Mavzu: Matnning pragmatik tahlili
Reja:
1. Pragmatizm, pragmatika, pragmatik tahlilning shakllanishi va uning
tilshunoslikdagi o‘rni.
2. Matndagi tag ma’no va presuppozitsiya.
3. Matnda va nutqda pragmatik munosabatlarning gender belgilarida
ifodalanishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Pragmatika, pressupozitsiya, matnda tag ma`no,
pragmatik munosabatlar.
Pragmatizm, pragmatika, pragmatik tahlilning shakllanishi va uning
tilshunoslikdagi o‘rni.
Pragmatika (yun. pragma, pragmatos — ish, harakat) — semiotika va
tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini oʻrganuvchi sohasi;
boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini oʻzlashtirib, undan foydalanuvchi
subʼyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini oʻrganuvchi fan tarmogʻi.
Pragmatika haqidagi asosiy gʻoya amerikalik olim Ch. Pirs tomonidan oʻrtaga
tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu gʻoyani rivojlantirgan va
"Pragmatika" terminini semiotika boʻlimlaridan birining nomi sifatida amaliyotga
kiritgan.
Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq
jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik pragmatika
aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning doirasiga soʻzlovchi subʼyekt,
adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv
vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar kiradi.
Masalan, nutq subʼyekti bilan bogʻliq holda quyidagi masalalar oʻrganiladi:
Bayonning oshkora va yashirin maqsadlari
- (biron-bir axborot yoki fikrni yetkazish, soʻroq, buyruq, iltimos, maslahat,
vaʼda berish, uzr soʻrash, tabriklash, shikoyat va boshqalar);
- nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, soʻzlashish qoidalari;
soʻzlovchining maqsadi;
-
soʻzlovchi
tomonidan
adresatning
umumiy
bilim
jamgʻarmasi,
dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa hislatlariga baho berilishi; soʻalovchining oʻzi
bayon qilayotgan xabarga munosabati kabilar.
Pragmatikada nutq adresati, oʻzaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari,
muayyan aloka vaziyati singari omillar bilan bogʻliq holda ham koʻplab masalalar
oʻrganiladi.
Pragmatika gʻoyalari evristik (yoʻnaltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi,
informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qoʻllanadi.
“Pragmatika’’ (pragma – ish, harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u
Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk
E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada
pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy tara qqiyot davri XIX-XX
asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20 -30- yillarida pragmatiz m g‘oyalar ining keng
targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amеrika va Yevropada bu targ‘ibotning keng
yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlar
ini alohida qayd etmoq kerak. XIX asrning oxiri XX asr boshlar ida Amerikada
hukmron bo‘lgan falsafiy pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan biri Charlz
Pirs edi.
Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining ma’no -
mazmunini ushbu belgi vositasida bajar ilayotgan harakatning samarasi, natijalari,
muvaffaqqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch. Pirs bir
inchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti
omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Pragmalingvistika tilshunoslikning
mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillar ida shakllandi. 1970- yilda
Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi”(Pragmatics of natural languages)
mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2. Matndagi tagma’no va presuppozitsiya.
Matn tarkibi uch qismga bo`linadi: a) ifoda qobig`i, b) matn mazmuni
(semantikasi) v) matn grammatikasi.
Matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida
yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar.
Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi.
Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan
o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish
presuppozitsiya va implikatsiya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki
tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida
oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin
hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan
bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppoziciya yoki
implikaciya deb yuritiladi.
Matnni tashkil etuvchilar orasidagi bog`lanishda gapning aktual bo`linishi
imkoniyatlari muhim o`rin tutadi. Bu nazariyaga ko`ra, har qanday gap ikki qismga
bo`linadi: a) eski axborot qismi – tema; b) yangi axborot qismi – rema. Yangi
gapni matn tarkibida shakllantirishdan maqsad remani ifodalashdir. Gap esa faqat
remadan tashkil topmaydi, ya`ni uning tarkibida tema ham bo`lishi kerak, chunki
shu gap o`z temasi (eski axboroti) bilan oldingi gap yoki gaplar sistemasi bilan
o`zaro bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, matn tarkibida gaplar ichida temalar va
remalarning ana shunday almashinib kelishi matnning yaxlitligini, butunligini,
o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi.
Matn tilshunosligining aniqlashiga ko`ra, rema quyidagi vositalar yordamida
ifodalanadi: a) noaniq artikllar; b) so`z tartibi (inversiya); v) mantikiy urg`u; g)
yuklamalar; d) ayrim sintaktik konstrukciyalar. Temani ifoda qilishda quyidagi
vositalar ishtirok etadi: a) olmoshning ayrim turlari; b) aniq artikllar; v) o`rin va
payt ma`nolarini sinsematik ravishda ifodalovchi so`zlar(qachon –o`sha vaqtda,
qaerda-o`sha erda kabi); g) ba`zi kirish so`z va iboralar (darhaqiqat, demak, xullas,
zero kabi); d) so`z va gap tartiblari; e) matn g`oyasi bilan bog`langan etakchi
so`zlarning qayta-qayta takrorlanishi va boshqalar.
Har qanday matnning yaratilishi ma`lum bir amaliy maksadlarni ko`zda
tutadi. Matnlar maqsadlariga kura bir-biridan farq qiladi. Shu jihatdan matnlarni
quyidagi to`rt tipga ajratish mumkin: a) og`zaki matnlar, b) yozma (qo`lyozma), v)
bosma matnlar, g) ommaviy muloqotga xos matnlar. Bu matnlarning xar biri o`z
navbatida bir qancha mayda turlarga bo`linadi. Masalan, og`zaki matn: monolog,
dialog (suhbat), ovozalar (mish-mish), fol`klor singari turlardan iborat.
Yozma (qo`lyozma) matnlar to`rt turga bo`linadi:
1. Epigrafik matnlar – bunga peshlavhalar, ko`rsatkichlar kiradi. Masalan,
NDPI, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, aeroport,
talabalar yotoqxonasi kabilar.
2. Sfragistik matnlar – bunga muhrlarga bitilgan matnlar kiradi.
3. Numizmatik matnlar – pullar, tangalardagi yozuvlar.
4. Paleografik yozuvlar – a) maktub, b) hujjat, v) ijodiy asarlar.
Bosma matnlar qo`lyozma matnlarning mukammal ko`rinishi bo`lib, ular o`z
navbatida adabiy matnlar va ilmiy matnlarga bo`linadi. Adabiy matnlarga badiiy
asarlar kiradi, ilmiy matnlarning ham turlari xilma-xildir.
Ommaviy mulo1ot vositalari matn tiplarining to`rtinchi ko`rinishidir. Bu matn
vositalarining omma orasiga etib kelishida texnika vositalari (radio, televidenie,
kino)ning roli beqiyos. Bu matnlar bir marta e`lon qilinadi, kayta tiklanadigan
bulsa, unga qo`shimcha axborot ham qo`shilishi lozim. Bunday matnlar so`nggi
yangiliklarni ommaga taqdim etadi (gazeta, jurnal, radio, televidenieda beriladigan
asarlar).
Asosiy muloqot birligi bo‘lgan matnning umumiy tuzilishi, mazmuniy
mundarijasi lisoniy birliklar kommunikativ ma’nosini shakllantiruvchi tajriba
maydonidir. Matn mazmunini denotativ xususiyatlari qatoriga pressupozitsiya
hodisasi kiradi. Matnning va umuman turli ko‘rinishdagi nutqiy tuzilmalarning
mazmunini belgilovchi hodisalardan biri pressupozitsiya hodisasi hisoblanadi.
Pressupozitsiya maxsus adabiyotlarda inferensiyaning xususiy ko‘rinishlaridan biri
sifatida qaraladi. Bunda ifodalanayotgan fikr – hukmning haqiqiy yoki o‘rinli
ekanligi e`tiborga olinadi. Buning uchun muloqot ishtirokchilari voqelik,
kechayotgan yoki xabar qilinayotgan hodisa haqida biror umumiy ma’lumotga ega
bo‘lishi kerak. R.Stalnaker ta’biricha, “pressupozitsiya talab qilinayotgan lisoniy
faoliyat ijrosidan oldin implitsit nazarda tutilgan propozitsiyadir’’.
Masalan, “ Ahmad ikki boshli ilonni ushladi” va “ Ahmad ikki boshli ilonni
ushlamadi” kabi gaplarni matnda qo‘llash va ularni tushunish uchun so‘zlovchi va
tinglovchiga ikki boshli ilonning mavjudligi (yoki mavjud emasligi) bir xilda
ma’lum bo‘lishi kerak.
Pressupozitsiyaning yashirin hukm, tagma’no kabilar bilan bog‘liq
ekanligini bundan yuz yil ilgari olmon mantiqshunosi X.Freyge aytgan edi.
Haqiqatdan ham, “Kumushning akasi uchun ot sotib oldi” gapini aytish uchun
so‘zlovchi “Kumush” ismli qizni akasi borligini bilishi kerak .Bundan tashqari,
so‘zlovchi Kumushning faqat bittagina akasi borligini va u otni sotib olishga
yetarli mablag‘ga ega ekanligini bilib olishi ham mumkin.Bu ma’lumotlarni
beruvchi pressupozitsiyalar sohibi so‘zlovchidir. Shunigdek, Kumush nafaqat
so‘zlovchi, balki tinlovchiga ma’lum shaxs hisoblanadi.
Pressupozitsiyaning quyidagi turlari mavjud:
1) ekzistensial pressupozitsiya.Anna kuylayapti.(Anna mavjud);
2) faktiv pressupozitsiya.Ketganimdan afsuslanaman.(Ketdim);
3) nofaktiv pressupozitsiya.U o‘zini xursand qilib ko‘rsatishga harakat qildi.(U
xursand emas);
4) leksik presuppozitsiya.U qochib keta oldi.(U qochishga harakat qildi);
5) strukturaviy presuppozitsiya .U qachon o‘lgan? (U o‘lgan);
6) kontrfaktiv presuppozitsiya. Kasal bo‘lmaganimda edi.(Men kasalman).
Pragmatik presuppozitsiya hodisasi talqinida ikki yo‘nalish mavjud ularning
birinchisida nutqiy harakatning jo‘yaliyligi va samaradorligi asosiy mezon sifatida
qabul qilingan. Ijro etilayotgan nutqiy faoliyat va qo‘llanilayotgan lisoniy
tuzilmalar jo‘yali, o‘rinli bo‘lgan taqdirdagina muloqot natijali ko‘chini bilamiz.
Ikkinchi yo‘nalishdagi talqinda pragmatik presuppozitsiya
muloqot
ishtirokchilarining axborot mavzusi, predmeti haqidagi umumiy bilimi ishonchi
sifatida qaraladi. Bunda kommunikativ faoliyatning ichki va tashqi sharoilartning
kognitiv idroki asosiy o‘rinni egallaydi.Bu ko‘rinishdagi talqinda pragmatik
pressupozitsiya bevosita matn tarkibi, uning qismlarining o‘zaro munosabati bilan
bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.
Pragmatik pressupozitsiyaning matnga xosligi , konteksga oidligini e’tirof
etgan holda lisoniy birliklarning ko‘p ma’noliligi, ularning turli matn muhitlarida
(nutqiy vaziyatlarda) turlicha mazmun ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lishini
unutmaslik lozim.
