Mavzu:
Matnning
pragmatik
tahlili
1. Pragmatizm va pragmatika.
2. Matnda tagma`no.
3. Matnda presuppozitsiya.
4.
Matnda
va
nutqda
pragmatik
munosabatlarning gender belgilarida
ifodalanishi.
Tayanch so`z va iboralar:
Pragmatika, tagma`no, presuppozitsiya, propozitsiya,
matn semantikasi, semiotika, appelyativ funksiya,
ekspressiv funksiya
Tilshunoslik fani taraqqiyotida til faktlari tadqiqiga
turlicha yondashuvlar mavjud. Shu
yondashuvlardan biri semiotik yondashuv
hisoblanadi. Tilga semiotik yondashuv asosida
pragmalingvistika yo’nalishi yuzaga keldi.
“Pragmatika” so’zi grekcha “pragma” so’zidan
olingan bo’lib, bajarilgan, bajarilayotgan,
bajarilishi zarur bo’lgan ish hamda “pragmatiko”
so`zi esa ishga qobilyati bor, ishchan, ishbilarmon
kabi ma`nolarni bildiradi.
Tilshunoslikda “pragmatika” terminining paydo
bo’lishi falsafaning pragmatizm yo’nalishi bilan
aloqador sanaladi. Pragmatizmning falsafiy asoslari
XIX asrning 70-yillarida AQSHda tug’ilib, uning to’la
shakllanishi XX asrning o’rtalariga qadar davom
etgan.
Pragmatika termini va pragmatik g’oyalarning aynan
tilshunoslik sohasida shakllanishiga katta hissa
qo`shgan olim avstriyalik psixolog olim Karl
Lyudvig Byuller.
Byuler lisoniy birliklarning
funsiyalari asosida tilning
mohiyati va ifoda talqiniga
oid uch strukturani ajratadi:
ekspr
essiv
reprez
entati
v
appel
yativ
Tilning
reprezentativ
funksiyasi
Tilning
eksperessiv
funksiyasi –
his-tuyg`ular
ifodasi
• xabar
berish
• his-
tuyg`ular
ifodasi
Pragmatika termini XX asrning 30-yillarida Morris
tomonidan fanga olib kirilgan. U semiotikani semantika,
sintaktika,
pragmatika
kabi
tarkibiy
qismlarga
ajratgan.
Tilshunoslik
fanining
yangi
tarmog’i
sifatida
pragmatikaning
shakllanishi
va
tan
olinishi
1970-
yillarning
ikkinchi
yarmiga
to`g`ri
keladi.
Bunga
lingvistik
pragmatika
baxsiga
oid
maqolalarning
to`plam holda nashr qilinganligi sabab bo`lgan.
Tagma`no
Tagma’no ko’pincha propozitsiya vositasida bayon qilinib, faqat ba’zi
holatlardagina propozitsiyadan keyin muallif izohi sifatida oshkora
verbal bayonga ega bo’ladi.
Masalan: Anchadan keyin Qalandarov xuddi o’ziga gapirganday
dedi - Kolxozda ayshingizni qilib yura berasiz. Partiya mashkilotining
sekretariga ish yo’q deyish mumkin. Paxta har yili yuz! Pilla yuz!
Oqsagan tarmog’imiz yo’q deyish mumkin. O’zingiz ham bilsangiz
kerak? Saida nima deyarini bilmay qoldi. Qalandarovning bu
gaplaridan: «Sen emas, sendan durustroq sekretarga ham muhtoj
emasman» degan ma‟no chiqar edi (A. Qahhor). Bu matnda
so’zlovchi kommunikativ faoliyati bilan bog’liq tagma’no propozitsiya
tarkibida yashirin bayon qilinadi. Nutq subyekti propozitsional
mazmunni so’roq akti bilan bayon etish natijasida mazkur akt vositasi
bilan tagma’noga ishora qilinadi. Bu tagma’no «Sen emas, sendan
durustroq sekretarga da muhtoj emasman» mazmunidan iboratdir.
So’roq akti orkali tagma’noga ishora qilish bilan tinglovchidan
ma’lum nutqiy akt tasdig’i talab etiladi.
Presuppozitsiya hodisasi
Presuppozitsiya hodisasi tilshunoslikning barcha
bo‘limlarda ham o‘rganilgan emas, albatta. Biz
o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘zbek tilida presuppozitsiya
hodisasi ham hali o‘rganilmagan masalalardan biridir.
O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning 80- yillaridan
boshlab til birliklarini pragmatik xususiyatlarini
o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa, gap tadqiqi
yuzasidan olib borilgan ishlarda presuppozitsiya
hodisasiga e’tibor qaratildi. O‘zbek tilshunosligi sohasida
D.Lutfullayeva, U.Rahimov, H.Mahmudov kabi soha
vakillari o‘zlarining ilmiy maqola va tadqiqot ishlarida
presuppozitsiya hodisasini tilning ma’lum sathlari
doirasida tahlil etganlar. Shu bois, presuppozitsiya
masalasi o‘zining dolzarblik darajasini yo’qotgani yo‘q,
balki o‘z yechimini kutayotgan masalalardan biridir.
