Mavzu: Matning konseptual tahlili
Reja:
1.Konsept tushunchasi va uning “Matn lingvistikasi” fanida tutgan o’rni.
2.Matnlarni tahlil qilishda konseptual yondashuv.
3.Konsept haqida N.Boldirev,N.Tixonova,M.F.Nikitining qarashlari.
Konsept atamasi tilshunoslikka doir tadqiqotlarda XX asrning birinchi yarmidan
paydo boʻla boshlagan. Bu atama (concept) ingliz tiliga oid soʻz boʻlib, rus
tilidagi ponyatie
(tushuncha) atamasining
ekvivalenti
hisoblanadi.
Keyingi
vaqtlarda tushuncha termini bilan aralashtirib yuborila boshlagach, uning tom
maʼnodagi mazmunini aniq shakllantirishga qaratilgan ishlar tadqiq qilina
boshlandi. Kognitiv tilshunoslikda konseptning oʻrni alohida ekanligi olimlar
tomonidan koʻp bor taʼkidlangan. Jumladan, Ye.S.Kubryakova konseptning
ongimiz va ruhiy imkoniyatlarimiz hamda inson bilimi, tajribasini aks ettiruvchi
tafakkur birligi ekanligi haqida fikr yuritadi. Uning fikricha, konseptual tizim fikr
yuritish hamda inson psixikasida voqelik qiyofasini aks ettiruvchi tuzilmadir, xotira
mental leksikonning faol mazmun birligi, miyaning konseptual tizimi, butun olam
manzarasi inson ruhida aks etadi.
Kognitiv tilshunoslikning eng muhim tamoyili har qanday lisoniy shakl asosida
inson tafakkur faoliyatining mahsuli boʻlgan mental tuzilma — Konsept turishini
eʼtirof etishdan iboratdir. Soʻnggi oʻn yil davomida „konsept“ filologiya fanida eng
keng tarqalgan atamalardan hisoblanadi. U nafaqat tilshunoslik elementi, balki
adabiyotshunoslik, falsafa, mantiq va madaniyatshunoslik kabi fan sohalarida ham
oʻz ifodasini topgan. Shunga qaramay, u hozirgi vaqtgacha aniq bir taʼrifga ega
emas, shu bilan birga, turli sohada turlicha izohlanadi. Jumladan, Konseptning
kognitiv
tilshunoslik,
lingvokulturologiya,
shuningdek,
adabiyotshunoslik
fanlaridagi izohi oʻzaro farqlanadi.
Til inson ongida konseptni ifodalovchi va shakllantiruvchi vositalardan biridir.
Konsept inson aqliy dunyosidagi madaniyatning asosiy yacheykasidir. Konseptlar
inson ongida nafaqat so'zning lug'aviy ma’nolari asosida, balki shaxsiy hamda butun
bir xalqning madaniy-tarixiy tajribasidan kelib chiqib paydo bo'ladi. Tajriba qancha
boy bo'lsa, konseptning chegarasi shunchalik keng bo'ladi. Aynan shunday holatda
konsept o‘zini har tomonlama namoyon eta oladi. Zotan, konsept dunyoni bilish
hamda u haqida o‘z tasavvuriga bo‘lish demakdir.
Konseptlar xalqning ongida jamoa merosi sifatida, uning ma’naviy mulki,
madaniyati sifatida namoyon bo‘ladi.N.N.Boldirevning ta’kidashicha, konseptlar til
kategoriyalari shakllanishining asosida yotadi. Shunga ko'ra til birliklari va til
kategoriyalari ma’nolarini kognitiv semantika doirasida tadqiq qilish konseptual
analiz metodi asosida amalga oshiriladi. Konseptual analiz til birliklari va
shakllarida ifodalangan dunyoni anglash, tushunish, fikrlash, bilish usullarini
o'rganishni taqozo qiladi. Bunda ma’nolar so'zlar, so'z birikmalari, jumlalar va,
umuman, matnlar bilan ifodalanishi mumkin. Konseptual analiz konseptlar
mazmunini va bu bilan bir qatorda yashirin, assotsiativ va b. konseptual
xarakteristikalarni aniqlaydi.
N.Tixonovaning fikricha: “Konsept grammatik kategoriya bo'lib, u o'zining formal
ko'rsatkichlariga va shu kategoriya ichidagi differensial belgilariga
egadir”.M.V.Nikitinning ta’kidlashicha esa: “Konsept sxolastik strukturaga ega
bo'lgan diskret ko'pfaktorli mental birlikdir”.Konseptning ta’riflari haqidagi
ko'plab fikrlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: 1. Konsept – bu
ongda “nimanidir” bir lahzada chaqnashi. 2. Konsept – bu har bir elementi
abstraksiyaning yuqori darajasiga intiluvchi irearxik tashkil qilingan struktura. 3.