Xuddi shuningdek, nutqiy tuzilmalar ham turli mazmundagi umumiy bilim
(axborot)ni ifodalash qudratidam mahrum emasdirlar.
Ma’lumki, semantik tahlilda ma’no lisoniy birliklarning doimiy, invariant
mundarijasi sifatida ajratiladi. Pressupozitsiya esa invariantlik xususiyatiga ega
emas, u doimiy mundarijaviy xulosa bo‘la olmaydi, uning voqealanishi matnda ,
muloqot kontekstida kechadi.Shu sababli bo‘lsa kerakki, keyingi yillarda olimlar
pressupozitsiyani asosan pragmatik hodisa sifatida talqin qilish yo‘lidan
borishmoqda.
Pragmatik pressupozitsiya hodisasi lisoniy muloqotning ramziy, marosimiy,
an’anaga aylanadigan rasmiy tomonlari bilan ham bog‘liqdir.Masalan, “hazrat”,
“hazrati oliylari’’ iboralarining qo‘llanilishi bajarilayotgan muloqot faoliyatining
rasmiyligi pressupozitsiyadan darak beradi.Bunda muloqot adresati xuddi shu
turdagi murojaatni talab qiluvchi lavozim, daraja sohibi bo‘lmog‘i darkor
.(Binobarin, “hazrat” yuqori diniy lavozimdagi shaxs bo‘lishi mumkin).Muloqot
jarayonida bunday talab va qoidalarga rioya qilinish jarayonida ritorik pragmatika
yo‘nalishi shakllanadi.Ushbu turdagi pragmatik ta’limotning asosiy maqsadi
muloqot tamoyillari va kategoriyalarini aniqlash hisoblanadi. Tilshunos olim
S.Levinson shunday deydi: “Nutqiy birlik (gap) propozitsiyani pragmatik jihatdan
nazarda tutish uchun jo‘yali bo‘lishi va uning muloqot ishtirokchilari uchun
umumiy ma’lumligi sharti bajarilishi lozim’’. Propozitsiyaning pragmatik
ma’noda pressupozitsiya bo‘lishi so‘zlovchi uning (hukmning) haqqoniy ekanligini
o‘z-o‘zidan ma’lum deb hisoblashi bilan bog‘liq.Balki pressupozitsiyani nutqiy
faoliyatda namoyon bo‘ladigan murakkab moyilliklar, moslashuvchanlik deb
qaragan ma’quldir. Ikkala ta’rifda ham urg‘u muloqot vaziyati matniga
berilmoqda. Muloqot samarali bo‘lishi uchun uning ishtirokchilari ma’lum
darajada umumiy kognitiv zahiraga ega bo‘lishi lozim, ularning propozitsiyasiga
oid bilimlarida umumiylik bo‘lmasa, anglashilmovchilik yuzaga kelishi muqarrar.
“Sodda gapning kommunikativ turlarida presuppozitsiya va tagma’no” deb
nomlanadi. Unda presuppozitsiya va tagma’noning farqlari hamda ularning darak,
so‘roq, buyruq gaplarda qo‘llanishi, shuningdek, presuppozitsiya va tagma’noda
emotsiyani ifodalovchi subyektiv ma’no ottenkalari izohlab berilgan. Ushbu
bobning birinchi fasli “Darak gaplarda presuppozitsiya va tagma’no” deb
nomlanadi. Darak gaplarda presuppoziyani aniqlashda uning strukturasi ham
muhimdir. Bu jihatlarni aniqlashda lingvistik vositalarning bir qancha turlari
mavjud: 1) lingvistik vositalar; 2) sintaktik vositalar52. Kommunikativ
birliklarning pragmatik jihatlari lingvistik va sintaktik vositalar doirasida tahlil
qilindi. Yuqorida tasniflab o‘tilgan lingvistik vositalarning har biri, o‘z navbatida,
yana bir qancha turlarga bo‘linadi. Jumladan, 1. Lingvistik vositalar mustaqil va
yordamchi so‘z turkumlarini o‘z ichiga oladi. – ot so‘z turkumiva uning
kategoriyalari. Men – onaman (mening farzandlarim bor; ona – shaxs oti). Kundan-
da go‘zaldir, oydan-da go‘zal. (presuppozitsiyalari: kun – go‘zal, oy – go‘zal. ; -
dan kelishigi va –da (ham) yuklamasi); Suv muzday edi (presuppozitsiyalari: suv –
o‘ta sovuq, muz – o‘ta sovuq; -day – o‘xshatish shakli); – sifat so‘z turkumi. Akam
haliyam bo‘ydoq (presuppozitsiyalari: mening akam bor, men ham haligacha
uylanmadim yoki men allaqachon uylanganman, akam uylanmagan; bo‘ydoq –
sifat ); – olmosh so‘z turkumi. U meni tanladi (presuppozitsiyasi: seni emas,
boshqani emas; men – olmosh); – ravish so‘z turkumi. Bizning sinf doim bir
qadam oldinda (presuppozitsiyasi: boshqa sinflar orqada; oldinda – ravish); –
yuklama. Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay
yurg‘an ekanmiz-da (A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”) (presuppozitsiyalari: toshkentlik
kelinimiz go‘zal, marg‘ilonlik kelinimiz ham go‘zal; ammo buni boshqa ma’noda
ham tushunish mumkin. Ushbu propozitsiya Marg‘ilonda ham go‘zal qizlar bor
ekan-da mazmunida ham ifodalanishi mumkin, ham – yuklama); Faqat seni
sevaman (presuppozitsiyasi: boshqani sevmayman; faqat – yuklama);
Yig‘ilishda muhim masalalardan tashqari qutlovlar ham bo‘lib o‘tdi
(presuppozitsiyalari: yig‘ilish bo‘ldi, yig‘ilishda muhim masalalar ko‘rildi).
