn.
Biror bir badiiy matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki
ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Yoxud butun boshli asar yuqorida zikr
etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo’lishi mumkin
Matnlar tipologiyasida axborotni uzatish kanali alohida o'rin tutadi. Ana shunga
ko'ra matnlarning og'zaki matn va yozma matn tiplarini farqlash lozim.
Kommunikatsiya jarayonida berilayotgan axborotning hajmi ham matnlar
tipologiyasi uchun yana bir asos bo'ladi.
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko'ra minimal
matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan
matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag'ishlangan qatralar, xalq
donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal, va aforizmlar, miniatyuralar,
hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni
qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki
tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog'lamalar,
sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Talantsiz yozuvchi tovuqqa
o'xshaydi.
Yong'oqdek
tuxum
tug'adi-da,
qaqog'lab
olamni
buzadi!
(O'.Hoshimov). Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo bo'ptiki, shu savol ustida
bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-
asrorlarini bilganida edi, uning modeli - qolipini yaratgan bo'lardi. Sevgi hech
qanday qolipga sig'magani uchun ham sirli va abadiydir (O'.Hoshimov).
Minimal matn deb atash mumkin bo'lgan ikkita parchani keltirdik.
Tarkiblanish
jihatidan
birinchisi
ikkita
gapdan
tuzilgan.
Mazmunni
birlashtirishga xizmat qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan
bog'liq so'zlarga yuklatilgan (tovuq-tuxum-qaqog'lamoq). Iste’dodsiz yozuvchi
birinchi gapda tovuqqa o'xshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu o'xshatishni to'laroq
izohlash yoki sababini ko'rsatish uchun keltirilgan. Ya’ni, iste’dodsiz yozuvchi
tovuqqa o'xshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif
munosabati ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta’minlashda
tovuq-tuxum- qaqog'lamoq so'zlari mazmuniy o'q vazifaisini bajarmoqda.
Keyingi kichik hajmli matnni oladigan bo'lsak, ushbu matnning ichki mazmuni
savol shaklidagi sarlavha orqali oshlcor qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil
topgan. Butunlikni ta’minlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo
bog'lovchisi, agar bog'lovchisi va matnning mazmuniy o'qini tashkil qiluvchi
sevgi so'zi kiradi. Demak, masala savol shaklida qo'yilyapti va unga matn orqali
javob berilyapti. Ya’ni, Sevgi nima? Sevgi - sirli va abadiy tushuncha.
Ayrim mutaxassislar bittagina gap ham minimal matn tushunchasiga teng
kelishi mumkin degan fikmi ilgari surishgan. Tilshunos N.Turniyozov “matn bir
so'z bilan, bir necha gap bilan, bir abzas va bir necha bob bilan ifodalanishi ham
mumkin” ligini aytadi. Lekin olim shuni ham ta’kidlaydiki, “matn lingvistikasi
muammolarini bir so'zli, birikma yoki biror sodda gap bilan ifodalangan matnlar
asosida o'rganish maqsadga muvofiq emas. Chunki bunday matnlarga tayanib til
sistemasi unsurlarining nutqqa ko'chirilishiga oid masalalar tavsifmi mukammal
holatda berib bo'lmaydi”. Tilshunos M.Hakimov ham bitta gap matn
tushunchasiga teng kelishi mumkinligini ta’kidlaydi: “masalan: Bahor... Bu
jumlani kichik matn deb hisoblash mumkin. Chunki tugal bir ohang bilan
aytilgan Bahor jumlasida “tabiatning jonlanishi”, “hammayoqning ko'm-ko'k
tusga kirishi”, “atrof-muhitning go'zal tusga burkanishi” kabi yashirin mazmun
mavjuddir. Shuning uchun kichik matnda bir tugal mazmuniy fikr o'z ifodasini
topadi. Lekin bu tipdagi ko'rinishlami tom ma’noda matn deb atash mumkin
emas. Chunki matn structural jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlik. Demak,
gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida havola qilinayotgan ma’nolar
so'zning ma’no strukturasi bilan bog'liq. Mazkur gap o'zidan keyin keladigan
izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn
deyish to'g'ri bo'ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqaradigan
bo'lsak, istalgan so'zni matn deyishimiz mumkin bo'ladi. Masalan, ona degan
so'zni oladigan bo'lsak, bu so'zning ham moddiylashmagan yashirin ma’nolari
mavjud va ular mazkur so'zni talaffuz qilishimiz bilanoq, ko'z oldimizda u yoki
bu tarzda namoyon bo'ladi.
Maksimal matn deyilganda keng ko'lamdagi voqealami yoritish ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa,
roman, epopeya, kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Bunday
matn tarkibida epigraf, so'zboshi (muqaddima), so'ngso'z (epilog) kabi
yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g'oyasiga,
shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga
qo'shimcha izoh, sharh bo'lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha
shakllangan bo'ladi. Masalan, Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar”
tarixiy romanini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga
ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10
tadan bo'limlarga bo'linadi va har bir bo'lim voqea bo'lib o'tayotgan joy hamda
gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan:
l.Agra. Hamida bonu arosatda... 2.ganga. Ko'rgilik. v.h.) Romanning umumiy
hajmi 30 bosma taboq. Shuningdek, matn lingvistikasiga oid ishlarda ma’lum bir
matn tarkibidagi murakkab sintaktik butunlikka nisbatan mikromatn, yaxlit
matnga nisbatan esa makromatn atamasi qo'llanadi. Lekin mikromatn va
makromatn tushunchalari matn tiplari bo'la olmaydi. Chunki ular butun-bo'lak
munosabatini tashkil etadi. Masalan, A.Qahhorning “Bemor” hikoyasi butun
holicha makromatn (garchi hajman kichik - minimal matn bo'lsa ham), undagi
murakkab sintaktik butunliklar mikromatndir.