Konsept – bu yagona butunlik bo'lib, u elementlari o'zaro bog'langan va o'zaro
harakatda bo'lgan maydon tushunchasi bilan bog'lanadi. 4. Konsept – bu so'zlarning
predmet yoki tushuncha sohasiga taalluqli ekanligiga qarab guruhlanishi. 6. Konsept
–bu operativ mazmuniy xotira, mental leksikon, konseptual sistema va ong tili
birligidir.
Fikrimizcha,
badiiy
asarlarda,
xususan,
nasriy
asarlarda
lingvokulturologiyada asosiy konseptlar hisoblangan hayot, o'lim, ona, Vatan,
muhabbat, yaxshilik, adolat, ayol kabi tushunchalar ifodasi ko'p uchraydi. Badiiy
asar ijodiy faoliyat mahsuli bo'lganligi sababli, muayyan konsept ifodasi bu kabi
matnlarda, tabiiyki, birinchi navbatda individuallik, obrazlilik belgilarini namoyon
etadi.F.M.Dostoyevskiy va M.A.Bulgakov romanlarini lingvokognitiv tahlil qilgan
O.A.Aktisova o'z ishida tavsifiy xarakterdagi mikromatnlarda konsept matn
yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi o'zbek
yozuvchilari asarlaridan olingan mikromatnlar ham bu fikrning to'g'ri ekanligini
tasdiqlaydi.
Vatan konsepti deyarli barcha ijodkorlar ijodida keng o’rin egallaydi. Z.M.Bobur
ijodida ham Vatan mavzusi, vatanparvarlik g‘oyasi muhim va o‘zgacha namoyon
etiladi. Ma’lumki, Bobur vatandan ayro tarzda yashagan, bir umr vatanga qaytish
ishtiyoqi uni tark etmagan. Shu tufayli uning ijodidagi mashuqa, hijron obrazlari
vatan konsepti yaratilgan.
Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatta kishi.
Ko‘nglum bu g‘aribliqda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoq-u g‘urbat sharhin
Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
Katta yo'l bo'yida daraxt o'sardi... Ittifoqo uning tagiga bir yo'lovchi keldi. Kun issiq,
yo'lovchi charchagan edi. Daraxt soyasida o'tirib dam oldi... Yo'lovchi ochiqqan edi.
Qarasa, daraxtda mevalar pishib yotibdi. U daraxtga chiqishga erindi: tosh otdi.
Mevalar duv to'kildi. Yo'lovchi to'ygunicha yedi ...Manzil olis edi. Yo'lovchi daraxt
shoxini sindirib, tayoq yasadi...Keyin... zahar tang qilib qoldi. Yo'lovchi daraxt
panasiga o'tdi... So'ng... yo'liga ketdi...Daraxt boshqa yo'lovchini kuta boshladi... Bu
daraxtning nomi yaxshilik edi... (O'.Hoshimov. “Yo'l bo'yidagi daraxt”)
O'.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan olingan mazkur matnda
YAXSHILIK konsepti o'z ifodasini topgan. Matnda bu konsept “daraxt” ramzi
orqali ifodalangan bo'lib, muallifning kognitiv-diskursiv faoliyatida qo'llangan
o'xshatish amali matnning metaforik mazmun kasb etishiga olib kelgan.
Konsept quyidagi xususiyatlarga ega bo'la oladi:
Tilshunoslikda konsept lingvokognitiv va lingvomadaniy hodisa sifatida qaraladi.
Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining asosiy mavzusi
konsept bo'lib, u tafakkur birligi sifatida millatning ma’naviy qadriyatlarini aks
ettiradi.
Kognitiv tilshunoslikda konsept hayotiy obraz, til birligini anglatuvchidir.
Konsept tabiatini tushuntirish va anglash til orqali kechadi.
Konsept xotiraning operativ birligi bo'lib, fikriy, lisoniy, konseptual tizimlar va ong
tili, borliq bilimlarni o'z ichiga oladi.
Konsept o'ziga xos madaniy qatlam, inson va olam o'rtasidagi aloqa tasviri.
Konseptlar inson ongida nafaqat so'zning lug'aviy ma’nolari asosida, balki shaxsiy
hamda butun bir xalqning madaniy-tarixiy tajribasidan kelib chiqib paydo bo'ladi.
Tajriba qancha boy bo'lsa, konseptning chegarasi shunchalik keng bo'ladi.
Sо‘zning konseptual shartlanishini dastlab A. Vejbitskaya, Ye. V. Vasileka, R. M.