Darak gaplarda presuppozitsiyani sintaktik vositalar orqali aniqlash: –
aktuallashtirish. Sodda gaplarda presuppozitsiyani aniqlashda gap bo‘laklarining
tartibi juda muhim.
1. Bu yerda men boshliqman.
2. Bu yerda boshliqman men.
3. Men bu yerda boshliqman.
Birinchi gapda boshliqning kim ekanligi muhim bo‘lsa, ikkinchi gapda bu
yerda boshliqman, oddiy xodimmasman degan ma’noni anglatmoqda. Uchinchi
gapda – men bu yerda boshliqman, boshqa joyda emas kabi zoxiriy ma’nolarni
anglatgan.
Grammatik
vositalar,
asosan,
presuppozitsiyani
aniqlashda
ahamiyatlidir.
Tagma’noni tahlil qilishda kontekst muhim. Darak gaplarda tagma’noning
ifodalanishi bir qarashda presuppozitsiyaga ishora qilsa-da, ammo kontekst uning
farqini ochib beradi: – Bunchalik past ketmang. Arzimasangiz o‘zim kelmas edim.
Elchin bu gapdan “Men uncha-buncha odamni taklif etmayman”, degan ma’noni
uqdi. U Asadbekning maqsadini anglaganday edi. Elchin taklif zamirida qandaydir
qitmirlik yotganini fahmladi-yu, qisqa fursatda o‘sha “qandaydir” nima ekanini
anglay olmadi. – Katta boshingizni kichik qilib kelibsiz, biz nima derdik.
Kasbimiz yaxshilarga xizmat qilish. – Hosilboyvachchaning yuzini jilmayish
epkini silab o‘tdi. Bu quvonish emas, g‘olib odamning mag‘rur jilmayishi edi
(T.Malik. “Shaytanat”). Matnda Men uncha-buncha odamni taklif etmayman –
presuppozitsiyani anglatmoqda; Hosilboyvachchaning Elchinni to‘yga taklif
qilishidan asl maqsad uni hurmat qilganidan emas, balki shu yo‘l bilan Asadbekni
haqorat qilish – hukm tanasidagi mazmun; Elchin “qandaydir” g‘ayir maqsad
borligini biroz fahmlagan. O‘sha “qandaydir” g‘ayir maqsad so‘zlovchi va
tinglovchi uchun – umumiy bilish xazinasi bo‘lsa, Asadbek tomonidan (to‘yga
bormaslik haqida) ogohlantirilgan Elchin uchun esa maxsus bilimlar orqali
tushiniluvchi yashirin hukm; Bu quvonish emas, g‘olib odamning mag‘rur
jilmayishi edi – zohiriy uzvlar orqali emas, avvalgi matn orqali tushuniluvchi matn.
YA’ni Hosilboyvachcha xursandligi Elchinning aynan hozirgi javobi tufayli emas,
uning quvonishiga oldingi vaziyatlar, ziddiyatlar va bu ziddiyatlarda o‘zini g‘olib
his qilish tuyg‘ulari sabab bo‘lmoqda. Bobning ikkinchi fasli “So‘roq gaplarda
presuppozitsiya va tagma’no” deb nomlanadi. 1. Lingvistik vositalar asosida so‘roq
gaplarda presuppozitsiyani aniqlashga harakat qilamiz: – ot so‘z turkumi va uning
kategoriyalari. Qizingiz oydaymi? (presuppozitsiyalari: qizingiz go‘zalmi? Oy –
chiroyli; -day – o‘xshatish shakli); – sifat so‘z turkumi. – Akang kattami, sen
kattami? – O‘tgan yili akam katta edi (Latifadan) (presuppozitsiyalari: seni akang
bor; Akang – katta, sen kichik; katta – sifat);
– olmosh so‘z turkumi. Odammisan sen? (presuppozitsiyasi: sen odammassan,
senda odamgarchilik yo‘q; sen odammassan, boshqa emas; sen – olmosh); – ravish
so‘z turkumi. Orqangda turgan kim? (presuppozitsiyasi: orqangda birov bor;
orqangda – ravish). 2. Sintaktik vositalar orqali so‘roq gapning presuppozitsiyasini
aniqlash: – aktuallashish. 1. Bu yerda kim rahbar? 2. Kim rahbar bu yerda? 3. Bu
yerda rahbar kim? Uch xil tartibda bir xil so‘zlardan tashkil topgan ushbu
gaplarning har biri turlicha ma’no anglatadi. So‘zlovchi vaziyatga qarab uchala
gapdan birini qo‘llaydi. Birinchi gapda rahbarning kimligi muhim. Ikkinchi gapda
aynan mana shu bo‘limdagi rahbar kimligi muhim. Uchinchi gapda rahbarning o‘zi
kesatiq ma’noda gapiryapti, uning uchun rahbarning kimligini bilish muhim emas
(Bu yerda rahbar kim o‘zi – menmi yo sizlarmi? degan ma’noda). So‘roq gaplarda
tagma’no nutq ishtirokchilarining o‘zigagina ma’lum bo‘lganligi sababli verbal
vositalar to‘liq ifodalanmaydi. “So‘zlovchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan axborot
ko‘rinishlaridan birini oshkora bayon qilishni istamaganligi uchun uni matn ichiga
tagma’no sifatida joylashtiradi. Oshkora bayonga ega bo‘lmagan tagma’no sifatida
joylashtiradi. Oshkora bayonga ega bo‘lmagan tagma’no ko‘rinishi, garchi yashirin
berilgan bo‘lsa-da, tinglovchi uchun ma’lum bo‘ladi”53: – Yanglishmayapsanmi?
– Yo‘q, rost, dadasi. So‘ralayotgan savol tinglovchiga ham ma’lum bo‘lganligi
sababli so‘zlovchi ortiqcha lisoniy birliklar qo‘llanmagan holda o‘z fikrini
bildiryapti. Tinglovchi ham uni bitta shu savol orqali tushunib savoliga javob
beryapti. Ushbu kontekst umumiy bilish xazinasi, oldindan bilishning jami, matn
ostidagi ma’no, zohiriy uzvlar ishorasi, matn ichidagi yashirin mazmun, lingvistik
bilim orqali anglashiluvchi ma’no, maxsus bilim orqali tushuniluvchi yashirin
hukm kabi tagma’noni anglatuvchi uzvlar bilan bog‘langan. Bobning uchinchi
fasli
“Buyruq
gaplarda
presuppozitsiya
va
tagma’no”
deb nomlanadi.
“Presuppozitsiya kontekstda fonetik, leksik, morfemik, morfologik, sintaktik
birliklarning ishorasi orqali anglashiladi”54. Buyruq gaplar presuppozitsiyasi
morfemik sathda yuklamalar va yordamchi vositalar ishtirokida hosil bo‘ladi: –
morfemik
sathda:
–
Ertaga
xolangni
ko‘rgani
uyga
kel.
Sen
ham.
(presuppozitsiyalari: Uyga sen ham kel; ham yuklamasi orqali buyruq
anglashilyapti). – Oyi, biroz dam olay. Ish-chi? (Ishni qil buyrug‘i mavjud. -chi
yuklamasi orqali yasalgan); – morfologik sathda. – Vey, menga qara, prokuror. Sen
jensovetga rais bo‘lib bor. Sening joying o‘sha yerda! (T.Malik. “Shaytanat”)
(presuppozitsiyalari: sen prokurorlikka mos emassan: jiddiymassan, seni
xususiyating ayollarga xos; o‘sha yerda – morfologik birikmasi orqali buyruq
ohangi anglashilib turibdi);
– sintaktik sathda. Aktuallashish orqali buyruq gapning presuppozitsiyasini
aniqlash: – Sen jim o‘tir. Kimligimni bu bilmasa sen bilasan-ku? Shunaqa
deyishsa, boshlab kelaverdingmi? Agar qo‘limdan kelsa, buzdirtirmayman
mahallani! Hammayoq buzilib bo‘ldi. Bitta mahalla qolsin. Ammo mana buni, –
Asadbek ko‘rsatkich barmog‘i bilan Jo‘ra cho‘loqni ko‘rsatdi, – yo‘qotinglar.
Mahallaga begona aralashmasin (T.Malik. “Shaytanat”). 1. Sen jim o‘tir
(presuppozitsiyasi – sen gapirma, boshqalar gapirsin); 2. Mahallaga begona
aralashmasin (presuppozitsiyasi: Jo‘ra cho‘loq – begona). Birinchi buyruq gapda
sen bo‘lagi aktuallashgan, ikkinchi gapda begona so‘zi. Bobning to‘rtinchi fasli
“Presuppozitsiya va tagma’noda emotsiyani ifodalovchi subyektiv munosabat
ottenkalari” deb nomlanadi. Pragmalingvistik tushunchalarning barchasi nutq va
uning ishtirokchisi hamda uning vaziyati bilan bir qatorda, inson va uning emotiv
holatini
til
birliklari
vositasida
tadqiq
etadi.
Presuppozitsiya
orqali
emotsionallikning ifodalanishini S.Vasilyeva55ning ishlarida ko‘rish mumkin.
Tilshunos emotsionallik va presuppozitsiyani tahlil qilib bergan hamda asar
muallifining o‘quvchida obrazlar emotsiyasini his qilishga undash va buni amalga
oshiruvchi lisoniy vositalar hamda uslublari haqida fikr yuritadi. Bundan farqli
o‘laroq, bizning ishimizda tadqiq obyekti nutq ishtirokchilarining o‘zidir. Nutq
egalarining emotiv xususiyati, shuningdek, ularning voqelikka subyektiv
munosabati va presuppozitiv jihatlarini tahlil qilish ishimizning tadqiq obyekti
hisoblanadi. Ishimiz davomida subyektiv munosabatning turli emotiv ottenkalarini,
jumladan, sevgi, nafrat, hasad, havas, g‘azab, hotirjamlik, quvonch, baxtiyorlik
kabi insonga xos barcha tuyg‘ularning lisoniy birliklar orqali nutqda qo‘llanilishini
presuppozitsiya va tagma’no yordamida bu tuyg‘ularning kontekstda tahlil
qilinishini ko‘rib chiqamiz. – Janob Morel, shunday qilib baxtsizlikka
uchraganimizni siz allaqachon bilib olibsizda, – dedi Danglar. – Ha, xuddi
shunday! Bechora kapitan Lekler! U juda yoqimtoy va vijdonli odam edi. –
Ajoyib mahoratli dengizchi ekanini aytmaysizmi?! Bu uning eng zo‘r xislati edi, –
dedi Danglar. – Chamamda, – dedi armator kemaga joy tanlayotgan Dantesdan
nazarini uzmay, – o‘z ishining ustasi farangi bo‘lmoq uchun, siz aytgandek, keksa
dengizchi bo‘lish shart emas. Ana qarang, do‘stimiz Edmonni. O‘z vazifasini
qanday mohirlik bilan bajo keltiryapti. – To‘g‘ri, – javob qildi Danglar Dantesga
xo‘mrayib, uning ko‘zlari nafratga to‘la edi, – to‘g‘ri, yoshlik va kibr bu yigitchani
ancha hovliqtirib qo‘ydi (A.Dyuma. “Graf Monte Kristo”). Kontekstdan ko‘rinib
turibdiki,
Danglarda Dantesga nisbatan nafrat tuyg‘usi bor. “Ajoyib mahoratli dengizchi
ekanini aytmaysizmi?! Bu uning eng zo‘r xislati edi”, deya kapitan Leklerga
nisbatan fikr bildirgan Danglar aslida uning xislatlarini maqtash emas, maqsadi
Edmonni yomonlash. Yoshlik va kibr bu yigitchani ancha hovliqtirib qo‘ydi degan
gapi orqali unga bo‘lgan nafratini anglashimiz mumkin. Bu shaxs subyektiv
munosabatining salbiy ottenkasini tagma’no orqali ifodalagan. Nafrat o‘tida
jizg‘anak bo‘layotgan Danglar armator oldida o‘z o‘rtog‘ini balchiqqa
bulg‘ayversin, biz Dantesni kuzatib boraylik (A.Dyuma. “Graf Monte Kristo”).
Subyektiv munosabat ifodalangan ushbu propozitsiyaning presuppozitsiyalarini
ko‘rib chiqaylik: 1. Danglar va Dantes do‘st. 2. Danglar nafratda. 3. Dantes uning
salbiy munosabatiga e’tiborsiz. 4. Danglar armator bilan suhbatlashgan. 5. Danglar
armatorga o‘rtog‘ini yomonlagan. Subyektiv munosabatning ottenkalari vaziyatga
qarab emotsiyaning turli darajalarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ularning
pragmatik jihatlari kontekstda namoyon bo‘ladi.
3. Matnda va nutqda pragmatik munosabatlarning gender belgilarida
ifodalanishi.
So‘zlash jarayonida so‘zlovchi grammatik qonuniyatlarga rioya qilishi tabiiy, lekin
so‘zlovchi bayon qilayotgan fikrning qabul qilinishida, belgilangan maqsadga
erishilishida tinglovchining roli ham muhim ahamiyatga ega, tinglovchi uchun
performatsiya (nutqiy ijro)ni qabul qilishda kognitiv omil muhim. “Til
kommunikativ sistema sifatida reallashadi. Kommunikativ jarayon esa so‘zlovchi
va
tinglovchi
birligini
talab
etadi.
Nutq
ishtirokchilari
o‘rtasidagi
kommunikatsiyaning to‘liq bo‘lishi uchun so‘zlovchi nutqiy tuzilishdagi
mazmunni tinglovchiga aniq va to‘liq yetkazish imkonini izlaydi. So‘zlovchi
tinglovchining aqliy va ijtimoiy qobiliyatiga qarab muloqotga kirishadi.
“Kommunikativ maqsadga erishish uchun so‘zlovchi o‘z jumlasini shunday tuzishi
lozimki, u uchun eng muhim bo‘lgan xabarni ta’kidlash birinchi navbatda turishi
lozim. Shunga ko‘ra, so‘zlovchi ham suhbatida kutilgan reaksiyani qo‘zg‘atadi,
ya’ni unga ta’sir o‘tkazadi”.
An’anaviy tilshunoslikdan ma’lumki, gapning kommunikativ funksiyasida darak
gaplar axborot uzatishni bildirsa, so‘roq gaplar tinglovchidan axborot olishni,
buyruq gaplar ish-harakatga undashni anglatadi. Ammo gapning ifoda maqsadiga
ko‘ra turlarining kommunikativ vazifasidan tashqari, pragmatik vazifasi ham borki,
o‘z fikrini ifodalashda so‘zlovchi uchun nafaqat maqsad, balki vaziyat ham muhim
ahamiyatga egadir. Demak, pragmatik jihatdan gaplarni ifoda maqsadiga ko‘ra
turlarga ajratishda so‘zlovchi niyati hamda u so‘zlab turgan vaziyat ham inobatga
olinadi. Shunga ko‘ra, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini pragmatik aspektda
quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Axborot
uzatish mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar. Ularni, o‘z navbatida, 2 turga
bo‘lish mumkin: a) real (amalga oshishi mumkin bo‘lgan) birliklar; b) irreal
(mavhum, amalga oshishi mumkin bo‘lmagan) birliklar; voqelangan birliklar ish-
harakatning, voqea-hodisaning amalga oshib bo‘lganligini yoki endilikda amalga
oshishi
mumkin
bo‘lgan,
reallikka
asoslangan
propozitsiyani
anglatadi.
2. Axborot olish mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar – bunga, asosan,
so‘roq gaplarni kiritish mumkin. Soat necha bo‘ldi? 3.
Harakatga undovchi pragmatik birliklar – buyruq gaplarni kiritish mumkin. Uy
vazifangni bajar.
Nutqiy akt tasnifining ushbu turlari darak gaplarning turli mazmundagi, turli
vaziyatdagi qirralarini ochib berishga xizmat qiladi. Jumladan, va’da berish,
tabriklash, ta’ziya bildirish, hukm chiqarish, qaror berish mazmunidagi gaplarni
ham darak gaplarning pragmatik turlariga kiritish mumkin. Lisoniy tafakkur
faoliyati jarayonida kuzatilgan amallardan biri – tizimlashtirish, tasniflashdir.
Jumladan, Sh.Safarov J.Ostin, K.Allan, J.Serl kabi olimlarning nutqiy akt
nazariyasiga bergan tasniflari va ular o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli jihatlarini
ko‘rsatib o‘tgan, ularni umumlashtirgan holda darak gaplarga xos pragmatik
xususiyatlar quyidagicha tasniflandi: 1. Verdiktiv – qaror
chiqarish, hukm qilish, ogohlantirish va shu mazmunidagi darak gaplar (bu turdagi
gaplar bir qarashda buyruq mazmunini ham ifodalashi mumkin, ammo “farmoyish
qilindi”, “qaror qilindi” hukmli lisoniy qoliplarda ko‘proq axborot berish mazmuni
ifodalanadi).
