Matn va nutq madaniyati
Reja:
1. Matn va matn madaniyati haqida.
2. Nutq tushunchasi haqida.
3.Matn va nutq madaniyati borasidagi qarashlar.
4. Madaniy nutq va uni shakllantiruvchi sifatlar.
5.Nutq
texnikasi–madaniy
nutqni
shakllantiruvchi asosiy omil sifatida.
Matn tushunchasi
Matn tuzuvchi muayyan voqea- hodisa yoki narsa , shaxs haqida hikoya
qilish,ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni
ko`zda tutadi.
O`zaro va tarkiban bog`langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki
og`zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi.
Nutq tushunchasi
Nutq –tilning fikr ifodalash va almashish
jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida
ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan
yashash shakli. Nutq deganda uning og`zaki
va yozma ravishda namoyon bo`lishidagi
jarayonlar , ya`ni so`zlash jarayoni va uning
natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda
qayd etilgan qayd etilgan nutqiy fikrlar )
tushuniladi.
“Ayni vaqtda jamiyatimizda til
madaniyatini oshirish borasida hali
ko`p ish qilishimiz lozimligini
unutmasligimiz zarur. . Ayniqsa,
ba`zan rasmiy muloqotlarda ham
adabiy til qoidalariga rioya
qilmaslik, faqat ma`lum bir hudud
doirasida ishlatiladigan sheva
elementkarini qo`shib gapirish
holatlari uchrab turishi bu
masalalarning hali –hanuz dolzarb
bo`lib qolayotganini ko`rsatadi”.
I. A. Karimov
“Yuksak ma`naviyat-yengilmas
kuch”
Nutq madaniyati haqida
qarashlar:
Odob juda keng va
qamrovli
tushuncha
bo‘lib, u nutqni to‘g‘ri
va
o‘rnida
qo‘llash
odobini ham o‘z ichiga
oladi.
Buyuk
bobokalonimiz
Mahmud
Koshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit turk»
kitobida
«Odobning boshi tildir»
degan
maqol
qayd
qilingan.
Ulug‘ alloma
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u
bilig» asarida «til ardami» (nutq
odobi) haqida bir qancha go‘zal
hikmatlar mavjud:
1. So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing
ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing
sinmasin.
2. Bilib so‘zlasa, so‘z donolik
sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi.
3. Aql ko‘rki so‘zdir va til ko‘rki –
so‘z,
Kishi ko‘rki yuzdir, bu yuz ko‘rki –
ko‘z.
So‘z mulkining sultoni
Alisher Navoiy so‘zning
muloqotdagi o‘rnini
bilishni inson axloqining
asoslaridan hisoblagan,
aniq va lo‘nda gapirishni
fazilat deb bilgan:
Bir deganni ikki demak
xush emas,
So‘z chu takror topti,
dilkash emas.
Abdulla Avloniy
Har bir millatning dunyoda
borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi
hayoti til
va adabiyotidur. Milliy tilni
yo‘qotmak millatning ruhini
yo‘qotmakdur...
Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi
qilub, aralash-quralash qilmak
tilning
ruhini buzadur. Bobolarimizga
yetushg‘on va yaragan muqaddas
til va adabiyot bizga hech kamlik
qilmas...
Har qanday nutqning asosiy maqsadi
muayyan axborot va hissiy
holatni tinglovchi (o‘quvchi)ga
yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir
qilishdan iborat. Ammo nutq bunday
ta’sir quvvatiga ega bo‘lishi
uchun, albatta, madaniylik talablariga
javob berishi zarur. Buning
uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar
mavjud bo‘lishi kerak
Nutqning
madaniyligini
ta`minlaydigan
kommunikativ
sifatlar:
•Aniqlik
•Mantiqiylik
•Ifodalilik
•To`g`rilik
•Boylik
•Soflik
•Jo`yalilik
Nutqning to`g`riligi
Nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyati haqidagi
ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning
boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to‘g‘rilik
mavjud
bo‘lgandagina yuzaga kela oladi.
Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning
aniqligi
yoki
mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida
gapirish mumkin emas. Nutqning to‘g‘riligi boshqa
barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini
bajaradi
Adabiy til me`yorlarining buzilishi nutq
madaniyatining buzilishiga olib
keladi.Me`yorlar:
Leksik
Talaffuz
So`z
yasalishi
Morfologik
Uslubiyat
Nutqning aniqligi
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga
tamomila muvofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning
voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan
qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan
kommunikativ sifatdir.
So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi
o‘zlashtirmasdan turib,aniq nutq tuzib bo‘lmaydi.