Gaysina, G. F. Gacheva, B.A. Drozdov,Ye. P. Lisitskaya, V. I. Nevoyt, J. P.
Sokolovskaya va boshqalarning ishlarida kо‘rish mumkin (9, 147–148). Mazkur
tilshunos olimlarning tadqiqotlarida til manzarasining xususiyati va shakllanish
spetsifikasining konseptda aks etishi bo‘yicha kuzatishlari natijasidagi xulosalari aks
etgan.Ayni paytda, ular konseptni boshqa yondosh tushunchalar bilan taqqoslashga
harakаt qiladilar va ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini farqlaydilar,
konseptlar spetsifikasini belgilaydilar.Biroq ularning ishlarida konseptni о‘rganish
modeli kо‘rsatilmaydi.Mana shu о‘rinda, I. A. Sternin tadqiqotlarida keltirilgan
model asosida “yaxshilik” va “yomonlik” konseptini tahlil qilamiz:
I. A. Sternin konsept strukturasini о‘rganish metodikasi masalalariga
bag‘ishlangan о‘z tadqiqotlarida barcha konseptlarning uch asosiy
tipini ajratadi:
1. Bir bosqichli — о‘zida faqat bir asos tushunchani — predmet tasavvurini aks
ettiruvchi konseptlar.
2. Kо‘p bosqichli — bir qancha kognitiv tushuncha — qatlamdan iborat, ya’ni
mavhumlik tushunchasining ortishi jarayonida bir-birini tо‘ldiruvchi, ayni damda
birining о‘rnida boshqasi qо‘llanishi mumkin bо‘lgan kognitiv qatlamni aks
ettiruvchi konseptlar (masalan, “bilimdon” konsepti).
3. Segment — ya’ni asosiy qatlamda bir qancha segmentlar bilan о‘ralgan,
mavhumlik darajasi bir xil kо‘rinishda bо‘lgan konseptlar (“tolerantlik” konsepti)
“yaxshilik” va “yomonlik” konseptlarini teng darajadagi “ezgulik”,“xotamtoylik”,
“razillik”, “xasislik”, “ichi qoralik”, “ziqnalik” kabi segmentlar qurshovidaligi
belgilangan holda yuqoridagi tasniflarning uchinchi tipiga kiritishimiz mumkin.
Y. A. Stepanov esa konseptning struktur modelini quyidagicha
belgilaydi:
1) asosiy, aktual belgi ifodalovchi konseptlar;
2) о‘zida tarixiylik kasb etgan, tо‘ldiruvchi “nofaol” belgi ifodalovchi konseptlar;
3) sо‘z shaklda ham ichki, ham tashqi kodlashtirilgan konseptlarga ajratiladi
Bu о‘rinda “yaxshilik” konseptini tahlil qiladigan bо‘lsak, u holda biz mazkur
konseptning aktual belgisi -imlo lug‘atidagi dastlabki ma’nosi:ijobiy; ikkinchi
modelning komponenti esa — tо‘ldiruvchi, tarixiy belgisi -lug‘atda berilgan
ikkinchi ma’nodagi tushunchani anglatishidir:“имущество, вещи” sо‘zlarini
oladigan bо‘lsak, mazkur anologiya mantiqan tо‘g‘ri, chunki bizning mulkimiz,
bizga qoldirilgan meros biz uchun foydali va qadrli. Uchinchi komponent bо‘yicha
esa, “insonlar о‘rtasidagi munosabat, odamlarga yaxshilik qilish”dir.“Yomon”
konseptini mazkur sxema asosida tahlil qilib kо‘radigan bо‘lsak, birinchi asosiy
tushunchasi sifatida “qandaydir yomon, salbiy” tushunchalarini; ikkinchi
komponenti sifatida esa mazkur sо‘z anglatgan ikkilamchi ma’nolar —”razolat”,
“yomonlik”, “baxtsizlik”, “kulfat” “yoqimsizlik” kabi ma’nolarni; uchinchi
komponenti esa anchagina “yaxshi” konseptiga nisabatan ancha kengligini
kо‘rishimiz mumkin, ya’ni u “yomonlik”, “razolat, “kulfat”, “razillik” sо‘zlarida
yana alohida sо‘z ifodalash asosiga ega ekanligini kо‘ramiz mumkin. Albatta,
konsept tasnifi bо‘yicha yuqorida keltirilgan har ikki model-qolip ham alohida
e’tiborga molik, chunki ularning har ikkalasi ham bir-birini inkor etmagan holda,
aksincha, bir-birini tо‘ldirishga xizmat qiladi va konsept tushunchasini har
tomonlama chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Kо‘p ma’noli sо‘zlar ichida, о‘zi
anglatgan tushunchadan tashqari,“yaxshi” va “yomon” konseptlari kо‘chma
ma’noda kelishi (masalan, “issiq” (ikkinchi ma’noda), oddiy-bо‘ladi (ma’nosida),
“zarakunanda” (ikki ma’noda) qora (o‘n olti ma’noda). Mazkur sо‘zlarning asosiy,
yanada aniq semantik mazmuni asosan “rahmdil”, “yaxshilik” “ezgulik”,
“xotamtoylik” kabi sо‘zlarda; о‘git, ixtiyoriy, kо‘ngilli kabi sо‘zlarda bir oz sust
ifodalanishiga qaramay,ularning ham semantik tarkibi “yaxshi” konseptiga
asoslanadi. “Yomon” konseptida esa “razolat”, “vahshiylik”, “dahshat”, “zulmat”,
“zulm” sо‘zlari yorqin tushunchani ifodalasa, “ishyoqmas”, “dangasa”, “yalqov”
sо‘zlarida bu “yomon” semasi ancha uzoqlashganini, biroq ularning asosida
ham “yomon” semasi ozmi-kо‘pmi о‘z ifodasini saqlashini, demak mazkur
konseptga bog‘liqligini kuzatishimiz mumkin.