Masalan, Majlis qaror qiladi. Prezident farmoni qabul qilindi. Birinchi marta sizni
ogohlantiraman. Mashininangiz jarima maydoniga olib boriladi.
2. Komissiv – va’da berish va uni ijro etish mazmunidagi darak gaplar:“Senga
uylanaman”,“Muhabbatingni qozonaman”,“Bu yilgi hosilni yuz foiz bajaramiz”,
“Men uddaladim”.
3. Bexabitiv – ijtimoiy hayotda qo‘llaniladigan odob-axloq, etik-estetik qoidalariga
asoslangan nutqiy harakat birliklari: “Yordamingiz uchun minnatdorman”, “Sizni
ko‘rganimdan xursandman”, “Yordamingizni ayamaganingiz uchun rahmat”.
4. Konfliktiv – tahdid, so‘kish, qarg‘ish, ayblov mazmunidagi salbiy axborot
uzatuvchi darak gaplar: “Seni qamataman”, “Barcha ko‘rguliklarga sen
aybdorsan”, “Kun ko‘rmagin, iloyo”, “Sut ko‘r qilsin, oqpadar”.
5. Deklarativ – shaxs ijtimoiy hayotidagi rolining o‘zgarishida ishtirok etish:
Sening isming Muhammad. Sening isming Muhammad. Sening isming
Muhammad (chaqaloq qulog‘iga azon aytilganda).
6. Espressiv – tilak, tabrik, duo va boshqa ijobiy mazmunda qo‘llanuvchi darak
gaplar (bunga marosim, urf-odat, ta’ziya-maraka kabi tadbirlarda qo‘llaniluvchi
deyarli tayyor lisoniy birliklarni kiritish mumkin): Sizga uzoq umr tilayman.
. Yuqorida berilgan barcha tasniflar umumlashtirib, so‘roq konstruksiyali nutqiy
aktlar quyidagicha tasniflandi:
1. Deklarativ – shaxsning ijtimoiy hayotdagi rolining o‘zgarishida ishtirok etish:
Sizkim, Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizini o‘zingizga
shar’iy xotinliqqa qabul qilasizmi?
2. Direktiv – (buyruq, savol, iltimos, ogohlantirish, g‘azab va istehzo)
mazmunidagi so‘roq gaplar: buyruq: Tezroq yurmaysanmi? Topshiriqlarni vaqtida
bajara olasanmi? Savol: Maqolani necha kunda topshirasizmi? Iltimos: Tadbirda
mening o‘rnimdan ishtirok eta olasizmi? Ogohlantirish: Keyingi safar kechikmay
kelasiz-a?
G‘azab:
Nega
shuni
avvalroq
aytmading?
Istehzo:
Bizlarni
yo‘qlabdilarmi ? Nechuk?
3. Proxibitiv – taqiqlash mazmunidagi so‘roq gaplar: Bu mening hayotim. Shu
mavzuga boshqa qaytmasak? (o‘zi haqidagi mavzuga qaytishni taqiqlayapti).
4. Prediktiv – taxmin ma’nosidagi so‘roq gaplar: Taxmin: Kelarmikin?
5. Komissiv – taklif ma’nosidagi so‘roq gaplar: To‘yimga kelasizmi? 6.
Aknolejment – takalluf, ehtirom ma’nosidagi so‘roq gaplar: Urinib qolmaysizmi?
Ijozatingiz bilan men endi ketsam?
7. Espressiv – ta’ziya mazmunidagi so‘roq gaplar: Xafa bo‘lmay o‘tiribsizmi?
Nutqiy aktlarning barcha turi ham buyruq gaplar uchun to‘g‘ri kelmaydi. J.Syorl,
K.Allan, J.Lichlarning nutqiy akt tasniflarini umumlashtirgan holda buyruq
gapning nutqiy akt tasnifi quyidagicha tizimlashtirildi:
1. Verdiktiv – hukm chiqarish mazmunidagi buyruq gaplarning bu turi buyruq
gaplar uchun xosdir: Uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilsin.
2. Ekzersitiv – adresant hukmronligi ustunroq bo‘lgan vaziyatda, o‘z huquqi,
mansabidan foydalangan holda buyruq berish, ogohlantirish, majbur qilish
mazmunini ifodalovchi buyruq gaplar: Arizangni yoz. Bo‘shsan. Bu holat boshqa
takrorlanmasin.
3. Ekspozitiv – izohlash, tavsiflash tushuntirish orqali hukm o‘tkazish mazmunini
ifodalovchi buyruq gaplar: Ertaga qarzingni qaytaradigan kun. O‘ninchida onangni
tabriklash esingdan chiqmasin.
4. Direktiv – buyruq, savol, iltimos, ogohlantirish mazmunidagi buyruq gaplar.
Buyruq gapning bu turida tinglovchini faoliyatga undovchi nutqiy aktlar ishtirok
etadi: Bilib turib nega aytmaysan? Vazifani o‘z vaqtida ado qil. Uy ishlariga
qarashib yubor.
5. Espressiv – tilak, tabrik, duo va boshqa ijobiy mazmunda qo‘llanuvchi buyruq
gaplar (bunga marosim, urf-odat, ta’ziya-maraka kabi tadbirlarda qo‘llanuvchi
deyarli tayyor lisoniy birliklarni kiritish mumkin). Darak gaplarda ham, so‘roq
gaplarda ham qo‘llanilishi mumkin: “Ta’ziyamni qabul qiling”, “Bunday
bayramlarning ko‘pini ko‘ring” kabi.