O‘zbek tilida bir so‘z orqali murakkab mazmunni
ifodalovchi presuppozitsion signallar xilma-xildir. Shu
signallar orqali bir so‘zning o‘zi ifodalagan ma’nosidan
tashqari qo‘shimcha ravishda undagi yashirin ma’nolarni
ham his etish lozim. Bu yashirin ma’nolarni tatqiq etish
bilan bevosita presuppozitsiya sohasi shug’ulllanadi.
Presuppozitsiyaga asosan til hodisasi sifatida qaralib
unga quyidagi belgilarni asos sifatida qaraladi:
bevosita ifodalanmaslik,
gap qurilishidan anglashilish.
Bundan chiqadiki, leksik sathdagi so‘z va boshqa
birliklardan ifodalanmoqchi bo‘lgan ma‘nolar ham yaqqol
ko‘rinmaydi, balki bu ma’no so‘zni sinchikovlik bilan
qaralgandagina yuzaga chiqadi. Bu yashirin ma’noni
aniqlash esa presuppozitsiya hodisasining vazifasidir.
Matn semantikasi bilan bog’liq muammolarning o‘rganilishi
pragmatikaning shakllanishiga katta turtki bo‘ldi.
Pragmatikaning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “presuppozitsiya
haqidagi qarashlar nemis mantiqshunosi G.Frege
tomononidan ilgari surilgan. Uning takidlashcha
presuppozitsiya hukmning mantiqiy asosi hisoblanadi” . U
fikrini isbotlash uchun “Kepler bechoralikdan olamdan o‘tdi”
gapini misol ketiradi. Va bu yerda presuppozitsiya sifatida
Kepler degan odamning yashganligini nazarda tutadi.
G.Frege mavjudlik bildiruvchi ikkinchi hukmni presuppozitsiya
deb ataydi.
Presuppozitsiya termini tilshunoslikka P. Stroson nomi bilan
bog’liq bo‘lib uning qarashlari ham Fregening qarashlariga
juda yaqin turadi. Bugungi kunda presuppozitsiya termini
ostida – muayyan jumla takibida bevosita ifodalanmagan,
yashirin hold aks etgan ma’no tushuniladi – deya ta’kidlaydi.
A.Nurmonov o‘z ishlaridan birida:
“Bizning fikrimizcha presuppozitsiyani
yashirin ma’no bilan bog’lasak,
presuppozitsiya va tag ma’noning
o’rtasidagi farqni yo’qqa chiqarib
qo‘yamiz. Bizning fikrimizcha
presuppozitsiya termini ostida jumladan
anglashilgan yashirin ma’no emas balki
yashirin hukm, aniqrog’i axborot
anglashiladi”, - deb ta`kidlagan edi
olim.
Har bir tilning lingvistik presuppozitsiyaga ishora
qiluvchi o‘z tashqi signallari mavjud. U.Rahimov
lingvistik presuppozitsiyaning o’zbek tilidagi tashqi
signallarini quyidagicha tasniflaydi: 1. Leksik
vositalar. 2. Morfologik vositalar. 3. Sintaktik
vositalar. U. Rahimov presuppozitsiyaga yo‘l
ochuvchi leksik vositalarga omonim, sinonim va
antonim so‘zlarni, morfologik vositalarga ma’lum
so‘z turkumlaridagi kategoriyalarni hamda
ko‘makchi va yuklamalarni kiritadi. Sintaktik
vositalar sifatida so‘roq gaplar, o‘xshatishli
qurilmalar hamda so‘z tartibini ko‘rsatadi. Uning
boshqa ishida «presuppozitsiyaning lisoniy
ko‘rsatkichlari – fonema, morfema, leksema, so‘z
shakl, so‘z birikmasi, gaplar ishorasi» tarzida
belgilanadi.
Presuppozitsiya til birligining nutqiy vaziyat
hamda nutq egalarining til ko‘nikmalari bilan
bog’liq tarzda yuzaga chiquvchi pragmatik
xususiyati bo‘lib, mohiyatan gap qurilishi asosida
yotuvchi yashirin hukmning tashqi ishoraga
asoslanuvchi ko‘rinishini anglatadi. Bunday tashqi
ishora tilda moddiy ifodachisiga ega bo‘lganda,
presuppozitsiya lingvistik xususiyat kasb etadi. Bu
jihatdan, lingvistik presuppozitsiyaning gapda
lisoniy vositalar ishorasi asosida yashirin
ifodalanuvchi axborot tarzida baholanishi asosli.
Ma’lumki, shu kunga qadar tilshunoslikda bu
hodisaga nisbatan presuppozitsiya, prezumpsiya,
tagbilim, ichki ma’no, monema, pragmatik
ma’no, sigmatik ma’no terminlari qo’llandi.