Til ifoda konseptlarining qо‘llanishi va ularni tasniflash asoslari.
Yig‘ilgan materiallarni sematnik asosdagi tahliliga tayanib, “yaxshi” va “yomon”
konseptlarini tahlil qilish orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
• “yomonlik” tarqatuvchi kishilarga nisbatan “yaxshilik” qiluvchi kishilar о‘zbek
xalqi mentalitetiga bog‘liq ravishda ancha keng, ya’ni yaxshilik qiluvchi kishilarni
konseptual atash, “yomonlik” tushunchasini beruvchi atash semasiga nisbatan
kо‘proq qatlamni tashkil qiladi;
• biz qalbimiz tubiga singgan “yaxshi” tushunchasini “yomon” tushunchasiga
nisbatan keskin farqlaymiz;
• kuzatuvlarimizga qaraganda, har qaysi insonga ham (hech bо‘lmaganda sо‘z
orqali) “yaxshi” bо‘lishdan kо‘ra “yomon” bо‘lishga ehtimollik darajasi ikki barobar
ortiq;
• kishi kimnidir yaxshi qilishga qodir emas, chunki ana shunday tushunchani
anglatuvchi sо‘zning о‘zi tilda mavjud emas (xotamitoy, qо‘liochiq, saxiy
sо‘zlaridan tashqari).
Tilni konseptual ifodalashning morfologik xususiyatlari.
“Yaxshi” va “yomon” konseptlari ot sо‘z turkumiga oid sо‘zlar orqali ifodalanadi.
Bu esa sо‘zlovchi tafakkuridagi “yaxshi” va “yomon” konseptlari predmetning belgi
xususiyati bilan bog‘liqdir.Xulosa qilib aytganda, kognitiv tilshunoslik — obyekti
inson ongi,tafakkuri va uning mental jarayon va holatlarini birgalikda о‘rganish
bilan shug‘ullanuvchi alohida ilmiy soha sanaladi. U anglash va bilimlar, inson
faoliyati davomida olamni anglash jarayonlari haqidagi fandir. Kognitiv
tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan biri, bu —konseptdir.Konseptlar
xalqning ongida jamoa merosi sifatida, uning ma’naviy mulki, madaniyati sifatida
namoyon bо‘ladi. Aynan jamoa ongi (fikri)konseptning yashovchanligini
ta’minlovchi muhim vositalardan biri sanaladi.
Nazorat savollari:
Konsept tushunchasi va uning matn tilshunosligidagi o‘rni haqida gapiring.
Konsept va tushuncha atamalarining farqlab bering.
Vatan konsepti qaysi ijodkorlar ijodida o’zgacha tasvirlangan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qurbonova M., Yo'ldoshev M. Matn tilshunosligi: Lingvistika (o'zbek tili)
mutaxassisligi magistr talabalari uchun o'quv qo'llanma. – Toshkent: Universitet,
2014. –B. 115.
2. Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: Фан
нашриёти, 2013. –Б. 136.
3. Воҳидов Е. Сўз латофати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2014. –Б. 152.
4. o'tkir Hoshimov, http://utkir.edunet.uz , http://www.ziyouz.com
5. Dilgam, A.G. (2017). Investigating the Term of “Concept” In Modern Linguistics.
Advances in Social Sciences Research Journal, 4(1) –P. 179-184.