Matnlarni tiplashtirishda ulaming lisoniy strukturasi ham nazarda tutilishi kerak.
Shunga ko'ra tipologik jihatdan turg'un strukturali matnlar (ma’lumotnoma,
dalolatnoma, annotatsiya, patent kabilar) va erkin stmkturali matnlar (maqola,
she’r, hikoya, roman kabilar)ni farqlash mumkin.
Matnlar mazmuni va ifoda maqsadiga ko'ra ham farqli tiplarga birlashadi.
Bunda berilmoqchi bo'lgan axborotning xarakteri va uni ifodalashdan ko'zlangan
maqsad asosiy o'lchov vazifasini bajaradi. Bu nuqtai nazardan matnlarni nutqiy
muloqotning asosiy shakllariga uyg'un ravishda hikoya, tasviriy, muhokama
matnlariga ajratish tilshunoslikda an’anaga lcirgan.
Matn tiplarini belgilashda yana bir omil - asos nutqning funksional
uslublaridir. Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko'ra ilmiy matn (tezis, maqola,
ma’ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn
(ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn
(maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari) kabi tarmoqlarga bo'linadi.
Matn maqsad-mohiyatida tilning ikki muhim vazifasidan qaysi birining -
kommunikativ vazifaningmi yoki estetik vazifaningmi - yetakchilik qilishiga
asoslangan holda matnlarning ikki oppozitiv tiplarini farqlash zarur, yani badiiy
matn va nobadiiy matn. Asosiy maqsad-mohiyatida kommunikativ vazifa
yetakchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb, asosiy maqsad mohiyatida estetik
vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy matn deyish ma’qul.
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan
matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko'ra turli matn tiplaridan foydalanamiz.
Ba’zan boshimizdan o'tgan yoki o'zimiz guvoh bo'lgan voqealami kimgadir aytib
beramiz. Tinglovchiga notanish bo'lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab
berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga,
izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli
hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini
istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir xabarni tinglovchiga
yetkazishga
qaratilgan bo'ladi. Ba’zan nimanidir so'rashga ehtiyoj sezamiz. Shu bilan birga
biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni
qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko'rsatma,
taqiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o'rtasidagi muloqot maqsadi
va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini,
tuyg'ularini, hayajonlarini, azob va qayg'ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi
yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag'a
ba’zan o'xshatish - qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shu
asosda badiiy matn ifoda mazmuniga ko'ra ham tiplarga ajratiladi: hikoya
mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar-darak
mazmunli matn, so'roq mazmunli matn, buyruq-istak mazmunli matn, hissiy
ifoda mazmunli matn. Unutmaslik kerakki, biror bir badiiy matnda sanab
o'tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo'lishi mumkin.
Yoxud butun boshli asar yuqorida zilcr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi
asosida shakllangan bo'lishi ham mumkin.
Topshiriqlar :
1.Quyidagi matn tarkibidagi stilistik figuralarni aniqlang.
2.Matn tarkibidagi badiiy tasviriy vositalarni aniqlang
Matn
Otamizning o‘lganiga anchagina yilo‘tib ketdi. Bu yi - o‘n yettinchi yilning
ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetim-
dan xabar olib turishga katta onam -onamning onalari Roqiyabibi kelib turib-
dilar. Bu kishini biz erkalab ‘’qora buvi’’ deymiz.
Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvundito‘da
ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida
uxlaymiz.
(G‘. G‘ulom.)
Topshiriqlar :
1.Matn tarkibidagi uslubiy xoslangan birliklarni aniqlang.
2.Matn tarkibidagi supersintaktik birliklarni aniqlang.
Matn
Cho‘pon echkilarini yaylovga qo‘yib yubordi. Bir payt qarasa echkilari yovvoyi
echhkilar bilan o‘tlashib yuribdi. Xursand bo‘ldi-yu, kech kirgach hammasini
o‘zining g‘origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek
yaylovga olib chiqa olmadi. G‘ordayoq boqishga to‘g‘ri keldi. (Ezop.)
Nazorat savollari:
1.Og‘zaki va yozma matn tiplari haqida ma’lumot bering.
2.Turg‘un strukturali matnlarga qanday matn turlari kiradi?
3. Matn tiplarini belgilovchi omillar haqida ma’lumot baring
4. Badiiy matn ifoda mazmuniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
5. Ilmiy matn tirlari haqida ma’lumot bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatli:
1.Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili. Toshkent -2007.
2.Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent ‘’Fan’’, 2008.
3.Мамажонов А. Текст лингвистикаси.Тошкент., 1989.
4.Internet ma’lumotlari. wwwziyouz.kutubxonasi.