OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUSTAQIL ISHI
MATN VA USLUBIYAT
Namangan – 2023
MATN VA USLUBIYAT
Reja:
1. Tilshunoslikda uslubiyat tushunchasi.
2. Matnning uslubiy xoslanganligi masalasi.
3. Turli uslublarda yaratilgan matnlarning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Yozma va og’zaki uslubdagi matnlarda bog’lovchi vositalari xususida.
Tayanch so‘z va iboralar: Matn, matn lingvistikasi, Uslub, qolip, aniqlik,
grammatik me’yor, vazifaviy uslub, rasmiy uslub, Ekstralingvistik omil,
mantiqiylik, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn, hikoyali matn, didaktik
matn,tasviriy matn,izohli matn.
O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatda tasnif qilish ikki omilga - til va
tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublaming N.A.Baskakov,
A.Sulaymonov,A.Shomaqsudov,G’.Abdurahmonv,B.O’rinboyev,S.Muhamedovlar
tomonidan tavsiya qilingan variantlari bo’lib, ularda asosan beshta: so’zlashuv,
ommabop,
ilmiy,
rasmiy,
badiiy
uslublar
e’tirof
etiladi.
1
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O'zbek tilining izohli
lug'atida matn so'zining arabchadan o'zlashganligi, eskirgan kitobiy so'z ekanligi
va aynan tekst so'zi anglatgan ma'noga tengligiga ishora qilinadi. Ayni lug'atda
tekst so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi:
Matnda gaplar o'zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi.
Ularga takroriy bo'laklar, olmoshlar, xizmat konstruksiyalar, zamon va makon
ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so'zlar kabi turli leksik-
grammatik birliklar kiradi. «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo'shma gap
komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o'xshab ketadi, faqat murakkabroq
ko'rinishda yuzaga chiqadi. Ma'lumki, qo'shma gap komponentlari orasida
biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniq lash, izohlash kabi
mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo'shma gapning uch turi:
bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplarda komponentlarni o'zaro
biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalar-intonatsiya, bog'lovchilar, bog'lovchi
vazifasidagi so'zlar, gap bo'laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so'zlarning
takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo'laklar, kesimlarning zamon munosabati
kabilar orqali reallashadi. Ko'rinadiki, qo'shma gaplarda sintaktik aloqa
predikatsiyalar orasida o'rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar,
superfrazali sintaktik butunliklar, abzaslar, qismlar, bo'limlar, boblar o'rtasida
yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta'minlaydi».
Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki
mazmunan ham bir- birini taqozo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy
yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo'lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim
Masalan:
1. Hovli yog' tushsa yalagudek top-toza bo'ldi.
2. Ahmad bugun ham darsga kelmadimi?
3. Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko'tarilish mumkin.
4. O'qituvchining vazifasi o'quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni
o'rgatishdan iborat bo'lmog'i lozim.
Yuqorida to'rtta;gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo'q.
Shu sababli uni yaxlit bir matn deb bo'lmaydi. Quyidagi gaplar yig'inida esa
mazmuniy yaqinlik ko'zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo'q:
1. Qalamkashnmg so'zi bir yo'la o'n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi.
2. Demak, uning so'z mas'uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortig'roqdir.
3. Maktab o'qituvchisining so'zi o'z o'ttiz bo'laga yetib boradi.
4. Notiqning so'zi ming tingiovchiga yetib boradi.
5. 5. Dorilfunun domlasining so’z yuz talabaga yetib boradi.
Mazkur gaplardan matnning so'z va uning mas'uliyati haqida ekanligini payqash
qiyin emas. Lekin fikrning to'g'ri, tugal va oson anglanishi uchun mazmun
yaqinligining o'zi yetarsiz. Bu gaplar yig'inidagi mazmun izchilligining
buzilganligi tufayli matn butunligiga putur yetgan. Endi mazkur gaplarni qayta
terib chiqamiz:
Maktab о'qituvchisining so'zi o'ttiz bolaga yetib boradi.
Dorifunun domlasining so'zi yuz talabaga yetib boradi.
Notiqning so'zi ming tingl ovchiga yetib boradi.
Qalamkashning so'zi bir yo'la o'n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi.
Demak, uning so'z mas'uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.(O‘.
