MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN. ILMIY VA ILMIY-OMMABOP MATNLAR (Mikromatn va makromatn, Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar)
Yuklangan vaqt
2024-05-23
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
24,2 KB
Ilmiybaza.uz
MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA MAKRO MATN.
ILMIY VA ILMIY-OMMABOP MATNLAR
Reja:
1. Mikromatn va makromatn
2. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar
Ilmiybaza.uz
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va
tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular
mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarningo‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil
topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq
yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida
birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn
deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida
oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan
ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar,
ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar,
shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U
o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki
hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va
monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi
fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik
birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti
berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi;
zamonaviy
epik
asarlarda
dialog
salmog‘ining
ortishi
kuzatiladiki,
Ilmiybaza.uz
bungaturlararosintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro
aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir
necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning
Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchaliko‘rta asrlar,
Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol
bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga borib taqaladi.
XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik
g‘oyalarini
ommalashtirishda
samarali
foydalanildi. Jumladan,
Fitratning
“Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va
iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Ko‘p kishilik
dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan
savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar,
asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz
gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi
mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani
ifodalaydi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) – yakka haxsning ayni
paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan
nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham,
yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy
adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatic
asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Tavsifiy (monologik) matnso‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan
voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir.
Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Ma’lum voqea-hodisalarga,
Ilmiybaza.uz
narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki
dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos
xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar,
modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov
gaplar, sodda gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga
alohida e’tibor qaratish kerak.
Tilda eng yirik birlik gap bo‘lsa, matnda u eng kichik birlik bo‘lib qoladi.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi.
Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor
birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar
sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika
kabi til bosqichlarida o‘rganadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o‘rtasida katta farqlar bor. Matnga bir
butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi
davrda mavjud bo‘lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro
farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo — matn tuzilishi va unda
mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir.
Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning
qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Matnning tahlili va tahriri.
Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori bilan har xil bo‘ladi.
Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi
va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi,
maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz,
vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki
davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki