MATN VA UNING TIL SISTEMASIDAGI O‘RNI
Reja:
1. Matnning sistemaviyligi.
2. Umumiylik va xususiylik.
3. Matn - makrosintaktik birlik.
Tayanch tushunchalar: sistema, mikrosistema, makrosistema, zamon va
makon izchilligi, umumiylik va xususiylik, sistemaning butunligi,
sistemaning yaxlitligi, til va nutq dixotomiyasi
I. Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va
dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada
yagona fikrning o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb
yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh
ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu
yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu
termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki хususiyatlar
bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”
Rus
tilshunosi I.R.
Galperin
o‘z
asarlarida
matnning
muhim
xususiyatlaridan biri sifatlarida makon va zamon izchiligini, aniqroq
aytganda, kogeziya hodisasini ochib berish uchun alohida bir bob ajratgan.
Tilshunoslik fanga nisbatan mikrosistema - Matnga nisbatan esa
makrosistemadir.
Bu xalqalar bir xillikni, jumladan, sistemaga xos bo‘lgan
umumiylikni taqazo qiladi. Mazkur umumiyliklardan biri-har bir sistema
ma’lum bir maqsadni ko‘zda tutadi. Demoqchimizki, fanlar sistema
bo‘lsa, ular ham har biri, o‘z navbatida, muayyan maqsadlarga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biz tilga olgan tilshunoslik boMimlari ham, shu
jumladan, matn ham ma lum bir maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladi.
Shuningdek, sistemaning yana bir xususiyati - zamon va makon
izchilligida ham namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, ob’yekt masalasi ham sistemaning umumiy jihatlaridan biridir.
Chunki ilmda, umuman, fanlarnii tekshirishda, ob’yekt ham muhim ro‘l
o‘ynaydi. Mazkur umumiy jihat matnda ham voqelanadi. Ya'ni har bir
matn axborot uzatar ekan, muayyan bir ob’yektga tegishli ekanligini
tinglovchi bilan bir qatorda tekshiruvchi ham sezib turadi.
Butunlik → Umumiylik →Xususiylik
Bilish nazariyasidan ma'lumki, umumiylik va xususiylik masalasi
sistemaning butunligi va yaxlitligini ko‘rsatib berishda namoyon boiib,
mazkur jihatlar ham matnning sistemaga mansubligini ta'minlashga
xizmat qiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, matn ham ma'lum ma'noda
makro va mikrosistemani hosil qiladi. Ya'ni o‘zidan katta sistemaga,
jumladan, tilga nisbatan mikrosistema, tarkibiy qismlari - so‘z, gap, abzas,
bob va bo‘lim kabilarga nisbatan makrosistema bo‘ladi. Shu o‘rinda,
matnning sistemaviylik xususiyatlari qatorida yana bir masala xususida
fikr bildirish joiz. Sababi, matnning sistemaviylik harakatida uning nutqiy
va lisoniy xususiyatlari ham aks etadi. Matn bir so'zdan, so‘z
birikmasidan va bir gapdan iborat bo'lishi ham mumkin. Bunday
matnlarning birinchisi bir bir komponentli, so'z birikmasidan iborat esa
ikki komponentli bo'ladi.
O‘zbekiston, Ona, Maktab - bir komponentli
Mening vatanim, Ona tuproq - ikki komponentli
Ammo, matn lingvistikasi muammolari bir so'zli, birikma yoki biror
sodda gap bilan ifodalangan matnlar asosida o'rganish maqsadga muvofiq
bo'lmaydi. Chunki bunday matnlarga tayanib til sistemasi unsurlarining
nutqqa ko'chirilishiga oida masalalar tavsifini mukammal holatda berib
bo'lmaydi. Bundan tashqari kichik matnlardan mikro va makrosistema
haqida, matn komponentlarining semantik va sintaktik bog'lanishi
xususida ham ma'lumot olib bo'lmaydi. Shuning uchun matn lingvistikasi
masalalarini yirik matnlar yoki murakkab sintaktik qurilmalar asosida
o'rganiladi.
Matn ana shunday makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida
benihoya murakkab va o‘ziga хos butunlikdir. Shuning uchun ham matn
lingvistikasi muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan
matnning turlicha ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi
lingvistik adabiyotlarda bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan
definitsiyalarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil
yetib o‘tganimiz - matnning yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga yoki
nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning o‘zi kifoya. Mazkur
ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha jihatlari
to‘lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis ochib
berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta.
Z.Ya.Turayeva
juda
o‘rinli
qiyoslaganidek,
“so‘z”
va
“gap”
tushunchalarini ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib
kelayotgan bo‘lsa, bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham
qo‘shish mumkin.