Hoshimov)
Muallif aytmoqchi bo'lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar
yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qo'ya qolganida o'sha fikrning
ta'sirchanligi bu darajada bo'lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash
hamda miqdoriy gradatsiya usulidan foydalanib to'la va aniq yetkazishga erishgan:
o'qituvchi va bunga parallel ravishda o'ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming
tinglovchi, qalamkash- o'n ming, yuz ming kitobxon. Bu matndagi pog'onama-
pog'ona «kengayib boruvchi" leksik-semantik birliklar fonida yana-da aniq
ifodasini topgan: 1. Muassasalar: maktab > dorilfunun > ijtimoiy - ijodiy maktab,
ya'ni hayot; 2. Kasb egalari: o'qituvchi > domla > notiq > qalamkash; 3. Miqdor
o'ttiz > yuz > ming > o' n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq ko'tarilib
boradi.
Nutqda tovushlarning uyg’unlashuvi, bir tovush o’rnida ikkinchisining
talaffuz qilinishi, tovushlarning o’rin almashuvi, tovush orttirilishi, tushirib
qoldirilishi kabi fonetik hodisalar, avvalo, so’zlashuv uslubida namoyon bo’ladi.
So’zlashuv uslubi leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi qatlam
kundalik turmush muomalasida faol qo’llaniladigan ijtimoiy hayot va uy-ro’zg’or
yumushlari bilan bog’liq. Ikkinchi qatlam og’zaki nutqda ekspressiv bo’yoqqa ega
bo’lgan so’zlar:
kichkina (bolagina),
yiqildi(quladi),
buzoq (ish bilmas, galvars),
og’zi ochiq (yig’loqi).
Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy
muassasalarida,
rasmiy
diplomatik
munosabatlarida
namoyon
bo’ladigan
ko’rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha
rasmiy ish qog’ozlari ana shu uslubda rivojlanadi. Bu uslubning o’z me’yorlari
mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnlarda noaniqlikka,
izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq,
tushunarli tilda bayon qilinishi kerak.
Qolip. Fikr, mulohaza, bayon,asosan, bir qolipda ifodalanadi. Ariza, qaror,
bildirishnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli
xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o’ziga xos bayon etish qolipi bo’ladi.
Ayni paytda, ularning har birining alohida so’z va turg’un birikmalari ham mavjud
bo’ladi. Masalan, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, aybdor, gumondor,
jabrlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi va boshqalar.
Ommabop uslub o’zbek tilshunosligida filologiya fanlari nomzodi
T.Qurbonov tomonidan monografik yo’nalishda o’rganilgan. Ommabop uslub
imkoniyatlarining kengligi lingvistik va ekstralingvistik(paralingvistik) tildan
tashqaridagi omillarni mustahkam aloqadorlikda kuzatamiz. Bu uslubda yozilgan
asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, axborot va targ’ibot-tashviqot xarakterida
bo’lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz yangiliklaridan boxabar qilishi
natijasida
yuzaga
keladigan
novatorlik
unda
tabiiy
ravishda
siyosiy
terminologiyaning qo’llanishiga sabab bo’ladi.
Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy
bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo’ladi. Ilmiy
uslubning janr xususiyatlari juda keng. Monografiya, darslik, o’quv qo’llanmasi,
o’quv-metodik qo’llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat singarilar ana shu janr
ko’rinishlari hisoblanadi. Ilmiy uslubning fonetik jihatdan boshqa uslublardan farq
qiladigan jihati yo’q. leksikasidagi farq esa sohaviy atamalarning ko’pligi
hisoblanadi. So’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash, tasviriy vositalardan foydalanish
bu uslubga xos xususiyat sanalmaydi.
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar:
1. Aniqlik. Har qanday bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab etadi.
Terminlarni qo’llash bu uslubning asosiy xususiyatidir.
2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub dorasida til materiali fikrning
haqqoniyligi, obyektivlikk xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.
3. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o’ziga xos xususiyatidir. Matnda
so’zlar, gaplar, abzaslar mantiqan bog’langan bo’lishi lozim.
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning
uchun tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi.
Badiiy uslub o’zbek tili vazifaviy uslublari orasida o’ziga xos mavqega ega
bo’lib, ayni paytda o’zining alohida me’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab
olish kengligi, umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lingvistik birliklarning,
boshqa vazifaviy uslublarga xos bo’lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va
ularning muhim bir vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy
xususiyati sanaladi. Shuningdek, badiiy uslubda, xususan, poetik nutqda hozirgi
adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan so’zlar ham
ishlatilaveradi.