Xulosa qilib, kommunikativ faoliyatni ta’minlashda insonlar o‘rtasidagi aloqa
vositasi bilan bir qatorda, vaziyat ham muhim rol o‘ynaydi. Tilshunoslikda
kommunikatsiya va pragmatikaga oid qarashlar o‘rganilib, tilning antropotsentrik
mohiyatini yoritishda bu sohalarning tadqiq obyektini aniqlash ishning maqsadini
ochib beruvchi asosiy masalalardan biridir. Kommunikatsiya insonlar o‘rtasidagi
aloqa vositasidir, ammo kommunikativ faoliyatni ta’minlashda vaziyat ham
ahamiyatlidir. Kommunikatsiya va pragmatika alohida yo‘nalish sifatida talqin
qilinuvchi sohalardir. Kommunikatsiya nutqiy muloqotni o‘rgansa, pragmatika
nutqiy vaziyatni tadqiq etadi. Shu jihatdan tadqiqotda nutqiy muloqot
kommunikatsiyaning tadqiq obyekti sifatida, nutqiy vaziyat pragmatikaning tadqiq
obyekti sifatida qaraladi.
2. Kommunikativ tiplarni pragmatik aspektda quyidagicha tasniflash maqsadga
muvofiq: a) axborot uzatish mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar. Ular, o‘z
navbatida, ikki turga bo‘linadi:1) real birliklar; 2) irreal birliklar; b) axborot olish
mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar; v) harakatga undovchi pragmatik
birliklar. Ushbu pragmatik birliklarning har biri emotsiyani ifodalab keladi.
3. Til birliklarining nutqiy vaziyati va sintaktik tuzilishi birbirini taqozo etuvchi
jarayondir. Til birliklarining semantik strukturasini tahlil qilishda uning grammatik
qurilishi ahamiyatlidir.
4. Sodda gaplarda kommunikativ birliklarning ifodalanishi qo‘shma gaplardagidan
ko‘ra farqlidir. Sodda gapda ifoda maqsadi o‘ziga xos. So‘z birikmasi, sodda gap
va qo‘shma gapli konstruksiyalarning shakl hamda mazmun munosabati pragmatik
aspektda muhimdir.
5. Sodda gapning kommunikativ turlarini nutqiy akt nazariyasi asosida
tizimlashtirish ahamiyatlidir. Shu jihatdan, kommunikativ birliklarning pragmatik
aspektda quyidagi turlarini ajratish maqsadga muvofiq: darak gaplarda – verdiktiv,
komissiv, bexabitiv, konfliktiv, deklarativ, espressiv; so‘roq gaplarda – deklarativ,
direktiv, proxibitiv, espressiv, prediktiv, komissiv, aknolejment; buyruq gaplarda –
verdiktiv, ekzersitiv, ekspozitiv, direktiv, espressiv. 6. O‘zbek tilida darak, so‘roq,
buyruq gaplarning pragmatik ma’nolari deyktik tahlil asosida quyidagi turlarga
ega: darak gapda – shaxs deyksisi, makon deyksisi, zamon deyksisi, diskurs
deyksisi, sotsial deyksis; so‘roq gapda – shaxs deyksisi, makon deyksisi, zamon
deyksisi, diskurs deyksisi, sotsial deyksis; buyruq gapda – shaxs deyksisi, makon
deyksisi, zamon deyksisi, diskurs deyksisi, sotsial deyksis. Deyktik birliklar va
anaforik ishoralar bir-biridan farq qiluvchi pragmatik tushunchalardir.
7. Kommunitakiv birliklarning deyktik tasnifi emotsionallikni ifodalaydi. Ularning
quyidagi turlari mavjud: a) shaxs deyksisida emotsionallik; makon deyksisida
emotsionallik, zamon deyksisida emotsionallik, diskurs deyksisida emotsionallik,
sotsial deyksisda emotsionallik.
8. Sodda gaplarning pragmatik xususiyatlarini ochib beruvchi presuppozitsiya
lingvistik vositalar yordamida aniqlanadi. Tagma’noni aniqlashda kontekst muhim.
9. Pragmalingvistik tayanch tushunchalarining barchasida emotsionallik mavjud.
Subyektiv munosabatni ifodalovchi ottenkalar va ularni aniqlab beruvchi lisoniy
birliklar pragmatik tahlil uchun ahamiyatlidir.
Nazorat uchun savollar
1.Pressupozitsiyaga ta’rif bering.
2.Pressupozitsiyaning qanday turlari mavjud?
3.Pragmatik pressupozitsiya deganda nimani tushunasiz?
4.Pragmatik pressupozitsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Matn tilshunоsligining rivоjiga rus tilshunоslari qo‘shgan hissa haqida gapirib
bеriig.
6. Matnning ta’rifini gapirib bеring.
7. Matn tilshunоsligi qanday masalalarni o‘z ichiga оladi?
8. «Matn lingvistikasi» kursi qaysi fanlar bilan alоqadоr?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Гальперин И. П. Текст как объект лингвистического исследования.
Москва, 1982.
2. Долинин К. А. Интерпретация текста. Москва, 1988.
3. Qilichеv E. Matnning lingvistnk tahlili. «Buхоrо univеrsitеti», Buхоrо, 2000.
4. Lapasоv J. Badiiy matn va lisоniy tahlil. Tоshkеnt, «O‘qituvchi», 1995.
5. Баяринцева Г. С. Лингвистический анализ художественного текста.
Саранск, 1980.
6. Шанский Н. М. Лингвистический анализ художественного текста. Л.,
1990. Tayanch