Demak, matnni gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida
og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va
kommunikativ yaхlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining
oliy darajadagi birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq.
Nazorat uchun savollar:
1. Matn ta’rifi masalasida tilshunos olimlarning fikrlarini keltiring.
2. Matn va obyekt masalasiga munosabatingizni bildiring.
3. Matnning sistemaviyligi nimalarda aks etadi?
4. Bir komponentli va ikki komponentli matnga misollar keltiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Kubryakоva E.S. О tekste i kriteriyaх egо оpredeleniya / Tekst.
Struktura i semantika. T. 1. –M., 2001, s.72-81.
2. Lоseva L.M. Ko‘rsatilgan asar, 4-bet. 3 Galperin I.R. Ko‘rsatilgan asar,
18-bet
3.Qurbonova M, Yo‘ldoshev B. Matn tilshunosligi. – Toshkent:
Universitet. – 2014. 16-17-betlar
4.Turniyozov N. Matn lingvistikasi. - Samarqand : Sam DCHTI 2- nashri,
2003.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. –
Toshkent: Fan, 2007. 122-bet
II. Lingvistika va til tizimlari sohasidagi matnning o'rni,
texnologiyalarning o'sishiga va inson tili bilan kompyuterlar orasidagi
aloqalarni
rivojlantirishga
asoslangan.
Matn lingvistikasining
til
sistemasidagi o'rni, avtomatik tarjima, ma'nolarni tahlil qilish, so'z yoki
gaplarni tushuntirish, ma'lumot izchiligi va boshqa ko'plab muammolarga
qaratilgan
Quyidagi yo'l bilan, matn lingvistikasi va til tizimlari orasidagi aloqani
tushuntirish mumkin:
Morfologiya: Bu, so'zning qurilishi va shakl (morpheme) tuzilmalarini
tahlil qiladi. Morfologiya tizimlari, matnlarni so'zlarni qaysi shaklda
ishlatish, ularni qanday o'zgartirish kerakligini aniqlashda ishlatiladi.
Masalan, matnning asosiy talablaridan biri bo’lgan grammatik va
mazmuniy jihatdan bir-biriga bog‘langan bo‘lishi lozim. Demak,
matnning morfologik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi muhim ahamiyatga ega.
Matn bo‘yicha topshiriqlar.
1. Matnda berilgan belgi bilduvchi so‘zlarni aniqlang.
2. Matndagi yasama so‘zlar sonini aniqlang.
3. Matndagi fe’l so’z turkumiga oid so‘zlarni aniqlang.
Biz o‘quvchilar so‘nggi paytda juda qiynalib ketdik, uy vazifalari
ko'paydi, ishlashga vaqt yo‘q. Shuning uchun quyidagi fanlarni dars
jadvalidan vaqtincha bo‘lsa ham olib tashlashingizni so‘raymiz: algebra,
geometriya, ona tili. Umuman olganda, bu fanlarning hech kimga keragi
yo'q. Boshni qotiradi xolos. Ularning o'rni bo‘sh qolmasin desangiz,
futbol haqida fan bo‘lsa o'shani kiritsa ham bo‘ladi. O‘qituvchilikka, agar
xo‘p desa, o‘rtoq Gennadiy Krasnitskiyni olib kelish kerak. Talabimizni
amalga oshirsangiz, hamma fanlardan besh olib o'qishga so‘z beramiz,
sho‘xlik qilmaymiz. O‘quvchilar nomidan:
Hoshimjon Ro'ziyev
( X.To‘xtaboyev “Sariq devni minib”)
Sintaksis: Sintaksis, so'z yoki gaplar kombinatsiyalari orqali gap tuzish
qoidalarni va matn tuzilishini tahlil qiladi. Tizimlar sintaksis orqali gaplar
tuzilishi va so'zlarning qo'shilishi yoki o'zgartirilishi imkonini beradi.
Matn bo‘yicha topshiriqlar:
1. Matnni grammatik jihatdan bog‘lab turgan birliklarni ayting.
2. Matnda berilgan gap qurilishi grammatik tartibga to‘g‘ri keladimi?
3. Matndagi kelgan kiritmani toping va vazifasini ayting.
Do‘stlarim: «Juda siqilib kеtdingiz, aylanib kеlamiz», dеb tog‘ga
sudrashdi. Alla-pallagacha o‘tgan-kеtgandan gaplashib o‘tirdik. Qiziq,
har gal bosh ustiga bosib tushgudеk mag‘rur qad kеrib turgan tog‘larni,
ulkan novvot parchasidеk qirra