Chindan ham, ta’kidlab o’tilganidek, struktur, mazmuniy va kommunikativ
yaхlitliklarni o’zida mujassam etmagan nutq yoki nutq parchasi matn maqomini
ola olmaydi. Quyidagi ikki parchani qiyoslaylik:
I. Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas.
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko’zi
sekingina Anvarga ko’tarilib, yana yerga og’di. Hammaning ko’zi domlada
ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini
bo’shatsin uchun Хonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim tingladi.
CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi.
II. Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti
Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib, g’arbga botib
ketardi. O’sha yerda ham yyetti Og’ayni ufqqa bosh qo’ygan sari Hulkar
yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur o’smirligida Hulkar
yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’хshatardi. Dumini quvnoq silkitib
uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga olib ketdi.
Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda
ko’rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani unga so’nggi
bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog’lom yigitga
aylanib, Andijon chorbog’ining supasida yotganday bo’ldi. Bir lahzalik bu shirin
his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga
olib, gir-gir aylantira boshladi (P.Qodirov).
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko’rinib
turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, na
semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning
barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida-
alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi Jon
do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan kechmas gapini olib ko’raylik.
Bu qo’shma gap benihoya ham sintaktik, ham mazmuniy lakonizmga ega bo’lib
(zotan, u maqol), mazkur parchada avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki
gap o’rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga
hech bir jihatdan “qo’l uzatmaydi”, o’zaro bog’lanmaydi. Keyingi to’rt gap ham bu
gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni
parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad
bilan bog’liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. Ikkinchi
parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi gapni olib
ko’raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining presuppozitsiyasiga ko’ra bu
gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor boshqa fikr bayoni mavjudligi
anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko’ra, keyingi ifoda
ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan
ham keyingi Mana shu yyetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni
aylanib o’tib, g’arbga botib ketardi gapiga “qo’l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu
keyingi gapdagi o’sha yerda, yyetti Og’ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so’zlari
birinchi gapdagi Andijon, osmon so’zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik
aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich munosabatda
bog’langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit holatga kelgan.
Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas,
balki to’liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn
maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas. Ana shu mulohazalardan
kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki yoki
yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitligi
tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida
talqin etish maqsadga muvofiq. Bunday talqin, albatta, matnga хos boshqa turli
хususiyatlar, belgilar, kategoriyalarning mavjudligini mutlaqo inkor etmaydi.
Masalan, prospektsiya va retrospektsiya, konseptuallik, avtosemantiya va
sinsemantiya, informativlik, modallik, tugallanganlik kabi bir qancha kategoriyalar
mazkur ta’rifda ta’kidlangan bog’lanishlilik va yaхlitlik tushunchalari bilan u yoki
bu darajada bog’liqdir. Bu kategoriyalar matnning mohiyatiga daхldor mazkur ikki
o’zak хususiyatning reallashuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham matn ta’rifida
matnga хos bo’lgan barcha хossalarni, kategoriyalarni birma-bir aks ettirish uchun
alohida bir zaruriyat yo’q. Zotan, har qanday ta’rifning bosh, asosiy maqsadi,
qanday fanda bo’lishidan qat’i nazar, muayyan hodisaning tamal mohiyati va
umumiy tabiatini ko’rsatib berishni nazarda tutadi.
Matnshunoslik va uslubiyat o’zaro bir-biriga bog’liq sohalar hisoblanadi.
Qo’limizga har qanday matnni olar ekanmiz, ishni, avvalo, matnning qaysi uslubda
ekanligini aniqlashdan boshlaymiz. Nutqimizda uslublarni bayon etish ham matn
orqali amalga oshiriladi. Har qanday matn o’zida ma’lum bir uslubni namoyon
etadi. Badiiy asarlarda barcha uslublarning qorishiq holda kelishini ham
uchratishimiz mumkin.
USHBU MATNLARNI MATN TURLARIGA KO‘RA TAHLIL
QILING.
“Yolg‘iz – yolg‘iz o‘g‘il. G‘ulom bobo bilan Oysara xolaning yolg‘izi,
ortida qoladigan yorug‘ izi. Harbiyga chaqiruv keldi. Yolg‘izni afg‘on
urushiga olib ketishdi.”(“Urushning surati”).
