MAVZU: MATN VA
USLUBIYAT
1. So’zlashuv uslubiga xos matnlarning o’ziga xosligi.
2. Ilmiy
va
ommabop
uslubga
xos
matnlar
haqida
ma’lumot.
3. Badiiy uslubga xos matnlar.
4. Rasmiy uslubga xos matnlar haqida ma’lumot.
Tayanch
tushunchalar:
Uslub,
qolip,
aniqlik,
grammatik
me’yor
Vazifaviy
uslub,
rasmiy
uslub
Izchillik,
umumxalq tili,
poetik nutq
Ekstralingvi
stik omil,
mantiqiylik
O‘zbek tili uslublarini tasnif qilish ikki omilga — til va
tildan
tashqarida
bo‘lgan
omillarga
tayanadi.
Bu
uslublarning
N.A.Baskakov,
A.Sulaymonov,
A.Shomaqsudov,
G’.Abdurahmonov,
B.O‘rinboyev,
S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari
bo’lib, ularda, asosan, beshta: so’zlashuv, ommabop,
ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e’tirof etilgan.
So’zlashuv
ulubi
kishilarning
kundalik
rasmiy,
norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining
o’ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma’lum ma’noda
tildagi boshqa uslublarga qarshi qo’yish mumkin. Bu
uslubning o’ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va
tildan tashqari omillarning uyg’un bo’lishida ko’rinadi.
So’zlashuv uslubida nutq elliptik xarakterda bo’ladi.
Lekin shunday holatda ham tinglovchiga tushunarli
bo’ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy
davomi bo’ladi. Ikkinchidan, so’zlashuv nutqida til
birliklarining
ekspressivlik
imkoniyatlarini
keng
namoyish
qiladi.
Uchinchidan,
bu
uslubda
ohang
(intonatsiya)ning o’rni kattadir.
Nutqda
tovushlarning
uyg’unlashuvi,
bir
tovush
o’rnida ikkinchisining talaffuz qilinishi, tovushlarning
o’rin
almashuvi,
tovush
orttirilishi,
tushirib
qoldirilishi kabi fonetik hodisalar, avvalo, so’zlashuv
uslubida
namoyon
bo’ladi.
So’zlashuv
uslubi
leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi
qatlam
kundalik
turmush
muomalasida
faol
qo’llaniladigan
ijtimoiy
hayot
va
uy-ro’zg’or
yumushlari bilan bog’liq. Ikkinchi qatlam og’zaki
nutqda ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar:
kichkina
(bolagina),
yiqildi(quladi),
buzoq
(ish
bilmas, galvars), og’zi ochiq (yig’loqi).
Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan
sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur
uslubning shakllanishiga asos bo’ladi. Ilmiy uslubning
janr xususiyatlari juda keng. Monografiya, darslik,
o’quv qo’llanmasi, o’quv-metodik qo’llanma, dastur,
ma’ruza,
taqriz, referat
singarilar
ana shu
janr
ko’rinishlari
hisoblanadi.
Ilmiy
uslubning
fonetik
jihatdan boshqa uslublardan farq qiladigan jihati yo’q.
leksikasidagi farq esa sohaviy atamalarning ko’pligi
hisoblanadi.
So’zlarni
ko’chma
ma’noda
qo’llash,
tasviriy
vositalardan
foydalanish
bu
uslubga
xos
xususiyat sanalmaydi.
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar:
1.
Aniqlik. Har qanday bayon, xulosa, shubhasiz,
aniqlikni
talab
etadi.
Terminlarni
qo’llash
bu
uslubning asosiy xususiyatidir.
2.
Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub dorasida
til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivlikk
xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.
3.
Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o’ziga
xos xususiyatidir. Matnda so’zlar, gaplar, abzaslar
mantiqan bog’langan bo’lishi lozim.
4.
Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos
xususiyatdir.
Shuning
uchun
tilning
tasviriy
imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi.
Ommabop uslub o’zbek tilshunosligida filologiya
fanlari
nomzodi
T.Qurbonov
tomonidan
monografik yo’nalishda o’rganilgan. Ommabop
uslub
imkoniyatlarining
kengligi
lingvistik
va
ekstralingvistik(paralingvistik) tildan tashqaridagi
omillarni mustahkam aloqadorlikda kuzatamiz.
Bu
uslubda
yozilgan
asarlarning
mohiyatan
hozirjavobligi,
axborot
va
targ’ibot-tashviqot
xarakterida
bo’lishi
va
ommani
dunyo
yoki
mamlakatimiz
yangiliklaridan
boxabar
qilishi
natijasida
yuzaga
keladigan
novatorlik
unda
tabiiy
ravishda
siyosiy
terminologiyaning
qo’llanishiga sabab bo’ladi.
Ommabop
uslub
tilning
yangi
so’z
va
iboralar bilan boyib borishiga ko’maklashadi.
Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi,
ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor
qo’llanishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa,
dialektizmlar,
istorizmlar,
argo
va
jargonlar
qo’llnilmasligi
bilan
undan
uzoqlashadi.
Ifodaning
aniqligi
va
publitsistik
janrlarga
xoslangan
hamda
ijtimoiy,
siyosiy
terminologiyaning
qo’llanishi
bilan
ilmiy
uslubga o’xshaydi.
Badiiy
uslub
o’zbek
tili
vazifaviy
uslublari
orasida o’ziga xos mavqega ega bo’lib, ayni
paytda o’zining alohida me’yorlariga ham ega.
Til materialini qamrab olish kengligi, umumxalq
tilida
mavjud
bo’lgan
barcha
lingvistik
birliklarning,
boshqa
vazifaviy
uslublarga
xos
bo’lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va
ularning muhim bir vazifani bajarishga xizmat
qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati sanaladi.
Shuningdek,
badiiy
uslubda,
xususan,
poetik
nutqda
hozirgi
adabiy
orfografik
me’yor
talablariga muvofiq kelmaydigan so’zlar ham
ishlatilaveradi.