Tagma`no
1. Bayon qilingan jami propozitsion
axborotning
umumiy
yakuni
so’zlovchi nazarda tutgan tagma`no
hisoblanadi.
2.
Asosiy
xususiyatlaridan
biri,
tagma`noning
oshkora
verbal
bayonga ega bo’lmasligidir.
3. Tagma`no ko`proq so’z
o’yinlarida uchraydi.
4. Tagma`noni matnda qo’llashdan
maqsad,
muloqotning
boshqa
ishtirokchilardan
ma`lum
axborotni sir saqlashdir.
5. Tagma`no har
qanday matnda
ham bo’lavermaydi.
Presuppozitsiya
1.
Presuppozitsiya matnni semantik
murakkablashtiradi. Ayrim so`z
yoki grammatik shakl orqali
ifodalangan propozitsiya o’zining
eng ixcham shakliga ega bo’ladi.
2.
Presuppozitsiya matndagi
popozitsion strukturaning tahlil
qilish jarayonida amalga oshadi.
3.
Presuppozitsiyani aniqlash atn
orqali bayon qilingan semantik
strukturani tahlil qilish usuli
orqali amalga oshadi.
4.
Presuppozitsiya istalgan matn
semantik tuzilishining mantiqiy
tahlili yordamida aniqlanadi.
Presuppozitsiyaga misollar:
Darsga faqat Anora kelmadi.
Bu gapda Anoradan boshqa hamma kelganini bildiradi.
Bu gapda tashqi signal sifatida morfologik vosita yuklama
vosita bo`lyapti.
> Mehrining katta o’g’li xorijdan keldi.
Bu gapda Mehrining kichik o`g`li ham borligi
anglashiladi.
- Mehrning yosh-qarisi bo`ladimi?” Mehr-eng oliyjanob tuyg`u.
- Yig`lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi?
- Mehnatning aybi bormi?
- Nimaga xafa bo`lmas ekanman?
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan
Bizning bo`ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor,
So`lim Surxon qayda bor,
Samarqand non qayda bor,
O`zbekiston qayda bor.
( Muhammad Yusuf)
Gender tushunchasi jahon
olimlar talqinida
Ilm-fan, tadqiqotlar maydoniga gender tushunchasi
o`tgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Bu tushunchani
tilshunoslar tomonidan o`rgangan olimlar qatoriga
Gumbold, Potebnya, Lakoff, Kubryakova, Maslova,
Stepanov, Semenova kabi olimlar o`rgandi.
Gender tushunchasi o`zbek
olimlar tomidan
o`rganilganligi
O`zbek tilshunoslar tomonidan esa
Rahmatullayev, Mamatov, Yo`ldoshev,
Bakirov, Xoliqova, Ismailov, Xakimova,
Ergashev, Yigitaliyeva, Aliyeva va
boshqa olimlar tomonidan o`rganilgan.
Fanlararo bog`lilik jihatidan gender
tushunchasini Aliyeva “O`zbekiston
Respublikasida gender tengligini
ta`minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy
asoslari” nomli ishida gender
tushunchasini konstitutsiyaviy jihatdan
o`rgangan.
Xulosa:
1. Presuppozitsiya va tagma`no bir sath
doirasida tekshirilsa ham, ular alohida-
alohida pragmatik hodisalardir.
2. Presuppozitsiya tilning pragmatik
aspektni namoyon etuvchi hodisa
sifatida kontekst, nutq vaziyati, til
egalarining nutq obyekti haqidagi
umumiy bilimlari tushunchalari bilan zich
bog`lanadi va gapning semantik
tuzulishi bilan bog`liq hodisa sifatida
maxsus tadqiq etiladi.
3. Presuppozitsiyaning asosiy belgisi, matn orqali bayon qilingan
hukmga zid tarzda mazmuniy munosabatning anglanishidir.
4. Tagma`no har qanday gapda ham bo`lavermaydi.
5. Presuppozitsiya esa istalgan matn semantik tuzulishining mantiqiy
tahlili yordamida aniqlanishi mumkin.
Savol va topshiriqlar:
Pragmatika so`zi qaysi tildan olingan va ma`nosi
nima?
Pragmatizmning falsafiy asoslari qaysi davrga to`g`ri
keladi?
Presuppozitsiya terminini tilshunoslikka kim olib kirgan?
Rahimov lingvistik presuppozitsiyani tashqi signallarini
nech turga bo`ladi?
Adabiyotlar ro`yxati:
1. M. Hakimov – “O`zbek pragmalingvistikasi asoslari”.
– Toshkent: Akademnashr, 2013
2. E. Yusufjonov – “ Lingvistik presuppozitsiya
pragmatik muammo sifatida yuzaga kelishi”
3. Mirzayeva Maftuna – Pragmatika – tilshunoslikning
muhim bo`g`ini
4. Hamdamova Sevara – Gender tushunchasi va uning
mohiyati