“Qasam ichdi. Og‘zidan og‘ir gap chiqdi. Buni bir To‘xta bildi,o‘zi
bildi. Poyidan oqib o‘tayotgan ariq bildi, boshdagi tonggi osmon, oyog‘i
ostidagi yer bildi – borliq bildi.”(“Nozi… Nozigul” hikoyasi)
Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan
asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970 yilda Dordrext shahrida «Tabiiy
tillar pragmatikasi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu
anjumanda
o‘qilgan
maʼruzalar
to‘plamining
muharriri,
Tell-Аviv
universitetining professori M.Bar - Hillelning «So‘z boshi»da qayd qilishicha,
anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan «Tabiiy til vositasida bajariladigan
muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va
semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariya doirasida o‘rganilishi lozim»,
degan xulosaga kelishdi. Pragmatikaning «qayta tug‘ilish davri» - deb eʼtirof
etilgan xuddi shu paytdan boshlab, xorijiy tilshunoslikda haqiqiy pragmatik
ko‘tarilish yuzaga keldi.
I. Topshiriqlar:
1.Lutfiy qalamiga mansub quyidagi g‘azalda berilgan tasviriy vositalarni aniqlang.
2. G‘azaldagi badiiy san’atlarni aniqlang.
3. G‘azal maqtasidagi notanish so‘zlarni lug‘atdan topib izohlang.
Ko‘zungki, lolau nasrin uza uzola yotur,
Xo‘tan chechaklari ichra magar g‘izola yotur?
Xo‘tanga chun sabo eltti, soching idi ravon bo‘yi,
Giyohikim kiyiklar sepdi chun ul mushki nob o‘ldi
Tanburi asal og‘zi to‘la shahd ekaninda
Irningni ko‘rib bemaza deb, bol to‘kubtur.
Ul og‘izdur yo asalning arisi gulbarg uza
Nish ila nozuk nishon qildi-yu, to‘ldirdi asal.
I. Topshiriqlar:
1. Matnda qo‘llanilgan frazemalarni aniqlang.
2. Matndagi “og‘ir” so‘zining uslubiy vazifasini aniqlang.
3. Matndagi assotsiativ birliklarni aniqlang.
“Yolg‘iz – yolg‘iz o‘g‘il. G‘ulom bobo bilan Oysara xolaning yolg‘izi, ortida
qoladigan yorug‘ izi. Harbiyga chaqiruv keldi. Yolg‘izni afg‘on urushiga olib
ketishdi.”(“Urushning surati”).
“Qasam ichdi. Og‘zidan og‘ir gap chiqdi. Buni bir To‘xta bildi,o‘zi bildi.
Poyidan oqib o‘tayotgan ariq bildi, boshdagi tonggi osmon, oyog‘i ostidagi
yer bildi – borliq bildi.”(“Nozi… Nozigul” hikoyasi)
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Nazorat savollari:
2. Matn va uslub bog’liqligi deganda nimani tushunasiz?
3. Qolip, aniqlik terminlariga izoh bering.
4. Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari qanday?
5. Badiiy uslubning o’ziga xos jihatlarini sanab bering.
6. Ilmiy uslubning boshqa uslublardan qanday farqli jihatlari mavjud?
7. O’zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug’ullanib kelayotgan
A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday?
8. M.Yo’ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday?
9. Matnshunoslik qanday soha?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-T.:
2007.
2. Abdurahmonov G’., Mamajonov N. O’zbek tili va adabiyoti.
–Toshkent: «O’zbekiston», 1985.
3. Abdurahmonov Х., Mahmudov N. So’z estetikasi. –Toshkent: «Fan»,
1981.
4. Abdurahmonov Sh.A. O’zbek badiiy nutqida kulgi qo’zg’atuvchi lisoniy
vositalar, –Toshkent, 1997.
5. Abdullayev A. O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.–Toshkent:
«Fan», 1983, 88 b.
6. Abdupattoyev M.T. O’zbek matnida supersintaktik butunliklar. –
Toshkent, 1998.
7. Boymirzayeva S. Matn mazmunida temporallik semantikasi.-Toshkent:
O’zME, 2009. -187 b.
8. Galperin I.R. Tekst kak ob’ekt lingvisticheskogo issledovaniya.
–M.: Nauka, 1981.
9. Yo’ldoshev B. Matnni o’rganishning lingvostatistik metodlari.
–Samarqand, 2008. -90 b.
10. Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.
–Toshkent: Fan, 2007. -122 b.