Masalan, Avlodlar merosini o‘rganamiz
jumlasida ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun avlod
so‘zining leksik ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi. Avlod so‘zi
asli arabcha bo‘lib (uning birlik shakli valad, ya’ni «bola»
demakdir), o‘zbek tilida «bir ota-bobodan tarqalgan
nasl», «bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar»
kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan, ajdod
so‘zi qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha
bo‘lib, uning ma’nosi «ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-
bobolar» demakdir. Shunga ko‘ra, mazkur jumla Ajdodlar
merosini o‘rganamiz shaklida tuzilishi
kerak edi. Ko‘rinadiki, avlod so‘zi tildagi leksik ma’nosiga
muvofiq tarzda qo‘llanmaganligi uchun nutqning
aniqligiga putur yetgan.
Nutqning mantiqiyligi
Fikr tarkibi va qurilishining to‘g‘ri ifodalanishi nutq
mantiqiyligining asosidir. Nutqda til vositalarining
mantiq va to‘g‘ri tafakkur qonuniyatlariga mos
tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini yuzaga
keltiradi. Ana shunga ko‘ra mantiqiylik sifati nutqda
so‘zlar, gaplar o‘rtasidagi mazmuniy va grammatik
aloqalarning fikr mohiyati hamda uning rivojlanib
borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflanadi.
Nutqning sofligi
Nutqning sofligi nutqning adabiy til
va jamiyatdagi ma’naviy-axloq qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan
xoliligi bilan belgilanadi.
Kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini
namoyon etadigan ko‘rsatkichlardan biridir.
Adabiy nutqning sofligiga putur
yetkazuvchi unsurlarning asosiylari
quyidagilardan iborat:
1) shevaga xos so‘z, ibora, grammatik
shakllar, urg‘u va talaffuz;
2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z
birikmalari (varvarizmlar);
3) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar
(vulgarizmlar);
4) «ishlamaydigan yoki parazit so‘zlar;
5) idoraviy so‘z va iboralar (kanselyarizmlar)
Nutq texnikasi
Talab darajasida shakllangan nutq texnikasi kishi umumiy
nutqiy
madaniyatining eng muhim qismi hisoblanadi. Nutq
texnikasi deganda jonli, tovushli nutq va uning barcha
unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va malakalarining
jami tushuniladi.
Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas
olish, tovush va tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz
qilish – aniq diksiya,
nutq oqimining mazmun ifodasiga uyg‘un tarzda tez
yoki sekinligi
kabi bir qator hodisa lar nazarda tutiladi. Nutq
texnikasini yetarli
darajada egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da,
fonetik bilimlardan
boxabarlik zarur.
Nutqning madaniyligini ta’minlashda undagi
ohang ham alohida o‘rin tutadi. Nutqda
yaxlit ohangning shakllanishida urg‘u,
to‘xtam (pauza), mazmuniy-hissiy
intonatsiya kabi unsurlar ishtirok etadi.
Og‘zaki madaniy nutq tuzayotgan kishi ana
shu unsurlarning aniq va to‘g‘ri namoyon
qilishi zarur.
Nutqning buzilishini misollar orqali ko`rib
chiqamiz:
Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga
sut sotish rejalarini muddatidan oldin
bajardilar.
Uning yoqimli qiliqlari , ovozi eshitilib
ketganday bo`ldi.
Ko`zim o`ngidan hadsiz odamlar o`tdi.
Erkak paypoqlar narxi ham o`ttiz foizga
arzonlashdi.
Endi kuy va raqslar tinglab dam oling.
Mustahkamlash uchun
savollar:
1.Matn va nutq tushunchalari o`rtasidagi
bog`liqlik haqida gapiring.
2. Allomalarning nutq madaniyati xuxusidagi
qarashlari haqida gapiring
3. Madaniy nutq deganda nimani
tushunasiz?
4. Nutqning madaniyligini ta`minlovchi
kommunikativ sifatlar haqida gapiring.
5. Nutq texnikasi deganda nimani
tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
I. Karimov “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch”, Toshkent,
“Ma`naviyat” nashriyoti, 2008 yil
2.
Begmatov E, Qo`ng`irov R , Tojiyev Y. “Nutq madaniyati va
uslubiyati asoslari” , Toshkent .1992
3.
Rustamov A. “So`z xususida so`z” Toshkent.2010
4.
Imomxo`jayev S. “Notiqlik san`ati asoslari” . Toshkent.1982
5.
Kurbonova M, Yo`ldoshev M. “Matn tilshunosligi”Toshkent.2014
6.
Yo`ldoshev B. Matnni o`rganishning lingvostatistik metodlari.
Samarqand. 2008
7.
Yo`ldoshev B. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari
.Toshkent. 2007
E’tiboringiz uchun
rahmat!